Kuz faslining 2-oyi uchun tavsiyalar🍁
🍂 Oktyabr oyida sizga shaxsiy javobgarlik, ilm olish, muvaffaqiyat sirlari va albatta doʻst orttirish mavzularida kitoblar tavsiya qildik. Ularni mutolaa qiling, amalda qoʻllang va real foydasiga guvoh boʻling.
@asaxiybooks
Kitob loyihasini ochgandan beri har oyning ilk kunlarida "Asaxiy Books" bestsellerlari roʻyxatini e'lon qilib kelamiz. Roʻyxatdan bir oy davomida Asaxiy orqali eng koʻp sotilgan 20 kitob oʻrin oladi.
Soʻnggi bir yilda roʻyxatning 1-o'rnini doimiy Jeyms Klirning "Atom odatlar" kitobi egallab kelayotgan edi. Uni birinchi oʻrindan hatto "Katta oʻyin" ham qoʻzgʻata olmagandi.
Lekin, nihoyat "Atom odatlar" oʻrnini boshqa kitob egalladi. Sentyabrda Devid Nikollsning "Bir kun" romani eng koʻp sotilibdi. Yoqimli syurpriz boʻldi.
Kitobning asosiy marketing kompaniyasi hali oldinda. Sotuv ham boshlanganiga endi ikki hafta boʻldi. Nimadir sabab boʻlmasa, kitob Oʻzbekistonda bunaqa yaxshi sotilishi mumkin emas. Sababi kutilmagan joydan chiqdi. Piar menejerimiz ta'kidlashicha, kitobni yoshlar sevgi izhori sifatida ishlatayotgan ekan. "Bir kun" sovgʻa qilish "sevaman" degan maʼnoni anglatar ekan. Kitob sotadigan odam uchun kutilmagan, lekin yoqimli syurpriz.
Bitta muammoli tomoni, man 100dan ortiq ayolga kitobdan sovgʻa qilgandim. Uyda mazmunli bir suhbat kutmoqda meni))
@allaevuzb
«Asaxiy Books bestsellerlari»
Sentyabr: 20ta kitob 15 % chegirma bilan🤩
1. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Jorj Oruell: Molxona
4. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
5. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
6. Jorj Oruell: 1984
7. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati
8. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
9. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
10. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
11. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
12. Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi
13. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo'ladi
14. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
15. Frenk Bettjer: Muvaffaqiyat sirlari
16. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
17. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
18. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
19. Rey Bredberi: Farengeyt bo'yicha 451º
20. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari
Jami: 1089100 so‘m
15% chegirma bilan: 925000 so‘m
Buyurtma uchun 👉 asaxiy.uz/u/6519568518249
Barcha tinglovchilarimizga rahmat aytamiz. Audio-chatda faol ishtirok etgan va o’z mulohazalari bilan bo’lishgan uch tinglovchimizga va’da qilganimizday keyingi oy uchun tanlangan asarni sovg’a qilamiz.
Feruza Nuriddinova, Abdug’ani aka va Ramziddin ismli foydalanuvchilar @gipatiya96 telegram profiliga xabar berishlarini so’raymiz.
@asaxiybooks
Ustoz va murabbiylar kuniga Asaxiy sizni sovgʻasiz qoldirmasdi.
Bugundan 2-oktabr 23-00ga qadar barcha kitoblarga, saytimizda ham, kitob doʻkonlarimizda ham 15 foizlik chegirma amal qiladi. Narxlar bilan saytimiz orqali tanishishingiz va buyurtma qoldirishingiz mumkin.
Bayram muborak, ustozlar!
#жума_хариди
Имом Ғаззолий: Охират оламининг сирлари
Баъзи инсонлар намоз ўқиётганда вафот этади, баъзилар эса ухлаётганда. Яна баъзи бировлар ўйин-кулги ҳолларида…. Бу ишга инсон ҳаётида бир маротаба дуч келади.
Бу китоб ўлим турлари, маййит ҳолати, қиёмат, шафоат, Сирот кўпригидан ўтиш, савоб ва гуноҳлар тарозиси ва шу каби кўплаб мавзуларни ўз ичига олади. Мутолаа орқали ўлим, охират борасида саволларингизга жавоб оласиз ва дунёга бошқача муносабат билдира бошлайсиз.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Иқро-нашр
Нарх: 29 000 сўм
Саҳифа: 96 бет
Буюртма учун 👉 asaxiy.uz/u/65169d9a94386
Mijozlarimizga navbatdagi qulaylikni yaratdik. Barcha elektron kitoblar narxini 19 990 Soʻmgacha tushirdik. Endi hamma kitoblarimiz elektron formatda 19 990 Soʻm yoki undan ham arzon turadi. Bu narxlar 1-yanvargacha oʻzgarishsiz qoladi.
Yaqindan boshlab qogʻoz kitob xarid qilganlarga kitobning elektron va audio shakli ilovada mavjud boʻlsa bepul boʻlgan edi. Undan tashqari chet eldagi hamyurtlarimiz uchun Visa va MasterCard orqali toʻlovlar ham ulangan edi.
Elektron va audio kitoblarni Asaxiy Books mobil ilovasi orqali oʻqishingiz mumkin.
@allaevuzb
Пронин: Букварь дошкольника
Книга "Читай-пиши+пропись" познакомит ребёнка с буквами русского алфавита, научит читать и писать печатными буквами, а также прописью. В основу обучения по этой книге легли популярные методики начальной школы. А само обучение выстроено в удобной игровой форме.
Книга состоит из трёх частей:
1️⃣Первая часть учит читать и писать слоги, слова и предложения. По мере освоения пройденного материала ребёнок переходит к чтению небольших рассказов и отвечает на вопросы, тестирующие прочитанный материал.
2️⃣Во второй части даётся материал для закрепления полученных знаний. Ребёнок читает рассказы и сказки, выполняет задания по письму печатными буквами.
3️⃣И третьей части ребёнок может поупражняться в навыках писать прописью, развивая мелкую моторику рук.
Цена: 39 000 сум
Для заказа 👉 asaxiy.uz/u/65140ba518b4d
Uygʻonish toʻplami — millatni uygʻota olganlar haqida millatni uygʻotadiganlarga!
Toʻplamda al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy, al-Buxoriy, Moturidiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino kabi jahon ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimiz haqida qimmatli maʼlumotlar oʻrin olgan.
Kitoblarni oʻqish orqali buyuk insonlar haqida maʼlumot olasiz, oʻzingiz ham ular kabi buyuk boʻlishga harakat qilasiz, degan umiddamiz.
Kitoblar 👉 asaxiy.uz/u/6501ba7314143
To‘liq video 👉 https://youtu.be/1jdVWWnD-E4
@asaxiybooks
1-oktyabr — oʻqituvchi va murabbiylar kuni🎁
Bu kunda kasbiy va hayotiy qimmatbaho bilimlar bergan ustozlaringizni xursand qiling. Biz esa ajoyib takliflar va sovgʻabop toʻplamlar bilan sizni mamnun qilamiz.
To’plamlar va narxlar bilan rasmlar orqali tanishing. Ajoyib, ammo cheklangan toʻplamlarga tezroq buyurtma bering, chunki barchasini Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bepul. Buyurtmalar Toshkent shahrida 24 soatda, viloyatlarga 2-3 ish kunida yetkazib beriladi.
Buyurtma uchun 👉 asaxiy.uz/u/6512bb7f10cf7
Bu toʻplam ayol-qizlarga moʻljallangan, navbatdagi postda erkaklar to’plamini ulashamiz.
O’tgan hafta mobaynida eng ko’p tanlangan 5 kitob🔝
Chiqqaniga ko’p bo’lmay “Bir kun” kitobi ham reytingga qo’shilgani ajoyib🙂.
@asaxiybooks
Farhod bozori filialimizda taʼmirlash ishlari🛠
Bugun Asaxiy Books Farhod bozori filialida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan kitob doʻkonimiz bugun 18:00da ish faoliyatini toʻxtatadi va ertaga12:00da qayta ishga tushadi.
Yangilangan doʻkonimizda ham barchangizni kutamiz🤗
@asaxiybooks
Bugun bayram munosabati bilan e’lon qilingan 15% chegirma nihoyasiga yetadi.
Chegirmadan Asaxiy.uz sayti yoki Asaxiy Books do’konlari orqali foydalanish mumkin.
Katalog: https://asaxiy.uz/product/knigi
Do’konlarimiz:
📘 Asaxiy Books Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 035 06 45
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
📕 Asaxiy Books Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 036 06 45
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
📙 Asaxiy Books Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 065 06 45
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
📗 Asaxiy Books Panorama
Ish vaqti: 10:00 - 20:00
Telefon raqam: 99 393 06 45
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
Asaxiydan hali bayram sovg'alari tugamadi.
Bu safar elektron va audio kitob xarid qilishingiz uchun 6000 So'm sovg'a qilamiz.
Faqat bugun "Asaxiy Books" mobil ilovasi orqali hisobingizga 6000 So'm sovg'a sifatida oling.
Bu uchun ilovada profilga kirib, kuponlar bo'limida "ustoz" kupon kodini qo'shish yetarli.
6000 dan hammaga yetadi. Postni xohlagancha bo'lishing.
@allaevuzb
Bayram muborak🎊
1-oktyabr — o’qituvchi va murabbiylar kuni bilan barcha ilm ulashuvchilarni tabriklaymiz.
Rivojlanish yo’lida qilayotgan xizmatingiz uchun tashakkur😇.
Hurmat bilan,
Asaxiy.uz jamoasi
Demak, vada qilganimizday bir necha daqiqalardan so’ng Jorj Oruellning o’sha mashhur “1984” asari yuzasidan audio-chatni boshlaymiz.
Romanni o’qishga ulgurgan bo’lsangiz yoki endi o’qimoqchi bo’lsangiz sizni audio-chatda kutamiz. Kitob haqida mutaxassislarimiz, oruellshunoslar hamda kitobxonlar fikrlari bilan o’rtoqlashishda. Siz ham suhbatimizda ishtirok eting.
@asaxiybooks
“Pirls sari” 4-sinflar uchun toʻgarak daftari — Dilfuza Ahmad, Feruza Ikromova, Dilbar Haydarova
🗝️ Ushbu oʻquv qoʻllanma 4-sinf oʻquvchilarini PIRLS xalqaro test tizimiga tayyorlash uchun moʻljallangan. Matn mazmunini tushunish, unga nisbatan fikr bildirish, tanqidiy tahlil qilish koʻnikmalari PIRLS natijalariga ijobiy taʼsir qiladi.
📝 Qoʻllanma asosan oʻqib tushunish, ijodiy yozish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, ona tili fanining ayrim tayanch grammatik mavzularini ham qamrab oladi. Qoʻllanma ona tili va oʻqish savodxonligi fanidan toʻgarak mashgʻuloti, qolaversa, erkin qoʻllanma sifatida ishlatilishi mumkin.
Muqova: Yumshoq
Nashriyot: Bayoz
Narx: 29 000 soʻm
Sahifa: 64 bet
Farzandingizga qimmatli bilimlar beradigan, sodda, tushunarli va qiziqarli qo‘llanmaga hoziroq buyurtma bering 👉 asaxiy.uz/u/6516c64014e86
🎙️ Suhbatimizga 2 kun qoldi
30-sentyabr (shanba) kuni 20:00da Jorj Oruellning “1984” kitobi boʻyicha onlayn audio-chat boʻlib oʻtadi. Kitob haqida ham mazmunli, ham foydali suhbatga barchangizni taklif qilamiz. Kitobxonlarimizga sovg‘a ham tayyorlangan) Kutamiz.
@asaxiybooks
Bugun Sizga “Asaxiy Books” ga bog'liq oʻzgarishlar haqida aytib bermoqchiman.
Oxirgi bir yilda narxlarni koʻtarmaslikka harakat qildik, kitoblarimiz bir xil stabil narxda turdi. Afsuski, bu ortiq davom etolmaydi. Bugundan narxlarni koʻtarishga majburmiz. Bu uchun hamma-hammadan, ayniqsa kitobga 1000 soʻmlik pul yigʻib yuradiganlardan shaxsan oʻzim uzr soʻrayman.
Narxlarda nima oʻzgarishlar?
Kitoblar narxi eng kam 900 Soʻmga, eng koʻp 9900 Soʻmga oshdi. Eng arzon kitobimiz AQSH dollarida 2.6 dollar, eng qimmati boʻlsa 7.4 dollar boʻlmoqda. 7.4 dollarlik yuqori nuqta oshmasdan qoldi. 736 betlik sifatli xalqaro standartlarda chop etilgan ranglik kitob bizga yaqin biror mamlakatda 7.4 dollardan sotilmaydi. Hatto narx jihatdan o'zimizning nashriyotlar yangi chiqargan kitoblarni ham solishtirib koʻrish mumkin. Demak, eng katta narx oshishi ham 80 sent atrofida boʻlsa, eng kami 8 sent bo'ldi.
Lekin, bu holatda mijozni qiynamaslik va unga qoʻshimcha qulayliklar yaratish uchun quyidagilar bosqichma-bosqich qilindi:
1. Endi Asaxiy Books kitoblaridan birini sayt yoki Asaxiy kitob doʻkonlari orqali xarid qilinsa, kitobning elektron versiyasi, mavjud boʻlsa audio versiyasi mobil ilova orqali tekinga beriladi.
2. Ertadan “Asaxiy Books” kitoblariga 2 foizlik cashback joriy qilinadi. Cashback mijozning Asaxiydagi hisob raqamiga tushiriladi. Undan keyingi xaridlarda bemalol foydalansa boʻladi.
3. 10-oktyabrgacha Asaxiy Books kitoblariga yetkazib berish tekin boʻladi. Masalan, mijoz oldin 45 000 Soʻmlik kitobni yetkazib berish uchun 20000 toʻlagan, endi shu kitob 49 900 Soʻm turadi, lekin yetkazib berish tekin boʻladi.
4. 1-yanvarga qadar Asaxiy Books kitoblaridan 2 va undan ortiq xarid qilinsa yoki saytdan xohlagan kitob yoki kitoblarni xarid qilganda bir dona Asaxiy Books kitobi qoʻshib olinsa, yetkazib berish xizmati tekin boʻladi. Shu uchun ertadan 3 va undan ortiq kitobga yetkazib berish bepul aksiyasi bekor qilindi.
5. Talabalar va 25 yoshgacha boʻlgan yoshlarga “El-yurt ishonchi” statusiga chegirmalar hajmi oshirildi.
Soʻnggi bir yilda inflyatsiya, valyutalar kursi, logistika xarajatlari, kommunal xizmatlar, ijara, maoshlar, marketing xarajatlari, qogʻoz, umumiy olganda deyarli hamma narsaning narxi oshdi. Bu boʻlsa bizga ham taʼsir qilmasdan qolmasdi. Shundoq ham qarorni may oyidan beri ortga tashlab keldik.
Lekin, muhimi narxlar oshishi mijozga qulaylik yaratmasdan boʻlmadi.
Oldinda yanada qiziqarli aksiyalar va chegirmalar boʻlishiga vaʼda beramiz.
Hurmat bilan,
“Asaxiy Books” jamoasi.
Tarjimonlar tanloviga qabul yakunlanmoqda⏳
Bugun 23:59gacha Asaxiy Books tarjimonlar tanloviga ariza topshirish mumkin, ertadan bu imkoniyat bo'lmaydi. Arizalar birma-bir o'rganib chiqiladi va umumiy guruhga qo'shiladi. Guruhda tarjima uchun sinov namunasini yuboramiz va 2 kun vaqt beramiz.
Siz yuborgan tarjimalar o’rganib,tekshirilganidan so’ng saralangan tarjimalar egalariga aloqaga chiqamiz. Ariza to'ldirish: https://forms.gle/vCQctT9b6UEoC8RCA
Barchangizga omad!
Har bir insonda taqdirini oʻzgartirib yuboruvchi va kelgusi hayot yoʻlini belgilab beruvchi uchrashuvlar boʻladi. Otabek Mahkamovning omadi shundaki, uning umr yoʻlida butunboshli kitobga jamlasa boʻladigan koʻplab ana shunday uchrashuvlar yuz bergan.
Uning yuristlik va oʻqituvchilikdan tortib aktyorlik, jurnalistik, teleboshlovchilik, blogerlik hamda motivator notiqlikka qadar boʻlgan yorqin kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan boʻlsak, buning ajablanadigan joyi yoʻq.
Kitob bugungacha 2000dan ortiq nusxada sotildi, u nafaqat respublikamiz balki butun dunyo bo’ylab kitobxonlarimizga yetib bordi. Siz ham buyurtma bering 👉 asaxiy.uz/u/6513c246b2e33
@asaxiybooks
Endi navbat erkaklar uchun sovgʻa toʻplamlariga
Bu sovgʻabop toʻplamlar ham Oʻzbekiston boʻylab bepul yetkazib beriladi, buyurtma uchun havola: https://asaxiy.uz/u/6512bb7f10cf7
@asaxiybooks
Audio kitob. Teodor Drayzer: Sarmoyador. 14-bob.
1. Kirish
2. 1-bob
3. 2-bob
4. 3-bob
5. 4-bob
6. 5-bob
7. 6-bob
8. 7-bob
9. 8-bob
10. 9-bob
11. 10-bob
12. 11-bob
13. 12-bob
14. 13-bob
Kitobni toʻliq audio shaklida "Asaxiy Books" ilovasi orqali tinglashingiz mumkin.
@allaevuzb
Uyqudan avval kitob oʻqishda yorugʻlik muammo boʻlyaptimi? Yechim butunlay mobil boʻlgan ixcham lampadir💡
Lampa koʻzingizni zoʻriqtirmaydi va xonadagi sherigingizni bezovta qilmasdan kerakli miqdorda yorugʻlik beradi. Uni kitobga, noutbuk va hatto stol chetiga ham qistirish mumkin. Olib yurishga qulay, 3 turda yoritadi va sizni kerakli yorug‘lik bilan taʼminlaydi.
Narxi: 159 000 soʻm
Muddatli toʻlovga: 19 900 soʻm x 12 oy
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/65117e28b8153
Bizda yangi chellenj: Kitob bilan
Jamiyatning kitobga e’tibori qanchalik? Kimnidir qo’lidagi kitob boshqa kimgadir qiziqmi? Ko’cha-ko’yda kitoblar haqida suhbat bo’ladimi? Bo’lsa qanday bo’ladi?
Shu kabi dolzarb savollarga javob topish va jamiyatimiz kitobga qanchalik e’tiborli ekanini sinash maqsadida yangi chellenjga start beramiz.
Chellenj shu tarzda bo’ladi: Kelayotgan haftadan boshlab o’zingiz bilan istalgan bir kitobni oling, uni sumkada emas qo’lda ko’tarib yuring. Odam gavjum joylarda uni ochib bir-bir varaqlang va atrofdagilar reaksiyasiga e’tibor bering. Kun davomida taxminan nechta odam kitobingizga qaradi, nechtasi kitob bilan qiziqib sizdan savol so’raganini hisoblang.
Tadqiqotlaringiz natijasini har kuni shu guruhga yozib boring, biz ham yozamiz: @kitob_bilan_chellenj
Chellenjda qatnashing va yaqinlaringizni ham taklif qiling.