Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси раиси Қуронбоев Қаҳрамон Қўчқоровичнинг расмий саҳифаси • Instagram: instagram.com/kuranbayev_k • Facebook: facebook.com/kuranbaev.k • Twitter: x.com/kuranbayev_k
🏠UYDA
🔍Mahalladoshlar eshitdingizmi?
30 yoshdan katta fuqarolarni sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va avlodlar orasidagi do‘stlikni mustahkamlash maqsadida “Mahalla ligasi” musobaqalari o’tkazilyapti.
#mahalliy_sharh
#xalqchildavlat
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
📇"Sharing economy"–"Almashish iqtisodiyoti" nima?
✅"Almashish iqtisodiyoti"ning dunyo mamlakatlaridagi rivojlanish tendensiyalari.
#birdamjamiyat #sharingeconomy
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
🇺🇿 Hurmatli Prezidentim, tavallud ayyomingiz barchamizga muborak bo‘lsin!
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_Kl
🏠UYDA
🔍Hurmatli mahalladoshlar! Joylarda "Islohotlar shtab"lari ish boshladi. Bu haqda mahallamiz qizi Ruhshona ma'lumot beradi.
#mahalliy_sharh
#xalqchildavlat
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
✈️ “Mening mahallam” filmining umummilliy taqdimoti o‘tkaziladi
⚡️ Joriy yilning 26-iyul kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi hamkorligida “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan suratga olingan "Mening mahallam" nomli musiqali komedia janridagi badiiy filmining umummilliy taqdimoti o‘tkaziladi.
🎥 Mazkur film taqdimoti nafaqat O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida, balki respublikamizning barcha viloyatlarida ham bir vaqtning o‘zida tomoshabinlarga namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu esa film taqdimotini haqiqiy umummilliy voqeaga aylantiradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
🎬 Filmda o‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat, hamjihatlik, qiyin va quvonchli kunlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lish kabi yuksak insoniy fazilatlar yorqin tasvirlangan.
Kinokartinada rollarni Dilorom Karimova, Farxod Abdullayev, Shohruh Hamdamov, Lola Eltoyeva, Tolib Moʻminov, Moʻmin Ibrohimov kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.
🇺🇿Haftaning eng muhim voqealari sharhi: "Kelajak uchun" forumi - davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotning yangi mexanizmi. O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorligida qishloq xo‘jaligida yirik loyihalar amalga oshiriladi. OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Nuroboddagi yangi rejalarni — “Nurdum” mahallasidan boshladik
✅ Bugun Nurobod tumanidagi “Nurdum” mahallasiga bordik. Aholi bilan ochiq va samimiy suhbatlashdik, ularning yashash sharoitlari, muammolari bilan tanishdik.
✈️Mahallani yanada obod qilish maqsadida bir nechta aniq rejalarni belgilab oldik:
- Yangi mahalla binosi qurish;
- Eski binoni tiklab, xotin-qizlar uchun tikuv sexi ochish;
- Go‘zallik saloni tashkil etish;
- 2 ta mini-futbol maydonchasi qurish;
- 41 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash:
⚡️Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdik.
✈️Samarqand viloyatdagi tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan mazkur muloqot davomida tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari va subsidiyalar ajratilishi, soliq imtiyozlaridan foydalanish, startap g‘oyalarini joriy qilish, mehmonxona binosi uchun ruxsatnoma olish, tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish, mahsulot eksportini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Shuningdek, ishlab chiqarish, turizm, qishloq xo‘jaligi, xususiy tibbiyot va boshqa sohalardagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglanib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan ayrim masalalarning yechimi uchun muddatlar belgilandi.
Uchrashuv so’ngida, viloyatning barcha tuman (shahar) larida tashkil etilgan “Islohotlar shtabi” faoliyatiga to’xtalib, tadbirkorlarning mazkur shtab faoliyatiga jalb qilish, mahallalar kesimida loyihalar ishlab chiqish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
📺O‘zbekiston-24 telekanali orqali "Ortga qaytmas islohotlar" ko‘rsatuvi efirga uzatildi.
➡️ Unda Payariq tumani mahallalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq farovonligi yo‘lida bajarilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar keng yoritildi.
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Hududlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid dolzarb masalalar o‘rganilmoqda
🔍Xabaringiz bor Respublika komissiyasi ishchi guruhi tomonidan hududlarda yoshlar masalalarini o‘rganish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Navbatdagi manzil Jizzax viloyati bo‘ldi.
Respublika ishchi guruhi hududlarda nafaqat mavjud holatni o‘rgandi, balki yoshlar bandligini ta’minlashga oid yangi yondashuvlar, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalarni ilgari surmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺uzmahallalari">YouTube 📱Facebook
Kecha 15-iyul kuni Jizzax viloyatidagi ko'plab davlat xizmatchilarining ustozi, yillar mobaynida viloyat boshqaruvining turli yo‘nalishlarida rahbarlik qilgan, bugungi kunda mahalla tizimida faoliyat olib borib, butun jamoaga o'zining beminnat tajribasini ulashayotgan Muso To'rayevich Anarboyev qutlug' 70 yoshni qarshiladilar.
Bugun Jizzax viloyatiga safarim davomida Ustozni kirib ayyom bilan tabriklab, butun jamoa birgalikda "Mahalla iftixori ko'krak nishoni" bilan taqdirladik.
Muso To'rayevichga mustahkam sog'lik, mardonavor mehnat faoliyatiga muvaffaqiyat, oilasi, farzandlariga, nabiralariga, hamkasblari va shogirdlarining baxtiga doimo omon bo'lishini tilab qolamiz!
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
📣 Hurmatli mahalladoshlar!
📈 “Tashabbusli budjet” — bu xalqimizning haqiqiy ovozi va bir maqsad sari intilgan mahalla kuchidir!
📅 Bugun, 15-iyuldan boshlab, "Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumi doirasida loyihalarni kiritish boshlandi! Bu – siz va bizning mahallamiz uchun chinakam imkoniyat!
— Mahallamiz muammolariga befarq bo‘lmaylik! Har bir fuqaromizning g‘oyasi, tashabbusi va ishtiroki kelajakdagi obodlik, qulaylik va farovonlik sari olib boradi. Loyihalarni kiritish 3-avgustgacha davom etadi. Shu vaqt ichida barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, mahallamizni birga obod etaylik!
👍👍👍👍👍
- "Oilamni yorug'likka olib chiqishim kerak edi..."
Prezident sovg‘asi” — BYD elektromobili sohibasi Maftuna Ochilovaning hikoyasi
"TO'QILMAGAN HIKOYA" - Qiyinchilikda ulg‘aygan qizaloqning buyuk orzular sari yurishi...
Oddiy oilada ulg’aygan Maftuna qanday qilib butun O‘zbekiston e’tiboriga tushdi? Uning hikoyasi sizni hayratga soladi, ilhomlantiradi va o‘ylantiradi.
Namoyish vaqti: PREMYERA
🎬 Bugun, 13-iyul – 19:30
💪 “Yoshlar” va “Mening yurtim” telekanallarida
#sarhisob #birdamjamiyat
⚡️ Mahallalarda bandlikni ta’minlash orqali ijtimoiy barqarorlik mustahkamlanmoqda.
🔍 2025-yilning o‘tgan davri mobaynidagi sarhisob boʻyicha:
🔍 2,4 mln nafar ishsiz fuqaro daromadli mehnatga jalb qilindi,
🔍 1 525 ta mahalla ishsizlikdan holi hududga aylantirildi.
🇺🇿Xalq Prezidenti yana mahallada, xalq bilan birga.
Bu gal Prezidentimiz Poytaxtning "Yangi Kamolon" mahallasida mehmon bo'ldi.
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
⚡️“Mening mahallam” filmining premyerasi oʻtkazildi.
🔍 Batafsil…
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
✈️“Siyosiy ma’rifat soati”
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
✈️Qoraqalpog‘iston Respublikasidamiz
🔍Tashrif davomida yangi saylangan mahalla raislarini faoliyatini o’rgandik. Ularning ish faoliyati davomida o'z oldiga qo'ygan aniq rejalari bilan tanishdik. Xususan, Nukus shahridagi yangi qurilayotgan mahalla binolari, ularda “yettilik” uchun yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdik.
Qurib bitkazilayotgan 22 ta yangi mahalla binolari uchun to’liq mebel jihozlari Uyushma tomonidan ta'minlanadi.
Shuningdek, hududlarda yoshlarga ajratilgan yer maydonlarining holatini ko‘zdan kechirib, bu yerlardan daromad olayotgan yoshlar bilan suhbatlashdik. Yoshlarning bari Prezidentimizni bu tashabbusidan minnatdorligini bildirdi.
Respublika komissiyasi Qoraqalpog‘istonda
✅Yoshlar masalalarini o‘rganish bo‘yicha Respublika komissiyasi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Tashrif davomida komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, yoshlar bandligi, tadbirkorlik va ijtimoiy muammolar muhokama qilindi.
Respublika komissiyasi a’zolari Nukus shahridagi “IT Park” binosida yosh startapchilar va yer maydonlari ajratilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Shuningdek, “Aydin jol” mahallasidagi xonadonlardan birida yashovchi yoshga ko‘mak ko‘rsatilib, “Yashil bog‘”dagi talabalar oromgohida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Bundan tashqari, hududlarda yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridagi holat ham ko‘zdan kechirildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺uzmahallalari">YouTube 📱Facebook
🇺🇿VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!
🇺🇿 Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Oʼzbekiston mahallari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda
🔍Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida "Umummilliy birdamlik festivali"ga start beriladi!
🔍Festival doirasida, ilm-fan, adabiyot va sanʼat namoyandalari hamda ziyolilar bilan uchrashuvlar, yetakchi trenerlar ishtirokida seminarlar, madaniy va maʼrifiy, hayriya loyhalari, sport musobaqalari, gala-kontsert dasturlari tashkil etiladi.
🔍UMUMMILLIY BIRDAMLIK FESTIVALIDA SIZ HAM ISHTIROK ETING!
📞71 207 57 00
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
3 yil deganda, nihoyat, Prezident Ilhom Aliyevga savol berdim!
Bugun Xankendi shahrida "Yolg‘on narrativlarni fosh qilish: dezinformasiyaga qarshi kurash" mavzusida uchinchi an’anaviy Media-forum boshlandi.
Media forumning ochilish marosimiga Ozarbayjon davlat rahbari Ilhom Aliyev tashrif buyurdi hamda ishtirokchilarni media sohasida yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan "Shusha global media forum" bilan qutladi.
Ushbu nufuzli tadbirda 50 ta davlatdan 150 dan ziyod xorijiy mehmonlar, 30 ta mamlakatdan Axborot agentliklari, 3 ta xalqaro tashkilot hamda 82 ta xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari qatnashmoqda, shu jumladan, O'zbekiston nomidan Milliy media birlashmasi Boshqaruv raisi sifatida Ilhom Aliyevga o'z savolimni berdim. O'tgan yilda savol berolmagan edim.
Ma’lumot uchun: uch kunlik Media-forum doirasida bo‘lib o‘tadigan panel sessiyalarida –
⏺Ta’sirni baholash: keng ko‘lamli dezinformasiyani tushunish;
⏺Dezinformasiyalarga yanada barqaror jamiyatni qurish siyosati va tashabbuslar;
⏺"Texnologiya va dezinformasiya";
⏺Sun’iy intellektning reallik, OAV va dezinformasiyaga ta’siri: mediasavodxonlikni targ‘ib qilish;
⏺ Mintaqaviy ta’sir ko‘rstaish hamda OAV mavzulari yuzasidan keng muhokamalar olib boriladi.
———————————————
Sherzodxon Qudratxo'janing
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo'ling:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 sherzodxonqudratxoja?si=yBtHbUHW7DuIei8E">YouTube 📱 Facebook
📱 Twitter
✈️“Siyosiy ma’rifat soati”
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
#munosabat
Taraqqiyot mahalladan boshlanadi, qachonki odamlarda mehnatsevarlik, intilish va ishtiyoq boʻlsa
Mahalla – davlat va fuqaro o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilmaviy masalalarni hal etishda alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan "Mahalla yettiligi" tizimi aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan muhim islohotlardan biri hisoblanadi.
Ushbu tizim orqali aholi daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan samarali ishlash, jinoyatchilikni oldini olish, erta nikohlarning oldini olish kabi muhim vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur yo‘nalishdagi ishlar va "yettilik" faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Unda davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, "Mahalla yettiligi"ning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda ularning tegishli o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tizim samaradorligini yanada oshirish, muammolarni mahallaning o‘zida hal etish, aholi ehtiyojlarini o‘rganish va manzilli yordamni tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, hududlarda hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlariga har kuni ikkitadan mahallada "yettilik" faoliyatini o‘rganish va amaliy natijalarga erishish vazifasi yuklatildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺uzmahallalari">YouTube 📱Facebook
Sirdaryo viloyatida bo'ldik
Viloyati hokimligida yoshlar masalalari bilan ishlashga mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qildik.
Shuningdek, joylarda yoshlarga ajratilgan yer maydonlari va daromad manbalaridan foydalanish holati o‘rganildi. Komissiya viloyatda chet tillarini o‘rganayotgan hamda yer maydonlaridan daromad olayotgan yoshlar bilan uchrashdim.
O‘rganishlarimiz Jizzax viloyatida davom etadi.
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
⚡️Hurmatli yurtdoshlar.
🔍Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlash, odamlarni rozi qilish, oilalar farovonligini oshirish maqsadida joylarda "Islohotlar shtabi" tashkil etilmoqda.
Hurmatli samarqandlik mahalladoshlar!
Viloyatning 16ta tuman-shahar hokimliklarida "Islohotlar shtabi" ish boshladi. O'z hududingizda amalga oshirilayotgan ishlarga befarq bo‘lmang, "Islohotlar shtabi" faoliyatiga o‘z hissangizni qo‘shing, takliflaringizni kutib qolamiz.
🇺🇿Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston Prezidenti yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Poytaxtning o‘z "Yechimlar atlasi" bo‘ladi. Davlat rahbari Toshkent shahridagi yangi ijtimoiy va ishlab chiqarish obektlarini ko‘zdan kechirdi.
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Aholi bandligi, xalq turmushi farovonligi yo'lida
➡️Ma'lumki, bir necha kundan beri O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.
➡️Ishchi guruh hafta davomida Samarqand shahar va Paxtachi tumanida aholini yashash sharoiti, ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganish hamda birgalikda ularni bartaraf etish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoili asosida mahallalarda uyma-uy yurib, fuqarolar bilan uchrashish va boqimandalik kayfiyatidan chiqarish kabi amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar natijalarini o'rganmoqda.
🌍
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev aholiga qulay xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Paxtachi tumanida tashkil etilgan,
“Islohotlar shtabi”
tomonidan berilgan yirik loyihalar hamda tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, xonadonlarning daromadlarini oshirish maqsadida olib borayotgan ishlar va rejalar bilan tanishdi. Hokim va uning o'rinbosarlari bilan suhbatlashib zarur ko’rsatmalarni berdi.
Shundan so’ng tumandagi yirik va o’rta biznes vakillari bilan uchrashib ular tomonidan ko’tarilgan
70 ta
muammodan
40 tasini
joyida hal etib qolgan
30 tasini
respublika va viloyat darajasidagi rahbarlarga tumanga kelgan holda tadbirkorlar bilan uchrashib ularga qiynab kelayotgan muammolarni qisqa muddatda bajarish bo’yicha topshiriq berdi.
Studiya 24 | Prezident tashrifi: ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yuksalish
Toshkent shahridagi "Yangi Kamolon" mahallasi
💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
🎉 Bugun O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori, O’zbekiston yoshlarining lideri, mening haqiqiy do’stim va ukam Alisher Zafarovichning tavallud kuni!
🎁 Bugungi kunda Alisherning dunyodagi nufuzli ta’lim dargohi Stanfordda tahsil olayotgani ham uning harakatchan va o’z ustida ishlashiga dalildir.
🎉 Alisher sizni tavallud kuningiz bilan shaxsan o’zim, oilam hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi nomidan tabriklayman.
Yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun amalga oshirib kelayotgan ishlaringizda muvaffaqiyat va omad tilab, kelajakda bundan ham yuqori martabalar tilayman.