qashqadaryo_mmtb | Unsorted

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribe to a channel

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik jonkuyar tarbiyachi faoliyatiga nazar
(+video)

Kelajak tarbiyasi – bugungi tarbiyachining qo‘lida.
Ularni qadrlaylik, qo‘llab-quvvatlaylik!


Tarbiyachi bo‘lish — bu oddiy ish emas. Bu — har kuni bolalar dunyosiga sho‘ng‘ib, ularning quvonch va g‘amlariga sherik bo‘lish, ularning har bir savoliga mehr bilan javob qaytarish, kichik yutuqlariga ham katta motivatsiya berishdir. Har bir bola — alohida olam, tarbiyachi esa o‘sha olamning ishonchli yo‘lchisidir.

Bugun biz, ota-onalar, jamiyat vakillari tarbiyachi kasbining naqadar mas’uliyatli va muqaddasligini anglagan holda, ularning mehnatini e’tirof etishimiz kerak. Chunki tarbiyachi bolaga nafaqat o‘rgatadi, balki u orqali insoniylik, vatanparvarlik, halollik kabi qadriyatlar jamiyatga singdiriladi.

Zamonaviy tarbiyachi — bu bilimdon, kreativ, bolani anglay oladigan, pedagogik yondashuvlarni biladigan mutaxassis. U bolalarning bugunini chiroyli, ertangi kunini esa porloq qilish yo‘lida tinmay izlanadi, o‘rganadi, yangilik sari intiladi.

Shu sababli har bir tarbiyachining mehnati — hurmatga, e’tiborga va e’tirofga loyiq!


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |



Umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida o'tkazilayotgan “Zakovat” intellektual turnirining viloyat bosqichi saralash jarayonlari oʼtkazilmoqda.

Jarayonlarda lavhalar....

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Koʼkdalalik oʼquvchilar xalqaro grant asosida ilgʼor IT dasturlariga oʼqitilmoqda

Qashqadaryo viloyatida xalqaro taʼlim dasturi boʼyicha yirik kelishuv imzolangan bo'lib, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev hamda RoboticsWare kompaniyasi rahbari David Hu muloqot qilib dasturni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Qayd etish lozimki, qiymati $180.000 lik “IT smart kids in Kashkadarya” loyihasi bo'lib umumta’lim maktablarining 5-6-sinf o’quvchilari uchun olib borilayotgan robototexnika va IT kurslari hisoblanadi.

Mazkur loyihaga ko’ra, AQSHning RoboticsWare kompaniyasi bilan hamkorlikda ayni vaqtda Qarshi shahar va Ko'kdala tumanlarida 300 nafar umumta’lim maktablari o’quvchilari qamrab olingan.

O'zaro kelishuvga asosan 2025-yil davomida jami 2000 nafar o'quvchi-yoshlarni uch bosqichda Entry, NeoSoco, Python, NeoCircuit, Arduino va RPI Pico dasturlarida o'qitilishi belgilangan.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📢YANGILIK

FM57.1 — G‘oya, harakat va hamjihatlik markazi!

—Chiroqchi tumanidagi 57-sonli maktabda qoshida FM57.1 radiosi faoliyat koʼrsatmoqda.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#malaka_sinovlari
#100_foizlik_natija

🎯Malaka sinovlarida eng yuqori 100 ballik natijani qoʻlga kiritgan ustozlarimiz safi kengayib bormoqda.

Sinovlar 16-mayga qadar davom etadi, eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan ustozlarimizni tabriklab boramiz.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Attestatsiya_2025

🔴Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan malaka sinovlarida ustozlarimiz yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda:

📍Andijon viloyati, Andijon shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatinining ona tili fani o‘qituvchisi Me'roja Burxonova malaka test sinovlarida 90 ball,

📍Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 2-maktabning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Gulbahor Berdiyeva 90 ball,

📍Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 5-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Muxlisa Sobirova 92 ball,

📍Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi 46-maktab o‘qituvchisi Shahlo Abdullayeva 90 ball,

📍Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 34-maktab o‘qituvchisi Iroda Murodova 90 ballni qo‘lga kiritdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

G'uzor  tumani  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli  34-umumiy o'rta  ta'lim maktabida bugun 2025-yil  22- aprel kuni  9- 11- sinf o'quvchi  qizlari  ishtirokida " QIZLAR - OILANING KO'RKI  VA IFTIHORI"  shiori  ostida  maʼrifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Yig'lishda Qashqadaryo  viloyati hokimi o'rinbosari  Oila  va Xotin- qizlar  bo'limi  boshlig'i Ziyoda Aminova, G'uzor  tumani  hokimi o'rinbosari , Oila va Xotin - qizlar  bo'limi  boshlig'i Nasiba Muhiddinovalar ishtirok  etishdi.
Yig'ilishni  maktab direktori  S.G'aniyeva  ochib berdi.Yig'ilish bahs va munozaraliga boy o'tdi.

Yig'ilishda  yuqori natijalarga  erishib kelayotgan o'quvchi  qizlar rag'batlantirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Иқтидорли ўқувчи — миллат фахри”

Нишон тумани 3-умумтаълим мактаби ўқувчиси Қурбонова Мадина — билимга чанқоқ, ўз устида тинимсиз ишлайдиган, келажакда юртимиз фахри бўлишга интилган ёшлардан бири.


У эрталабдан кечгача илм йўлида изланиб, юқори натижалар сари интилмоқда.

Мадина ёшлар учун яратилаётган кенг имкониятлар ва қўллаб-қувватлов учун Президентимизга самимий миннатдорчилик билдирди.

———
Каналга уланиш: @Rasmiykanal_uz

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.

Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.

Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Rekord_natija

Birinchi toifaga 100 ball bilan
Kitob tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Jovliyeva Zarifa Rahimovna 2025 yil 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish malaka test sinovida 50 ta savollarning barchasiga to‘liq javob berib, 100 ballni qo‘lga kiritdi, hamda birinchi toifaga ega bo‘ldi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Zakovatda tengi yo'q bilimdon, kamtar, olijanob, samimiy o'g'lonlarimiz, hammaga ibrat bo'la oladigan oqillarimiz - o'quvchilarimiz!!!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yini Respublika bosqichida 2-o'rinni zabt etdilar! Qashqadaryo viloyati sha'nini himoya qildilar.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#zakovat

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” musobaqasi respublika bosqichining yakuniy natijalari.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Xayrli tong aziz o‘quvchilar!

Bugun siz bilimlar jangida nafaqat o‘z hududingiz bo‘yicha, balki deyarli Respublika bo‘ylab kurashasiz. Shunday ekan yuzingiz yorug‘ bo‘lsin.

🏅 G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

📍 Olimpiada Qarshi shahar 34-maktabda o‘tkaziladi. Lokatsiya: ➡️ JOYLASHUV

😀 O‘z sinfi bo‘yicha respublikadagi eng yaxshi o‘quvchi "SUPER FINAL" yo‘llanmasini oladi!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va xodimlar huquqiy savodxonligini oshirish, soha faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni toʻgʻri taʼminlash, davlat va jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga qaratilgan navbatdagi oʻquv-seminari tashkil etildi.

📍 Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.

Seminar doirasida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha hamda umumtaʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati, undagi huquqiy normalarni amalda qoʻllay olish boʻyicha mutaxassislar fikr-mulohazalari bildirib oʻtildi.

👉 Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida korrupsion holatlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni toʻgʻri taʼminlash boʻyicha mutaxassislarning tavsiyalari eshitildi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Shashka musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi yakunlandi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan shashka musobaqasida viloyat bo‘ylab 53 mingdan ortiq yoshlarni ishtirok etishdi.

Qarshi shahri mezbonlik qilgan musobaqada har bir hududdan 6-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida 6 nafardan jami 96 nafar yoshlar g‘oliblik uchun o'zaro bahslashishdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi hamda 18 nafar shashkachilar respublika final bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |



Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Agrobank rahbariyati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda taʼlim sohasi xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

Taʼkidlanganidek, oʻzaro kelishuv doirasida vazirlik tizimidagi pedagoglar uchun bank tomonidan kredit mahsulotlari, bank kartalari va kundalik bank xizmatlari boʻyicha qulay, imtiyozli va moslashtirilgan moliyaviy xizmatlar taqdim etiladi.

➖ Ushbu imkoniyatlar taʼlim sohasi vakillarining moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim sifatini oshirishga munosib hissa qoʻshishi bilan ahamiyatlidir.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#халқаро_эътироф

👏👏👏 Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlar xalqaro miqyosda eʼtirof etildi

Yurtimizda maktabgacha taʼlim sifati samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan tashabbus va amaliy ishlar koʻplab xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Xususan, “Oʻzbekistonda bolalarni erta rivojlanishini takomillashtirish” xalqaro loyihasi boʻyicha olib borilayotgna va erishilgan natijalar Jahon bankining “Yevropa va Markaziy Osiyoda maktabgacha taʼlim va inklyuziv taʼlim orqali asosiy koʻnikmalarni shakllantirish” tashabbusi doirasida alohida eʼtirof etildi.

➖ Jahon banki Oʻzbekistonning maktabgacha taʼlim sohasida, xususan, bogʻcha yoshidagi bolalarning inklyuziv maktabgacha taʼlim qamrab olish saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Chiroqchidagi maktab qoshida yoshlar radiosi faoliyatini boshladi

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🇺🇿 200 га яқин шогирди бор, қарийб 500 АҚШ доллари миқдорида қўшимча даромад топаётган қашқадарёлик мактаб ўқувчиси.

Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Аудиомақола

⚡️ “Янги Ўзбекистон” газетасида чоп этилган “Қашқадарёда ўқувчилар мактабга автобусда қатнай бошлади” номли мақоланинг аудио вариантини тинглашингиз мумкин.

Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon
#Qashqadaryo_malaka_toifa_sinov

Qashqadaryolik pedagoglar malaka toifa sinovlarida yuqori natijalarni qayd etmoqda

Avval xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 27-dekabrdagi 417-sonli buyrug‘iga asosan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasi o‘tkazilmoqda.

Maʼlumot uchun: Joriy yilning 1-yanvardan boshlab pedagoglar tomonidan platforma orqali yo‘llagan murojaatlarni o‘rganib arizalarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar biriktirilib, boshqarmada shtab tashkil etilgan holda arizalar ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunda platforma orqali 21 332 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 16 880 tasi qabul qilingan, shundan 2 102 (12,4%) tasi navbatdagi majburiy va 14778 (87,6%) tasi navbatdan tashqari turida ariza topshirgan. Ushbu 16 880 nafar pedagoglar test sinovlarida ishtirok etadi.
Mazkur toifa sinovlarida:

📍Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi 46-maktab o‘qituvchisi Shahlo Abdullayeva 90 ball;

📌Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 34-maktab o‘qituvchisi Iroda Murodova 90 ballni qo‘lga kiritdi.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📰📰📰📰📰📰📰

Koʼkdalalik oʼquvchilar xalqaro grant asosida ilgʼor IT dasturlariga oʼqitilmoqda QASHQADARYO

Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyatida xalqaro taʼlim dasturi boʼyicha yirik kelishuv imzolangan edi.

Bugun, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev hamda RoboticsWare kompaniyasi rahbari David Hu bilan muloqot qilib dasturni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Qayd etish lozimki, qiymati $180.000 lik “IT smart kids in Kashkadarya” loyihasi bo'lib umumta’lim maktablarining 5-6-sinf o’quvchilari uchun olib borilayotgan robototexnika va IT kurslari hisoblanadi.

➡️Mazkur loyihaga ko’ra, AQSHning RoboticsWare kompaniyasi bilan hamkorlikda ayni vaqtda Qarshi shahar va Ko'kdala tumanlarida 300 nafar umumta’lim maktablari o’quvchilari qamrab olingan.

➡️O'zaro kelishuvga asosan 2025-yil davomida jami 2000 nafar o'quvchi-yoshlarni uch bosqichda Entry, NeoSoco, Python, NeoCircuit, Arduino va RPI Pico dasturlarida o'qitilishi belgilangan.

📃Dasturning maqsadi yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan yaxshilash, Ayti xizmatlari salohiyatini oshirish va sohada yetuk mutaxassislarni yetishtirish nazarda tutiladi.

————
❗️Mavzuga doir: Vazir o'rinbosari xalqaro loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishdi

"IT FOR SMART KIDS IN KASHKADARYA" loyihasi doirasida saralab olingan o‘quvchilar ishtirokida Orientation Week o'tkazildi

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Natija

200 ga yaqin shogirdi bor, qariyb 500 AQSH dollari miqdorida qoʼshimcha daromad topayotgan maktab oʼquvchisiQARSHI SHAHAR

(+video)


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини ошириш ҳамда педагоглар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по повышению качества школьного образования и совершенствованию системы подготовки педагогических кадров.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #pedagogika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qamashi tumanida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari va “Sogʻlom tanda — sifatli taʼlim” musobaqalariga start berildi

Maktab oʻquvchilari jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etmoqda.

Qamashi tumanida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari hamda “Sogʻlom tanda — sifatli taʼlim” musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🏆 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi!

🔥 Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat jamoasi
🥈2-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
🥉3-o‘rin: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi

💵 Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin: 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin: 40 mln so‘m

🎁 Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Õzbekiston_tarixi
#42_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar
tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

✅ Navbatdagi videodars "Amir Temurning tashqi siyosati" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Amir Temurning tashqi siyosati aks ettiriladi.

➖ Davomi bor...

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Piergabriele Papadia de Bottini bilan uchrashdi.

Unda ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot avvalida elchi O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini alohida qayd etdi hamda ta’lim ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.


📍 Shuningdek, tomonlar kelgusida ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xususan:

➖ italyan tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish,
➖sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda
➖o‘quvchilarni maktablarda kasbga o‘qitish bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Нишон туманида янги мактабгача таълим ташкилоти фаолият бошлади

Нишон туманида давлат-хусусий шерикчилик асосида ташкил этилган янги мактабгача таълим муассасаси ўз фаолиятини бошлади.

Ушбу таълим маскани Навбаҳор маҳалласида жойлашган бўлиб, 75 ўринга эга ва инглиз ҳамда рус тиллари йўналишига ихтисослаштирилган.

Муассасанинг очилиш маросимида Нишон тумани ҳокими Ботир Тоғаев иштирок этиб, болажонлар учун яратилган замонавий шарт-шароитлар, ўқув-тарбиявий муҳит ва инфратузилмалар билан яқиндан танишди.

Ушбу мактабгача таълим ташкилоти болаларнинг эрта ёшдан чет тилларига бўлган қизиқишини ошириш, интеллектуал салоҳиятини ривожлантириш ҳамда сифатли таълим-тарбия беришга қаратилгани билан аҳамиятлидир.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#инклюзив_таълим

Maktab va bog'chalardagi inklyuziv sinflar faoliyati oʻrganilmoqda

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi tashkilot va hududiy bo'linmalar masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh aʼzolari qator ta'lim muassasalari faoliyatini oʻrgandi.

➖ Xususan, muassasalarda tashkil etilgan inklyuziv sinflarga qabul qilingan alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ishlar, korreksion xonalar hamda “toʻsiqsiz muhit” talablari asosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

👉 Oʻrganishlar natijasi boʻyicha taʼlim muassasalari masʼullariga zarur koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
_____
📍 Fotolavhalarda Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel