Avgust oyida Asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books do‘konlari orqali eng ko‘p sotilgan 20ta kitob bilan tanishing:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Jorj Oruell: Molxona
4. Mey Mask: Rejali ayol
5. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
6. Kel Nyuport: Diqqat
7. Robert Grin: Mahorat
8. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
9. Jorj Oruell: 1984
10. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
11. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
12. Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri
13. Piter Hopkirk: Katta o‘yin
14. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
15. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
16. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
17. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
18. Grant Kardon: Savdo sanʼati
19. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
20. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
Jami: 1 256 000 so‘m
20% chegirma bilan: 1 005 000 so‘m
Toʻplam haqida maʼlumot uchun: asaxiy.uz/u/avgust_bestsellerlari
@asaxiybooks
Результаты конкурса:
Победители:
1. BBS
2. Bekzod
3. Обидахон
4. Ardasher
5. Akbar
6. Hakker
7. Bekpo'lat
8. Me
9. Jovliyev Valijon
10. Laziz
11. RAVSHAN
12. Oltin
13. Неизвестная....
14. ᅠ ᅠ
15. Asilbek Atamuratov
16. 𝓓𝓾𝓻𝓭𝓸𝓷𝓪
17. F.N.G.
18. Shakxnoza🎀
19. Mahmudiy
20. Muslimakhon.
21. 𝕀𝕤𝕜𝕒
22. Alimova__
23. Temirbek Sarsenbaev
24. Zarnigorxonim
25. MRFB
26. Suxrob
27. Ozodbek
28. Asilbek Axtamov
29. Taraqqiyot
30. Diyor
31. Muhammad Azim
32. Yoʻldasheva🩵
33. Гулчехра
Проверить результаты
Yangi kitobni yumshoq muqovada oʻqing
Sizni qiziqtirayotgan “Talaba” kitobi yumshoq muqovada chop etildi. Endi oʻzingizga qulay shaklda xarid qilishingiz mumkin.
Tara Vestoverning bu asari ilk bor 2018-yilda chop etilgan va qisqa muddatda oʻz oʻrnini topa olgan. Kitobda Tara oʻz hayoti, bolaligi, boshdan kechirganlari va oilasi haqida soʻz yuritadi. Tajribalari misolida taʼlim ahamiyati, munosabatlar va inson xohlasa imkoniyat chegaralarini buza olishini koʻrsatishga harakat qiladi.
Kitobni oʻqib shunchaki esdan chiqarish imkonsiz. Mutolaadan keyin ham kitob siz bilan qoladi va fikrlashga chorlaydi.
Narxi: 70 000 soʻm 50 000 soʻm
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/talaba_yumshoq_muqovada
@asaxiybooks
Assalomu alaykum!
🇺🇿 Mustaqillik kuni bilan sizni Asaxiy.uz jamoasi nomidan tabriklaymiz. Tinchlik, sog‘-salomatlik va ezgu orzu-maqsadlar ro‘yobini tilab qolamiz.
Biz bilan ekanligingiz uchun rahmat🤗
Asaxiy.uz — sizning internet-do‘koningiz
33 yillikka 33ta sovg'a!
Bayram munosabati bilan hozir eng trendda bo'lgan 33ta "Talaba" kitobiga sovg'ali tanlov uyushtiramiz.
Qatnashish shartlari oson:
- @allaevuzb kanalimizga a'zo bo'lasiz.
- Ushbu postni guruh yoki kanalga bo'lishasiz
- post tagidagi "qatnashaman" (участвую) tugmasini bosasiz.
G'olibni bot avtomatik aniqlab beradi. G'oliblar ro'yxati 1-sentyabr kuni 22-00da e'lon qilinadi. G'oliblarga sovg'alarni Asaxiy orqali uylarigacha yetkazib beramiz.
Bayram muborak do'stlar!
PS: 31-avgust va 1-sentyabr kunlari www.asaxiy.uz da barcha tovarlarga 33 foizgacha chegirmalar bo'lmoqda, foydalanib qoling.
@allaevuzb
Yana bittaga ko‘paydik🎉
Bu yangilikni sizga aytish uchun ko‘p kuttik, mana o‘sha kun keldi)
Andrey Safronov: Super xotira sari yetti qadam
Mazkur kitob xotirada saqlab qolish bo‘yicha chempion bo‘lmish Anrey Safranov tomonidan xotirani rivojlantirish bo‘yicha komil boshqaruv ko‘rsatma to‘plamidir. Muallif sizga oddiy mashqlarni qadam-baqadam bajartirib borib, turli xil maʼlumotlarni umrbod xotirada saqlashni o‘rgatadi. Mazkur qo‘llanma sizning taʼlim sohangiz, ishingiz yoki biznesingizda tayyor dasturi amal bo‘ladi.
Muqova: Qattiq
Nashriyot: Butikbooks
Narx: 45 000 so'm
Sahifa: 160 bet
📖 Mutolaa qilishga ulgurmaganlar uchun kitob #yana_sotuvda, havola orqali buyurtma qoldirish mumkin: https://asaxiy.uz/product/andrei-safronov-etti-kadam-ila-superhotira-trening-kitob
@asaxiybooks
📚Kitob - hamrohlik uchun manzil tanlamaydi. Mutolaa uchun xohish bo'lsa, bas.
@asaxiybooks
Ali Chankirili: Men bilan o‘ynaysizmi, ota?👶🏻
Farzandlar OTA va ONAning mehrini birdek his qilib ulg‘ayishga haqli.
Kitobning maqsadi bola hayotida otaning o‘rni qanchalik muhimligini eslatib, ularga birga vaqt o‘tkazishni boshlashlari uchun yordam berishdir. Albatta, farzand bilan o‘tkazilgan vaqt ham otaga, ham bolaga birdek foydalidir.
Muqova: Yumshoq
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Narx: 45 000 so‘m
Sahifa: 352 bet
Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/ota_va_bola
@asaxiybooks
Uzoq yillik qaramlikni kuchli iroda bilan emas, balki oson yo‘l bilan yengish mumkin. Siz ham buni eplay olasiz😉
📚Allen Karr: Kashandalikdan qutulishning oson yo’li
“Talaba”larning birinchilikdan tushgisi yo‘q🤓
Bu gal reyting natijamizda kichik o‘zgarish:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Kel Nyuport: Diqqat
4. Robert Grin: Mahorat
5. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
@asaxiybooks
Muallif uslubi sizga yoqqanmidi? Unda yangi kitobi ham albatta yoqadi!
▪️Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi
▪️Robert Grin: Mahorat
Bu kitoblardan qay birini oʻqigansiz?
@asaxiybooks
"Bir kun" uchun 2 kunlik chegirma✨
Faqat bugun va ertaga Devid Nikollsning “Bir kun. Bir muhabbat tarixi” kitobini super narxda xarid qilishingiz mumkin.
Romantik adabiyotlarni yoqtiradigan kitobxonlar uchun ideal sovg‘a.
Super narxdagi yoqimli chegirmadan foydalaning va buyurtma bering: https://asaxiy.uz/uz/product/devid-nikolls-bir-kun-bir-muhabbat-tarihi-predzakaz
@asaxiybooks
#juma_xaridi
Ahmad Lutfiy Qozonchi: Saodat asri qissalari (4 ta kitob)
Kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, undagi voqealar muallif tomonidan aniq tarixiy hodisalarni ishonchli manbalarga suyanib olingan. Payg‘ambarimizning tug‘ilishlaridan to vafotlarigacha bo‘lgan saodat asri ketma-ketlikda, o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirilgan.
📌Atigi 1 kun muborak juma ayyomida chegirma narxda.
📌Mutolaa uchun eng to‘g‘ri tanlov.
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/saodat_asri
@asaxiybooks
Katta ogʻa sizni kuzatyapti
Barcha ikki oyoqlilar — dushman
Chalgʻituvchi dunyoda chalgʻimay yashang🎯
Zamon rivojlangani sari diqqatni bir joyda jamlash qiyinlashib bormoqda. Kamyob koʻnikmalar qadrlanganidek, bu qobiliyat ham oʻqish va ish jarayonida shaxsga ustunlik beradi.
Eʼtiborni jamlash usullarini koʻrsatuvchi “Diqqat” kitobi chiqqaniga bugun 4 yil toʻldi. Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyatga erishish uchun ushbu kitobni tavsiya qilamiz.
Mutolaa qiling va kamyob koʻnikma egasi boʻling: asaxiy.uz/u/diqqat
@asaxiybooks
Oila xavfsizlik va mehr-muhabbat maskani bo‘lishi kerak. Lekin uning oʻzi bularga zid muhit yaratsa-chi? Joningiz har kuni xatarda, ruhingiz doimiy zoʻriqishda boʻlsa ham u maskanda qolasizmi yoki unga tegishlilik tuygʻusini rad etib oʻzingizni erkin his etadigan joylarga bosh olib ketasizmi?
Tara Vestoverning "Talaba" asari aynan shu savollarga javob topishga urinadi. Bu Taraning ta’lim olish yo‘lidagi kurashi haqidagi ta’sirli hayotiy hikoya bo‘lib, unda zo‘ravonlik, din, mutaassiblik, oila va boshqa shu kabi mavzulardagi ziddiyatlarni ochib beradi.
Tara Vestover mormon oilasida tug‘ilgan. Ularning oilasi o‘ziga xos bo‘lib, bolalari maktabga bormagan, kasalxonalarda davolanmagan, mashina yoki tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lmagan, shuningdek, davlatning boshqa xizmatlaridan ham foydalanmagan. Buning sababi otasining hukumat va u taklif qilayotgan har qanday narsa yovuz degan qat’iy e’tiqodi edi. Misol uchun, otasi maktabga borish ularning ongini yuvish va ularni Xudo buyurgan yoʻldan chalgʻitish usuli deb hisoblaydi.
Nihoyatda ogʻir va hayot uchun har kuni takrorlanuvchi xavfli ishlarni 6-7 yoshida qilishga majburlangan qiz ruhiy azoblarni ham hazm qilishga majbur boʻladi. Akasi Shon Taraga doimiy qoʻrquv va haqoratlangan odam tuygʻusini his ettirib turadi. Kaltaklashlar, oʻz sevgan yigiti yoki hurmat qilgan kishilari oldida unitazga boshini tiqishi, odamlar orasida qadr-qiymatini takror-takror yer bilan bitta qilishi oʻqigan kishining yuragini zirqiratmay qolmaydi. Bu voqeliklarning reallik ekanini eslashingiz bilan esa ogʻriq karrasiga ortgandek boʻladi.
Ana shu qiyinchiliklarni yorib chiqqan, uyda mustaqil tayyorlangan Tara 17 yoshida kollej talabasi boʻladi. Uydan bosh olib ketgan, ziyolilar orasidan qoʻnim topgan ersa-da, uni ogʻriq va qiyinchiliklar tark etmaydi. Uning maktabdagi kurashi, moslashishga, munosabatlarga kirishishga va oxir-oqibat bu stresli jarayondan o‘tish yo‘lini topishga harakat qilishi nozik detallari bilan ochib beriladi. Nihoyat u gʻalaba qozonib doktorlik darajasiga erishadi.
Kitobdagi meni hayratga solgan narsalardan biri shuki, otasining tibbiyot muassasalariga nisbatan ochiqdan ochiq va tajovuzkorona nafrati, qo‘rquvi va ishonchsizligi Taraning ham ongida abadiy muhrlanib qolgani boʻldi. Bunga misol qilib u maktabda o‘qib yurganida ishlashiga yoki o‘qishiga to‘sqinlik qilgan oshqozon yarasidan qattiq og‘riqni his qilganida, hayotining turli nuqtalarida tibbiy yordamdan shunchaki voz kechganidir. Bu shuni ko‘rsatadiki, har qanday narsaga(ayniqsa, o‘sib kelayotgan bolada) qayta-qayta duch kelinsa, oxir-oqibat u gʻoya yoki fikr mustahkam ildiz otadi.
Va eng ziyoli(talaba) kishi ham buni hayotidan siqib chiqarishga qiynaladi yoki chiqara olmaydi.
Taraning o‘z uyida duch kelgan qiyinchiliklar va shafqatsiz munosabatlarga qaramay har bir qahramon haqida obyektiv nuqtai nazarni berishi menga yoqdi, shuning uchun memuarda hech kim to‘g‘ridan to‘g‘ri yovuz deb atalmaydi. Misol uchun, uning otasi ko‘pincha aqlsiz ishlar qilib, ularni jismoniy xavf-xatarga duchor qilgan dahshatli jarohatlar va fojealarga duchor etgan boʻlsa-da, bu ishlarni oilasiga nafratdan emas, balki haqiqiy qo‘rquv sababli qilganini ko‘ramiz.
Shuningdek, uning zo‘ravon xatti-harakatlari sezilib turgan akasi Shon bilan aloqalari uzilganida qattiq ranjiganini koʻrishimiz mumkin.
Vestoverning “Talaba”si oʻqish yoki ta’lim olish shunchaki maktabning to‘rt devori orasida bo‘lish emasligidan dalolat beradi. Asarni hayot darslarining murakkab mavzulari jamlanmasi deyish mumkin.
"Talaba" kitobini o‘qish - to‘s-to‘polonlar makoniga, shavqatsiz jang maydoniga sayohat qilishga o‘xshaydi. Siz har bobda, har boʻlimda oʻzingizga kelish, ruhiyatingiz yana muvozanatiga qaytishi uchun biroz dam olishga, fikr yuritishga majbur boʻlasiz. Bu esa kitobning qanchalik “katta” asar ekanidan dalolat beradi. Ota-onalar, oʻquvchi va talabalar, umuman olganda, barchaga oʻqishni tavsiya qilaman.
🕊Telegram 📱Instagram
Yozning soʻnggi haftalik reytingi bilan tanishamizmi?
Reytingga koʻra “Talaba” kitobi yana eng koʻp tanlanayotgan kitob boʻlib qoldi. “Rejali ayol” va “Qoʻrqma” kitoblari ham Top 5 roʻyxatiga qaytdi.
Bu oy suhbatimiz yodingizda-a? Soat 20:00da boshlaymiz😇
Havola orqali yaqinlarni taklif qilishingiz mumkin:
/channel/asaxiybooks?livestream=f3e729523f36f7b62c
BARCHA TOVARLARGA 33% GACHA CHEGIRMA 🔥
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Asaxiy.uz 2 kunlik katta chegirma e‘lon qiladi. Asaxiyda mavjud istalgan turdagi tovarni 33 % gacha chegirmada xarid qiling.
📌 Bayram chegirmalari 31-avgust va 1-sentabr kunlari amal qiladi.
Chegirma va aksiyalarni o'tkazib yubormang: @asaxiyuz
Yigirma yettiga toʻlmagan kim bor…
Odamlar muvaffaqiyat qozonmasligining asosiy sababi unga intilmasligidir.
- Grant Kardon: Savdo san’ati
@asaxiybooks
📖 Ahmadjon Xolmurodov, Abdumurod Tilavov: Bolangizni bilasizmi?
Mualliflar farzand tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish mavzularini ibratli hikoya, hatto latifalar orqali yoritishgan. Mutafakkirlarning hikmatli so‘zlari esa, albatta, insonni biroz o‘ylantirib qo‘yadi.
Siz-chi? Bolangizni bilasizmi?
Narxi: 35 000 so’m
Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/bolangizni_bilasizmi
@asaxiybooks
Oskar Uayld: Yulduz bola⭐️
Sotilmaydigan ma’naviy boyliklar inson hayoti uchun qanchalik kerak? Insonning hayoti davomida illatlar qanchalik uning yuksalishiga to‘sqinlik qiladi?
Ushbu kitobda ochiqlangan bu mavzular bolalarni ham, katta yoshdagilarni ham birdek hayajonga sola oladi.
Narxi: 29 000 so‘m
Buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/yulduz_bola
@asaxiybooks
#review #taqriz
📗Robert Grin — "Mahorat"
"Har bir inson doim turli ehtimoliy shaxsiyatlari ichidan asl va haqiqiy o'zligini topadi".
— Xose Ortega i Gasset
Bir tomondan ne baxtki, Asaxiy Booksning ushbu premyerasi aynan shunday motivatsiyaga muhtoj bo'lib turgan paytimda qo'limga tushdi. Hayotda ba'zan borayotgan yo'lingdan to'xtab, ortga qaragan holda hayotingni bir kichik sarhisob qilib olmoq ham xayrlidir. Grin bu borada menga yordam berdi deb o'ylayman.
Uning yoqqan yana bir jihati, mahoratga erishish haqida bir necha mashhur insonlar misoli bilan cheklanmagani, deyarli har 2-3 varaqda yangi qahramonlar va ulardan olingan saboqlar haqida yozilgani - kitobni yanada qiziqarli va tushunarli qiladi.
O'zi mahorat nima? O'zingiz sevgan ish bilan shug'ullanishmi yoki tez boyishga intilish afzalmi? Ko'pchiligimiz yaxshi ko'rgan ishimiz bilan shug'ullanish o'rniga mo'may daromad keltiradigan ishlarga o'zimizni uramiz. Natijada pul topish ilinjida taqdirimiz yo'lidan tobora uzoqlashib boramiz. Moddiy ehtiyojingiz qondirilishi mumkin, ammo ichingizda baribir bo'shliq his etaverasiz. Uni istagan narsa bilan to'ldirishga urinmang, foydasi yo'q, Ba'zilar katta qurbonliklar bilan ortga qaytishga muvaffaq bo'ladi, ba'zilar esa yo'q.
Hamma narsaga hozir erishib bo'lmaydi. Kitobda bu haqida zo'r gaplar aytiladi. Mahorat sari yo'l sabrni talab qiladi. Siz kutgan natija balki 5 yilda, balki 10 yilda sodir bo'lar, siz mehnatlaringiz mevasiga e'tibor qaratishingiz kerak. Kimdur aytgandi: "Natija emas, unga olib boruvchi yo'l muhimroq" deb.
Chinakam boylik va muvaffaqiyat ularga erishishni ko'zlaganlarga emas, balki e'tiborini o'z sevgan ishida mahoratga erishish va biror narsani o'z hayotiy maqsadi etib belgilagan insonlarga nasib etadi. Buni unutmang.
Kitobni hayotda o'z yo'lini topishga harakat qilayotganlar, o'zining hozirgi qilib turgan ishidan ko'ngli to'lmayotganlarga tavsiya qilaman. Zero, uni mutolaasi davomida biror muhim xulosaga kelarsiz.
@panda_books
20-avgust kuni Respublika bolalar kutubxonasida "Milliy tiklanish" partiyasi bolalar adabiyotini rivojlantirish mavzusida ochiq muloqot tashkillashtirdi. Afsuski, keyingi uchrashuv vaqti kelib qolganligi uchun takliflarimni berolmasdan tadbirdan ketdim.
Bolalar adabiyotini, bolalar orasida kitobxonlikni rivojlantirish uchun bir nechta takliflarni aytib o‘tmoqchiman.
O‘zi ko‘p kitob o‘qilishi uchun nima qilish kerak?
Bu ikkita faktorga juda bog‘liq.
1. Mamlakatda so‘z erkinligi rivojlanishi kerak. Muammolar ochiq gapiriladigan joyda aholini futbol yoki turk seriali bilan aldab qo‘yib bo‘lmaydi. Odamlar muammolar aytilgan sari hayotni tushungisi, muammolarning sababini bilgisi, ularga yechim izlagisi keladi. Bu ularni o‘qishga, o‘rganishga, izlanishga, hayotdan ma’no qidirishga undaydi.
2. Mamlakatda bilim qadrlanadigan inklyuziv tizim shakllanishi kerak. Bu adolatli tizim, keng va teng imkoniyatlar, kuchli ijtimoiy lift orqali bo‘ladi. Yaxshi ta’lim olgan, o‘qigan, bilimli insonlar yaxshiroq yashasa, ko‘proq daromad qilsa, ko‘proq hurmat qilinsa, insonlar shuncha farzandining ta’limiga ko‘proq e’tibor beradi. Buning ortida ta’lim, uning asoslaridan biri kitob, o‘zi umuman bilim beradigan manbalar rivojlanadi.
Yangi davrda ikkala masalada ham yaxshilanish bo‘ldi. So‘z erkinligi so‘nggi yillarda biroz yana ortga chekingandek bo‘lsa-da, bilim va ta’limning ahamiyati oshib bormoqda. Xususiy ta’lim, treninglar va kitoblar ommalashishi, ota-onalar farzandimni o‘qitaman deb kursma-kurs olib yurganligi ham shundan. Orzudagi O‘zbekistonni qurish uchun bu ikki yo‘nalishni doimiy yaxshilashimiz kerak. Bu fundamental asos.
Bolalar o‘rtasida kitobxonlik rivojlanishi uchun nima qilish kerak?
Bunda ham 2ta taklifim bor.
1. Kutubxonachi kasbini qaytadan ko‘rib chiqish kerak. Hozir ular eng past maosh oladigan, asosan rahbariyatning buyrug‘ini bajaradigan noto‘g‘ri KPI bilan ishlaydigan qatlamdir. Kutubxonachiga KPI qilib ko‘proq bolani kitob o‘qitish emas, kitoblarni yangi va toza saqlash qo‘yilgan. Natijada kutubxonachi bugun bola kitob o‘qishidan emas, kitoblar joyida turishidan, qo‘polroq aytsa o‘qilmasligidan manfaatdor. Rahbariyat talabi shu. Bu kasbning maqsadining ayni qarama-qarshisi. Shu uchun ham kutubxonachilar ishini to‘liq ko‘rib chiqib, ularni ko‘proq bolani kitob o‘qishga undaydigan yangi tizim yaratish kerak. Ishdan maqsadi kitob qo‘riqlash emas, o‘qitish bo‘lishi kerak. Ikkinchisi, kutubxonaga nisbatan sifatli, jonkuyar, kitobni tushunadigan kadrlar kelishi uchun kutubxonachilar maoshini oshirish kerak. Ularning maoshi kamida ingliz tili o‘qituvchisi darajasida bo‘lishi kerak. Kitob o‘qishining ahamiyati ingliz tilini o‘rganishdan kam emas.
2. Adabiyot darslarining metodikasini qaytadan ko‘rib chiqish kerak. Adabiyot muallimi bolani ko‘proq kitob yodlatib, testga tayyorlaydigan emas, bolaga kitob o‘qitadigan muallimga aylanishi kerak. Bola Abdulla Qahhorning tug‘ilgan yillari yoki qaysi asarni yozganini yodlashni o‘rniga, uning asarini o‘qib, tushunishga harakat qilishi kerak. Bu ham milliy dastursiz, mutaxassislarsiz, o‘n yillarsiz bo‘lmaydigan jarayon. Bu uchun hatto adabiyotdan testni bekor qilishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Bolalar kitoblari rivojlanishi uchun nima qilish kerak?
Sohaga ijtimoiy buyurtmalarni ko‘paytirish kerak. Shu yili biz bolalar redaksiyasini rivojlantirishimiz uchun AOKA va jurnalistlar uyushmasi bizga beshta kitobning nashrga tayyorlash ishlarini davlat granti qilib berishdi. Bolalar adabiyoti moliyaviy tomondan o‘zini oqlamayotgan ekan, eng yaxshi yo‘l sohada sifat va tajribasi bilan o‘zini oqlagan nashriyotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish, grant va subsidiyalarni ko‘paytirishdir.
Shulardan kelib chiqsa, sohani rivojlantirish faqat bir tomonlama qaror bilan emas, ta’lim, mamlakatda erkinlik va adolat rivoji, shuningdek kitob yaratuvchilarga investitsiya orqali bo‘ladi deb o‘ylayman.
Muhim mavzuni muhokamaga olib chiqqan Milliy tiklanish partiyasiga va uning Kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonovaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
@allaevuzb
Kitobxonga faqat kitob kerak emas…
Uyg‘onish to‘plami (7 jild )
Tarixni o‘z boshidan kechirib ko‘rmaguncha hech kim tarix haqida so‘z ocha olmaydi.
Siz qanday mutolaani yoqtirasiz - yolg‘izmi yoki yaqin insoningiz bilan?
Izohlarda yozib qoldiring👇
@asaxiybooks