Odamlar muvaffaqiyat qozonmasligining asosiy sababi unga intilmasligidir.
- Grant Kardon: Savdo san’ati
@asaxiybooks
📖 Ahmadjon Xolmurodov, Abdumurod Tilavov: Bolangizni bilasizmi?
Mualliflar farzand tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish mavzularini ibratli hikoya, hatto latifalar orqali yoritishgan. Mutafakkirlarning hikmatli so‘zlari esa, albatta, insonni biroz o‘ylantirib qo‘yadi.
Siz-chi? Bolangizni bilasizmi?
Narxi: 35 000 so’m
Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/bolangizni_bilasizmi
@asaxiybooks
Oskar Uayld: Yulduz bola⭐️
Sotilmaydigan ma’naviy boyliklar inson hayoti uchun qanchalik kerak? Insonning hayoti davomida illatlar qanchalik uning yuksalishiga to‘sqinlik qiladi?
Ushbu kitobda ochiqlangan bu mavzular bolalarni ham, katta yoshdagilarni ham birdek hayajonga sola oladi.
Narxi: 29 000 so‘m
Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/yulduz_bola
@asaxiybooks
#review #taqriz
📗Robert Grin — "Mahorat"
"Har bir inson doim turli ehtimoliy shaxsiyatlari ichidan asl va haqiqiy o'zligini topadi".
— Xose Ortega i Gasset
Bir tomondan ne baxtki, Asaxiy Booksning ushbu premyerasi aynan shunday motivatsiyaga muhtoj bo'lib turgan paytimda qo'limga tushdi. Hayotda ba'zan borayotgan yo'lingdan to'xtab, ortga qaragan holda hayotingni bir kichik sarhisob qilib olmoq ham xayrlidir. Grin bu borada menga yordam berdi deb o'ylayman.
Uning yoqqan yana bir jihati, mahoratga erishish haqida bir necha mashhur insonlar misoli bilan cheklanmagani, deyarli har 2-3 varaqda yangi qahramonlar va ulardan olingan saboqlar haqida yozilgani - kitobni yanada qiziqarli va tushunarli qiladi.
O'zi mahorat nima? O'zingiz sevgan ish bilan shug'ullanishmi yoki tez boyishga intilish afzalmi? Ko'pchiligimiz yaxshi ko'rgan ishimiz bilan shug'ullanish o'rniga mo'may daromad keltiradigan ishlarga o'zimizni uramiz. Natijada pul topish ilinjida taqdirimiz yo'lidan tobora uzoqlashib boramiz. Moddiy ehtiyojingiz qondirilishi mumkin, ammo ichingizda baribir bo'shliq his etaverasiz. Uni istagan narsa bilan to'ldirishga urinmang, foydasi yo'q, Ba'zilar katta qurbonliklar bilan ortga qaytishga muvaffaq bo'ladi, ba'zilar esa yo'q.
Hamma narsaga hozir erishib bo'lmaydi. Kitobda bu haqida zo'r gaplar aytiladi. Mahorat sari yo'l sabrni talab qiladi. Siz kutgan natija balki 5 yilda, balki 10 yilda sodir bo'lar, siz mehnatlaringiz mevasiga e'tibor qaratishingiz kerak. Kimdur aytgandi: "Natija emas, unga olib boruvchi yo'l muhimroq" deb.
Chinakam boylik va muvaffaqiyat ularga erishishni ko'zlaganlarga emas, balki e'tiborini o'z sevgan ishida mahoratga erishish va biror narsani o'z hayotiy maqsadi etib belgilagan insonlarga nasib etadi. Buni unutmang.
Kitobni hayotda o'z yo'lini topishga harakat qilayotganlar, o'zining hozirgi qilib turgan ishidan ko'ngli to'lmayotganlarga tavsiya qilaman. Zero, uni mutolaasi davomida biror muhim xulosaga kelarsiz.
@panda_books
20-avgust kuni Respublika bolalar kutubxonasida "Milliy tiklanish" partiyasi bolalar adabiyotini rivojlantirish mavzusida ochiq muloqot tashkillashtirdi. Afsuski, keyingi uchrashuv vaqti kelib qolganligi uchun takliflarimni berolmasdan tadbirdan ketdim.
Bolalar adabiyotini, bolalar orasida kitobxonlikni rivojlantirish uchun bir nechta takliflarni aytib o‘tmoqchiman.
O‘zi ko‘p kitob o‘qilishi uchun nima qilish kerak?
Bu ikkita faktorga juda bog‘liq.
1. Mamlakatda so‘z erkinligi rivojlanishi kerak. Muammolar ochiq gapiriladigan joyda aholini futbol yoki turk seriali bilan aldab qo‘yib bo‘lmaydi. Odamlar muammolar aytilgan sari hayotni tushungisi, muammolarning sababini bilgisi, ularga yechim izlagisi keladi. Bu ularni o‘qishga, o‘rganishga, izlanishga, hayotdan ma’no qidirishga undaydi.
2. Mamlakatda bilim qadrlanadigan inklyuziv tizim shakllanishi kerak. Bu adolatli tizim, keng va teng imkoniyatlar, kuchli ijtimoiy lift orqali bo‘ladi. Yaxshi ta’lim olgan, o‘qigan, bilimli insonlar yaxshiroq yashasa, ko‘proq daromad qilsa, ko‘proq hurmat qilinsa, insonlar shuncha farzandining ta’limiga ko‘proq e’tibor beradi. Buning ortida ta’lim, uning asoslaridan biri kitob, o‘zi umuman bilim beradigan manbalar rivojlanadi.
Yangi davrda ikkala masalada ham yaxshilanish bo‘ldi. So‘z erkinligi so‘nggi yillarda biroz yana ortga chekingandek bo‘lsa-da, bilim va ta’limning ahamiyati oshib bormoqda. Xususiy ta’lim, treninglar va kitoblar ommalashishi, ota-onalar farzandimni o‘qitaman deb kursma-kurs olib yurganligi ham shundan. Orzudagi O‘zbekistonni qurish uchun bu ikki yo‘nalishni doimiy yaxshilashimiz kerak. Bu fundamental asos.
Bolalar o‘rtasida kitobxonlik rivojlanishi uchun nima qilish kerak?
Bunda ham 2ta taklifim bor.
1. Kutubxonachi kasbini qaytadan ko‘rib chiqish kerak. Hozir ular eng past maosh oladigan, asosan rahbariyatning buyrug‘ini bajaradigan noto‘g‘ri KPI bilan ishlaydigan qatlamdir. Kutubxonachiga KPI qilib ko‘proq bolani kitob o‘qitish emas, kitoblarni yangi va toza saqlash qo‘yilgan. Natijada kutubxonachi bugun bola kitob o‘qishidan emas, kitoblar joyida turishidan, qo‘polroq aytsa o‘qilmasligidan manfaatdor. Rahbariyat talabi shu. Bu kasbning maqsadining ayni qarama-qarshisi. Shu uchun ham kutubxonachilar ishini to‘liq ko‘rib chiqib, ularni ko‘proq bolani kitob o‘qishga undaydigan yangi tizim yaratish kerak. Ishdan maqsadi kitob qo‘riqlash emas, o‘qitish bo‘lishi kerak. Ikkinchisi, kutubxonaga nisbatan sifatli, jonkuyar, kitobni tushunadigan kadrlar kelishi uchun kutubxonachilar maoshini oshirish kerak. Ularning maoshi kamida ingliz tili o‘qituvchisi darajasida bo‘lishi kerak. Kitob o‘qishining ahamiyati ingliz tilini o‘rganishdan kam emas.
2. Adabiyot darslarining metodikasini qaytadan ko‘rib chiqish kerak. Adabiyot muallimi bolani ko‘proq kitob yodlatib, testga tayyorlaydigan emas, bolaga kitob o‘qitadigan muallimga aylanishi kerak. Bola Abdulla Qahhorning tug‘ilgan yillari yoki qaysi asarni yozganini yodlashni o‘rniga, uning asarini o‘qib, tushunishga harakat qilishi kerak. Bu ham milliy dastursiz, mutaxassislarsiz, o‘n yillarsiz bo‘lmaydigan jarayon. Bu uchun hatto adabiyotdan testni bekor qilishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Bolalar kitoblari rivojlanishi uchun nima qilish kerak?
Sohaga ijtimoiy buyurtmalarni ko‘paytirish kerak. Shu yili biz bolalar redaksiyasini rivojlantirishimiz uchun AOKA va jurnalistlar uyushmasi bizga beshta kitobning nashrga tayyorlash ishlarini davlat granti qilib berishdi. Bolalar adabiyoti moliyaviy tomondan o‘zini oqlamayotgan ekan, eng yaxshi yo‘l sohada sifat va tajribasi bilan o‘zini oqlagan nashriyotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish, grant va subsidiyalarni ko‘paytirishdir.
Shulardan kelib chiqsa, sohani rivojlantirish faqat bir tomonlama qaror bilan emas, ta’lim, mamlakatda erkinlik va adolat rivoji, shuningdek kitob yaratuvchilarga investitsiya orqali bo‘ladi deb o‘ylayman.
Muhim mavzuni muhokamaga olib chiqqan Milliy tiklanish partiyasiga va uning Kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonovaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
@allaevuzb
Kitobxonga faqat kitob kerak emas…
Uyg‘onish to‘plami (7 jild )
Tarixni o‘z boshidan kechirib ko‘rmaguncha hech kim tarix haqida so‘z ocha olmaydi.
Siz qanday mutolaani yoqtirasiz - yolg‘izmi yoki yaqin insoningiz bilan?
Izohlarda yozib qoldiring👇
@asaxiybooks
#yangilik
Husan Ermatov: Sokin daryo mavjlari🌊
Ushbu kitobda matbuotning shiddatli axborot zamonida qanday yashayotgani, mutasaddi va rahbarlarning faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi jihatlar hamda ushbu sohaning kelajagi haqida jiddiy masalalar bayon etiladi.
Muqova: Qattiq
Nashriyot: Mashhur press
Narx: 65 000 so‘m
Sahifa: 192 bet
Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/sokin_daryo_mavjlari
@asaxiybooks
Ingliz tilida kitob oʻqiysizmi?
Internet-doʻkonimizga yangi kitoblar keldi, karusel orqali tanishib chiqing. Ingliz tilida yozilgan bu kitoblar turli janr va muammolarga yechimlarni qamrab oladi. Koʻrib chiqib oʻzingizga mosini tanlab oling.
Toʻliq katalog va buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/inglizcha_kitoblar_katalogi
@asaxiybooks
Bugun barchaga kitob sovgʻa qilamiz🎁
Bugun xarid qilingan har 3 kitobga 1 donadan kitob sovgʻa qilamiz. 6ta kitob olsangiz 2ta, 9ta kitob xaridi uchun 3ta kitob sovgʻaga beriladi.
📌 Taklif bugun 23:59gacha davom etadi.
Havola orqali oʻtib istalgancha buyurtma bering va sovgʻalar oling: asaxiy.uz/u/3+1_aksiya
@asaxiybooks
Biri uchun pul toʻlang va uchtasini oling: 📗 = 📚
Asaxiy Books ilovasida baʼzi kitoblarga bonus tizimi yoqilgan. Bu imkoniyat sizga bir kitobni xarid qilib, boshqa bir nechtasini sovgʻaga olish imkonini beradi.
Bonus kitoblar uchun misollarni karuselda keltirdik, koʻrib chiqing va bilib oling.
Ilovada sinab ko‘ring: Google Play | App Store
@asaxiybooks
Papuanlar "Savdo san'ati" bilan cheklanishmadi)
"Savdo san'ati" kitobini maroq bilan o'qigan papuanlar yodingizdami? Ular bu kitob to'xtab qolishmadi.
Foydali bo'ladi deb, mutolaa uchun "Ozor berma" va "To'qchilik va yo'qchilik" kitoblarini tanlashdi.
Siz bu kitoblarni o'qiganmisiz?
@asaxiybooks
Жон Стейнбек: Сичқонлар ва одамлар
Пулицер ва Нобел мукофотлари совриндори Жон Стейнбек ижтимоий ва инсоний муаммоларни моҳирлик билан ёритган ёзувчи сифатида шуҳрат топган. Ушбу асарда муаллиф мавсумий дала ишчилари ақлли Жорж Милтон билан унинг кучли, аммо ақли бироз заиф ҳамроҳи Ленне Смоллнинг ҳаётидан қисқача ҳикоя қилинади.
Кичик ер сотиб олиб, оддий инсонлар каби яшаш ҳаёли билан завқ топадиган бу икки инсон ҳикоясида дўстлик ва бирдамлик туйғуси муҳим ўрин тутади. Стейнбек инсоний муносабатларни англатиш билан чекланмайди, балки одам боласининг табиат ва жамият билан қурадиган муносабатларини ҳам ёритиб беради.
Асарга Роберт Бурнс шеъридаги «Энг яхши режалар инсонлар ва сичқонларнингдир, улар ҳеч қачон амалга ошмас..» деган сатрларидан илҳомланиб шундай ном берилган.
📚Kitob - hamrohlik uchun manzil tanlamaydi. Mutolaa uchun xohish bo'lsa, bas.
@asaxiybooks
Ali Chankirili: Men bilan o‘ynaysizmi, ota?👶🏻
Farzandlar OTA va ONAning mehrini birdek his qilib ulg‘ayishga haqli.
Kitobning maqsadi bola hayotida otaning o‘rni qanchalik muhimligini eslatib, ularga birga vaqt o‘tkazishni boshlashlari uchun yordam berishdir. Albatta, farzand bilan o‘tkazilgan vaqt ham otaga, ham bolaga birdek foydalidir.
Muqova: Yumshoq
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Narx: 45 000 so‘m
Sahifa: 352 bet
Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/ota_va_bola
@asaxiybooks
Uzoq yillik qaramlikni kuchli iroda bilan emas, balki oson yo‘l bilan yengish mumkin. Siz ham buni eplay olasiz😉
📚Allen Karr: Kashandalikdan qutulishning oson yo’li
“Talaba”larning birinchilikdan tushgisi yo‘q🤓
Bu gal reyting natijamizda kichik o‘zgarish:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Kel Nyuport: Diqqat
4. Robert Grin: Mahorat
5. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
@asaxiybooks
Muallif uslubi sizga yoqqanmidi? Unda yangi kitobi ham albatta yoqadi!
▪️Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi
▪️Robert Grin: Mahorat
Bu kitoblardan qay birini oʻqigansiz?
@asaxiybooks
"Bir kun" uchun 2 kunlik chegirma✨
Faqat bugun va ertaga Devid Nikollsning “Bir kun. Bir muhabbat tarixi” kitobini super narxda xarid qilishingiz mumkin.
Romantik adabiyotlarni yoqtiradigan kitobxonlar uchun ideal sovg‘a.
Super narxdagi yoqimli chegirmadan foydalaning va buyurtma bering: https://asaxiy.uz/uz/product/devid-nikolls-bir-kun-bir-muhabbat-tarihi-predzakaz
@asaxiybooks
#juma_xaridi
Ahmad Lutfiy Qozonchi: Saodat asri qissalari (4 ta kitob)
Kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, undagi voqealar muallif tomonidan aniq tarixiy hodisalarni ishonchli manbalarga suyanib olingan. Payg‘ambarimizning tug‘ilishlaridan to vafotlarigacha bo‘lgan saodat asri ketma-ketlikda, o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirilgan.
📌Atigi 1 kun muborak juma ayyomida chegirma narxda.
📌Mutolaa uchun eng to‘g‘ri tanlov.
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/saodat_asri
@asaxiybooks
Katta ogʻa sizni kuzatyapti
Barcha ikki oyoqlilar — dushman
Onam doim agar istasak, maktabga borishimiz mumkinligini aytardi. Dadangizdan soʻrasangiz boʻldi, keyin borishingiz mumkin, derdi.
Lekin men soʻramaganman. Dadamning dagʻal yuz chizgilariga, har tong oilaviy ibodatni boshlashimizdan avval yengil xoʻrsinib qoʻyishiga boqib, negadir bu ishtiyoqim hayosizlik, meni oʻstirish uchun chekkan shunchа zahmatlariga nisbatan nonkoʻrlik, degan xayolga borardim.
Men metall saralash va onamga damlamalar, moylar tayyorlashda yordam berishdan qolgan boʻsh vaqtlarimni nimalarnidir oʻqib-oʻrganishga sarflay boshladim. U vaqtlari onam uyda dars qildirishni toʻxtatgandi, lekin kompyuter va yertoʻladagi kitoblar haliyam turgandi. Men rang-barang tasvirlarga toʻla ilmiy qoʻllanmani va yillar oʻtsa-da yodimdan chiqmaydigan matematika kitobini topdim. Hatto rangi oʻchgan, yashil tarix kitobi ham oʻshа yerda ekan. Lekin oʻqishga oʻtirsam, koʻzlarim yumilib ketaverardi. Sahifalar silliq va yumshoq edi, temir ushlagan qoʻllarimga yanada yumshoq tuyilardi.
Dadam oʻshа kitoblardan birini qoʻlimda koʻrib qolsa, meni ulardan uzoqlashtirishga harakat qilardi. Balki, Tayler esiga tushib ketgandir. Balki, bir nechа yil chalgʻitib tursam, keyin oʻzi sovib qoladi deb oʻylagandir. Xullas, u meni boʻlar-boʻlmas ishlar bilan koʻmib tashladi. Bir kuni matematika kitobi bilan qoʻlga tushib qoldim, keyin ikkimiz shudgorda bir soat kezib, mevali daraxtlarni chelaklab sugʻorib chiqdik.
Aslida daraxt sugʻorishning ajablanarli joyi yoʻq, lekin oʻshа payt yomgʻir yogʻayotgandi-da.
#fragment #kitobdan_parcha
Tara Vestoverning “Talaba” kitobidan
@asaxiybooks
Yozamiz, qisqartiramiz
✍️ Toza, tushunarli va taʼsirli matn yozish uchun “Yoz, qisqartir” kitobini mutolaa qiling. Kitob orqali fikringizni oʻquvchiga toʻgʻri va samarali yetkazishni oʻrganib olasiz.
Rasmlar orqali kitobning ichki qismi bilan tanishing va havoladan buyurtma bering: asaxiy.uz/u/yoz_qisqartir
@asaxiybooks
“Talaba”lar reytingda birinchi-ku)
Oʻtgan hafta davomida kitobxonlarimiz tomonidan tanlangan top kitoblar bilan tanishing:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Kel Nyuport: Diqqat
4. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
5. Robert Grin: Mahorat
Keyingi hafta qaysi kitob reytingga kirar ekan?
@asaxiybooks
Адолат ва ахлоқ синовдан ўтказиладиган дунёга қадам қўйинг🕊️
Ҳарпер Лининг "Мазахчини ўлдириш" асари инсонийлик, ҳамдардлик ва тўғриликни ҳимоя қилиш йўлидаги жасорат ҳақида асардир. Ушбу классик роман кўпчиликнинг севимли китобига айланган ва биринчи нашридек кучли ва долзарб бўлиб қолмоқда.
📖 Мутолаа қилишга улгурмаганлар учун китоб #яна_сотувда, ҳавола орқали буюртма қолдириш мумкин: asaxiy.uz/u/66c0aed1edc38
Китобни ўқиганлардан изоҳларда фикр кутамиз)
@asaxiybooks
"Маҳзун бўлма" китоби яна сотувда
☘️ Доктор Оиз-Қарний китобда мусанниф Қуръони карим оятлари, ҳадиси шарифдан иқтибослар ва саҳобаю тобеинлар ҳаётларидан ибратли лавҳалар келтириш билан ўқувчини маҳзун бўлмасликка чорлайди. Китобни ўқиб дунё муаммоларига қайғурмай бахтиёр ҳаёт кечиришни бошлайсиз.
Муқова: Қаттиқ
Нашриёт: Ўзбекистон
Нарх: 59 000 сўм
Саҳифа: 240 бет
Шу ҳавола орқали буюртма беринг ва маҳзун бўлманг: asaxiy.uz/u/66bf34fc430f9
@asaxiybooks
Taʼlim yoʻlini ochgan qiz haqidagi “Talaba” kitobi
✏️ Ushbu memuar barcha qiyinchiliklarga qarshi turgan Taraning chidamlilik, oʻz-oʻzini kashf qilish va bilimga intilish hikoyasidir. Uni oʻqish orqali ilm ahamiyatini yana bir bor anglaysiz va oʻtmish toʻsiqlari kelajakni belgilamasligini tushunasiz.
Videoni tomosha qilib kitob haqida bilib oling va oʻzingizga sovgʻa qiling: asaxiy.uz/u/vestover_talaba
@asaxiybooks
Yuqumli gʻoyalar professori Yona Berger haqida
#muallif
Yona Berger taniqli yozuvchi va Uorton biznes maktabi marketing professori hisoblanadi. U Stenford universitetida bakalavr darajasini va Stenford Oliy biznes maktabida marketing boʻyicha Ph.D darajasini olgan.
Yona Berger psixologiya, marketing, ijtimoiy taʼsir va yuqumli gʻoyalar haqidagi qarashlari bilan mashhur. Eng nufuzli ilmiy jurnallarda uning oʻnlab maqolalari chop etilgan va yana qator ishlari “New York Times”, “The Wall Street Journal”, “The Washington Post”, “Science”, “Harvard Business Review” va “BusinessWeek” nashrlaridan oʻrin olgan.
Yona Berger “Sehrli soʻzlar” (“Magic words”), “Katalizator” (“The Catalyst”), “Yuqumlilik” (“Contagious”) va “Koʻrinmas taʼsir” (“Invisible Influence”) kitoblari muallifi hisoblanadi. Bugungacha uning “Yuqumlilik” kitobi Asaxiy Books loyihasida tarjima va nashr qilingan.
Berger kitoblari mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashishi hamda ta'sir usullari bilan qiziquvchilarga foydali bo‘ladi.
@asaxiybooks