asaxiybooks | Unsorted

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

21187

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot 📍Do‘kon manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ 📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Subscribe to a channel

Asaxiy Books

Оиша розияллоҳу анҳо Пайғамбаримизнинг суюкли аёли

«Агар Расулуллоҳнинг барча аёлларининг илмини ва жамики аёлларнинг илмини тўплаб туриб, Оишанинг илмига солиштирилса, албатта, Оишанинг илми афзалдир».


🌙 Ушбу китоб мўминлар онаси Оиша розияллоҳу анҳо ҳаётлари ҳақида ҳикоя қилади. Маълумки у кишидан кўплаб саҳиҳ ҳадислар ривоят қилинган. Улар Пайғамбаримиз алайҳиссалом ҳаётларининг муҳим қирраларини кенг кўламда очиб беришга хизмат қилади. Мутолаа пайти ўлардан урнак оласиз ҳамда Ислом аёл зотини қанчалик улуғлаганини ва ўз ҳимоясига олганини билиб оласиз.

Нашриёт: Маърифат битиклари
Муқова: Қаттиқ
Саҳифа: 272 бет
Нарх: 75 000 сўм

Буюртма учун: asaxiy.uz/u/6622824e78645

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Doimiy mijozlarni ko‘rib qolganda biz:

Siz Asaxiy Books’ning qaysi filialiga ko‘proq borasiz?

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Javlon Jovliyev: Lobar, Lobar, Lobarim mening…

🌻 Javlon Jovliyev hikoyalari shaxsiy dardlar ifodasi emas, ular shunchaki voqeani hikoya ham qilmaydi, balki soʻzlar orqali hayot kartinasini chizadi. Asarlarni oʻqir ekansiz, koʻz oldingizda millat kechmishlaridan tortib muhabbatning eng toza, samimiy tuygʻulari oʻziga xos ravishda namoyon boʻladi.

Toʻplamga ikki xil dunyoqarashga ega yoshlar hayotidan tortib, insoniyat tarixidagi eng chirkin kunlar, bosqinchilik oqibatlari — qullik sogʻinchi, jurʼatsizlik va inson qadri haqidagi sizni beeʼtibor qoldirmaydigan bir qancha hikoyalar jamlangan. Ishonamizki, yozuvchining hikoyalar toʻplami ham “Qoʻrqma” kitobidek qadrdon kitobingizga aylanadi🥰.

Muqova: Yumshoq
Narx: 25 000 soʻm
Sahifa: 160 bet

Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/661e52631e1da

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

🚀 "Swift Launch"ga qo'shiling: Birinchi o‘zbek startup kursi! 🚀

Sizning uyga vazifanigiz sarmoya kiritishga arziydigan startap yaratish bo‘ladi!

Swift Launch sizga nima beradi:

–Top xalqaro murabbiylar, shu jumladan bosh direktorlar va investorlarning ekspert ko'rsatmalari!

–Ijodkorligingiz va mahsuldorligingizni oshirish uchun bepul Co-Working maydoni.

–Bepul hosting va AI resurslari sizning texnologiyangizni kuchaytirish uchun.

–Bundan tashqari, yana ko'p qo‘shimchalar mavjud.

🌟 Swift Launch bilan g'oyalaringizni muvaffaqiyatli biznesga aylantiring! 🌟

Hoziroq ro'yxatdan o'ting va kelajakni qurishni boshlang!

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Asaxiy Books

#book_review #kitobxon_fikri

✍️Henri Marsh
📖”Ozor berma”


Neyrojarrohlikdagi achchiq haqiqat shuki, murakkab operatsiyalarni koʻplab tajribalardan keyingina yaxshi bajara boshlaysiz. Bu esa dastlab ancha xatolar qilib, ortingizdan bir nechta nogiron bemorlar bilan iz qoldirishingizni anglatadi.

Hammaga maʼlumki tibbiyot eng murakkab, shu bilan birgalikda insondan katta masʼuliyat talab etiladigan soha. Neyrojarrohlik esa, ana shu murakkab tibbiyotning eng dolzarb va ahamiyatli bir boʻlagidir. “Ozor berma”da siz ana shu sohada faoliyat yuritayotgan vrach hayoti bilan tanishasiz. Uning yutuqlaridan tortib xatolarigacha boxabar boʻlasiz. Kitob qisqa hikoyalardan iborat boʻlib, har bir bobda har xil bemor, kasallik, operatsiya tasvirlanadi.

Har biringiz vrach xato qilishi mumkin emas degan fikrni koʻp marta eshitgansiz. Bu toʻgʻri, lekin tibbiyotda, ayniqsa nozik operatsiyalarda shunday holatlar boʻladiki, jarrohlar oʻziga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlarda albatta xatoga yoʻl qoʻyadi. Kitobda ham Henri Marsh ana shunday vaziyatlarni roʻy-rost gapirib beradi, oʻz xato va muvaffaqiyatsizlikarini tan oladi. Kerak vaqtda bulardan toʻgʻri xulosa chiqaradi. Odatda, bemorlar bir marta koʻrikdan keyin shifokorning yodidan chiqib ketaman deb oʻylaydi, aslida-chi? Aslida shifokorlar ogʻir bemorlarni, ayniqsa vafot etgan bemorlarni bir umr esda saqlab qoladilar, bir umr afsuslanadilar.

-Duolaringizda eslang uni.
-Men operatsiyadan keyin vafot etgan barcha bemorlarimni yodga olib turaman, — javob berdim va oʻz-oʻzimga gʻoʻldiradim: — Qaniydi, ularni eslamasam…


Ushbu kitobni barcha shifokorlar va talabalar oʻqishi kerak deb hisoblayman, chunki unda deontologiya qoidalaridan biri yaʼni shifokorning bemor va uning yaqin qarindoshlari bilan boʻladigan munosabatlarini oʻrganish mumkin. Ayniqsa, vaqt soati kam qolgan bemor bilan qilinishi kerak boʻlgan munosabat yaxshi tushuntiriladi. Kitob bir qarashda faqat tibbiyot xodimlari uchundek tuyilishi mumkin, lekin barcha kitobxonlar oson oʻqiy oladilar, yaxshi tushuna oladilar.

©️ doctorsmind_books

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Barchasini uyingizgacha bepul yetkazamiz🤩

Bugun 23:59gacha berilgan barcha buyurtmalarni Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazamiz. Asaxiy.uz saytidan istalgan tovarni xarid qilib taklifdan foydalanishingiz mumkin.

🛒 Sayt yoki ilovadagi savatchangizni toʻldiring va aksiyadan foydalaning.

Katalog: www.asaxiy.uz

@asaxiyuz

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kitoblarni his qilishni kitobxonga qoʻyib bering 📖

✉️ Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra kitoblarni koʻrish, hidlash, tanlash va xarid qilish insonlar hayotida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlar ekan)

Pozitiv energiya, ajoyib kitoblar, sokinlik va “selfi”bop atmosfera uchun Asaxiy Booksning Farhod bozori filialida kutamiz🧡

Asaxiy Books Farhod bozori
🔴Ish vaqti: 09:00 - 22:00
🔴Telefon raqam: 90 065 06 45
🔴Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kashandalik tor tufli kiyishga oʻxshaydi.
Tor tuflini yechganda qanday rohatlansangiz, chekishni tashlaganda ham shu hisni tuyasiz.

©️ Allen Karr: Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li kitobidan

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin🌙

Barcha mo‘min-musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. Farovonlik, baxt va mehr-muhabbatga to‘la mazmunli hayot tilaymiz.

Bayramni oila va yaqinlar davrasida o‘tkazing va munosib nishonlang

Hurmat bilan, Asaxiy oilasi

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

АОКА бугун мани қойил қолдирди.

Декабрь ойида Президентнинг Маънавият ва маърифат кенгашида мурожаатида китоб соҳаси бўйича алоҳида масалалар айтиб ўтилган эди. Улардан биринчиси нашриёт ва матбаа соҳасини беш йилга солиқлардан озод қилиш бўлса, иккинчиси соҳа вакилларига имтиёзли кредитлар эди. Яқинда солиқлар масаласида ўз фикрларимни пост қилиб ёзган эдим.

Ўша топшириқлар натижасида Оммавий ахборот ва коммуникациялар агентлиги (АОКА) ажойиб бир ишга қўл урибди. Ўзбекистонда ҳозирда болалар адабиётини ривожлантириш долзарб ҳисобланади. Ўзбек тилида бола психологиясига мос, унинг ақлини ривожлантирадиган китоблар зарур. АОКА болалар учун машҳур алломаларнинг илмий-маърифий мероси, уларнинг ибратли ҳаёти ва фаолиятига бағишланган, иллюстрацияли, ихчам янги номдаги асарлар яратиш дастур лойиҳаси ишлаб чиқибди.



Лойиҳага кўра, шу йили 50та болалар ва ўсмирлар ижодкорларининг асарлари ижтимоий буюртма сифатида чоп этилади. Яна лойиҳа доирасида 2025-2030 йилларда ҳар йили камида 50та болалар китоби ижтимоий буюртма қилиб чоп этилади. Тушунишингиз учун айтиб ўтаман, ижтимоий буюртмада давлат буюртмачи бўлиб чиқади яъни китобни молиялаштиради.



Одатда давлат дастури доирасида амалга ошадиган лойиҳалар секин бўлади. Бир нечта мажлис, муҳокамалардан ўтиб, ойлаб ёки йиллаб натижа кутилади. Бу сафар ҳаммаси амалий ҳаракатлар билан бошланган. Ҳар ҳолда АОКАнинг расмий телеграм канали болалар адабиёти ижодкорлари билан учрашув бўлиб ўтгани, келишиб олинганлигини ва аллақачон ўн бешта ёзувчи билан шартнома имзоланганлиги маълум қилмоқда. Шартномага кўра, 30 фоиз гонорар олдиндан тўланар экан. Юқорида айтганимдек, одатда бунақа лойиҳалар узоқ ва секин амалга ошириларди, бу сафар натижа билан эълон қилишгани янгилик бўлди.



Агентлик директори ўринбосари Ғайрат ака Бозоровнинг таъкидлашича дастлаб буюк алломалар ва жадидлар ҳаётига оид болалар тилида китоблар чиқади. Ундан кейин замонавий ўзбек болалар адабиётини ҳам ривожлантириш кўзланган экан.



Постдан яна бир янгиликни билиб олдим, октябрь ойида Тошкентда Халқаро болалар китоби кўргазмаси бўларкан ва унда ушбу китоблар тақдимоти ҳам ўтказилади.



Тан олиб айтаман, ўзбек болалар адабиёти ижодкорларини танимайман. Лекин, барча ижодкорларни ва улар билан ишлайдиган ноширларни табриклайман.

@allaevuzb

Читать полностью…

Asaxiy Books

Har qanday tushunarsiz holatda, miyani "wash" qilmasdan, choynakni qopqogʻini yopib, choydan bir hoʻplab, "Yalangʻoch iqtisodiyot"ni oʻqisangiz, nima xato va nima toʻgʻriligini aniq anglaysiz 😊


https://asaxiy.uz/product/charlz-uilan-yalangoch-iktisodiet


#tonggimutolaa

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu chegirma ham onlayn, ham do‘konlardan xaridga birdek amal qiladi🫠

Читать полностью…

Asaxiy Books

Yangilangan haftalik reyting🏆

"Atom odatlar" o‘z joyiga qaytdi)


1-o‘rin: Atom odatlar
2-o‘rin: Molxona
3-o‘rin: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari
4-o‘rin: Diqqat. Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
5-o‘rin: Samaradorlikning 21 yo‘li

Kelasi hafta uchun qanday bashorat qilamiz endi?

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Mutolaa vaqtida diqqatni qanday jamlash mumkin? Birgina rasm bilan bilib oling💡

Tavsiyalarni shaxsiy kanalingiz, “Saved Messages” va kitobxonlarga yuborishni unutmang)


Bu usullardan qay birini qo‘llab ko‘rgansiz va qanchalik ish bergan? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Tabib tabib emas, boshidan oʻtkazgan tabib.

Sobiq chekuvchi Allen Karr “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobida chekishni tashlash tajribasi bilan oʻrtoqlashadi. Jamiyatdagi yana bir muammoga yechim sifatida kitobni Xalq banki bilan hamkorlikda chop etdik.

Kitobda chekishni iroda kuchidan foydalanmasdan tashlashning yoʻli koʻrsatilgan. Bu usul ogʻriqsiz, arzon va psixologik jihatdan samarali ekanligi millionlab insonlar tajribasida isbotlangan.

Oʻzi chekishni tashlagan muallif boshqalarga ham yordam bera oladi. Zararli odatdan butunlay xalos boʻlish vaqti keldi!


O‘zingiz yoki tanishlarga sog‘lom hayot yo‘lini sovg‘a qiling: asaxiy.uz/u/6606b10f8d47e

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Vaqtni unumli sarflash uchun fantastik uchlik — Siz, internet va Asaxiy Books ilovasi🪐

Istalgan joyda kitob o'qish uchun Asaxiy Books ilovasidan foydalaning. Unda turli janr va tillardagi elektron hamda audio kitoblarni mutolaa qilishingiz mumkin.

🔖Quyida ommabop elektron kitoblar uchun prays-list qoldiramiz:
• Lev Tolstoy: A Confession — 1 990 so‘m (+bonuslar)
• Napoleon Hill: Think and Grow Rich — 4 990 so‘m
• Михаил Шолохов: Тихий Дон — 990 so‘m
• Антон Чехов: Вишневый сад — 990 so‘m
• Михаил Булгаков: Белая гвардия — 990 so‘m
• Лев Толстой: Детство. Отрочество. Юность. — 990 so‘m
• Jyul Vern: Robinzonlar maktabi — 7 990 so‘m
• Aziz Nesin: G'aroyib bolalar — 490 so‘m
• Brayan Treysi: Samradorlikning 21 yo'li — 9 990 so‘m
• Jorj Oruell: Molxona — 9 990 so‘m (+bonuslar)
• Uolter Ayzekson: Kod buzar — 19 990 so‘m
• Yevgeniy Zamyatkin: Biz — Bepul

📱Elektron va audio kitoblarni Asaxiy Books mobil ilovasi orqali mutolaa qiling. Ilovani yuklab oling va yanada rivojlaning: https://onelink.to/nxtyp6

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Yangi kitobni elektron shaklda o‘qing 📖

Ushbu kitob nomiga mos ravishda chekishdan oson qutulish sirlari haqida. Muallif iroda kuchiga tayanadigan anʼanaviy usullarga qarshi chiqib, oʻz usulini fikrlash tarzini tubdan oʻzgartirish asosida shakllantiradi. “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobxonlarga chekishni tashlashga qurbonlik emas, balki ozodlik sifatida qarashga imkon beradi.

🚬 Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan. U oʻzi taklif etayotgan yoʻl bilan kuniga 60-100 dona sigaret tutatishdan butunlay chekmaslik darajasiga kela oladi. Soʻng amalda ish bergan barcha tavsiyalarni jamlab, chekishni tashlashning oson yoʻlini bir kitobga aylantiradi. Bu usul hozirgacha 50 million insonga sigaretga qaramlikdan qutulishga yordam bergan.

Eng irodasizlar ham buni eplay oladi. Zararli odatdan butunlay xalos bo‘lish vaqti keldi!


Elektron kitobni Asaxiy Books ilovasi orqali mutolaa qilishingiz mumkin.
Narxi: 29 900 so‘m

📱Ilovani yuklab olish: onelink.to/nxtyp6

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu kitobni ko‘pchilik o‘qidi, yana ko‘pchilik o‘qishi kerak…


Odatlarni shakllantirish har kimning hayotiga ijobiy o‘zgarishlar olib kiradi. Bu shaxsiy hayotda ham, o‘qish va ish faoliyatida ham o‘sishga yordam beradi.

Kitob haqida fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin, o‘qishga ikkilanayotganlarga foydali bo‘ladi.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Oʻzingizni koʻrdingizmi?


Hamma uchun 24 soat vaqt beriladi, uni nimaga sarflash oʻz qoʻlimizda.

Siz boʻsh vaqtingizni qanday rejalaysiz?

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Reytingga yangi kitoblar qoʻshildi⭐️

Oʻtgan hafta davomida eng koʻp sotilgan 5 kitob:
1️⃣Atom odatlar
2️⃣Mamlakatlar tanazzuli sabablari
3️⃣Katta oʻyin. Ikki imperiya to‘qnashuvi
4️⃣Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari
5️⃣Molxona

Siyosiy kitoblarga qiziqish ortibdimi?)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

#yangilik

Arnold Bennet: Bir kunda 24 soat yashash

Sizga ham vaqt tez oʻtayotgandek tuyulyaptimi? Qilishingiz kerak boʻlgan ishlarga ulgurolmayapsizmi? Oʻylab koʻring, balki muammo vaqtda emas, unga boʻlgan munosabatdadir.

Barcha uchun bir kunda 24 soat vaqt beriladi, ammo uni hamma har xil sarflaydi. Vaqtni toʻgʻri rejalash, unumli foydalanish, muhim ishlarning barchasiga ulgurish va 24 soat chinakamiga yashash uchun ushbu kitob yordam beradi.

Kitob 24 soatdan unumli foydalanish uchun fikrlash va kunni rejalashda qanday oʻzgarishlar qilish kerakligini keltiradi. Mahsuldorlikni oshirish bilan birga rivojlanish va vaqtida dam olishga ham eʼtibor qaratishni oʻrgatadi.

Muqova: Yumshoq
Narx: 39 000 soʻm
Sahifa: 112 bet

Hatto bir kunda ham toʻlaqonli va samarali yashamoqchi boʻlsangiz albatta oʻqing. Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/661a8391df3f0

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugun bayram chegirmasining soʻnggi kuni

Hayit munosabati bilan eʼlon qilingan 20% chegirma bugun nihoyasiga yetadi. Vaqt borida Asaxiy.uz sayti orqali kitoblarga buyurtma bering yoki doʻkonlarimizga tashrif buyuring. Ertadan barcha kitoblar oʻz narxiga qaytadi.

🛍Taklif onlayn va oflayn xaridlar uchun birdek amal qiladi.

Doʻkonlar manzili va ish vaqti: t.me/asaxiybooks/5914
Sayt orqali buyurtma berish: asaxiy.uz/u/65f2a94c3cb63

📚Imkoniyatdan foydalaning va barcha kitoblarni 20% arzonroq oling!

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

20% arzonroq kitoblar📖

🎉Hayit bayrami munosabati bilan Asaxiy.uz sayti va do‘konlarimizda barcha kitoblarga 20% chegirma e’lon qilindi. Rasmlar orqali ko‘p so‘raladigan bir nechta kitoblar 20% chegirmada qanday bo‘lishini ko‘rsatib berdik. Tanishing va chegirmadan maksimal foydalaning.

📌Kitoblar katalogi: asaxiy.uz/u/65f2a94c3cb63
📍Do‘konlarimiz manzili: t.me/asaxiybooks/5914

Kutamiz

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayram kunlarida ish vaqtlari

Bayram kunlarida barcha doʻkonlarimiz va sotuv boʻlimi odatiy tartibda ish faoliyatida boʻladi. Buyurtmalaringizni qabul qilish va sifatli xizmat koʻrsatish uchun doim aloqadamiz.

Kitob doʻkonlari ham sizni kutib olish va chegirmalar bilan xursand qilishga tayyor. Xullas, kutamiz: t.me/asaxiybooks/5914

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Amir Temur tavallud topgan kun🗓️

Bugun buyuk sarkarda haqida koʻproq oʻqish, shaxsiyatini oʻrganish va oʻrnak olish uchun eng munosib sana.

Bu borada sizga Amir Temur hayoti va faoliyati yoritilgan kitoblarni tavsiya qilamiz: asaxiy.uz/u/6614fda5254e2

P.S. Rasm sunʼiy intellekt yordamida yaratildi

Amir Temurdan qaysi xislatlarni oʻrganish mumkin deb oʻylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayramona taklif: barcha kitoblarga 20% chegirma e'lon qilamiz🥳

Hayit bayrami munosabati bilan kitobxonlarimizni xursand qilish niyatidamiz. Shu sabab bir nechta kitoblarga emas, barchasiga 20 foizlik chegirma e'lon qildik.

9-apreldan 12-aprelgacha Asaxiy.uz sayti yoki Asaxiy Books do'konlaridan istalgancha kitob xarid qiling va 20% arzonroq oling. Badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar, diniy adabiyot yoki premyeralar - barchasi chegirmaga tushdi, imkoniyatdan foydalaning.

P.S. Chegirma to'plamlar va o'zi chegirmada bo'lib turgan kitoblar uchun amal qilmaydi.

Kitoblar katalogi: www.asaxiy.uz
Do'konlarimiz manzili: t.me/asaxiybooks/6737

❤️ O'zingiz va yaqinlarga hadya ulashing, ko'proq sovg'a olishingiz uchun arzonroq qilib beramiz.

@asaxoybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayramga chegirma kutayotganlar bormi 👀

Читать полностью…

Asaxiy Books

Qoʻrqitishdan foyda yoʻq, yechim berish kerak)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Faktdorlik xususida suhbatlashamiz

😏 Kitob suhbatlarimizni davom ettiramiz va aprel oyida “Factfulness” kitobi haqida gaplashamiz. Bu kitobda Hans Rosling ikki hamkori bilan birga bizni toʻgʻri fikrlashdan adashtiruvchi oʻnta instinktni ochib bergan.

Kitob barcha nuqsonlariga qaramay, dunyo biz oʻylagandan ancha yaxshiroq holatda ekanini isbotlab beradi. Bu xavotirga hojat yoʻq degani emas, albatta. Biroq faktlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish orqali muhim narsalarga eʼtibor qaratishimiz osonlashadi va stressdan bir muncha holi boʻlamiz. Xullas, gaplaringizni yigʻib qoʻying, kitob haqida batafsil suhbatda fikr almashamiz🤓.

Suhbat turi: onlayn
Sana: 28-aprel
Vaqt: 20:00
Manzil: @asaxiybooks

Suhbatgacha kitobni oʻqishni, fikr-mulohaza va savollarni tayyorlab qoʻyishni tavsiya qilamiz. Gʻoyibona uchrashguncha👋

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Yil brendi"da Asaxiyga ovoz bering🗳️

2023-yil davomida yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun davomiy ishladik. Barcha natijalarni jamladik va “Yil brendi” milliy tanlovida qatnashmoqdamiz.

Marhamat, qilingan ishlar bilan tanishing va lozim topsangiz Asaxiyga ovoz bering.
Yil sarhisobi: https://brendgoda-2023.marketing.uz/uz/nominations/torgovlya/neproduktovyj-ritejl/195.htm

Ovoz berish uchun:
1. @makon_brand_bot ga kiring
2. Shartlarni bajaring
3. Savdo nominatsiyasi qismidan Asaxiyni tanlang va ovoz bering.

Biz bilan ekanligingiz uchun rahmat🤗

@asaxiybooks

Читать полностью…
Subscribe to a channel