🚩🚩🚩 🚩 — Oʻtgan 1 hafta davomida eng koʻp sotilgan 5 kitob!
😳 Jeyms Klir: Atom odatlar — 49 900 so‘m
👥 Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi — 64 900 so‘m
😭 Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar — 49 900 so‘m
😎 Kel Nyuport: Diqqat. Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari — 49 900 so‘m
🫣 Henri Ford: Mening hayotim — 59 900 so‘m
Top kitoblarga buyurtma berish: asaxiy.uz/u/65c08cc9b2283
@asaxiybooks
📚 Ingliz tilida mutolaani qadrlovchilar uchun yangi kitoblar keldi, yoqqanini tanlab oling. Kitoblar kam sonda kelgan, oʻzingizniki olishga ulguring)
🔴Katherine Lin: You Canʼt Stay Here Forever — 89 000 soʻm
🔴Oprah Winfrey: What Happened To You? Conversations on Trauma, Resilience, and Healing — 99 000 soʻm
🟡Patrick King: Read People Like a Book — 99 000 soʻm
🔴Mel Robbins: The 5 Second Rule Transform Your Life, Work, and Confidence with Everyday Courage — 99 000 soʻm
🔴Malala Yousafzai: I Am Malala The Girl Who Stood Up for Education and Was Shot by the Taliban — 99 000 soʻm
🟡Brené Brown: Atlas of the Heart Mapping Meaningful Connection and the Language of Human Experience — 99 000 soʻm
Inglizcha kitoblar katalogi: asaxiy.uz/u/65bdf901ee58d
Buyurtma uchun: @asaxiybot / 712000105 / asaxiy.uz
📚 Xoʻsh, qaysi kitoblarni tanladingiz?
@asaxiybooks
14-fevral kuni haqida: kun tarixi, qachon va nima sabab paydo boʻlgani hamda bayramdan maqsad haqida batafsil shu postda yozganmiz😇
@asaxiybooks
Muftiy Shuʼayibulloh Xon Miftahiy: Goʻzal Xotima 🌷
Mazkur kitobda goʻzal xotima topish uchun umr davomida qanday amallarni bajarib yurish hamda nimalardan saqlanish lozimligi va nihoyat, soʻnggi nafasda bu dunyoni iymon bilan tark etish uchun nimalarga ulgurib qolish muhimligi juda qiziqarli va latif tilda bayon etilgan.
🧡 Ishonchimiz komilki, kitob barchaga manzur boʻladi. Xar bir moʻmin-musulmon uchun yoʻlchi yulduzdek nur sochib, goʻzal xotima sari yoʻl koʻrsatib turadi.
Muqova: Yumshoq
Nashriyot: Muharrir
Narx: 35 000 so‘m
Sahifa: 160 bet
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/65bcd13842c50
@asaxiybooks
Кэл Ньюпортнинг "Диққат. Чалғитувчи дунёда муваффақият сирлари" китоби Asaxiy Books да чоп этилган эди.
Энди муаллифнинг яна бир ажойиб китоби "Рақамли минимализм" нинг ҳам ўзбек тили учун муафлик ҳуқуқини харид қилдик. Ижтимоий тармоқлар даврида профессорнинг китоби биз учун жуда фойдали бўлади деб умид қиламан.
Китоб 2025 йилнинг илк квартилида сотувга чиқади.
@allaevuzb
«Янги китоб» нашриётидан #янгилик
🌹 Марио Пюзо: Сицилиялик (Чўқинтирган ота-2)
Америкалик таниқли ёзувчи Марио Пюзонинг «Сицилиялик» романини «Чўқинтирган ота» асарининг давоми дейиш мумкин. Унда дон Корлеоненинг кичик ўғли Майкл тақдири тўғрисида ҳикоя қилинади. Шунингдек, жасур қаҳрамон, мард йигит Салваторе Гилянонинг ҳаёти, метин иродаси, кўплаб саргузаштлари ва фожиавий қисмати баён этилади.
Ушбу китобда дўстлик ва адоват, муҳаббат ва нафрат, ўлим ва интиқомнинг сицилияча қонунлари хусусида баҳс кетади. Улар инсон руҳияти, айниқса, қонунни четлаб ўтувчи кишиларнинг ички дунёсини чуқур билувчи Марио Пюзонинг диққатини ҳамиша жалб қилиб келган. Ўткир сюжетли, турфа воқеаларга бой, ўқувчини кутилмаган бурилишларга олиб кирадиган ушбу асар сизга ёқишига ишонамиз.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Янги китоб
Нарх: 49 900 сўм
Саҳифа: 460 бет
Биринчилардан бўлиб буюртма беринг: asaxiy.uz/u/65ba238cdf8b4
@asaxiybooks
📚 Badiiy kitoblar fantastik olam uchun oʻtish yoʻli emas, ular tanqidiy fikrlash mushaklaringiz uchun mashgʻulot maydonidir.
Badiiy mutolaa nafaqat maroqli hordiq, balki dunyoqarashni kengaytirish va tanqidiy-tahliliy fikrlashni yaxshilashda ham yordamchi boʻladi.
Badiiy kitoblarni oʻqish orqali vaziyatga boshqa nazar bilan qarashni, murakkab masalalarni hal qilishni, insonlarni yaxshiroq tushunishni va qolipdan tashqari fikrlashni oʻrganasiz.
📖 Rasmlar orqali badiiy kitoblar tavsiyasi bilan tanishing, kitoblarni oling va mutolaaga shoʻngʻing.
Badiiy kitoblar katalog va narxlari bu yerda.
@asaxiybooks
🔠🔠🔠 5️⃣
O‘tgan hafta davomida Asaxiy.uz sayti orqali eng ko‘p sotilgan kitoblar beshligi bilan tanishing:
1️⃣ “Atom odatlar” — 49 900 so‘m
2️⃣ “Molxona” — 31 900 so‘m
3️⃣ “Bir kun. Bir muhabbat tarixi” — 64 900 so‘m
4️⃣ “1984” — 49 900 so‘m
5️⃣ “Beparvolikning nozik san’ati” — 36 900 so‘m
Kitoblar nomi ustiga bosib ular haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
@asaxiybooks
Bugun zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘sish bo‘lib xizmat qilgan Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari chiqqaniga 3 yil to‘ldi.
Ajoyib asar uchun muallifga, qiziqish va mutolaa uchun kitobxonlarga minnatdorlik bildiramiz.
“Qo‘rqma” kitobi haqida fikrlaringizni izohlarda kutamiz👇
@asaxiybooks
Sovuq kunda qaynoqqina hafta chegirmalari☀️
Bu safar chegirma kategoriyasi kitob va pardoz buyumlari bilan ham boyidi. 1-qism tovarlar bilan kartochkalar orqali tanishing, ajoyib chegirmalarning 2-qismi bilan ertaga boʻlishamiz.
Mahsulotlarga havola orqali oʻtib hozirning oʻzida buyurtma bering:
💜Jmary FM-19RS halqasimon yoritgichi
💜Uolter Ayzekson: Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi
💜Borofone BW04 oq simsiz quloqchini
💜“Beauty Illusion” toʻplami 🎁 + 5 ta niqob sovgʻaga
Foydali xaridlarni Asaxiy bilan amalga oshiring. Buyurtmangizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga yetkazib beramiz.
@asaxiyuz
2023-yil Asaxiy Books uchun qanday yil boʻldi va 2024-yil rejasi qanday?
Yangi kitoblar, qulayliklar, viloyatlarda do'konlar... videoni koʻrib barchasi haqida batafsil bilib oling.
@asaxiybooks
20 xil olam jamlangan kitoblar toʻplami📚
Kitoblarni 2-3 soʻz bilan taʼriflashga harakat qildik, ammo har biri haqida, ular hayotingizga kiritgan oʻzgarish-u sizga taʼsiri haqida yangi bir kitob yozishga arziydi.
🪶 Taʼriflarimiz bilan tanishib chiqing va eng sevimli kitobingiz haqida ikki soʻzli taʼrifni izohlarda yozib qoldiring.
Rasmda keltirilgan kitoblar: asaxiy.uz/u/65b35317b5d51
@asaxiybooks
17 yilda yozilgan romanni 28 yilda oʻqish?! Bu qanchalik haqiqat?
📕Videoni tomosha qiling va bilib oling.
Sizning sabringiz bir kitobni necha yil oʻqishga yetadi? Izohlarda yozib qoldiring.
@asaxiybooks
Shaxsiy javobgarliksiz hech bir inson yoki kompaniya muvaffaqiyatli boʻlishi, vazifalarni samarali bajarib maqsadlariga erishishi ehtimoldan juda yiroq.
Birovni ayblash va masʼuliyatni oʻzidan soqit qilish kabi keng tarqalgan muammoga birgina “SOS! Savol ortidagi savol” kitobini yechim qilib beramiz. Oʻqing, mulohaza qiling va shaxsiy javobgarlikni qoʻllang.
@asaxiybooks
Har qanday og‘riq miyada tug‘iladi.
Henri Marshning “Ozor berma” kitobidan olingan bu iqtibosni qanday tushundingiz? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz💭
@asaxiybooks
2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”
“Янги китоб” нашриётидан яна бир китоб #янгилик
👮 Жеймс Хедли Чейз: Ярим миллион долларлик қилмиш
Мафия ҳақида шов-шувли мақола ёзмоқчи бўлган ёш журналистнинг ҳаёти кутилмаганда ўзгариб кетади. Унга кимсан, полиция комиссари пора таклиф қилади. Соддадил Гарри Барбер бундай сийловни рад этиб, бошига ташвиш орттиради. Натижада иблисона туҳмат ва ноҳақ айблов туфайли панжара ортига тушади...
Қамоқхонадан ўзгача инсон бўлиб чиққан журналист тирикчилик важидан ногоҳ ўғриликка қўл уради. Аслида бу чиройли тузоқ эди. Гарри ярим миллион долларлик келишувга кўнишга мажбур бўлади. Сирли қотиллик, бир-биридан тушунарсиз ҳодисалар, гўзал хонимнинг аралашуви воқеаларни янада чуқурлаштириб юборади... Ўткир сюжетга бой мазкур китоб детектив ишқибозларига манзур бўлади, деган умиддамиз.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Янги Китоб
Нарх: 34 900 сўм
Саҳифа: 158 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/65bde2c127e6c
@asaxiybooks
14-fevral — Xalqaro kitob sovgʻa qilish kuni
kerakli odamlarga eslatib qoʻyamiz)
@asaxiybooks
“Piter Hopkirk qoʻl uradigan har bir hikoya butunlay oʻziga jalb qiladi”— The Washington Post gazetasi
🔝 Yanvar oyi uchun “Asaxiy Books bestsellerlari”: oy davomida eng ko‘p sotilgan kitoblar bilan tanishing.
1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Jorj Oruell: Molxona
3. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi
4. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
5. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
6. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari
7. Jorj Oruell: 1984
8. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
9. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
10. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
11. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
12. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi
13. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
14. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
15. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs (yumshoq muqova)
16. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik
17. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi
18. Hans Rosling: Factfulness
19. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
20. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º
Jami: 1 116 400 so‘m
20% chegirma bilan: 895 000 so‘m
Eng ommabop kitoblarga buyurtma bering 👉 asaxiy.uz/u/65bb59e632fdd
@asaxiybooks
31% chegirma beramiz
👨💻 Time, The Washington Post, Smithsonian Magazine, Amazon, BookPage, Science News, Bloomberg tomonidan eng yaxshi kitoblardan biri sifatida tan olingan “Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi” kitobi uchun 31 foizlik chegirma eʼlon qilamiz. Bu ilmiy-ommabop kitob sizga ilm-fan dunyosidagi qiziqarli va hayajonli sayohatni taklif qiladi.
😎 Uolter Ayzekson kitobda genetik kodni buzishga katta hissa qoʻshgan olim, Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Daudnaning faoliyati, tadqiqotlari haqida hikoya qilar ekan, shu bahonada gen muhandisligi vujudga kelishi jarayonidagi murakkabliklar, axloqiy masalalar, olimlar oʻrtasidagi raqobatlar, ilmiy kashfiyot va ixtirolar qanday qilinishini oʻquvchiga qiziqarli shaklda soʻzlab beradi.
Kitob 3-fevralgacha 99 900 soʻm oʻrniga 69 000 soʻmdan sotuvda. Chegirmada xarid qiling va hayotimizda oʻzgarish qiluvchi CRISPR haqida bilib oling: asaxiy.uz/u/65b8e9c0e52c2
@asaxiybooks
“Super xotira sari yetti qadam” kitobi #yana_sotuvda
🧠 Xotirada saqlab qolish boʻyicha chempion Andrey Safronovdan xotirani rivojlantirish boʻyicha trening kitobni qarshi oling. Muallif kitobda oddiy mashqlarni qadam-baqadam bajartirib borib, turli xil maʼlumotlarni umrbod xotirada saqlashni oʻrgatadi.
Mashqlarni toʻliq va toʻgʻri bajarish orqali oʻqigan kitoblaringiz va oʻrgangan bilimlaringizni toʻliq yodda saqlashga erishasiz.
Muqova: Qattiq
Narx: 45 000 soʻm
Sahifa: 160 bet
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/65b786cf92f0f
@asaxiybooks
“SOS! Savol ortidagi savol” kitobi, Asaxiy faoliyati, tarjima jarayonlari, kitob tavsiyalari, savollarga javoblarni qamrab olgan suhbatimiz nihoyasiga yetdi.
Qatnashgan, fikr bildirgan va kitob o‘qishda davom etayotgan barchaga minnatdorlik bildiramiz.
Va’daga ko‘ra kitobni mutolaa qilib u haqida fikr bildirgan shu 3 faol kitobxonimizga keyingi suhbat kitobini sovg‘a qilamiz:
1. Abdulaziz
2. Bookworm ga e’tirof
3. Feruza Nuratdinova
G‘oliblardan @asaxiy_marketing profiliga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Keyingi suhbat kitobi nomini ham tez orada e’lon qilamiz.
Barchangizga tashakkurlar🤗
@asaxiybooks
Yana bir kun vaqt😇
Ba’zi sabablarga ko‘ra kitob suhbatimiz 24 soat keyinga ko‘chirildi.
Endi kitob borasida fikrlarni tayyorlab olish uchun yana 1 kun qo‘shimcha vaqtga egasiz. Bizni tushunasiz degan umiddamiz, ertaga 20:00da audio-chatda uchrashamiz.
@asaxiybooks
Bugun suhbat kunimiz💬
Kitobxonlar, bugun 20:00da “SOS! Savol ortidagi savol” kitobi boʻyicha suhbat boʻlib oʻtadi. Suhbatda fikr almashamiz, xulosalar va shaxsiy misollar bilan boʻlishamiz.
Kitobga qiziqqan barchani audio-chatda kutib qolamiz. Eng faol 3 kitobxonimizga keyingi suhbat kitobi sovgʻa qilinadi.
Sana: 27-yanvar (bugun)
Vaqt: 20:00
Manzil: @asaxiybooks
Gʻoyibona uchrashib fikr almashguncha👋
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга муҳаббат ҳақида 101 қисса
Ушбу тўпламда Абу Маҳзура каби “Қандай қилиб сочимни калталатай, ахир унга Расулуллоҳнинг қўллари теккан бўлса”, дейдиган саҳобалар, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ушлагани учунгина Анас розияллоҳу анҳунинг қўлини ўпаётган тобеъинлар билан юзма-юз келасиз.
Бу китоб Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга бўлган муҳаббатнинг васфи, у зотга ошиқ бўлиш йўлларини баён этиб, суюкли Пайғамбаримиз учун сиз нималар қилганингиз ҳақида ҳам сўраб ўтади. Расулуллоҳга бўлган талпинишингиз, завқу шавқингиз, ғайратингизни ошириб, сўниб қолган ишқингизни аланга олдиришга уринади.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ҳилол-нашр
Нарх: 45 000 сўм
Саҳифа: 80 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/65b35c567f708
@asaxiybooks
Bank kelajagi allaqachon shu yerda — siz bunga tayyormisiz?
Naqd pul allaqachon eskilik sarqitiga aylangani koʻpchiligimizga sir emas. Biroq plastik kartaning davri ham oʻtganini bilasizmi? Toʻlov tizimlari va bank sohasida inqilobiy oʻzgarishlar yuz bermoqda. Kelajakda mahsulot sotib olish uchun gʻishtday keladigan hamyonimizni chiqarib, banknotalarni sanab oʻtirmaymiz, hatto choʻntagimizdagi kartani kassirga uzatishga ham hojat boʻlmaydi. Ehtimol, telefonimizdagi ilova ham kerak boʻlmas. Unda qanday toʻlov qilamiz?
Bu va boshqa koʻplab savollarga Brett Kingning “Bank 4.0” kitobi batafsil javob beradi. Kitob bizni yangi voqelik va uning aql bovar qilmas istiqbollari bilan tanishtiradi. “Bank 4.0” nafaqat moliya haqida soʻzlaydi, unda kelajagimizning fantastik filmlarga oʻxshash yorqin manzarasi tasvirlangan. Eʼtiborlisi, Brett King tilga olgan oʻzgarishlar aslo xom xayol emas, axir koʻpi allaqachon amalga oshmoqda. Dunyo tarixda kuzatilmagan shiddat bilan yangilanar ekan, raqobatda yutqizmaslik uchun bu evrilishlar mohiyatini tushunish kerak. Ushbu mohiyat “Bank 4.0”da rang-barang misollar bilan yoritilgan.
Kitob bilan qisman tanishishingiz uchun elektron shakli bilan boʻlishyapmiz, toʻliq mutolaa uchun: asaxiy.uz/u/6598f32ad0f85
@asaxiybooks
Ernest Xeminguey qalamiga mansub “Toʻqchilik va yoʻqchilik” kitobining elektron shakli Asaxiy Books mobil ilovasida chiqdi. Endi qiziqarli va taʼsirli bu romanni elektron shaklda ham mutolaa qilishingiz mumkin.
Kitob haqida batafsil maʼlumot: asaxiy.uz/u/65ae6082ee37f
Ilovani yuklab oling va hozirning oʻzida oʻqishni boshlang: onelink.to/nxtyp6
@asaxiybooks
5 yildan keyin kim boʻlishingiz, qayerda va nima bilan band boʻlishingiz shu 5 omilga bogʻliq.
👥 Atrofimizda tanishlar, doʻstlar boʻlishi qanchalik muhimligini koʻrsatish uchun “Tadbirkor” kitobida ushbu argumentlar keltirilgan.
Tanishib chiqing va oʻzingiz uchun xulosa chiqaring. Yon-atrofingizga eʼtiborli boʻling, chunki aynan muhit sizga taʼsir koʻrsatadi va oʻzgarishlarga sabab boʻladi.
@asaxiybooks
“Toʻqchilik va yoʻqchilik” — 1937-yilda nashr etilgan taʼsirli va maʼlumotga boy roman. Unda Buyuk Depressiya davrida toʻqchilik va yoʻqchilikda yashagan insonlar hayoti, qarashlari, turmush tarzi va qiyinchiliklari tasvirlangan.
Baliqchi Harri Morgan hayoti misolida romanda shu mavzular qamrab olinadi:
▪️ Masʼuliyat: muallif kitobida erkakning oila va farzandlar oldidagi masʼuliyati, ularni taʼminlash majburiyatini tasvirlab beradi.
▫️ Ijtimoiy sharh: Xeminguey qashshoqlikning ogʻir haqiqatlarini va depressiya davridagi ishchilar sinfining hayot uchun kurashlarini ochib beradi.
▪️ Yoʻqotish va chidamlilik: qahramonlar yoʻqotish va qiyinchiliklarga duch kelishadi, lekin ayni paytda qiyinchiliklarga qarshi kuch va qatʼiyatni namoyish etadilar.
▫️ Insoniy birdamlik va yakkalik: Roman qiyin paytlarda insonlar bilan birlashuvning ahamiyatini koʻrsatadi, shu bilan birga yolgʻizlik hissini tasvirlaydi.
Kitob uchun ASMR videoni yuqorida qoldirdik, tomosha qiling va kitobni mutolaa qiling. Kitob haqida batafsil: asaxiy.uz/u/65ae6082ee37f
@asaxiybooks