✍SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼 Mualliflik huquqiga rioya qiling❗ ✅Taklif va sher buyurtmalar uchun❗ ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor https://www.instagram.com/qodirqaxxor Inistagramda👆
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Yoshlik endi o’tib ketdi,
Orzu qilma qaytmaydi do’st.
Yolg’izlikdan to’yding rossa,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Zorsan qara shirin so’zga,
Topib endi bitta qizga,
Qish bo’lmasdan shu yil kuzga,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Bosib bosib to’yingda biz,
O’ynamasak bo’lmaydi do’st.
Ota onang baxting ko’rsin,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Bo’ldi endi qilma tarang,
Baxting ko’rsam deydi otang,
Qarib qoldi endi onang,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
Niyyat qilgan baxtga yetar,
Ishlaring ham besh bob ketar,
Qodir do’sting senga aytar,
Uylanmasang bo’lmaydi do’st.
02:35.06.09.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Madina ismli qizlarni seving
Bir maslahat beray, yaxshilab tinglang,
Kam bo’lmaysiz sira aytganim qiling.
Ular boshqacha-da, ular o’zgacha,
Madina ismli qizlarni seving.
Ibo-hayosi bor, juda mehribon,
Juda chiroyli-yu, juda xushzabon,
Baxtga to’lib yashay desangiz har on,
Madina ismli qizlarni seving.
Yoringiz bo’lsa gar vafo qiladi,
Qadringizga doim yetib yuradi,
Uyingizga quvonch olib keladi,
Madina ismli qizlarni seving.
Bir umrlik baxtga oson yetasiz,
Dard-alam nima u, bilmay o’tasiz,
Bir tabbassum qilsa erib ketasiz,
Madina ismli qizlarni seving.
Nozlariga chidab sabrlar qilib,
Qalbiga yo’l toping sovg’alar bering.
Ularday bo’lolmas aslo yuztasi,
Madina ismli qizlarni seving.
15:10.10.06.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Mp3
🔥Premyera🔥 tez kunda..
60 yoshda ishlagan otam🥺
🎵Alisher Yusupov
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Qarab to’ymaydigan…
Orzularim armon bo’lmasaydi, yor.
Qo’llaringni tutsam edi, ey dildor.
Boshqachasan, senga sira to’ymayman,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Xasta yuragimga davo o’zingsan,
Bizdeklarga sira parvo qilmaysan,
Bir gap aytay, hatto o’zing bilmaysan,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Yarashadi o’rab yurgan ro’moling,
Qayda seni aytgin, shirin hayoling?
Malikadek sening husn-u jamoling,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Sovchilikka qachon borsinlar onam,
Yorim bo’lgin nozlar qilmay, janonam,
Qanday seni sevmay axir, yagonam,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
Seni ko’rsam darddan xolis bo’lgayman,
Hali senga aytar so’zlarim bisyor.
O’zgalarga bergim kelmaydi seni,
Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor.
03:10.06.01.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#HayitMuborak
🫂Muxlislarim uchun o’zimni tabrigim ✨
🎙️Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🌙Арафа Муборак бўлсин!!!
Шу кунларга сиз ва бизларни соғ-саломат етказган Аллоҳ таолога ҳамду-санолар бўлсин🤲
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
ONAMGA YOQMAYABSAN
Nima bo’ldi xafasan,
Sen kulib boqmayabsan.
To’g’ri tushun meni ham,
Onamga yoqmayabsan.
O’jarliging yomonda,
So’zimga kirmayabsan.
Sal uzunroq ko’ylak kiy,
Onamga yoqmayabsan.
Yorim qoshing kamonda,
Sensiz holim yomonda,
Bittasan-u Qo’qonda,
Onamga yoqmayabsan.
Pishmayabdi hech oshim,
Baloga qoldi boshim,
Chiroyligim naqqoshim,
Onamga yoqmayabsan.
Oshiqman sen sanamga,
Hayronman e onamga,
Yoqib amma holamga,
Onamga yoqmayabsan.
Yorim qoshing kamonda,
Sensiz holim yomonda,
Bittasan-u Qo’qonda,
Onamga yoqmayabsan.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#yangiSher
Borimga yo’g’imga sabrlar qilding,
Sendan doyim ko’nglim to’ldi onasi.
Sen mening quvonchim asl baxtimsan,
Baxtimga sog’ bo’lsang bo’ldi onasi.
Davomini yozaymi?
Ilxom yetishmayabdi kamentda nimadurlar deb ayolingizni maqtang man shulardan foydalanaman o’zim uylanmaganmanda qiyin bo’lyabdi😅✍️
ONAM AYTAR….
Xudo bergan xislating bordur,
Mayli sherlar to’qigin bolam,
Mashxurlikka berilmay faqat,
Nomozingni o’qigin bolam,
Ortinsang gar yaxshilik qilgin,
Boy kambag’al birdayin ko’rgin,
Bu dunyolar o’tkinchi bilgin,
Nomozingni o’qigin bolam,
Ayolingga hiyonat qilma,
Ne bo’lsa ham do’stlaring sotma,
Erta turgin g’aflatda yotma,
Nomozingni o’qigin bolam,
Tugamaydi bu dunyoda kam.
O’z vaqtida mayli olgin dam.
Har soniya yodingda tursin,
Nomozingni o’qigin bolam,
O’lim qachon kelishi gumon,
Sinov uchun asli bu olam.
Jannatlarni orzu aylasang,
Nomozingni o’qigin bolam.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
😊Assalomu akaykum hammaga bugun Onajonimni tug’ulgan kunlari🎊
Nima sovg’a olsam ekan?
Maslaxat beringlar iltimos sizlardan🎁👇
#savol
Қуръонда бир сура бор ёдлаган одамни жаннатга киргазмагунча қўймайди 🫀
СубҳанАллоҳ қайси сура эканлигини биласизми?
👇To’g’ri javob kamentda ✍️
#atalgan
🥰Bonu Ikromova shu qizni taniydiganlar bormi? 👆
✍️3 - Sher ham chiqdi unga atalgan…..
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#atalgan
🥰Bonu Ikromova shu qizni taniydiganlar bormi? 🥰
✍️Sher shu qizga atalgan…..
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🥰Yangi sher kutganlar bormi?👇
🫂Sizlardan etibor mandan sher✍️
❤️Likeni to’ldirib tashlaylikchi🥰
👆4000 ming obunachi bo’lsak sher so’ragan muxlislarga yozib beraman bepulga degandim vada vada🤩
🫂Ota Onangiz uchunmi sevgan qizingiz uchunmi Ism uchunmi singlingiz opangiz aka ukangiz uchunmi do’stingiz uchunmi tug’ulgan kun uchunmi sherni mavzusini farqi yo’q!
✍️Sher 3 kuplet bo’ladi ( 12 qator)
📌Faqat kanalimiz manfati uchun kichkina sharti bor bajaraman deganlar bemalol yozishingiz mumkun!👇
✍️Yozing👉 @qodirqaxxor
SEVIB TURIB SEVILMAGANMIZ
Doim yurdik ko’ksimiz kerib,
Bandasiga egilmaganmiz.
Faqat bitta yurakda dard bor,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Ko’ngil qo’ydik chiroyi borga,
Yuragi tosh qalbi mozorga,
Sira yoqib bo’lmadi yorga,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Sevdiray deb yugurdim sarson,
Qancha jabr ko’rdi-ku bu jon,
Juda og’ir, aytishga oson,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Ko’ngil uzib ketolmaysan ham,
O’zgaga dil berolmaysan ham,
Baxtlilardek yurolmaysan ham,
Sevib turib sevilmaganmiz.
Umid qilib yashayman hamon,
O’zgarar deb o'sha qiz yomon,
Armonim shu do’st-u qadrdon,
Sevib turib sevilmaganmiz.
00:10.27.12.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sen yonimda…!
Bo’g’zimga yetmas havo,
Xolim so’rab turmasang.
Dunyo ham torday go’yo,
Sen yonimda bo’lmasang.
Dardimga o’zing davo,
Men uchun o’zing tanho,
Hayotim ham bemano,
Sen yonimda bo’lmasang.
Sensiz so’lgan nixolman,
Sira yayrab kulmayman,
Baxtsizlarga o’xshayman,
Sen yonimda bo’lmasang.
Yuragimda yonar cho’g’,
Borliging baxt ko’nglim to’q,
Ko’zlarimda kulgu yo’q,
Sen yonimda bo’lmasang.
Rasming bor ovunaman,
Ishqingda men yonaman,
Har lahza sog’inaman,
Sen yonimda bo’lmasang.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
OMAD KETSA
Eshik ochib kelsa yo’qchilik,
Do’stman degan zahrin socharkan.
Boshing borib toshga tekkanda,
Yaqinlaring asta qocharkan.
Sinishingni poylar pinhona,
Omonmisan demay bir bora,
O’zlaricha qilib bahona,
Omad ketsa hamma qocharkan.
Siz borimsiz degan sanam ham
Borib puli borni qucharkan.
Soxtalardan asrasin Xudo,
Omad ketsa hamma qocharkan.
Past-balanddan iborat dunyo,
Oqibat yo’q dunyoda go’yo,
Qodir yolg’on so’zlamas aslo,
Omad ketsa hamma qocharkan.
Hech vaqosiz qolganingda ham
Ota-onang bag’rin ocharkan.
Hech kimga ko’p ishonib qolma,
Omad ketsa hamma qocharkan.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Mp3 🔥Premyera🔥
😊Ijodimizdan yangi QO’SHIQ 🎧
🎵Kamron Otajonov - Sevib qolsangiz
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
УЙГА ҚАЙТ ХОТИН
(Бир қадирдон акамизни буюртмасига асосан ёзилган шер)
Хамма ишга улгурмай қолдим,
Куч қолмади ёргани ўтин.
Қадрингни хам бир сезиб олдим,
Аразни қўй уйга қайт хотин.
Балки хато ўзимдан ўтди.
Қалбим ёнар ўчиргин ўтни.
Бугун сенсиз тонгларим отди.
Аразни қўй уйга қайт хотин.
Кўп соғинди ўғлимиз сени,
Доим сўрар қизимиз сени,
Оз бўлса хам ўйлагин мени,
Аразни қўй уйга қайт хотин.
Сенсиз гуллар япроғи хазон,
Уч кун бўлди ювилмас қозон,
Хафа қилмай енди хеч қачон,
Аразни қўй уйга қайт хотин.
Ўзга дедим дилингни ғашлаб,
Мен пант йедим ўзгани танлаб,
Шайтон ёлдан урди атайлаб,
Аразни қўй уйга қайт хотин.
Сен борлигинг яхши еканда,
Хотин ўйни нақши еканда,
Мен қадрингни билмаган банда,
Аразни кўй уйга қайт хотин.
Эру хотин уруши асли,
Дока ромол қуриши асли,
Мен англадим сен бахор фасли,
Аразни қўй уйга кайт хотин.
Келсанг агар уйим тўларди.
Фарзандларим кўзи куларди.
Бугун қайтсанг яхши бўларди.
Аразни қўй уйга қайт хотин.
Сенла хаёт нақадар ширин.
✍️МУАЛЛИФ: Қодир Қаххор
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stim…
Bizni mensimagan o’sha odamlar,
Hali kimligimiz biladi, do’stim.
Yonimda yelkadosh tursang bo’lgani,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim.
Pulni deb haromga chopganimiz yo’q,
Hali vijdonimiz sotganimiz yo’q,
Allohni unutib qo’yganimiz yo’q,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim
Zo’r bo’lib ketamiz - harakatdamiz,
Bizni ot ham bir kun chopadi, do’stim,
Og’ir kunlar o’tar juda oz qoldi,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim.
Qo’yaver mensimay ketsa sanamlar,
Bir kuni to’ladi bizda ham kamlar,
Unut bo’lib ketar ko’rasan g’amlar,
Bir kun omadimiz keladi do’stim.
Eski usti-boshlar hozircha sinov,
Xudodan so’rasak beradi, do’stim,
Shukur qilib tursak bariga shukur,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
TIKUVCHI QIZ
Yuragimni xovuchlab,
Ko’chasi yonidaman.
Tikuvchi qizni sevgan,
O’sha shoir bolaman.
U tikkan liboslari.
Ko’zlarim qamashtirar.
Aytgan shirin so’zlari,
Boshimni aylantirar.
Bir kun yorim bo’ladi.
Shunda ko’nglim to’ladi.
Kuyovlik kastimimni,
O’zi tikib beradi.
Eh o’qigan qizlardan,
Juda ko’p pand yeganman.
Shuning uchun oddiy qiz,
Tikuvchini sevganman.
Manga kulib boqdi u.
Qalbimdan joy oldi u.
Omadim keldi qarang,
Onamga ham yoqdi u.
Bir kun yorim bo’ladi.
Shunda ko’nglim to’ladi.
Kuyovlik kastimimni,
O’zi tikib beradi.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stim, qachon namoz o’qiymiz?
Musulmonmiz deymiz hammaga,
Qachongacha yolg’on to’qiymiz?
Aytgin menga Xudodan qo’rqib,
Do’stim, qachon namoz o’qiymiz?
Ko’z tegdi-ku, qara, zamonga,
Qo’shilmaylik aslo yomonga,
Biz o’zgarib yaxshi tomonga,
Do’stim, qachon namoz o’qiymiz?
Gunohlar ko’p, savobimiz oz,
Bir kun uchun bir soat xolos,
Yana qancha kutsin joynamoz?
Do’stim, qachon namoz o’qiymiz?
O’lim haqdir, so’ramay kelar,
Yaxshi inson bo’lmadik jigar,
Bir o’y-xayol yuragim tilar,
Do’stim, qachon namoz o’qiymiz?
Shox chiqmadi ex o’ynab-kulib,
Hamma ishni bir chetga surib,
Jannatlarni orzular qilib,
Do’stim, qachon namoz o’qiymiz?
10:11.30.05.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👇Yangi sher baxo beramiz❤️
OYJAMOL
Oymisan osmonda? Qiyo boqmaysan,
Menday oshig’ingga bir bor nazar sol.
Ko’rishaylik desam tutqich bermaysan,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.
O’n sakkizda yoshing - oy kabi to’lding,
Meni shaydo qilgan bitta sen bo’lding,
Meni kuydirding-da, yomon suydirding,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.
Sevgida omadim kelmay turibdi,
Onam topgan qizlar yoqmay turibdi,
Men g’aribni ko’ngli senga tushibdi,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.
Qalbingni zab etish bunchalar qiyin,
Sevgim soxta emas, emasdur o’yin,
Seni sog’inyapman kun o’tgan sayin,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.
Men bilaman senga gullar yoqishin,
Senga olib kelgan gullarimni ol.
Bir kun o’zimniki bo’lasan hali,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.
09:11.27.05.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👇Yangi sher baxo beramiz❤️
ONAM
Uyga kelsam sizni izlab qolaman,
Baland ovoz bilan chaqiraman ham.
Gullar olib kelsam xursand bo’lasiz,
Sizni juda yaxshi ko’raman, Onam.
Dardlarimni sizga aytib beraman,
Yuragimdan ketar shunda dard-alam.
Shifokorim o’ziz, pul so’ramaysiz,
Bunchalar yaxshisiz, jannatim onam.
"Yaxshi yursang bo’ldi, bolam", - deysiz-da,
Ammo kamim bor deb aytmaysiz hech ham.
Bir og’iz aytsangiz menga kifoya,
Aytganingiz olib beraman, Onam.
Duolar qilasiz - ishlarim zo'r-da,
Omad quvib yurar hamisha hardam.
Pullarimni olib bozor aylaning,
Bor boyligim axir sizniki, Onam,
Tobingiz qochmasin ado bo’laman,
Sal betob bo’lsangiz ko’zlarimda nam.
Yuz yoshda ham menga dalda bo’ling siz,
Baxtimga bor bo’ling o’zimni onam.
00:11.26.05.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👇Yangi sher baxo beramiz❤️
🥰Yangi sher kutganlar bormi?👇
🫂Sizlardan etibor mandan sher✍️
❤️Likeni to’ldirib tashlaylikchi🥰
#vidio_sher
📌Bu bolakay mani suyikli Jiyanim sherlarimni juda chiroyli o’qiydi 🥰
🎙️Muhammad Komilov - Dada sizga vada beraman…
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.
Cho’ntagimda pulim tursa, eslab qol,
So’ramasdan ishlatishga haqlisan.
Yo’qchilikda yonimdasan yelkadosh,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.
Jigarimsan deganlarni ko’rganman,
Yaxshiliklar qilib yomon bo’lganman,
Ishon seni sodiqliging bilganman,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.
Pul so’rasam qarz olib bergansan,
O’sha pulni so’ramay ham yurgansan,
Jon so’rasam jon berishga tayyorsan,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.
Jinoyatlar qilsam kelib yonimga,
Qamalib ham ketging kelar o’rnimga,
Yaraysan-da doim og’ir kunimga,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.
Dunyo axir soxtalardan iborat,
Yolg’onchi bu dunyoda sen rostimsan.
Yuz yilgacha uzulmasin oqibat,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.
15:11.20.05.2025
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👇Yangi sher baxo beramiz❤️
#qoshiq Ijodimizdan 👇
🎵Iroda Osmon - Hasad qilib nega yonasiz
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
Hasad qilib nega yonasiz,
Menda bori sizda bo'lmasa.
Nima qilay yashamaymi-a?
Tirikligim sizga yoqmasa.
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#premyera
🎵Jaloliddin Ahmadaliyev - Sinfdosh qiz boshqacha eding
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
🎙️Bastakor: Hasan Inomov
Vaqtlar ortga qaytmaydi endi,
Dar-dim hech kim bilmaydi endi,
Qodir hamon eslaydi seni,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg