5208
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
⚠️ Zaiflik aniqlansa nima qilish kerak?
Hamma joyda zaiflik aniqlansa shov-shuv bo'ladi. Sababi bir zaiflik orqali kompaniyalar millionlagan dollarlar, kodlar va eng muhimi insonlarni shaxsiy ma'lumotlarini yo'qotishlari mumkin.
ℹ️ Lekin zaiflik aniqlansa nima qilish kerakligini ko'pchilik hali bilmaydi. Keling biroz shu haqida gaplashamiz.
Tasavvur qiling: juda jiddiy loyihangiz bor. Siz "React Hook Form" degan kutubxona ishlatar edingiz. Shu kutubxona kodlari ichida "XSS injection" hujumini qilish uchun imkon beruvchi zaiflik bor ekan. Siz esa aynan shu versiyani va shu zaiflik bor qismini ishlatyapsiz.
🤔 Nima qilasiz?
Eng avvalo, zaiflik yopilmaguncha loyihani monitoring qilib borishni boshlang va zararli hujumlar bo'lmaganiga e'tibor qarating. Zarurat tug'ulsa kalitlar va parollarni yangilating.
Parallel ravishda, bu xatolik haqida darrov chuqurroq o'rganing va rasmiy yangiliklarni qidiring. Kutubxona jamoasi bunday xatoliklarga juda tez javob berishi kerak. Katta ehtimol bilan yangi versiya chiqarishadi va xatolikni to'g'irlashadi.
Versiya chiqqan bo'lsa, darrov loyihangizni o'zgartirib oling.
☠️ Ammo, versiya hali chiqmagan bo'lsachi?
Bunda yechimlar juda har xil. Loyihangiz o'sha zaiflik aniqlangan kodga qanchalik bog'langanini tekshirish kerak bo'ladi.
✅ Zarurat tug'ulsa:
— kodni shu qismini o'chirib turish yoki qo'shimcha xavfsizlik yozish (masalan, shu zaiflik ustidan yana bir daraja sanitization yoki boshqa yechimlar)
— o'sha kutubxonani fork qilib, o'zingiz shu qismini to'g'irlashingiz va vaqtinchalik ishlatib turishingiz (tez bitadigan ish bo'lsa)
— alternativ yechimlar bilan almashtirib turishingiz
va shu kabi boshqa ishlarni qilishingiz mumkin.
Ha yana,
Zaifliklarni oldini olishni eng zo'r usuli PHP ishlatmaslik (quote ketdi 😅)
🏁 Aslida esa loyiha qanchalik jiddiy bo'lsa, shunchalik xavfsiz kod yozishga e'tibor qaratish kerak. Ming xavfsiz kutubxona va freymvork ishlatsangiz ham, o'zingiz xavfsizlik qoidalariga amal qilib kod yozmasangiz, bir tiyin. Yoki teskarisi, loyihaga kirish uchun barcha teshiklarni yopib yursangiz, uncha muncha zaifliklar sizni qo'rqita olmaydi.
#security
@UmarSadullayev
Sertifikatlarni bosib olishni payti hozir.
Masalan:
Anthropic
- Claude Certified Architect – Foundations
- Claude Certified Developer – Foundations/Professional
Google
- Certified Partner Specialist Gemini Enterprise Agent Development
- Certified Partner Specialist Gemini Enterprise Deployment
OpenAI
- OpenAI Cyber Deployment Practitioner
- OpenAI Technical Practitioner
- OpenAI Cyber Solutions Practitioner
- ChatGPT Solutions Practitioner
- Codex Deployment Practitioner
- OpenAI Consultative Solutions Practitioner
- API Deployment Practitioner
- ChatGPT Deployment Practitioner
- Codex Solutions Practitioner
Orasida ba'zilarini 1-2 soatda ham olsangiz bo'ladi. Ba'zilariga esa haftalab tayyorlanish kerak.
#certificate
@UmarSadullayev
Tarqatamizmi bu g'oyani?
Qanday ulashishni bilasiz-ku 😉
#propaganda
@UmarSadullayev
Bu postni ma’nosini ko’pchilik oyligim o’sdi deb o’ylabdi. Aslida dollar oshgani uchun edi.
Ishonilar, umid deyarli yo’q hozirgi zamonda oylik oshirishga. Ishilarni qilaveringlar 😃😅
#hazil
@UmarSadullayev
"React.js esingizdami? Shu tugatilibdi..." — deb gap boshlaymi?)
#hazil
@UmarSadullayev
Marketpleyslarni kallasi ishlasa foydalanuvchi yig'ib olishni ayni payti kecha va hozir edi.
#uzum
@UmarSadullayev
AI -> SI
Qanchalik uddalashar ekan AI ismini o'zgartirishni?
Elon Musk ham SpaceX AI'ni SpaceX SI deb nomlayotgan ekan.
O'zbeklar tortishmasin deyishdimikin yoki?
#ai #si
@UmarSadullayev
Sizlar ham sezasizlarmi? Istalgan AI agentga birinchi marta kattaroq kodingizni “review” qildirsangiz, doim xato topadi 😄
Topgan xatosini tuzatib, kodni boshqa agentga bersangiz, u ham yana nimadir topadi. Hali birorta agentning “Xato topolmadim” deganini ko‘rmadim.
Instruksiyalarni yaxshilab tekshirib chiqishim kerak, shekilli.
#ai
@UmarSadullayev
Kecha safarim davomida Susan ning Stanford GSB’dagi suhbatini tingladim. U DOJ’da — AQSh Adliya vazirligida ishlagan davrini eslab, yosh data scientistlarni davlat sektoriga jalb qilish unchalik qiyin bo‘lmaganini aytadi.
Yosh mutahassislarning ko‘pchiligini faqat maosh emas, qilayotgan ishining ma’nosi va jamiyatga ta’siri motivatsiya qilgan. Ular shunchaki ma’lumotlarni tahlil qilishni emas, balki muhim qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishni xohlashgan.
Menimcha, jamiyat boyib, odamlarning bazaviy ehtiyojlari tobora ko‘proq qondirilgani sari, faqat oylikka qarab ish tanlamaydigan, o‘ziga yaqin missiya va mazmun izlaydigan yoshlar kogortasi ham kattalashib boradi.
Bunday avlod uchun “qancha to‘lashadi?” dan ko’ra, men qanday o’zgarish qila olaman degan savol muhimroq bo’ladi.
http://youtu.be/lNsl76AD1kE
@paiziev24
Ba'zi "muommo"lar siz e'tibor berganingiz uchungina mavjud.
#fikr
@umar_shares
Eng qiziq va foydali savol egasiga Hacker'lik bo'yicha 2 ta kitob sovg'asi bor. Saud aka bergan kitoblardan ozgina qolgan edi.
#sovga
@UmarSadullayev
Yaxshi yangilik ham bor.
Notarius deb nimani qistirib ketganimni sezdingiz a?)
Uy oldik, Xudoga shukur. Qarashgan hammaga rahmat. Ko’chishni reja qilyapmiz 1 haftadan keyin.
Suyunchi yuboraman deganlarga karta raqamim 🌚:
5614 6885 1817 9907
#uy
@UmarSadullayev
Oxirgi kunlarda davlat xizmatlariga ko'p ishim tushdi. Notarius, davlat banklari va hokazo.
90% holatda dasturda xatolik bilan ishimiz kechikdi, rad qilindi va hokazo.
Rosa alam qilarkan. Bunday jiddiy joylarda loyihalar ham jiddiy qaralishi kerak. Hali ishlashi shunaqa ahvol bo'lsa, xavfsizligi qanchalik ekan?
Sababini ham bilaman buni, siz ham bilasiz.
#fikr
@UmarSadullayev
*Sertifikat olishdan maqsad shunchaki sertifikat olish emas, u talab qiladigan mavzularni yaxshi o’zlashtirish bo’lishi kerak.
Bularni aksariga kompaniyangiz orqali topshira olasiz. Bizda ishxona to’lab beryapti har biriga.
— Sertifikatlarni nimagadir foydasi bormi?
Katta foydasi yo’q. Lekin hozirgi ish bozorida kandidatlarni “qualify” qilish uchun sertifikatlardan foydalanish ommalashsa kerak deb o’ylayman.
#certificate
@UmarSadullayev
Kun qahramonlari
Context: /channel/kunonline/29890
#hazil
@UmarSadullayev
Uyga elektrik keldi. 10 daqiqada 150.000 so'mlik ish qildi. Gap yo'q. Kelib-ketishi bilan 45 daqiqa desak ham, yomon daromad emas. Bu hali kelishtirib, arzonga ishlagandagisi.
Mana shunday usta kasblar ancha kuchayyapti. Yosh avlod bunday ishlardan uzoqda katta bo'lyapti. AI esa ularni ishini olish tugur, yaqiniga ham kelmaydi hali beri.
"AyTi propagandasi tamom, professional ustachilik erasi boshlandi"
#fikr
@UmarSadullayev
— Qaysi ishxona yaxshi deb o'ylaysiz?
— Topilgani.
#hazil
@UmarSadullayev
Sun’iy intellekt bo’yicha doimiy yangiliklarni qayerdan o’qiyapsiz?
Izohga yozib keting, kimga qiziq bo’lsa foydalanadi.
#si
@UmarSadullayev
Deno.js esingizdami? Shu tugatilayotgan ekan.
Sababi butun jamoa Cloudflare tomonidan ishga olinibdi.
Ha mayli, real loyihada ishlatishga ulgurmagandik baribir 😅
#deno
@UmarSadullayev
#layf_hak
Claudedan unumli foydalanish usuli
👆 bunga bir necha sabablar bor ekan.
Eng muhim ikkitasi:
1. Boshida kod yozishdan oldin berilgan Context, review payti berilmasligida. Ficha haqida bergan "spec"ni review payti ham bering. Reviewer nimani tekshirayotganini bilsin.
2. Agent fichada yozilgan har bir yechimni nega yozilganini va to'liq maqsadini yozib borishi va Reviewer'ga shu faylni ham qo'shib topshirish. Istasangiz fayl emas, har bir block kod uchun "context-rich comments" yozdirib borish ham yaxshi yechim. Review tugagandan so'ng esa xohlang izohlarni o'chirib tashlang, xohlang qoldiring va xohlang o'chirib, kerakli qismlarini alohida faylga "ficha" haqida ma'lumot sifatida qo'shing.
#ai
@UmarSadullayev
Nima deb o'ylaysizlar, bizda oylikdan ko'ra shaxsiy missiya va ishdagi o'zining jamiyatiga ta'siriga(impact) qarab ish tanlaydiganlar qanchalik ko'p va qachon bu son oshishi mumkin?
Masalan, katta oylik turganda, o'rtacharoq oylik va jamiyatga ta'sir doirasi kengroq yoki ko'proq tajriba oladigan muhitni tanlaydiganlar.
#fikr
@UmarSadullayev
Juda o'xshash rasmlar a? 😅
#hazil
P.s: Sonnet 5.5 chiqibdi.
@UmarSadullayev
Qani boost qilib ko'raylikchi, kanalda reklamalarni o'chira olamizmikan. Qimor reklamalari chiqayotgan ekan Telegram tomonidan.
/channel/UmarSadullayev?boost
#boost
@UmarSadullayev
Suhbat tugadi, qatnashganlarga rahmat.
Qiziq bo'lsa yozib olingan audiosi mana 👆
(Telegram sifatini buzib yuboribdi)
#askMeAnything
@UmarSadullayev
"Ask me anything" qilamizmi bugun?
Soat 21:00'da shu kanalimizda Jonli efir ketadi. Xudo xohlasa. Savollarni faqat yozma ravishda shu post ostiga qoldiring.
#askMeAnything
@UmarSadullayev
Lekin tan ham olish kerak O'zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishda juda ham oldinga chiqib ketdi. Uncha-muncha davlatda hali my.gov.uz kabi gigant loyihalar yo'q.
Gap yo'q bu tomonimizga. Endi sal sekinlashib sifatni ham parallel olib ketsak bo'ldi 🙂
#fikr
@UmarSadullayev
Ko'tarilib ketsam, "5 yulduzcha edi shu bolaga yozish" demanglar deb oldindan oshirib qo'ydim.
#hazil
@UmarSadullayev