postdarasmiy | Unsorted

Telegram-канал postdarasmiy - POSTDA|Rasmiy kanal

10302

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

Subscribe to a channel

POSTDA|Rasmiy kanal

Avtomobilsiz kun aksiyasi doirasida

Poytaxtimiz hududi bo’ylab o’tkazib kelinayotgan Avtomobilsiz kun aksiyasi doirasida joylarda targ’ibot va tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Xususan, 4-avtosaroy xodimlari va haydovchilari bilan Toshkent shahar IIBB YHXB mutassadilari tomonidan uchrashuv o'tkazib, turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda "Avtomobilsiz kun" aksiyasida faol qatnashish va fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish borasida davra suhbati bo'lib o'tdi. Mas'ullar avtosaroy tasarrufidagi avtobuslarni texnik holati bilan ham birma-bir tanishdilar.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Bilimlar bellashuvi

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi, qoʻshilma va harbiy qism harbiy xizmatchilar oʻrtasida ʼʼZakovatʼʼ intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Musobaqa, muhtaram yurtboshimizning 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta‘minlash, hamda Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy va huquqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli harbiy xizmatchilarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratish, munosib ravishda rag‘batlantirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarda ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda yuqori saviyada tashkil etildi.
Tashkillashtirilgan mazkur intellektual oʻyinida, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi va harbiy qismlaridan har bir jamoada 5 nafardan iborat bo‘lgan jami 10 ta jamoa ishtirokida gʻoliblik uchun intellektual baxslarga kirishdi, belgilangan reglamentga muvofiq, adolatli va shaffof tarzda tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar 2 bosqichda 24 ta savollarga javob bergan holda o‘zlarining bilimlarini hamda oʻz mahoratlarini namoyish etib,
bir-biridan qiziqarli va hayajonga boy bo‘lgan bilimlar bellashuvini taqdim etishdi.
Musobaqa so‘ngida hakamlar hayʼati tomonidan eʼlon qilingan yakuniy natijalarga koʻraqoʻshin qoʻmondonligi jamoasi eng yuqori ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, keyingi 2 va 3-oʻrinlarni 7536 hamda 7531-harbiy qism jamoalari egallashib, gʻolib va sovrindorlarga diplom, estalik sovgʻalari hamda birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoaga Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi “Zakovat” kubogi topshirildi.
Tadbir soʻngida, qoʻmondonlik namunali koʻrgazmali orkestri hamda ashula va raqs ansambili xonandalari tomonidan dilnavo kuy-qoʻshiqlar namoyish etildi. IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

Ispan shoiri Federico Lorka unga shunday tarif bergan: «Aylanada, chorraxada 6 do‘st raqs tushardi: uchtasi go‘shtdan, uchtasi po‘latdan»
Diqqat savol : U nima?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

BIR O‘ZIGA OSON EMAS

Xonobod shahri mamlakatimizning kunchiqar hududi hisoblanadi. «Yangi hayot» mahallasi esa uning ostonasidir. Shaharga faqat bitta yo‘ldan — shu mahalladan kirib boriladi. Bu yerda odamlar oqimi to‘xtamaydi, mehmonlar qadami arimaydi. Ayniqsa, 20 dan ziyod dala hovli va mehmon uylari shaharga tashrif buyurganlar uchun vaqtinchalik boshpana vazifasini o‘taydi. Qolaversa, 40 dan ortiq ishlab chiqarish korxonasi ham aynan shu manzilda joylashgani profilaktika inspektoridan boshqa hamkasblariga nisbatan mas’uliyatliroq, har doim hushyor bo‘lishni talab qiladi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

“G‘alaba bog‘i”da “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining tantanali va'da berish marosimi bo'lib o'tdi

2025-2026-o'quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining barcha tumanlarida “Jasorat maktablari” tashkil etildi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab ushbu maktablarda 5-sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, huquq-tartibot va boshqa davlat organlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘quvchilarni tabrikladilar.
Ma’lumot uchun, “Jasorat maktablari”da ta’lim 5–11-sinflarda kunduzgi shaklda, Davlat ta’lim standartlari asosida olib boriladi. Matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili va fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

ЎТДА КУЙГАН “ЎЛИК” ТОВУҚЛАР

Халқимиз соғлигига рахна солувчи ҳар қандай хатти-ҳаракатларнинг олдини олиш муҳим аҳамиятга эга. Бу борада Сирдарё вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ КТТ гуруҳи ходимлари томонидан ҳамкор идоралар билан биргаликда бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Карантин тадбирларини таъминлаш гуруҳи командири, подполковник М.Тожиеванинг хабар беришича, 2025 йил 25 сентябр куни Сирдарё ЙПХ постида “LABO” русумли 10 Х 493 LB рақамли автомашинада ҳамда бўлган 3 тонна сифатсиз товуқ гўшти ноқонуний равишда Тошкент шаҳрига олиб кетилаётган вақтда тўхтатиб қолинган. Лаборатория хулосасига кўра, исътемолга яроқсиз деб топилган ушбу маҳсулот ташувчисига нисбатан маъмурий баённома тузилиб, ушбу товуқ гўшти тегишли тартибда ёқиб йўқ қилинган.
Ўтган ҳафта ушбу хизмат ходимлари 1 тонна 200 килограм миқдордаги худди шундай яроқсиз гўшт маҳсулотлари бозорга тарқалиб кетишининг олдин олишган эди.
Ш.Рўзиев, ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Kecha va Bugun

Тoshkent shahar IIBB ekspert-kriminalisti, leytenant D.Jamolov.
1982-yil.

Toshkent shahar Bektemir tumani IIOFMB EKB ekspert-kriminalisti,
kapitan Akmal Mirsagatov.
2025-yil.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

TUNGI FAOLIYAT O'RGANILDI

Fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash va hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan “Dolzarb 10 kunlik” tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. Jarayonda IIO xodimlarining tungi faoliyati, ijtimoiy obyektlarda xavfsizlikning taʼminlanishi hamda mavsumiy tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Ўқувчилари қасамёд қабул қилдилар

Ёш авлодда ватанпарварлик туйғусини мустаҳкамлаш, уларни садоқатли ва жасур инсонлар қилиб тарбиялаш мақсадида мамлакатимизда “Жасорат мактаблари” ташкил этилган. Андижон вилоятидаги “Ватанпарварлик боғи”да ушбу мактабларда таҳсил олаётган 416 нафар ўқувчи иштирокида тантанали қасамёд қабул қилиш маросими бўлиб ўтди.
Тадбирда Шарқий ҳарбий округ қўмондони генерал-майор А.Саидов, вилоят ҳокими ўринбосари К.Комилов ҳамда вилоят ИИБ бошлиғининг ўринбосари подполковник Ж.Давронов иштирок этиб, ёшларга келажакда эл-юрт равнақига муносиб ҳисса қўшишларини тиладилар.
Маросим якунида Қуролли кучлар тузилмалари томонидан кўргазмали чиқишлар намойиш этилди.
Ўз мухбиримиз.
Андижон вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

Nima uchun Angliyada 1862-yilda futbolchilarga o‘yindan oldin ikkitadan oltin tanga berilgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

КУЧЛИЛАР ҒОЛИБЛИК ШОҲСУПАСИДА

ИИВ “Динамо” ЖТСЖ Қашқадарё вилояти Кенгашнинг тавқимий режасига асосан қўл жанги мусобақаси ташкил қилинди. Вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ва ҳарбий қисмлар жамоалари иштирок этган мусобақада ДХХ вилоят бошқармаси ходими, катта лейтенант Муроджон Туруғунов 62 кг, ДХХ вилоят бошқармаси ходими, кичик сержант Қурбонали Нормуродов 67 кг, вилоят ИИБ ходими, сержант Олимжон Нормуродов 73 кг, вилоят ИИБ ходими, кичик сержант Бехруз Усмонов 80 кг, вилоят ИИБ ходими, сержант Жахонгир Муйитов 88 кг, вилоят ИИБ ходими, сержант Ботир Холиёров 97 кг, ДХХ вилоят бошқармаси ходими...
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha belgilangan vazifalarini ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida oʻrganish ishlari olib borildi

▶️ Batafsil
———
Давлатимиз раҳбарининг маҳаллаларда хавфсиз муҳит яратиш ҳамда ҳуқуқбузарликларни барвақт олдини олиш бўйича белгиланган вазифаларини ижросини таъминлаш мақсадида Ички ишлар вазирлиги ишчи гуруҳи томонидан Самарқанд вилоятида ўрганиш ишлари олиб борилди

▶️ Батафсил
———
В целях обеспечения выполнения задач, поставленных Главой государства по созданию безопасной среды в махаллях и раннему предупреждению правонарушений, рабочей группой Министерства внутренних дел проведены изучения в Самаркандской области

▶️ Подробно

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Oʻquvchilar vaʼda berishdi !

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Navoiy, Toshkent va Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarga biriktirilgan 35,7,34,41 va 71-sonli maktablar negizida tashkillashtirilgan Jasorat sinfi oʻquvchilari shu yurtga sodiq farzand boʻlib ulgʻayishga, Ona vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga hamda Jasorat maktabi anʼanalariga doimiy sodiq boʻlishga tantanali tarzda ʼʼVaʼda berishdi ʼʼ.
Aytish joiz, mamlakatimiz boʻylab oʻtkaizlgan bu kabi tadbirlar yoshlarni ona vatanga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan muhimdir.
IIV Qorovul qoʻshinlari
qoʻmondonligi
axborot guruhi

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Ўқувчилар ваъда берди

Ғаллаорол туманида “Жасорат мактаблари”га қабул қилинган ўрта умумтаълим мактаблари ўқувчиларидан таркиб топган “Ватан таянчи” отрядлари азоларининг тантанали ваъда бериш маросимлари ўтказилмоқда. Хусусан, 26- сонли ўқув муассасасида уюштирилган тадбирда ҳокимлик, ИИБ, мудофаа ва таълим ташкилотлари вакиллари иштирок этди. Маросимда мамлакатимиз ёшларига яратилаётган имкониятлар тилга олинди.
Ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Эксперт-криминалистлар Фарғонада беллашмоқда

Вилоятимизда ички ишлар органлари эксперт-криминалистика бўлинмалари ходимлари ўртасида “Энг намунали эксперт-криминалистика жамоаси” ва “Энг яхши эксперт-криминалист” кўрик-танловларининг республика босқичи ўтказилмоқда.
Унда танловнинг ҳудудий босқичларида 1-2 ўринни эгаллаган экспертлар, эксперт-криминалистика бўлимлари раҳбарлари, Республика давлат суд экспертиза муассасалари раҳбарлари иштирок этишмоқда.
Танлов доирасида “Суд-экспертлик фаолиятининг замонавий имкониятлари ҳамда экспертиза тайинлашдаги хатоликлар” мавзусида амалий-семинар ҳам ўтказилади.
Кўрик-танлов тафсилотлари ва якуни ҳақида газетамизнинг навбатдаги сонида танишишингиз мумкин.
Абдувосит СИДИҚОВ,
ўз мухбиримиз.
Фарғона вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

NOYOB YOVVOYI MUSHUK

Manul — Osiyo tog‘larida yashovchi juda noyob yovvoyi mushuk turidir. Uni ba’zida Pallas mushugi deb ham atashadi. Bu hayvonning asosiy yashash hududi Tibet, Qozog‘iston, Eron va hatto mamlakatimiz tog‘li hududlarigacha cho‘zilgan. Manulning eng ajralib turadigan belgisi — dumaloq yuzi va uzun, zich junlari. Shu boisdan u ko‘pincha “xafa bo‘lib turgandek” yoki “jahl qilgandek” ko‘rinadi.
Uning mo‘ynasi shunchalik qalin va zichki, hatto qahraton sovuqda ham muzlamaydi. U ko‘proq kechasi ov qiladi va asosan kemiruvchilar, qushlar hamda hasharotlar bilan oziqlanadi. Afsuski, kalta oyoqlari sabab tez yugurolmagani uchun koʻpincha choʻpon itlarining oʻljasiga aylanadi, natijada manulning soni yildan-yilga kamayib bormoqda. Bugungi kunda u Qizil kitobga kiritilgan va himoya ostida.

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#Suratda

Urganch tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi katta  tergovchisi, mayor Аzamat Sultonov tergovchi,  katta leytenant Ismoil Xusinov bilan xizmat paytida.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

27 сентябрь – Бутунжаҳон туризм куни

Бутунжаҳон туризм куни Жаҳон сайёҳлик ташкилоти ЮНВТО Бош ассамблеяси томонидан 1979 йилда Испаниянинг Торремолинос шаҳрида ташкил этилган ва ҳар йили 27 сентябрда нишонланади.
Бундан кўзланган мақсад туризмни ривожлантириш, унинг жаҳон иқтисодиётига қўшган ҳиссасини ёритиш, турли мамлакатлар халқлари ўртасидаги алоқаларни ривожлантиришдан иборат.
Туризм нафақат янги жойлар ва маданиятларни кашф қилиш имконияти, балки мамлакатимиз иқтисодиётини ривожлантириш, халқаро алоқаларни мустаҳкамлаш ва Ўзбекистоннинг меҳмондўст мамлакат сифатидаги обрўсини оширишнинг муҳим омилларидан биридир. Шу муносабат билан, бугунги кунда туристлар хавфсизлигини таъминлаш ва минтақамизни саёҳатлар учун жозибадор ва очиқ қилишга ўз ҳиссасини қўшаётган барчага алоҳида миннатдорчилик билдирамиз.
Қадрли ҳамкасблар ва туризм соҳаси фидоийлари, “Бутунжаҳон туризм куни”да барчангизга самарали фаолият ва касбий муваффақият тилаймиз!
Қашқадарё вилояти ИИБ ХТТБ
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

XIZMATDA HAM, SPORTDA HAM ILG‘OR

Ma’lumki, erkin kurash epchillik va yuqori texnika talab qiladigan sport turlaridan biri hisoblanadi. IIV Qorovul qo‘shinlari 7534-harbiy qismi ayol nazoratchilar vzvodi harbiy xizmatchisi, oddiy askar Shohidaxon Ahmedova ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan yoshlarimizdan biridir.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

УСТОЗИГА ТОШ ОТМАГАН ШОГИРД

Қадимда уч мерган устоз ораларида ким таълим беришда илғорлигини аниқламоқчи бўлишибди. Учаласи ҳам биттадан шогирдларини чақиришибди. Ҳар бир шогирд ўз устозига тош отиб, бу санъатни қанчалар ўзлаштирганини намойиш этиши керак экан.
Биринчи устоз шогирди отган тошларга эпчиллик билан чап берибди. Иккинчи устоз отилган тошларни усталик билан шогирдига қайтарибди. Учинчи устознинг шогирди қанча мажбурлашмасин, устозига тош отишдан бош тортибди. Шунда холис ҳакамлар шу учинчи устоз-шогирдни ғолиб деб топишибди.
Қолган икки устоз норози бўлиб:
– А хир, улар тош отиш санъатини кўрсатиб беришмадику! – дебди.
– Тўғри, – дебди ҳакам, – лекин у шогирдини устозига тош отмайдиган қилиб тарбиялабди.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

NORIN «PREZIDENT TUMANI»GA AYLANADI

Prezidentimizning hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatimizga tashrifi unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Turmush sharoitining yaxshilanayotgani, muammolarning bosqichma-bosqich hal etilayotganini ko‘rgan odamlarning ertangi kunga ishonchi ortmoqda. Tumanimizdagi uchra­shuv­larda tadbirkorlik faoliyati, qishloq xo‘jaligi sohasi bilan yaqindan tanishgan Prezidentimiz sharoiti og‘ir hudud hisoblangan «Sho‘rariq» mahallasida aholi bilan dildan suhbat qurdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

Nima uchun Angliyada 1862-yilda futbolchilarga o‘yindan oldin ikkitadan oltin tanga berilgan?

Ushbu savolning javobini Navro'zbek, Qurbonov Ulug'bek kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda omad tilab qolamiz!

Javob: 1862-yilda futbol qoidalari o‘zgarib, futbolchilarga o‘yin chog‘ida qo‘lni ishlatish man qilindi. Shu bois murabbiylar ularni kaftida tangalarni siqqan holda o‘ynashga majbur qilishgan.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

FAOLLIKNI OSHIRISH MAQSADIDA

Xodimlarning jismoniy holatini mustahkamlash va ularning umumiy ruhiy-ijtimoiy barqarorligini taʼminlash maqsadida Peshku tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan sport mashg‘ulotlari doimiy o‘tkazilib kelinmoqda. Mashg‘ulotlarda professional sport murabbiyi ishtirokida yengil atletika, umumiy jismoniy tayyorgarlik, yugurish, jang sanʼati elementlari va boshqa kompleks mashqlar bajarilmoqda.
O.XOLAKOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Qaror ijrosi yuzasidan

Chilonzor tumani hokimligi hamda tuman IIOFMB tomonidan Prezidentimizning tegishli qarori ijrosi yuzasidan kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Navbahor” mahallasida tadbir tashkil etildi. Qaror ijrosi talablaridan kelib chiqib, probatsiya hisobidagi shaxslar, muqaddam sudlanganlarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida sayyor qabul ham tashkil etildi. Probatsiya hisobidagi shaxslar murojaatining aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Yig‘ilishda mas’ullarga bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

ALOHIDA AHAMIYATGA EGA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-avgustdagi tegishli farmoniga asosan, Toshkent viloyatidan 63 nafar mahkum afv etilgan boʻlib, viloyati hokimligida ushbu fuqarolar bilan davra suhbati tashkil etildi. Bu kabi davra suhbatlari afv etilgan shaxslarning jamiyatga to‘liq moslashuvi, hayotga ijobiy munosabatini shakllantirish, ularni mehnat bilan band qilish va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida alohida ahamiyatga ega.

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

КУН ТАРИХИ

26 сентябрь — Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни. ДХХ — мамлакатимиз Қуролли Кучларининг таркибига кирувчи, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва назорат органларидан бири бўлиб, давлатимиз конституциявий тузуми, суверенитети, ҳудудий яхлитлиги ва манфаатларини ташқи ва ички таҳдидлардан ҳимоя қилувчи махсус ваколатли орган этиб белгиланган.

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Buxoro shahrida xizmat tashkil etilishi, xodimlarning hushyorligi va tergov-tezkor guruhining shayligi oʻrganildi
———
Бухоро шаҳрида хизмат ташкил этилиши, ходимларнинг ҳушёрлиги ва тергов-тезкор гуруҳининг шайлиги ўрганилди

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

ALIBI HAQIDA ESHITGANMISIZ?

Alibi — lotincha so'z bo'lib, "boshqa joyda" degan ma'noni anglatadi. Bu so'z ko'proq kriminalistikada uchraydi. Unga ko'ra, gumondorning jinoyat bo'lgan vaqt boshqa joyda bo'lganligini, jinoyatga aloqasi yo'qligini bildiradi.

@Postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#JUMBOQ

O‘rta asrlar davrida usta maqomini olish uchun o‘quvchi qandaydir ijod namunasini yaratishi talab qilingan. Diqqat savol: Bugungi kunda biz bu «ijod namunasi»ni qanday nom bilan ataymiz?

Ushbu savolga Murodjon Raxmatulloyev, Nigora Mamayusupova, Qurbonov Ulug‘bek, Sardor, Mansur kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob yo'llashdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob: Shedevr.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

“Postda-На посту” gazetasining 2025-yil 25-sentabr kungi 39 (4733)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel