asaxiybooks | Unsorted

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

21187

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot 📍Do‘kon manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ 📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Subscribe to a channel

Asaxiy Books

Audio kitob. Firuz Allayev: Tadbirkor.

Kirish va 1-bo'lim

Kitobni toʻliq audio shaklida "Asaxiy Books" ilovasi orqali tinglashingiz mumkin.

@allaevuzb

Читать полностью…

Asaxiy Books

#kitobdan_parcha

Dunyoni zabt etish

AQSH iqtisodiyoti bugun aniq qo‘lda ushlasa boʻladigan mahsulotdan koʻra aqliy mahsulot ustiga qurilganini yuqorida aytib oʻtdim. Bugun nomoddiy mahsulot hamda innovatsiyalar mamlakatning yuksalishiga, dunyoni zabt etishiga boshqa har qanday sohadan koʻra koʻproq hissa qoʻshadi. Lekin Yevropada italyan yoki fransuzlar amerikaliklar ustidan madaniyatsiz deb kulganini koʻp eshitganman. Ularning nazarida “qoʻpol amerikaliklar” oddiy geografiyani bilmaydi, didsiz binolar qurib, didsiz sanʼat asarlari yaratadi. Oʻzini yuksak madaniyatli deb bilgan italyan yoki fransuz uchun AQSH oshxonasi ham madaniyatsizlik boʻlib koʻrinadi. Biroq…

Yevropaliklarning aksariyati bugun iPad orqali “YouTube” yoki “Netflix”da video koʻradi, yangi dizayndagi jinsi shimda yuradi, “Word” dasturidan foydalanib, fikrlarini “Dell” yoki “Apple” kompyuterida yozadi. Kinoteatrlarda “Avatar” filmini popkorn yeb tomosha qilishdan rohatlanadi. Bularning bari AQSH madaniyati Yevropani zabt etganidan emasmi? Qizigʻi, bu madaniy mahsulotlarning birortasi AQSHdagi davlat korxonalarida ishlab chiqarilmagan. Hammasini katta-kichik xususiy kompaniyalar, ya’ni biznes yaratgan. Bundan ham qizigʻi – bularning aksariyatini qanaqadir laboratoriyalar emas, deylik, Kremniy vodiysidagi startaplar yaratgan.

Aniq mahsulot boʻladimi, raqamli xizmatmi yoki madaniy mahsulotmi – nomoddiy qiymat XXI asr iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi va u orqali dunyoni zabt etish osonroq.

©️ Firuz Allayev: Tadbirkor kitobidan

Читать полностью…

Asaxiy Books

Nabijon Boqiydan 3 yangi kitob!


Qatlnoma — 69 000 soʻm
Kitob haqida maʼlumot va buyurtma: asaxiy.uz/u/65799a993858f
______________

Madfun Turkiston — 65 000 soʻm
Kitob haqida maʼlumot va buyurtma: asaxiy.uz/u/65799a7dcf864
______________

Qodiriy qidirgan kitob
— 59 000 soʻm
Kitob haqida maʼlumot va buyurtma: asaxiy.uz/u/65799a5f21cf8

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Biz sizni qadrlaymiz

Sovuqda xarid uchun ovora bo’lib yurmang, biz siz uchun bu ishni qilamiz.

Asaxiy.uz saytiga kirib kerakli narsalarga buyurtma bering, O’zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beramiz.

Katalog va buyurtma: www.asaxiy.uz

Читать полностью…

Asaxiy Books

5 TA "OZOR BERMA" KITOBI UCHUN KONKURS 🎁

1️⃣ 3 ta "Ozor berma" kitobini doiralar ichida ushlang va skrinshot qiling.

2️⃣ Ushbu post izohiga tutilgan kitoblar rasmini yuboring.

3️⃣ Izohlarda "Eng avvalo ozor berma" deb yozib qoldiring.

4️⃣ @asaxiybooks sahifasiga obuna bo'lishni va doimiy kuzatishni unutmang)

22.12.2023 sanasida 5ta omadli kitobxonni random tanlaymiz va ularga "Ozor berma" kitobini sovg'a qilamiz 🥳

Barchangizga omad 🤍

Читать полностью…

Asaxiy Books

Reytingda yangiliklar🏆

Top 5 haftalik reytingimizga Asaxiy Booksda so’nggi chiqqan 2 kitob ham kiribdi, xursand bo’ldik)
Hali o’qimaganlarga mutolaani tavsiya qilamiz📚.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi va yangi dunyo tartibi #yana_sotuvda

Hantingtonning ushbu tarixiy va falsafiy risolasi iqtisodiy, harbiy va siyosiy qudratning kelgusida Gʻarbdan jahonning boshqa sivilizatsiyalariga tomon katta siljishi yuz berishi ehtimolini aniqlaydi. Sizningcha, bu qaysi sivilizatsiya boʻlishi mumkin? Xitoymi yoki islom, balki hind sivilizatsiyasi jahon yetakchiligiga daʼvo qila olar?

Bu haqda muallif qarashlari va shaxsiy fikr-mulohazalaringizni solishtirib koʻrish uchun kitobga hoziroq buyurtma qoldiring va tezroq mutolaa qiling.

Muqova: qattiq
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Narx: 79 000 soʻm
Sahifa: 560 bet

Buyurtma uchun 👉 asaxiy.uz/u/65740e7608a5c

Читать полностью…

Asaxiy Books

Бу иқтибос ҳақида фикрингиз қандай? Уни қандай тушундингиз?

P.s. иқтибос “Озор берма” китобидан олинган

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

🌊 В.Чан Ким, Рене Моборн: Мовий уммон стратегияси. Рақобатчиларсиз бозорни топиш ёки яратиш стратегиялари

Рақобат жуда кучли, мижозларни жалб қилиш, бозорда ўз ўрнига эга бўлиш, ҳақиқий ўзига хос хизмат ёки маҳсулот яратиш қийин бўлган ҳолатларда “мовий уммон стратегияси” сизга ёрдамга келади. Ушбу китоб иқтисодиётда ўзига мос ўрнини топишни кўзлаган ҳар бир тадбиркорга тавсия қилинади.

Буюртма учун: asaxiy.uz/u/65701a776bb7b

__________


🎯 Элияху Моше Голдратт, Жефф Кокс: Мақсад. Узлуксиз равишда мукаммалланиш жараёни

“Мақсад” — янги глобал ишлаб чиқариш тамойиллари ҳақидаги китоб. Бу дунё қандай тузилганлиги ва уни қандай яхши томонга ўзгартириш мумкинлигини тушунишга ҳаракат қилаётган одамлар ҳақидаги китоб.

Буюртма учун: asaxiy.uz/u/65701aa34419d

Читать полностью…

Asaxiy Books

Qanday qilib Asaxiy.uz saytidagi barcha tovarlarga chegirma olish mumkin? Albatta “El-yurt ishonchi” statusi bilan!

🎗Istalgan yoshdagi talabalar va 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun barcha tovarlarni arzonlashtirilgan narxda xarid qilish imkonini beruvchi “El-yurt ishonchi” statusi mavjud. Bir martalik nazoratdan oʻtish orqali statusga ega boʻlish va kitoblarga 5% dan 20% gacha, boshqa mahsulotlarga 0.2% dan 17% gacha chegirmalar olish mumkin. Status egalariga davomiy takliflar va aksiyalar e'lon qilib boriladi, siz ham ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatdan foydalaning.

Roʻyxatdan oʻtish tartibi:
Maqola 👉 https://asaxiy.uz/el-yurt
Video 👉 https://youtu.be/DtrjTkZxNDg

Yoshlar millatimiz ishonchi va kelajagidir. Ular uchun qilingan loyiha kelajakka qilayotgan investitsiyamizdir. Umid qilamizki bu investitsiya oʻzini oqlaydi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Murakkab sohaning sodda qiyofasi💸

Dekabr oyida kitob suhbati uchun “Yalangʻoch iqtisodiyot” kitobi tanlandi. Audiochat 24-dekabr kuni 20:00da @asaxiybooks Telegram-kanalimizda boʻlib oʻtadi. Barchangizdan yuqori aktivlik, kitoblar haqida xulosa va mulohazalarni kutib qolamiz.

Kitobni hali oʻqishga ulgurmagan boʻlsangiz hozir ayni vaqti, suhbatgacha oʻqishni tavsiya qilamiz.
• Qogʻoz kitob — asaxiy.uz/u/656db60411371
• Elektron kitob — onelink.to/nxtyp6

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Biznes haqida oddiy va foydali

Kuniga 6 daqiqa kitob oʻqish stress darajasini 68%ga kamaytiradi.

Bugun Asaxiy.uz internet-doʻkoni rahbari va Asaxiy Books loyihasi asoschisi Firuz Allayev muallifligidagi “Tadbirkor” kitobini elektron shaklini siz bilan boʻlishyapmiz. Bilimingizni mustahkamlash uchun yana bir qadam tashlang va mutolaani boshlang.

Kitoblar haqida foydali kontent uchun - @asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

2018 йилдан бери ҳар ой бестселлер рўйхатини эълон қиламиз. Унда Asaxiy орқали Ўзбекистон бўйлаб сотилган энг кўп 20та китоб ўрин олади.

Ноябрьда қуйидаги 20та китоб энг кўп сотилибди:

1. Девид Николлс: Бир кун. Бир муҳаббат тарихи

2. Жеймс Клир: Атом одатлар

3. Жорж Оруелл: Молхона

4. Жорж Оруелл: 1984

5. Малколм Гладуелл: Зукколар ва ландавурлар

6. Браян Трейси: Самарадорликнинг 21 йўли

7. Кел Нюпорт: Диққат: Чалғитувчи дунёда муваффақият сирлари

8. Бретт Кинг: Банк 4.0 Доим сиз билан - ҳозир ва шу ерда

9. Жавлон Жовлиев: Қўрқма

10. Ҳенри Марш: Озор берма: Ҳаёт, ўлим ва нейрожарроҳлик

11. Питер Ҳопкирк: Катта ўйин. Икки империя тўқнашуви

12. Барбара Оукли: Рақамлар учун яралган идрок. Математика ва табиий фанларни қандай қойиллатса бўлади

13. Аллан Диб: Бир варақли маркетинг режа

14. Марк Менсон: Бепарволикнинг нозик санъати

15. Жон Г. Миллер: СОС! Савол ортидаги савол

16. Френк Беттжер: Муваффақият сирлари

17. Чарлз Уилан: Яланғоч иқтисодиёт. Мураккаб соҳанинг содда қиёфаси

18. Стивен Р. Кови: Муваффақиятли инсонларнинг 7 кўникмаси

19. Девид Бах, Жон Девид Манн: Латте омили. Молиявий мустақиллик ва эркин ҳаёт сари

20. Ато Ҳамдам, Леонид Чигрин: Япон зобити. Ютаро Тоданинг асирликда бошдан кечирганлари

Эслатиб ўтаман, Сиз ушбу китобларни ягона тўпламда супер чегирма нархда харид қилишингиз мумкин: asaxiy.uz/u/656b0cb958388


@allaevuzb

Читать полностью…

Asaxiy Books

Chegirmani koʻzingiz tanlaydi 👁

Bugundan Asaxiy Books doʻkonlarida qiziqarli chegirma boshladik. Unga koʻra siz masofadan turib maxsus jadvaldan belgilarni topasiz va javobingizga qarab chegirmalar olasiz. Doʻkonlarimizga keling, oʻzingizni sinab koʻring va qancha chegirma olganingizni shu post izohida qoldiring.

Taklif 2-3-4-dekabr kunlari Asaxiy Books doʻkonlarida amal qiladi. Manzillar bu yerda, barchangizni kutamiz!

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sizda ham bu muammo bor

😣 Biror ma’lumotni o’qib eslab qololmaslik keng tarqalgan muammo. Ayniqsa, kitobxonlarimiz orasida.

☺️ Shu muammoni yechish uchun 4 qismli maqola tayyorladik. Bugun 1-qism bilan tanishing va tavsiyalarga amal qilishni boshlang.

Siz eslab qolish borasida qanday tavsiya berasiz?

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

14-o’rin: “Qo‘rqma” - Javlon Jovliyev

Sahifalar soni: 376 bet
Iqtibos:
Inson hech narsa topmaydi, balki umr bo'yi berilgan narsalarni yo'qotish uchun yashaydi, chin inson yo'qotish sharafi uchun dunyoga keladi.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/65796a21e4189


_______


Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

13-o’rin: “Bir kun” - Devid Nikolls

Sahifalar soni: 496 bet
Iqtibos:
Axir ertangi kun bor, xatolarni tuzatish imkoni doim bo’ladi.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/65796a8791282

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

16-o’rin: “Factfulness” - Hans Rosling

Sahifalar soni: 340 bet
Iqtibos:
Bizda aybdorni topish instinkti bor, ammo kamdan-kam holda koʻzguga qaraymiz.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/657967f799a59


_______


Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

15-o’rin: “Raqamlar uchun yaralgan idrok” - Barbara Oukli

Sahifalar soni: 352 bet
Iqtibos:
Aynan o'zimizni aldash qobiliyatimiz borligi uchun ham javoblarimizni tekshirib turishimiz kerak.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/657968589ee2c

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

🇯🇵18-o’rin: “Yapon zobiti” - Ato Hamdam, Leonid Chigrin

Sahifalar soni: 432 bet
Iqtibos:
Bir-biriga qarshi kurashayotgan har ikki tarafning o‘ziga yarasha haqiqati bor.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/657958f89357c


_______


Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

👍17-o’rin: “To'rtinchi sanoat inqilobi” - Klaus Shvab

Sahifalar soni: 248 bet
Iqtibos:
Hech narsa muqim boʻlmagan dunyoda ishonch eng muhim xislatlardan biriga aylanadi.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/65795951399a4

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

😶20-o’rin: “Farengeyt bo’yicha 451º” - Rey Bredberi

Sahifalar soni: 224 bet
Iqtibos:
Kitoblarda hech qanday sir, hech qanday sehr yo’q. Sehr ularda aytilayotgan gaplarda.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/6577f16aa4958


_______


Asaxiy Books bestsellerlari 2023!

🥲19-o’rin: “Sarmoyador” - Teodor Drayzer

Sahifalar soni: 700 bet
Iqtibos:
Shubhalanish, maqsadga intilish, his qilish - muvaffaqiyatga erishish uchun kerak bo’lgan xislatlar edi.
Batafsil ma’lumot: asaxiy.uz/u/6577f418ea51b

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Yil bestsellerlarini aniqlash vaqti keldi!

Sizningcha qaysi kitoblar kuchli 20talikka kirgan? Javoblarni izohlarda kutamiz👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

​​#review

🏛️ BANK 4.0
✍🏻 Brett King

Bozor iqtisodiyoti ishlaydigan mamlakatlarda iqtisodiy oʻsish boʻlishi uchun bank juda muhim ahamiyatga ega. Bank insonlarga pullarini xavfsiz saqlash, bir joydan boshqa joyga koʻchirish, qarz olish kabi imkoniyatlarni beradi va koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Tijorat banklarini regulyator ya’ni markaziy bank nazorat qiladi. Markaziy bank tijoriy banklarga, tijoriy banklar esa tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarga kredit berishadi. Kredit insonlarning sarf xarajatini koʻpaytiradi ya’ni daromadlarini oshiradi. Kimningdir xarajati boshqalarning daromadi ekan, markaziy bank foiz stavkasini tushirish bilan qisqa muddatda iqtisodiy oʻsishga erisha oladi. Markaziy bankning yana bir vazifasi mamlakatdagi pul aylanish tezligini oshirish hisoblanadi. Agar ma’lum bir vaqt mobaynida bir pul birligidan qancha koʻp odam foydalansa bu - pulning qadrini oshishiga va bir pul birligi yanada koʻproq iqtisodiy foyda olib kelishini anglatadi. Ammo bank va mijoz yoki tranzaksiyalarni amalga oshiruvchilar oʻrtasida baryerlar boʻlsa, bu - tranzaksiyalar amalga oshishini sekinlashtiradi. Brett King aynan shu muammoni yechish uchun banklar raqamli texnologiyalarni oʻz faoliyatiga integratsiya qilishi va transformatsiyani amalga oshirishi kerakligini ta’kidlaydi. “Bank xizmatlari istalgan joyda hozir-u nozir boʻlishi kerak, biroq bankda emas” deydi u. Bu esa banklar oʻzlarini inqilobiy oʻzgarishlarga duchor qilishi kerakligini anglatadi.

Brett King inqilobiy oʻzgarishlar haqida yozar ekan SpaceX va NASA raqobati, Iphone inqilobi hamda Mers va Daymler kabi inqilob qila olgan insonlarni eslab oʻtadi. Bu bilan u inqilobiy yangilanish mavjud analogiyani olib, uni rivojlantirish bilan emas balki birlamchi tamoyillar asosida, bugungi bilimlar yordamida qayta ishlab chiqish bilan boʻlishini tushuntiradi. Butun boshli kitobning asosida yotgan gʻoya ham shu aslida. Ya’ni qachonlardir Mers va Daymler insonlarni a nuqtadan b nuqtaga olib oʻtish uchun dvigatelni aravaga oʻrnatish haqida oʻylayotganda boshqalar ot-aravalarni qanday qilib takomillashtirish haqida oʻylayotgan edi. Aynan shu misol ixtironing analogini olib rivojlantirish emas balki birlamchi tamoyillar asosida oʻylash kerakligini uqtiradi. Shu jumladan, kitobda SpaceX va NASA raqobati, bunda Ilon Maskning birlamchi tamoyillar asosida fikrlagani - SpaceX kompaniyasini iqtisodiy samaradorlikka olib chiqqanini tushunishingiz mumkin.

Brett king, banklar ham XII asrda Medichilar oilasining moliyaviy institutlari shakllangan davrda asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida oʻylashi va bugungi bilimlar bilan uygʻunlashtirishi shamda mutlaqo yangi tranzaksiya tizimlarini shakllantirishi lozim ekanligini aytadi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bilan uygʻunlashgan banklar real vaqt rejimida mijozlarga oʻz xizmatlarini taklif qila oladi va bu mamlakat iqtisodiyotini oʻsishiga xizmat qiladi. Negaki, real vaqt rejimida moliyaviy harakatlarning amalga oshishi pul oqimining tezlashishiga olib keladi va pulning likvidligini yanada oshiradi. Iste’molchi va mijozlarning hamrohi boʻlmish sun’iy intellekt esa bank taklif qilayotgan xizmatlarni daromad va xarajatlarni tahlil qilgan holda tavsiya etadi. Bank 4.0 mijozlarning kechinmalari bilan ishlaydi, unga tahlil asnosida tovar va xizmatlarini taklif qiladi.

“Transformatsiyaga uchramagan banklar kelajakda itning keyingi oyogʻi boʻlib qolaveradi” deydi Brett King. Chunki u filiallar tranzaksiyalarning asosiy kanallari boʻlib qolishiga ishonmaydi va statistik ma’lumotlar bilan buni isbotlaydi.

Kitob “wow moment”larga boy boʻldi. Bank toʻgʻrisidagi tushunchalarim kengaydi, shuningdek kelajakda banklar qanday ishlashini tasavvur qila oldim deb oʻylayman. Sizlarga ham ushbu kitobni tavsiya qilaman va yoqimli mutolaa tilayman!

@economist_martin

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu safar ular uchun 🧸

Oqqon kasalligi – turli shaklda uchraydigan qon va suyak iligi saratoni hisoblanadi. Minglab insonlar ushbu kasallikdan aziyat chekadi, ular orasida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, afsuski, ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Kasallikni vaqtida davolash vaziyatni yaxshilaydi va hatto butunlay tuzalish ehtimoli mavjud. Muhtoj oila farzandlarining davolanishi uchun 8-9-10-dekabr kunlari Asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books do’konlari orqali bo’ladigan umumiy savdodan 2% foizini oqqon bilan kasallangan bolajonlarga ajratamiz.

Istalgan turdagi xarid orqali bolajonlarga yordam berishingiz mumkin.

@asaxiyuz

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugundan "Asaxiy" do'konlarida sizni mandarin bilan kutamiz 😊

Читать полностью…

Asaxiy Books

Yoqqanmidi? Bu ham yoqadi!

▪️Charlz Uilan: Yalang’och iqtisodiyot – 79 900 so’m
▪️Brett King: Bank 4.0 – 99 900 so’m

Hali o’qishga ulgurmagan bo’lsangiz ikkisi ham yoqadi)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Keyingi yil uchun nechta kitob o’qishni maqsad qildingiz?

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Oʻtgan haftada Asaxiy.uz internet-do‘koni orqali eng koʻp sotilgan 5 kitob

Reytingga ko‘ra kitobxonlarimiz shaxsiy rivojlanish, siyosiy bilimlarni oshirish va badiiy kitob mutolaasi bilan band koʻrinadilar🙃. Oʻqishdan, oʻrganishdan toʻxtamang.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ko’z orqali chegirma olish uchun qo’llanma 🗺️

Taklif bugun va ertaga ham amal qiladi, Asaxiy Books do’konlariga boring hamda o’zingizni sinab ko’ring.

Omadli mijozlarimiz 15%dan ham ko’proq chegirma olishlari mumkin😉)

Do’konlarimiz manzili, ish vaqt va raqamlari: t.me/asaxiybooks/5914

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Noyabr oyida qilgan yangiliklarimiz haqida.

Читать полностью…

Asaxiy Books

1-dekabr — xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni.

Shu kun munosabati bilan Asaxiy Books doirasida chiqqan tibbiyotga oid ilk kitobga chegirma e’lon qilamiz. Faqat bugun “Ozor berma” kitobini 15% arzonroq oling va ajoyib asar mutolaasidan zavqlaning.

Eng avvalo, ozor bermang…

Kitobga buyurtma 👉 asaxiy.uz/u/656973ad47dff

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Masaru Ibukadan ikki kitob #yana_sotuvda — “Uchdan keyin kech” va “Uchgacha ayni vaqti”

Muvaffaqiyatli, baxtli va qobiliyatli farzand tarbiyalash istagidagi ota-onalarga bu kitoblar tavsiya etiladi. Unda bolani uch yoshgacha boʻlgan davrida nimalarga eʼtibor berish kerakligi, qanday xatolardan qochish, ommaviy toʻgʻri deb qabul qilingan asli notoʻgʻri boʻlgan odatlarni chetlab oʻtish borasida tavsiya va takliflar berilgan.

Maksimal foyda olish uchun avval “Uchdan keyin kech”, keyin “Uchgacha ayni vaqti” kitoblarini mutolaa qilishni tavsiya qilamiz. Kitoblarga buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/6568354c3cf34

@asaxiybooks

Читать полностью…
Subscribe to a channel