Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
Excel dasturida asqotadigan fishka 🔥
👉 Bizning barcha loyihalar
#operatsion_tizim
⏱ Windows soatida soniyalar ko‘rinib turishini faollashtirish
Windows 10'da vazifalar panelining o‘ng chetida joylashgan soat joriy vaqtni qoida bo‘yicha soniyalarsiz ko‘rsatib turadi. Agar sizga ularning ko‘rinib turishi qulay bo‘lsa, u holda quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishingizga to‘g‘ri keladi:
1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish maqsadida WIN
+
R
klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga regedit
buyrug‘ini kiritib, ENTER
klavishini bosish orqali Редактор реестра oynasini ishga tushiring.
2️⃣. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan kichikroq panelida quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting (yoki ushbu matnni oynadagi manzil satriga nusxalab o‘tkazib, ENTER
klavishini bosing): HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Advanced
.
3️⃣. Oynaning o‘ng tomonidagi kattaroq panelning bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ShowSecondsInSystemClock nomli 32-bitlik DWORD parametrini yarating va unga 1
qiymatini bering.
So‘ngra Диспетчер задач'ni ekranga chaqirish uchun CTRL
+
SHIFT
+
ESC
birikmasini bosing. Jarayonlar ro‘yxatidan Проводник (Windows Explorer)ni topib belgilang va oynaning pastki o‘ng burchagidagi Перезагрузить tugmasini bosing.
Windows 7 uchun soniyalarni biz rammichael.com saytidan yuklab olish mumkin bo‘lgan 7+ Taskbar Tweaker dasturi orqali faollashtirishimiz mumkin. Dasturning oynasida faollashtirilishi lozim bo‘lgan band ushbu post ostidagi rasmning 2-qismida keltirilgan👇🏻.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi? 🤔
Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi.
Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini CTRL+S
birikmasi yordamida saqlashga, CTRL+C
yordamida obyektlarni nusxalashga va CTRL+V
orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi.
Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
MBR va GPT o'rtasidagi farq
GPT (GUID Partition Table) va MBR (Master Boot Record) o'rtasidagi asosiy farqlardan biri bu qattiq diskni qismlarga bo'lish usulidir.
MBR - bu keng qo'llanilinadigan eski standart usuli. U diskni to'rtta asosiy yoki uchta asosiy va bitta kengaytirilgan qismga bo'lish sxemasidan foydalanadi. MBRdagi har bir bo'lim 2 TB hajm chegarasiga ega.
GPT - bu zamonaviy standart usuli bo'lib, MBRga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. 2 TB bilan cheklanish o'rniga, GPT sizga kattaroq bo'limlarni yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, GPT 128 tagacha bo'lim yaratishni qo'llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, GPT Secure Boot xavfsiz usulni qo'llab-quvvatlaydi, bu zararli dasturlarning kompyuteringizga yuklanishini oldini oladi.
👉 Bizning barcha loyihalar | #mbr #gpt
#operatsion_tizim #maslahat
🆙 Windows uchun layfxak: qotib qolgan kompyuterimizni “jonlantiramiz”
Windows o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter ishga tushirilganida qandaydir sabablarga ko‘ra ekran qorayib, sichqoncha kursoridan tashqari hech qanday element ko‘rinmayabdi deylik.
Bunday vaziyatda shunchaki CTRL
+
SHIFT
+
ESC
klavishlari birikmasini bosish orqali “Диспетчер задач Windows” (Task Manager) oynasi ekranga chaqiriladi va undagi menyu satrida “Файл” (File) → “Запустить новую задачу” (Run new task) bandlari bo‘ylab o‘tiladi.
Ochilgan oynachada EXPLORER.EXE
buyrug‘i kiritilib, OK tugmasi yoki ENTER
klavishi bosiladi. Tayyor, -1 muammo. 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Biznes uchun bulut: ma‘lumotlar bilan ishlash, qonunlarga rioya qilish, mijozlarni saqlab qolish.
Vebinarda Servercore texnik direktori Ivan Romanko Servercore bulut platformasi qanday ishlashini va u O'zbekistonda qanday biznes muammolarini hal qilishda yordam berishini ko‘rsatib beradi.
Dasturda:
— Ma‘lumotlar markazlari infratuzilmasi qanday tuzilgan? Zaxira qilingan aloqa kanallari, DDoS hujumlaridan himoya qilish va real vaqt rejimida monitoring nima uchun kerak.
— Infratuzilmani joylashtirish uchun eng yaxshi ma‘lumotlar markazini qanday tanlash mumkin?
— Servercore bulutining funksionalligi va vazifalarini namoyish etish.
— Servercore provayderining xizmatlari sizning biznesingizga qanday yordam beradi.
🔺Vebinar ishtirokchilari my.servercore panelida xizmatlarni sinovdan o'tkazish uchun 400 000 so'm oladilar.
Vebinarga havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
#word
Word'da Ikkitalik probellarni tezkor almashtirish ♻️
Ko‘plab foydalanuvchilar MS Word'dagi matnni tahrirlash vaqtida so‘zlar orasida probellarni bir emas balki ko‘plab miqdorlarda qo‘llaydilar. Ushbu tarzda ular hujjatni chop etish oldidan tekislaydilar va formatlashni o‘zlariga qulay bo‘lgan ko‘rinishga olib keladilar.
Ushbu yondashuvning natijasida esa bu matn bilan keyinchalik ishlashi lozim bo‘lgan foydalanuvchilarga ish ortadi, boisi matnlar orasidagi probellar shrift hajmi o‘zgartirilgan taqdirda yaqqol sezilib qoladi va ularni o‘chirib chiqishga to‘g‘ri keladi.
💡 Yaxshi xabar esa shundaki, bunday qaytarilishlarni birma-bir qo‘lda to‘g‘rilab o‘tirishga hojat yo‘q. Buning o‘rniga matn bo‘ylab izlash va almashtirish (Поиск и замена) funksiyasidan foydalanish mumkin.
Kerakli hujjatni dasturda ochib, CTRL
+ H
klavishlari birikmasi yordamida Найти и заменить muloqot oynasini chaqiring. Больше tugmasi ustiga bosing va Подстановочные знаки bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.
Найти maydonida 1 dona probel va {2;}
'ni kiriting, Заменить на maydoniga esa 1 dona probelni kiritib, Заменить все tugmasi ustiga bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
⚡️YouTube platformasini baholash reytingi bo‘yicha:
– 2 milliondan ortiq namoyish etilgan 😍
– 511500 marta prosmotr bo‘lgan 😍
– 2500 ga yaqin samimiy kommentlarga ega bo‘lgan haqiqiy go‘zal O‘zbek allasini sizning farzandingiz ham tinglab ko‘rishga loyiqdir 🥰
Tinglang va baho bering!
👉 Navomed kanali linki: NAVOMED?si=iAT0drD8eqQd-vDq" rel="nofollow">https://youtube.com/@NAVOMED?si=iAT0drD8eqQd-vDq
Matnlarni osonlik bilan jadvalga oʻtkazish
#shorts / #mohirlik / #word
ℹ️ Word dasturida matnlarni osonlik bilan jadvalga oʻtkazamiz va aksincha qilishni oʻrganamiz!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I ka_rasmiy2">YouTube I Insta I ka_rasmiy">TikTok
#excel
🧮 Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Ushbu sodda, ammo foydali funksiyalar turli xil masalalarning yechimi uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Keltirilgan funksiyalardan istalganini qo‘llab ko‘rish uchun, natija chiqarilishi lozim bo‘lgan yacheykaga tenglik belgisini kiriting. So‘ngra formulaning nomlanishini kiriting (masalan, МИН yoki МАКС), yumaloq qavslarni oching va zaruriy argumentlarni kiriting. Siz xatoga yo‘l qo‘ymasligingiz uchun Excel sintaksisni eslatib turadi.
Argumentlar deb funksiya ishlaydigan ma’lumotlarga aytiladi. Ularni qo‘shish uchun kerakli yacheykalarni belgilash yoki zaruriy qiymatlarni qavs ichiga qo‘lda kiritish talab etiladi.
Argumentlarni ko‘rsatishning muqobil usuli ham mavjud. Funksiya nomlanishidan keyin bo‘sh qavslar qo‘shilsa va “Вставить функцию” (fx) tugmasi bosilsa, qo‘shimcha ko‘rsatmalari bilan kiritish oynasi paydo bo‘ladi. Agar sizga qulay bo‘lsa, unda ma’lumotlarni kiritishda ushbu usuldan ham foydalanishingiz mumkin.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬
Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.
Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).
📍Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.
Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi? 🖥📈
1️⃣. “Мой компьютер” belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
2️⃣. Ochilgan kontekstli menyudan “Свойства”ni tanlang.
3️⃣. Oynaning chap tomonida keltirilgan “Дополнительные параметры системы” bandiga murojaat eting.
4️⃣. “Быстродействие” bo‘limi tarkibidagi “Параметры” tugmasini bosing.
5️⃣. “Параметры быстродействия” oynasida “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlang.
6️⃣. Dastlab “Применить”, so‘ngra “OK” tugmalarini bosing.
🚫 “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlash orqali Windows 10’ning barcha animatsiyalari faolsizlantiriladi.
📍Tizimdan foydalanish juda noodatiy bo‘lib qolmasligi uchun, “эффекты разворачивания и сворачивания” kabi ba’zi funksiyalarni faol holatda qoldirish mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
• Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
• Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
• Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
• Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi
🙋🏻♂️🙋🏻♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:
💻 Kompyuter dasturlari:01.
Straighforward Macmillan Beginner;02.
Straighforward Macmillan Elementary;03.
Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;04.
Straighforward Macmillan Intermediate;05.
Straighforward Macmillan Upper Intermediate;06.
Straighforward Macmillan Advanced;07.
Basic Grammar in Use, Third Edition;08.
Cambridge Advanced Learners Dictionary;09.
ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);10.
WordWeb 10.02 Free (x86/x64);11.
Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.
📱Mobil ilovalar:01.
Duolingo;02.
Drops;03.
Memrise;04.
Busuu;05.
HelloTalk;06.
Полиглот 16/32 va boshqalar;07.
English LinDuo;08.
Rosetta Stone;09.
English Galaxy;10.
Lingvist;11.
IELTS Test;12.
English Level Checker;13.
English Tenses;14.
English Grammar in Use;15.
4 pics 1 word;16.
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:
• Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar;
• CV nima? + Namuna;
• Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?
• Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi?
• Udemy - onlayn taʼlim platformasi;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
• List of English & IELTS Channels to follow;
• Top 10 onlayn lug‘atlar;
• Interactive glossaries;
• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Filmdan parchani topish va yuklab olish;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
• Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film
🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi
📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!”
😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.
Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:
1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.
2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.
3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT
+
F11
4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) → F5
→ Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz → O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi → Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!
📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.
Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.
📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel #maslahat
↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!
Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.
Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?
— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).
— 2-qadam
Формат ячеек (CTRL
+
1)
muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.
OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel #maslahat
↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!
Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.
Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?
— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).
— 2-qadam
Формат ячеек (CTRL
+
1)
muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.
OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat
👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.
Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:
1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL
+
SHIFT
+
N
).
2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi
yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.
3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT
+
ENTER
birikmasini bosing).
4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.
5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.
6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.
7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉
📝 Manba: @GooogleTM
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz 🔢
Hujjatda sonlarni kiritishda razryadlar guruhini ajratishda ko‘pincha oddiy probeldan foydalaniladi (masalan, 1 200 sonidagi 1 va 2 soni orasidagi probel). Bunday sonlarni o‘qish, albatta, ancha qulay, Biroq buning kamchiligi ham yo‘q emas.
Masalan, oddiy probellar bilan ajratilgan sonlar formulalar tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinadi. Katta jadvalda bu xatolikni sezmaslik ham mumkin. Agar hisob-kitob natijalari shubha uyg‘otsa va siz sonlarda oddiy probellar ishlatilganini ko‘rsangiz, u holda ushbu probellarni “ajralmas”iga almashtirishga harakat qiling. Bu sonlarning tashqi ko‘rinishiga ta’sir etmagan holda formulalarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ajratib yozaymi yo qo‘shib?
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
🔢 Word jadvalidagi formulalarda A1 uslubidagi havoladan foydalanish
Kanalimizda Word dasturida formulalardan foydalanish borasida postlar qoldirganmiz (post ostidagi havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin), masalan, joriy ustun yoki satrlar qiymatlari yig‘indisini maxsus havolalar orqali hisoblaganmiz. Biroq (LEFT
, RIGHT
, ABOVE
, BELOW
) kabi maxsus buyruqlar bilan belgilanuvchi bunday havolalardan tashqari, Excel orqali bizga tanish bo‘lgan koordinatalar tizimidan foydalanib, alohida kataklar manzillarini ko‘rsatib o‘tishimiz ham mumkin.
Jadvalga chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga qarab izoh beradigan bo‘lsak, uning dastlabki katagi – bu A1
. Undan o‘ngda joylashgan katak – B1
. A1
dan pastda – A2
katagi. Agar Excel'da ishlab ko‘rgan bo‘lsangiz, bunday numeratsiyani tushunish sizga muammo tug‘dirmaydi. Masalan, chegirma foizi ko‘rsatilgan katakdagi qiymatni sotuvlar jadvalidagi ustunning barcha satrlariga nisbatan qo‘llab, hisob-kitobni amalga oshirishimiz mumkin.
🎞 Postimiz ostiga biriktirilgan amaliy (ovozsiz video) ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin👇🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Qiymatlarni tezkor hisoblash
• Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #android
🎓 Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova01.
Duolingo – ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng!02.
Busuu – ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin.03.
Simpler – Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir.04.
Cake – agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud.05.
Lingualeo – ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z.06.
Puzzle English – ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi.07.
Parla – bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir.08.
CanTalk: ingliz tili grammatikasi – tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk'da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud.09.
iSpeak – til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi.10.
Метод Тичера от Puzzle English – ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.11.
Английский для Начинающих: LinDuo HD – ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD'ni osongina ishga tushirish mumkin.12.
Английский А1 Для Начинающих! – ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ
ℹ️ Lifehacks, applications for PC & mobile
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #maslahat
⏱ Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
⠀
1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish
Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.
⠀
2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish
Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.
⠀
3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish
Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
• Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
• Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
• Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
• Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
• Chizmachilik uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
• Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
• List of English & IELTS Channels to follow
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim
Protsessor nomlanishidagi sonlar va harflar nimani anglatadi? 🤔
Intel protsessorlarida protsessorning asosiy parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi markalash mavjud.
Buni protsessor xarid qilishda yoki kompyuterni xarakteristikalarini ko‘rish orqali aniqlash mumkin.
👉🏻 Batafsil matn va video.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari
👨🏻💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi
Excel'da giperhavola hosil boʻlishini oʻchiramiz!
#shorts / #excel
ℹ️ Excel dasturida internet saytlarini yoki elektron pochta ma'lumotlarini kiritish paytimizda ular avtomatik ravishda havolaga aylanib qoladi. Bugun shuni oʻchirishni oʻrganamiz!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I ka_rasmiy2">YouTube I Insta I ka_rasmiy">TikTok
#operatsion_tizim #maslahat
Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida 🗑
Faraz qilaylik siz yaqinda Windows operatsion tizimini qayta o‘rnatdingiz. Tabiiyki, operatsion tizim ishga tushganidan so‘ng, kompyuterning ichki qurilmalari uchun drayverlar va ish jarayonida kerak bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar va tizim uchun yordamchi dasturlar qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi.
Ba’zi bir drayverlar hamda dasturiy ta’minotlar o‘rnatiluvchi .EXE faylining ichida hajmi kichraytirilgan holda keladi va o‘ziga kerak bo‘ladigan fayl va papkalarni Temp papkalariga ajratib oladi. Shu bilan birga, ba’zi dasturiy ta’minotlar o‘rnatib bo‘linganidan so‘ng, ushbu vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘chirib tashlaydi, ba’zilari esa yo‘q. Vaqt o‘tib asta-sekin C diskining hajmi noma’lum sabablarga ko‘ra to‘lib qolganiga hayron ham qolamiz.
👉🏻 Batafsil…
📌 C diskining asta-sekin to‘lib borishining asosiy sababchilardan biri hisoblangan: C diskidagi Users papkasidagi joriy foydalanuvchiga tegishli Рабочий стол, Мои документы, Загрузки, Изображения, Мои видеозаписи va Моя музыка kabi papkalarni D diskiga mohirona o‘tkazish haqidagi ushbu maqolamizni ham albatta o‘qib ko‘ring!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #smartfon #android
🇬🇧 iTranslate — onlayn tarjimon va lug‘at bo‘lib, sayohatlar va boshqa turli holatlarda do‘stingiz bo‘lishi mumkin. Dunyo bo‘ylab odamlar bilan turli tillarda muloqot qilish va matnlarni tarjima qilish uchun ushbu ilovadan foydalanish qulay va osondir. Pro-versiya.
📎 iTranslate v5.12 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Mavzuga doir mobil ilovalar:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Busuu
• HelloTalk
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• English Galaxy
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• English Grammar in Use
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #dasturlash
📱⌨️ Mimo — rus yoki ingliz tiliga qalaysiz, agar til borasida muammoingiz bo‘lmasa, u holda ushbu mobil ilova bilan dasturlashni o‘rganish endi yanada oson va qulay!
⏱ Kuniga atigi 5 daqiqa vaqt ajratish orqali siz kod yozishni, ilovalar, o‘yinlar, saytlar yaratish va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganishingiz mumkin.
✅ HTML, CSS, JavaScript, SQL, Python, Kotlin, Swift va boshqa dasturlash tillarini 0 dan o‘zlashtiring! (Pochta manzili yoki Facebook-akkaunt orqali ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq). Pro-versiya.
📎 Mimo Pro v3.121 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• SoloLearn mobil ilovasi
• Основы HTML и CSS mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #game #texnologiya
Otishma o‘yinlarni RGB podsvetkali o‘yin uchun maxsus yig‘ilgan kompyuterlarda o‘ynab mazza qilayotgan gamer'lar, uning yoniga mana bunday moslamani qo‘shishga nima deysiz? 😁
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
2023-yilda dasturchilar o'rtacha 500 dollardan pul topishadi! 🤓
25-oktabr kuni Toshkentda PROWEB o'quv markazida OCHIQ DARS o‘tkazadi, unda siz dasturchi kasbi va talabga ega sohaning istiqbollari haqida bilib olasiz.
— Dasturlash nima;
— Istiqbol va imkoniyatlar;
— Dasturchilarning maoshi;
— Aniq misollar;
— Kurs dasturi.
📆 Sana: 25-oktabr
🕑 Vaqt: 12:30 | 15:00 | 17:00 | 19:00
📥 Yozilish: @proweb_info_bot
#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣
Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?
• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;
• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;
• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;
• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;
• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;
• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;
• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;
• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;
• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.
🤝 @featureuz blogi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
📌 P.S.: Kompyuteringiz qanday konfiguratsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u dastlab ishga tushirilgan payt ham imkon qadam uning “nafasini rostlab olishiga”, ya’ni barcha kerakli dasturlarni yuklab olishiga 2-3 daqiqa vaqt berish kerak.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Dunyodagi eng kuchli dasturlash tilini professional bilan o'rganing!
🐍 Python - o'rganish uchun oson til bo'lib, dasturlash sohasiga endi kirib kelayotgan boshlovchilar uchun ko'p imkoniyatlarni taqdim etadi.
✅Ushbu dasturlash tili orqali yaratilgan dasturlarni deyarli barcha sohada uchratish mumkin. Avtomobilsozlikdan tortib tibbiyotgacha barcha dasturiy ta'minotlarda Pythondan keng foydalanishadi.
Python:
👩💻 O'rganish oson;
🌐 Ko'p sohalarda ishlata olish;
🔹 Yuqori talabga ega dasturlash tili hisoblanadi.
Siz ham Python tilida mahoratli dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? Unday bo'lsa biz bilan bog'laning 🦾
Python dasturlash tili kursiga qabul boshlandi.
📲 Bog'lanish:
Telefon: +(998) 94 612 1444
Support: @oscaredu