Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot
🌞 Yozgi sog‘lomlashtirish va aqliy rivojlantirish tadbiri 6-son DMTTda
📍Yangibozor tumani, Bo'ston MFYdagi 6-sonli DMTTda "Favqulodda 90 kunlik" loyihasi doirasida sog'lomlashtirish, chiniqtirish va aqliy rivojlantirish tadbirlari o‘tkazildi.
👩💼 Ishtirokchilar:
🔹 MTT direktor o‘rinbosarlari
🔹 DXSH va ONMTT rahbarlari
📚 Tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi, bolalar esa faol harakat va yozgi chiniqtirish o'yinlari zavqini his qilishdi!
🎯 Maqsad — bolalarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy salomatligini mustahkamlash, ijobiy emotsional holatini yaxshilash hamda faol hayotga tayyorlash.
📹 "Favqulodda 90 kunlik" dasturi doirasida o‘tkazilgan seminar hamda 16-iyun – Bolalar futboli kuni munosabati bilan tashkil etilgan musobaqalardan lavhalar.
📍 Yangibozor tumani, 5-sonli DMTT
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
#Rasman: 🇺🇿 Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.🤩😎
🏆 JCH-2026 Saralash Osiyo qit'asi
🇦🇪 BAA 0-0 O'zbekiston 🇺🇿
✅ @SportUzNet 😅 O'zimiziki
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#qabul_2025
#1_iyun_20_iyun
📣📣📣📣📣
❗️URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
⚡️Urganch shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓Maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❓Maktab- internatiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
✅Maktab-maktab-internatining:
➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga 48 nafar;
➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga 24 nafar o’quvchi qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
📞 +998622232049
📞 +998622232031
☎️ Call-markaz: 1206
🌐 Telegram | 🌐 Facebook Urganch_IMI">|🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Joriy yilning 5-iyun kuni Urganch tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 24-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etish, tarbialanuvchilarning xavfsizligi, larning xayoti va sog'ligini muxofaza qilish hamda "Favqulodda to'qson kunlik" loyihasi doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirish bo'yicha tumandagi DMTT,DXSH va oilaviy MTTlari direktorlari uchun amaliy-nazariy seminar tashkil qilindi.
@T_Nurmetov
XORAZMLIK USTOZ — JANUBIY KOREYADA TAJRIBA ORTIRDI!
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-maktab informatika fani o‘qituvchisi, oliy malaka toifasiga ega Kadirova Kamola Shavkatovna ushbu nufuzli loyiha doirasida Janubiy Koreyada tashkil etilgan "KLIC Training Program" xalqaro loyihasida ishtirok etdilar.Mazkur tashabbus Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – zamonaviy o‘qituvchini shakllantirish, raqamli ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, sun’iy intellekt va robototexnika sohasida bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Kadirova Kamola Shavkatovnani ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz! Ustozimizga kelgusidagi ishlarida omad, muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz. Ortirilgan tajribalar yurtimiz ta’limi ravnaqiga xizmat qilsin!
@T_Nurmetov
🎉 Yana bir faxrli yangilik!
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi! 🌍🧑🔬
🥉 Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilgan iqtidorli yoshlarimiz orasida — Qo‘shko‘pir tumani 1-son maktab-internati o‘quvchisi Erkinov Azizbek faxrli uchinchi o‘rinni egallab, 🥉bronzа medaliga sazovor bo‘ldi! 🇺🇿👏
Bu yutuq nafaqat Azizbekning, balki uning ustozlari, ota-onasi va barcha ta’limga hissa qo‘shganlarning mehnati samarasidir. Bunday zafarlar yosh avlodga ilhom va ishonch bag‘ishlaydi!
💐 Erkinov Azizbekni chin qalbdan tabriklaymiz!
Kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlarni tilab qolamiz!
@T_Nurmetov
📍 Viloyatimizda yozgi sog‘lomlashtirish va xavfsizlikka bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi
🧒☀️ Yozgi mavsumda tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi va xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, “Favqulodda 90 kunlik” ish rejimini samarali tashkil etish maqsadida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida seminarlar bo‘lib o‘tdi.
👩🏫 Seminarlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga amaliy ko‘rsatmalar, xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar va yozgi sog‘lomlashtirish ishlari yuzasidan uslubiy yordam berildi.
✅ Tadbirlar bolalar uchun xavfsiz va samarali yozgi muhit yaratishga xizmat qiladi!
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Bog‘ot tumani 2-son maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda "Favqulodda to‘qson kunlik" ish rejimini amalga oshirish” mavzusida bo‘lim mutaxassislari tomonidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlar, direktor o‘rinbosarlari hamda davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritayotgan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yozgi davrida tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirish borasida zaruriy uslubiy tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
🇺🇿🥇 Yurtimiz faxri!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan gimnastika musobaqasida 25 ta davlat ishtirok etdi.
🏆 Ushbu nufuzli bellashuvda Urganch tumani 16-son maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Nodira Shavkatova 1-o‘rinni egallab, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi!
🎉 G‘olibamizni samimiy muborakbod etamiz!
#Faxrimiz #BolalarKuni #Urganch #Gimnastika #Uzbekistan
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Мактаб битирувчиларига боғчада ишлашга рухсат берилади
#Qabul2025-2026
📣📣📣 DIQQAT, EʼLON📣📣📣
✨BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA 2025-2026-O'QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONLARI BOSHLANGANLIGINI MA'LUM QILAMIZ.
Qabul quyidagi sinflarga amalga oshiriladi:
5-SINF ANIQ FANLAR YO‘NALISHIGA;
7-SINF TABIIY FANLAR YO‘NALISHIGA;
9-SINF TABIIY FANLAR YO'NALISHLARIDAGI BO‘SH O‘RINLARGA;
Ayni damda talabgor o'quvchilar va ularning ota-onalari hujjatlarini mutaxassislarimiz yordamida online topshirmoqdalar.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUN dan 20-IYUN ga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Manzil: "Oq tepa" mahallasi E'zoz dukoni yon tomonida
☎️ Maʼlumot uchun:
+998999676162
+998999690654
@T_Nurmetov
Aziz bolajonlar, muhtaram ota-onalar, qadrli ustoz va tarbiyachilar!
Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Bu sana – butun dunyoda farzandlar baxti, ularning sog‘lom va baxtli ulg‘ayishi uchun mas’uliyat va g‘amxo‘rlikni yanada chuqur his qilish kunidir.
Bola – hayot guli, oila quvonchi va Vatan kelajagidir. Shu bois, har bir farzandimizning dunyoqarashi keng, ma’nan sog‘lom, bilimli va tarbiyali bo‘lib kamol topishi – biz uchun eng oliy maqsad hisoblanadi.
Xorazm viloyatida bolalarning ta’lim-tarbiyasi, huquqlari va sog‘lom o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘lda ota-onalar, ustozlar va tarbiyachilarning hamkorligi juda muhim o‘rin tutadi.
Barcha bolajonlarni bu go‘zal ayyom bilan tabriklayman!
Qalblaringizda ezgu orzular jo‘sh ursin, yuzlaringizdan tabassum arimasin, kelajagingiz ravshan va porloq bo‘lsin!
Bayramingiz muborak, aziz bolalar!
Hurmat bilan,
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Nurmetov
@T_Nurmetov
Gurlan tumani 8-son DMTTda Xayr boĝcham salom maktab tadbiri kõtarinki ruhda tashkil qilindi
@T_Nurmetov
🌅Xorazm viloyati
🏠Xiva shahar
🏡13-son DMTT psixologi Matrasulova Shaxzoda
🏖 "Yozgi sog'lomlashtirish davrida "tashkil etilgan
🌞“Bola dunyosi-samimiyat oynasi”shiori asosida
😊“Pozitivlik-yangi davr talabi”aksiyasi oʻtkazildi
@T_Nurmetov
Президент Шавкат Мирзиёев Абу-Дабидаги (БАА) ўйиндан сўнг футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларига қўнғироқ қилиб, уларни тарихий ютуқ - илк бор жаҳон чемпионатига чиққани билан самимий табриклади.
@T_Nurmetov
📣📣📣 DIQQAT, EʼLON📣📣📣
✨BOG'OT TUMAN 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIGA 2025-2026-O'QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONLARI BOSHLANGANLIGINI MA'LUM QILAMIZ.
Qabul quyidagi sinflarga amalga oshiriladi:
5-6-7-8-9 SINFLAR ANIQ FANLAR YO‘NALISHIGA;
7-8-9 SINFLAR TABIIY FANLAR YO‘NALISHIGA;
Ayni damda talabgor o'quvchilar va ularning ota-onalari hujjatlarini mutaxassislarimiz yordamida online topshirmoqdalar.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUN dan 20-IYUN ga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Manzil: "Oq tepa" mahallasi. Mo'ljal: Markaziy shifoxona yon tomonida
(Oldingi 92-IMI)
☎️ Maʼlumot uchun:
+998999603067
+998999103535
Bizni kuzatishda davom qiling:
bogot92IMI
🎯 3 oy ichida 100% natija!
📣 Shovotlik ustozlar va o’quvchilar, shu yerdamisiz?
Aynan siz izlagan kurs!
🗓️ Esingizda bo’lsa, mart oyida Shovot tumanida
👨🏫 Allaberganov Alibek ustoz
📚 Tarix fanidan sertifikat olishni istaganlar uchun maxsus tezkor guruh ochgan edilar.
📘 To‘g‘ri va sifatli qo‘llanmalar,
🧪 Maxsus testlar,
🧩 Tizimli yondashuv
o‘z natijasini berdi va o‘quvchilar barchasi 100% sertifikat olishdi! 🎓
👏 Alibek ustozni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
📜 Shogirdlari ardog‘ida yursin, deb tilakdoshmiz!
📘 Kurslarimizda qatnashgan ustozlarga — ustamalar muborak!
🎓 O‘quvchilarga esa talabalik muborak! 🎉
📌 Agar siz ham shunday natija va 🟠 oktabrda sertifikat olishni istasangiz — yangi guruhga qo‘shiling!
📞 Aloqa: 50-719-49-43
📲 Ustozning o‘zidan ma’lumot olish yoki onlayn tayyorlanish uchun:
99-044-93-63
🔗 @Alibek_Allaberganov
📍 Manzil: Shovot krug yoni, Bir Zumda magazin 2-qavati —
🏫 Grand o‘quv markazi
🔗 /channel/grand_edu_shovot
Garvardda o'qishni istaysizmi? Bu siz uchun yangi imkoniyat!
⚡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi.
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ushbu maktabga 2025/2026 o'quv yili uchun 60 nafar o'quvchi 9-sinfga ikki bosqichli saralash imtihoni orqali qabul qilinadi.
✅ Arizalar shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.
📝Imtihon ikki bosqichda amalga oshiriladi.
🔹 Birinchi saralash bosqichda o'quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig'ini bajaradi.
🔹 Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o'tkaziladi. Ular:
➖matematikadan 5 ta masala,
➖ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishlari talab etiladi.
🎗 Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o'quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
#диққат_эълон
📣 Yakuniy imtihon sanasiga oʻzgartirish kiritildi
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi tegishli qarori bilan joriy yil 7-iyun — qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan:
➡️ 2025-yil 7-iyun kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan tanlov fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi sanasi 2025-yil 12-iyunga koʻchirilganligini maʼlum qilamiz.
👉 Shu oʻrinda barcha 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari, ota-onalar va maktab jamoalaridan yangilangan imtihon sanasini inobatga olishlarini soʻraymiz.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Yangibozor tuman 18-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilgan seminardan videolavha.
Читать полностью…"Yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish va bolalar xavfsizligini ta'minlash" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Yangiariq tumani 19-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish” hamda “Favqulodda 90 kunlik” ish rejimini amalga oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarni tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bosh metodisti U. Ruzmetova olib bordi. Tadbirda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlar, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalar hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga yozgi davrda tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, metodik tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
🧒🚌 Xorazm viloyatida maktabgacha ta’limda yangi marralar!
Bugun bolalarni zamonaviy ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
📚👶 Yangi bog‘chalar, malakali tarbiyachilar va qulay shart-sharoitlar bilan birga, “Aqlvoy” avtobuslari orqali olis hududlardagi bolalar ham maktabgacha ta’limga jalb etilmoqda.
🚌 “Aqlvoy” — bu bilimga yo‘l!
Ushbu innovatsion tashabbus tufayli har bir bola ta’limga teng huquqli va erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
📈 Xorazmda kelajak uchun mustahkam poydevor yaratilayapti!
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Urganch tumanidagi mahallalarda mobil bog‘cha ishga tushirildi
Tumandagi 16-son o‘rta ta’lim maktabi hududida maxsus bekatlar qurildi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yetkazib berilgan «Aqlvoy» avtobusi – bepul mobil bog‘chalar faoliyat ko‘rsata boshladi.
Ushbu mobil bog‘chalar chekka va uzoq hududlarda istiqomat qiluvchi bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, quyosh energiyasidan quvvatlanadigan kondisioner bilan jihozlangan, hojatxona va boshqa qulayliklarga ega.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Dolzarb to‘qson kunlik
Yozgi sog‘lomlashtirish
#Qabul_2025_2026
#Xiva_shahar_2_son_IM
📣📣📣📣 DIQQAT, EʼLON📣📣📣📣
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabiga
⚡️5-SINF⚡️ uchun 24 NAFAR
⚡️6-SINF⚡️ uchun 24 NAFAR
⚡️8-SINF⚡️ uchun 6 ta boʻsh oʻringa
⚡️9-SINF⚡️ uchun 4 ta boʻsh oʻringa
OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI.
📂Hujjatlarni qabul qilish 1-iyun sanasidan boshlanadi.
Manzil: Xiva shahri, "Angarik" mahallasi Q.Bobo ko'chasi 13-uy
☎️ Maʼlumot uchun:
+998914351004
+998622262060
@T_Nurmetov
Xiva tumanidagi 6-son DMTT da "Xayr bog‘cham salom maktab" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
@T_Nurmetov
Bugun “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, kelajagimiz egalarining bayrami!
Bayram bilan barcha bolajonlarimizni tabriklagan holda, ushbu roligimiz orqali kattalar ya’ni ota-onalarga murojaat qilib, koʻzgu tutmoqchimiz.
Bolalarni himoya qilish, avvalo, ularni tushunish, qoʻllab-quvvatlash, ilmga yoʻnaltirish, kelajagi uchun qaygʻurish demakdir.
Bolalar himoyachisi birinchi navbatda ota-ona, afsuski, ularning huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ota-ona.
Umid qilaman, ushbu kichik rolik orqali sizlarni biroz boʻlsa-da xulosa chiqarishga unday oldik.
Qadrli ota-onalar, bolalarning hayotda oʻz o‘rnini topishi va kelajagi birinchi navbatda sizning irodangizga bogʻliq. Bolalar cheksiz e’tibor, mehr va bagʻrikenglikka munosib.
Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
@hilola_umarova