kasalliklar_uz | Unsorted

Telegram-канал kasalliklar_uz - KASALLIKLAR.UZ

14566

Каналимизда турли хил касалликлар ҳақида маълумотлар, видеодарслар ва тиббиёт соҳасидаги янгиликлар бериб борилади. Каналдаги маълумотлар индивидуал даволаниш учун асос ҳисобланмайди! Реклама учун: @Medik_reklama

Subscribe to a channel

KASALLIKLAR.UZ

❗️Pulpa yallig‘lanishini - PULPITNING davolash usullari


1️⃣ Biologik usul (konservativ usul)

🔘 Mazmuni: Pulpani tirik holda saqlab qolish, uning fiziologik faoliyatini davom ettirish maqsadida qo‘llaniladi.

🔻Qo‘llanilishi:
✔️Yangi boshlangan (chuqur bo‘lmagan) pulpitlarda,
✔️Travmatik, aseptik yallig‘lanishlarda,
✔️Shakllanmagan ildizli tishlarda.

Muolaja:
✔️Kariyes kovagi tozalanadi → antiseptik bilan yuviladi → og‘riqni kamaytiruvchi va yallig‘lanishga qarshi (kalsiy gidroksidli yoki fosfatli) pasta qo‘yiladi → usti vaqtincha, keyin doimiy plomba bilan yopiladi.


2️⃣ Vital amputatsiya

🔘Mazmuni: Tirik pulpani og‘riqsizlantirib, faqat toj qismi olib tashlanadi, ildiz qismi saqlanadi.

🔻Qo‘llanilishi:
✔️Shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda,
✔️O‘tkir seroz, o‘tkir o‘tuvchi, travmatik pulpitlarda.

Muolaja:
✔️Tish og‘riqsizlantiriladi → toj pulpa ekskavator bilan olib tashlanadi → ildiz pulpa ustiga kalsiy gidroksidli pasta qo‘yiladi → usti plomba bilan yopiladi.


3️⃣ Chuqur amputatsiya

🔘Mazmuni: Toj pulpa to‘liq, ildiz pulpaning yuqori qismi qisman olib tashlanadi.

🔻Qo‘llanilishi:
✔️Shakllanmagan ildizli doimiy tishlarda kechadigan surunkali gangrenoz yoki travmatik pulpitlarda.

Muolaja:
✔️Og‘riqsizlantirish ostida toj pulpa olib tashlanadi → ildiz pulpaning tirik qismi ustiga kalsiyli yoki rezorsin-formalinli pasta qo‘yiladi → tish doimiy plomba bilan yopiladi.


4️⃣ Vital ekstirpatsiya

🔘Mazmuni: Tirik (vital) pulpani og‘riqsizlantirib, toj va ildiz qismini to‘liq olib tashlash usuli.

🔻Qo‘llanilishi:
✔️Shakllangan ildizli doimiy tishlarda,
✔️Travmatik yoki o‘tkir surunkali pulpitlarda.

Muolaja:
✔️Tish og‘riqsizlantiriladi → pulpa to‘liq olib tashlanadi (ekstirpatsiya) → ildiz kanallari antiseptik bilan ishlanadi va plombalanadi → tish doimiy plomba bilan yopiladi.


5️⃣ Devital amputatsiya

🔘Mazmuni: Pulpani jonsizlantiruvchi modda (arsenat kislota, fenol-formalin, paraformaldegidli pasta va boshqalar) yordamida o‘ldirib, toj qismi olib tashlanadi.

🔻Qo‘llanilishi:
✔️Sut tishlaridagi barcha pulpit turlari,
✔️Shakllanmagan ildizli doimiy tishlarda.

Muolaja:
✔️Kariyes kovagiga arsenat kislota yoki devit pasta qo‘yiladi → 12–24 soatdan keyin toj pulpa olib tashlanadi → ildiz pulpa ustiga rezorsin-formalinli tampon qo‘yiladi → doimiy plomba bilan yopiladi.


6️⃣ Devital ekstirpatsiya

🔘Mazmuni: Jonsizlantirilgan pulpani toj va ildiz qismlari bilan birga to‘liq olib tashlash.

🔻Qo‘llanilishi:
✔️Shakllangan ildizli sut tishlarda,
✔️Shakllangan ildizli doimiy tishlarda kechadigan pulpit turlarida.

Muolaja:
✔️Birinchi qatnovda arsenat kislota qo‘yiladi → keyingi qatnovda pulpa to‘liq olib tashlanadi → ildiz kanallari rezorsin-formalin yoki timol–evgenol pastasi bilan plombalanadi → usti doimiy plomba bilan yopiladi.


Xulosa:

☑️ Biologik usul – pulpa saqlanadi.

☑️ Vital usullar (amputatsiya, chuqur amputatsiya, ekstirpatsiya) – tirik pulpada amalga oshiriladi.

☑️ Devital usullar (amputatsiya va ekstirpatsiya) – pulpa avval jonsizlantiriladi, keyin olib tashlanadi.


📱Manba bilan olinsin!
━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━
📎 FOYDALI TIBBIY BLOG:
🌐
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

🧑‍🎓 TIBBIY FUNDAMENTAL FANLARNI 0 DAN O‘RGANING!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
🌿

Agar siz tibbiyot yo‘nalishida mustahkam bilimga ega bo‘lishni istasangizbu kurs aynan siz uchun! Biz bilan fanlarni tushunarli, amaliy va natijali tarzda o‘rganing! 👇

📚 Kurs tarkibi (ketma-ketlikda):

👉 Embriologiya
👉 Anatomiya
👉 Biokimyo
👉 Fiziologiya
👉 Patologiya
👉 Mikrobiologiya
👉 Farmakologiya
👉 EKG asoslari
👉 Tibbiy tillar:
✓ Rus tili: grammatika + медицинский русский
✓ Ingliz tili: grammar + medical English


━━━━━━━━━━━━━━━━━━

👉 Bizning afzalliklarimiz:

😀 Har bir dars uchun prezentatsiya + video materiallar
😀 Har bir fan — vizual, tushunarli va amaliy tarzda o‘tiladi
😀 0 dan mukammal darajagacha bosqichma-bosqich o‘qitish tizimi
😀 Testlar, savol-javoblar va klinik misollar bilan mustahkamlash
😀 Har bir o‘quvchiga individual yondashuv
😀 Onlayn o‘qish imkoniyati (qulay grafik)
😀 Darslar haftasiga 6 kun (yakshanba — dam olish kuni)
😀 Kursdan mamnun bo‘lmasangiz — pulingiz 100% qaytariladi!

━━━━━━━━━━━━━━━━━━

💳 Kurs narxi: 200 000 so‘m
🎁 Birinchi dars — BEPUL!
💬 To‘lov ikkinchi darsdan so‘ng.

📞 Bog‘lanish: @Manager_Medulla_uz

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🧠 Tibbiyotda kuchli bo‘lish — fundamental bilimdan boshlanadi. Bugunoq birinchi qadamingizni tashlang!

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

Shifokorlar va Tibbiyot Talabalari! 🩺📚

❗️ ONLINE EKG KURSI – QABUL BOSHLANDI!

💡Se,Pa,Sha | 20:00

🔹 Kurs davomiyligi: 2 oy
🔹 Dars vaqti: 21:00🕘
🔹 To‘lov: - 1 oy uchun – 250 000 so‘m

📨Ro’yxatdan o’tish va batafsil ma’lumot uchun yozing: 👇🏻 @EKG_MASTER_admin 📲

🔗ONLINE EKG KURS FIKRLAR 🤏🏻

📍𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥: @EKG_Master_N1

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

🔥 APGAR shkalasi

Nega bilishimiz kerak?

✓ Yurak-qon, tomir kasalliklarini aniqlay olamiz.
✓ Muskul-skelet tizimidagi muammolani koʻrishimiz mumkin
✓ Bosh va orqa miya reflektor, harakat va sezgi holatini aniqlaymiz.


Ushbu koʻrsatkich bola tugʻilishi bilanoq tekshiriladi. Oʻrganishingiz shart boʻlgan tushunchalar.

© Impuls_Medical_Institute

━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
📩
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

📘 Китоб номи: Парҳез овқатланиш асослари
👥 Муаллифлар: Р. Б. Абдуллаев, И. Қ. Абдуллаев
🗒 Йил: 2009 Урганч

━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

1976-yilda Vetnamda og‘ir gripp epidemiyasi avj oldi. U ayniqsa qariyalar uylariga qattiq zarba berdi va keksalar uchun haqiqiy sinovga aylandi. Virusga qarshi dorilar, kislorod ballonlari va sun’iy nafas oldirish apparatlarisiz, bemorlarga qarayotganlar deyarli hech narsaga ega emas edilar — faqat so‘nggi umid sifatida choyshab, sochiqlar va mo‘ltirab turgan qariyalarga nisbatan cheksiz mehr-shafqat qolgan edi.

Qariyalarni qutqarib qolishni va umidsizlikka tushishni istamagan xodimlar oddiy, ammo juda aqlli usulni qo‘lladilar — postural drenaj.

Bemorlarni karavotga yarim oysimon shaklda chalqancha yotqizib, qorin ostiga sochiq qo‘ya boshlashdi. Yoki stulni chapa qo‘yib, bemorni unga chalqancha yotqizishdi. Bu usul ish berib, jiddiy asoratlarsiz o‘pkadan suyuqlik chiqib, nafas yo‘llari ochilishi ta’minlandi.

Natijalar haqiqatan ham hayratlanarli bo‘ldi. Boshqa muassasalarda ko‘plab o‘lim holatlari qayd etilgan bir paytda, qariyalar uyida birorta keksa vafot etmadi.

Bu voqea Vetnamdan tashqarida deyarli noma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, u hali ham insonning matonati va ruh kuchining yorqin namunasi sifatida esga olinadi.

Muazzam Ibrohim
━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

📲 Hatto sun'iy intellekt ham ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib ahmoqlashmoqda: virusli postlar bo’yicha mashg'ulotlar bir vaqtning o’zida bir nechta chatbotlarning ahmoqlashishiga olib keldi.

Bir nechta Llama va Qwen modellari arxivlangan Twitter postlarini kuzatishdi. Natijada, fikrlash sifati 23% ga tushdi, uzoq muddatli kontekst sifati 30% ga kamaydi va javoblarda psixopatiya belgilari paydo bo’ldi.

Kognitiv zararni tuzatib bo’lmadi. Hatto toza, sifatli ma'lumotlarda qayta o’qitish ham yordam bermadi.

⚠️ Bundan xulosa qilish kerak!

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

@TIBBIY_XABARLAR — BIRINCHI BIZDA!

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

🥳 YOTOQ YARA — uzoq muddat yotgan, harakatlanmaydigan bemorlarda tana og‘irligi doimiy bosim qilgan joylarda paydo bo‘ladigan, teri va to‘qimalarning nobud bo‘lishi bilan kechuvchi og‘ir holatdir.

🔍 SABABLARI:
Uzoq vaqt bir holatda yotish (falaj, insult, og‘ir operatsiyadan keyin)
Terining doimiy bosim ostida qolishi
Qon aylanishining buzilishi
Nam muhit (terlash, siydik yoki najasga ho‘l bo‘lish)
Ovqatlanish va gigiyena yetishmovchiligi


🔢 Yotoq yaraning 4 ta darajasi FARQLANADI:

1️⃣-daraja:
⬇️ Teri butun, lekin qizargan, bosganda oqarib ketmaydi. Og‘riq, qichishish yoki achishish seziladi.

2️⃣-daraja:
⬇️ Teri yuzasida shilliq qavat shikastlanadi, pufakchalar, ochiq yara paydo bo‘ladi.

3️⃣-daraja:
⬇️ Yara chuqurroq bo‘lib, teri osti yog‘ to‘qimalarigacha yetadi. Atrofi yallig‘langan, hidli ajralma bo‘lishi mumkin.

4️⃣-daraja:
⬇️ Eng og‘ir daraja. Teri, mushak, suyak va hatto paylar ochilib ketadi. Nekroz (to‘qima o‘limi) kuzatiladi.

Yotoq yara ko‘p uchraydigan sohalar:
Dumg‘aza
Tos suyaklari
Kurak
Bel (umurtqa sohalari)
To‘piq
Tovon
Tirsak
Tizza orqasi
Bosh orqasi (ensa sohasi)


⚠️ ASORATLARI:
⚠️ Sekin bituvchi, chuqur yaralar
⚠️ Qon yuqumlanishi (sepsis)
⚠️ Osteomielit (suyak yallig‘lanishi)
⚠️ O‘lim holatlari (agar asoratlar vaqtida davolanmasa)


🩺 DAVOSI:

🎚 1–2-daraja:
Harakatlantirish, holatini tez-tez o‘zgartirish
Teri tozaligi va quruqligini saqlash
Antiseptik vositalar bilan davolash
Maxsus yotoq va havo yostiqlari

🎚 3–4-daraja:
Jarrohlik tozalash (nekrotik to‘qimalarni olib tashlash)
Antibiotiklar (infeksiya bo‘lsa)
Maxsus yarani yopuvchi bog‘lovlar, regeneratsiyani tezlatuvchi mazlar
Oziqlanishni yaxshilash (oqsil, vitaminlar)


💡 Oldini olish muhimroq!
Har 2 soatda bemorning holatini o‘zgartirish
Teri gigiyenasi
Maxsus to‘shak va matraslardan foydalanish
Suyuqlik va ovqatlanishga e’tibor

📱Manba bilan olinsin!
━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━
📎 FOYDALI TIBBIY BLOG:
🌐 @KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

🗄 Факультатив хирургия сиклига оид видеодарслар мундарижаси:

🔍 Қорин чурралари

🔍 Қорин чурралари асоратлари

🔍 Ўткир аппендицит ва унинг асоратлари

🔍 Ошқозон ва ўн икки бармоқли ичак яра касаллиги ва унинг асоратлари

🔍 Яра касаллиги асоратлари

🔍 Қалқонсимон без касалликлари

🔍 Жигар касалликлари

🔍 Ўт тош касаллиги. Сурункали ва ўткир тошли холецистит ва унинг асоратлари

🔍 Ўткир холецистит ва унинг асоратлари

🔍 Ўткир панкреатит

🔍 Сурункали панкреатит

🔍 Йўғон ичак касалликлари

🔍 Йўғон ва тўғри ичак хирургик касалликлари

🔍 Ўткир ичак тутилиши

🔍 Ўткир перитонит, ичак оқмалари

👆Керакли мавзу номи устига босинг.

━━━━━━━━━━━━━━━
Сиз кутган тиббий блог:
➡️
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

⭕️⭕️⭕️⭕️

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratonini erta aniqlovchi dastur ishga tushirildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Dildora Muhammadiyeva rahbarligidagi jamoa ko‘krak bezi saratonini erta bosqichlarda aniqlovchi sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi.

Dastur klinika belgilar paydo bo‘lmasdan avval, tasvirlardagi halqasimon o‘zgarishlar va ignasimon tugunlarni aniqlay oladi. 3000 dan ortiq bemor tasvirlari tahlil qilinganda, natijalar 100% real tashxis bilan mos kelgani qayd etildi.

Tizim diagnostika jarayonini tezlashtiradi, xatolik ehtimolini kamaytiradi va xavf darajasini rangli shkala orqali (qizil, yashil, ko‘k) ko‘rsatadi.

Hozirda loyiha jamoasi dastur imkoniyatlarini kengaytirish va uni mamlakat bo‘ylab tibbiyot muassasalariga joriy etish ustida ish olib bormoqda. Bu innovatsiya O‘zbekistonda ayollar salomatligini himoya qilish va onkologik o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

@TIBBIY_XABARLAR — BIRINCHI BIZDA!

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

✔️ STEVENS–JOHNSON SINDROMI (SJS) — juda xavfli, hayotga tahdid soluvchi allergik-teri reaksiyasi bo‘lib, teri va shilliq qavatlarning yallig‘lanishi va ajralishi bilan kechadi. Bu sindrom og‘ir holatlarda odam hayotiga xavf tug‘diradi!

⬇️ Stevens–Johnson sindromi — bu organizmning ayrim dorilarga yoki infeksiyalarga kuchli allergik javobi natijasida yuzaga keladigan og‘ir teri va shilliq qavat kasalligi bo‘lib, terining pufaklar qoplashishi, ko‘chishi va kuygandek holatga kelishi bilan namoyon bo‘ladi.

🎚 ETIOLOGIYASI:
🥳 Bu sindrom gipergipersensitivlik reaksiyasi (immun tizim haddan tashqari kuchli javob berishi) asosida rivojlanadi.
🥳 Tana terini “yot hujayralar” deb tanib, hujum qiladi — natijada teri qatlami ajralib tushadi.


SABABLARI:
⚠️ DORILAR (eng keng tarqalgan sabab):
⚠️ Antibiotiklar (penitsillin, sulfonamidlar)
⚠️ Antiepileptiklar (karbamazepin, lamotrigin)
⚠️ Og‘riq qoldiruvchi dorilar (ibuprofen, naproksen)
⚠️ Allopurinol (poda uchun dori)


✔️ INFEKSIYALAR:
⬇️ Herpes simplex virusi
⬇️ Pneumoniya (Mycoplasma pneumoniae)
⬇️ HIV (OITS)


⚠️ ASORATLARI:
➡️ Degidratatsiya (suyuqlik yo‘qotish)
➡️ Sepsis (qon infeksiyasi)
➡️ Ko‘rishning buzilishi, hatto ko‘rlik
➡️ Nafas olishda muammo (shilliq qavatlarning shikastlanishi)
➡️ Teri ostida chandiqlar
➡️ O‘lim xavfi: og‘ir holatlarda 10–30% hollarda o‘lim bilan yakunlanadi.


✔️ DAVOSI:
Zudlik bilan shifoxonaga yotqizish zarur!
Dori vositalarini to‘xtatish (sindromga sabab bo‘lganini)
Og‘ir holatlarda bemorlar kuyish bo‘limida davolanadi.
Infuzion muolajalar (suyuqlik va elektrolitlar)
Steroidlar yoki immunosupressiv preparatlar
Antibiotiklar (ikkilamchi infeksiyani oldini olish uchun)
Ko‘z va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarini parvarish qilish


🎚 Eslatma: SJS — bu tez rivojlanadigan favquloddagi holat. Dorilarni nazoratsiz qabul qilmang! Allergiyaga moyilligingiz bo‘lsa, har qanday yangi dori oldidan shifokor bilan maslahat qiling!

📱Manba bilan olinsin!
━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━
📎 FOYDALI TIBBIY BLOG:
🌐 @KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

🦟 MALYARIYA – o‘ldirishi mumkin bo‘lgan xavfli parazitar kasallik!

MalyariyaPlasmodium turi parazitlari sababli yuzaga keladigan va anopheles turi chivinlar chaqishi orqali yuqadigan infeksion kasallik. Ko‘proq tropik va subtropik mintaqalarda uchraydi.

🌍 Xavfli hududlar: Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika, Hindiston, Indoneziya, Amazon o‘rmonlari va ayrim markaziy Afrika davlatlari.

🔍 Kasallik qanday yuqadi?
🦟 Yuqtirgan urg‘ochi anopheles chivini chaqqanda, parazit odam qoniga o‘tadi.
🩸 Kamdan-kam hollarda – qon quyish, igna orqali yoki onadan bolaga yuqishi mumkin.


📅 Malyariyaning belgilari (odatda 7–30 kun ichida namoyon bo‘ladi):
🌡 Yuqori harorat (qaltirash bilan birga)
🤒 Bosh og‘rig‘i, holsizlik
💧 Ko‘p terlash, tez-tez harorat ko‘tarilishi (3 bosqichli xuruj)
🦴 Mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i
🤢 Ko‘ngil aynishi, ich ketishi


❗️Og‘ir holatlarda: ong buzilishi, talvasalar, nafas olish qiyinlashadi, buyrak yetishmovchiligi, O'LIMga olib kelishi mumkin.

🧪 Tashxis:
Qon tahlili orqali parazit aniqlanadi
Tezkor testlar (ba’zi holatlarda joyida)
Laboratoriyada mikroskopik tahlil – aniqligi yuqori


💊 Davolash:
‼️ Parazitar dorilar (masalan, Artemisinin asosidagi terapiya)
‼️ Dori tanlovi parazit turi va og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi
‼️ O‘zini-o‘zi davolash xavfli! Shifokor nazoratisiz dori ichmang!


📱Manba bilan olinsin!
━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━
📎 FOYDALI TIBBIY BLOG:
🌐 @KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

📹 AQSh tibbiyoti qanday ishlaydi? |Amerikada ishlaydigan neyrofiziolog, neyrojarroh Alisher Azamov bilan suhbat

Alisher Azamov uzoq yillardan beri Amerika Qo'shma Shtatlarida faoliyat yuritib keladi. Biz undan neyrojarrohlik, AQSh va O'zbekistondagi meditsina, tibbiy ta'lim va sug'urta siyosati haqida so'radik.

━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

😎 APIKAL MED JAMOASI
📢 Online Tez Tibbiy Yordam kurslariga navbatdagi qabul boshlandi !

KURSDAN NIMALAR OLASIZ ?


🤩 Mavzular bo’yicha Xalqaro darajadagi ma'lumotlar
💊 Dorilar Farmakalogiyasi haqida to’liq ma'lumotlar
🤩 Bemorlar bilan individual ishlay olish
👏 Standart bo’yicha sifatli 1-Yordam ko’rsatish
🤩 Malakali shifokorlar bilan bevosita Tez yordamda amaliyot qilish (Andijon uchun)
💯 Sertifikatlar 📍ustiga bosing

🖥 Ma'lumot uchun: Kursda o’tiladigan Mavzular 📍bosing

💬 Kursimizni tamomlagan o’quvchilar fikr va mulohazlari:
🔗 /channel/Apikal_med_1_feedback

Dars vaqtlari:
➡️Dushanba / Chorshanba / Juma - 21:00

➡️Seshanba / Payshanba / Shanba - 21:00


💎 Qabulga yozilish va batafsil Malumot olish uchun:
@Manager_Apikal_Med

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

B12 yetishmovchiligi: ichak kasalliklarida kuzatiladi, qo‘l-oyoqda uvushishlar, reflekslar susayishi, "yaltiroq til", nevrodefitsitlar kuzatiladi.

Folat yetishmovchiligi noto‘g‘ri ovqatlanishda paydo bo‘ladi, asab tizimi zararlanmaydi. Boshqa belgilari yo‘q.

━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
✅ @KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

Uch maslahat:

— Nimanidir o‘rganmoqchi bo‘lsang shifoxonaga bor, dorixonaga emas.

— “Kimdir menga o‘rgatadi” deb kutma, o‘zing o‘rgan. Ko‘zing “o‘g‘ri” bo‘lsin.

— Hozir so‘ra - talabasan. Shifokor bo‘lgach so‘rolmaysan, bemor sendan imtihon olayotgan bo‘ladi...


━━━━━━━━━━━━━━━━
Anatomiya biz bilan oson:

T.ME/ANATOMIYA_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

😎 APIKAL MED JAMOASI
📢 Online Tez Tibbiy Yordam kurslariga navbatdagi qabul boshlandi !

KURSDAN NIMALAR OLASIZ ?


🤩 Mavzular bo’yicha Xalqaro darajadagi ma'lumotlar
💊 Dorilar Farmakalogiyasi haqida to’liq ma'lumotlar
🤩 Bemorlar bilan individual ishlay olish
👏 Standart bo’yicha sifatli 1-Yordam ko’rsatish
🤩 Malakali shifokorlar bilan bevosita Tez yordamda amaliyot qilish (Andijon uchun)
💯 Sertifikatlar 📍ustiga bosing

🖥 Ma'lumot uchun: Kursda o’tiladigan Mavzular 📍bosing

💬 Kursimizni tamomlagan o’quvchilar fikr va mulohazlari:
🔗 /channel/Apikal_med_1_feedback

Dars vaqtlari:
➡️Dushanba / Chorshanba / Juma - 21:00

➡️Seshanba / Payshanba / Shanba - 21:00


💎 Qabulga yozilish va batafsil Malumot olish uchun:
@Manager_Apikal_Med

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

Kitob javoningizga:

📚 2000 TA KASALLIK (1290 bet)

━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

Kasallik tarixi sxemasi

©medicine_medic
━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

B guruh vitaminlarini bitta shpritsda aralashtirish mumkinma? 🍜

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

🎚 RADIKULIT — bu orqa miya nerv ildizlari yallig‘lanishi yoki siqilishi natijasida paydo bo‘ladigan og‘riqli holat bo‘lib, asosan bel, bo‘yin yoki ko‘krak sohalarida namoyon bo‘ladi.

⚠️ SABABLARI:
⬇️ Radikulit ko‘pincha orqa nervlarning bosilishi yoki yallig‘lanishi oqibatida rivojlanadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
➡️ Osteoxondroz
➡️ Disk churrasi
➡️ Umurtqa jarohatlari
➡️ Sovuq urishi
➡️ Mushak spazmlari
➡️ Irsiy moyillik
➡️ Infeksiyalar (nerv yallig‘lanishi)
➡️ Moddalar almashinuvining buzilishi
➡️ Stressli holatlar va haddan tashqari yuklama


🔍 TURLARI:
🐍 Bel radikuliti
🐍 Bel-son radikuliti (ishias)
🐍 Bo‘yin radikuliti
🐍 Ko‘krak radikuliti


⚠️ BELGILARI:
Kuchli mahalliy og‘riq (ko‘pincha bir tomonda)
Nerv bo‘ylab sanchuvchi og‘riq
Uyushish, karaxtlik hissi
Mushak kuchsizligi
Harakat cheklanishi
Og‘riq harakatda kuchayadi
Bemor og‘riqli tomonga egiladi


‼️Radikulitning joyiga qarab belgilari:

🔴Bo‘yin radikuliti:
➡️ Bo‘yin va ensa sohasida og‘riq, bosh aylanishi, ko‘rish va eshitishning pasayishi, beqaror yurish.

🔴 Bo‘yin-yelka radikuliti:
➡️ Bo‘yin, yelka va qo‘llarda og‘riq, boshni burish yoki yo‘tal paytida og‘riq kuchayadi.

🔴 Ko‘krak radikuliti:
➡️ Nafas olish va harakatda kuchayuvchi og‘riqlar, yurak og‘rig‘iga o‘xshash simptomlar.

🚨 Radikulitni aniqlashda nevrolog quyidagi tekshiruvlarni tavsiya etadi:
‼️ Klinik ko‘rik (og‘riq nuqtalari va nevrologik belgilar)
‼️ Rentgen
‼️ MRT
‼️ KT (kompyuter tomografiya)
‼️ Elektromiografiya
‼️ Lomber punksiya (zarurat bo‘lsa)
‼️ Qon tahlillari


💊 DAVOSI:
Radikulitni davolash kompleks yondashuvni talab qiladi:

1️⃣ Dori vositalari:
🔵 NaCl 0,9% — 100 ml v/i
🔵 L-lizin — 10 ml v/i
🔵 Tenikam — 20 mg v/i
🔵 Vitamin B kompleksi — 2 ml m/o
🔵 Midokalm — 1 ml m/o
🔵 Indometatsin maz (og‘riqli soha uchun)

2️⃣ Fizioterapiya:
🔵 Magnitoterapiya
🔵 Elektroforez
🔵 Uvch muolajasi
🔵 Massaj
🔵 Manual terapiya (ehtiyotkorlik bilan)

3️⃣ Qo‘shimcha usullar:
🔵 Refleksoterapiya
🔵 Davolovchi jismoniy mashqlar
🔵 Umurtqa pog‘onasini cho‘zish (traksiya)
🔵 Mushak blokadasi yoki anestetik inyektsiyalar

4️⃣ Og‘ir holatlarda:
❗️ Jarrohlik muolaja (diskektomiya) — nerv ildizini siqayotgan diskni olib tashlash.


💡 Eslatma: Radikulit o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi. Vaqtida davolash va shifokor nazorati ostida bo‘lish asoratlarning oldini oladi.

📱Manba bilan olinsin!
━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━
📎 FOYDALI TIBBIY BLOG:
🌐 @KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

❤️❤️❤️ Bemor 50 yosh. Kasalxonaga quyidagi shikoyatlar bilan murojaat qildi:
➡️ o’ng qovurg’a osti sohasida doimiy simillovchi og’riq,
➡️ ko’ngil aynishi,
➡️ qonli qayd qilish,
➡️ umumiy xolsizlik, tez charchash.

🚀Ko’rikda: terisi sarg’aygan, palmar eritrema, tomir yulduzchalari, kindik vena atrofi kengaygan.

⬇️ Palpatsiyada: jigar kattalashgan, zichlashgan, g’adir-budur, taloq palpatsiyalanadi. Qizilo’ngachdagi varikoz kengayish venalarida qon ketish, oshqozonda eroziya.

🔴Qon analizida: bilirubin ko’paygan, anemiya, leykopeniya, gipoalbulinemiya.


⁉️ Qaysi kasallik haqida o’ylash mumkin?
⁉️ Aniq tashxis uchun qanday tekshirish o’tkazish lozim?

🤔Sizningcha, javob qanday? Izohlarda yozing!👇🏻

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

Tibbiyot oliy oʻquv yurti talabasi yoki tibbiyot xodimi boʻlsangiz, men sizga Tibbiyotga oid videodarsliklar berib boriladigan kanalni tavsiya qilmoqchiman.

Bunday videodarsliklar tibbiyot sohasidagi nazariy bilimlaringizni mustahkamlashga hamda fikrlash qobiliyatingizni oʻstirib, jarayonni his qilishingizga yordam beradi. Istasangiz sinab koʻring.

Kanalimiz: 👉 @medicalmediauz
━━━━━━━━━━━━━━━
Kanalimizga a'zo boʻlish linki quyida:
/channel/+3chYDz0zfs43NDdi

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

Bu post bilan seftriakson va sefazolin olishga qarshi chiqayotganim yõq. Kõrsatma bõlsa antibiotiklarni olish kerak va shart. Uy sharoitida olib bõlmaydi. Antibiotiklarni shifoxona yoki poliklinika sharoitida olish kerak.

━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
✅️ @KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

📹 Qandli diabet

© Dr Dilshod Tursunov

━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

🗂 Buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarini tekshirish usullari. Asosiy klinik simptom va sindromlar. Buyrak yetishmovchiligi.

━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
➡️ @KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

📹 Tug'ruq. Tug'ruqni boshqarilishi. Tug'ruq davrlari.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
@medicalmediauz - tibbiyotga doir videomateriallarning baza-kanali!

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

📹 Parkinson kasalligi

© Manba

━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

Videoni tushunsangiz like va komment qoldiring😁👇
━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…

KASALLIKLAR.UZ

ТИББИЙ КАДРЛАР МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ КУРСИ

Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан тасдиқланган дастурлар асосида ўтказилади.

📌 КАРДИОЛОГИЯ
📚 144 соат – 3 000 000 сўм
📖 Лектор: Сайфуллаев Мирфузаил Бахтиярович
PhD, доцент. Кардиореаниматолог, Кардионевролог.


📌 ПЕДИАТРИЯ ВА НЕОНАТОЛОГИЯ
📚 72 соат – 1 500 000 сўм
📚 144 соат – 3 000 000 сўм
📖 Лекторлар:
✔️ Хўжамова Наргиза Каримовна – т.ф.н., ТошПМИ неонатология кафедраси доценти, UNICEF хавфсиз иммунопрофилактика миллий тренери.
✔️ Абдуқадирова Мунира Қабуловна – т.ф.н., ТошПМИ неонатология кафедраси доценти, UNICEF эмизикли болалар овқатланиши бўйича миллий тренери.
👨‍⚕️ Кайси мутахассислар учун мулжалланган?
Педиатрия ва неонатология йўналишидаги амалиётчи мутахассислар учун.


📌 АКУШЕРЛИК ВА ГИНЕКОЛОГИЯ
📚 144 соат – 3 000 000 сўм
📖 Лектор: Каримова Гулрух Комиловна
PhD, Бухоро давлат тиббиёт институти доценти
👩‍⚕️ Кайси мутахассислар учун мулжалланган?
Акушерлик ва гинекология йўналишидаги амалиёт юритаётган мутахассислар учун.


📌 МИКРОБИОЛОГИЯ
📚 72 соат – 1 500 000 сўм
📚 144 соат – 3 000 000 сўм
📖 Лектор: Шадманова Наргиза Абитовна
т.ф.д., MD, PhD, DSc, доцент
👨‍🔬 Кайси мутахассислар учун мулжалланган?
1️⃣ Амалиётчи мутахассислар учун.
2️⃣ Микробиологик тадқиқотлар олиб борувчи лаборатория мутахассислари учун.
3️⃣ Озиқ-овқат хавфсизлиги бўйича биологик лаборатория мутахассислари учун.


📌 ТИББИЙ РАДИОЛОГИЯ
📚 144 соат – 3 000 000 сўм
📖 Лектор: Садикходжаев Сардор Шухратжон ўғли
👨‍⚕️ Кайси мутахассислар учун мулжалланган?
Тиббий радиология соҳаси мутахассислари учун.


📌 ФТИЗИАТРИЯ
📚 144 соат – 3 000 000 сўм
📖 Лектор: Алиев Элёржон Наримонович
👨‍⚕️ Кайси мутахассислар учун мулжалланган?
Терапевт, фтизиатр, юкумли касалликлар соҳасидаги мутахассислар учун.


📌 УЗИ КУРСИ
📚 144 соат – 3 000 000 сўм
📖 Лектор: Хусанбаева Диёра Даврановна
ТМА тиббий радиология кафедраси ассистенти
🔹 Германия, Туркия, Жанубий Корея, Ҳиндистонда малака оширган.
👩‍⚕️ Кайси мутахассислар учун мулжалланган?
Тиббий радиология ва ультратовуш диагностикаси йўналишидаги мутахассислар
учун.


📌 КЛИНИК ЛАБОРАТОР ДИАГНОСТИКА КУРСИ
📚 72 соат – 1 500 000 сўм
📖 Лектор: Мухамеджонова Нодира Исмаилжановна
т.ф.д., доктор
👩‍🔬 Кайси мутахассислар учун мулжалланган?
Малакасини оширишни истаган барча амалиёт мутахассислари учун.


✅ КУРС ЯКУНИДА:
Давлат намунасидаги сертификат берилади (ўқув соатлари кўрсатилган ҳолда). Ушбу сертификат асосида тоифа олиш учун ҳужжат топшириш мумкин.

📞 Менежер: Исломхужа
📲 +998909506449
йоки телеграм:
http://t.me/islomkhuja7

━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
@KASALLIKLAR_UZ

Читать полностью…
Subscribe to a channel