Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
Microsoft Office bo'yicha bepul dars va dasturlarga havolalar:
• Microsoft Word dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs
• Microsoft Excel dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs
• Microsoft PowerPoint dasturi bo'yicha boshlang'ich kurs
• "Excel - formula ustasi" kursi
• Excel dasturiga bag'ishlangan bot: @ExcelDarsBot
💾 Microsoft Office dasturlari
#⃣ Bulardan tashqari kanalimizdan kerakli dastur boʻyicha turli maʼlumotlarni tegishli heshteglar orqali ham topishingiz mumkin:
• Word > #word
• Excel > #excel
• PowerPoint > #ppt yoki #powerpoint
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I ka_rasmiy">TikTok I ka_rasmiy2">YouTube
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint
⌨️ Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• CTRL
+ C
– fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini almashinish buferiga vaqtinchalik nusxalash.
• CTRL
+ X
– fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini (odatda boshqa biror joyda qo‘llash uchun) almashinish buferiga vaqtinchalik qirqib olish.
• CTRL
+ V
– almashinish buferiga nusxalab yoki qirqib olingan biror obyektni biror joyda qo‘llash/joylashtirish.
• CTRL
+ N
– Проводник dasturiga tegishli oynalarda, joriy oynaning alohida nusxasini ochish / qolgan amaliy dasturlarda yangi hujjatni yaratish;
• CTRL
+ S
– Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatni diskka saqlash uchun qo‘llaniladi;
• F12
– MS Office amaliy dasturlarida Сохранить как... funksiyasini chaqirish uchun qo‘llaniladi (bunda hujjatni boshqa nom bilan saqlash yoki shunchaki saqlash joyini o‘zgartirish mumkin);
• CTRL
+ W
| CTRL
+ F4
– MS Office amaliy dasturlari (va boshqa aksariyat dasturlarda) joriy ochilgan hujjatni yopish (dasturning o‘zi yopilmaydi) / Проводник dasturiga tegishli oynalarni yopish uchun qo‘llaniladi (ALT
+ F4
kabi).
• CTRL
+ Y
– Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi bekor qilingan harakatni qaytarish;
• CTRL
+ Z
– Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi amalga oshirilgan harakatni bekor qilish;
• CTRL
+ HOME
– Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning boshiga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining boshiga o‘tish.
• CTRL
+ END
– Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning oxiriga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining oxiriga o‘tish.
• WIN
+ E
– Проводник (Explorer) dasturi oynasini chaqirish (Windows 7'da "Мой компьютер" oynasidagi disklarni ko‘rsatadi, Windows 10'da esa "Быстрый доступ" oynasini chaqiradi, bu esa biroz noqulay, buni Windows 7'dagi kabi ochilishini sozlash uchun maqola).
• WIN
+ D
– ishchi stol (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish uchun barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish, yoki barcha oynalarni yana o‘z joyiga tiklash/qaytarish.
• WIN
+ HOME
– faol turgan oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)га tushiradi. Qayta bosilganida barcha oynalar yana o‘z joyiga, ya'ni faol turgan oynaning ortiga qaytadi.
• ALT
+ TAB
– ochilib turgan oynalar bo‘ylab o‘tishga imkon beradi. ALT
klavishini bosib, ushlab turgan holda bir necha marotaba TAB
klavishi bosiladi, kerakli oynaning tasviri ustiga kelgan paytda klavishlar qo‘yib yuboriladi.
📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
🗂 Total Commander — это менеджер для быстрой и удобной работы с файлами и папками со встроенным архиватором. Android 6.0+.
📎 Total Commander v3.23 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• ES File Explorer mobil ilovasi
• Total Commander kompyuter dasturi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat #internet #ict_news
Microsoft rasman 2021-yil oktyabrda nashr etilgan Windows 11'ning 21H2 versiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.
Joriy yilning 10-oktyabridan boshlab operatsion tizimning ushbu versiyasi har oylik xavfsizlik yangilanishlari va xatoliklarni tuzatish bo‘yicha patch'larni qabul qilmayapti.
Kompaniya kompyuterdan xavfsiz foydalanishda va yangi funksiyalarni qabul qilishda davom etish uchun operatsion tizimni yangiroq versiyasiga yangilashni tavsiya etadi.
📝 Manba: @pcteapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
⚠️ Ortga surishni bas qiling!
Dasturlashni oʻrganish vaqti keldi!
Biz bilan Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING!
Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.
👨💻 6 yillik tajribaga ega, ko‘plab loyihalarda faoliyat yuritgan Javohir Berdiyev bilan 7 oylik onlayn kurs davomida Siz dasturlashning:
▫️ HTML5, CSS3, Sass;
▫️ BootStrap, jQuery;
▫️ JavaScript(ES6);
▫️ ReactJS, Redux, Typescript
▫️ Birinchi dars tekin )
▫️ Kurs narxi 60$ oyiga (boshlang'ich 5 kishi uchun 20% chegirma 48$)
📌 Kurs yakunida eng yaxshi tinglovchilar qatorida boʻlsangiz, Ish topishguncha yordam qilamiz.
Dasturlashni o‘rganib, kelajagingizni o‘zgartirish uchun hoziroq murojaat qiling)
Administrator: @frontend_admin
#mulohaza_uchun #hardware
🆕⌨️ Ispaniyada barcha tillar uchun umumiy klaviaturani o‘ylab topishdi
Dizayner Xorxe Paez bo'sh klavishlarga yo‘naltirilgan, ichiga mini-proyektor berkitilgan klaviaturani taqdim etdi.
Kerakli til tanlanadi (masalan, yapon tili) va iyerogliflar klavishlarda namoyish etiladi.
📝 Manba: @znayuvse
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat
👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.
Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:
1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL
+
SHIFT
+
N
).
2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi
yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.
3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT
+
ENTER
birikmasini bosing).
4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.
5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.
6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.
7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉
📝 Manba: @GooogleTM
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #tarmoq #internet #IT_humor
– Allo, provayderga ulandimmi? Negadir internetim ishlamay qoldi, sababini bilish uchun ustani yubora olasizmi? 🙄
ℹ️ Tarmoq rukni ostidagi barcha postlarimiz roʻyxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
📚 FBReader Premium — Android bazasidagi qurilmalarda elektron kitoblarni о‘qish uchun eng ommabop ilovalardan biri. Barcha mashhur fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanish uchun qulay. Android 4.4+. Premium-versiya
FBReader Premium v3.1.5 mobil ilovasini yuklab olish.
📎
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar:
• WPS Office (Kingsoft Office)
• OfficeSuite Pro + PDF
• Moon+ Reader
• eReader Prestigio
• Librera Reader
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #learn_english_with_software🇬🇧
Полиглот 16/32 va boshqalar — ingliz tili grammatikasini rus tili asosida o‘zlashtirish uchun puxta o‘ylangan, samarali va tezkor metodikani taqdim etuvchi mobil ilovalar. Android 4.0+. Barcha darslar va imtihonlar blokdan chiqarilgan.
📥 Yuklab olish uchun to‘plam:
• Полиглот (01-16) v4.53
• Полиглот (17-32) v3.12
• Полиглот. Английские cлова v2.16
• Полиглот. Артикли v2.03
• Полиглот. Аудирование v2.18
• Полиглот. Мой словарь v4.9
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun
👀 Juda ta’sirli video. Daltonik bola umrida birinchi bor ranglarni ajrata olgan vaziyat.
📌 P.S.: Bu borada ko‘zi sog‘lom yoki ko‘rish borasida biroz muammosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq rang ajratish borasida muammosi yo‘q do‘stim, shukur qil, tez-tez to‘xtalishlar qilib tur va ko‘zlaringga dam ber!
📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
• Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat
• Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
• “Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin?
• Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
• Salomatlikka oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #tarmoq #internet
🌏 Global kommunikatsiya tizimini tashkil etuvchi suv osti optik kabellarining umumiy joylashuvini ko‘rsatuvchi Yerning 3D-modeli
Hammasi bo‘lib Yer sayyorasi bo‘ylab 426 ta faol kabel yotqizilgan. Ularning umumiy uzunligi deyarli 1,5 million kilometrni tashkil etadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Materiklar o‘rtasidagi Internet ta'minoti qanday yo‘lga qo‘yilganini bilasizmi?
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #maslahat
🪄 Photoshop'dagi “Patch Tool” vositasi sehri.
📝 Manba: @PhotoshopForYou
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware #maslahat
⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash
Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.
BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.
2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.
Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL
+
ALT
+
F
.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
🧾 Word'da jadvallarni birlashtirish
Jadvallarni birlashtirish uchun shunchaki ularning orasini ajratib turuvchi barcha belgi/simvollarni o‘chirish yetarlidir.
Agar jadval, misol uchun, boshqa sahifada joylashgan bo‘lsa — shunchaki uni almashinish buferiga kesib oling (Вырезать, CTRL
+
X
), kursorni kerakli jadvalning ostiga o‘rnating va boshqa sahifadan kesib olingan ikkinchi qismini joylashtiring (Вставить, CTRL
+
V
).
Bunday holatda, agar birlashtirilayotgan jadvallar bir xil miqdordagi ustunlarga ega bo‘lsa, ikkinchi jadvalning kengligi birinchisiga moslashtiriladi.
📝 Manba: @hacks_office
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya #smartfon
Sizda ham ba’zida qo‘lingizni yuqoriga qaratib smartfonda u-bu nima kuzatganingdizda, tushib ketib yuzingizni mayib qilganmi? 📱😣
Yapon ixtirochisi bu uchun ilg‘or yechim o‘ylab topdi. Qurilma yotgan holda telefoniga “yopishib qolishni” xush ko‘ruvchi har bir foydalanuvchida bo‘lishi shartdir! 😉
Bozorlarimizda qachon paydo bo‘larkan endi bu matax?! 🤔
ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #hardware
Dastlabki qattiq disk (1973-yil) ikkita 30 MB'lik modullardan iborat bo‘lib, 30-30 deb nomlangan, bu Winchester miltig‘i uchun foydalanilgan 30-30 patroni belgilanishiga o‘xshash bo‘lgan – shuning uchun ushbu disklar vinchesterlar deb atala boshlagan.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
📄 Word'ning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 sirli xususiyati
Ma’lum bo‘lishicha, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Word matn muharririda juda ko‘p foydali kichik xususiyatlar yashiringan bo‘lib, ular bir jihatdan hayotni sezilarli darajada soddalashtirsa, ikkinchi tomondan esa eng keng tarqalgan muammolar va foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatolarning oldini oladi.
Ushbu postimizda biz ular orasidan eng qiziqarli 5 tasini keltirishga qaror qildik:
1️⃣. Sana va vaqtni joylashtirish
Bugungi sana va vaqtni tezkor ravishda oddiy klavishlar birikmasi yordamida joylashtirish mumkin, boz ustiga ushbu hujjat saqlangan holda har kuni ochib foydalanilsa, sana/vaqt ham mos ravishda yangilanib boradi.
Ushbu vaziyatda hujjatga sanani kiritish uchun SHIFT
+
ALT
+
D
(day), vaqtni kiritish uchun esa SHIFT
+
ALT
+
T
(time) birikmasi bosiladi.
2️⃣. Satr osti va satr usti ko‘rinishida matn kiritish
Ko‘pchiligimiz hujjatda formulalarga ro‘baro‘ bo‘lganda satr osti va satr usti simvollarini kiritishni qulaylashtirish borasida bosh qotirganimiz aniq.
Buni amalga oshirish juda oson! Satr usti simvollari uchun SHIFT
+
CTRL
+
=
, satr osti simvollarini kiritish uchun esa CTRL
+
=
klavishlari birikmasini bosish kifoya.
Ushbu birikmalarni qayta bosish evaziga oddiy matn kiritish rejimiga qaytiladi.
3️⃣. Sonlarni so‘z ko‘rinishda keltirish
Agarda hujjatda qo‘shimcha tarzda so‘z ko‘rinishida keltirilishi lozim bo‘lgan sonlar ko‘p bo‘lsa (hisob-kitob va shartnomaviy hujjatlar), ushbu ishni ancha qulaylashtirish mumkin.
Buning uchun CTRL
+
F9
'ni bosamiz, figurali qavslar ichiga sonni ushbu formatda kiritamiz: =4589\*cardtext
. F9
'ni bosamiz va tenglik belgisidan keyin turgan son hujjatda so‘z ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
4️⃣. Harf katta-kichikligi (registri)ni tezkor almashtirish
Agarda ehtiyotsizlik bilan matnning aksariyat qismini “Caps Lock”
faollashgan holatda kiritganingizga guvoh bo‘lsangiz, bundan fojia yasab matnni o‘chirishga shoshilmang.
Shunchaki hujjatda o‘zingizga kerakli matn fragmentini belgilash va SHIFT
+
F3
birikmasini bosish orqali harf registrini katta harfdan kichik harf ko‘rinishiga o‘tkazing (va aksincha).
5️⃣. Ro‘yxat elementlari o‘rnini oson almashtirish
Siz ham ro‘yxat elementlari tartibini o‘zgartirishda matnni belgilab, kesib olib, so‘ngra kerakli satrga joylashtirasizmi? Unda ushbu tavsiyamiz aynan Siz uchun!
Yuqorida keltirilgan an’anaviy harakatning o‘rniga satr tarkibini belgilang va SHIFT
+
ALT
+ ↑
/↓
klavishlarini bosib, ro‘yxat elementlarini mos tarzda yuqoriga/pastga qaratib siljiting.
📝 Manba: @tech_lifehacks
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware
📀 Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
Yuklanuvchi fleshkani yaratish uchun biz qo‘shimcha dasturiy ta’minotlardan, masalan, Rufus yoki UltraISO'lardan foydalanishimiz mumkin. Biroq tajribali foydalanuvchilar buni doimiy ravishda konsol oynasi orqali amalga oshirib keladi.
Buning uchun WIN
+
R
birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd
buyrug‘ini kiritib, ENTER
'ni bosing va ochilgan Buyruq satri (Командная строка) oynasiga diskpart
buyrug‘ini bajaring (ENTER)
. So‘ngra navbat bilan quyidagi buyruqlarni bajaring:
1️⃣. list disk
- disklar ro‘yxatini ko‘rsatib beradi.
2️⃣. select disk X
- fleshkani tanlaymiz, bu yerdagi X'ning o‘rnida 1-qadamda qo‘llanilgan buyruq orqali hosil bo‘lgan disklar ro‘yxatidagi diskning raqami ko‘rsatiladi.
3️⃣. clean
- ma’lumotlarni tozalaymiz (fleshkadagi).
4️⃣. create partition primary
- asosiy bo‘limni yaratamiz.
5️⃣. select partition 1
- yaratilgan bo‘limni tanlaymiz.
6️⃣. active
- bo‘limni faollashtiramiz.
7️⃣. format fs=NTFS
- fleshkani NTFS fayl tizimida formatlaymiz (jarayonni tezlashtirish uchun ushbu buyruqning oxiriga probel belgisi hamda quick
qo‘shimchasini kiritishingiz mumkin).
8️⃣. assign letter=T
- fleshka uchun T harfini tayinlaymiz (yoki boshqa bo‘sh harfni qo‘llashingiz mumkin).
9️⃣. exit
- dasturni yopamiz.
Shundan so‘ng Windows'ni o‘rnatuvchi .ISO
kengaytmali obraz faylini virtual diskka ulab, uning tarkibidagi barcha fayllarni fleshkaga nusxalang. Tayyor!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📋 “IT specialist” kanalida shu kunga qadar ulashilgan foydali maqolalardan iborat #mundarija'larimiz ushbu postimizda jamlangan:01.
#operatsion_tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.02.
Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan postlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.03.
Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.04.
Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.05.
Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz.06.
Windows'da oynalarni boshqarishga oid mavzular ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.07.
Tizim bilan ishlashni tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.08.
Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.09.
PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.10.
Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.11.
Berkitish va ko‘rsatishga doir turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.12.
Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.13.
Uyqu rejimi, gibernatsiya va kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirishga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz.14.
Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.15.
Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.16.
#word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.17.
#excel rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism.18.
#powerpoint rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.19.
#security rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism.20.
#internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.21.
Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.22.
Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.23.
YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.24.
#tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism.25.
🖥 Foydali kompyuter dasturlari ro‘yxati keltirilgan postimiz.26.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.27.
Turli turkumlarga doir mobil ilovalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.28.
🎮 O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.29.
#smartfon, #android, #iOS va #iPhone ruknlari ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.30.
#rasm_bilan_ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz: 1-post.31.
#learn_english_with_software: rukni ostidagi postlarimiz: 1-qism.32.
#telegram, #telegramda_kanal_yuritish ruknlari ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postlar: 1-post | 2-post.33.
#mulohaza_uchun rukni ostida Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija: 1-qism.34.
Kitobga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.35.
#mulohaza_uchun #maslahat ruknlari ostida salomatlikka oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.36.
Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.
📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatlarimiz muntazam ravishda yangilanib boradi, bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli postlar hali oldinda!
😉
👨🏻💻@itspecuz
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya
🎨🖊 AQShda 16 mln rangda yoza oladigan ruchka ixtiro qilindi
Colorpik atrof-muhitdan ranglarni nusxalashga qodir — gadjet kerakli obyekt ustiga olib borilganida uning sirtidagi rangni skanerlaydi va bo‘yoqlarni aralashtirib, kerakli tusni hosil qiladi.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet
🏎 Internet Speed Meter — yuqori bildirishnomalar paneli orqali internet tezligini nazorat qilish uchun qulay yordamchi mobil ilova. To‘liq versiya
Internet Speed Meter v1.6.2 mobil ilovasini yuklab olish.
📎
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar:
• Speedtest
• Net Speed Indicator
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.
Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:
1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.
2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.
3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT
+
F11
4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) → F5
→ Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz → O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi → Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!
📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.
Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.
📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet
⚙️ Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz
Har qanday Windows 10/11 foydalanuvchisi tizim bilan birga keluvchi “Быстрая помощь” ilovasi yordamida boshqa Windows 10/11 kompyuteridagi har qanday muammoni masofadan turib hal qilishga yordam berishi mumkin.
Windows 10/11'ga ichki o‘rnatilgan “Быстрая помощь” masofaviy boshqaruv dasturi ishlashi borasida TeamViewer'dan qolishmaydi va barcha Windows foydalanuvchilari uchun bepul va cheklovlarsizdir.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satri yordamida “Быстрая помощь” izlab topiladi.
2️⃣. “Помочь другому пользователю” tugmasi bosiladi, Microsoft akkaunti orqali avtorizatsiya jarayonidan o‘tiladi. Qabul qilingan kod yordam olayotgan foydalanuvchiga ulashiladi.
3️⃣. Masofadagi foydalanuvchi kodni kiritganidan so‘ng, yordam taqdim etishda muhim hisoblanuvchi – “Получите полный контроль” yoki “Просмотр экрана” umumiy foydalanuv (общий доступ) parametri tanlanadi.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
➡️ Dasturni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan boshqa diskka to‘liq ko‘chirib o‘tkazish
github.com saytidagi FreeMove — ochiq kodli bepul dasturiy ta’minot bo‘lib, o‘rnatilgan dasturlar papkalarini boshqa joyga yoki hattoki boshqa diskka funksionalligini buzmagan holda to‘liq ko‘chirish imkonini beradi.
Ko‘chirib o‘tkazilishi lozim bo‘lgan papka va uning yangi joylashuvi tanlanadi, so‘ngra Move tugmasi bosiladi.
Set original folder to hidden opsiyasiga ahamiyat bering. U keyinchalik sizni adashtirmaslik maqsadida, joriy (asl) papkani Проводник'da berkitish imkonini beradi.
Buning boisi, yordamchi dastur barcha papkalar va fayllarni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazadi, eski joylashuvida esa ularga bo‘lgan simvolli havolalarni yaratadi. Shunday ekan, ko‘chirib o‘tkazilgan papkalarni o‘chirmasdan, shunchaki ularni berkiting.
Qo‘llanilishi:
Ishga tushirish uchun mo‘ljallangan .EXE
kengaytmali fayl ustiga ikki marta bosing va o‘rnatish ketma-ketligidagi oynalar tavsiyasiga amal qiling.
⚠️ Izoh: ushbu dasturda to‘laqonli ishlay olish uchun administrator huquqlari talab etiladi.
Tavsiyalar:
Tizimli kataloglarni ko‘chirib o‘tkazishga urinmang, ular Windows'ni yangilash markazi va Windows ilovalari do‘koni kabi funksiyalarning ishlamay qolishiga sabab bo‘ladi.
Quyidagi: C:\Users
| C:\Documents and Settings
| C:\ProgramData
| C:\Program Files
| C:\Program Files (x86)
kabi kataloglarni ko‘chirishga urinmang. Agar shunda ham buni amalga oshirish istagida bo‘lsangiz, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olgan bo‘lasiz. Katalogni orqaga qaytarish uchun Readme'ning so‘nggi qismiga murojaat eting.
Biroq, yuqorida keltirib o‘tilgan kataloglar tarkibidagi quyi kataloglarni ko‘chirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Shunday ekan, siz C:\Program Files\HugeProgramIDontWantOnMySSD
'ni muammosiz ko‘chirib o‘tkazishingiz mumkin.
Ko‘chirib o‘tkazilgan dasturlarni o‘chirish:
Dasturlar odatiy tarzda, ulanishni uzmagan holda o‘chiriladi. O‘chirish dasturi odatiy rejimda, dastur ko‘chirib o‘tkazilgan joyda bo‘sh katalog (papka)ni va katalogning avvalgi joylashuvidagi havolani qoldirgan holda ishlaydi, ularni keyinchalik qo‘lda o‘chirishingiz mumkin.
📥 FreeMove v2.1.0 dasturini yuklab olish.
📝 Manba: @pcTeapot
📝 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
• Foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka o‘tkazish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish
• Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
• HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#powerpoint
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASIF1
– Dastur ma’lumotnomasiCTRL + N
– Yangi taqdimotni yaratishCTRL + M
– Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shishCTRL + C
– Slayddan nusxa olishCTRL + V
– Nusxasi olingan slaydni joylashtirishCTRL + X
– Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olishCTRL + Z
– So‘nggi harakatni bekor qilishCTRL + S
– Slaydni saqlashESC
– Slaydlar namoyishini yakunlashCTRL + D
– Obyektning nusxasini yaratishCTRL + G
– Belgilangan obyektlarni guruhlashCTRL + SHIFT + G
– Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratishCTRL + SHIFT + C
– Qo‘llanilgan formatni nusxalashCTRL + SHIFT + V
– So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llashCTRL + K
– Giperhavola qo‘shishCTRL + Y
– So‘nggi harakatni qayta qo‘llashCTRL + W
– Hujjatni yopishCTRL + O
– Hujjatni ochishCTRL + P
– Hujjatni chop etishTAB
– Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tishCTRL + YUQORIGA STRELKA
– Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirishCTRL + PASTGA STRELKA
– Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirishCTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA
– Slaydni dastlabki slaydga aylantirishCTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA
– Slaydni so‘nggi slaydga aylantirishCTRL + F
– IzlashCTRL + H
– Izlash va almashtirishF4
yoki CTRL + Y
– So‘nggi harakatni takrorlashF12
– … sifatida saqlashCTRL + F5
– Onlayn taqdimot
MATNNI FORMATLASHCTRL + B
– qalin shriftCTRL + I
– kursiv shriftCTRL + U
– ostiga chizilgan shriftF2
– shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlashCTRL + [
– shriftni kichraytirishCTRL + ]
– shriftni kattalashtirishCTRL + L
– belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislashCTRL + R
– belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislashCTRL + BACKSPACE
– So‘zni chapga qarab o‘chirishCTRL + BACKSPACE
– So‘zni o‘ngga qarab o‘chirishCTRL + A
– Barchasini belgilashALT + CTRL + Shift + >
– Yuqori indeksALT + CTRL + Shift + <
– Pastki indeksF7
– Imloni tekshirishCTRL + E
– abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirishCTRL + J
– abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirishCTRL + L
– abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirishCTRL + R
– abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirishSHIFT + F3
– belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish
SLAYDLAR NAMOYISHIF5
– Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlashSHIFT + F5
– Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash
SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA N
– keyingi slaydga o‘tishP
– oldingi slaydga o‘tishB
– qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitishW
– oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitishCTRL + P
– Ruchkani tanlashCTRL + E
– O‘chirg‘ichni tanlashCTRL + A
– Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
⚙️🔄 Google Chrome'ning standart sozlamalarini qayta tiklash
Agar kompyuteringizda sizdan ilgari kimdir Google Chrome'dan muntazam foydalanib kelgan bo‘lib, uni o‘zingiz uchun yangidan sozlab olish istagida bo‘lsangiz, istalgan vaqtda brauzer sozlamalarini asl holatiga qaytarishingiz mumkin. Bu yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Buning uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:
1️⃣. Chrome brauzerining o‘ng yuqori burchagida uch vertikal joylashgan nuqtali ( ⋮ ) tugmani ustiga bosing va ochiluvchi menyudan “Настройки” bandini tanlang.
2️⃣. Yon menyudan “Сбросить настройки”ni tanlang.
3️⃣. “Восстановление настроек по умолчанию”ning ustiga bosing va harakatlaringizni “Сбросить настройки” tugmasini bosish orqali tasdiqlang.
Bosh sahifa, tezkor murojaat sahifasi va qidiruv tizimi sozlamalari tiklanadi va barcha varaqa (вкладка)lar olib tashlanadi. Bundan tashqari, tizim barcha kengaytmalarni o‘chiradi va cookie fayllari kabi barcha vaqtinchalik ma’lumotlarni o‘chiradi. Xatcho‘p (закладка)laringiz, ko‘rilgan sahifalaringiz tarixi va parollaringiz saqlab qolinadi.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #learn_english_with_software
🇬🇧🌐 Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar01.
Livemocha02.
Busuu03.
LinguaLeo04.
W2mem05.
Grammar-teacher06.
Interpals07.
British Council08.
Duolingo | Android uchun mobil ilovasi09.
Rosetta Stone | Android uchun mobil ilovasi10.
Drops | Android uchun mobil ilovasi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
🔗 Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?
Excel'da istalgan formulani kiritish chog‘ida, ma’lumot o‘rnida istalgan yacheyka (katakcha) manzilini, u hattoki hujjatning boshqa listida joylashgan taqdirda ham ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.
Bunday holatda yacheyka manzili (A2)
ni ko‘rsatish oldidan shunchaki listning nomlanishi va undov belgisi (Лист2!)
ni kiritib o‘ting. Masalan, Лист2!A2
.
Agar listingiz nomlanishida probel mavjud bo‘lsa, list nomini bittalik qo‘shtirnoq orasiga olib, so‘ngra undov belgisini kiritish lozim. Masalan, 'Daromad va xarajat'!F2
.
Bunday formula odatdagisidan farq qilmaydi: alohida listda yacheyka qiymati o‘zgartirilishiga qarab, qo‘shni listda qo‘llanilgan formula qiymati avtomatik o‘zgaradi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija