asaxiybooks | Unsorted

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

21187

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot 📍Do‘kon manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ 📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Subscribe to a channel

Asaxiy Books

Nega ba’zi mamlakatlar boy va boshqalari kambag‘al?

Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinsonning “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi xalqlarning iqtisodiy muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilovchi omillarni ko‘rsatib beradi. Chuqur tahlil va misollari bilan kitob ko‘pchilikka yoqqan va doimiy bestseller bo‘lib qolmoqda.

Mualliflar bir qator tadqiqotlar orqali siyosiy institutlar, iqtisodiy siyosat va millat taqdirini belgilovchi madaniy omillarning o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Kitob an’anaviy qarashlarni shubha ostiga qo‘yadi va nega ba’zi mamlakatlar gullab-yashnashi, boshqalari esa qashshoqlikda qolayotgani haqida yangicha nuqtayi nazarni taklif qiladi.

Kitob ilk bor o‘zbek tilida chiqqaniga bugun 3 yil to‘ldi.
Kun munosabati bilan narxi: 89 000 so‘m 60 000 so‘m


Kitob haqida ma’lumot va chegirmada buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/tanazzul_sabablari

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Insoniyat shu kungacha turfa fojialarni, iztiroblarni boshdan kechirdi. Ammo ular orasida o‘z qo‘li bilan yasab, o‘zi uchun nihoyatda katta jabr yetkazgani nisbatan kam. Ularning eng oldi qatorlarida Chernobil yadro fojiasi tursa kerak. Uning yaqin tarixda ro‘y bergani, zamonaviy ilm-fan ham unga qarshi tura olmagani bilan alohida ahamiyatli.

Ana shu katta texnogen fojianing ilmiy, siyosiy, texnik va tibbiy tomonlarini ko‘pchilik o‘rgangan, filmlar qilishgan. Ammo uning insoniyat ruhiyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’siri deyarli o‘rganilmagan. Bu ishni esa mashhur belarussiyalik yozuvchi Svetlana Aleksiyevich qilgan. "Chernobil tavallosi" yadro portlashning, nukled zarralari va atom nurlanishning inson qalbiga zarari haqida hikoya qiladi. Ha, to‘g‘ri tushundingiz. Aynan shunday.

Sovet ittifoqining yolg‘on ustiga qurilgan hokimiyati, inson qadri zarracha e’zozlanmasligi, har bir harakatda, voqelikda o‘ziga Amerika va G‘arb mamlakatlari bilan poyga yasab olishi naqadar og‘ir ahvollarni keltirib chiqargani oddiy, sodda va vatanparvar insonlarning tuyg‘ulari orqali ochib berilgan. Mamlakatdagi ahvol qanchalik yomonligini radiatsiya hududida o‘zi ozod his etgan ko‘plab sovet odamlari misolida ham anglash mumkin. Radiatsiya hududidan ketishni istamagan odamlar, u yerga takror ishlash uchun borishni xohlagan odamlar buni o‘zlari bayon etishadi.

Odamlarni aldash yoki majbur qilish orqali ayni o‘limga yuborish, nurlanish, atom zarralar bisyor hududda yillab ishlatish kimlarni bolasidan, otasidan, oilasidan, sevgisidan ayirgani o‘sha ishtirokchilardan har birining o‘z tilidan hikoya qilinadi. Har kimning o‘z fojiasi bor…
Har bir Chernobilchining qahri qattiq insonlarni-da takror-takror yig‘latadigan fojialari bor…


"Chernobil tavallosi" uchta katta bobga bo‘lingan.

▪️O‘liklar zamini
▪️Mavjudotlar gultoji
▪️Qayg‘udan hayratlanish

Va har bir bob ichida o‘nlab insonlar – Chernobil atom yadrosida turli kasb hamda pozitsiyada turib qatnashgan odamlar hikoyasini jamlaydi.

Bu uch bobga kiritilmagan, alohida holda berilgan "Yolg‘iz odam ovozi monologi" esa alohida bir mavzu, alohida bir iztirob. O‘qirkansiz ichingizdan yig‘i toshib chiqaveradi, chiqaveradi.

Asarda hikoya qiluvchilardan biri aytganidek, ular hech nimaga tayyor emasdi. Xavf desa tasavvurida umuman boshqacha shakllar paydo bo‘ladigan kishilar edi va shuning uchun ham qurbonlar karrasiga ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.

"Biz xavf tug‘diradiganlar faqat dushmanlar deb o‘rgatilganmiz. Bizning nazdimizda atomlar samolyotdan tashlanishi, hamma yoq yonishi, portlashi kerak edi. Biz yillar davomida shunga tayyorlanganmiz. Hozirgi vaziyatda esa nima qilishni bilmaymiz. Bizga bunaqasi o‘rgatilmagandi…"


Ha, ular bunga tayyor emasdi. Menimcha, insoniyat bunday fojialarga hozir ham tayyor emas.

🕊Telegram 📱Instagram

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sizning tomiringizda nima oqadi?)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Faqat bugun amal qiluvchi chegirma!

Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga - 99 000 so‘m 50 000 so‘m

Zamonamizning eng katta siri shundaki, hali o‘rganilmagan chegaralar va yaratilishi kerak bo‘lgan yangi ixtirolar mavjud. Afsonaviy tadbirkor va investor Piter Til “Noldan birga” kitobida yangi narsalarni yaratuvchi kompaniyalarni qurish usullarini qanday topishimiz mumkinligini ko‘rsatadi.

“Ushbu kitob dunyoda qiymat yaratish bo‘yicha mutlaqo yangi va tetiklantiruvchi g‘oyalarni taqdim etadi”
— Mark Sukerberg, Meta bosh direktori

“Piter Til bir nechta ilg‘or kompaniyalarni qurdi va “Noldan birga” kitobi buni qanday qilishni ko‘rsatadi.“
— Elon Mask, SpaceX va Tesla bosh direktori


Kitob o‘ziga xos go‘yalar, startaplar va innovatsiyalarni qanday yaratish mumkinligini ko‘rsatadi.

Bugun 23:59gacha chegirmada xarid qiling: asaxiy.uz/u/noldan_birga_chegirma

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Икки буюк файласуфнинг китоблари #сотувда

Афлотун: Давлат

Китобда файласуф Афлотуннинг давлат тузуми, адолат, руҳнинг боқийлиги, идеал ҳаёт ва одил ҳукмдор қандай бўлиши зарурлиги хусусидаги фикрлари акс этган. Унинг таъкидлашича, адолат - ўз иши билан шуғулланиш ва бошқаларнинг ишларига аралашмасликдир.

------------------------

Арасту: Ахлоқи кабир

Искандар Зулқарнайнга мураббийлик қилган Арасту асарлари орасида "Ахлоқи кабир" алоҳида ўрин тутади. Арастунинг бу ва бошқа асарларидаги ҳикматлар Низомий, Деҳлавий, Жомий ва Навоий каби Шарқ алломаларининг ҳам меҳр-муҳаббатига сазовор бўлган.

Нашриёт: Янги Аср Авлоди
Нархи: 65 000 сўм | 49 000 сўм
Буюртма учун: Афлотун | Арасту

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Bir kun" kitobi 1 yoshda!

Bugun Asaxiyda tarjima qilingan ilk romantik kitob - "Bir kun" kitobi chiqqaniga 1 yil to‘ldi. Kitob bugungacha ko‘p marta o‘qildi va g‘arbdagi muhabbat, munosabatlar, oila, muhit ahamiyati borasida xulosalar chiqarildi.

"Bir kun" kitobidan izhor o‘rnida foydalanganlar ham bor)


Kitobda 4 yil bitta universitetda o‘qib, bitiruv kuni tanishgan Emma va Dekster hikoyasi bilan tanishasiz. Unda Britaniya jamiyati, insonlarning illatlari-yu fazilatlari tasvirlangan. Shuningdek, romanda yoshlarning qarashlari, dard-hasratlari, odatlari va hayotda o‘z o‘rnini topishga intilishi aks etgan.

O‘zingiz o‘qib xulosa chiqaring: asaxiy.uz/u/bir_muhabbat_tarixi

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Yakshanbaga maxsus taklif - super kitobga 50% chegirma

Savdo bo‘yicha xalqaro ekspert Grant Kardonning "Savdo san'ati" kitobi uchun 1 kunlik chegirma e'lon qilamiz!

Kitobda siz sotish, mijoz bilan muloqot, muzokara san'ati, ishontirish va boshqa zaruriy ko‘nikmalar bo‘yicha bilim olasiz. Kitob mahsulot, xizmat va g‘oyalarni sotish hamda savdo orqali natijalar ko‘rsatishni ham o‘rgatadi.

Sotish, ishontirish va kelishuv qobiliyati rivojlangan shaxs, kasbidan qat'i nazar, uzoqroqqa boradi.


Narxi: 99 000 so‘m
Chegirmada: 50 000 so‘m

Bunday taklif faqat bir kun bo'ladi, xarid qilishga ulguring: asaxiy.uz/u/savdo-sanati

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Бу китоб ҳаммада бўлиши керак.
- Жеймс Клир, «Атом одатлар» китоби муаллифи


Морган Ҳаузел: «Пул психологияси»

Пул бошқаруви одатда математикага асосланган соҳа сифатида ўқитилади. Гўё маълумотлар ва формулалар бизга аниқ нима қилиш кераклигини айтади.

Аммо, ҳақиқий дунёда одамлар жадвал ёки мисоллар ёзилган қоғозда молиявий қарорлар қабул қилмайди. Улар молиявий қарорларни кечки овқат столида ёки шахсий тажрибалар, дунёқараш, ғурур, маркетинг ва бошқа рағбатлар бирлаштирилган йиғилиш залида қилишади.

«Пул психологияси» китоби пулни бошқаришда математик билимлардан кўра инсон хулқ-атвори, кескин паллаларда ўзини тутиши кабилар муҳимроқ эканини тушунтиради. Қолаверса, бойликка тежамкорлик ва камтарлик каби инсоний хислатлар билан эришишни кўрсатиб беради.

Пулни оқилона бошқаришни истасангиз мутолаа қилинг: asaxiy.uz/u/pul_psixologiyasi

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Darsdan soʻng Asaxiyga kelasizmi?

Yaqinda ochilgan Asaxiy Sergeli filialimiz turli til va janrlardagi kitoblar, gadjet hamda boshqa ajoyib mahsulotlar bilan toʻldirilgan. Mashg‘ulotlardan so‘ng dam olaman desangiz albatta tashrif buyuring 🤗

Doʻkonga qanday borishni video orqali koʻring va bugun mehmonimiz boʻling.

Har kuni 22:00gacha shu manzilda kutamiz: Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 1A

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Smartfonga bogʻlanganingizni koʻrib kitoblar hayratda😁

Supurgi uni tinchlantirishga harakat qildi, endi sizning navbatingiz. Qoʻlingizga kitob oling va oʻqishni boshlang)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bunisi ham yoqadi!

Jyul Vern ijodi va sarguzasht kitoblarni yoqtirsangiz tavsiya siz uchun:
▪️Yoqqanmidi — Kapitan Grant bolalari
▪️Bu ham yoqadi — Dunyo boʻylab sakson kun

Kitoblar uchun havola bu yerda. Faqat oʻzingizga emas, uka-singil yoki jiyanlarga ham sovgʻa qiling)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Rus tilida kitoblar o‘qiysizmi? Unda #yangilik siz uchun

Asaxiyga rus tilida yangi adabiyotlar keldi, tanishib chiqing:

▪️Брайан Трейси: Выйди из зоны комфорта - 109 000 so‘m
▪️Алекс Норт: Тени Теней - 59 000 so‘m
▪️Беккер Джошуа: Дом минималиста - 79 000 so‘m
▪️Майк Омер: Скрытые намерения - 129 000 so‘m
▪️Джон Маррс: Code носители - 109 000 so‘m
▪️Э Л Джеймс: Пятьдесят оттенков свободы - 99 000 so‘m
▪️Джонатан Сафран Фоер: Жутко громко & запредельно близко - 139 000 so‘m
▪️Марина Александра: Закон трех отрицаний - 79 000 so‘m

Rus tilida kitob o‘qish so‘z boyligingizni oshirish bilan birga umumiy til ko‘nikmalarini ham yaxshilaydi. Mutolaa qiling va natijasiga guvoh bo‘ling.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kitobsevarlar uchun ajoyib yangilik!

“Raqamli qalʼa” va “Factfulness” kitoblari qattiq muqovada, “Beparvolikning nozik sanʼati” kitobi esa yumshoq muqovada sotuvga chiqdi. Endi har 3 kitobni oʻzingizga qulay shaklda xarid qilishingiz mumkin.

✨ Den Braunning “Raqamli qalʼa”si sizni kiberhujum va maxfiy kodlar olamiga, raqamli josuslikning murakkab sohasi boʻylab hayajonli sayohatga olib boradi.

💡 Hans Roslingning kitobi aniq maʼlumotlarga tayanib, global taraqqiyotni yanada optimistik va faktlarga asoslangan koʻz bilan koʻrishni oʻrgatadi.

🔥 “Beparvolikning nozik sanʼati” esa haqiqatda muhim boʻlgan narsalarga eʼtibor qaratib, toʻlaqonli hayot kechirish boʻyicha yoʻl-yoʻriq beradi.


Kitoblar bilan tanishing va tanlab, buyurtma bering: asaxiy.uz/u/66dfca28ccb13

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Rejalagan xaridlaringizga oozginagina yetmay qolsa, alam qiladi-a)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Haftalik reyting bilan tanishing

Sentyabr oyining ilk reytingiga koʻra “Talaba” kitobi birinchi oʻrinda qolmoqda. Oʻtgan hafta bilan solishtirganda, “Diqqat” kitobi roʻyxatdan chiqib, oʻrniga “Beparvolikning nozik sanʼati” kitobi qoʻshildi.

Top 5 kitoblar:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati
4. Mey Mask: Rejali ayol
5. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma

Kuz faslini qaysi kitob mutolaasi bilan boshladingiz? Izohlarda yozing✍️

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Результаты конкурса:

Победители:
1. Bek
2. Ch.M
3. Ravshan
4. Jasur
5. Taraqqiyot
6. Euphoria
7. Maftunichka
8. Nazarbek
9. Ilhom.
10. ꯭𝙻᭄꯭᭳𝚊᭄꯭᭳𝚣᭄꯭᭳𝚒᭄꯭᭳𝚣᭄꯭᭳𝚓᭄꯭᭳𝚘᭄꯭᭳𝚗᭄᭳
11. Fendi
12. Asadbek
13. ♡
14. Firdavs
15. M
16. ALISHER
17. dilnoza🦋
18. محبوبة
19. RustambeK
20. ● Alimjonov :)
21. _
22. Doston
23. Ойбек
24. Dilobar
25. Abdulloh
26. Fozil
27. Farrux
28. Lochin
29. .
30. Победитель №30
31. Bek
32. Xurshid
33. Kuku
34. Islom
35. .
36. Unknown person
37. Uzbek Coder
38. Azamov
39. Ma'mirov Diyorbek Nabijonovich
40. Doniyor
41. Ali
42. Ismoil
43. ABC.....
44. Abror
45. Sardor
46. Ozodbek
47. Ulug'bek
48. S
49. Таировна🤍
50. Muhammad Azim

Проверить результаты

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kamchilikni topish uni bartaraf etishga qo‘yilgan ilk qadamdir.

- “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobidan

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Tajribali yo‘lboshchingiz Robert Grin haqida

#muallif

Robert Grin - boshqaruv va muvaffaqiyat mavzularidagi kitoblari bilan mashhur amerikalik yozuvchi. 1959-yil 14-mayda Los-Anjelesda tug‘ilgan. Avval Kaliforniya universitetida o‘qib, so‘ngra Viskonsin-Madison universitetida klassik tadqiqotlar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

Muallif bo‘lgungacha Robert Grin 50ga yaqin joylarda ishlab, qurilish ishchisi, tarjimon, jurnal muharriri va Gollivud film yozuvchisi kabi sohalarda faoliyat yuritgan. Uning "Hokimiyatning 48 qoidasi" nomli ilk kitobi 1998-yilda chop etilgan.

Robert Grin "Hokimiyatning 48 qoidasi", "Ta’sir etish san’ati", "Urushning 33 strategiyasi", "50-qonun", "Mahorat" va "Kundalik qonunlar" kabi kitoblarni yozgan. Uning "Mahorat" kitobi Asaxiy Books loyihasi doirasida tarjima va chop qilingan.

Grinning yozish uslubi o‘zgacha va o‘ylantiruvchi bo‘lib, o‘quvchilarni hokimiyat, munosabatlar va muvaffaqiyat haqidagi taxminlarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kanalda Asaxiy internet-do'koni bilan hamkorlikda tanlov.

50 dona g‘olibga "Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari" kitobini sovg‘a qilamiz. Kitob qarzlardan qutilish, pul orttirish haqida eng muhim tavsiyalarni beradi.

Qatnashish shartlari oson:

- @Valyutalarkursi va @allaevuzb kanallariga a’zo bo‘lasiz

- Tanlovni guruh yoki kanalga bo‘lishasiz

- post tagidagi «qatnashaman» (uchastvuyu) tugmasiga bosasiz.

G‘olibni bot avtomatik aniqlab beradi. G‘oliblar ro‘yxatini 19-sentyabr tunda e’lon qilamiz. G‘oliblarga sovg‘alarini Asaxiy orqali O‘zbekistonning xohlagan nuqtasigacha yetkazib beramiz.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kimga oylik tushdi-yu, qayerda bayram)

Biz kitobxonmiz, qo‘limizga pul tushishi bilan hech tugamaydigan ro‘yxatimizdagi kitoblar xaridiga shoshilamiz. Chunki kitoblarni sotib olish ham alohida zavq beradi.

Oxirgi xarid qilgan kitobingiz qaysi bo‘ldi? Izohlarda kitob nomi bilan bo‘lishing👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Talaba"ni tugatib qoldingizmi?

Haftalik reytingda "Talaba" kitobi 6-hafta uzluksiz birinchilikni qo‘ldan bermayapti. Yangi kitob qiziq bo‘layotganidan xursandmiz☺️


O‘tgan hafta bestseller kitoblar ro‘yxati bilan tanishing:
1-o‘rin: "Talaba" kitobi
2-o‘rin: "Qo‘rqma" kitobi
3-o‘rin: "Rejali ayol" kitobi
4-o‘rin: "Atom odatlar" kitobi
5-o‘rin: "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi

Yangi haftadan mutolaani boshlayman deganlar, bugundan boshlayvering)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kitob “shunchaki” oʻqiladi deb oʻylashadi, aslida esa…

Aslida nima? Jumlani izohlarda davom ettiring👇

Bizning javob: Aslida mutolaa kitobxonga turli hislar va tajribalarni beradi.


@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

“Yoz, qisqartir” kitobi elektron shaklda sotuvda!

📃 Ishi yozish, ishontirish va taʼsir etish bilan bogʻliq insonlar uchun qoʻllanma — “Yoz, qisqartir” kitobi Asaxiy Books ilovasiga joylandi. Endi kitobni smartfonning oʻzidan mutolaa qilishingiz mumkin.

Kitob toʻgʻri va chiroyli yozish, fikrni aniq ifodalash va koʻzlangan maʼnoni oʻquvchiga yetkazishga yordam beradi. Mutolaa orqali soʻzlarni isrof qilmagan holda samarali matnlar yaratishni oʻrganasiz.

Narxi: 19 990 soʻm
Mobil ilova orqali oʻqing: Google Play | App Store

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Миллионер Саҳобалар

Ушбу китобда кўплари йўқчиликни кўрган ва бирмунча вақтдан сўнг бойликка эришган саҳобалар ҳаёти кўрсатиб берилади. Китобдаги маълумотлар саҳобаларнинг бой бўлгандан кейинги даврига тегишли бўлиб, улар бойликни қандай сарф қилганлари ва нималарга эътиборли бўлганларини изоҳлаб беради.

Китоб Муҳаммад Шоҳ Иброҳим ва Комил Умар томонидан нашрга тайёрланган.

Муқова: юмшоқ
Нашриёт: Ҳилол-нашр
Нарх: 85 000 сўм
Саҳифа: 360 бет

Бойликни қандай тасарруф қилиш лозимлигини билиш учун мутолаа қилинг: asaxiy.uz/u/millioner_sahobalar

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Maykl Heppel: Qanday qilib brilliant boʻlish mumkin?

Jismoniy salomatlik, moliyaviy holat, atrofimizdagi insonlar bilan munosabat va muvaffaqiyat iroda kuchiga bogʻliq. Biroq baʼzi paytlarda bizga iroda kuchi yetishmaydi: ilk lahzalarda oʻzimizni boshqaramiz, koʻp oʻtmay his-tuygʻularga berilib, nazoratni yoʻqotamiz.

Stenford professori Kelli kitobda ishni doimiy kechiktirishni toʻxtatishni, diqqatni jamlash va stress bilan kurashishni oʻrganish usullarini batafsil tushuntiradi. Shu bilan birga, iroda kuchini tiklash orqali haqiqatda arzirli ishlar qilishga chaqiradi.

Kitob mutolaasidan soʻng siz:
▪️Oʻz qobiliyatingiz qanchalik past baholayotganingizni tushunib yetasiz;
▪️Iroda kuchi talab qiladigan ishlarni osonlik bilan qilasiz;
▪️Har 5 daqiqada ijtimoiy tarmoq sahifalarini tekshirishni toʻxtatasiz.

Mutolaa qiling va ilmiy asoslangan usullar yordamida rivojlaning: asaxiy.uz/u/66e2b1e08faaf

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Brianna Uest: Olgʻa intil 🏔

Ko‘pchilik o‘zgarish nuqtasiga yeta olmaydi. Sababi - cho‘qqiga chiqish katta jasorat talab qiladi.


Bu kitob inson oʻzini maqsadlarga erishishdan toʻsishi va bu odatni yengish haqida gapiradi. Muallif qoʻrquvga qarshi turish, yomon odatlardan voz kechish va muammolardan oʻsish uchun quvvat olishga undovchi amaliy qadamlar beradi.

“Olgʻa intil” chidamlilik va hissiy barqarorlikni rivojlantirmoqchi boʻlganlarga tavsiya etiladi. Kitob hissiy intellekt va doimiy oʻsishga eʼtibor qaratib, toʻsiqlardan kuch olishni oʻrgatadi.

Muqova: qattiq
Nashriyot: Sarmoya
Narx: 49 000 soʻm
Sahifa: 288 bet

Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/olga_intil

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Birgina rasm va siz kitob haqida umumiy tushunchaga egasiz.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kitoblaringiz sumkangizga joylashmay qolganda eng oson yechim - ularni telefoningizga joylashdir.

Buning uchun hoziroq Asaxiy Books ilovasini yuklab oling va elektron kitob qulayliklaridan bahramand bo‘ling.

Ilovani yuklab olish uchun havola: https://onelink.to/nxtyp6

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Har bir ijodkor ayolga pul va shaxsiy xona kerak


Virjiniya Vulf: Shaxsiy xona

Ingliz adibasi Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona” esse-qissasi ayollar shaxsiy fikrini, oʻzligini erkin ifoda etolmasligi sabablarini ijtimoiy, tarixiy koʻlamda oʻrganadi. Adibaning fikricha, ayollarda isteʼdod bor, ammo sharoit va imkoniyat yetishmaydi.

Ayollarda imkoniyat, mablagʻ va erkinlik boʻlsa, oʻzlarini toʻla namoyon etishlari mumkin. Vulf kitobda oʻzidan avvalgi adibalar — Jeyn Ostin, opa-singil Brontelar, Jorj Eliot kabi ijodkorlarning asarlariga toʻxtaladi va ular yashagan davr muhitini tahlil qiladi.

Muqova: qattiq
Nashriyot: Yoshlar matbuoti
Narx: 39 000 soʻm
Sahifa: 192 bet

Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/shaxsiy_xona

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugun kitobsevarlar to‘plangan bir guruhda "Asaxiy Books" nashriyoti bilan bog‘liq tushunmovchilik bo‘ldi. Izohlardan birida bizning jamoamizda ishlovchi xodimamiz mutlaq o‘z shaxsiy fikrini bildirgan, biroq, afsuski, bu fikrlar kompaniyamiz nomidan yozilgan deb tushunilgan.

Shuni ta’kidlashni istardikki, mazkur xodimaning shaxsiy fikrlari va harakatlari bizning kompaniyamizning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. Biz hamisha ochiqlik, o‘zaro hurmat va professional hamkorlik tamoyillariga amal qilamiz. Biz barcha mijozlarimiz, blogerlar hamda media vakillari bilan sog‘lom va samimiy aloqalar saqlanib qolishini maqsad qilganmiz.

Shu munosabat bilan, ushbu noqulay vaziyat uchun barcha hamkorlarimiz va kuzatuvchilardan uzr so‘raymiz. Bu masala bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz va kelajakda bunday holatlar bo‘lmasligini maqsad qilamiz.

Sizning ishonchingiz biz uchun juda muhim va biz bu ishonchni saqlash uchun doimo harakat qilamiz. Kutilmagan emotsional vaziyatlarda ham biz bilan birgaligingiz uchun tashakkur!

Hurmat bilan,

"Asaxiy Books" jamoasi

Читать полностью…
Subscribe to a channel