Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001
#agar_sizda 👀
Kitoblar mamlakati tashkil etish imkoni bo‘lsa, u yerda qanday qoidalar o‘rnatilgan bo‘lardi?
Qoidalar ro‘yxatini izohlarda yozing 📜👇
O‘zbek adabiyotidan yana bir #yangilik
Xayriddin Sulton: Osmoni falaklarda
🛩 Kitob o‘zbek adabiyotida deyarli yoritilmagan mavzu - uchuvchilar hayotiga bag‘ishlanadi. Unda uchuvchidek mashaqqatli kasb egalarining mardlik va matonat talab etadigan faoliyati aks ettiriladi.
Shiddatli voqealarga boy va keskin syujetli bu kitobda bosh qahramonlarning favqulodda holatlardagi qalb kechinmalari, qat’iyat va irodasi, sevgi va burchga sadoqat tuyg‘ulari chuqur dramatizm bilan tasvirlanadi.
Muqova: qattiq
Yozuv: kirill / lotin
Nashriyot: Adabiyot
Narx: 59 000 so‘m
Sahifa: 168 bet
Buyurtma bering va yangi kitobni birinchilardan mutolaa qiling: asaxiy.uz/u/osmoni_falaklarda
@asaxiybooks
Bolalar uchun ajoyib #yangilik
Kumon kitoblari o‘zbek tilida sotuvda!
🇯🇵 Kumon - Yaponiyada yaratilgan va dunyo bo‘ylab millionlab bolalar foydalanayotgan ta’lim metodikasi. U bolalarda mustaqil fikrlash, diqqat jamlash, mantiqiy tafakkur qilish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu metod asosida yaratilgan va 4-5-6 yosh bolalarga mo‘ljallangan kitoblar bilan tanishing:
🔸Mening kitobim. Alifbo o‘yinlari
🔸Mening kitobim. Qofiya so‘zlar
🔸Mening kitobim. Raqamli o‘yinlar
🔸Mening kitobim. Ajoyib labirintlar
Buyurtma bering va o‘yin orqali o‘rganishga imkon yarating: asaxiy.uz/u/kumon
@asaxiybooks
Tarjimonlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Asaxiy Books tarjimonlar tanlovi nihoyasiga yetdi va 2 g‘olib kim ekanligi aniq bo‘ldi.
200 ga yaqin ishtirokchilar orasidan saralanib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar bilan tanishing:
🔸Nusratulloyev Shaxzod
🔸Shaymardanova Sabina
G‘oliblar iyun oyidan Asaxiy Books nashriyotida ish boshlashadi. Ularni tabriklaymiz va yangi faoliyatda omad tilaymiz!
@asaxiybooks
"Graf Monte-Kristo" haftaning mutlaq bestselleri 🔥
O‘tgan haftada eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxati bilan tanishamiz:
1. Aleksandr Dyuma: Graf Monte-Kristo
2. Dunyo daholari: Stiv Jobs
3. Kleyton M.Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon: Farovonlik paradoksi
4. Dunyo daholari: Leonardo da Vinchi
5. Dunyo daholari: Muhammad Ali
📌 Reyting hafta davomida Asaxiy orqali qilingan onlayn va oflayn xaridlar soni asosida shakllangan.
@asaxiybooks
So‘nggi, bu so‘nggi qo‘ng‘iroq...
Hurmatli bitiruvchi, bugun siz maktab darvozasidan katta hayot tomon qadam qo‘ydingiz. Qalbingiz hayajon va umid, aqlingiz esa rejalar bilan to‘lgan.
Siz qadam qo‘ygan hayot yetuk inson bo‘lishingizda yordam berish uchun yaralgan. Bu yo‘l sizni sinovlar orqali tarbiyalaydi va oltinga teng tajriba beradi.
Hozir va shu yerda ekansiz, demak hozir va shu yerda kerakli insonsiz. Siz o‘zingizga, bizga, jamiyatga va dunyoga keraksiz.
Doim o‘qing, o‘rganing va yaxshiroq bo‘lish ustida ishlang. O‘zingizga ishoning, harakatda davom eting va hech qachon orzularingizdan voz kechmang.
Muhimi - hayotni chin yurakdan his eting, har daqiqani qadrlang va o‘zingizga sodiq qoling. Sizga ishonamiz va go‘zal kelajakni birga quramiz!
Hurmat bilan,
Asaxiy Books
@asaxiybooks
"Bir burchak" Youtube kanali "Yashamoq" va "Yapon zobiti" kitoblaridagi o'xshashliklar haqida video qilibdi.
Videoni quyidagi havolada ko'rishgiz mumkin: https://youtu.be/8Vw6Kn6klqo?si=V43Iq1a-T-_MVI7t
Siz bu kitoblardan qaysi birini o'qigansiz? Qaysi biri yoqqan?
#kitob #youtube
@allaevuzb
"Yolg‘onlar shahri" 5 yoshda!
Sizni Tehronning asl manzarasi bilan tanishtiradigan ushbu kitob ilk bor 2020-yil 23-mayda premyera qilingan edi. Ramita Navaining bu asari tehronliklar tuzumning shafqatsiz bosimi ostida qanday yashayotgani, tuyg‘ulari, shodlig-u iztiroblarini qanday ifodalayotgani, umuman, turfa xil insonlar taqdiri haqida hikoya qiladi.
Yashab qolish uchun yolg‘on gapirish kerak bo‘lgan shahar va undagi insonlar taqdiri sizni fikrlashga undaydi.
Yosh chegarasi: 18+
Kitob haqida batafsil: asaxiy.uz/u/yolgonlar_shahri
@asaxiybooks
Bu o‘yinni har kuni o‘ynaysiz - kitob 🆚 telefon
Kun boshida niyatni to‘g‘ri qiling va samarali kunlardan birini yashab o‘ting. Chunki foydali yashalgan kunlar birlashib mazmunli umrga aylanadi.
Bugun bizning o‘yinda kitob g‘olib bo‘ldi, sizda natija qanday?
@asaxiybooks
Sizni ta’limga ilhomlantirgan Tara Vestover haqida✏️
#muallif
Tara Vestover - amerikalik yozuvchi va tarixchi hisoblanadi. U 1986-yilda AQShning Aydaho shtatida mormon oilasida tug‘ilgan. Bu oilada rasmiy ta’lim, tibbiy xizmat yoki davlat yordami hech qachon tan olinmagan.
Tara bog‘cha yoki maktabga bormagan, shu sabab bilimini mustaqil tarzda rivojlantirgan. U birinchi rasmiy ta’limni kollejda olishni boshlagan. Qat’iyati, sabri va bilimga chanqoqligi sabab Kembrij universitetida doktorlik darajasini olgan.
Tara Vestover "Educated" kitobi bilan butun dunyo kitobxonlari e’tiborini qozongan. Ushbu kitob "Talaba" nomi bilan 2024-yilda Asaxiy Books doirasida nashr qilingan. Kitobda Tara o‘z hikoyasi orqali chidamlilik va ta’lim kuchini ko‘rsatadi, shu bilan birga, o‘tmish qoliplaridan chiqib o‘zni qayta kashf qilishga undaydi.
@asaxiybooks
"Baxt yetkazish" kitobi 5 yoshga to‘ldi!
Bu kitobda Toni Shey chuvalchang fermasidan tortib eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan birida bosh direktor bo‘lishgacha olgan saboqlari bilan o‘rtoqlashadi. Kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq bo‘lishingiz mumkinligini amalda ko‘rsatib beradi.
Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi va muallif tajribasi jamlangan "Baxt yetkazish" kitobi bugun 5 yoshga to‘ldi. Kun munosabati bilan uni 20% chegirmada xarid qilishingiz mumkin.
Kitob haqida batafsil: asaxiy.uz/u/baxt_yetkazish
Siz bu kitobdan qanday xulosalar olgansiz? Izohlarda bo‘lishing👇
@asaxiybooks
📚 Tarjimonlar tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi!
Asaxiy Books tomonidan e’lon qilingan tarjimonlar tanlovi yodingizdami? Kecha ushbu tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
200 ga yaqin nomzod ichidan saralangan ishtirokchilar tarjima borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar. Endi ularning tarjima matnlari baholanadi va eng kuchlilar Asaxiy jamoasi a’zosiga aylanadi.
🧡 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz. Keyingi tanlovlarda ham kutib qolamiz va faoliyatingizda omad tilaymiz!
@asaxiybooks
📜 Yangi "Graf Monte-Kristo" nimasi bilan farq qiladi?
Savolning to‘liq javobini videoda keltirdik. Tomosha qiling va uni asl holida o‘qing.
@asaxiybooks
Oilaviy vaqt o‘tkazing🤍
Dam olish kunlari oila davrasida bo‘lishga ko‘pchilik odatlangan. Birgalikdagi bu vaqtni ham foydali, ham mazmunli o‘tkazish uchun kitob do‘konlariga borish ajoyib tanlov bo‘ladi.
Siz uchun 9 filialimiz har kuni ish faoliyatida, mehmonimiz bo‘ling va oila a’zolar bilan kitobli olamiga sayohat qiling!
Manzillarimiz:
📍Asaxiy Buyuk Ipak Yo‘li filiali
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
📍Asaxiy Novza filiali
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
📍41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Asaxiy Xalqlar do‘stligi filiali
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
📍Asaxiy Kitob olami filiali
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
📍Asaxiy Sergeli filiali
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
📍Asaxiy Panorama filiali
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
📍41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Asaxiy Farhod bozori filiali
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
📍Asaxiy Nurafshon filiali
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
📍Asaxiy Beruniy filiali
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin✨
@asaxiybooks
“Graf Monte-Kristo” sifatiga baho bering✨
U endi asl holida.
Qayta tahrir qilingan. To‘liq. Senzurasiz. Premium sifatda.
O‘zingizga sovg‘a qiling: https://asaxiy.uz/u/graf
@asaxiybooks
Oy oxiri minuslarda o‘tmasin!
Pul topish va sarflashni bilgan inson uni to‘g‘ri boshqarishni ham bilishi kerak. Aks holda, xarajatlar daromaddan ortib ketadi va natijada hech narsaga ega bo‘lmaslik mumkin.
💵 Pulni boshqarish ilmi muhim va uni hamma o‘rganishi lozim. Bu borada sizga "Latte omili" va "Pul psixologiyasi" kitoblari tavsiya qilamiz.
Hozir ikki kitob narxi: 99 000 so‘m
O‘qing, moliyaviy erkinlikka chiqing va doim plyusda bo‘ling: asaxiy.uz/u/oy_oxiri_minusdamiz
@asaxiybooks
Sizda qanday hobbilar bor?
Izohlarda yozing🧡
@asaxiybooks
Siz uchun ajoyib sovg‘amiz bor 🎁
Sovg‘alar olish yoqishini bilamiz, shu sabab yana bir aksiya bilan xursand qilamiz:
📚 May oyi yakunigacha 3 va undan ortiq kitob xarid qilganlarga "Yapon zobiti" kitobi sovg‘a qilinadi! Onlayn yoki oflayn xarid amalga oshirib, sovg‘angizni olishingiz mumkin.
Muddat: 31-maygacha
Onlayn xarid: havola
Do‘konlarimiz manzili: havola
P.S. Taklif chegirmada bo‘lgan to‘plamlar uchun amal qilmaydi.
@asaxiybooks
"Birgalikda arzon!" to‘plami #yana_sotuvda
Yashamoq + Yapon zobiti
Yuy Xuaning "Yashamoq" kitobi sizga taqdir zarbalariga qanday dosh berishni va insoniylikni yo‘qotmaslikni tushuntiradi.
Ato Hamdamning "Yapon zobiti" esa tarixiy voqealar fonida kuchli shaxsiyat, iroda va burchni anglash mohiyatini ochib beradi.
Ikki kitob birgalikda 99 000 so‘m. Buyurtma bering va javoningizni badiiy asarlar bilan boyiting: asaxiy.uz/u/birgalikda_arzon
@asaxiybooks
Bugun kitob suhbati kuni📖
Bugun 20:00 da siz tanlagan “Atom odatlar” kitobi bo‘yicha suhbat o‘tkazamiz.
Qatnashing, fikr almashing va xulosalaringiz bilan bo‘lishing. Faol bo‘lgan Top 3 ishtirokchi keyingi suhbat kitobini yutib olishi mumkin)
@asaxiybooks
▪️Hamma narsa inson harakati-yu fazilatlariga bog‘liqmi?
▪️Muvaffaqiyat yo‘lida vaziyat yoki sharoitning roli qanday?
▪️Nega ayrim odamlarda hamma narsa bor, boshqalarda esa yo‘q?
"Zukkolar va landavurlar" kitobi bu savollarga ilmiy asosda javob beradi.
Malkolm Gladuell har doim mutlaqo tasodif hisoblab kelingan muvaffaqiyatlarning zamirida yotgan yashirin qonuniyatlarni topgan birinchi insondir. Bu qonuniyatlar ma’lum sohada buyuk bo‘lgan insonlar muvaffaqiyatida muhit, vaqt va sharoitning o‘rnini ko‘rsatib beradi.
Bugun kitob 6 yoshga to‘ldi. Mutolaa qiling va savollarga javob oling: asaxiy.uz/u/zukkolar_va_landavurlar
@asaxiybooks
Bu yo‘lga kirganlarda ortga yo‘l yo‘q
🛣 Yo‘lda yurish juda ko‘p vaqt va sabr talab qiladi. Bu - shunchaki hobbi emas. Bu - hayot mazmuni.
Siz bu yo‘lga qanday kirib qolgansiz?) Izohlarda yozing qoldiring
@asaxiybooks
"Uddalasa bo‘ladigan vazifa" nima haqida?
Avval kitob mundarijasi bilan tanishib, so‘ng xarid qaroriga keladigan kitobxonlarimiz bor. Ularga foydali bo‘lishi uchun Marg‘ulan Seysemboy kitobining mundarijasini keltiramiz.
Bu kitob inson baxtli yashashi va samarali karyera qurishi uchun muhim instrumentlarni o‘zida jamlagan. Barcha tavsiyalar muallifning hayoti davomida sinalgan va cho‘ponlikdan milliarderlikkacha bo‘lgan yo‘lida o‘z samarasini bergan.
Kitob mundarijasini ko‘zdan kechiring va mavzular sizga qiziq bo‘lsa, unga buyurtma bering: asaxiy.uz/u/margulan_seysemboy
@asaxiybooks
"TALABA". TARA VESTOVER
#book_review #kitobxon_fikri
Men bu kitobni o‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt sukunat ichida qoldim. Ko‘z oldimda bir qizning ichki kurashi, qalbining to‘zg‘igan sahifalari, ruhiy qanchalar abgor holatda bo‘lishi mumkinligini yana bir bor his qildim. Tara Vestover bu ismni birinchi bor eshitganimda, u haqida tasavvurim yo‘q edi. Lekin endi, bu ism menda ilhom, jasorat va o‘z yo‘lini topgan inson timsoli sifatida muhrlanib qoldi.
Tara Vestover amerikalik yozuvchi, tarixshunos va ma'naviy uyg'onish ramzi bo‘lgan zamonaviy shaxsdir. U 1986-yilda Aydaho shtatining qishloq hududida, rasmiy ta’limga qarshi bo‘lgan diniy oilada dunyoga kelgan. Tara hech qachon maktabga bormagan, tug‘ruq paytida vrachga murojaat qilmagan, davlatga ishonmagan oilada ulg‘aygan. Biroq u ichki ishonchi, bilishga bo‘lgan chanqoqligi va o‘zligini topishga intilishi orqali hayotini tubdan o‘zgartira oldi. Uning “Educated” (o‘zbek tiliga “Talaba” deb tarjima qilinadi) nomli xotira kitobi 2018-yilda chop etilib, darhol xalqaro miqyosda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Asarni o‘qir ekanman, har bir sahifa menga boshqacha og‘riq berdi. Chunki Tara oilasining sevgisiz emas, aksincha haddan tashqari talabchan sevgisi qurboni edi. Ularning muhabbati Tara uchun ozodlik emas, zanjir bo‘ldi. Ayniqsa, akasining unga nisbatan ruhiy va jismoniy zo‘ravonligi, otasining har qanday fikrga toqatsizligi, onasining esa bunga jim qarab turishi yuragingizni ezadi.
Ammo... Tara ichidan bir ovoz eshitadi. U ovoz unga shunday deydi: “Sen bundan ortig‘iga loyiqsan. Bu dunyo bitta tog‘ orasidan iborat emas.” Shu ovoz Tara hayotidagi eng katta inqilobni boshlab beradi. U mustaqil o‘qiydi, testlarga tayyorlanadi, birinchi marta kompyuter ko‘radi, universitetga kiradi. Brigham Young Universitetiga ilk bor qadam qo‘yganda u oddiy sanalarda yil, asr, yurt tarixini ajratolmaydigan qiz edi. Tara keyinchalik Kembrij va Garvardda o‘qiydi. Akademik darajalar orttiradi. Lekin eng qiyini bu diplomlar emas, balki o‘zini anglash edi. U anglaydi, haqiqat har doim ham oila bilan bir yoqda turmaydi. Ba'zida o‘z haqiqating uchun, o‘z ruhiy salomatliging uchun, eng sevimli insonlaringdan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Men bu kitobni o‘qib, ta’lim so‘zi faqat diplom yoki universitet bilan bog‘liq emasligini tushundim. Haqiqiy ta’lim bu o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, ichki ozodlikka erishishdir. Tara menga shuni o‘rgatdi, agar yuragingda nur bo‘lsa, sen qanchalik zulmatda bo‘lma, u seni yo‘ldan adashtirmaydi.
“Talaba” bu ruhiy uyg‘onish kitobi. Tara Vestoverning hayoti menga shuni isbotladi,inson qanday sharoitda tug‘ilmasin, o‘zgarish, o‘sish va ozodlik sari intilish har doim mumkin. Har bir yoshga, ayniqsa, imkoniyat yo‘qligidan shikoyat qilayotganlarga bu kitobni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki bu asar menga nafaqat bilim, balki jasorat, qat’iyat va ichki kuch haqida saboq berdi.
©️ kitobxonadan
Erix Mariya Remark: Zafar darvozasi
#yangilik
Urush, muhabbat va hayot o‘rtasida qolgan inson taqdiri...
4 kun avval e’lon qilingan kitob reytingda 1-O‘RIN🔥
Gap "Graf Monte-Kristo" haqida - u haftaning eng ko‘p sotilgan kitobi bo‘ldi)
#kitobxon_sharhi
Sizga yoqqanidan xursandmiz🫠
Kitobni har tomonlama mukammal qilish uchun butun jamoa mehnat qildi. Bu mehnat samarasini kitobni qo‘lga olishingiz bilanoq his qilishingiz mumkin)
Qayta tahrir qilingan. To‘liq.
Senzurasiz. Premium sifatda.
Siz - kerakli insonsiz.
Kitob haqida batafsil: asaxiy.uz/u/margulan_seysemboy
@asaxiybooks
Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy: Solihlar hayotidan sara hikoyalar
#yangilik
Butun dunyoga mashhur din ulamosi Muhammad Taqiy Usmoniy tomonidan tuzilgan ushbu kitobda tarixning turli davrlarida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar hikoyat va naqllar tarzida berilgan. Barcha ma’lumotlar ishonchli manbalar, jumladan, tafsir, hadis, tarix, tazkira va tabaqot janridagi asarlar hamda matbuot sahifalaridan tanlab olingan.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, diniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning to‘g‘ri shakllanishiga va mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Muqova: yumshoq
Nashriyot: Hilol-nashr
Narx: 29 000 so‘m
Sahifa: 112 bet
Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/sara_hikoyalar
@asaxiybooks