kun_tarixi_tv24 | Unsorted

Telegram-канал kun_tarixi_tv24 - KUN TARIXI

2723

Bugungi kunda nimalar bo'lganini bilasizmi? Unda bizni kuzatib boring Chunki bizda kun tarixi berib boriladi va bugungi kunda qanday bayramlar bo'layotganligini yoritib boramiz Reklama: @Kun_tarixi_Rek

Subscribe to a channel

KUN TARIXI

Bugun 11-mart 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon musulmon madaniyati va kinosi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh, 🇨🇦 Kanada - COVID-19 kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Matbuot kuni.
🇷🇺 Rossiya - Giyohvand moddalarni nazorat qilish organlari kuni.
🇱🇸 Lesoto - Qirol Moshoeshoe I yubileyi.
🇱🇹 Litva - Mustaqillik qayta tiklangan kun (1990).

👉 VOQEALAR:

- 105 - Say Lun bambuk poyalaridan qo‘g‘oz olishga muvaffaq bo‘ldi.
- 1669 - Italiyada Etna vulqonining eng katta otilishi sodir bo'ldi.
- 1682 - Karl II Chelsida askarlar uchun gospitalga asos soldi.
- 1702 - Birinchi ingliz tilidagi kunlik gazeta “The Dailu Courant” chop etildi.
- 1702 - Pyotr I farmoniga ko‘ra Rossiyaning 40 ta shahrida o‘g‘il bolalar uchun boshlang‘ich maktablar ochildi.
-1744 - Londonda „Sotheby’s“ auksion uyi ochildi.
- 1811 - Nottigemda mashinaga qarshilar - ludditlar qo‘zg‘oloni boshlandi.
- 1824 - AQShda Hindular ishlari bo'yicha byuro tashkil etildi.
- 1835 - Kanadada birinchi qog‘oz pullar chiqarildi.
- 1861 - Amerika janubiy shtatlar Konfederatsiyasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1869 - Xitoyda fransuz tabiatshunosi sovg'a sifatida noma'lum hayvon - panda terisini oldi.
- 1879 - Yaponiya Ryukyuni anneksiya qildi.
- 1912 - Tojik tilidagi birinchi gazeta - “Buxoroi sharif” chop etildi.
- 1918 - Sovet hukumati Petrograddan Moskvaga ko'chib o'tdi.
- 1918 - AQShda “ispan grippi”ning birinchi qayd etilgan to‘lqini.
- 1931 - SSSRda Bibliyani olib kirish va sotish ta’qiqlandi.
-1938 - Avstriya Germaniyaga ittifoqchi boʻldi.
- 1941 - AQSHda lend-liz haqida qonun qabul qilindi.
- 1941 - Namangan viloyati tashkil etildi.
- 1970 - Pablo Pikasso Barselonadagi muzeyga o‘zining 800 ta asarini sovg‘a qildi.
- 1985 - M. S. Gorbachyov KPSS MQ Bosh sekretari etib saylandi.
- 1990 - Litva respublika mustaqilligi tiklanganligini eʼlon qildi.
- 1998 - Hindistonda balandligi 19 metr bo'lgan eng katta kaktus topildi.
-2004 - Madridda terroristik xurujlar sodir etildi. 191 ta qurbon.
- 2011 - Yaponiyada zilzila sodir boʻldi.
- 2017 - Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Niderlandiyaga kiritilmadi. 
- 2020 - Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti koronavirus pandemiya degan xulosaga keldi.
- 2020 - Oʻzbekiston Respublikasining “Oliy darajali “Doʻstlik” ordenini tasis etish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1544 - Torkvato Tasso (1595) - italyan shoiri.
- 1726 - Vasiliy Chichagov (1809) - rus dengizchisi va flot qo‘mondoni.
- 1811 - Urben Jan Jozef Leverye (1877) - fransuz astronomi, noma’lum sayyora (Neptun) ning orbitasini hisoblab chiqqan olim.
- 1822 - Jozef Lui Fransua Bertran (1900) - fransuz matematigi.
- 1890 - Vanivar Bush (1974) - amerikalik olim, muhandis, analog kompyuterlar yaratuvchisi, fan tashkilotchisi.
- 1884 - Umar Sayfiddin - turk hikoyachiligining mumtoz vakili.
- 1906 - Zino Davidoff (1994) - shvetsariyalik sanoatchi, mashhur “Davidoff” firmasi va brendining asoschisi.
- 1920 - Nikolas Blumberg (2017) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1981).
- 1931 - Rupert Myordok - yirik medamagnat, ishbilarmon.
- 1941 - Dildorbek Rahmonov (1941) - Qirgʻiziston jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining artisti, jurnalist va shoir.
- 1952 - Duglas Noel Adams (2001) - ingliz yozuvchisi.
- 1954 - Nazar Shukur (1985) - shoir, tarjimon.
- 1961 - Muhammad ibn Zayd ibn Sulton al Nahayon - Abu-Dabi amiri va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti (2022-yildan).
- 1963 - Mardon Mavlonov - estrada xonandasi (lirik tenor), Oʻzbekiston (1999) va Tojikiston (2000) xalq artisti.
- 1978 - Didye Drogba - kot’divuarlik futbolchi.
- 1985 - Yelena Berkova - rossiyalik aktrisa, qo‘shiqchi va teleboshlovchi.
- 1988 - Fábio Alexandre da Silva Coentrão - portugaliyalik futbolchi, Portugaliya terma jamoasi himoyachisi.

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#buguntarixda

Bugun 11-mart - Pablo Pikasso Barselonadagi muzeyga o‘zining 800 ta asarini sovg‘a qilgan kun

Mashhur rassom Pablo Pikassoing eng yirik rasm kolleksiyalaridan biri Barselona shahrida joylashgan.

1970-yil 11-martda Pikasso o‘zining 800 ta rasmini Barselona muzeyiga sovg'a qilgan.

Umuman olganda, Kataloniya poytaxtidagi san‘at muzeyida 3500 dan ortiq asarlar saqlanadi, ular asosan rassomning dastlabki ijodiga tegishli. Keyingi asarlar orasida Velaskes rasmiga asoslangan variatsiyalar - 59 ta rasmdan iborat Las Meninas seriyasi ajralib turadi.

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_tarixi_Tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#bayramlar

Bugun 11-mart - Litva mustaqillikka erishgan kun

1990-yil 11-martda Boltiqboʻyi davlatlaridan bo‘lgan Litva SSR SSSR tarkibidan birinchilar qatorida mustaqilligini e’lon qildi.

1991-yilda uni birinchi bo‘lib Islandiya tan oldi.

Avgustda Rossiya hukumati ham Litva mustaqilligini tan oldi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

🌸 8 март – Халқаро хотин-қизлар куни!

💐 Барча мўътабар онажонларимизни, меҳрибон опа-сингилларимизни, гўзалликда тенгсиз қизларимизни байрамлари билан табриклаймиз!

💐 Бахтимизга ҳар доим соғ-омон бўлишларингизни тилаймиз!

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

Nega aynan 8-mart?

Dunyoda ko’plab maxsus kunlar mavjud. Har bir maxsus kunning qabul qilinishiga biron voqea sabab bo’lishi mumkin. 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayramining qutlanishiga sabab bo’lgan voqea esa, afsuski fojiadan iborat.
1857-yilning 8-mart kuni Amerikaning Nyu York shahrida 40 ming to’quv ishchisi mehnat sharoitining yaxshilanishini talab qilgan holda tekstil fabrikasida ish tashlash e’lon qiladi.
Fabrika boshqaruvchilari afsuski, bunga zolimlarcha qarshilik ko’rsatadilar. Buning boshqa fabrikalarga ham ta’sir ko’rsatishini oldini olish uchun ish tashlash e’lon qilgan ayollarni fabrika binosiga qamab qo’yadilar.
Lekin, o’sha payt noma’lum sabablarga ko’ra, fabrika binosida yong’in sodir bo’ladi. Afsuski, ayol ishchilardan juda ozchiligi bu fojiadan tirik qolishga muvaffaq bo’ladi. Fabrikadagi yong’indan qocha olmagan 129 ishchi ayol esa, jon beradi.
Bu voqea nafaqat mamlakatda balki, butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’ladi. İshchi ayollarning janoza marosimiga 100 mingdan ziyod aholi qatnashadi.
Oradan ko’p vaqt o’tishiga qaramasdan, bu voqea aslo unutilmaydi.
1910-yili Daniyada o’tkazilgan ayollar yig’ilishida masala takror o’rtaga tashlanadi.
1857-yilning 8-mart kuni fabrika yong’inida hayotdan ko’z yumgan ishchi ayollar xotirasi uchun 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida xotirlanishi haqidagi taklif bir ovozdan qabul qilinadi.
1- va 2-Jahon urushi yillarida ba’zi davlatlarda xotin-qizlar kunining nishonlanishi man qilingan.
Bu fojia o’z mamlakatida sodir bo’lishiga qaramasdan, Amerika ham ushbu kunni 1960-yil oxirlarida xotin-qizlar kuni deb qabul qilgan.
BMT Umumiy kengashi 1977-yilning 16-dekabr kungi yig’ilishida 8-martning Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida qutlanishini qabul qilgan. Bu esa, xotin-qizlar kuniga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.
@Kun_tarixi_tv24
Ayollar jamiyatni tashkil qilgan eng muhim xalqalardan biridir. Jamiyatda ayolning roli bor ekan, u jamiyatda madaniyat bor demakdir. U jamiyat ilg’or demakdir, unumdor demakdir.
Ayol huquqini inson huquqidan ajratish mumkin emas.

Ayollarning talablari natijasida boshlangan kurashda butun dunyoda, qolaversa O‘zbekistonda ayollarning huquqini ta’minlash va sharoitlarini yaxshilash uchun katta masofa bosib o’tildi. Lekin, bu yetarli emas. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda har 3 ayoldan biri hayotida oila ichi zo’ravonlik va haqoratlarga duch kelmoqda. Ayollarga nisbatan kuch ishlatish dunyoda keng tarqalgan, lekin ularga berilgan jazolar qoniqarli emas.
Butun dunyoda 15 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan ayollar turli kasalliklar va avtohalokatlar natijasida emas, balki erkaklar tomonidan qo’llangan zo’ravonlik natijasida nobud bo’lmoqda yoki majruh bo’lib qolmoqda.
BMT tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra, dunyodagi mehnatning 66%i ayollar tomonidan amalga oshiriladi. Bunga qaramasdan ayollar dunyodagi jami daromadning faqatgina 10%iga ega xolos. Dunyodagi butun mol-mulkning faqatgina 1%i ayollarga tegishli.
Dunyoda sodir bo’layotgan urushlarning eng katta jabrlanuvchisi ham ayollardir. Vatangado bo’lib, boshpanasiz, ko’chishga majburlanib, nomusidan xavotir olib, ham ona ham ota vazifasini zimmasiga olib, qo’rquv va qiyinchilikda yashashga majbur bo’lmoqdalar.

8-Mart xalqaro xotin-qizlar kuni butun dunyoda ayollarning muammolariga takror razm solish va ularga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish jihatidan muhim kun hisoblanadi.

Ushbu kun munosabati bilan butun dunyodagi mo’tabar onaxonlarni, opa-singillarni va butun ayollarni 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#tavalludlar

Bugun 8-mart - Rahima Mazohidova tug‘ligan kun

Rahima Mazohidova — 1930 yil 8-martda tug‘ilgan.
Xonanda va aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1976).
Ijodiy faoliyatini Qoʻldoshev raxbarligidagi badiiy
toʻgaragida boshlagan (1948-54).
Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi koshida "Omon yor" ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981-yildan).
Mazohidova doyra jurligida toʻy marosim qoʻshiupari ("Yor-yor", "Kelin salom" va boshqalar), xalq lapar va yallalari ("Deydi-yo", "Bugmacha bilagim", "Omon yor", "Yalli-yali", "Qarinavo" va boshqalar), ayrim mumtoz asar ("Feruz", "Qoʻqon Ushshogi", "Guluzorim", "Mujgonlarim", "Fargʻona tong otguncha", "Bir kelib ketsun" va boshqalar)larga uzgacha talqin bergan. "Oʻzbekfilm" studiyasining "Oʻtgan kunlar" (1969), "Zulmatni tark etib" (1973), "Ota vasiyati" (1979) filmlarida suratga tushgan. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan (1997).

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#tabrik

Азиз опа-сингиллар, муҳтарам оналар!

Ҳаммангизни гўзаллик ва баҳор айёми халқаро хотин-қизлар куни билан чин дилдан табриклаймиз!

Доим гўзал ва бетакрор бўлиб юринг.
Яқинларингиз бахтига саломат бўлинг.

Қалбингиз баҳор гулларига тўлсин, атрофингизда самимий инсонлар кўпайсин.
Меҳр-муҳаббат, қувонч юрагингизни ҳеч қачон тарк этмасин!

Доимо Аллоҳнинг паноҳида бўлинг!

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#buguntarixda

Bugun 6-mart - Kassius Kley o'z ismi va familiyasini rasmiy ravishda “Muhammad Ali” deb o'zgartirgan kun

1964 yil 6-martda dunyoga "Buyuk Ali" laqabi bilan tanilgan boks afsonasi o'zining ismini Muhammad Ali deb o'zgartirdi va o'zining sobiq taxallusi Kassiy Kleyga "qulimning ismi" deb nom berdi.

74 yoshida vafot etgan Kassius Marcellus Kley islomni qabul qilgan va Islom millati (NOI) ga a'zo bo'lib o'z ismini rad etgan.

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

6-mart – Qiziriq tumani tashkil etilgan kun

Qiziriq tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1975-yil 6-martda tashkil etilgan. Gʻarbdan Sherobod, janubidan Angor, shimolidan Bandixon, sharqdan Jarqoʻrgʻon, Shimoli-sharqdan Qumqoʻrgʻon, shimoli-gʻarbda Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km². Aholisi 120 ming kishi. Markazi — Sariq shaharcha.

@Kun_tarixi_Tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

Bugun 6-mart 2025-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon limfedema kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇮🇪 Irlandiya - Kitob kuni
🇯🇵 Yaponiya - Yosh aka-ukalar kuni.
🇬🇭 Gana - Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh - Tish shifokori kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy liboslar kuni.
🇮🇶 Iroq - Milliy bag'rikenglik va birgalikda yashash kuni.
🇳🇫 Norfolk - Tashkil topish kuni.
🇺🇸 AQSh - Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari kuni.

👉 VOQEALAR:

- 845 - Samarrada 42 amoriy shahidlari qatl etildi.
- 961 - Vizantiya imperatori Nikefor II tomonidan Xandakning zabt etilishi, Krit amirligining tugatilishi.
- 1521 - Fernan Magellan Guam orolini kashf qildi.
- 1629 - Ferdinand II Restitutsion ediktni qabul qildi.
- 1714 - Ingliz muhandisi Henry Mill mashinka uchun patent oldi.
- 1788 - Norfolk oroliga birinchi flotning kelishi; mahkumlar uchun birinchi turar-joylarning tashkil etilishi.
- 1790 - Stomatologik burg'u ixtiro qilindi.
- 1801 - Markiz de Sad „Justine“ romani uchun hibsga olindi.
- 1804 - «Nyu kastl» - «Yangi qulf» deb nomlangan birinchi parovoz yaratildi.
 - 1834 - Kanadada York shahri Toronto deb o‘zgartirildi.
- 1869 - Dimitriy Mendeleyev birinchi kimyoviy elementlar jadvalini e'lon qildi.
- 1857 - AQSh Oliy sudi qullar fuqarolar emas, balki mulk deb qaror chiqardi.
- 1882 - Serbiya qirollik deb e’lon qilindi.
- 1883 - Amerikalik ixtirochi Xayram Maksim birinchi bo'lib pulemyotni ixtiro qildi.
- 1899 - Nemis kimyogari Feliks Xoffmann aspiringa patent oldi.
- 1902 - „Real Madrid“ futbol klubi tashkil topdi.
- 1924 - Vatikanda birinchi radiopriyomnik o‘rnatildi.
- 1941 - Andijon va Surxondaryo viloyatlari tashkil topdi.
- 1946 - "Eniac" deb nomlangan dastlabki tez ishlovchi kompyuter AQShda ishlatila boshladi.
- 1948 - Rossiyada Gʻarb madaniyati muzeyi yopildi.
- 1957 - Gana mustaqillikka erishdi.
@Kun_tarixi_tv24
- 1964 - Kassius Kley o'z ismi va familiyasini rasmiy ravishda “Muhammad Ali” deb o'zgartirdi.
- 1975 - Nishon va Qiziriq tumanlari tashkil etildi.
- 1984 - Britaniya  shaxtiyorlarining ish tashlashi boshlandi.
- 1990 - Afg'onistonda prezident Muhammad Najibulloh hukumati davlat to'ntarishiga urinishni bostirdi.
- 1992 - Oʻzbekiston va Germaniya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1995 - Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lgan 15 davlat bilan Turkiya Respublikasi o'rtasida "Boj ittifoqi bitimi" imzolandi.
- 1997 - Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o'zining birinchi rasmiy veb-saytini ochdi.
- 2018 - Rossiya harbiy-havo kuchlarining An-26 samolyoti Suriyaning Xmeymim aviabazasiga qo‘nayotganda halokatga uchradi va 39 kishi halok bo‘ldi.
- 2022 - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oltita shaharga: Xarkov, Chernigov, Mariupol, Xerson, Gostomel va Volnovaxaga “Ukraina Qahramon shahri” faxriy unvonini berdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1340 - Jon Gaunt (1399) - Lankasterning 1-gersogi, Lankaster xonadonining asoschisi.
- 1405 - Xuan II Kastiliya (1454) - Kastiliya va Leon qiroli.
- 1475 - Mikelanjelo (1564) - Uyg‘onish davrining buyuk italyan haykaltaroshi, me’mori, rassomi va shoiri.
- 1870 - Oskar Shtraus (1954) - avstriyalik bastakor.
- 1884 - Aleksandr Belyayev (1942) - rus ilmiy fantastika yozuvchisi.
- 1889 - Hamza Hakimzoda Niyoziy (1929) - shoir, dramaturg.
- 1913 - Aleksandr Pokrishkin (1985) - aviatsiya marshali (1972), 3 marta Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1927 - Gabriel Garsia Markes (2014) - kolumbiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1982).
- 1929 - Fozil Iskandar (2016) - rus va abxaziya yozuvchisi va shoiri.
- 1936 - Mirzayev To’ra - folklorshunos olim.
- 1937 - Valentina Tereshkova - rus kosmonavt-uchuvchisi (1963),  jahonda 1-ayol kosmonavt.
- 1940 - Xayitova Olmaxon (2014) - xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1978 - Lara Koks - avstraliyalik aktrisa va model.
- 1989 - Agneshka Radvanska - polshalik tennischi ayol.
- 1992 - Olga Meganskaya - Rossiyalik qoʻshiqchi.
- 2001 - Zoe Sadovski-Sinnott - yangi zelandiyalik snoubordchi, Olimpiada chempioni (2022).

BIZ BILAN QOLING!
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

💬 Stomatologik Tish burg'usi 1790-yil 6-martda yaratilgan. Ushbu agregatni yaratish g'oyasi Jon Grinvudga tegishli. U AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning shaxsiy stomatologi bo‘lib ishlagan. Uning apparat qurilmasi qo'rqinchli ko'rinsa-da, mukammal ishladi.

Birinchi stomatologik burg'u og'ir oyoq bilan boshqariladigan burg'ulash bo'lib, Jon Grinvud Jorj Vashington uchun 4 ta protezni olishga muvaffaq bo'ldi. U yo'lida to'xtab qolmagan. Qizig'i shundaki, shifokor onasi ishlatadigan aylanma g'ildirakdan burg'uning pichoqchasini yasagan.

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

6-mart – Birinchi parovoz yaratilgan kun

Angliyalik tog’ muhandisi Richard Trevitik par dvigatellardan relsda harakatlanish uchun foydalanish taklifi bilan chiqdi. 1804-yil 6-mart kuni u «Nyu kastl» - «Yangi qulf» deb nomlangan birinchi parovozni yaratdi. Bug‘ bilan harakatlanadigan bu lokomotiv 70 nafar odam sig‘adigan vagonni va 10 ta yuk vagonni soatiga 8 kilometr tezlikda 16 kilometrga sudrab bordi.

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#tavalludlar

6-mart - Rossiyalik qoʻshiqchi Olga Meganskaya tavallud topgan kun (1992)

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

6-март – Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий таваллуд топган кун

Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий (1889-1929) - XX аср ўзбек адабиётига тамал тошини қўйганлардан бири. XIX аср охири XX аср бошидаги ўзбек маданиятининг энг йирик намояндаларидан, фаол маърифатпарвар шоир, ўқитувчи, жамоат арбоби. У шеъриятни ҳаётга ва халққа яқинлаштириш, ҳозирги замон насрини ўзбек адабиётида қарор топдириш, айниқса драма, комедия, трагедия яратиш бобида ва театр санъатини ривожлантиришда улкан изланишлар ва кашфиётлар қилган санъаткордир. Ҳамза композитор, режиссёр, журналист, педагог ва дарсликлар муаллифи сифатида ҳам кенг маълумдир.
Ҳамзанинг «Миллий ашулалар учун миллий шеърлар мажмуаси» (1915—1917), «Заҳарли ҳаёт» (1916), «Паранжи сирларидан бир лавҳа ёки яллачилар иши» (1927), «Майсаранинг иши» (1926) каби драматик асарлари ўзбек адабиётида янги ҳодисадир.

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#voqealar

Bugun 6-mart - „Real Madrid“ futbol klubi tashkil topgan kun

“Real Madrid” – 1902-yilning 6-martida aka-uka Padros va Julian Palasioslar tomonidan “Madrid Football Club” nomi ostida tashkil etilgan.

1920-yil 29-iyunda Ispaniya qiroli Alfons XIII klubga “Qirollik” (ispanchada Real) nomini bergan. Hozirgi kundagi “Real Madrid” nomi shundan kelib chiqqan.

Klub haqida qiziqarli faktlar:

👑 Klub birinchi bo‘lib “FC Sky” nomi ostida 1895-1900-yillargacha faoliyat ko‘rsatgan. 

👑 “Real”ning tarixdagi eng yirik gʻalabasi “Barselona” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 11:1 hisobida bo‘lgan.

👑 Klub 36 marta La Liga chempionligiga, 19 marta "Copa del Rey" kubogiga, 13 ta Ispaniyaning superkubogiga, 14 ta UEFA Chempionlar Ligasi chempionligiga, 5 ta UEFA superkubogi ega.

👑 Klub eng ko‘p “Barselona” bilan raqib boʻlgan (244 martadan koʻproq). 

👑 Klubning sobiq o‘yinchisi Krishtiano Ronaldo o‘zining 100 ta goliga erishishi uchun atigi 105 ta uchrashuvning o‘zi yetarli bo‘lgan.

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

Bugun 11-mart Shekspirning Romeo va Julyettasi turmush qurgan kun.

"Romeo va Juliet" — William Shakespeare oʻz karyerasining boshida yozgan tragediya. Asarda ikki baxtsiz sevishganning oʻlimi ularning oilalari oʻrtasidagi mojaroga barham beradi. „Romeo va Juliet“ „Hamlet“ bilan bir qatorda Shakespearening tirikligidagi eng mashhur pyesalaridan biri boʻlgan

Ilk nashri: 1597
Muallif: William Shakespeare
Asl nomi: Romeo and Juliet
Janr: pyesa
Janrlari: Drama, Badiiy adabiyot

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

🦠 Бугун Пандемиянинг туғилган куни экан, туғилмай ўлсин😡

11 март — ЖССТ томонидан коронавирус пандемияси эълон қилинган кун

2020 йил 11 март куни Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адхан Гебрейесус дунёда COVID-19 коронавирусининг тарқалиши пандемик характерга эга бўлгани ҳақида маълум қилган эди.

@kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#buguntarixda

Bugun 11-mart - Qog‘oz ixtiro qilingan kun

Say Lun Xitoyda qog‘oz ixtiro qilgan deb hisoblanib, u Xan sulolasining amaldori sanaladi.

Manbalarda yozilishicha, u miloddan avvalgi 105-yilning 11-martida bambukdan qog‘oz tayyorlash usulini amalga oshiradi.

Shundan keyin qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni jadallashib ketadi va tezda butun dunyo bo‘ylab tarqala boshlaydi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Say Lunning ixtirosigacha qog‘ozni ipakdan tayyorlashgan. 

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

Bugun 8-mart 2025-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro xotin-qizlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇿 Qozogʻiston, 🇺🇦 Ukraina - Yerni boshqarish kuni.
🇦🇱 Albaniya 🇱🇦 Laos - Onalar kuni.
🇸🇾 Suriya — Inqilob kuni.
🇵🇭 Filippin - Davao de Oro provonsiyasiga asos solingan kun.

👉 VOQEALAR:

- 1169 - Andrey Bogolyubskiy uch kunlik hujumdan so'ng Kiyevni egallab oldi va uni talon-taroj qildi.
- 1618 - Nemis astronomi Iogann Kepler oʻzining sayyoralar harakatining uchinchi qonunini kashf qildi.
- 1658 - Daniya va Shvetsiya o‘rtasida Roksill shartnomasi imzolandi.
- 1702 - Anna Styuart Angliya, Shotlandiya va Irlandiya qirolichasi bo‘ldi.
- 1722 - Pyotr I ning farmoniga binoan Peterburgda ob-havoni muntazam ravishda kuzatish ishi yoʻlga qoʻyildi.
- 1736 - Nodirshoh Eron shohi bo‘ldi.
-1759 - Parij parlamenti Deni Didroning „Ensiklopediya“sini qoralab chiqdi.
- 1802 - Nemis havaskor astronomi Genrix Olbers dastlabki mitti sayyora - Sererani kashf qildi.
- 1809 - Ivan Krilovning „Masallar“ nomli birinchi kitobi dunyo yuzini koʻrdi.
- 1862 - Nyu-Yorkda soʻnggi amerikalik qaroqchi - Nataniel Gordonni dorga osishdi.
- 1873 - Kanadaning shimoli-sharqiy hududlarida spirtli ichimliklar savdosi taʼqiqlab qoʻyildi.
- 1887 - Everett Xorton teleskopik qarmogʻi uchun patent oldi.
- 1900 - „Sanʼat dunyosi“ uyushmasi tuzildi, unga A. N. Benua, K. A. Somov, M. V. Dobujinskiy, N. K. Rerix, Ye. Ye. Lansere v. b. aʼzo boʻlishdi.
- 1910 - Kopengagenda Sotsialistik Internatsional 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni deb e’lon qildi.
- 1910 - Fransiyada Eliza Derosh uchuvchi guvohnamasiga ega bo‘ldi va dunyoda birinchi uchuvchi ayolga aylandi.
- 1927 - O‘zbekiston SSRda “Hujum” kampaniyasi boshlandi. 100 000 dan ortiq xotin-qiz paranjisini gulxanga tashlashdi.
- 1944 - Bolqorlar deportatsiyasi boshlandi.
- 1950 - SSSR atom bombasiga ega ekanligini e’lon qildi.
- 1963 - Xitoy 1858-yilda Rossiya bilan tuzilgan Aygun shartnomasini bekor qildi va SSSRdan yerlarni qaytarib berishni talab qildi.
- 1965 - Janubiy Vyetnamga AQShning dastlabki quruqlik qo‘shinlari kiritildi.
- 1965 - Xalqaro xotin-qizlar kuni bo‘lgan 8-mart dam olish kuniga aylandi.
- 1973 - Shimoliy Irlandiyada referendumda ishtirok etganlarning 59%i Buyuk Britaniya tarkibida qolish uchun ovoz berishdi.
- 2014 - Malayziyaning Boeing 777-200ER samolyoti izsiz yo‘qoldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1864 - Apte Xari Narayan (1919) - hind yozuvchisi, ma'rifatparvar.
- 1866 - Lebedev Petr (1912) - Rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan.
- 1879 - Gann Otto (1968) - Nemis fizigi va radiokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1945).
- 1886 - Kendall Edvard Kalvin (1972) - Amerkalik biyokimyogar, Nobel mukofati  sohibi (1950).
- 1894 - Aaltonen Vyaynyo Valdemar (1966) - fin haykaltaroshi.
- 1910 - Claire Trevor (2000) - amerikalik kinoaktrisai.
- 1911 - Ahmedov Bardiyor - xuquqshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975).
- 1914 - Hamidova Manzura (1998) - O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1914 - Yakov Zeldovich (1987) - rus nazariyotchi-fizigi, akademik (1958).1939-yilda uranning bo'linishidagi zanjir reaksiyasini birinchi bo'lib hisoblab chiqdi (Yu. B. Xariton bilan hamkorlikda).
- 1920 - Burnasheva Qamara (2000) - O’zbekiston xalq artisti (1960).
- 1923 - Yo’ldosheva Muhabbat  - O’zbekiston xalq artisti (1969). 
- 1928 - Mirkarimova Qunduz - raqqosa, baletmeyster va pedagog, O’zbekiston xalq artisti (1966).
- 1930 - Mazohidova Rahima - xonanda va aktrisa, O’zbekiston xalq artisti (1976).
- 1957 - Sintiya Rotrok - amerikalik kinoaktrisa, jangavor san’at ustasi.
- 1975 - Sulton Ibragimov - rossiyalik professional bokschi, sobiq jahon chempioni.
- 1990 - Petra Kvitova - chex tennischisi, ikki karra Uimldon turniri g‘olibasi (2011 va 2014).
- 1994 - Raʼnoxon Omonova - oʻzbek suzuvchisi, Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Xalqaro sport ustasi.
- 2000  - Daniel Magnusson - shved kyorlingchisi, ikki karra jahon chempioni, Olimpiya chempioni.

BIZ BILAN QOLING!
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#buguntarixda

Bugun 8-mart - Dunyoda birinchi uchuvchi ayol parvoz qilgan kun

1910-yil 8-martda fransuz baronessasi Eliza de Larosh imtihon parvozini amalga oshiridi va unga birinchi ayol uchuvchi unvoni taqdim etildi.
Bundan tashqari, u parvoz qilish uchun litsenziya oldi.
Litsenziya unga “Xotin-qizlar kuni"da topshirilgani shunchaki tasodif, chunki bunday bayram ilgari bo‘lmagan.
Havo sharlaridagi parvozlardan hayratda qolgan de Larosh Shaponda uchuvchi Charlz Vuazen bilan uchrashdi va 1909-yil 22-oktyabrda Vuazenning samolyotida mustaqil ravishda uchdi.
Vuazen de Laroshga faqat yerda samolyotda sayohat qilishga ruxsat bergan, lekin u itoat etmasdan bir necha yuz metrga uchgan.
1910-yil 8-martda Geliopolisda bo'lib o'tgan tanlov natijalariga ko‘ra fransuz aeroklubi de Laroshga 36-sonli uchuvchi litsenziyasini berdi va u Fransiya va dunyodagi birinchi ayol uchuvchiga aylandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

🌹Т🌹А🌹Б🌹Р🌹И🌹К.
                  
(8-март аёллар байрамига)

            🌹🌹🌹🌹

Хаёт боғларида тиконлар сўлсин,
Умр йўлларингиз гулларга тўлсин,
Нурларга беланди бу кун замин ҳам
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.

           🌹🌹🌹🌹

Болам деб ғам чеккан меҳрибонларим,
Ташвиши бир уммон,қувончи ярим,
Эй ,менинг жаннатий онажонларим,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.

            🌹🌹🌹🌹
Қошлари камалак, сочлари чамбар,
Оҳу кўз санамлар, юзлари дилбар,
Сиз борсиз дунё ҳам гўзал, мунаввар,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.

            🌹🌹🌹🌹

Қалбида дард аммо, юзлари ҳушҳол,
Сабр, бардошидан машақатлар лол
Оламни нурафшон айлаган аёл,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.

              🌹🌹🌹🌹

Табассум кетмасин юзларингиздан,
Қувонч ёши томсин кўзларингиздан,
Чаманлар гулласин изларингиздан,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.

© Хуршид Карим

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#tavalludlar

Bugun 8-mart - Rahima Mazohidova tug‘ligan kun

Rahima Mazohidova — 1930 yil 8-martda tug‘ilgan.
Xonanda va aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1976).
Ijodiy faoliyatini Qoʻldoshev raxbarligidagi badiiy
toʻgaragida boshlagan (1948-54).
Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi koshida "Omon yor" ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981-yildan).
Mazohidova doyra jurligida toʻy marosim qoʻshiupari ("Yor-yor", "Kelin salom" va boshqalar), xalq lapar va yallalari ("Deydi-yo", "Bugmacha bilagim", "Omon yor", "Yalli-yali", "Qarinavo" va boshqalar), ayrim mumtoz asar ("Feruz", "Qoʻqon Ushshogi", "Guluzorim", "Mujgonlarim", "Fargʻona tong otguncha", "Bir kelib ketsun" va boshqalar)larga uzgacha talqin bergan. "Oʻzbekfilm" studiyasining "Oʻtgan kunlar" (1969), "Zulmatni tark etib" (1973), "Ota vasiyati" (1979) filmlarida suratga tushgan. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan (1997).

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

💬 "Aspirin" deb nomlangan yangi dori uchun patent 1899-yil 6-martda kimyogar Feliks Xoffmanga berilgan. Preparatning savdo nomi Germaniyaning Bayer farmatsevtika kompaniyasi tomonidan berilgan. Xoffman revmatizmdan aziyat chekkan otasiga davo topishga urinib, atsetilsalitsil kislotasining shifobaxsh xususiyatlarini aniqladi. Italiyalik kimyogar Rafael Piria majnuntol po‘stlog‘idan salitsil kislotasini ajratib olib, bu moddaning kimyoviy tarkibini aniqladi va uni muvaffaqiyatli sintez qildi. U salitsil kislotasi deb ataladi. Ammo keyin salitsil kislotasi amaliy tibbiy foydalanishni olmadi. Faqat 15 yil o'tgach, salitsil kislotasining natriy tuzi ishlatila boshlandi. Mahsulotga "aspirin" tijorat nomi berildi. Bu nom ikki qismdan iborat: "a" asetildan va "spir" Spiraea dan, o'tloqning lotincha nomi - salitsil kislotasi birinchi marta kimyoviy izolyatsiya qilingan o'simlik.

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

6-mart — Qashqadaryo viloyati Nishon tumani tashkil topgan kun

Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975-yil 6-martda tashkil etilgan. Janubida Turkmaniston, shimolida viloyatning Qarshi, sharqda G’uzor, g’arbda Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,1 ming km.kv. Aholisi 159200 kishi. Tuman markazi - Yangi Nishon shahri.

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

6-mart – AQShda milliy muzlatilgan oziq-ovqatlar kuni

Qadim zamonlardan beri odamlar turli xil oziq-ovqatlarni ozuqaviy qiymatini yo'qotmasdan saqlash usullarini izlaydilar. Turli mamlakatlarda, turli iqlim sharoitida va ovqatlanish odatlarida, uzoq muddatli saqlash usullari har doim qadrlangan, ulardan eng samaralisi muzlash deb hisoblanadi. 

Hozirgi vaqtda oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatishning turli usullari orqali saqlash butun dunyoda keng qo'llaniladi va hatto har yili 6-mart kuni Amerikada muzlatilgan oziq-ovqatlarning  milliy kuni nishonlanadi - aynan 1930-yilning shu kuni Springfildda (AQSh) birinchi muzlatilgan oziq-ovqat sotila boshlandi.

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#buguntarixda

Bugun 6-mart – Mendeleyev jadvali e’lon qilingan kun

Deyarli hammamiz Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalini tushida ko‘rib kashf qilgani haqidagi gapni eshitganmiz va ilm-fanning eng taniqli atributlaridan biri sifatida Mendeleyev jadvali kimyodan uzoq odamlarga ham tanish narsa, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

6-mart — hammamiz yaxshi biladigan davriy jadval haqida ilm-fan ilk bora xabar topgan kun bo‘lib, bundan roppa-rosa 153 yil muqaddam, ya’ni 1869-yilning shu sanasida Rus kimyo jamiyati majlisida tarixda ilk bora davriy qonun haqida o‘qib eshittirilgan edi. 

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#buguntarixda

Bugun 6-mart - Birinchi pulemyot ixtiro qilingan kun

Amerikalik ixtirochi Xayram Maksim 1883-yil 6-mart kunida birinchi bo'lib o‘q otadigan avtomatik qurol ixtiro qildi.

U o‘z ixtirosini pulemyot deb atadi. Avtomatik qurolning odatdagi quroldan farqi shundaki, u bitta-bittalab emas, bir necha o'qni navbatma-navbat otadi.

Oradan ko‘p o'tmay barcha davlatlarning armiyalarida «maksim» pulemyotlari paydo bo'ldi. 

Birinchi qurollar - piltali miltiq, zambaraklar XV-XVI asrlarda paydo bo‘lgan. Ularning hammasi juda uzun, og'ir va qo‘pol edi.

Qurolsozlar ularni takomillashtirib borishdi.

Pistoy shahri ustalari nisbatan kalta qurol yasashga muvaffaq bo'lishdi.

Bu qurol shu shahar sharafiga pistolet - to‘pponcha deb atalgan

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#tavalludlar

6-mart – O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Xayitova tavallud topgan kun(1940)

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#buguntarixda

Bugun 6-mart - Andijon viloyati tashkil etilgan kun

Andijon viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 

Fargʻona vodiysining sharqiy qismida joylashgan.

1941-yil 6-martda tashkil etilgan.

Maydoni 4,2 ming km².

Aholisi 3 394 379 kishi (2024-yil 1-yanvar holatiga).

Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000).

Markazi — Andijon shahri.

🔄Andijonliklarga yuborib qo'yamiz

Kanalga ulanish ⤵️
@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…

KUN TARIXI

#Kuntarixi

Bugun 6-mart – Surxondaryo viloyati tashkil topgan kun

1941-yil 6-martda tashkil etilgan (1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi "Surxon" (fors-tojik: "qizil") daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 20,8 ming km².
Aholisi 2,87 mln kishi.
Markazi — Termiz shahri.

🔄 Surxondaryoliklarga yuborib qo'yamiz

@Kun_tarixi_tv24

Читать полностью…
Subscribe to a channel