Real chegirma taklif qilayotgan "Talaba" aksiyasi🎓
20-sentyabrgacha yuzlab tovarlarga Asaxiy.uz saytida chegirma eʼlon qilingan. Aksiyaga tushgan mahsulotlardan namunalar, narxi, chegirmasi haqida postda keltirdik. Tanishib chiqing va foydali xaridni amalga oshiring. Narxlarni solishtirish ham esdan chiqmasin)
Katalog bu yerda 👉 asaxiy.uz/u/64fc35958b449
Audio kitob. Sarmoyador. Kirish.
Kitobni toʻliq audio shaklida "Asaxiy Books" ilovasi orqali tinglashingiz mumkin.
@allaevuzb
🛳 Kapitan Grant bolalari — klassik sarguzasht roman boʻlib, u bugungacha bir nechta film va teleseriallarga moslashtirilgan. Bu jasorat, qatʼiyat va doʻstlik kuchi haqida ajoyib kitobdir.
🫡 2022-yil kitobni oʻzbek tilidagi toʻliq shaklini taqdim qilgan edik. Endi bu kitob elektron shaklda Asaxiy Books mobil ilovasida sotuvda. Hayajon va sarguzashtga toʻla ushbu asar bolalarga moʻljallangan boʻlsa-da, barcha yoshdagi kitobxonlarni qiziqtira oladi.
Qogʻoz shakli narxi: 59 000 so‘m
Elektron shakli narxi: 19 990 so‘m
Ilovani yuklab olish 👉 https://onelink.to/nxtyp6
📦 Bu moʻjizaviy quti nimaga qodir? Videodan bilib olamiz.
Takrorlash tavsiya etilmaydi)
@asaxiybooks
Koʻp kitob oʻqishning yana bir foydasi💡
Koʻp kitob oʻqisangiz muammoga duch kelgan paytingiz aynan qaysi kitobga murojaat qilish kerakligini bilasiz. Savolingizga javob beradigan kitobni mutolaa qilasiz va muammodan xalos boʻlasiz.
Bugun biz yechim qilib berayotgan “Latte omili” kitobi koʻpchilikni qiynaydigan moliyaviy muammolarga sodda yechimlarni taklif qiladi. Moliyaviy mustaqil boʻlishni istaydiganlarga tavsiya qilamiz.
@asaxiybooks
Mijozlarimiz uchun yana bir yaxshi yangilik. Qadriyatlarga mos muddatli to'lov xizmati saytdagi ko'plab mahsulotlarga qaytib ochildi. Endi faqat 6 yoki 12 oyga emas, 3 yoki 9 oyga ham xarid qilsa bo'ladi.
Mahsulotni tanlab, ma'lumotlarni to'ldirib ariza qoldirish yetarli.
www.asaxiy.uz - 8 yildan beri xizmatingizda
@asaxiyuz
Vaʼdani bajarish vaqti keldi!
Talabaning har oʻquv yili boshida oʻziga beradigan va 1 oy oʻtar-oʻtmay yoddan koʻtariladigan navbatchi vaʼdasi bor: “Bu yil yaxshi oʻqiyman”.
Bu vaʼdaning vaʼdaligicha qolib ketishi talabaning uquvsizligidan emas, shunchaki shaxsiy rivojlanish uchun talab etiladigan bilimning hali oʻzlashtirmaganidan dalolat. Bu kabi muammolarni yechish maqsadida zarur koʻnikmalar jamlangan 5 kitobni tavsiya qilamiz.
Bu kitoblar nimani qanday oʻrganish, allaqachon bor boʻlgan bilimni amalda qoʻllash, foydali odatlarni shakllantirish, taym-menejmentni yoʻlga qoʻyish, masʼuliyat va muvaffaqiyat borasidagi zarur koʻnikmalarni oʻz ichiga oladi. Buuuncha narsa bilgandan keyin vaʼdani bajarmay boʻlmas)
Kitoblarni barcha talabalarimiz xarid qila olishlari uchun narxini maksimal tushirdik va 5 muhim kitobni 159 000 soʻmga taklif qilyapmiz. Havola orqali oʻtib buyurtma berish mumkin 👉 asaxiy.uz/u/64f834cde4788
📣 Vanihoyat! Endi Korzinkalarimizda butun dunyoda mashhur bestsellerlarni o‘zbek tilida topishingiz mumkin 📚
📖 Supermarketlarimiz rastalarini endi o‘zbek tiliga o‘girilgan jahon adabiyoti durdonalari bezab turadi: Allan Dibning "Bir varaqli marketing reja", Amerika adabiyoti klassikasi bo‘lmish Teodor Drayzerning "Sarmoyador", Rey Bredberining fantastik janrdagi "Farengeyt bo‘yicha 451 daraja" shoh asari ko‘nglingizga manzur bo‘lishi aniq 🤩 Bizda o‘zingiz izlagan kitobni albatta topasiz!
Korzinkaga tashrif buyuring va ajoyibotlarga boy bilimlar olamiga yo‘l oling 💫
#BilimBoylik
App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web
Endi Asaxiydan BTS filiallariga yetkazib berish bepul.
Endi www.asaxiy.uz orqali qilingan barcha buyurtmalarni BTS pochtasi filiallariga bepul yetkazib beramiz. Ular bo'lsa Respublikamizning hamma viloyatlarida bor.
Quyidagi havola orqali oʻtib oʻzingizga eng yaqin pochta ofisini aniqlab oling. Buyurtma kiritayotganda “Yetkazib berish turi” qismidan shu manzilni tanlasangiz kifoya, yetkazishga haq toʻlamaysiz.
Havola 👉 https://asaxiy.uz/uz/page/delivery-points
Talabalar, yangi oʻquv yili muborak🎉
Yangi akademik yil oʻqishingiz, oʻz sohangizda yanada yaxshiroq boʻlishingiz va oʻz ustingizda ishlashingiz uchun ajoyib imkon. Bunday imkoniyatdan vaqt borida, sogʻligʻingiz joyida, gʻam-tashvishingiz yoʻq payti foydalangandan yaxshisi yoʻq.
Koʻpchilik oʻquv yili boshida “bu yil yaxshi oʻqiyman” deydi-yu bir oy ham oʻtmay vaʼdasini esdan chiqaradi. Ammo siz unday boʻlmang. Oʻqishdan, oʻrganishdan toʻxtamang. Yil uchun maqsadlar va dedlayn qoʻying, soʻng amalga oshiring. Yillik maqsadni oylarga, oylarni haftalar hamda kunlarga boʻlib olsangiz ularga erishish osonlashadi va reallashadi.
Oʻquv yilida sizga kuch-quvvat, ilmga chanqoqlik va sohangizni zoʻri boʻlishni tilab qolamiz🤗.
@asaxiybooks
Asaxiy Books Novza metrosi filialimizdan lavhalar🏠
Bayram sovgʻasi berilishining bugun soʻnggi kuni. Sovgʻangizni Panorama filialimizdan 20:00gacha, boshqa doʻkonlarimizdan 22:00gacha olib ketishingiz mumkin🛍
Shu manzilda bo’lamiz: t.me/asaxiybooks/5914
Бир эмас, нақ тўрт #янгилик билан келдик😇
Китобхонлар томонидан қадрланадиган муҳим китоблар янги кўринишда, жуда сифатли шаклда сотувда. Ҳозирча улар билан танишиб туринг, тез орада ҳар бири ҳақида батафсил маълумот берамиз.
🟢 Фрэнк Беттжер: Муваффақият сирлари
Китоб ҳақида: asaxiy.uz/u/64f43b800003d
_________
🔴 Габриэл Гарсиа Маркес: Бузрукнинг кузи
Китоб ҳақида: asaxiy.uz/u/64f43ba8ddb1a
_________
🟡 Дейл Карнеги: Дўст орттириш ва одамларга таъсир ўтказиш хусусида
Китоб ҳақида: asaxiy.uz/u/64f43bd5a8be2
_________
⚫️ Марио Пьюзо: Чўқинтирган ота ёҳуд мафия сардори
Китоб ҳақида: asaxiy.uz/u/64f43bfb36a95
Kitob olishingiz uchun pul berilsa nimalar bo’ladi😁?
Videoda bilib olamiz🎬
@asaxiybooks
Audio kitob. Sarmoyador. 1-bob.
Kitobni toʻliq audio shaklida "Asaxiy Books" ilovasi orqali tinglashingiz mumkin.
@allaevuzb
#book_review #kitobxon_fikri
😎 Piter Hopkirkning “Katta oʻyin” asari
“Katta oʻyin” iborasi Markaziy Osiyo tarixidagi, asosan, 19-asrda, Rossiya va Britaniya mintaqa uchun, hokimiyat uchun kurash olib borgan davrga ishora qiladi. Piter Hopkirkning tajribali yondashuvi asosida bu asar va uning asosiy qahramonlari yanada jonlanadi.
Garchi oʻyin haqiqatan ham 19-asrning birinchi yarmida boshlangan boʻlsa-da, Hopkirk oʻz asarini 13-asrda Rossiyaga hujum qilgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan boshlaydi. Rossiya oʻzini hududini mustahkamlashga qaror qilib, u asrlar davomida oʻzining mavjud hududlarini yanada kengaytirdi. Oxir-oqibat imperatorlik raqibi boʻlgan Britaniya, oʻzining hududiy yoʻqotishlari bilan, xususan, Britaniya Hindistoni qimmatbaho tabiiy resurslari ostida ekanligini his qildi.
Shunday qilib, ikkala imperator kuchlari ham Rossiya, ham Britaniya uchun hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan geografik joylashuvni oʻrganish va tadqiqot sohalariga, shuningdek, qabila va qabila boshliqlari bilan siyosiy ittifoq tuzish uchun bir qator josuslar, tadqiqotchilar va siyosiy agentlarni yubordilar.
Hopkirk kitobining goʻzalligi uning Rossiya va Britaniyaning turli harakatlari (Eron, Afgʻoniston, Xitoy, hozirgi Shimoliy Pokiston, Buxoro, Toshkent, Xiva kabi hududlarda) ortidagi strategik tafakkurning mahsulini muvaffaqiyatli bayon eta olishidadir. Yozuvchi murakkab tafsilotlarga berilib ketmaslik uchun harakatlarni batafsil tasvirlab beradi. Koʻpgina asarlarda boʻlgani kabi, qiziqarli va rang-barang personajlarning mavjudligi asarni oʻqishni yanada qiziqarli qiladi. Turfa xil sifatlar faqat aktyorlarni tasvirlashni boshlaydi: rang-barang, jasur, ahmoq, idealistik, shafqatsiz va ekssentrik.
Garchi Genri Pottinjer, Artur Konolli, Frensis Yanghuzband va Aleksandr Bernes kabi Katta oʻyindagi afsonaviy shaxslarning tarjimai hollarini oʻqish kerak boʻlsa-da, ularning shaxsiyati haqida toʻliqroq tasavvurga ega boʻlish uchun Hopkirk ularning har xil harakat va holatlarini tushuntirish uchun ularning belgilarini, tegishli jihatlarini oʻziga xos tarzda ifodalaydi.
Tavsiya qilaman. Oʻqing, albatta!
©️ ulmasbekbooks
Ingliz tilida mutolaani sevuvchi kitobxonlarimizga #yangilik
📚 Boshqaruv, biznes, startap, ilmiy, sahna nutqi, psixologiya.... xullas har bir kitobxon oʻziga mosini topa oladigan kitoblar sotuvda. Maqsadingiz, orzularingiz va sohangizdan kelib chiqib oʻzingizga mosini tanlab oling. Buyurtma bersangiz uy manzilingizga yetkazib beramiz.
Narxlar bu yerda 👉 asaxiy.uz/u/64fb0e3b90fbd
#juma_xaridi
☪️ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Baxtiyor oila (lotin va kirill alifbosida)
Ushbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi boʻlib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim boʻlgan barcha masalalarni oʻz ichiga oladi.
Kitobda insonga ikki dunyo saodati yoʻlini koʻrsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiqa, farzand tarbiyasi, silai rahm, taloq, idda va shu kabi koʻplab dolzarb mavzulardagi taʼlimotlari orqali bugungi kunda qator muammolar muhokama qilinadi, oyatlar, hadislar hamda salaf solihlarning hayoti misolida musulmonning baxtli oilaviy hayot dasturi koʻrsatib beriladi.
Narxi: 89 000 soʻmdan
Kirill alifbosida 👉 asaxiy.uz/u/64fad627c8b3e
Lotin alifbosida 👉 asaxiy.uz/u/64fad64cd2c82
O’z qo’llaringiz bilan kichik san’at asari yaratishingiz uchun layfxak🦋
Qo’l mehnatining qadri boshqacha✨
@asaxiybooks
Hayotda turli insonlar uchraydi: baʼzilari siz bilan hamfikr, baʼzilari fikringizga qarshi boʻladi.
Bu ikki toifa bilan suhbatlashish va ishlash sizga foydaga ishlaydi. Fikringizga qoʻshiladiganlar bilan ishlash foydalarini qoʻya turaylik, uni siz yaxshi bilasiz. Biz yetkazayotgan mavzu fikringizga qoʻshilmaydigan insonlar bilan ishlash foydalari haqida. Marhamat, oʻqib chiqing va bilib oling.
@asaxiybooks
Кеча Asaxiy билан боғлиқ катта бир янгиликни эълон қилгандим. BTS почта хизмати билан ҳамкорликни йўлга қўйдик ва унинг 70дан ортиқ пунктларига доставка текин бўлди.
Бугун анчадан бери тайёрланган яна бир катта янгиликни эълон қиламиз. Видеодан тушунган бўлсангиз керак, Korzinka супермаркетларида Asaxiy Books китоблари сотувини бошладик. Korzinka билан ҳамкорлик бизга бутунлай янги имкониятлар очади. Яқин ойларда бирма бир барча Korzinka супермаркетларида китобларимиз сотуви бошланади. Бу сизга китобларимизни хоҳлаган Korzinka дан харид қилиш имконини беради.
Korzinka раҳбариятига ва жамоасига ўз миннатдорчилигимни билдираман.
Asaxiy жамоаси ва китобхонларни яна бир катта қадам билан табриклайман.
@allaevuzb
#yangilik
Samuel Fillips Hantington: Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi va yangi dunyo tartibi
Samuel Fillips Hantingtonning “Sovuq urush davridan keyingi dunyoga bagʻishlangan” ushbu asari oʻtgan asr 90-yillarining eng mashhur geosiyosiy risolalaridan biri boʻlib, bugungi kunimizning siyosiy voqeligini tahlil qiladi va butun sayyoramiz sivilizatsiyasining global rivojlanishi yuzasidan prognozlarni ilgari suradi.
Hantingtonning ushbu tarixiy va falsafiy risolasi iqtisodiy, harbiy va siyosiy qudratning kelgusida Gʻarbdan jahonning boshqa sivilizatsiyalariga tomon katta siljishi yuz berishi ehtimolini aniqlaydi. Sizningcha, bu qaysi sivilizatsiya boʻlishi mumkin? Xitoymi yoki islom, balki hind sivilizatsiyasi jahon yetakchiligiga daʼvo qila olar? Bu haqda muallif qarashlari va shaxsiy fikr-mulohazalaringizni solishtirib koʻrish imkoni endi sizda mavjud.
Muqova: Qattiq
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Narx: 79 000 soʻm
Sahifa: 560 bet
Buyurtma berish 👉 asaxiy.uz/u/64f81db9adc68
“Asaxiy Books bestsellerlari”, Avgust oyida eng koʻp sotilgan 20ta kitob 15% chegirma bilan!
1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Charlz Uilan: Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
3. Daron Ajemoʻgʻli, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari
4. Piter Hopkirk: Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi
5. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
6. Jorj Oruell: Molxona
7. Jorj Oruell: 1984
8. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yoʻli
9. Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin
10. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
11. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
12. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi
13. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari
14. Uolter Ayzekson: Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi
15. Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va gʻoyalar qanday ommalashadi
16. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
17. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi Den Braun: Raqamli qalʼa
18. Javlon Jovliyev: Qoʻrqma
19. Den Braun: Ibtido
20. Ellen Feyn, Sherri Shnayder: Oqila ayol qoidalari
Jami: 1088000 soʻm
15% chegirma bilan: 919000 soʻm
Buyurtma berish 👉 asaxiy.uz/u/64f6d7f111c6d
#yangilik
Tomas Harris: Qoʻzichoqlar sukunati 🐑
Amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning “Qoʻzichoqlar sukunati” oʻtkir syujetli detektiv asari xalqaro bestseller hisoblanadi. Zamonaviy psixologik triller janriga oid mazkur kitob oʻn sakkiz yoshdan oshgan kitobxonlarga moʻljallangan.
Voqealar rivoji oʻquvchiga yovuz jinoyatchilarning ichki olami, qarashlari, oʻziga xos jihatlarini tanitadi.
▪️Seriyali qotilliklar sodir etgan nomaʼlum shaxs ortidan tushgan jasur va qatʼiyatli kursant qiz Kleris Starling qoʻlga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari, umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanishlari oxir-oqibatda, oʻz samarasini beradimi?
▪️Kasbi tikuvchi boʻlgan qotil erkak nega faqat aynan ayollarni qurbon sifatida tanladi?
▪️Kursant qizning tushlariga bot-bot kirib bezovta qiluvchi, bolalikdagi ruhiy olami ogʻriqlaridan meros — tun zulmatidagi qoʻzichoqlarning zorlanib maʼrashi barham toparmikan?
Asarning shiddatli, qoʻrqinchli, kutilmagan burilishlarga boy zavqli mutolaasi orqali ana shu savollarga javob topishingiz mumkin.
Muqova: Qattiq
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Narx: 59 000 soʻm
Sahifa: 432 bet
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/64f58ccf0428a
Yozning soʻnggi haftasida eng koʻp tanlangan kitoblar bilan tanishing🔝
@asaxiybooks
Яхши китобни ўқишда бир нарсани яхши кўраман, китоб мавзуси бўлмасада, ўқиган саринг ўзингни қийнаган бир қатор саволларга жавоб топиб бошлайсан. Яна қайсидир воқеаларга бошқа томондан қараб, бошқача тушиниб бошлайсан. Китоб у ҳақида гапирмаётган бўлсада.
Бу китобнинг нима мўжизаси эканлигини билмайман. Балки мия китоб ўқиш жараёнида ўзининг яширин имкониятларини ишга солар, балки китоб ҳаммасига бошқа томондан қараш имконини берар. Балки китоб ўқиган сари мияда мантиқ бошқача ишлаб бошлар. Лекин, яхши китоб, айниқса яхши бадиий китоб ҳаётни яхшироқ тушунишга, ҳаётий саволларга аниқроқ, мантиқлироқ жавоб топишга имкон беради.
Хуллас, китоб ўқиб туринг дўстлар. Ўқиш кераклиги ёки кимдир мажбурлагани учун эмас, ҳаётни, ўзингизни, атрофингизни яхшироқ тушуниш, дунёни яхшироқ англаш, муҳими қизиқарли ва ёқимли вақт ўтказиш учун ўқинг.
@allaevuzb
#kunchegirmasi #kunmahsuloti
👨🎓 Ilmiy-ommabop kitoblarga jiddiy chegirma!
Narxi: 229 000 so’m
Chegirma bilan: 149 000 so’m
Chegirma faqat bugun(3-avgust) kuni amalda, foydalanishga ulguring.
Buyurtma shu havola orqali 👉 asaxiy.uz/u/64f38b3b9f74c