adkham_zokhirov | Unsorted

Telegram-канал adkham_zokhirov - Adkham Zokhirov

1751

I'm Adkham Zokhirov MSc in Artificial Intelligence | AI Team Lead @ Mohirdev | Google Developer Expert for AI

Subscribe to a channel

Adkham Zokhirov

AI agentlar dasturlaşni har qaçongidan tezroq özgartirmoqda.

Bir yil oldin “AI bilan kod yoziş” deganda avtotöldiriş tuşunilardi. Bugun dasturçilarimiz Claude Code va Codex’ga butun vazifalarni topşirmoqda: yangi funksiyalar, refaktoring, testlar, migratsiyalar.

Bu tezlik bizni bitta savol oldiga qöydi: jamoamiz AI agentlardan aslida qanday foydalanmoqda?

• Qaysi vazifalar AI’ga topşiriladi, qaysilari hali qölda bajariladi?
• Qaysi promptlar yaxşi işlaydi, qaysilari vaqt va tokenni bekorga sarflaydi?
• AI yozgan kodning qaysi qismi köproq tekşiruv talab qiladi?

Şu sababli dev jamoamizning AI agentlardan foydalanişini kuzatib boriş tizimini quryapmiz.

Maqsad kuzatuv emas, birgalikda örganiş va AI’dan samarali foydalaniş.

Fikringizni bilmoqçiman:
• AI’ga nimani topşiriş mumkin, nimani mumkin emasligi böyiça qoidalaringiz bormi?
• AI yozgan kod production’ga çiqişidan oldin qanday tekşiriladi?

Fikrlaringizni izohlarda yozing

P.S. Postning inglizça versiyasi LinkedIn’da

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Kofe ustida networking jarayonida bir Googler bilan suhbatlashib qoldik. U hozircha ommaviy kirish yopiq va bloklangan (blocked) Claude Fable 5 modelini qanday run qilishni koʻrsatdi

PS: Bu imkoniyat hozirda GDElar uchun ochiq.

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tadi

25–26-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton tashkil etiladi.

Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar 48 soat davomida jamoalar bilan ishlagan holda sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiqadi va o‘z g‘oyalarini amaliy mahsulot darajasiga olib chiqish ustida ishlaydi.
Xakaton davomida mentorlar ko‘magida loyihalarni takomillashtirish, ularni taqdim etish hamda keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyati yaratiladi. Eng kuchli jamoalar esa 2026-yil yozida bo‘lib o‘tadigan Idrock Startup Accelerator dasturiga saralash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Shuningdek, g‘olib jamoalar SQB va SQB Ventures tomonidan taqdim etiladigan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Mazkur xakaton g‘oyani haqiqiy mahsulotga aylantirishni istagan yoshlar uchun muhim amaliy maydon bo‘lib xizmat qiladi.
🗓 Sana: 25–26-aprel, 2026-yil
📍 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-build-with-ai-fintech-hackathon/

Barcha ishtirokchilar t.me/bwai_community Telegram guruhiga qo‘shilishlari mumkin.

@gdgtashkent

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Tech Assistant qidiryapman

AI, engineering va yangi texnologiyalarga qiziqadigan, birga o‘sishni xohlaydigan insonni qidiryapman.

Bu rol orqali siz:
• yangi AI tool’larni research va test qilasiz
• kichik prototiplar (vibe coding) qilasiz
• har hafta kamida 2 ta mentoring meeting orqali yangi texnologiyalarni o‘rganasiz

Talablar:
• English B2+
• Critical thinking va engineering mindset
• AI tools bilan ishlash tajribasi

Ariza berish uchun:
https://forms.gle/t9RiNQauxLFjGXQK6
Deadline: 21-mart

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

AI coding agentlar uchun Stack Overflow kabi platforma kerak deb o‘ylayman.

AI kod yozuvchi agentlar soni tez oshmoqda. Ammo ular duch kelayotgan muammolar, xatolar va eng yaxshi yechimlar ko‘pincha yopiq tizimlar ichida qolib ketmoqda.

Shuning uchun AI agentlar uchun Stack Overflow’ga o‘xshash knowledge-sharing platforma paydo bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.

Nega?

• Bir xil xatolarni qayta takrorlamaslik - agentlar o‘zlari duch kelgan muammolarni va yechimlarni ulashishi mumkin
• Yaxshi prompt va strategiyalarni jamlash - qaysi yondashuvlar ishlayotganini ko‘rish mumkin
• Agentlar orasida tezroq learning cycle - har bir yangi tajriba boshqalarga ham foyda beradi

Bugun developerlar uchun Stack Overflow qanday rol o‘ynasa, kelajakda AI agentlar uchun ham shunga o‘xshash platforma kerak bo‘lishi mumkin.

Siz nima deb o‘ylaysiz?

👇 Fikrlaringizni kommentariyada yozing.

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Biz Sun’iy intellekt (AI) yechimlari ustida ishlashni yangi bosqichga olib chiqmoqdamiz va jamoamizga kuchli mutaxassislarni qidiryapmiz.

Ochiq vakansiyalar bilan tanishing va ariza topshiring:
👉 https://mohirdev.ai/careers

Eslatma: Nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini AI (Sun’iy intellekt) amalga oshiradi! 😉

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

https://www.youtube.com/watch?v=qiuxLgkD7NU

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Jonli efir: AI bilan MVP loyiha quramiz va deploy qilamiz

Stream davomida:
• AI Studio yordamida MVP loyiha quramiz
• Vibe coding formatida bosqichma-bosqich yozamiz
• AI’dan to‘g‘ri foydalanish flow’ini ko‘rsataman
• Loyihani deploy qilib, production holatiga chiqaramiz

Agar AI bilan tez prototip qilish va MVP chiqarish sizga qiziq bo‘lsa albatta qo‘shiling

YouTube: zokhirov" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@zokhirov

Boshlanish vaqti: 21:30

Savollar va takliflarni kommentda qoldiring

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Xarita.ai: AI'dan kattaroq maqsadlar sari!

Biz loyihani boshlaganimizda asosiy urg‘u Sun'iy Intellekt (AI) ga qaratilgan edi. Lekin 15 kun ichida 5000+ o‘quvchi va aktiv userlar shuni ko‘rsatdiki, bizning yoshlar boshqa sohalarga ham chanqoq.

Hozirda Xarita.ai'da AI bo‘yicha roadmaplar bor, lekin biz to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Tez orada platformaga yangi IT kasblari qo‘shiladi.
Lekin bu roadmaplarni sifatli bo‘lishi uchun bizga o‘z ishining ustalari (Seniorlar va Expertlar) kerak.

Agar siz ham o‘z bilimingizni boshqalar bilan ulashishga tayyor bo‘lsangiz, safimizga qo‘shiling:
https://forms.gle/t2CvsDUFu7a1UQSx9

Videoda batafsil: https://youtu.be/LB1d88nCt4Y?t=169

Ushbu xabarni soha mutaxassislariga ulashing va izohlarda kim bu loyihaga hissa qo‘sha oladi deb o‘ylaysiz o‘shalarni belgilang (tag qiling)!

@xarita_ai

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

AI bilan dasturlash samaradorligini oshirishning asosiy 3 qoidasi:

Brainstorming: Bir vaqtda bir nechta AI modeli bilan ishlash.
Review: Kodni line-by-line tekshirish.
Context: Arxitekturani to‘liq tushuntirish.

Kechagi uchrashuvdan parcha: https://youtu.be/WvQBFNGaDuc

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

https://meet.google.com/koh-teds-rai

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Jonli uchrashuv!

Sana: 16-Yanvar (Juma)
Siat: 21:00 (Toshkent vaqti)

Mehmonimiz — Shokir Pardaev,
Intel kompaniyasida Senior ML Engineer.

Uchrashuv to‘liq Q&A formatida o‘tadi.

Agar AI/ML, Data Engineering yoki Big Tech’da ishlash bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldiring, biz ularni jonli efirda beramiz 👇

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

"Xarita.ai" loyihasi...

Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi.

Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor:
- Dasturchilar uchun
- Oddiy Foydalanuvchilar uchun

Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL!

Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇

Saytga o'tish: https://xarita.ai
Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU

Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing!

(P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!)

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

spoiler

Coming soon!

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

GDG DevFest Baku 2025 tadbiriga spiker sifatida taklif etishdi. Tashrif davomida bir nechta AI startaplar hamda naic.az Ozarbayjonning Milliy Sun’iy Intellekt Markazi bilan uchrashuvlar o‘tkazdim.

Uchrashuvlar davomida mintaqadagi AI ekotizimi bo‘yicha bir nechta shaxsiy xulosalar shakllandi:

- Sifatli datasetlar yetishmasligi barcha loyihalarning asosiy muammosi bo‘lib qolmoqda.
- Raqamlashtirish jarayonlarining sustligi sababli ko‘plab ma’lumotlar hali tartiblangan raqamli ko‘rinishda mavjud emas.
- Tashkilotlar orasida standartlashgan data yig‘ish va almashish tizimlari hali to‘liq shakllanmagan.
- Mahalliy til va dialektlar bo‘yicha lingvistik resurslar kam, bu esa modellarning mahalliylashtirilgan versiyalarini yaratishni qiyinlashtiradi.

Bu jarayonlar nafaqat Ozarbayjonga, balki mintaqadagi ko‘plab davlatlarga xos umumiy holat ekanini yana bir bor tasdiqladi. AI rivoji uchun eng muhim va hal qiluvchi omil - mustahkam data ekotizimini yaratish.

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

O‘zbekistondagi AI ekotizimi haqida savol

Sizningcha, O‘zbekistondagi eng kuchli AI mutaxassislar kimlar?

Shuningdek:
- Top AI/ML muhandislar
- AI bo‘yicha kuchli mentorlar yoki researcherlar
- AI haqida sifatli kontent qiladigan blogerlar / creatorlar

Kimlarni bilasiz? kommentariyada yozib qoldiring. 👇

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Hozir Google I/O Connect Berlin 2026 tadbiridaman. Dunyoning turli davlatlaridan kelgan developerlar, AI ekspertlari va innovatorlar bir joyda jam bo‘lgan.

Kelgusi kunlarda eng qiziqarli yangiliklar, backstage lavhalar va Google ekotizimidagi yangilanishlarni ulashib boraman.

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

BUGUN 16:00 da Jonli Efir

Mavzu: “AI davrida developerlar va founderlar roli qanday o‘zgaradi?”

Suhbat davomida AI texnologiyalari mahsulot yaratish jarayonini qanday o‘zgartirayotgani, developerlar va founderlar uchun yangi imkoniyatlar va global texnologiya trendlarini tahlil qilamiz

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Vibe coding haqida fikrim

Universitetda o‘qib yurgan kezlarimiz ustozlarimiz bir gapni ko‘p takrorlashardi: "Kodga doim izoh (comment) yozinglar! Bu kodni tushunarli qiladi va kelajakda 'legacy' kodlar bilan ishlashni osonlashtiradi."

Hozirga kelib, bu ko‘nikma yangi darajaga chiqdi. Claude, Gemini kabi sun'iy intellekt (AI) modellari aynan "Comment to Code" tamoyilida ishlayapti. Siz izoh yozasiz, AI esa unga mos kodni generatsiya qilib beradi. Oson, shunday emasmi?

Ammo hozir dasturchilar ikkiga bo‘lingan:
• AI yozgan kod - bu kelajak va u juda zo‘r.
• AI yozgan kod - sifatsiz va xavfli.

Asl muammo nimada?
Bilasiz, AI o‘z bilimini GitHub va internetdagi ochiq kodlar bazasidan oladi. Bu kodlarning katta qismi esa Junior yoki Middle darajadagi dasturchilar tomonidan yozilgan. Ularning hammasi ham "Clean Architecture" yoki "SOLID" prinsiplariga to‘liq javob bermasligi mumkin.

AI mana shu ma'lumotlar asosida "train" bo‘ladi (o‘qiydi). Agar manba sifatsiz bo‘lsa, AI taklif qilayotgan yechim ham arxitektura jihatidan zaif bo‘lishi tabiiy.

Yechim qanday?
Biz AIdan foydalanishni to‘xtatmasligimiz, aksincha, uni "tarbiyalashimiz" kerak. AI yozgan kodni ko‘r-ko‘rona qabul qilmasdan, uni review va refine (qayta ishlash) qilishimiz shart.

Bu ikki tomonlama foyda:
• Loyihamiz sifati buzilmaydi.
• Bizning tuzatishlarimiz orqali AI to‘g‘ri kod yozishni o‘rganib boradi.

Kelajakda AI shunday darajaga yetadiki, u o‘zi mukammal arxitektura va toza kod yoza oladi. O‘shanda biz arxitektura haqida kamroq qayg‘urishimiz mumkin. Ungacha esa, kod sifatini nazorat qilish bizning qo‘limizda!

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

"Vibe Coding" streamimiz o'z nihoyasiga yetdi.

Biz qanday yo'ldan bordik?
• Google AI Studio: Kod yozish, dizayn va mantiqni to'liq sun'iy intellektga topshirdik.
• Cloudflare Pages: Tayyor loyihani (front qismini) internetga mutlaqo bepul va tezkor joylash (deploy) uchun foydalandik.

Agar siz ham o'z frontend loyihalaringizni bepul hostingga joylashni o'rganmoqchi bo'lsangiz, bu usulni albatta o'rganib chiqing.

Natija: https://veyra.uz

P.S. Efir tez orada YouTube kanalimizga yuklanadi. Kuzatib boring!

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Spoiler

zokhirov" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@zokhirov

Tez orada Jonli efirni boshlaymiz.

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

1K bo'ldik!

Youtube kanalimizda 1000 nafar hamfikr inson yig'ildi!

Shu munosabat bilan, Yakshanba kuni soat 21:30 da maxsus jonli efir (stream) o'tkazamiz.

Efirda nimalarni muhokama qilishni xohlaysiz?
• Karyera va rivojlanishmi?
• Shaxsiy tajribalarmi?
• Yoki texnik mavzularmi?

Fikrlaringizni kutaman 👇

Youtube: zokhirov" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@zokhirov
Telegram: @adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Xarita.ai ishga tushganiga endigina 15 kun bo‘ldi, natijalar esa kutilganidan ham a'lo! 🔥

Qisqa vaqt ichidagi statistika:

👁 35k umumiy ko‘rishlar soni;
👥 5,000+ ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar;
📈 Kuniga 150-200 nafar doimiy faol o‘quvchi (DAU).

Xarita.ai loyihasi kutilganidan tez o‘smoqda (kunlik 200 ga yaqin aktiv o‘quvchi). Shu sababli, hammasini tartibga solish uchun Rasmiy Kanal ochdik.
Hozirgina u yerda yangi post chiqdi. Loyiha rivojini o‘tkazib yubormaslik uchun albatta ulanib oling.

Batafsil pastdagi postda

/channel/xarita_ai/4

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

https://youtube.com/live/iYUXJLVsnK0

Youtube - Test tariqasida

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Bugun soat 21:00 (Toshkent vaqti)
mehmonimiz Shokir Pardaev (Intel, Senior ML Engineer) bilan jonli Q&A shaklda uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- Big Tech (Intel)da ML Engineer bo‘lish tajribasi
- AI / ML va Data Engineering’da real production muammolar
- Kerakli skill’lar, tool’lar va roadmap
- PhD va industry ML o‘rtasidagi bog‘liqlik
- Siz yuborgan savollarga jonli javoblar

📍 Platforma: Google Meet
🔗 Meeting link birozdan so‘ng shu kanalda ulashiladi.

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Ko'pchilikda Telegramning ichki brauzerida sayt to'liq yuklanmasligi kuzatilyapti.

Yechim: Platforma xatosiz ishlashi uchun uni Google Chrome yoki Safari brauzerida ochishni maslahat beramiz.
(Telegramda linkni ochganda yuqoridagi 3 nuqtani bosib "Open in Chrome" tanlang).

Shuningdek, platformadan to'g'ri foydalanish bo'yicha qisqa qo'llanma bilan tanishib chiqing:
Qo'llanma: https://xarita.ai/guide

Eslatma: Saytda O'zbek tilini tanlash imkoniyati ham mavjud (Tepada 🇺🇿 tugmasi orqali).


P.S. Barchaga qo'llab-quvvatlov uchun KATTA RAHMAT!
Loyiha e'lon qilinganiga endigina 24 soat bo'lgan bo'lsa-da, 15,000 martadan ortiq ko'rildi.

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Quanta.uz — Videolaringizni "gapirtiring"!

Shunchaki kiring va sun'iy intellekt kuchini sinab ko'ring. Hozirda barcha funksiyalar ochiq va test qilish uchun tayyor.

Link: quanta.uz
video qo'llanma: https://youtu.be/cSS5iNzSuoY

PS: "vibe coding" with Gemini

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

Bugun ko‘plab nomzodlar o‘zini AI Engineer deb tanishtiryapti. Ammo rezyume va loyihalarini ko‘rsak, aksariyat hollarda faqat 3rd-party APIlardan foydalanish va prompt engineering bilan cheklanayotganini ko‘ramiz.

Bu yomon emas. Ammo bu yo‘l sizni ko‘proq AI Integrator roliga yaqinlashtiradi.

AI Integrator mavjud modellarni API orqali ulash, jarayonlarga qo‘shish va tizim yaratish bilan shug‘ullanadi.
AI Engineer esa modelni fine-tuning qilish, optimallashtirish, quantize qilish, custom pipeline yaratish, ya’ni haqiqiy texnik muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi.

Agar siz engineering yo‘lidan ketmoqchi bo‘lsangiz modelning ichki arxitekturasi, training jarayoni va optimallashtirishga e’tibor bering.

P.S. Eng qiziq joyi - sizlar uchun tayyorlayotgan AI Roadmap deyarli tugadi. Yaqin kunlarda ulashaman.

P.P.S. AI’ni integratsiya qilishni bilish, tayyor modellardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish - hozircha hech narsa qilmay yurishdan ming baravar yaxshi. “Qayerdan boshlayman?” deb 2026-ni kutib o‘tirmang. Bugun boshlang, hatto eng kichik qadam bilan bo‘lsa ham.

@adkham_zokhirov

Читать полностью…

Adkham Zokhirov

https://aistudio.google.com/

Читать полностью…
Subscribe to a channel