41810
TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Z avlod vakillari ish topishga qiynalmoqda…
So‘nggi paytlarda ish qidirayotgan ko‘plab mutaxassislar va bitiruvchilar o‘z arizalari go‘yo “bo‘shliq”qa singib ketayotgandek his qilishmoqda.
ATS tizimlari (Avtomatlashtirilgan saralash): Kompaniyalar rezyumelarni qo‘lda o‘qish o‘rniga SI tizimlariga topshirgan. Natijada siz yetarli tajribaga ega bo‘lsangiz ham, rezyumengizda muayyan kalit so‘zlar (keywords) yetishmagani uchunoq bot tomonidan chetlatilasiz.
“Arvoh” vakansiyalar (Ghost postings): Saytlarda oylardan beri ochiq turgan, lekin aslida mavjud bo‘lmagan yoki allaqachon ichki xodimlar bilan to‘ldirilgan e’lonlar. Nomzodlar ularga vaqt sarflaydi, biroq javob kelmaydi.
SI va bir tomonlama intervyular: Suhbat bosqichiga yetib kelgan taqdirda ham inson bilan emas, balki robot yoki video-yozuv bilan muloqot qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa kompaniya madaniyatini tushunish va jonli savol-javob qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.
Kompaniyalar nega minglab xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda?
Amazon, Canva, Block, Squarespace va Disney kabi yirik kompaniyalar ommaviy qisqartirishlarni davom ettirmoqda. 2026-yilning dastlabki 10 oyida AQSH texnologiya sektorida 171 mingdan ortiq ish o‘rni qisqartirilgan.
Buning sababi …?
Kompaniyalar SI yordamida kamroq xodim bilan ko‘proq ish bajarish, xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishga intilmoqda. Ayrimlar uchun esa sun’iy intellektning rivojlanishi mavjud biznes modellariga ham jiddiy tahdid solmoqda.
Eng qizig‘i: kompaniyalar daromadlarini oshirish uchun endi ko‘proq xodim emas, balki kamroq xodim va ko‘proq texnologiyaga tayanmoqda.
ChatGPT maslahatiga ishonib, vafot etdi.
The New York Times jurnalining videoreportajida Bowen Wan ismli ayolning fojiali hikoyasi keltiriladi. U epilepsiya bilan yashagan va ChatGPT bilan yozishmalar davomida shifokorlar nazoratida qabul qilayotgan dorilarini kamaytirish rejasini muhokama qilgan.
Chatbot esa uning dori dozasini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqishda yordam bergan, hatto bu rejani davom ettirishga undagan. Bowen o‘zini yomon his qilayotgani va reja borasida shubhalarini ko‘p marta bildirganiga qaramay, ChatGPT uni davom etishga rag‘batlantirgan. Keyinchalik Bowen vafot etgan. Uning oilasi OpenAI kompaniyasiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Texnologiya qanchalik rivojlanmasin, ba’zi sohalarda mutaxassis nazorati muhimligicha qoladi.
☕️ Teacher Azam bilan nonushta qilish imkoniyati!
Rostini aytsam, men bilan nonushta qilishni bunchalik katta voqeaga aylantirishning hojati yo‘q. Men ham hammangiz kabi oddiy odamman.
Lekin bu taklifni anchadan beri so‘rab kelayotganlar ko‘p. Ko‘pchilikning istagini ham yerda qoldirmay, mayli, bir nonushta ustida suhbatlashishga qaror qildim.
Shunday ekan, “Hafta Tahlili”ning o‘tgan sonida aytib oʻtganimizdek, yuborilgan donatlar orasidan men bilan birga nonushta qilish imkoniyatiga ega bo‘ladigan obunachilarni Telegram'dagi jonli efirda tanlab olamiz!
🗓 4-noyabr, chorshanba
🕘 20:00
Tanlov jonli efirda o‘tkaziladi. Barchangizni kutamiz!
Xitoyliklar chivinlarni endi lazerda oʻldiryapti?
Olimlar va muhandislar bezgak hamda boshqa xavfli viruslarni tarqatuvchi chivinlar bilan kurashishning mutlaqo yangi usulini yaratishdi. Kameralar, SI va lazer…
Maxsus kameralar va sun’iy intellekt chivinni uchish trayektoriyasi hamda qanot qoqishi tezligidan (aynan qon so‘ruvchi urg‘ochi ekanini) soniyaning ulushlarida aniqlaydi. Tizim darhol xavfsiz quvvatdagi lazer nurini yo‘naltirib, zararkunandani havoning o‘zida yo‘q qiladi. Eng muhimi, asalarilar, kapalaklar yoki boshqa foydali hasharotlarga zarar yetkazmas ekan.
Yevropada Halloween namoyishlarga ulanib ketdi.
31-oktabr kuni Germaniya va Fransiyada minglab odamlar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qarshi ko‘chalarga chiqdi.
🇩🇪 Germaniyada yoshlar, xususan, Z avlod vakillari yashash xarajatlarining oshishi, ta’lim tizimidagi muammolar va majburiy harbiy xizmatga qarshi namoyishlar o‘tkazdi. Mamlakatning 30 dan ortiq shahrida tashkil etilgan namoyishlarning ayrimlari politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi.
🇫🇷 Fransiyada esa ketma-ket uchinchi haftadirki, iqtisodiy qiyinchiliklar va davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolar sabab ommaviy noroziliklar davom etmoqda. 31-oktabr kuni namoyishlarda qariyb 320 ming kishi qatnashgan.
✅@TeacherAzam
Xitoylik kompaniya uchun “tekin reklama”
Fransiyadagi namoyishlar fonida olingan videoni xitoylik kompaniya oʻz ijtimoiy tarmogʻida namoyish qildi va minglab koʻrishlarga ega boʻldi.
Xitoyning Henan provinsiyasidagi “Hengxinfeng Special-Glass” MCHJ “production”i uchun bir tiyin ham sarflamasdan olingan videodan mohirona foydalanib, ishlab chiqargan oynalari qanchalik sinishga chidamli ekanligini isbotlab berdi.
✅@TeacherAzam
Stiv Jobs shunday degan edi:
“Bilasizmi, birinchi boʻlib xayolga keladigan narsa mana shu, toʻgʻrimi? Biz bu haqida yillar oldin oʻylab koʻrganmiz. Biz bu borada juda koʻplab foydalanuvchi sinovlarini oʻtkazdik va maʼlum boʻlishicha, bu samara bermaydi. Sensorli yuzalar vertikal holatda boʻlishga toʻgʻri kelmaydi. Bu taqdimot payti juda ajoyib koʻrinadi, ammo qisqa vaqt oʻtgach, siz charchay boshlaysiz, uzoqroq vaqtdan keyin esa qoʻlingiz uzilib tushgudek boʻladi. Bu samara bermaydi. Bu ergonomik jihatdan juda noqulay. Sensorli yuzalar gorizontal boʻlishi kerak. Shu sababli ham — padlar. Noutbuklar uchun esa yillar davomida multi-tach trekpadlarimizni mukammallashtirib kelganimizning boisi ham shunda.”
Oq uy oʻzbek fuqarosini jinoyatchilarning eng yomon jinoyatchisi deya eʼlon qildi.
AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) 7-oktyabr kuni Ohio shtatida turli jinoyatchilarni qoʻlga olgan. Qoʻlga olinganlar ichida Oʻzbekiston fuqarosi Sardor Tirkashev ham bor. Uning jinoyat tarixida og‘irlashtiruvchi holatlarda qilingan hujum hamda talonchilik jinoyatlari bor.
Surat Oq uyning Instagramdagi sahifasida eʼlon qilingan.
✅@TeacherAzam
🇺🇿 145 ta medal, 3-o‘rin va jahon rekordi: O‘zbekiston tarixiy natija qayd etdi!
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan V yozgi Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 45 davlat orasida 3-o‘rinni egalladi. Bu mamlakatimiz tarixida ilk bor Paraosiyo o‘yinlarining kuchli uchligiga kirishimizdir.
— 🥇 45 ta oltin
— 🥈 49 ta kumush
— 🥉 51 ta bronza
Jami — 145 ta medal!
Taqqoslash uchun, Xanchjou-2022 musobaqalarida O‘zbekiston 79 ta medal bilan 8-o‘rinni egallagan edi. Bu safar medallar soni qariyb 1,8 barobar oshdi. Eng muhimi, oltin medallar soni 25 tadan 45 taga yetdi.
🏆 Qaysi yo‘nalishlarda rekord o‘rnatdik?
Jahon rekordi. Pauerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva oltin medal bilan birga jahon rekordini ham qayd etdi.
Osiyo rekordlari. Madina Muxtorova va Karomat Omonova yadro uloqtirishda, Shahina Yigitaliyeva nayza uloqtirishda, Navro‘za Ahmadova disk uloqtirishda, Xurshid Qodirov 100 metrga yugurishda rekord o‘rnatdi. Suzish bo‘yicha Yegor Bolotov ikki yo‘nalishda, 16 yoshli Lolaxon Qodirova esa 50 metrga erkin usulda suzishda Osiyo rekordini yangiladi.
Bundan tashqari, para velosport, pauerlifting va para yengil atletika yo‘nalishlarida 16 nafar sportchimiz Paraosiyo o‘yinlari rekordlarini yangiladi.
Yegor Bolotov para suzish bo‘yicha 4 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
15 yoshli Boburbek Toshtemirov trek para velosportida O‘zbekiston tarixidagi ilk Paraosiyo oltin medalini olib, musobaqaning eng yosh chempioniga aylandi.
❗️MUHIM: Ertaga soat 20:00da chiqishi rejalashtirilgan “Hafta Tahlili”ning 29-soni chorshanba kuni chiqadi.
Bilaman, hamma kutyapti. Lekin kasal boʻp qoldim. Shuncha dorilarni ichib yotimman. Toʻgʻri tushunasilar, degan umiddaman. “Syomka”ni ertaga qilamiz)
✅@TeacherAzam
250,000 ta daraxt noqonuniy kesilgan…
Google Finlandiyaning shimoliy qismidagi oʻrmon hududida qurayotgan yangi maʼlumotlar markazi (datacentre) uchun 250,000 ga yaqin daraxtni noqonuniy kesgan.
Hali ekologik tekshiruvlar tugamasdan turib, Google bu maydonni tozalash va tekislashni boshlagan. Jarayonda ushbu joyda yashaydigan yovvoyi hayvonlar, jumladan, boʻrilar endi qishloqqa yaqin hududlarda ov qilishni boshlagan.
Mahalliy aholi: “Bu noto‘g‘ri bajarilgan. Amerikacha stilda. Hech qanday mantiq yo‘q. Umuman mantiq yo‘q”, — deya taʼkidlagan.
2024-yilda vokzal tomi qulab tushishi bugungi namoyishlarga olib keldi.
Serbiya poytaxti — Belgradda ham norozilik namoyishlari avj olib ketdi. Ushbu namoyishlar ham Yevropaning boshqa shaharlaridagi singari talabalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ushbu namoyishlar fonida 25-oktabr kuni Serbiyaning tarqatib yuborilgan parlamentiga saylovlar boʻlib oʻtadi. Unda yaqinda ishdan oʻz xohishi bilan boʻshagan prezident bosh vazir sifatida oʻz nomzodini yana ilgari surmoqda, lekin ushbu namoyishlarning maqsadi esa prezidentning yetakchi partiyasini hukumatdan chetlatish boʻlib qolmoqda.
Nega baʼzan 20 daqiqada bitirish mumkin boʻlgan ishga butun kunimiz ketadi?
1955-yilda britaniyalik tarixchi Kiril Nortkot Parkinson bir qiziq qonuniyatni taʼriflagan:
“Ish unga ajratilgan vaqtni toʻldirish uchun choʻziladi”.
💡 Xoʻsh, bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?
— Har bir ish uchun aniq muddat belgilang.
— Katta vazifalarni kichik qismlarga ajrating.
— Mayda ishlarni ortiqcha choʻzmang.
— Oʻzingizga qatʼiy muddat qoʻying va unga amal qiling.
Nimaga Toshkentda “viloyatlik” deya ajratamiz: “In-group Bias”
Toshkent shahrida “viloyatliklar” degan gapni baʼzan eshitamiz. Xoʻsh, bu faqat toshkentliklarga xosmi yoki ilmiy isbotlangan hodisa?
Fanda “in-group bias” degan tushuncha bor, yaʼni, oʻzingnikilarga “favorit”lik qilish. Aytaylik, siz qaysidir viloyatdansiz va Toshkentda siz ushbu viloyatdan kimnidir uchratsangiz, unga beixtiyor iliqroq munosabatda boʻlasiz. Chet elda esa qaysi viloyatdan ekanidan qat’i nazar, O‘zbekistonlik insonni uchratishning o‘ziyoq quvonchli. Bu — tabiiy, albatta, gʻururlanasiz.
Bu har doim ham ongli ravishda amalga oshmaydi. Ko‘pincha umumiy tajriba, til, madaniyat va o‘zaro yaqinlik hissi bunga sabab bo‘ladi. Lekin bu moyillik boshqalarni nohaq kamsitish yoki imkoniyatlarni faqat o‘z guruhimiz vakillariga berishga sabab boʻlmasligi kerak.
Baʼzilar koʻp narsani bilishmasa-da, bilmayman demaydi
Hech biror mavzuda juda kam bilimga ega bo‘lsa-da, o‘zini mutaxassisdek tutadigan insonni uchratganmisiz? Qizig‘i, ba’zan aynan shunday odamlar o‘z bilimlariga eng ko‘p ishonishadi.
Psixologiyada bu holat Dunning–Kruger effekti deb ataladi.
1999-yilda psixologlar David Dunning va Justin Kruger tomonidan o‘rganilgan ushbu hodisa insonning o‘z bilim va qobiliyatlarini ortiqcha baholashga moyilligini tushuntiradi. Sababi oddiy — biror sohada yetarli bilimga ega bo‘lmagan odam ko‘pincha o‘z xatolarini ham anglay olmaydi. Ammo ko‘proq o‘rgangan sari mavzuning murakkabligini, bilmagan jihatlarini va o‘z bilimlarining chegaralarini tushuna boshlaydi.
“Tramp hamon sizning prezidentingiz”
Oq uy matbuot xizmati oʻzining barcha ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ushbu fotopostni jamoatchilik uchun eʼlon (public service announcement), deya xabar qildi.
Albatta, Tramp hali ham AQSh prezidenti, lekin AQSh Senatini allaqachon Demokratlar 54–44 hisobida egallashdi. Vakillar palatasida ham Demokratlar anchayin yetakchi, 237–139 nisbatda. Bu degani AQSh parlamenti — Kongressning ikki palatasida ham Respublikachilar kuchini yoʻqotdi va endilikda Trampga boʻlgan bosim va tekshiruvlar ortishi, uning qonun va qarorlarini tasdiqlash jarayonlari qiyinlashishini bildiradi.
Albatta, oraliq saylovlarda kim asosiy ovozni olgani aniq boʻlsa-da, shtatlar ovozlarni oxirigacha toʻliq sanashi va natijalarni rasmiylashtirishi lozim. Bu jarayon esa 1 oygacha choʻzilishi mumkin.
O‘zbekistonni faqat tarixiy obidalar bilan tanitmasligimiz kerak
Albatta, Registon, Buxoroning qadimiy ko‘chalari va Xivaning betakror me’morchiligi sayyohlarni befarq qoldirmaydi. Lekin O‘zbekiston haqida gap ketganda, milliy taomlarimizni, tog‘larimizni, choʻllarimizni va go‘zal tabiatimizni ham esdan chiqarmaslik kerak. Chunki, sayohat faqat tarix bilan cheklanmaydi.
3–5-noyabr kunlari Londondagi "ExCeL London" ko‘rgazma markazida o‘tkazilayotgan "World Travel Market (WTM) London 2026" xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston aynan shu imkoniyatlarini namoyish etyapti. Mamlakatimiz tarixiy-madaniy merosi bilan birga gastronomik, tabiiy va faol turizm yo‘nalishlarini ham xalqaro auditoriyaga taqdim qililinyapti.
Menimcha, bu juda muhim. Chunki O‘zbekistonga kelish uchun tarixga qiziqishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Kimdir tog‘larda sayr qilishni, kimdir milliy taomlarimizni tatib ko‘rishni, yana kimdir esa shunchaki yangi taassurotlar orttirishni istaydi.
Endi sayyohlar O‘zbekiston haqida gapirganda faqat Registonni emas, balki milliy taomlarimizni, tabiatimizni, urf-odatlarimizni va boshqa oʻziga xosliklarimizni ham eslashsa, yomon bo‘lmasdi. Qoʻshimcha qilib, Londonda ekanmiz futbolimizni ham maqtab ketsak boʻladi. Masalan, Manchester Cityda Abduqodir Husanov oʻynashini yoki tarixda birinchi marta jahon chempionatiga chiqqanimizni. Ha nima, bu ham plyusga ishlashi mumkinda. 😁
✅@TeacherAzam
Hafta Tahlili — 30-son
Iman Invest atrofidagi mojarolar, AQSh siyosatidagi erkinlik masalasi, dunyo bo‘ylab yuz berayotgan muhim voqealar va tarixdagi eng yirik kriptog‘irlik. Shuningdek, yilning eng yaxshi memi, kutilmagan voqealar va haftaning eng ko‘p muhokama qilingan yangiliklari.
Bu sonida ham shunchaki xabarlarni sanab o‘tmaymiz. Voqealar ortidagi sabablar, ularning oqibatlari va biz uchun qanday xulosalar borligi haqida fikr yuritamiz.
Video uchun havola: https://youtu.be/F30WyJl5ZUQ
Kiring, koʻring, fikrlaringizni bildiring. Yoqtirmani bosib, qoʻllab-qoʻltiqlang!
Nega boshqalar bizga qarab turgandek tuyuladi: “Spotlight Effect”
Biror xato qilib qo‘ysak, ko‘pincha boshqalar ham buni payqagan va hozir aynan shu haqda o‘ylayotgan bo‘lsa kerak, deb xavotirlanamiz. Aslida esa, ular bu vaziyatni allaqachon unutib yuborgan boʻlishadi.
Psixologiyada bunday holat Spotlight Effect (diqqat markazida bo‘lish xayoli) deb ataladi.
Bu — inson boshqalar uning tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati yoki xatolariga o‘zi o‘ylaganchalik ko‘p e’tibor bermasligini anglamasligi bilan bog‘liq hodisa.
Masalan, yangi kiyim kiyib kelganingizda hamma buni sezadi deb o‘ylashingiz yoki biror xato qilganingizdan keyin boshqalar sizni uzoq vaqt eslab yuradi deb xavotirlanishingiz mumkin.
Chunki biz o‘zimizni dunyoning markazida turgandek his qilamiz. O‘zimiz uchun muhim bo‘lgan narsalar boshqalar uchun ham birdek ahamiyatli, deb o‘ylaymiz. Vaholanki, atrofimizdagi insonlarning aksariyati o‘z ishlari va tashvishlari bilan band.
Shimoliy Koreyadan asrning eng katta kripto-talonchiligi. Atigi 20 daqiqa(mi)?
Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi — Binance payshanba kuni xakerlar taxminan 6 milliard dollarlik raqamli aktivlarni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi. Bu kriptovalyuta tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik bo‘lishi mumkin. Hujumning tafsilotlari hozircha aniqlanmoqda.
Kriptovalyuta sohasini tadqiq qiluvchi TRM Labs kompaniyasi xabar berishicha, ushbu hujum ortida Shimoliy Koreyaning “elita xakerlik guruhi” — TraderTraitor turgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Binance birjasi bunga javoban mablag‘larni yechib olish imkoniyatini vaqtincha to‘xtatganini hamda mijozlarning barcha yo‘qotishlarini kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan qoplab berishini bildirdi.
TRM Labs aytishicha, hakerlar 10 ta, jumladan, Bitcoin, Ethereum va boshqa blokcheynlardagi Binance hamyonlaridan pullarning katta qismini 20 daqiqada yechib olgan va bu oʻgʻirlikni amalga oshirish uchun 36 soat tayyorgarlik koʻrishgan.
Apple’dan yangilik: “Touchscreen” MacBook Pro
Apple kuni kecha sensorli OLED ekran bilan jihozlangan MacBook Pro’ni taqdim etdi. Apple an’anasiga sodiq qolgan holda ushbu ekranga ham nom bergan – PROLED XDR Displey.
Taqdim etilgan Pro o‘tgan yilgi Pro’larning barcha xususiyatlarini meros qilib olgan, yangi xususiyat yoki ranglar qo‘shilmagan, sensorli OLEDdan tashqari. Lekin e’tiborga arzirli bir jihati, yangi MacBook avvalgi avlod MacBook’laridan ko‘ra sezilarli darajada yengilligida va bu, albatta, OLED ekran o‘rnatilgani evaziga.
“Hop tashqi yoki ichki ko‘rinishida o‘zgarish bo‘lmasa, men qanday qilib yangi MacBook olganimni hammaga bildirishim mumkin?”, deya so‘raganlar uchun ajoyib yangilik – yangi MacBook Pro orqasidagi Apple logotipi endi yana yonib turadi.
“Zoomer”lar bilan ishlash qiyin(mi)?
Z avlod bilan ishlash shaxsan men uchun oson. Podkastda esa nega baʼzilar zoomerlar bilan ishlay olmayotgani haqida gaplashdik.
Kirib koʻring, qoʻllab-qoʻltiqlang, yoqtirmani bosib, izohlarda oʻz fikrlaringizni boʻlishing!
Video uchun havola: https://youtu.be/F-QFCNacWtk
✅@TeacherAzam
Nimaga yashirishga urinilgan narsalar tezda oshkor boʻlib qoladi?
Ba’zida biror ma’lumotni internetdan o‘chirishga yoki yashirishga urinish uning millionlab odamlarga tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu hodisa Streisand effekti deb ataladi.
Rasmda koʻrib turganingiz 2003-yilda amerikalik qo‘shiqchi Barbra Streisand uyining havodan olingan surati. U bu suratni internetdan olib tashlash uchun sudga murojaat qiladi. Ammo bu harakat aks ta’sir ko‘rsatadi: sud jarayonidan oldin juda kam (atigi 6 nafar) odam ko‘rgan suratga birdaniga minglab odamlar qiziqa boshlaydi.
Microsoft 60 ming xodimiga ishdan ketish uchun pul taklif qilmoqda. Sababi — sun’iy intellektmi?
Bu kompaniya umumiy ishchi kuchining qariyb 27 foiziga teng. Qizigʻi, kompaniya xodimlarni majburan ishdan bo‘shatish o‘rniga, ularga o‘z xohishi bilan ketish va buning uchun moliyaviy yordam olish imkoniyatini bermoqda.
Nega aynan hozir?
Microsoft 2026-yilda sun’iy intellekt infratuzilmasiga 175 milliard dollar sarflashni rejalashtirgan. Bunga AI uchun ma’lumotlar markazlari va maxsus chiplar qurish ham kiradi.
Bu nimani anglatadi?
Texnologiya sanoatida yangi davr boshlanmoqda: kompaniyalar bir tomondan sun’iy intellektga yuzlab milliard dollar tikmoqda, ikkinchi tomondan esa xarajatlarni qisqartirmoqda. Biroq bundan «AI 60 ming kishining ishini egalladi» degan xulosa chiqarish noto‘g‘ri. Microsoft bu dastur orqali xodimlarni bevosita AI sababli almashtirayotganini e’lon qilmagan.
Shunga qaramay, muhim savol ochiq qolmoqda: agar kompaniyalar AI yordamida samaradorlikni oshirayotgan bo‘lsa, kelajakda ularga shuncha ko‘p xodim kerak bo‘ladimi?
Nega bir narsani ko‘p ko‘rsak yoki eshitsak, yoqtirib qolamiz?
Psixologiyada Mere Exposure Effect degan tushuncha bor. Unga ko‘ra, biror narsani qanchalik ko‘p ko‘rsak, unga nisbatan munosabatimiz shunchalik ijobiy bo‘lishni boshlaydi.
1968-yilda psixolog Robert Zajonc bu hodisani ilmiy o‘rgangan.
Masalan, avvaliga yoqmagan qo‘shig‘ingizni qayta-qayta eshitib, keyinchalik yoqtirib qolishingiz mumkin. Yoki reklamadan bir brendni ko‘p ko‘rganingiz uchun uni boshqalaridan yaxshiroq deb o‘ylashingiz mumkin.
Sababi oddiy: miyamizga tanish narsalar ko‘pincha yoqimliroq tuyuladi.
Demak, ba’zan biz biror narsani yoqtirganimiz uchun unga ko‘p duch kelmaymiz, aksincha, unga ko‘p duch kelganimiz uchun yoqtirib qolamiz.
Hammaga birdek yoqa olmaysiz: “Impossibility of universal approval”
1995-yilda amerikalik psixologlar Roy Baumeister va Mark Leary insonning boshqalar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishga bo‘lgan ehtiyojini o‘rgangan. Tadqiqot shuni koʻrsatganki, insonlar uchun boshqalar tomonidan qabul qilinish, insonning oʻzi tomonidan qabul qilinishidan koʻra koʻproq motivatsiyaga ega.
Lekin hammaga yoqishga ehtiyoj borligi hammani rozi qilish kerakligini anglatmaydi! O‘ylab ko‘ring, sizning ochiq gapirishingiz kimlargadir yoqadi, boshqalar esa buni qo‘pollik deb qabul qiladi. Bir inson sizning qat’iyligingizni qadrlaydi, boshqasi esa sizni o‘jar deb hisoblaydi. Birining nazarida yaxshi bo‘lgan xislat boshqasiga yoqmasligi mumkin. Sababi oddiy: har kimning dunyoqarashi, qadriyatlari va kutganlari har xil.
Sizni hamma ham yoqtirmasligi mumkin. Bu siz yomon inson ekaningizni anglatmaydi.
Maʼlumotlar maxfiyligi saqlanmaganligi uchun 25 mrld. AQSh dollari…
Facebook, Instagram, WhatsApp va Messenger kabi ijtimoiy tarmoq va messenjerlar ortida turgan Meta kompaniyasi soʻnggi yillardagi eng katta jarimasini toʻlaydi.
Chorshanba kuni Nyu Meksikada boʻlib oʻtgan sudda Facebook foydalanuvchilari maʼlumotlarini qanday qilib qayta ishlashi haqida jamoatchilikni yillar davomida aldab kelgani va ushbu maʼlumotlar siyosiy konsalting firmaga sotilgan va bu qoidabuzarlik 11 yil davom etgani ustidan hukm oʻqilgan.
Sotilgan maʼlumot (profil maʼlumotlari) asosida, foydalanuvchilarga aynan ularga qaratilgan siyosiy reklamalar chiqishni boshlagan. Bu reklamalar esa foydalanuvchilarga 2016-yildagi siyosiy voqealar: Buyuk Britaniyaning YIni tark etishi (Breksit) va Donald Trampning birinchi marta prezident boʻlishi payti nishon (target) qilingan.
Barrikadalar oʻrnatilmoqda…
Fransiyadagi hasham doʻkonlari va butiklar bino oynalariga barrikadalar hamda temir toʻrlar oʻrnatish orqali oʻzlarini himoya qilmoqdalar.
Undan tashqari dunyodagi eng mashhur Luvr muzeyi ham oʻz eshiklarini tashrif buyuruvchilar uchun yopgan, chunki namoyishchilar Luvrga ham bostirib kirib, uni talon-taroj qilishga, buzishga uringanlar.
✅@TeacherAzam