5208
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Backend dasturchimizga Claude orqali savollar va xatoliklar yuzasidan fayl tashlab berdim. Backend'chi agentiga o'qitdi, to'g'irlatdi va manga boshqa fayl qaytardi. Man esa u faylni olib Claude'ga tashladim.
Ana bo'lmasam.
#ai
@UmarSadullayev
Mana bu yaxshi yangilik bo'libdi.
#youtube
@UmarSadullayev
Hozirgi "workflow" ko'rinishi.
Sal xira bo'lib qoldi. Buyerda deyarli har bir qadam uchun alohida "role"lar va "rule"lar bor. Plan uchun alohida, arxitektura uchun alohida va hokazo.
Hozir "Jira ticket"ga link tashlab choy ichib o'tiradigan paytga kelib qoldik.
Bundan keyingi qadamlar "PR" ochish va pipeline tekshirish bilan bog'liq, ularni hali to'liq qo'shmadim.
Bu sxema hamma loyihaga ham tushmaydi. O'zingizga mosini o'zingiz qurasiz.
#aiWorkflow
@UmarSadullayev
Codex'da limit ancha tez keladigan bo'lib qolganmi? Sezyapsizlarmi?
#codex
@UmarSadullayev
Shunaqa gaplar
/channel/khumoyun_codes/970
#hazil
@UmarSadullayev
💭 Taak, savol aniq: Junior'lar ishga olinmasa kelajakda Senior'lar qayerdan paydo bo'ladi?
Shu va shu kabi muhim mavzular bilan Gorgona AI jamoasi "Oyna" deb nomlangan yangi podkastlar seriyasini boshlabdi.
ℹ️ Birinchi mehmon esa ALPHA ta’lim platformasi hammuassisi Alisher Jumaniyozov
Shunaqa sifatli va foydali suhbatlar ko‘payishi tarafdoriman. Vaqtingiz bo‘lsa, suhbatni ochib ko‘rishni tavsiya qilaman.
✅ Suhbatda O'zbekcha subtitrlar ham mavjud.
👉 📹 YouTube’da tomosha qilish
#reklama
@UmarSadullayev
To'ydan.apk ☠️
Kontaktlarimdan biri yuboribdi. Oxiri qani ichida nima bor ekan deb, Claude'ga "reverse engineering" qildirdim.
Dasturlarini o'rnatib olgandan keyin, rasmdagi ishlarni qilishar ekan.
Raqamingizni aniqlash uchun USSD so'rovlar, SMS'larni ilib olish, pul yechilganda bank dasturlarini xabarlarini yashirib turish va hokazo.
Xaromxo'rlar yaxshi o'ylashibdi lekin 😄
P.s.: Izohda to'liq O'zbek tilidagi tahlilni tashlab qo'ydim.
#hack
@UmarSadullayev
Ana bo’lmasam. To’liq o’qib ko’ringlar 😅
#sher
@UmarSadullayev
Jamoada eng kerakli dasturchi — biznesni to'liq tushunadigani bo'ladi.
Ishlayotgan loyihangizni chuqur tushunib oling, ko'proq qadrli bo'lasiz.
#fikr
@UmarSadullayev
3 yil oldin Mobil dasturchilarga Kidtube.uz kabi loyiha qilib beringlar degan ekanman.
Oxiri o'zimiz qilib yubordik. Mobilchilar aktivmasku a 😄
Loyihamiz App Store va Play Marketga chiqadi yaqin kunlarda, Xudo xohlasa. Kuzatib boring.
3 yil avvalgi post: /channel/UmarSadullayev/2105
#kidtube
@UmarSadullayev
Hammadan ham yordam so'rayvermaslik kerak ekan.
#fikr
@UmarSadullayev
AI bilan Frontend uchun React.js'da loyiha qilmayotgan edim. Asosan Angular edi. KidTube.uz'ni React.js'da qildim.
AI orqali React'da loyiha qilish Angular'da qilishdan ozginagina qiyinroq ekan.
Buni Angular'chi bo'lganim uchun aytayotganim yo'q.
React.js'da loyiha qilayotgan odam hamma narsani to'liq tushuntirmasa, AI o'tlab ketadi, keraksiz kutubxona yoki "custom" logikalar yozib qo'yadi. Sababi React.js juda ham erkin kutubxona. AI juda ham turli tuman kodlar bilan "Train" qilingan.
Angular esa qat'iy talablarga va "convention"larga ega. Kutubxonalar ham juda ko'p emas. Borlari juda chuqur ishlatiladi. AI qarorlari asosan kutilgandek chiqadi.
Demak, React'da loyiha qilmoqchi bo'lsangiz to'liqroq instruction yozish kerak, "Vibe code" qilish yaramaydi.
#fikr
@UmarSadullayev
"Layoff" bo'lganlarga 2 ta dona tavsiyam
1. Ketadigan joyingizdan doim eshikni chiroyli qilib yopib keting.
2. Layoff payti olgan emotsiyalaringizni o'sish uchun sarflang. Bunday paytda "tirik qolish" gormonlari ishlashni boshlaydi. Xavotirlanasiz, siqilasiz. Shu hislar sizni komfort zonadan chiqaradi va yangi narsalar o'rganishga undaydi.
#tavsiya
@UmarSadullayev
Bir tanish ishxonamizda 17 ta tajribali bollar ishdan ketishayotgan ekan. Kompaniya ichki rejalari o'zgargani sabab "layoff" bo'linyapti.
Katta qismi Frontend (Angular), Backend (Node.Js), Mobile (Flutter) dasturchilar va UI/UX Dizaynerlar.
Sizlardan iltimos kompaniyalaringiz HR/Recruiter'lariga buni yetkazing. Tayyor, kuchli kandidatlar yerda qolmasin-a 😉
O'zimga bog'lansangiz bepulga yo'naltirib turaman: @umar_sadullayev
#candidates
@UmarSadullayev
Kidtube.uz ga 51 ta "Fiksiklar" nomli multfilm qo'shdik.
Sayt stabil holatga kelyapti.
Hozircha telefon/planshetdan foydalanmoqchi bo'lsangiz sayt orqali kirib, "ярлык" sifatida o'rnatib olsangiz haqiqiy dasturdek ishlaydi (PWA).
Avval topilgan xatoliklar tuzatildi.
Yana takliflar bo'lsa ochiqmiz.
#kidtube
@UmarSadullayev
🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda
Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz!
Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.
Dasturda:
— dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar;
— real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle;
— rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating;
— yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar.
Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.
📅 26-sentabr, 12:00
📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz.
➡️ Ariza topshirish
Claude Opus 5.5 chiqibdi.
Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i.
Batafsil
#claude
@UmarSadullayev
Loyihamizga to‘liq “Agentic Workflow” joriy qilganimizdan keyin 3 oylik natijalarni oldingi 3 oy bilan solishtirdik.
Natija: ~26% ko‘proq ish bajarilgan. 📈
Qizig'i — jamoada 1 ta dasturchi kam bo‘lgan holatda. (Lay-off sabab 😢😅)
Loyiha katta Enterprise loyiha bo'lgani sabab ko'rsatkichlar haddan tashqari katta emas. Lekin biznes uchun katta natija shu ham.
#ai
@UmarSadullayev
HTTP Query metodi chiqibdi, xabarsiz qolibman.
Iyunda chiqqan ekan.
Ishlatib ko'rganlar bormi?
Biz "complex filter"lar uchun asosan "POST" ishlatar edik. Endilikda bunday holatlar uchun HTTP Query metodini ham ishlatsa bo'lar ekan.
Hozircha "production" uchun tavsiya bermayman.
Batafsil
#httpQuery
@UmarSadullayev
Kim AyTi'dan tashqari nima ish qilyapti?
#savol
@UmarSadullayev
Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayotgan ekanlar.
Hozir aktiv "development" jarayonida. Kimga qiziq bo'lsa marhamat.
/channel/farrukhme/145
#cs2
@UmarSadullayev
Agar siz talaba bo‘lsangiz va backend yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz, men bu imkoniyatni aslo e’tiborsiz qoldirmas edim.
Yandex Uzbekistan bepul Dev Camp dasturiga ishtirokchilarni qabul qilmoqda. Uch hafta davomida 10 oktyabrdan 31 oktyabrgacha – dastur Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
🧑💻 Dasturda backend, algoritmlar va AI yo‘nalishlari o‘rgatiladi.
Lekin men uchun bu yerda yanada qiziqarli jihat bor.
Ishtirokchilar Yandex muhandislari va jamoa rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi. Eng yaxshi ishtirokchilar esa amaliyotga qabul uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Ya’ni bu shunchaki sertifikat olish mumkin bo‘lgan navbatdagi kurs emas.
O‘zingizni kompaniyaga ko‘rsatish uchun ham imkoniyat bor.
Shu bilan birga, dasturga kirish talabi ham unchalik yuqori emas. U asosan IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda bitirganlar uchun mo‘ljallangan. Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.
Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Agar siz O‘zbekistonning boshqa hududidan bo‘lsangiz, saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi Yandex tomonidan qoplanadi.
🤩 Va ha, ishtirok — bepul.
👉 Ariza topshirishning oxirgi muddati — 30 sentyabr.
Ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.
Agar backend yo‘nalishida o‘zingizni sinab ko‘rish haqida anchadan beri o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, boshlash uchun ayni vaqt.
@UmarSadullayev
Kompaniyalarga taklif
Bir martalik oldindan to‘lov evaziga kompaniyalarga 6–12 oylik hamkorlik taklif qilaman.
Nimalarda foydali bo‘la olaman:
1. Frontend Team Lead — yarim stavkada
2. Jamoaga AI integratsiya qilish va AI’dan samarali foydalanishni o‘rgatish
3. Bloglarimda kompaniya reklamasi — uzoq muddatli ambassadorlik
4. Frontend, AI va IT yo‘nalishidagi boshqa xizmatlar
Nega aynan bir martalik to‘lov?
Hozir uy olish arafasidaman va bizga mos variantlarga taxminan $5–10 ming yetmayapti. Shu sabab, balki mening tajribam va auditoriyam kompaniyangizga foydali bo‘lar, evaziga esa uzoq muddatli va hamyonbob xizmat uchun to‘lovni oldindan kelisharmiz, degan fikrda ushbu postni yozyapman.
Qiziq bo‘lsa, taklif bilan shaxsiyga yozishingiz mumkin. Shartlarni individual kelishamiz.
Bog’lanish: @umar_sadullayev
#taklif
@UmarSadullayev
Bir joyda qotib qolish — qulash bilan barobar. Ayniqsa hozirgi bozor va iqtisodda.
#fikr
@UmarSadullayev
Avval g'oyadan ko'ra uni ijrosi qiyin edi. Hozir ijro oson, g'oya va uni sota olish avvalgidan ham qiyinroq.
#fikr
@UmarSadullayev
Bir model yoki agentda qilolmagan ishingizni boshqasida bittada qilgan vaziyatingiz bo'lganmi?
Izohga yozib keting.Qilolmagan: —
Qilgan: —
Sababi: —
Vazifa: —
#ai
@UmarSadullayev
Bir tanishim topshirgan kompaniyadan kelgan javob.
FYI
#ai #cloud
@UmarSadullayev
Tepadagi "layoff"ni to'g'ri tushuninglar.
17 ta odamni oyligi kamida 25-30ming$ bo'ladi. Har qanaqangi O'zbek kompaniyasi uchun bu katta summalar.
Ichki re'jalar, loyihalar va byudjet kabi narsalar majbur qiladi ba'zan.
O'zim ham bir necha yil avval shunday kichik "layoff"ga tushganman. Shunchaki byudjetni qisqartirishgan.
"Layoff" bo'ldi degani hayot tugadi degani ham emas. Xudo xohlasa, yaxshi ishlar chiqadi hammasiga.
"Dasturchilik o'ldi" deyotganlarni gapida jon bormi? Unchalikmas. Ammo, AI bor ekan an'anaviy eski dasturchilik bo'lmaydi endi. AI'ga moslashish jarayoni ketmoqda kompaniyalarda.
#fikr
@UmarSadullayev
Shu o'yinni o'ynaganlar bormi? ⚽️
Mazza edi-da...)
#nostalgia
@UmarSadullayev
AI haqida ikki yarim soatli jonli efir qilgandik esingizda bo'lsa.
Post u haqida emas. Post mana bu rasmdagi statistika haqida.
Biror sohaga, biror ilmga kirishganlar qanchalik ko'pligiga va vaqt o'tgan sari qanchasi oxirigacha borishiga misol bu.
Bu yo'lda birinchi boshlash yoki borish muhim emas, muhimi oxirigacha borish.
#fikr
@UmarSadullayev