Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#excel
Tasodifiy sonni generatsiya (hosil) qilish 🎰
Excel'ning o‘zidan uzoqlashmay turib har qanday tasodifiy sonni generatsiya qilish mumkin.
Buning uchun shunchaki =СЛУЧМЕЖДУ(A;B)
funksiyasidan foydalanish mumkin.
A = pastki chegara (masalan, 1)
B = yuqori chegara (masalan, 100)
Agar pastki chegaraning qiymati yuqori chegaraning qiymatidan katta bo‘lsa, u holda funksiya xatolik haqida xabar beradi.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🇷🇺 Rossiyaning Nufuzli Universitetlarida BYUDJET o’rinlar!
📍 Moskva, Piter, Yekaterinburg, Kazan, Samara
📚 Yo’nalishlar:
— IT
— Neftegaz
— Temir yo’l haydovchisi
— Kadastr
— Mashinasozlik
— Ingliz tili
— Aviasozlik
🆓 4 yil BEPUL Ta’lim!
🇺🇿 O'zbekistonga o'qishni ko'chirish imkoniyati
🔖 O'zbekistonga Diplom o'tadi!
💰 Xaftasiga 20 soat Ishlash Imkoniyati
TOSHKENT:
☎️ 940031001 | 334961001
NAMANGAN:
☎️ 999861001 | 999841001
BUXORO:
☎️ 996141001
TERMIZ:
☎️ 996371001
👩💻 Onlayn Murojaat
Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram
#word #maslahat
📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (2-qism)
Ushbu postimizda Microsoft Word'da ishingizni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar haqida ma’lumot berishni boshlagandik. Bugun hujjatni bezatish va tayyor matnning o‘qilishini yaxshilash borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
5️⃣. Bir nechta alohida matn bo‘laklarini ajratish
Ketma-ket kelmagan matn bo‘laklarini ajratish imkonini taqdim etuvchi juda foydali funksiya. Bunda CTRL
klavishini bosib turgan holda hujjatning turli qismlari sichqonchaning chap tugmasi bilan boshqariluvchi kursor yordamida belgilanadi.
6️⃣. Ichki almashinish buferi (Буфер обмена)
Word barcha nusxalayotgan narsalaringizni eslab qoladi va ushbu elementlarning istalganini kengaytirilgan almashinish buferidan topish mumkin.
Ushbu opsiya post ostidagi rasmda👇🏻 ko‘rsatilgan “Буфер обмена” tugmasini bosish orqali chaqiriladi va hujjatni ishga tushirib, uni yopguningizga qadar bo‘lgan tahrirlash davomidagi nusxalashlaringiz tarixini o‘ziga yozib borishi mumkin.
Agar “Параметры” menyusidagi mos keluvchi opsiya faollashtirilsa, uni istalgan vaqtda CTRL
+ C
klavishlari birikmasini ikki marta bosish orqali ekranga chaqirish mumkin.
7️⃣. Satr oxiridagi uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish (Расстановка переносов)
Uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish – ularning o‘qilishini yaxshilaydi, shuningdek so‘zlar orasida uzun intervalli bo‘shliqlar qoldirilishining oldini oladi.
Siz ularni birma-bir qo‘lda o‘rnatib chiqishingiz (matnning kerakli qismiga borib, CTRL
+ -
klavishlari birikmasini bosish orqali, bunda harflar yuqorisida joylashgan “minus” belgisi nazarda tutilgan) yoki buni kompyuterning o‘ziga topshirishingiz mumkin.
Buning uchun menyu satrining “Макет” varaqa (вкладка)siga o‘ting, “Расстановка переносов” tugmasi bosish orqali uning ro‘yxatini oching va “Авто” variantini tanlang.
📌 P.S.: Ushbu usul ko‘proq rus va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlashda qo‘l kelishi mumkin, o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda dastur xatolik bilan yondashadi, ammo o‘zbek tilidagi uzun so‘zlarga nisbatan yuqorida keltirilgani kabi bo‘g‘inlarga qo‘lda ajratish usulini bemalol qo‘llayverishingiz mumkin.
8️⃣. Ajralmas probellar
Ba’zida abzatsda familiya va ismning bosh harflari kabi so‘zlar qatnashsa va ular muayyan satrning oxiriga kelib qolsa, familiyalar yuqori satrning oxirida, ismlarning bosh harflari pastki satrning boshiga o‘tib ketadi, bunga sonlardan o‘lchov birliklarining keyingi satrda ajralib tushib qolishini ham misol o‘rnida keltirish mumkin (masalan: 5 sm, 10 kg, 25 l).
Bunday holatlarda hujjatdagi matnning o‘qilishiga jabr yetmasligi uchun – ajralmas probellarni qo‘llash qulay va to‘g‘ridir. Ular tufayli matn elementlari bir-biriga “yelimlanadi” va ushbu usulda biriktirilgan ikki so‘z hech qachon turli satrlarga ajralib qolmaydi.
Buning uchun ikki so‘z o‘rtasidagi oddiy probelning o‘rniga CTRL
+ SHIFT
+ PROBEL
birikmasi bosiladi. Ajralmas defis (chiziqcha) ham xuddi shu tamoyilda qo‘llaniladi va bunda CTRL
+ SHIFT
+ -
(harflar yuqorisidagi “minus” belgisi) birikmasi bosiladi. Misol uchun: ketma-ket, qop-qora, zim-ziyo, qarama-qarshi, birma-bir va shu kabi boshqa juftlikda keluvchi so‘zlarda.
📌 P.S.S.: Ushbu foydali opsiya haqida ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot keltirilgan:
• Ajratib yozaymi yo qo‘shib?
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
⤴️ Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10'da Windows'ning qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamalariga qaytaruvchi “Сбросить настройки ПК” opsiyasi mavjud. Bu Windows'ni qayta o‘rnatib o‘tirgandan ko‘ra tezroq va qulayroq kechuvchi jarayondir.
Kompyuteringizdagi Windows 10 sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. WIN
+ I
klavishlari birikmasi yordamida “Настройки” oynasini ekranga chaqiring.
2️⃣. Ochilgan oynada “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” bandlari bo‘ylab o‘ting.
3️⃣. “Перезагрузить этот компьютер” bo‘limida “Начать” tugmasi ustiga bosing.
4️⃣. Qayta tiklash (сброс)ning kerakli parametrlarini tanlang. (Fayllarni saqlash, qattiq diskni to‘liq tozalash va hokazo)
“Сбросить этот ПК” opsiyasi qulay, biroq qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi zavodda ko‘plab istalmagan dasturiy ta’minotlarni o‘rnatgan bo‘lsa, qayta tiklash ushbu dasturlarni o‘chirmaydi.
📌 P.S.: Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat
📚 "Yangi asr avlodi" nashriyoti
👤 To‘xtasin Arslonov
📙 Qattiq “X”mi, yumshoq “H” (risola)
🔎 PDF (2.7 MB)
Ona tilimiz boy va go‘zal. Uni sevib o‘rganish, kundalik muomalada unumli foydalanish bizdan katta mas’uliyat talab qiladi. Ayniqsa bog‘chalarda, maktablarda, o‘quv yurtlarida, ba’zan matbuotda, efir to‘lqinlarida, muomalada tilimizdagi “h” va “х” harflari qo‘llanadigan so‘zlarni ishlatishda biroz savodsizligimiz sezilib qolyapti. Ana shu bo‘shliqni to‘ldirish, tilimiz sofligiga erishish niyatida e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur risola hojatingizni chiqarishga ko‘maklashadi, degan umiddamiz.
️👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #software
❌ Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.
Bu qanday amalga oshiriladi:
1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.
2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.
3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.
4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.
❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.
📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.
Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:
1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.
2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.
3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT
+
F11
4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) → F5
→ Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz → O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi → Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!
📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.
Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.
📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
➕⚡️ Butun jadvaldagi summani tezkor hisoblash
Vazifa: Jadvalning barcha ustunlarida keltirilgan sonli qiymatlar summasini tezkor hosil qilish.
Qanday amalga oshiladi?
• To‘ldirilgan jadvalning ichki sohasidagi biror yacheyka tanlanadi;
• CTRL
+
A
tezkor klavishlari orqali butun jadval belgilanadi;
• ALT
+
=
tezkor klavishlari orqali ustunlardagi qiymatlar yig‘indisi hosil qilinadi.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish ↕️🚀
MS Word matn muharriri bilan ishlagan paytimiz, markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlarni yaratishga to‘g‘ri keladi. Biroq shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, ro‘yxatning biror elementini yuqoriga yoki pastga siljitish kerak bo‘ladi.
Buni, matnni kesish/joylashtirish usuli bilan amalga oshirish mumkin, albatta, lekin bu noqulaylik tug‘diradi, ya’ni muharrir ro‘yxatning qo‘shimcha satrini yaratib yuboradi, uni esa o‘chirishga to‘g‘ri keladi.
Ro‘yxat elementlari o‘rnini yuqoriga yoki pastga qarab siljitish uchun qaynoq klavishlardan foydalanamiz. Sichqoncha kursorini ro‘yxatning kerakli satriga o‘rnating va ushbu satrni yuqoriga siljitish uchun ALT
+ SHIFT
+ ↑
yoki pastga siljitish uchun ALT
+ SHIFT
+ ↓
kombinatsiyasini bosing.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft PowerPoint:
• Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida
• Ro‘yxat elementlarining yuqoridan pastga va teskari tartibdagi yuzaga kelish animatsiyasi
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #smartfon #android
🌐📱Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+. Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin).
📎 Duolingo Super v5.105.4 ilovasini yuklab olish.
❗️Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi! 😉
📌 P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
ℹ️ Tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
⤴️ Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
Yangi yaratilgan va ma’lumotlar bilan uncha-muncha to‘ldirilgan jadvalni shoshib, Сохранить (Save) tugmasini bosmagan holda yopgan bo‘lsangiz, nima qilsa bo‘ladi? Havotir olmang — bunday faylni tiklashning imkoni bor.
Buning uchun menyu satrining Файл (File) varaqa (вкладка)sida Сведения (Info) quyi bo‘limiga o‘ting va Управление версиями (Manage Workbook) tugmasi ustiga bosing. Paydo bo‘lgan ro‘yxatda Восстановить несохраненные книги (Recover Unsaved Workbooks) bandini tanlang.
Shundan so‘ng muloqot oynasi ko‘rinishida maxsus papka tarkibi ko‘rsatiladi, u yerda qisqa muddatga barcha so‘nggi (yaratilgan yoki tahrirlangan) hujjatlarning nusxalari saqlanadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash haqida
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🇷🇺 На Русском
🦈 Siz o'yin yaratish akulasiga aylanishga tayyormisiz?
O'zbekistonda o'yinlarni yaratish sohasidagi asosiy tadbiriga 2 Iyun soat 19:00 da bolib o'tadigan GameDev Gyote 2023 inkubatoriga keling. Ushbu loyiha orqali har yili jamoalar o'nlab qiziqarli o'yinlar yaratadilar, ularni keng auditoriyaga taqdim etadilar va sovrinlarni qo'lga kiritadilar.
🕹Ijodkorlikni yuqori darajaga ko'tarib o'yin yarating va ko'plab sovrinlardan birini yutib oling:
🎁3ta Xbox Series S o'yin konsollari
🏆IDU universitetida o'qish uchun 10 mln. so’m 10-ta chegirmalari
🧑💻👩💻Bizning loyihamiz butun yoz davom etadi, noyob o'yiningizni yaratish uchun 3 oy vaqtga ega bo'lasiz.
⠀
📍 Tadbirda ishtirok etish bepul, ro'yxatdan o'tish talab qilinadi.
Yosh chegarasi 12+
#word #bilasizmi
Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin? 📄
Hujjat bilan ishlagan paytingizda ba’zida shunday holat yuzaga keladiki, matnning bir bo‘lagini albomli sahifa ko‘rinishiga o‘zgartirib, qolgan matnni kitobli sahifa ko‘rinishda qoldirishga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:
— 1-qadam
Kerakli abzats(lar), jadval, ro‘yxat elementi, xullas matn qatnashgan fragmentni dastlab belgilab oling, so‘ngra “Макет” → “Параметры страницы”ga o‘ting.
— 2-qadam
Kerakli sahifa ko‘rinishini tanlang (bizning holatimizda — albomli).
— 3-qadam
Muloqot oynasi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Применить к выделенному тексту” bandini tanlang va “OK” tugmasini bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🚫🎞 YouTube'da video ijro etilishini bloklash
Agar YouTube videoxostingida turli musiqa to‘plamlarini tinglashni xush ko‘rsangiz, u holda videodagi ma’lumotlarning vizual tashkil etuvchilari sizga qiziq bo‘lmasligi mumkin. Boz ustiga ko‘pincha musiqa to‘plamlarini fon rejimida tinglashga to‘g‘ri keladi.
Agarda limitli Internet ulanishidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, u holda Google Chrome brauzeri uchun Music Mode for YouTube kengaytmasi sizga yordamga keladi.
U butunlay video qatorni olib tashlab, faqat ovozni qoldiradi. Videoni yuklab olish uchun trafik ham endi mos tarzda talab etilmaydi, faqat audio qator yuklab olinadi. Kengaytmalar orasida 🎶 ko‘rinishidagi belgini doimiy ko‘rinib turadigan qilib qadab qo‘yishingiz mumkin.
Kerakli to‘plam ishga tushirilganidan so‘ng kengaytmadagi surgichni On holatiga o‘tkazib, ENTER
'ni bosganingizda video qator ketib, uning o‘rnida kengaytma nomi qora fonda ko‘rinib turadigan bo‘ladi. Videoni bevosita tomosha qilgan qilish kerak bo‘lganida kengaytma surgichini yana Off'ga o‘tkazib, ENTER
'ni bosgan holda pleyerga video qatorni qaytarish mumkin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
• Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
• YouTube'da videoni tezkor izlash uchun buyruqlar
• YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish
• YouTube'dan videoning muayyan parchasini yuklab olish mumkinmi?
• YouTube'dagi videodan GIF yaratish
• YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
• YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
• YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
• YouTube'da qancha vaqt sarflashingizni qanday bilish mumkin?
• YouTube funksionalini Premium obunasisiz kengaytirish
• Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
• YouTube URL-manzillari bilan foydali tryuklar
• YouTube kontentini tartibga solish
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
• YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
• Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
• Google siz haqingizda nimalarni biladi?
• Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
• Filmdan parchani topish va yuklab olish
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
• Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
• Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
• Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
Mobil ilovalar:
• NewPipe
• Snaptube
• YouTube Vanced
YouTube-kanallar:
• Bolalar uchun
• Kompyuter Akademiyasi
Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati:
• 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📱Ҳамма каби бўлишни хоҳламайдиганлар учун смартфон.
Миршакар Файзуллаев HONOR X9a қурилмасини тавсия этади!
✅ 93% фойдали майдонга эга 120 Гц. ҳажмли HONOR FullView қайрилган OLED-экран
✅ Ихчам корпус, учталик камера ва мустаҳкам ҳимоя ойнаси;
✅ Кучли процессор, катта хотира ва тез қувватланувчи батарея (5100 мА*соат)
📍 Айни пайтда Texnomart, Credit Asia, MediaPark ва Elmakon каби дўконларда сўнгги урфдаги HONOR X9a телефонини сотиб олиш мумкин
🎁 31 майга қадар харид қилишга ва совға тариқасида HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite симсиз қулоқчинларини олишга улгуринг!
📲 Бот: /channel/honor_uz_online_bot
📱: Instagram
#operatsion_tizim
Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash 🚮
Ba’zida foydalanuvchilar Windows 10 bilan aktivatsiyasiz ishlashni ma’qul ko‘rishadi, vaholanki bu ish beradi ham (bu haqda alohida maqolani o‘qib ko‘rishingiz mumkin: Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?), ammo qandaydir vaqt o‘tganidan so‘ng ekranning pastki o‘ng burchagida – “Windows'ni aktivatsiya qilish uchun Параметры bo‘limiga o‘ting” ta’rifi bilan “Активация Windows” yozuvi paydo bo‘ladi, u Параметры -> Обновления и безопасность -> Активация bandlari bo‘ylab o‘tib, mahsulotning kalitini kiritishingizni nazarda tutadi. Biroq ekrandan yozuvni busiz ham olib tashlash mumkin.
Ushbu ko‘rsatmamizda Windows 10 ekranidan “Активация Windows” yozuvini bir nechta usulda — tizim komponentlari yordamida mustaqil tarzda va chetki dastur yordamida butunlay olib tashlash xususida batafsil so‘z yuritamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #rasm_bilan_ishlash
🖼 Rasmning sifatini yaxshilaymiz
Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari rasmlarni qayta ishlashni juda yaxshi uddalamoqda. Bu orqali tarmoqda sifatni yo‘qotmasdan rasmning o‘lchami (разрешение)ni oshirishga imkon beradigan ko‘plab xizmatlar yuzaga kelgan.
Upscayl — Windows, macOS va Linux'lar bilan mos keluvchi bepul va ochiq kodli dasturiy ta’minotdir. U oddiy va intuitiv interfeysga ega bo‘lib, fayllarni ommaviy qayta ishlash imkoniyatiga ega va JPG, PNG hamda WebP formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Kamchiligi sifatida bu dasturiy ta’minot ekanligini va kompyuterga o‘rnatilishi lozimligini keltirish mumkin. Afzalligi esa – ishlov berilgan yakuniy rasmning yuqori sifatidir. Onlayn xizmatlar hozircha bunday natijaga erishish imkonini taqdim etganicha yo‘q.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasmlar bilan ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
❌ Word'da chiziqlarni o‘chirish
Oddiy chiziqni o‘chirish
O‘chirilishi lozim bo‘lgan ulagich yoki shaklni hosil qiluvchi chiziqni belgilang, so‘ngra DELETE
klavishini bosing.
☝🏻Maslahat: Bir nechta chiziq yoki ulagichlarni o‘chirish uchun, klaviaturada CTRL
klavishini bosib turgan holda navbat bilan ularni belgilang, so‘ngra DELETE
klavishini bosing.
Agar siz o‘chirish maqsadida chiziqni belgilab bo‘lmaydigan holatga duch kelsangiz, ehtimol, bu chegara turlaridan biri hisoblanuvchi gorizontal chiziq bo‘lishi mumkin.
Gorizontal chiziqni o‘chirish
1️⃣. Sichqoncha kursorini gorizontal chiziqdan yuqoriga o‘rnating (e’tibor bering, aynan chiziqdan bir satr yuqoriga).
2️⃣. Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Границы tugmasi yonidagi pastga qaratilgan strelka ustiga bosing va ochiluvchi menyudan Нет границы bandini tanlang.
Sahifa atrofida ramka hosil qiluvchi chegaraning qanday o‘chirilishi haqida esa keyingi postimizda so‘z yuritamiz. 😉
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar
Stiv Jobs'dan omadning 6 siri 💡01.
O‘zingiz chindan yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullaning.02.
Qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasangiz ham, ishni doim qo‘lingizdan kelganicha yaxshiroq bajarishga intiling.03.
Tahlil qilishni kanda qilmang.04.
Orzuingiz katta bo‘lsin, biroq eng kichigidan boshlang.05.
Barcha manbalardan fikr-mulohaza (feedback)lar olishga intiling.06.
Xato va muvaffaqiyatsizliklardan saboq oling.
ℹ️ Stiv Jobsning nomi keltirilgan ushbu postlarimiz bilan ham tanishing:
• Nega muvaffaqiyat omadsizlikdan boshlanadi?
• Farzandingiz nega axborot texnologiyalari mutaxassisi bo‘lishi kerak?
• Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a!
• Mashhur BRENDlarning ma’nolari
• iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi?
• Apple kompaniyasining tarixi qayerda boshlangan?
• Stiv Jobs Apple muhandislari tomonidan unga taqdim etilgan dastlabki iPod'ni akvariumga uloqtirgan
• Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi
• Stiv Jobsning o‘limidan oldin aytgan oxirgi so‘zlari...
• Boshqa mashhur insonlar haqida o‘qib ko‘rish uchun havolalar qoldirilgan postimiz
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish 👁🗨
Agar sizda biror ma’lumotni berkitish zarurati yuzaga kelib, biroq yacheykalarni berkitish usulidan foydalanishni istamasangiz, u holda quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
— 1-qadam
Istalgan yacheykada CTRL
+ K
klavishlari birikmasini bosing, ochilgan muloqot oynasining chap tomonidagi ustunda tartib bo‘yincha ikkinchi o‘rinda turgan Место в документе bo‘limiga o‘ting va joriy listning boshidan uzoqroqda joylashgan biror yacheyka manzilini kiriting (masalan, GV150
).
— 2-qadam
Yuzaga kelgan havolaga nisbatan boshqa yacheykalarda bo‘lgani kabi formatlashni (rangini qoraytirish va ostki chiziqni olib tashlash) qo‘llang. Bu havola boshqa yacheykalar fonida ajralib turmasligi uchun muhimdir.
— 3-qadam
Yuzaga kelgan havola bo‘ylab o‘ting, berkitilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting hamda listning boshiga qaytish maqsadida CTRL
+ ↑
va CTRL
+ ←
klavishlari birikmasini ketma-ket bosing.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• "Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
• Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
• Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #android
🎓 Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova01.
Duolingo – ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng!02.
Busuu – ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin.03.
Simpler – Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir.04.
Cake – agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud.05.
Lingualeo – ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z.06.
Puzzle English – ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi.07.
Parla – bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir.08.
CanTalk: ingliz tili grammatikasi – tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk'da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud.09.
iSpeak – til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi.10.
Метод Тичера от Puzzle English – ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.11.
Английский для Начинающих: LinDuo HD – ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD'ni osongina ishga tushirish mumkin.12.
Английский А1 Для Начинающих! – ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ
ℹ️ Lifehacks, applications for PC & mobile
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #maslahat #internet
🧳 O‘zbekistonda ish topish uchun qanday platformalar bor?
So‘nggi vaqtlarda deyarli barcha ishlar internet orqali amalga oshirilmoqda. Endilikda siz ko‘chaga chiqib, har xil e’lon doskalarini topib, ish qidirib yurishingiz shart emas.
Turli sohalar bo'yicha vakansiyalar va ishlar platformalarga doimiy ravishda joylab borilmoqda. Quyida siz eng ishonchli platforma va telegram kanallar bilan tanishib chiqib, ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
1️⃣. https://it-market.uz/
IT-kompaniyalar o'z kompaniya porfoliosini va vakansiya joylashtirishlari hamda IT-sohasidagi buyurtmalarining ijrochisi bo'lishlari, IT-mutaxassislar o'z rezyumelarini yuklashlari va o'zlariga mos ishni topishlari mumkin.
2️⃣. https://vacancy.argos.uz/
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali.
3️⃣. https://jobo.uz/
Orzungizdagi ish va kompaniyangiz rivojiga hissa qoʻshuvchi xodimni topishga yordam beradi.
Jobo.uz – minglab vakansiyalar bir yerda!
4️⃣. https://tashkent.hh.uz/
Eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori yangiliklari, ekspertlar tahlillari va boshqalar!
5️⃣. https://uzjobs.uz
UzJobs – O‘zbekistondagi birinchi ish qidirish va ishga yollash saytlaridan biri. 19 yillik barqaror ish davomida UzJobs “Toshkent va O‘zbekistondagi ish o‘rinlari, rezyumelar, bo‘sh ish o‘rinlari” turkumidagi eng mashhur onlayn resursga aylangan.
Platformaning asosiy maqsadi mutaxassislarga ish topish va o‘qitishda, kompaniyalarga esa malakali ishchi kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirishda yordam berishdan iborat.
6️⃣. https://flagma.uz/ru/vacancies/
Platforma vazifasi – har bir mijoz biznes va hayotda foydalanishi mumkin bo‘lgan qulay xizmatlar, vositalar va vakansiyalarni yaratishdir.
7️⃣. https://imirjobs.uz/
IMIR JOBS – xalqaro mehnat, ish joylari bilan ta’minlash va ish beruvchilar uchun xodimlarni saralash agentligi 2016-yilda tashkil topgan.
IMIR JOBS ish joylari bilan ta’minlash va xodimlarni saralab olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi o‘zbek kompaniyalari orasida barqaror yetakchi o‘rinni egallagan agentlik hisoblanadi.
8️⃣. LinkedIn.com
LinkedIn – raqamli soha vakillari uchun ideal platforma. Hozirda dunyo bo‘ylab 65 milliondan ortiq mutaxassis o‘zlarining shaxsiy brend va bizneslarini rivojlantirish uchun aynan shu platformadan foydalanadi.
Platforma vakansiya berish uchun mukammal joy bo‘lib, siz har qanday kasb uchun vakansiya berishingiz mumkin. LinkedIn orqali siz xalqaro yuqori o‘rindagi kompaniyalarga ham hujjat topshirsangiz bo‘ladi.
9️⃣. https://www.norma.uz/uz/vacancy/
NORMA kompaniyasi Oʻzbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999-yildan beri faoliyat yuritadi, oʻzbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizimlarini, kartografik asosda elektron maʼlumotnomalar, turli xil vakansiyalar taqdim etishga ixtisoslashgan.
🔟. http://smartstaff.uz/
Platformaning asosiy vazifasi mijozga inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda zarur biznes yechimlari va tirik tizimlarni taqdim etishdan iborat.
📝 Manba: Mitc.uz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!” - Shahzod Magdiyev
• “Bizda har bir bitiruvchi 100 foiz ish bilan ta’minlanadi!” - Farruh Boltayev
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📱 Топ харастеристикага эга ҳамёнбоп смартфон излаяпсизми?
Миршакар Файзуллаев янги HONOR X9a ни тавсия қилади:
✅ Кучли ҳимоя ойнасига эга 120 Гц.ли OLED-экран
✅ Уч хил рангдаги мат ёки силлиқ сиртга эга ингичка корпус
✅ Маълумотларни сақлаш учун 128 ГБ, ва 6+5 ГБ оператив хотирага эга Snapdragon 695 5G
✅ Батарея қуввати 5100 мА⋅с ва тезкор қувватланиш (40 Вт)
📍 HONOR X9a аллақачон Ishonch, Idea, Asaxiy ва бренднинг бошқа ҳамкор дўконларида сотилмоқда.
🎧 11 майдан 15 июнга қадар смартфонни харид қилганда совғага HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite TWS-қулоқчинларига эга бўласиз!
📲 Бот: /channel/honor_uz_online_bot
📱: Instagram
Eng so'nggi va tezkor kiberxavfsizlik yangiliklarini o'zbek tilida qaysi telegram kanalda kuzatib borish mumkin?
🚀 O'zbekistonda IT yo'nalishi yangi bosqichga chiqmoqda va ular orasida kiberxavfsizlik yo'nalishini alohida ta’kidlash joizdir. Rus, ingliz tillaridagi kontentlar yoshlarimizga shu yo'nalishdagi yangiliklarni to'laligicha tahlil qilish va tushunish imkonini bermaydi.
🦾 Shuning uchun men sizlarga @infosec_blog telegram kanalini tavsiya qilaman. Birinchilardan bo'lib endi o’zbek tilidagi dunyo kiberxafvsizlik yangiliklari va shu soha bo’yicha qiziqarli va maxsus yangiliklarini ularda kuzatib boring.
Men sizlarga eng yaxshisini ilindim. Kiberxavfsizlikka qiziquvchilar darrov obuna bo'ling 😉
⚠️ Barcha ma'lumotlar ishonchli manbaalar asosida chiqarilib boriladi
Telegram: @infosec_blog
Veb-sayt: https://infosec-blog.uz/
#maslahat
✔️ 0 dan ko‘ra 0,1 yaxshiroq
Kimlar nima xohlayotganini aniq bilmasmiz, ammo Valijon Maxmudovning blogi yuragimizdan joy oldi. Tashrif buyurib ko‘ring, yoqib qolishi turgan gap.
Blogda:
🔹 Real va virtual hayotdan olingan tajribalar;
🔹 Shaxsiy rivojlanish;
🔹 Ta’lim va IT;
🔹 Qiziqishlar va foydali hobbilar haqida gurunglashamiz.Aytgancha, 0 dan 0,1 yaxshiroq degani, ushbu postga befarq bo‘lmasdan hech bo‘lmasa bir kirib ko‘rgan afzalroq degani!
😉
⏬ Blog yoqsa qolarsiz, yoqmasa boshqa blogga chipta olarsiz. Qani, ketdikmi?
Uzoq izlamang, mana manzili: @VMblogi
#powerpoint
Agar slaydda raqamlangan yoki markerlangan ro‘yxat qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda ro‘yxat elementlarining tartib bo‘yicha paydo bo‘lish animatsiyasini oson sozlash mumkin. Buning uchun tanlangan biror effektning parametrlarida “По абзацу” (“By Paragraph”) bandi tanlanadi.
Agar elementlar pastdan yuqoriga qarab emas, balki aksincha (oxirgisidan boshlab) paydo bo‘lishi lozim bo‘lsa, u holda sozlamalar bo‘ylab biroz ichkariroq kirish va “в обратном порядке” (“In reverse order”) bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish lozim bo‘ladi. Batafsilroq esa yuqoridagi videoda 👆🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida
• Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz!
• PowerPoint'ning yangi versiyalaridagi bezatish bo‘yicha qulay imkoniyat
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint bo‘yicha video darslar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
⤴️ Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
Agar kompyuteringiz avvalgiga nisbatan ancha sekin ishlashni boshlasa yoki uni sotish niyatida bo‘lsangiz, uni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qadar qayta tiklash sizga yordam berishi mumkin.
1️⃣. Buyruq satrini ishga tushiring. Buning uchun “Пуск” (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка” (“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора” (“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.
2️⃣. Ochilgan qora fondagi oynaga systemreset --factoryreset
buyrug‘ini kiriting.
3️⃣. Qayta tiklash rejimini tanlang.
4️⃣. So‘ngra drayverlarni o‘chirish/o‘chirmaslikni tanlang.
5️⃣. “Сбросить” (“Reset”) tugmasiga bosing.
Ushbu harakatlardan so‘ng, operatsion tizim ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan holatga qaytariladi va siz tizimning dastlabki sozlamasi oynasiga yo‘naltirilasiz.
Siz shuningdek ushbu postda ko‘rsatilgani kabi ShK'ni tizim sozlamalari orqali ham qayta tiklashga urunib ko‘rishingiz mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushirish
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
↔️ Obyektlarni bir listdan boshqasiga olib o‘tkazish
Ba’zida nusxalash yoki kesish usuli bilan almashinish buferini to‘ldirmagan holda, yacheykalar diapazonini boshqa listga o‘tkazish zarurati yuzaga keladi.
Bunday holatda kerakli yacheykalarni belgilab, ularning chegarasi ustiga bosish, so‘ngra ALT
klavishini bosib turgan holda diapazonni boshqa listga to‘liq ko‘chirib (ya’ni CTRL
+
X
singari kesib) o‘tkazishingiz mumkin.
Agarda yacheykalar har ikki listda qolishini (ya’ni CTRL
+
C
singari nusxalab o‘tkazilishini) ixtiyor etsangiz, u holda belgilangan diapazonni olib o‘tkazish oldidan CTRL
+
ALT
birikmasini bosib turishingizga to‘g‘ri keladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
📴 Windows'ning ishchi stolida kompyuter ishini yakunlash yorlig‘ini yaratamiz
Windows'dagi “Завершение работы” oddiy buyruq yordamida chaqiriladi, bu uchun ishchi stolida maxsus tugma, yoki aniqrog‘i yorliq yaratish va uni kompyuterni ishini yakunlash (ya’ni o‘chirish)da qo‘llash mumkin.
Buning uchun esa quyidagi qadamlar amalga oshiriladi:
1️⃣. Ishchi stolining istalgan joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyuda “Создать” → “Ярлык” bandlari bo‘ylab o‘ting.
2️⃣. “Укажите расположение объекта” maydonida “shutdown -s -t 0
” buyrug‘ini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.
3️⃣. “Далее” tugmasini bosing va yorliqqa nom bering, masalan, “Выключить” yoki “Завершение работы” va “Готово”ni bosish orqali harakatlaringizni tasdiqlang.
Ishchi stolida kompyuterni o‘chirish uchun xizmat qiluvchi yorliq yaratiladi. Qoida bo‘yicha unga nisbatan standart belgi (rasm) qo‘llaniladi, ammo u aynan o‘chirish tugmasidek ko‘rinishi uchun belgi ko‘rinishini o‘zgartirish osondir. Buning uchun belgini tanlab, ALT + ENTER
ni bosish orqali unga tegishli “Свойства” muloqot oynasini ekranga chaqiring va ushbu oynada “Сменить значок” bandini tanlab, ochilgan belgilar orasidan o‘zingizga ma’qulini tanlang.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat
⏱ Taym menejment bo‘yicha 3 maslahat (2-qism)
Ushbu postning 1-qismi
4️⃣. Barchasini rejalashtiring
Har bir kun uchun jadval tuzing va unga rioya qilishga, rejada bo‘lmagan vazifalarga chalg‘imaslikka harakat qiling. O‘zingizni aldashdan ma’no yo‘q, shuning uchun kichik narsalarni ham ishlar ro‘yxatiga kiritish lozim: masalan, uyqu aralash yangiliklarni o‘qish yoki Instagram'ga “yopishib qolish” uchun 10 daqiqa.
5️⃣. Zaxira variantini o‘ylab qo‘ying
Vaqt bilan munosabatlarda optimizmga o‘rin yo‘q. Biror ish rejadagi kabi amalga oshmagan taqdirda, kechikishlardan o‘zingizni sug‘urtalash uchun darhol harakatlar algoritmini o‘ylab qo‘ying.
6️⃣. O‘zingizga ortiqcha yuklama olmang
Kunlik jadvalni tuzayotgan vaqtingizda, unga imkon qadar ko‘proq ishlarni kiritish ishtiyoqi yuzaga keladi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, bu ajoyib ko‘rinadi va sizga o‘zingizni unumdorlik qirolidek his qilishga yordam beradi, lekin aslida bu xavflidir. Atigi bir marta kechiksangiz xolos — butun jadval oyog‘i osmondan bo‘lib ketishi mumkin. Vaziyatga aql bilan nazar soling: barchasini va darhol bajarib bo‘lmaydi, shu bois zaxira uchun vaqt qoldirgan ma’qul.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
• Yangi start!
• O‘qish vaqtida diqqatni jamlash bo‘yicha maslahatlar
• Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
• Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija