Bir muhabbat tarixini nima uchun oʻqish kerak?
👥 “Bir kun” kitobini oʻqish uchun 5 sababni keltirib oʻtdik. Munosabatlar, farqlanuvchi falsafaga ega insonlar, inson hayotida muhitning oʻrni va shu kabi real hayot haqidagi tushunchalaringizni sayqallash uchun ham bu kitobni mutolaa qiling.
Kitob qalbingizda joy oladi va siz bilan bir umr birga qoladi, degan umiddamiz.
@asaxiybooks
Javlon Abdullo: Mukammal dasturlash💻
👩💻 Mukammal dasturlash 1 — Veb-dizaynerlikni noldan mukammallik darajasigacha batafsil oʻrgatuvchi qoʻllanma.
🧑💻 Mukammal dasturlash 2 — JavaScript asosida dasturlashni oʻrganish va bilimni mustahkamlash uchun mukammal qoʻllanma.
Kitoblar faqat zaruriy bilimlarni oʻzida jamlagan hamda sodda, tushunarli tilda bayon etilgan. Kitobda yoritilgan mavzular boʻyicha fikr-mulohazalar, takliflar, savollar hamda oʻz amaliy dasturlash faoliyatingizda muammolar yuzaga kelsa, ilm.yurt.uz sayti orqali murojaat qilishingiz ham mumkin.
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/652930946b9da
Anchadan beri mualliflik huquqi bo'yicha kelishuvlarni e'lon qilmay qo'ygan edim.
Yangiliklardan mashhur Robert Green bilan bitta shartnomaga qo'l qo'ydik. Shaxsan o'zi bilan 😊
"The laws of human nature" kitobiga o'zbek tili uchun mualliflik huquqini xarid qildik. Kitob 2024-yil to'rtinchi kvartalida o'zbek tilida chiqadi.
Oldinroq, Robert Greenning "Mastery" kitobiga ham mualliflik huquqini xarid qilgandik.
@allaevuzb
Gʻafur Gʻulom nashriyotidan #yangilik
✍️ Yozuvchi Chingiz Aytmatovni butun dunyo biladi. Asarlari dunyoning 170 dan ortiq tiliga tarjima qilingan, 128 davlatda nashr etilgan. U oʻz asarlarida insonparvarlik, Vatan sogʻinchi, insonga, hayvonotga, borliq, jonzotga muhabbat gʻoyalarini yozgan.
Chingiz Aytmatovning sara asarlari sotuvda:
• Qiyomat
• Jamila
• Alvido Gulsari
• Hayot-mamot
• Somon yoʻli
Siz kitoblarni toʻplam holida, yoki alohida xarid qilishingiz mumkin. Havoladan oʻtib buyurtma berishingiz mumkin 👉 asaxiy.uz/u/6527bed27b8ef
Imkoningiz bo’lganida qaysi asar yakunini o’zgartirar edingiz? Nima uchun?
@asaxiybooks
Bizda yana tabriklar☺️
Barchangizga katta rahmat, juda xursand boʻldik. Kitob oʻqishdan, oʻrganishdan va ilm ulashishdan charchamang.
@asaxiybooks
Ўзбекистон обидаларидаги битиклар.
Нашриёт: Uzbekistan Today
Муқова: Қаттиқ
Нархи: 1 189 000 сўмдан
Тил: Ўзб / Рус / Англ
Китоблар ҳақида батафсил 👉 asaxiy.uz/u/6523f74cc1c67
#янгилик
Муҳаммаджон Абдукаримов: HR менежер корпоротив муносабатлар яратувчиси
Мазкур китоб HR (инсон ресурсларини бошқариш) соҳасида фаолият олиб бораётган мутахассислар, ходимларни ўқитиш билан шуғилланувчи менторлар, StartUp компания раҳбарлари ҳамда эндигина фаолият бошлаган HR мутахассислари учун бошланғич билимларни тақдим этишга қаратилган.
Муқова: Қаттиқ
Нарх: 349 000 сўм
Муддатли тўлов: 43 700 сўм х 12 ой
Саҳифа: 176 бет
Буюртма бериш 👉 asaxiy.uz/u/652397604b28b
🤩 Bayramning 2-kuni ham ajoyib o’tdi.
Videoda quvonchimizning bir qismi bilan bo’lishdik, siz ham sherik bo’ling😇.
Eslatib o’tamiz, ertaga 2+1 aksiyasining so’nggi kuni. Tezroq kelib sovg’alaringizni olib keting)
@asaxiybooks
Bugun sizni yana shuncha sovgʻa bilan kutyapmiz😇.
2+1 aksiyasi davom etadi! Xarid qilingan har 2 kitobga 1 tadan kitob qoʻshib beramiz. Foydalanish uchun Asaxiy.uz sayti orqali buyurtma bering yoki doʻkonlarimizga tashrif buyuring.
Barchangizni kutamiz🤗
Tugʻilgan kunimizda sovgʻa ulashamiz🎁.
🎊 Asaxiy Books 5 yoshga toʻldi va sizni sovgʻalar bilan xursand qilmoqchi. Xarid qilingan har 2 kitob uchun yana 1ta kitob hadya qilinadi.
Taklif onlayn buyurtma uchun, muddatli toʻlovga xarid uchun va doʻkonlarimizda amal qiladi.
🎈Shu manzillarda boʻlamiz:
• “Asaxiy Books” Novza metrosi: Muqimiy koʻchasi, 142/1
• “Asaxiy Books” Farhod bozori: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
• “Asaxiy Books” Panorama: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
• “Asaxiy Books” Kitob Olami: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
Bu kun nafaqat men, boshqa koʻpchilikning ham hayotini oʻzgartirgan kun. “Asaxiy Books” loyihasi boshlanganiga 5 yil toʻldi. Bu davrda oʻzbek kitob bozorida nimalar oʻzgarmadi, deysiz?
5 yilda ushbu loyiha salmoqli 5 bosqichni oshib oʻtdi:
1. www.asaxiy.uz orqali Oʻzbekistondagi barcha nashriyotlarning kitoblari sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Toshkent shahrida toʻrtta kitob doʻkoni ishga tushirildi. Buyurtmalar Oʻzbekistonning hamma hududlariga, hatto chekka qishloqlarigacha yetkazilishiga erishildi.
2. Oʻzbek tiliga turli janr va mavzulardagi yangi kitoblar tarjimasi yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbek kitobxonlari 40dan ortiq kitobni ilk marotaba oʻz ona tilida oʻqish imkoniga ega boʻldi.
3. “Asaxiy Books” ilovasi yordamida elektron kitoblar sotuvi yoʻlga qoʻyildi. U orqali butun dunyodan oʻzbekzabonlar kitoblar xarid qilib oʻqishlari mumkin.
4. Audio kitoblar tayyorlanib, ilova orqali sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Yil oxirigacha yana 10dan ortiq audio kitob qoʻshiladi.
5. Loyiha doirasida oʻzbek adabiyotida yangi nomlar kashf etildi.
Bu qilingan ishlar va erishilgan yutuqlarning bir qismi xolos. Loyihaning koʻlami va taʼsiri bundan ancha katta deb oʻylaymiz. Loyiha tarixidagi baʼzi bir muhim voqea va raqamlar.
1. 2.6 million dona kitob. Loyiha doirasida mijozlarga yetkazib berilgan kitoblar soni 2 600 000 taga yetdi.
2. Loyihaga besh yilda 17.4 milliard soʻm. sarmoya kiritdik.
3. Kitoblarni tayyorlashda “Hachette” nashriyotidan 7 bosqichli nazorat tizimi olinib, bir bosqich qoʻshilib, 8 bosqichli nazorat tizimi yoʻlga qoʻyildi. Endi tarjimadan chop etishga tayyor boʻlguncha kitob bir necha mutaxassislar koʻrigidan oʻtadi.
4. Loyiha “Tahsin” mukofotini, u orqali bir necha insonlar turli mukofot va unvonlarga sazovor boʻldilar. Ular orasida “Shuhrat” va “Kelajak bunyodkori” kabi medallarni sanab oʻtish mumkin.
5. Mualliflik huquqi boʻyicha dunyoning eng zoʻr agentliklari bilan shartnomalar imzolandi. Natijada mahalliy nashriyotlarning mualliflik huquqi boʻyicha imidji yaxshilandi.
6. Oʻzbekistonning eng tarixiy banki “Xalq banki” bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi imzolandi.
7. Besh yillikka maxsus sovgʻa, “Korzinka Uz” supermarketlarida Asaxiy Books kitoblari sotuvi boshlandi.
Va eng muhimi 5 yilda ajoyib professional jamoa shakllandi, yangi kadrlar kashf etildi. Kitoblarning kontent sifati ham, bosma sifati ham doimiy yaxshilab borildi. Kitob sotuvini toʻgʻri tashkil etish uchun murakkab infratuzilma, dasturiy taʼminot, kitob bozorida ajralib turadigan marketing tizimi yaratildi.
Bularning barini, “Kitob atrofida integratsiya qilingan ekotizim” deb bemalol aytish mumkin. Men bugun loyihaga hissasi qoʻshilgan hammaga, jamoaga, hamkorlarga oʻz minnatdorligimni bildiraman. Besh yilda bir marta boʻlsa ham faoliyatimizni senzura qilmagan, aksincha qoʻllab- quvvatlagan hukumat vakillariga ham tashakkur deyman. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar kelajagimiz jamgʻarmasi, Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazining loyihaga qilgan yordamlarini alohida aytib oʻtmasam boʻlmaydi. Va muhimi bizga ishongan, oʻz xaridlari bilan loyiha muvaffaqiyatiga sababchi boʻlgan Asaxiyning har bir mijoziga katta RAHMAT! Siz har bir xaridingiz — maishiy texnikami, gadjetmi, telefonmi, kitobmi yoki boshqa mahsulot orqali loyihani moliyalashtirdingiz. Bugun siz ham katta loyiha sababchilaridansiz.
PS: Loyiha besh yilligiga ajoyib aksiyani eʼlon qilamiz. 6-7-8-oktyabr kunlari Asaxiy orqali xarid qilingan har ikki kitobga bitta kitob qoʻshib sovgʻa qilamiz. 10 ta kitob olsangiz, 5 ta kitob sovgʻa boʻladi. Bunaqasi hali hech qachon boʻlmagan. (Balki shu bilan 10 yillikda boʻlar... 😊)
@allaevuzb
Исоқжон Нишонов: Афғон шамоли (Тўплам 7 та китоб)
Ҳаммаси Бўроннинг Афғонистонга келганидан бошланди. Собиқ рус зобитларининг илтимосига кўра Афғонистондаги уруш пайтида яширилган хазинани топиш мақсадида борган Бўрон жангарилар қўлига тушиб қолади. Жангарилар орасида қўлига қурол олиб ерли аҳолини талаётган, аёллар, қизлар номусига тажовуз қилаётган, уйларни ёқиб кулини кўкка совураётган, умуман, бир инсон бошқа инсонни ваҳшийларча азоблаётган ўз ватандошларини кўради.
Улар орасида қишлоқдошлари, ҳарбийда бирга хизмат қилган дўстлари, ҳатто ота-онадан етим қолганда ўз қарамоғига олган Фатҳуллохон ҳам бор эди. Худди шу ондан бошлаб Бўрон Ўзбекистон билан алоқа боғлаб, ватанига хиёнат қилган, одамларнинг тинч ҳаётни пароканда қилишга уринаётган жангариларни фош қила бошлайди.
Воқеалар ривожи ва якунни китобларни мутолаа қилиш орқали билиб олинг.
Муқова: Қаттиқ
Нашриёт: Ёш Куч
Нарх: 229 000 сўм (28 700 сўм х 12 ой)
Буюртма бериш: asaxiy.uz/u/651e9324a9725
Anna Frank kundaligi #yana_sotuvda
✍️ Kitob maktub holida yozilgan boʻlib, unda oʻsmir qiz Annaning ichki kechinmalari, dunyoga qanday nazar bilan boqishi aks etadi. Kitobni oʻqir ekansiz, qanday qilib shoʻx-shodon, oʻzini gapirishdan tiyolmaydigan qizaloqning ikki yil davomida tashqi dunyodan yiroqda, oʻz tuygʻulari ogʻushida hayot kechirganini bilib olasiz.
📗 Kundalikka Kitti deya nom bergan Anna, uni eng yaqin doʻsti sifatida qabul qiladi va bor oʻy-hayollarini u bilan boʻlishadi. Bu kitob sizga Ikkinchi jahon urushi davrida qirgʻinga uchragan yahudiylar hayotini, ularga qanchalik ogʻir boʻlganini, yosh Anna, buyuk yozuvchi boʻlishni orzu qilgan qiz nigohi bilan koʻrish imkonini beradi.
Muqova: Yumshoq
Nashriyot: Factor Press
Narx: 39 000 soʻm
Sahifa: 320 bet
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/651d34f0894b0
#яна_сотувда
Саидмурод Давлатов: Бой ва камбағал одамларнинг фикрлаш стратегияси
Инсон фикрини яхши томонга ўзгартирганда ўсади. Инсонни фақат комил бўлишга интилмаган инсон эса ҳеч нарсага арзимайди. Бу китобда кўп саволларга мисол ва воқеалар билан жавоб берилган. Муаллиф келтирган мисолларимизнинг ҳаммаси ижобий, инсоннинг руҳини кўтаради, сабаби салбий мисолларни ҳар куни шундай ҳам кўп кўрамиз ва кўп эшитамиз дея таъкидлайди.
Муқова: Қаттиқ
Нашриёт: Давлатов С
Нарх: 99 000 сўм
Саҳифа: 308 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/652a453f3eec4
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф: Ижтимоий одоблар
🌙 Ислом дини инсон ҳаётининг барча соҳаларини қамраб олувчи шомил низом бўлиб, эътиқод, ибодатлар, ҳалол-ҳаром масалаларини ҳам, одоб-ахлоқ, муомала, маънавият, таълим-тарбия ва бошқа масалаларни ҳам ўз ичига олади.
📕 Аллоҳнинг динини, илоҳий, баркамол дастурини ҳаётига дастур қилиб олган инсоннинг ақийдаси комил, маънавий ҳаёти баркамол бўлади, таълим-тарбияси, одоб-ахлоқи, ижтимоий ҳаёти гўзал бўлади, икки дунёдаги бахт-саодати тўкис бўлади. Ушбу китобда мазкур дастурнинг бир йўналиши бўлмиш ижтимоий одоблар ҳақида сўз юритилади.
#жума_хариди
👉 asaxiy.uz/u/640192c46e411
Asaxiyda amaliyot oʻtash uchun tanlov yodingizdami? Natijalarni eʼlon qilamiz!
Tanlovga 470ga yaqin talabalar, oʻquvchilar va boshqa talabgorlar ariza topshirishdi. Arizalarni birma-bir koʻrib chiqdik va shu tanlov qatnashchilarini gʻolib deb topdik:
• Hakimboyeva Sevara
• Ahmatova Aziza
• Abdumatlubov Zafarjon
• Umurov Mirshodbek
• Ergashev Sherzod
• Rahmonov Muzaffar
• Tursunaliyev Mirzadavlat
• Asatjonov Kamoliddin
Barcha tanlov ishtirokchilariga rahmat, vaqtingiz va ishonchingizni qadrlaymiz. Bizni kuzatishda davom eting, yana koʻp yangiliklar bilan xursand qilamiz🤗.
@asaxiybooks
Hunca brendidan maxsus taklif🥰
Parvarish va pardozda eng kerakli vositalarga maxsus promokod bilan chegirma oling. Toʻplamlar xaridi uchun HUNCA10 promokodi bilan 10%, boshqa vositalar xaridida HUNCA5 promokodi bilan 5% chegirmaga ega boʻling. Imkoniyatdan foydalanish uchun quyidagi havoladan oʻting va buyurtma qoldirayotganda promokodni kiriting.
Taklif muddati cheklangan, undan tezroq foydalaning.
Hunca mahsulotlari 👉 asaxiy.uz/u/652680dfe13a0
#яна_сотувда
Ховард Бехар: Гап қаҳвада эмас ёки ҳақиқий раҳбар қандай бўлиши керак?
Ховард Бехар Starbucks'да раҳбар сифатида кўп йиллар давомида одамларни фойдадан устун қўядиган Starbucks маданиятини шакллантиришга ёрдам берди. У турли даражадаги юзлаб раҳбарларга мураббийлик қилди ва компаниянинг дунёга машҳур брендга айланишига ёрдам берди.
Бу китобда у раҳбарлигида қўл келган ўнта тамойилни очиб беради — уларнинг ҳеч бири қаҳва ҳақида эмас. У ҳақиқий раҳбар қандай бўлиши ва ходимларга қандай муносабат кўрсатиши кераклиги, компанияда корпоратив маданиятни шакллантириш лозимлиги ҳақида баён қилган. Шунингдек, “Starbucks” компанияси мисолида шахсий тажрибаларини ўртоқлашган. Раҳбарликнинг ўзига хос машаққатию, иш бошқариш методлари ҳақида сўз юритган.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Global Book
Нарх: 39 000 сўм
Саҳифа: 192 бет
Буюртма учун 👉 asaxiy.uz/u/6524ff188e07f
Kitobga mehrlilarimiz kelishdi🫠
3 kunlik aksiya mobaynida koʻp kitobxonlarimiz doʻkonlarimizda mehmon boʻlishdi. Oʻzlari tanlagan kitoblar bilan birga sovgʻalar ham olishdi. Rasmlar orqali atmosferadan biroz ilindik, siz ham kelsangiz xursand boʻlamiz😇.
@asaxiybooks
Bugun ham sovg’alar bilan kutamiz🎁
Bugun 2+1 aksiyasining so’nggi kuni, Asaxiy.uz saytiga kirib yoki do’konlarimizga kelib imkoniyatdan foydalaning. Shu manzillarda bo’lamiz:
• “Asaxiy Books” Novza metrosi: Muqimiy koʻchasi, 142/1
• “Asaxiy Books” Farhod bozori: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
• “Asaxiy Books” Panorama: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
• “Asaxiy Books” Kitob Olami: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
Mijozlarimiz hikoyalari: #asaxiybilan5yil
🥰Tugʻilgan kunimizga kitobxonlarimiz Asaxiy bilan bogʻliq hikoyalari bilan boʻlishdilar. Yuzlab tabriklardan bir nechtasini sizga ham ilindik.
🥹Barchangizga katta rahmat, biz Siz bilan shu darajaga keldik. Ajoyib kitoblar va takliflar bilan xursand qilishga vaʼda beramiz.
@asaxiybooks
Nigora Hasanovadan tug’ilgan kunimizga tabrik🥰.
Xursand bo’ldik, katta rahmat!
@asaxiybooks
"Asaxiy Books" besh yoshda!
Bu munosabat bilan 2+1 aksiyasini ham e'lon qildik. Endi sizlardan bir chellenjga qatnashish iltimosi bilan chiqmoqchimiz.
Sizlarni "Asaxiy Books" bilan bog'liq hikoyalarni, rasmlarni, videolarni, storieslarni bo'lishishga chaqiramiz. Kimdir loyiha sabab kitob oʻqib boshlagan, kimdadir kitoblarimiz dunyoqarashni oʻzgartirgan, hatto loyiha sabab baxtini topganlarni ham bilamiz.
#asaxiybilan5yil heshtegi bilan siz oʻz hikoyangizni ayting. Bizni teg qilsangiz yanada xursand boʼlamiz.
Xoʻsh, "Asaxiy Books" siz uchun nima? U bilan bogʻliq qanaqa hikoyangiz bor?
#asaxiybilan5yil
Bu safar yangi kitob haqida🫠.
👥 Oktyabr oyida suhbatni Devid Nikollsning “Bir kun” romani yuzasidan oʻtkazamiz. Bu kitob taraflarning dunyoqarashi, munosabatlar, xayoliy ertakdan uzoq real hayot haqida xulosalar chiqarishingizga yordam beradi. Sizga “buni qilish” yoki “buni qilmaslik kerak” demaydi, ikki inson taqdiridan hikoya qiladi va xulosani oʻzingizga qoldiradi.
Oy oxirigacha kitobni oʻqing, 29-oktyabrda u haqida suhbat qilamiz, Soat 20:00da biz, siz va kitobxonlarimiz audio-chatda uchrashamiz. Yoqimli mutolaa tilaymiz: asaxiy.uz/u/651ea295a41d6
@asaxiybooks
🕯 Shunchaki, lampa bilan yaxshiroq.
Bu lampa kechqurun ham bemalol kitob oʻqishingizga yordam beradi. Atrofda chalgʻituvchi narsalar koʻrinmasligi sabab diqqatni jamlash va tasavvur qilish ham birmuncha osonlashadi.
Sinab koʻring va natijasiga shaxsan guvoh boʻling📖.
@asaxiybooks