Haftalik reytingni ko‘rib chiqamizmi?
O‘tgan hafta uchun TOP 5 kitoblar ro‘yxati:
1-o‘rin: Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
2-o‘rin: Tara Vestover: Talaba
3-o‘rin: Jorj Oruell: 1984
4-o‘rin: Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti
5-o‘rin: Kleyton M.Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon: Farovonlik paradoksi
Muqovasi uchun olgan kitobingiz bormi?
"Yapon zobiti" kitobi muqovasi uchun xarid qilinib, mazmuni uchun qadrlanadigan kitoblardan biri.
⛩ Kitobxonlarimizdan bu kitob xaridi sababini so‘rasak, "muqovasi chiroyli ekan" deb javob berishadi. Mutolaa qilganlaridan keyin esa ajoyib xulosalar bilan xursand qilishadi.
"Yapon zobiti" kitobida Yutaro Toda hayoti misolida matonat, iroda va inson imkoniyatlari tasvirlangan. Miriqib o‘qiydigan badiiy kitob izlayotgan bo‘lsangiz, shu romanni tavsiya qilamiz.
Kitob haqida ma’lumot va sharhlar: asaxiy.uz/u/yapon_zobiti
@asaxiybooks
Tomas Harris: Qo‘zichoqlar sukunati
Tulki quyonning qichqirig‘ini eshitib yugurib keladi. Ammo yordam berish uchun emas.
Taqdimotga kelgan edingizmi?
“O‘tkan kunlar” kitobining inglizcha nashri taqdimoti Asaxiy Xalqlar do‘stligi filialida bo‘lib o‘tdi. Taqdimot kitobxonlarimiz tashriflari va ilm davrasi bilan qiziqarli va fayzli bo‘ldi.
Go‘zal kundan lavhalarni videoda keltirdik. Tomosha qiling va muhitni his qiling✨
@asaxiybooks
"El-yurt ishonchi" status egalari 11 000 dan oshdi
🎗Yoshlar uchun doimiy chegirma beradigan "El-yurt ishonchi" statusi yodingizdami? Bugunga kelib status foydalanuvchilari soni 11 000 dan oshdi.
O‘tgan 290 kun ichida qaysi kitoblarni o‘qidingiz?
Ro‘yxatni izohlarda kutamiz)
@asaxiybooks
Insonlar foydadan ustun yoki haqiqiy rahbar qanday bo‘lishi kerak?
☕️ Starbucks kompaniyasi prezidenti Xovard Bexar rahbarlik paytida odamlarni foydadan ustun qo‘yadigan madaniyatni shakllantirishga yordam berdi. U yuzlab rahbarlarga murabbiylik qildi va kompaniyani dunyoga mashhur brendga aylanishiga hissa qo‘shdi.
"Gap qahvada emas" kitobi esa Xovardning rahbarlikdagi 10 tamoyilini ochib beradi - ularning hech biri qahva haqida emas. Kitobda xodimlar - resurs, mijozlar esa - pul manbai bo‘lib qaralmaydigan madaniyat shakllantirish va rahbarlik tamoyillari batafsil yozilgan.
▪️Muqova: yumshoq
▪️Narx: 39 000 so‘m
▪️Sahifa: 192 bet
Mutolaa qiling va liderlik ko‘nikmangizni yaxshilang: asaxiy.uz/u/gap_qahvada_emas
@asaxiybooks
"Asaxiy Books" jamoasi uchun xushxabar, Daren Ajemo'g'li va Jeyms A. Robinson institutlar qanday qilib mamlakatda farovonlikni yaratishi boʻyicha tadqiqotlari uchun iqtisod boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritishdi.
Ularga Simon Jonson hamroh boʻldi.
Biz Behzod aka Hoshimov bilan hamkorlikda 2021-yilda mualliflarning "Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari" kitobini o'zbek tilida chop etgan edik.
2023-yil 17-mart kuni Jeyms Robinson Toshkentga kelgan va kitob taqdimoti bo'lib o'tgan edi.
@allaevuzb
Haftani yoqimli chegirma bilan boshlaymiz🎊
Dunyoga real ko‘z bilan qarash imkonini beruvchi "Factfulness" kitobi uchun kun chegirmasi e’lon qildik. Bu kitob dunyo haqida yanglish fikrlashimizga 10 sabab keltiradi va u biz o‘ylagandan yaxshiroq ekanini isbotlab beradi.
"Men o‘qigan kitoblar orasida eng muhimlaridan biri. Dunyo haqida tiniq fikrlash uchun zarur qo‘llanma."
- Bill Geyts, Microsoft kompaniyasi asoschisi
Китоблар ҳақида гап кетганда, ўзимнинг бир тажрибам эсга келди. Анчадан буён ёзмоқчи бўлиб турувдим, баҳона топилди.
Анча йиллар олдин (лимитсиз интернет кириб келгач) мен ҳам, кўпчилик қатори, YouTube'га ўтириб қолган эдим. Бу видеосервис чексиз контент манбаидир — исталган мавзуда исталган шаклда ва ҳажмда видео топилади.
Нима мавзу бўлса, дарров видео қидириб, йўлларда видео кўриб/эшитиб кетиб, қанча контент истеъмол қилиб юборганимни билмайман. Лекин ўтган йилдан эътиборан YouTube'дан тўйиниш кузатдим ўзимда.
Чексиз подкастларда тайинли гап, чуқур таҳлил кам, қандайдир блогер-у экспертларнинг фикри ё қизиқмас, ё қайта-қайта такрорланавериб зериктириб юборади; сон-саноқсиз эксплейнерлар шунчаки Wikipedia'ни "қизиқ"роқ, "кулгили"роқ қилиб қайта гапириб беради, ҳеч қандай янги билим бермайди; маърузалар орасида оригинали жуда кам. Хуллас, маълум соҳалардагина жуда кам сифатли контент топиш мумкин. Масалан, мутахассислигингиз бўлмаган соҳада бошланғич билим берувчи сифатли контент топиш мумкин (масалан, мусиқа бўйича топганман); кино даражасида сифатли олинадиган оз сонли эксплейнерлар бор (Utopia Show сингари); футбол, кино каби соҳаларда аналитика эшитиш шахсан менга қизиқ (фан соҳасини яхши билганим учун шекилли, мени қониқтирадиган аналитика деярли йўқ).
Хуллас, YouTube'да жуда кўп нарса бор ва ҳеч нарса йўқ. YouTube китобнинг ўрнини боса олмайди. Илмий китобда у каби сервислардан топилмайдиган чуқур таҳлил, илмий ёндашув, янги фактлар ва назариялар бор; бадиий адабиётдаги бадиият ва мессиж у контентда учрамайди; илмий-оммабоп китоблар билан рақобатлашадиган оз сонли канал бор (Veritasium, Топлес).
Шунга охирги икки йилда секин-асталик билан YouTube'га кетадиган вақтни китобга сарфлаяпман. YouTube форматидаги контент ўрнига ҳамиша аудиокитоб эшитиб юраман. Икки йилда саксонта атрофида китоб, юз-икки юз майда матн (ҳикоя, мақола) эшитдим.
Албатта, китобни фақат эшитмайман, ўқийман ҳам — касб тақозоси билан илмий матнларни доим кузатиб, ўрганиб юрсам, бадиий ёки бошқа турдаги матнларга кунига камида ярим соат ёки ҳафта сўнгида бир неча соат ажратишга ҳаракат қиламан.
Маълумот сифати, таҳлил чуқурлиги бўйича ҳали ҳам китобнинг ўрнини босадиган ҳеч нарса йўқ.
@AsanovEldar
IT olamiga kirishni xohlaydigan, lekin nimadan boshlashni bilmaydigan qahramonga nima yordam bera oladi?
Albatta IT kurslari)
12 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan Asaxiydan IT kurslarini xarid qiling.
Yangi va zamonaviy kasbingizga bir qadam: https://asaxiy.uz/u/kurslar
@asaxiybooks
Kechki rejalarga taqdimotni ham kiriting)
Bugun 19:00da Asaxiy Xalqlar do‘stligi filialida “Oʻtkan kunlar” asarining mahalliy nashri taqdimoti bo'lib o'tadi. Tadbirda kitobni xarid qilishingiz va tarjimon Mark Risdan imzo olishingiz mumkin.
Sana: 11-oktyabr
Vaqt: 19:00
Manzil: 41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Furqat koʻchasi, 15A
Yaqinlar va do‘stlar bilan keling, kutamiz.
@asaxiybooks
"Dunyo daholari" ruknidagi ilk kitobni varaqlaymiz📖
Stiv Jobs. Kompyuterga jon bergan odam
Innovator, kuchli notiq va ajoyib g‘oyalar egasi Stiv Jobs ham bir zamonlar bola bo‘lgan. O‘ynab-kulgan, xayol surgan, shumlik qilgan... Ammo u bolalikdagi maqsadlarini katta bo‘lgach ham unutib qo‘ymagan. Ushbu kitob Stiv Jobs bolalikdagi orzularini qanday ushaltirgani haqida.
Katta orzulari bor kichik kitobxonlarga sovg‘a qiling.
Nobel olish osonmi?
2024-yil tibbiyot sohasidagi Nobel mukofotini Viktor Ambros va Gari Ravkan qo‘lga kiritishdi. Bu mukofot ikki olimga mikroRNK kashfiyoti va uning gen boshqaruvidagi ahamiyatini aniqlaganlari uchun berildi.
Genetika mavzusida inqilob yasagan Jennifer Daudna ham 2020-yil Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. U gen texnologiyasining eng kuchli vositalaridan biri CRISPRni kashf qilgani uchun bu mukofotni qo‘lga kiritgan.
Jennifer Daudna faoliyati, gen-tahrirlash va ilmiy kashfiyotlar bilan bog‘liq mavzularni "Kod buzar" kitobi qamrab oladi. Kitobda Jennifer Daudna misolida Nobel mukofotini olishgacha qanday yo‘llarni bosib o‘tish kerakligiga guvoh bo‘lasiz.
G‘oliblar sabab "Kod buzar" kitobiga 41% chegirma e'lon qildik, shu havola orqali buyurtma qoldirishingiz mumkin. Olim tarbiyalash jarayoni, ilm-fan olami va insoniyat kelajagi qiziq bo‘lsa, kitob siz uchun.
@asaxiybooks
Postni oxirigacha o‘qisangiz 276 000 so‘m foyda qilasiz
Badiiy kitoblar mutolaasi dunyoqarash kengayishiga va fikrni ravon ifodalash kabi shaxsiy ko‘nikmalar rivojlanishiga yordam beradi. Badiiy asar turli hayotlarni yashab ko‘rish, his qilish va dam olish sababidan o‘qiladi.
Bugungi bayram munosabati bilan sizga yangi fikr va tajribalar beruvchi 10 kitobdan to‘plam tayyorladik. To‘plamdan doimiy yaxshi izohlar olib kelayotgan TOP kitoblar joy olgan. Bu kitoblar o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.
Narxi: 575 000 so'm
Chegirmada: 299 000 so'm
Foyda: 276 000 so'm
Havola orqali o‘tib chegirmada buyurtma qoldiring: asaxiy.uz/u/badiiy_kitoblar
*Miyani sog‘lom saqlash uchun kuniga kamida ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.
@asaxiybooks
Hisoblashning yangicha usuli bilan tanishing 😁
O‘rganib olmang-a faqat)
@asaxiybooks
"Farovonlik paradoksi" kitobini varaqlaymiz
Nima uchun bir zamonda yashayotgan ikki davlatning biri rivojlanib, biri qashshoqlashib boradi? Innovatsiya va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Mana bizning qahramonlar🥹
Videoning izohlar qismini o‘qib chiqdingizmi? Javob "yo'q" bo'lsa ehtiyot bo‘lib o‘qing, kitob o‘qishga ilhomlanib ketishingiz xavfi bor)
Izohlaringizni o‘qib quvondik, mutolaa qilgan kitoblaringiz o‘ziga xos va qiziqarli. O‘z ustingizda ishlab, bilim olayotganingiz uchun tashakkur. Har biringizni qadrlaymiz🫶
@asaxiybooks
Kitoblarda o‘qing va amalda o‘rganing
Zamonaviy kasblarga talab va qiziqish yuqori, ular haqidagi kitoblarga ham. Shunday kitoblardan o‘qishingizni bilamiz va yana bir qulay taklif beramiz.
💻 Endi nafaqat IT sohasiga doir kitoblarni o‘qishingiz, balki hamkorimiz orqali onlayn o‘rganishingiz ham mumkin. Yetakchi ta’lim platforma kurslarini Asaxiy orqali naqd yoki muddatli to‘lovga xarid qilish imkoni mavjud.
Vaqt va imkonni qo‘ldan boy bermang, zamonaviy kasb o‘rganishni bugundan boshlang: https://asaxiy.uz/u/kurslar
@asaxiybooks
Asaxiydan bolalar va o‘smirlar uchun yana bir premyera 🥊
Muhammad Ali - Barcha davrlarning eng buyuk bokschisi
"Dunyo daholari" ruknidan joy olgan mashhurlarning har biri o‘z yo‘li, tafakkuri va taqdirlari bilan dunyoni o‘zgartirishgan. Shunday taniqli insonlardan biri - Muhammad Alidir.
Muhammad Ali ilk bor 13 yoshida boks bilan shug‘ullanishni boshlagan va 18 yoshida Olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Uning ring ichida ham, ring tashqarisida ham qilgan zalvorli ishlari "Eng buyuk sportchi" degan nom qozonishiga sabab bo‘lgan.
Ba’zi sportchilar chempion bo‘lishadi, ba’zilari esa afsona.
Hikoyamiz qahramoni avval ismini, keyin esa boks tarixidagi rekordlarni va oxir-oqibat Amerikani o‘zgartira oldi va haqiqiy afsonaga aylandi.
Oktyabrda kitobxonlar qaysi kitob mutolaasi bilan band?
O‘tgan haftaning TOP kitoblariga qarab taxmin qilib ko‘ramiz:
1. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
2. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
3. Tara Vestover: Talaba
4. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
5. Kleyton M.Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon: Farovonlik paradoksi
📌 Reyting www.asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books do‘konlarida sotilgan kitoblar soni asosida shakllangan.
@asaxiybooks
Abdullah Qodiriy: Bygone days
Otabek, a 19th century Muslim reformer and trader, takes readers through Turkistan twenty years before the Russian conquest. The novel explores the cultural and political landscape of the time, including Tashkent, Margilan, and the Qoqan Khanate.
The story highlights the struggle for faith and identity, as well as the destruction of a way of life. Published in 1926, the novel serves as a warning for Uzbek society during the politically charged period after the 1917 Bolshevik Revolution.
Cover: hard
Page: 488 pages
Price: 129 000 soums
To order: asaxiy.uz/u/bygone_days
@asaxiybooks
Bolalarga mo‘ljallangan "Stiv Jobs" kitobi 🍎
Kitob bolalarga tushunarli bo‘lishi uchun sodda va qiziqarli yozilgan. Unda ma’lumotlar hikoya ko‘rinishida beriladi va kichik kitobxonga Stiv Jobsni tanishtiradi. Rang-barang illyustratsiyalar esa mutolaani yanada qiziqroq qiladi.
Kitobni bolajonlarga sovg‘a qiling va katta orzular qanday amalga oshishini ko‘rsating: asaxiy.uz/u/stiv_jobs
@asaxiybooks
Bygone Days - Abdullah Qodiriy
“O‘tkan kunlar” asarining ingliz tilidagi nashri taqdimoti boshlanishiga oz qoldi.
Shu manzilda kutamiz:
📍41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Furqat ko‘chasi, 15A
@asaxiybooks
#juma_xaridi uchun chegirma
Ahmad Lutfiy Qozonchi: Saodat asri qissalari (4 ta kitob)
Bu kitobda Payg‘ambarimizning tug‘ilishlaridan to vafotlarigacha bo‘lgan saodat asri ketma-ketlikda, o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirilgan.
Voqealar aniq tarixiy hodisalarni ishonchli manbalarga suyanib olingan.
Narxi: 269 000 so‘m
Chegirma bilan: 219 000 so‘m
Faqat bugun chegirma bilan xarid qiling: asaxiy.uz/u/saodat_asri
@asaxiybooks
Trening-ma trening yurish shart emas, sotuvni o‘rganishga shu kitob yetarli
Kitob o‘qishga "motivatsiya" qayerdan keladi?
Ba’zi paytlarda mutolaaga ishtiyoq kamayib, kitobga qo‘l bormay qoladi. Bu turli sabablar bilan paydo bo‘lsa-da, yechimi yo‘q masala emas.
Karusel orqali kitob o‘qishga nimalar ilhomlantirishini bilib oling. Motivatsiya kelmay qolganda sinab ko‘ring va o‘zingizga mosini doimiy qo‘llang.
Postni saqlab oling va karuselda aytilmagan 6-omilni izohlarda yozib keting)
@asaxiybooks
... o‘zingga ishonsang, imkoniyating kengayadi.
- Tara Vestover "Talaba" kitobidan
@asaxiybooks