3 kitob va 3 olam bilimlar 🌎
Shaxsiy javobgarlik, oʻrganish va sarguzasht mavzularida oʻziga xos boʻlgan 3 kitobni keltirdik. Faqat nomini aytish bilan cheklanmay, undan olinadigan foydalarni ham sanab oʻtdik.
✨ Kartochkalar bilan tanishing va qay bir kitob qanday manfaat keltirishini bilib oling.
Kitoblarni toʻplam shaklda chegirma bilan xarid qilish mumkin, batafsil shu havola orqali ko‘ring.
@asaxiybooks
Asaxiyda yana bir yangilik. Endi bizda ham “super narx” tovarlar kategoriyasi bor.
Bu nima degani?
Bundan keyin doimiy 50 xildan ortiq tovarlar arzon narxlarda sotiladi degani. Ular alohida “Super narx” kategoriyasida ajratilgan. Demak, siz biror mahsulot xarid qilmoqchi boʻlsangiz, bizdagi narxlar bilan solishtirib koʻrib qaror berishingiz mumkin.
Arzon narx va katalog qanday shakllanadi?
Narxlar va katalog data analitika asosida shakllanadi. Qaysi mahsulotni qoʻyishni maʼlumotlar asosida tahlil qilamiz. Maqsad, koʻproq sotish evaziga oʻsha mahsulotga qoʻyilgan farqni imkon boricha kamaytirish, diler yoki ishlab chiqaruvchidan ham koʻproq chegirma olib, mijozga taqdim etish. Boshqa tomondan xarajatlar oʻzini oqlashi uchun imkon boricha eng ommabop va eng mavsumiy mahsulotlar kategoriyaga qoʻshilishi oʻylangan. Katalog va mahsulotlar uzoq vaqtlik tajriba, maʼlumotlar asosida shakllangan.
“Super narx” kategoriyasiga qoʻshilgan mahsulotlarga alohida stiker ham qoʻyilgan. Mahsulotlar orasida smartfonlar, kitoblar, smart soatlar, hatto muzlatgich va printerlergacha bor.
Bu kategoriya endi bizga mijozga mahsulotni yanada arzonroq va yanada tezroq yetkazish imkonini beradi.
Katalog: asaxiy.uz/u/supernarx
Kiring, ko'ring, xarid qiling, biz bo'lsa butun O'zbekiston bo'ylab yetkazamiz.
@allaevuzb
🗣Odamlar nima deydi?
Yutaro Toda hayoti, matonati va turli tarixiy voqealar tasvirlangan “Yapon zobiti” kitobi haqida kitobxonlarimiz fikri bilan tanishing.
Kitob haqida maʼlumot: asaxiy.uz/u/669b602d91099
Kitobni oʻqigan, ammo fikr bildirishga ulgurmaganlar uchun izohlar qismi ochiq)
@asaxiybooks
Yangi kitobni elektronini soʻraganlar, shu yerdamisiz?
Robert Grinning “Mahorat” kitobi endi elektron shaklda sotuvda!
▪️Mohir va buyuk insonlarning buyukligi nimada?
▪️Ular qanday qilib hamma tan olgan mahoratga erishgan?
▪️Inson oʻzidagi isteʼdodlarni qanday rivojlantirsa, butun jamiyatga naf keltiradigan ijodkor, olim, shifokor, sanʼatkor yoki hunarmandga aylanadi?
Robert Grin “Mahorat” kitobida shu savollarga javob berishga harakat qiladi. Kitobda chinakam professionalga aylanish uchun qanday koʻnikmalar zarurligi tushuntiriladi. “Mahorat” - qobiliyatni aniqlash, ustoz topish, doimiy rivojlanish va mohirlikka erishish uchun aniq koʻrsatmalar taqdim etadi.
Elektron kitob narxi: 19 990 soʻm
Ilovani yuklab oling va mutolaani boshlang:
🔗 Google Play
🔗 App Store
@asaxiybooks
Kitoblarda hech qanday sir, hech qanday sehr yoʻq. Sehr ularda aytilayotgan gaplarda.
Kartangizdan “tasodifan” pullar ketib qolayotgan boʻlsa, hayron boʻlmang. Demak atrofingizda bu kitobni oʻqib chiqqanlar bor)
P.S. ilm uchun sarflansa indamay qoʻyavering
@asaxiybooks
Professionallik tomon yoʻl xaritangiz — Mahorat
“Mahorat” — isteʼdodni kashf qilish, ustoz topish, insonlarni tushunish mavzularidan boshlanadi. Faol ijodkorlik holatiga oʻtish haqida so‘z ochib, soʻngida mahoratga erishish uchun qadam-baqadam tavsiyalar beradi.
Kitob qiziqishni aniqlashdan boshlab haqiqiy mohir boʻlguncha siz bilan birga boʻladi va yoʻl koʻrsatadi. Shuningdek, professional hayotidan misollar keltirish orqali usullar qanday ish berishini izohlab beradi.
Xullas, asaxiy.uz/u/o'qimasangiz_chumolilar_dunyoni_bosib_oladi)
@asaxiybooks
Turli mavzudagi qiziqarli kitoblar sotuvga keldi, ko‘rib chiqamizmi?
▪️Seljuk O‘zyurt: Kitobchi - 59 000 so‘m
▪️Agata Kristi: Katta to‘rtlik - 45 000 so‘m
▪️Agata Kristi: Rojer Ekroydning sirli qotili - 45 000 so‘m
▪️Gabriel Garsia Markes: Ulug‘ onaning janozasi - 39 000 so‘m
▪️Abdulfattoh Abu G‘udda: Ulamolar nazdida vaqtning qadri - 49 000 so‘m
▪️Murod Muhammad Do‘st: Lolazor - 69 000 so‘m
▪️Janni Rodari: Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida - 25 000 so‘m
Yangiliklarni ko‘rib chiqing va shaxsiy kutubxonaga moslarini ro‘yxatingizga yozib qo‘ying) Kitob nomi ustiga bosish orqali ular haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
@asaxiybooks
Chegirmali toʻplam soʻraganlar, shu yerdamisiz? Siz uchun ajoyib taklif tayyorladik🤩
Uchtasi birda va chegirma narxda:
1. Jyul Vern: Kapitan Grant bolalari
2. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok
3. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
Narxi: 145 000 soʻm
Chegirma bilan: 99 000 soʻm
Yetkazish: Oʻzbekiston boʻylab bepul
Bu kitoblar sizga shaxsiy javobgarlik va samarali oʻzlashtirish usullarini oʻrgatadi hamda ajoyib sarguzashtga chorlaydi.
Toʻplamni eng qulay narxda oʻzingizga va yaqinlarga sovgʻa qiling: asaxiy.uz/u/669602f15ebb9
@asaxiybooks
Smartfonlarni Asaxiydan uyingizdan chiqmasdan xarid qiling.
Eng ommabop smartfonlarga 15-21-iyul kunlariga narxlar:
1. Смартфон Xiaomi Redmi Note 13 Pro 8/256GB Midnight Black - 3 099 000 So'm
2. Honor 200 Lite 5G 8/256 GB Black - 3 699 000 So'm
3. iPhone 15 Pro 128GB Titan - 12 499 000 So'm
4. Samsung Galaxy S24 Ultra 12/256 GB Gray - 12 159 000 So'm
5. Honor X8b 8/256 GB Green - 3 069 000 So'm
6. Xiaomi Redmi Note 13 6/128GB Black - 2 199 000 So'm
7. Xiaomi Redmi 13C 4/128GB Black - 1 579 000 So'm
8. Samsung Galaxy A55 8/128 Awesome iceblue - 4 099 000 So'm
9. TECNO Spark Go 2024 3/64GB Gravity Black - 1 169 000 So'm
10. Honor X9b 5G 8/256GB Black - 3 839 000 So'm
Aksiya va chegirmalarni o'tkazib yubormang: @asaxiyuz
Юй Хуа: Яшамоқ
Ўғлимни тупроққа топширишим керак эди, бироқ ундан ажрала олмаётгандим. Ота-онамнинг қабрлари пойига чўкдим ва Ючинни бағримга босдим, уни ерга қўёлмаётгандим. Аста елкамга суядим, юзлари ҳам қотиб қолганди, худди елкамда бир парча муз тургандек гўё ....
Кечки шамол баргларни тўзғитар, ўғлимнинг танаси қировдан нам бўлиб улгурган эди. Бугун эрталаб мактабга кетаётгандаги ҳолати кўз олдимда шундоққина турибди: югургилаб борар экан, елкасидаги сумкаси бир юқорига, бир пастга сакрарди. Ючин энди бир оғиз ҳам сўз айта олмаслигини ёки мактабга ялангоёқ чопиб бормаслигини ўйлаш юрагимга тиғдек ботарди. Йиғлайвериб кўзимнинг ёши қуриб қолди ....
Kitobxonlar qachon kitob oʻqishiga qarab ham turlicha boʻladi.
Baʼzilar kunduzi mutolaa qilishni afzal koʻrsa, boshqa kitobxonlarimiz tun qorongʻisida kitob oʻqishni yoqtirishadi.
🌓 Siz odatda qaysi payt mutolaa qilasiz? Kunduzi yoki kechasi? Izohlarda yozib qoldiring.
@asaxiybooks
Buni eng irodasizlar ham eplay oladi!
Podkastlarni Asaxiy Books ilovasida tinglang!
Rivojlanish uchun podkastlar tinglashingizni bilamiz, shu sabab yana bir yangilik bilan xursand qilamiz.
Oʻtmas arra ham daraxtni kesoladi, ammo bunga koʻp vaqt ketadi.
Дунё сиёсат жамият (14-нашр)
Барча илмга қизиқувчилар учун мўлжалланган қўлланманинг 14-нашри сотувда! Янги нашр 208 ўзгартириш, тўлдириш, ислоҳ қилиш, аниқлик киритиш, янгилашларни ўз ичига олади. Барча маълумотлар расмий манбаларга асосланган.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Зиё нашр
Нарх: 19 000 сўм
Саҳифа: 224 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/dunyo_siyosat_jamiyat
@asaxiybooks
O‘tgan hafta davomida eng ko‘p sotilgan 5 kitob🖐
1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Robert Grin: Mahorat
3. Jorj Oruell: Molxona
4. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
5. Kel Nyuport: Diqqat
Reyting hafta davomida Asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books do‘konlari orqali sotilgan kitoblar asosida shakllangan.
@asaxiybooks
Ёз, қисқартир: Кучли матн ёзиш сири
Блогер, журналист, копирайтер, маркетолог, талаба ва профессор, матбуот котиблари, ёзувчи ва муҳаррирлар, юристлар, бугун ҳамма-ҳамма матн билан ишлайди. Матндаги аниқлик ва чиройли ифода иш сифатига ва вазиятни тушунишга кескин таъсир қилиши мумкин.
“Ёз, қисқартир” китобида кучли матн ёзиш қоидалари қисқа ва тушунарли баён қилинган. Уни ўқиб, сўзни исроф қилмаган ҳолда аниқ ва таъсирли ёзишни ўрганасиз. Бу китоб иши ёзиш билан боғлиқ бўлган барчага керакли қўлланма бўлади.
Муқова: қаттиқ
Саҳифа: 447 бет
Нарх: 99 000 сўм
Чегирма билан: 80 000 сўм
Аниқ, таъсирли ва тушунарли ёзишни истасангиз ҳозироқ буюртма беринг: asaxiy.uz/u/yoz_qisqartir
@asaxiybooks
Kitob faqat yangi bilim uchun oʻqilmaydi...
🤩 Sevimli aksiyangiz yana siz bilan! Faqat cheklangan muddatga*
Asaxiy.uz sayti orqali xarid qilingan har 3 kitobga 1tadan kitob sovgʻa qilamiz.
*Aksiya bugun 23:59gacha davom etadi.
**Aksiya faqat onlayn buyurtmalar uchun amal qiladi.
Kitoblar katalogi 👉 asaxiy.uz/u/641ae2734c82d
#muallif
Sevib oʻqigan kitoblaringizni qanday inson yozgani qiziqmi? Endi kitoblar bilan birga mualliflar haqida ham maʼlumot berib boramiz.
Asaxiyning 3 ajoyib kitobi 99 000 so‘m?
Asaxiy Books Kitob olami filialiga qanday borish mumkin?
🥰 Kitobxonlarimizning sevimli maskaniga aylangan “Kitob olami” filialimiz oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi kitoblar, kanselyariya mahsulotlari va sovgʻabop takliflar bilan toʻla. Doʻstlar va yaqinlar bilan kelib kitoblar qurshovida boʻling, kutamiz.
Video orqali doʻkonga borish yoʻlini bilib oling va Asaxiyning bu filialiga ham tashrif buyuring.
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Telefon raqam: 90 036 06 45
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
@asaxiybooks
Audio va elektron kitoblar mutolaasini yaxshi koʻrasizmi? Unda Asaxiy Books ilovasini sinab koʻring💁♀️
Video orqali ilovani yuklab olish va ro‘yxatdan o‘tishni haqida bilib oling. Bu mobil ilova audio va elektron kitoblarning keng assortimentini, qulay tinglash va oʻqish tajribasini taqdim etadi.
Ming gapirgandan bir foydalanib koʻrgan yaxshi, yuklab oling va mutolaani boshlang:
🔗 Google Play
🔗 App Store
Elektron va audio kitobning qanday afzalliklari bor? Fikrlaringiz bilan izohlarda bo‘lishing.
@asaxiybooks
Haftalik reyting bilan tanishamizmi?
Oʻtgan hafta davomida eng koʻp sotilgan 5 kitob bilan tanishing:
1-oʻrin: Atom odatlar
2-oʻrin: Mahorat
3-oʻrin: Rejali ayol
4-oʻrin: Molxona
5-oʻrin: Diqqat
P.S. Reyting www.asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books doʻkonlari orqali sotilgan kitoblar asosida shakllangan.
@asaxiybooks
Sevimli kitoblaringizga yangi hamroh tayyorlang🔖
Oson, qiziqarli va chiroyli xatchoʻplarni oʻz qoʻllaringiz bilan yasashni istaysizmi? Unda bu tasvirlar siz uchun.
Ijodkor kitobxonlarimizga “bookmark” tayyorlashni oʻrgatuvchi video tayyorladik. Tomosha qiling, oʻrganib oling va siz ham yasab koʻring✔️
@asaxiybooks
"Mahorat"da dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan misollar va tahlillar orqali mahoratga yetishish jarayoni nima ekani tushuntiriladi. Asar har qanday sohada ustalik darajasiga erishish uchun zarur bo'lgan bosqichlar va yondashuvlarni aniq va mufassal bayon etadi.
Robert Grin o'zining izlanishlari va tarixiy shaxslarning hayotiy tajribalarini o'rganib, mahorat darajasiga erishishning universalligi va vaqt sinovidan o'tgan qadriyatlarini ochib beradi.
Asar ikki qismdan iborat:
1. Mahoratga erishishning umumiy jarayoni,
2. Konkret taktikalar va strategiyalar.
"Mahorat"ning diqqatga sazovor tomoni shundaki, u oddiy nasihatlar yoki yuzaki ko'rsatmalardan uzoq, o'quvchini teran fikrlashga undaydigan, amaliy maslahatlar hamda psixologik tushunchalarni taklif etadi. Har bir bob o'quvchini o'zini chuqurroq tahlil qilishga va o'z sohasidagi mohir kishilardan koʻproq oʻrganishga undaydi.
Shuningdek, kitobda mahoratga erishishdagi to'siqlar va psixologik kurashlar haqida ham soʻz boradi. Ustalik sari intilishdagi qiyinchiliklar va tinimsiz mehnat uzviyligidagi kamchiliklar yoritilib, ularni yengish yo'llari ko'rsatiladi. Robert Grin muvaffaqiyatga erishish yo'lida fikrlash va mashaqqatli mehnatning ahamiyatini qayd etadi.
Umumiy qilib aytganda, "Mahorat" – istalgan kasb yoki sohada mahoratga erishish istagida bo'lgan, shuningdek, shaxsiy o'sish va o'z ustida ishlash uchun ilhom kerak bo'lgan kishilar uchun qoʻllanma desak boʻladi.
Grin oʻquvchilarga eng mahoratli shaxs darajasiga yetishishda yordam beradigan quyidagi yoʻl-yoʻriqlarni taklif etadi:
1. O'z sohangizni tanlash: Sizga yoqqan narsalar va qiziqishlaringizni tahlil qilish orqali sizga mos keladigan yo'nalishni topish.
2. Mentorlik: Ustoz-shogirt munosabati orqali tajribali rahbarlardan bilim va ko'nikmalar olishning ahamiyati.
3. Chuqur amaliy mashg'ulot: Uzoq muddatli ustuvorlikni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan chuqur amaliyot va izlanishlar orqali mahoratni yoki hunarni takomillashtirish.
4. Sabr-toqat va mashaqqatli mehnat: Mahoratga erishish oson emasligi va bu jarayon sabr-toqat va juda ko'p mehnat talab qilishini tushunish.
5. Ijodkorlik: Bilmingiz va ko'nikmalaringizni yanada noyob va yangilik yaratish yo'llari bilan birlashtirish.
6. Ijtimoiy va psixologik to'siqlar bilan muomala: Kitobda ta'kidlanishicha, mahoratga erishish yo'lidagi eng katta to'siqlardan biri - bu bizning psixologik cheklovlarimiz va ularni qanday yengishni bilmasligimizdir.
7. O'z sohangizda yangi yo'llarni kashf qilish: Hamma yoʻllar kashf etib boʻlingan degan fikrdan qochish. Oʻz sohangizda yangidan kashfiyotlar qilish va yangi yo'llarni yaratish uchun ilhomlanish.
Umuman olganda, "Mahorat" o'quvchilarga aniq strategiyalar va hayotiy misollar yordamida ularning kuchli tomonlarini rivojlantirish va o'z sohalarida ustalik darajasiga erishish uchun ko'rsatmalar beradi.
🕊Telegram 📱Instagram
Bu yerda siz ham bo'lishingiz mumkin! 😇
Endi Shoxista, Sardor, Ibrohim, Shohjahonning ota-onasi farzandlarining natijasi bilan faxrlanishadi. Chunki:
• Shoxista NYU Shanghai universitetiga 100% lik grant yutdi. Bu degani xalqaro universitetda bepul ta’lim oladi 🔥
• Sardor FLEX — AQSh’da almashinuv asosida ta’lim olish dasturini yutdi. Bu haqida intervyu ham olganmiz 😎
• Ibrohim 9-sinfdayoq IELTS 8,0 natijani, Shohjahon esa 8-sinfda 7,5 ballni qo‘lga kiritdi 🥳
🤗 Siz ham faqatgina maktabda o'qish orqali shunday natijalarga erishishingiz mumkin.
Buning uchun esa munosib joyni tanlash va tanlovingizni ota-onangizga aytish kifoya)
🔗 Rahimov School qabuliga ro'yxatdan o'ting:
https://bit.ly/asaxiybooks-rahimovschool
📞+99878113-00-05
📍Filiallar Toshkent va Farg'onada
@RahimovSchool
Bu doʻkonda Asaxiyning boshqa filiallariga oʻxshamagan muhit bor✨
Asaxiy yangiligi — bizda yana bir filial ish boshlaydi🥳
Sizga yaqinroq boʻlishni, doimiy sifatli xizmat va ajoyib mahsulotlar taklif qilishni yoqtiramiz. Shu sabab tez orada yana bir filialimiz ish boshlaydi.
Asaxiy Xalqlar doʻstligi filiali — siz yaxshi koʻradigan kitoblar, texnika va gadjetlar birlashgan maskan boʻlishiga ishonamiz.
Tez kunda ochilish marosimi haqida maʼlumotlar bilan boʻlishamiz. Yangi joyda sevimli mehmonimiz boʻling, sizni kutib qolamiz🥰
@asaxiybooks