qodirqaxxorsherlari | Unsorted

Telegram-канал qodirqaxxorsherlari - HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

894

✍SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼 Mualliflik huquqiga rioya qiling❗ ✅Taklif va sher buyurtmalar uchun❗ ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor https://www.instagram.com/qodirqaxxor Inistagramda👆

Subscribe to a channel

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Ilxom qaytmoqda shu kunlarda 🥳 yangi sherlarni kutila….

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Assalomu aleykum barchangizga☺️❤️‍🔥

Bugun uzoq kutilgan kun🥹🥰
Budilniklaringiz quloqlarini 21:00 ga burab qoʼying.⏰

Sababi bugun 21:00 da jonli efir boʼladi.


Hurmat ila : Qodir Qaxxor & Sevnaj

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#yangisher

Men haliyam o’sha o’shaman…

Bir aytib ko’rdimda yangi sherni…😁

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

😊Assalomu akaykum hammaga bugun Dadamlani tug’ulgan kunlari🎊

Nima sovg’a olsam ekan?

Maslaxat beringlar iltimos sizlardan✍️

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Bir kunlik to’y o’tib ketadi…

Qo’y yuragim, yig’lama yetar,
Shuncha kuydik bo’ldi yetadi.
Axir uni ertaga to’yi,
Bir kunlik to’y o’tib ketadi.

Balki, meni sevmagani rost,
Dard-u alam qiynaydi biroz,
Bir kun sabr qilaman xolos,
Bir kunlik to’y o’tib ketadi.

Orzularim shunchaki sarob,
Muhabbatim unut bo’ladi.
Mayli, baxtli bo’laversin u,
Bir kunlik to’y o’tib ketadi.

Sovchilarim tinmagan, essiz,
Unga qo’lib yetmagan, essiz,
Qiyin emas menga ham sensiz,
Bir kunlik to’y o’tib ketadi.

Yurganmiding sen meni aldab?
Aldaganing alam qiladi.
Bizga armon dardini yuklab
Bir kunlik to’y o’tib ketadi.

Qo’y yuragim, yig’lama yetar,
Shuncha kuydik bo’ldi yetadi.
Axir uni ertaga to’yi,
Bir kunlik to’y o’tib ketadi.

00:26.12.07.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Sher o’qishni o’rganibmanmi?😁

Kamnetda hammani fikrini kutaman yaxshimi yomonmi to’g’risini yozilar✍️

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#Mp3 🔥Premyera🔥 Ijodimizdan..

🎵Yahyobek G’aniyev - Dadamga qiyin ekan…😔

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#Mp3

🔥Premyera🔥 tez kunda..

🎙️Yaxyobek G’aniyev - Dadamga qiyin ekan
…🥺

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

DADAJON

Siz o’stirgan nihol samoni quchdi,
Endi davringizni suring, dadajon.
Yuz yoshda ham yayrab, baxtimni ko’rib,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.

Halol mehnat qilib halol yedirgan,
Biroz betob bo’lsak joni qolmagan,
O’zi och qolsa ham bizni to’qlagan,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.

Pul so’rasam doim topib bergansiz,
Yiqilsam qo’limdan darrov tutgansiz,
Qancha yomon bo’lmay yaxshi ko’rgansiz,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.

Yo’qchilikda yonib ishlaganimsiz,
Bizni deb qattiq non tishlaganimsiz,
Yozda tinmay, qishga qishlaganimsiz,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.

Qadringiz bilyapman ulg’ayib oxir,
Sizni yaxshi ko’rar o’g’lingiz Qodir,
Sizdan boshqa sodiq do’stim yo’q axir,
Siz dunyo turguncha turing, dadajon.

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

ЖАННАТИМ ОНАМ

Борингиз бахт экан борингиз давлат,
Сиздайин мехрибон топмадим ҳеч ҳам,
Менга бахт тилайсиз, тилайсиз омад,
Бахтимга соғ бўлинг жаннатим онам.

Ҳар айтган сўзингиз тиллоларга тенг,
Гар мен озор чексам кўзингизда нам.
Дуолар қиласиз сахарлар туриб,
Ёлғиз суянганим жаннатим онам.

Кўриб шод бўласиз бир бор юзимни,
Дардингизни ичга ютасиз ҳар дам.
Бетоб бўлсангиз ҳам ўйлайсиз мени,
Фаришта мисоли жаннатим онам.

Ўзи мени дея азоб тортгансиз,
Бўлди энди сиз ҳам бироз олинг дам.
Дардларингиз олай мен ўғил бўлиб,
Беғуборим мени жаннатим онам.

Оллоҳга шукурки дунёда борсиз,
Вақтида қадрингиз билдимда онам.
Кўзларингиз энди дойим кулади,
Мен сизни асрайман жаннатим онам.

Муаллифи: Қодир Қаххор

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#Mp3

🔥Premyera🔥 tez kunda..

🎙️Tolibjon ukam bilan yangi qo’shiq eshitib ko’rila bu bolani ko’pchilik taniydi manimcha👆

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

✍️Ilxom yo’q nima haqida sher yozishni bilmayabman 🥺

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

ЭСЛАБ ТУРИНГ

Кўзлар кўзга бегона қаранг.
Энди сизни унутдим деманг.
Агар мени чиндан севсангиз,
Эслаб туринг йўқ бўлиб кетманг.

Кўзим кулиб юрагим ёниб,
Яшаябман дунёда аранг.
Мени тирик кўрай десангиз,
Эслаб туринг йўқ бўлиб кетманг.

Ёдимдасиз ёнимда эмас,
Юрак дейди ўзга керакмас,
Онам топган қиз ҳам сиздекмас,
Эслаб туринг йўқ бўлиб кетманг.

Онда сода қўнғироқ қилинг,
Гаплашганда жилмайиб кулинг,
Сизга боғлиқ ҳаётим билинг,
Эслаб туринг йўқ бўлиб кетманг.

Балки телба балки ожизман,
Мен ҳақимда ҳеч кимга айтманг,
Агар сизга малол келмаса,
Эслаб туринг йўқ бўлиб кетманг.

Ҳеч унутиб бўлмайди сизни,
Нега тағдир айирди бизни,
Яна такрор айтаман шуни,
Эслаб туринг йўқ бўлиб кетманг.

✍️МУАЛЛИФ: ҚОДИР ҚАХХОР

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Shunchaki unutib…

Sevmagansan rostin aytaver, mayli,
O’zga bilan ko’rib, muzladi tanam.
Orzular qilardik, esingda yo’qmi?
Shunchaki unutib qo’yganing alam.

Ko’nglingni olishni bilmadim balki,
Ex sen xohlagandek bo’lmadim balki,
Sevib ayrilmoqlik bunchalar dardli,
Shunchaki unutib qo’yganing alam.

Baxtingizni toping - baxtliman deysan,
Men kabi unga ham ahdliman deysan,
Aytgin, qachongacha meni qiynaysan?
Shunchaki unutib qo’yganing alam.

Suratlaring asrab hamon saqlayman,
Yoqib yuboray deb asta taxlayman,
Bilsang, bu ishni har kun takrorlayman,
Shunchaki unutib qo’yganing alam.

Armonli dunyoda armonim o’zing,
Dardimni yozgani ojiz bu qalam.
Kulaymi, yig’laymi? Hatto bilmayman,
Shunchaki unutib qo’yganing alam.

00:10.12.11.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Sog’intiryapsiz..!

Arpangizni xom o’rmadimmi?,
Meni buncha yomon ko’ryapsiz.
Yuragimga azoblar berib,
Meni yomon sog’intiryapsiz.

Uchrashuvga chiqmay qo’ydingiz,
Nahot mendan shuncha to’ydingiz,
Boshqadami yoki ko’nglingiz,
Meni yomon sog’intiryapsiz.

Har soniya sizda xayolim,
Bo’ling meni juft-u halolim,
Ey lablari g’uncha misolim,
Meni yomon sog’intiryapsiz.

Ko’zdan uyqu qochdi kechalar,
Sevganmidim sizni shu qadar?
Sarson bo’ldim axir darbadar,
Meni yomon sog’intiryapsiz.

Bir qadrimga yetsin deb balki,
Hammasini atay qilyabsiz,
Bilib qo’ying shu kunlarda siz,
Meni yomon sog’intiryapsiz.

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#100M🍋

🥳Bizni qalamimizga mansub Laylijon taronasi Youtube tarmog’ida 100M🍋 prasmotr bo’libdi judayam xursandman.

Bir paytlar sherlarim qo’shiq bo’lishini orzu qilardim mana endi hatto yozgan sherlarim qo’shiq bo’lib 100 Million odamlar ko’nglidan joy olmoqda yaxshi niyyat qilinsa albatta erishilar ekan mani kuzatib qo’llab kelganlarga kottakon rahmat 🫂

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#Mp3

🔥Premyera🔥 tez kunda..

🎙️Oybek ( Sangin) - Kim ko’p sevgan sudlashamizmi?😁

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

E avvalo ijodkorga etibor kerak😊
Shunda jo’shib uradi yurak😁

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Oddiylikdan charchaganim yo’q,
Ishlarim zo’r yurdi, bilaman.
Sen kbrga berilding demang,
Men haliyam o’sha o’shaman.

Davomini chiqaraymi?

100 ta ❤️like bo’lsa davomini
qo’yaman👇

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Bu ijroga ham baxo beramiz❤️

Hammani firi muhum ✍️

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

✍️Shuncha sher yozibmanu lekin Buvijonlar haqida sher yozmabman 🥺

Kim buvijonini qanchalik yaxshi ko’radi kament yozila men sher yozaman 👇

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#Mp3 🔥Premyera🔥

😊Ijodimizdan yangi QO’SHIQ
🎧

🎵Alisher Yusupov - 60 yoshda ishlagan otam…🥺

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Uka tug’ib bergan onamga rahmat🫂

Yangi sherim ijroga ham baxo berasila nutqimda o’zgarish bormi?

📌Kament yozilachi✍️

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

#Nevomusic 🔥Premyera🔥

🎵Alisher Yusupov - 60 Yoshda ishlagan otam

✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Sog’inganda onajonimni.

(Onasizlar talabiga)

Eslamasam eslamas birov,
Dardlarimni tinglamas birov,
O’ksib-o’ksib qolaman darrov,
Sog’inganda onajonimni.

Qachon meni bu ko’nglim to’lar,
Dardlar meni qachon tinch qo’yar,
Ko’zim yoshga limolim to’lar,
Sog’inganda onajonimni.

Mol-u dunyo kerakmas endi,
Ko’nglim sira yorishmas endi,
Ko’zimda yosh to’xtamas endi,
Sog’inganda onajonimni,

Xudo sinar bu bardoshimni,
Tami chatoq yegan oshimni,
Qayga uray endi boshimni,
Sog’inganda onajonimni.

Bozorlardan romol olaman,
Onamga deb hayol suraman,
Dunyolarga sig’may qolaman,
Sog’inganda onajonimni.

Eslamasam eslamas birov,
Dardlarimni tinglamas birov,
O’ksib-o’ksib qolaman darrov,
Sog’inganda onajonimni.

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Seni sevishimni onamga aytdim

Qalbimni zabt etgan yolg’iz sen bo’lding,
Senga yetishmoqni orzular qildim.
Ming bir hayajonda, yurak titroqda,
Seni sevishimni onamga aytdim.

Tim qora ko’zlaring shaydolar qilar,
Qo’ling ushlatmaysan yuragim yonar,
Uzun ko’ylaklaring yarashib turar,
Seni iboli deb onamga aytdim.

Hamma ishda chaqqon, epchilsan bildim.
Chiroyligim, seni yaxshiyam sevdim.
Maqtovlarga loyiq qizsan-da netay,
Seni pazanda deb onamga aytdim.

O’zingizni asrang deysan-da ko’p bor,
Yaxshiyam uchradi menga senday yor,
Hatto chumoliga bermaysan ozor,
Seni mehribon deb onamga aytdim.

Pardoz-andozlar ham kerakmas senga,
Tabiiy go’zalsan-da yoqasan menga,
Taqdir nasib etsa bo’lamiz birga,
Seni chiroyli deb onamga aytdim.

16:26.23.06.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Yangi sher ijro qilib ko’rdim 😅

Qachon ko’rishamiz endi
yaxshi qiz
😁

✍️🎙️ 𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿 𝗤𝗮𝘅𝘅𝗼𝗿

@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Sudlashamizmi?

Vaqting bo’lsa, qaysarim, bugun,
Sud zalida uchrashamizmi?
Jonga tegding, boshqa choram yo’q,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?

Sizni qattiq sevaman deysan,
Sizga borim beraman deysan,
Sevmaysiz deb yurakni yeysan,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?

Majnuningman, sen esa layli,
Yashayapman sevging tufayli,
Guvohlaring olib kel, mayli,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?

Seni desa samo quchaman,
Mingta go’zal qizdan kechaman,
Ishon, aniq yutib chiqaman,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?

Netay? Boshqa choram qolmadi,
Kelgin, bugun ko’rishamizmi?
Seni sira yengib bo’lmadi,
Kim ko’p sevgan, sudlashamizmi?

00:10.24.12.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Onamga erkatoy kelin bo’lasan.

"Sizga tegmayman", — deb nozlar qilmagin,
Shoshmay tur, sen meni sevib qolasan.
Niyatlar qilyapman, Xudo xohlasa,
Onamga erkatoy kelin bo’lasan.

Sendan boshqa qizlar menga yoqmaydi,
Yonimda bo’lmasang ko’nglim to’lmaydi,
Orzularim aslo armon bo’lmaydi,
Onamga erkatoy kelin bo’lasan.

Muhabbat neligin sen bilan bildim,
Yorim bo’lishingni orzular qildim,
Shu yildan qolmas to’y - rejalar tuzdim,
Onamga erkatoy kelin bo’lasan.

Asrab-avaylayman men seni erkam,
O’zimning qaysarim, go’zal malikam,
Oq libos yarashar senga juda ham,
Onamga erkatoy kelin bo’lasan.

Ko’zlaringdan sira to’kmayman-da yosh,
Bir umr yorim bo’l, bir umr sirdosh,
Onamga ham yoqib qolding, qalamqosh,
Onamga erkatoy kelin bo’lasan.

16:26.22.04.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

Читать полностью…

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

✍️Dada haqida yangi sher kutganlar bormi?

100 ❤️Like bo’lsa joyliman 😅

👇👇👇

Читать полностью…
Subscribe to a channel