|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustoz va muallimlar!
Sizni aziz va ulug‘ qadriyatlarimizning yorqin ifodasi – Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
Bu muborak kun barchamizga mehr-oqibat, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va insonparvarlik fazilatlarini yanada yuksaltirishga da’vat etadi. Qurbon hayiti bizga tozalik, sabr, hamjihatlik va eng muhimi, birodarlik tuyg‘ularini ulug‘lashni o‘rgatadi.
Muhtaram pedagog va ustozlar! Sizlarning yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos mehnatingiz, bilim va ma’rifat bag‘ishlashdagi fidoyiligingiz jamiyatimiz taraqqiyotining asosiy poydevorlaridan biridir. Qurbon hayitida Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, ko‘ngil hotirjamligi, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.
Muborak Qurbon hayiti barchamiz uchun tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik va farovonlik ramziga aylansin!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Ubaydulla Oripov.
Qurilish mahsulotlarini maqsadli sarflanishiga doir seminar oʼtkazildi — QARSHI TUMANI
Qashqadaryo viloyat hokimining viloyatdagi umumta’lim maktablarini 2025-2026 oʼquv yilida joriy taʼmirlash boʼyicha qurilish mahsulotlari bilan taʼminlash hamda qurilish mahsulotlarini maqsadli sarflanishiga doir seminar oʼtkazildi.
Seminarda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U.Oripov ishtirok etib, taʼlim tashkiloti masʼullariga maxsus koʼrsatmalar berdi.
Shuningdek, taʼlim tashkilotiga tadbirkorlar va ota-onalar homiyligini tashkil etishda faollik koʼrsatgan Qarshi tumani 19-sonli maktab direktori boshqarma boshligʼi tomonidan eʼtirof etildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi mazmuni va yo’nalishlari qanday?
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida ta’lim jarayonlari qanday tashkil etiladi?
Videoda ushbu savollarga mutaxassislarimiz batafsil javob bergan.
Bilimli, iqtidorli yoshlar, sizlarni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida kutamiz!
Maktab haqidagi barcha ma’lumot, yangiliklar ushbu kanalda: @alberuniyuzb
"Tabiat bolalar nigohida" rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tkazildi — QASHQADARYO
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ko‘zlangan ijodiy ko’rik tanlovlar davom etmoqda.
Mazkur oylik doirasida bolajonlar o‘rtasida “Yashil sayyora” hamda “Tabiat-bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil etildi. Unda o'quvchilar o‘z qo‘llari bilan yashil sayyoramizni aks ettirishdi.
Gʼoliblar bilan tanishing👇:
1-oʼrin Odilova Noila, Yakkabogʼ tumani 5-DMTT tarbiyalanuvchisi;
2-oʼrin Suyunova Amina, Shahrisabz shahar 33-DMTT tarbiyalanuvchisi;
3-oʼrin Olimova Gulnoza, Qarshi tumani 1-DMTT tarbiyalanuvchisi;
1-oʼrin Usmonov Bekzod, Yakkabogʼ tumani 21-DMTT tarbiyalanuvchisi;
2-oʼrin Tuymurodov Kamronbek Nishon tumani 18-DMTT tarbiyalanuvchisi;
3-oʼrin Boymurodov Imronbek, Qamashi tumani 33-DMTT tarbiyalanuvchisi.
10-maktab
#Ommalashtirish_2025
Umumta’lim fanini bilish darajasini baholash tizimi doirasida navbatdagi iqtidorli yoshlarimizdan biri muddatidan oldin sertifikatni muvaffaqiyatli topshirib, 189 ball to‘pladi!
Muborak tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bòlimiga qarashli 3-umumiy òrta ta'lim maktabining 11-sinf òquvchisi Kamolova Moxiniso yuqori reytinga ega OTMga hujjat topshirib muddatidan oldin 189 ball tòpladi.
📚Fanlar kesimida natijalar quyidagicha:
🔹 Matematika fanidan A+
🔹 Fizika fanidan A
🔹 Ona tili va adabiyot fanidan B+
🔹 Tarix fanidan C
To‘plangan ballar:
Matematika (asosiy fan): 93 ball
Fizika (asosiy fan): 63 ball
Ona tili (majburiy fan): 11 ball
Matematika(majburiy fan): 11 ball
Tarix (majburiy fan): 11 ball
➡️ Jami:189.0 ball
@Qashqadaryo_MMTB
XUSHXABAR
Qashqadaryolik oʼquvchidan ajoyib natija
IMA tizimidagi Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati "11- T" sinf o'quvchisi Usmonov Ozodbek 5 ta fandan sertifikatga ega chiqib, umumiy 189 ball bilan muddatidan oldin OTMga talabalikka qabul qilindi.
✅KIMYO - A+
✅BIOLOGIYA- A
✅ONA TILI VA ADABIYOT - C+
✅MATEMATIKA - C
✅TARIX - C
📚 Bu - nafaqat o'quvchining tinimsiz mehnati, balki ustozlarining sabr-toqati va ota-onasining qo'llab - quvvatlovi samarasidir!
💎 Ilmga bo'lgan intilish
💎 Sabr-u matonat
💎 Yuqori natija - bunga chin dildan qoyil qolamiz.
Usmonov Ozodbekni ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va uni kelajakdagi yanada yuksak marralar sari ilhomlantirib qolamiz!
Qashqadaryoda "Tabiat bolalar nigohida" rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tkazildi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ko‘zlangan ijodiy ko’rik tanlovlar davom etmoqda.
Mazkur oylik doirasida bolajonlar o‘rtasida “Yashil sayyora” hamda “Tabiat-bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil etildi. Unda o'quvchilar o‘z qo‘llari bilan yashil sayyoramizni aks ettirishdi.
Tanlovning ochilish marosimida viloyat MMT boshqarma boshligʼi oʼrinbosari D.Tojiyev, masʼullar ishtirok etdi.
Gʼoliblar bilan tanishing👇:
1-oʼrin Odilova Noila, Yakkabogʼ tumani 5-DMTT tarbiyalanuvchisi;Читать полностью…
2-oʼrin Suyunova Amina, Shahrisabz shahar 33-DMTT tarbiyalanuvchisi;
3-oʼrin Olimova Gulnoza, Qarshi tumani 1-DMTT tarbiyalanuvchisi;
1-oʼrin Usmonov Bekzod, Yakkabogʼ tumani 21-DMTT tarbiyalanuvchisi;
2-oʼrin Tuymurodov Kamronbek Nishon tumani 18-DMTT tarbiyalanuvchisi;
3-oʼrin Boymurodov Imronbek, Qamashi tumani 33-DMTT tarbiyalanuvchisi.
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi
✅ Davlatimiz rahbarining PF-86-son qaroriga binoan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida yurtimiz ta'lim tizimida yangi bosqich hisoblangan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi.
✨ Maktab to‘liq akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy jihatdan mustaqil davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
⚡️ Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.
🔹 Maktabning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 10-sinf o‘quvchilari dunyoning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv dasturlarida har yili bir marotaba qatnashishishi mumkin bo'ladi.
💫 Maktabda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi.
@alberuniyuzb
#Dolzarb_90_kun
DEHQONOBODDAGI UMUMTAʼLIM MAKTABLARDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DAVOM ETMOQDA
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hududlarda amaliy ishlar boshlangan. Loyiha doirasida 31-maydan 30-avgustgacha maktab oʻquvchilari va uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni sogʻlomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 4-iyun sanasida Dehqonobod tumani MMTBga qarashli 59,-68-oʻrta taʼlim maktablarida " “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida maktab-mahalla hamkorligida maʼnaviy va madaniy tadbirlar borishini tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi Oʻktam Toshboyev boshchiligidagi masʼullar tomonidan oʻrganildi.
Shu bilan birga tumandagi 1,-69,-89-umumiy oʻrta taʼlim maktablari qayta oʻrganildi hamda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
@Qashqadaryo_MMTB
#диққат_эълон
📣 Yakuniy imtihon sanasiga oʻzgartirish kiritildi
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi tegishli qarori bilan joriy yil 7-iyun — qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan:
➡️ 2025-yil 7-iyun kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan tanlov fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi sanasi 2025-yil 12-iyunga koʻchirilganligini maʼlum qilamiz.
👉 Shu oʻrinda barcha 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari, ota-onalar va maktab jamoalaridan yangilangan imtihon sanasini inobatga olishlarini soʻraymiz.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
IT Klasterda “IT Summer” loyihasi!
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida
7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilarini boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni axborot texnologiyalari va chet tillariga samarali oʻrgatish maqsadida;
- Kompyuter savodxonligi;
- Frontend kids;
- Python kids;
- Robototexnika;
- Grafik dizayn;
- Ingliz tili;
- Matematika
kurslariga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi. Yuqoridagi kurslardan ixtiyoriy ikkitasiga qatnashganda, uchinchi yoʻnalishdagi kurs bepul boʻladi.
Darslar 9-iyundan boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling, joylar soni cheklangan.
Yozni mazmunli oʻtkazish, oʻz qoʻlingizda!
Bitta maktabning 12 nafar bitiruvchisi va 26 ta milliy sertifikat — KASBI TUMANI
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi bitta maktabning 12 nafar bitiruvchisi 26 ta milliy sertifikatga ega bo'lib muddatidan oldin davlat oliygohlarga qabul qilindi.
Kasbi tumanida joylashgan 16-umumta’lim maktabining ushbu bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.
Qashqadaryodagi bir maktabning 32 nafar bitiruvchisi 42 ta xalqaro va milliy sertifikat ega boʼldi
Muborak tumanidagi 5-umumta’lim maktabining bitiruvchilari 32 nafari 42 ta milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.
@Qashqadaryo_MMTB
Muborakdagi maktabning 28 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi bitta maktabning 28 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi.
Muborak tumanida joylashgan 1-umumta’lim maktabining ushbu bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Dunyoning eng nufuzli “Top-10” universitetlarida o‘qishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi. Bugun ushbu maktab va qabul jarayoni haqida ma’lumot berib o'tmoqchiman.
Maktabda o‘quvchilarga uch yil davomida xalqaro standartlar asosida ta’lim berilib, xorijdagi eng nufuzli “Top-10” universitetlarga kirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Bitiruvchilarga shahodatnoma bilan bir qatorda xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro darajadagi (International Baccalaureate (IB) diplom beriladi.
Maktabga 2025/2026 o‘quv yili uchun 60 nafar o‘quvchi 9-sinfga qabul qilinadi.
Arizalar 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi saralash bosqichda o‘quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig‘ini bajaradi.
Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o‘tkaziladi. Ular matematikadan 5 ta masala, ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishi talab etiladi.
Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.
@piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@hilola_umarova
❗️Xushxabar
Yakkabog' tumani 102-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi oʼquvchilardan natija
Yakkabog' tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo'limiga qarashli 102-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilaridan matematika va ona tili umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarga ega boʼldilar.
XUSH XABAR
Muborak tumanidagi 12-umumiy oʼrta taʼlim maktabining oliy toifali tarix fani oʼqituvchisi Miyliyev Muxriddin tarix fanidan A+ darajadagi 100% natijali Milliy sertifikatga ega boʼldi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryolik oʻquvchi muddatidan oldin sertifikatga ega boʻldi
Yakkabogʻ tuman 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʼquvchisi Yaxshiyeva Shoxsanam umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʼgʼrisida matematika va fizika fanlari boʻyicha 100% sertifikatga ega boʼldi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryolik yosh iqtidorli o‘qituvchidan yuqori natija
Ko‘kdala tumanidagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Rustamov Odil umumta’lim fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarda 100% lik natijaga erishib, A+ darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Rustamov Odilning o‘quvchilar har yili davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish testlarida ham yuqori natijalar ko‘rsatib, respublikamizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining talabasiga aylanishadi.
Qashqadaryolik oʼquvchi nufuzli OTM muassasalariga muddatidan oldin qabul qilindi
Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʼquvchisi Zarina Zulfiqorova umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʼgʼrisida sertikitga ega boʼlgan boʼlsa, quvonarli tomoni Xitoy Respublikasining Yangzhou University,Malayziyaning Alfa University, Oʼzbekiston Respublikasing Xalqaro Nordik University lariga 170 ball bilan muddatidan oldin talaba boʼlish baxtiga muyassar boʼldi.
@Qashqadaryo_MMTB
🌍🌍🌍🌍🌍
“Korrupsiyasiz soha” loyihasini takomillashtirish, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul va “Dolzarb 90 kunlik” — navbatdagi "Vazir soati" bo‘lib o‘tdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirish, yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, DXSH sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
🔰Vazir Hilola Umarova kuni kecha oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining tizimda korrupsiyani oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan sayyor majlisiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Masʼullar oldiga “Korrupsiyasiz soha” loyihasini takomillashtirish, oʻquvchilar uchun innovatsion gʻoyalar asosida maxsus dastur va ilmiy yondashilgan kontentlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
➖ Yigʻilishda Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-maydagi tegishli Farmonida belgilangan qator vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
🔹 Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha masʼullarga zarur koʻrsatmalar berildi.
🌐 BATAFSIL
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#yoshlar_natijasi
G‘uzorlik o‘quvchi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi
Joriy yilning 28-may 3-iyun kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi" bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro olimpiadada Gʻuzor tumanidagi 68-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Abdirahimov Nuriddin ishtirok etib, Qashqadaryo viloyati shaʼnini himoya qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Abdirahimov Nuriddin🥉-o‘rinni egallab, bronza medali sovrindori boʻldi.
@Qashqadaryo_MMTB
Bolajonlar o‘rtasida "Tabiat bolalar nigohida" rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda — QASHQADARYO
(+video)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ko‘zlangan ijodiy ko’rik tanlovlar davom etmoqda.
Mazkur oylik doirasida bolajonlar o‘rtasida “Yashil sayyora” hamda “Tabiat-bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil etildi. Unda o'quvchilar o‘z qo‘llari bilan yashil sayyoramizni aks ettirishdi.
"Eng yaxshi Axborot xizmati" tanlovida ishtirok etayotgan Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatiga OVOZ BERING! 👇
/channel/Rasmiy_xabarlar_Official/52190
#Bizning_faxrimiz
To'garak a'zolarimizdan navbatdagi
XALQARO G‘ALABA
🇰🇿Qozog‘istonning Almata shahrida o‘tkazilgan Kiokushinkay - kan karate bo'yicha MT BATYR BALA - 2025 Yevro Osiyo chempionatida to‘garak aʼzolarimiz ishtirok etishdi.
✅O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va mezbon Qozog‘iston jamoalari o‘rtasida o‘tgan bellashuvda Qashqadaryo viloyat Nishon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining karate to'garak a'zolari:
🥉-o‘rinni Qurbonsaidov Asadbek (12-13 yosh toifasida),
🥉-o‘rinni Jo'ramurodov Bunyodbek (10-11 yosh toifasida),
🥉-o‘rinni Xolmurodov Xurshid (30 kg vazn toifasida) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🏆G'oliblikni qo'lga kiritgan to'garak rahbarimizni erishgan yutug'i va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pog'anaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!
Barkamol avlod — kelajak sari!
📰📰📰📰📰📰📰
#Seminar_trening
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali bilan hamkorlikda boshlangʻich sinflarda nemis tilidan dars beradigan oʻqituvchilar uchun metodik oʻquv seminari tashkil etildi.
Tadbir Gyote instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan “Hans Hase” oʻquv-metodik materiallari bilan tanishtirish va ular asosida nemis tilini kichik yoshdagi oʻquvchilarga oʻrgatishda ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha mahorat darsi formatida boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzating
Qashqadaryolik Osiyo chempionlari munosib e'tirof etildi!
Joriy yilning 27-31-may kunlari Koreya Respublikasining Gumi shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida yurtimiz sharafini himoya qilgan Qashqadaryolik sportchilar orasida Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi Jonbibi Hukumova ham munosib ishtirok etib, musobaqa shohsupasining yuqori o‘rinlarini band etdi.
Shu munosabat bilan viloyat sport boshqarmasida viloyat sport boshqarmasida chempionlar bilan uchrashuv marosimi tashkil etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий, стипендий и пособий"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X