Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001
Harper Li: Mazaxchini o‘ldirish
Adolat, insoniylik va bola nigohi orqali jamiyatdagi muammolar yoritilgan asar.
Mo‘jiza inson - Hazrati Imom Buxoriy
Ozod Mo‘min qalamiga mansub tarixiy-badiiy asar
#finished
Devid Bax – "Latte omili"
Insoniyatning deyarli hammasida bir orzu bor. Hayotining ma’lum bir nuqtasidan keyin qilgan niyatlari, orzularini ro‘yobga chiqarish uchun yetarli pulim bo‘lsa deydi. Ko‘ngli tusaganlarni qilish uchun moliyaviy imkoniyatlarida to‘sqinlik bo‘lmasligini istaydi. Shunday emasmi?
Devid Baxning "Latte omili" ana shu natijaga erishishning oddiy, biroz sabr talab etadigan yo‘li haqida fikr yuritadi. Muallifning aytishicha, hammamizda juda maydadek ko‘ringan, ammo keraksiz xarajatlar bisyor. Ularni tejash cho‘ntagimizga katta foyda keltirishiga ishonmaymiz.
Ularni unchalik mensimasligimizning sababi kichik xarajatlar cho‘ntagimizdagi yoki kartamizdagi raqamlarga o‘sha onda katta ta’sir o‘tkazmaydi. Ammo ular haftada yoki oyda yig‘ilib katta raqamlarga aylanishini odatda ko‘p ham o‘ylab ko‘rmaymiz.
Devid Bax ana o‘sha mayda, keraksiz xarajatlardan tejash orqali 5-10 yilda juda katta pul jamg‘arib qo‘yish mumkinligini birgina kofe(latte) orqali ko‘rsatib berishga urinadi. Unga sarflanmagan pullar qanchalik katta raqamlarga aylanib ketishini ko‘rsatadi.
U pul yig‘ish uchun inson o‘zi yoqtirgan yumushlardan, yeb-ichishlardan butkul tiyilishni nazarda tutmaydi. Haftalik yoki oylik pul sarfini o‘rganib chiqishni, ichida ortiqchadek ko‘ringan, sog‘lik uchun zararli narsalardan voz kechish va ularning pulini jamg‘arish haqida gapiradi.
Aytaylik chips, gazli yoki energetik ichimliklarni ikki-uch barobar kamaytirish sog‘lig‘ingiz uchun juda foydali. Ularga sarflanishi kerak bo‘lgan pulning miqdorini aniqlab olib alohida kartaga yig‘ib ko‘ring. 2-3 oyda yig‘ilgan pullar sizni hayron qoldirishiga ishonaman.
Muallif ham aynan shu g‘oyani ilgari suradi. "Avval o‘zingizga to‘lang!" Ya’ni bir oyda yuqoridagi narsalardan aytaylik 300 ming so‘m tejash mumkin. Bu 3 oyda 1 mln, bir yilda taxminan 4-5 mlnga aylanadi. Bu pulga o‘rtacha sharoitli tur bilan 7 kun Misr yoki Qatarga sayohat qilib kelish mumkin. O‘ylab ko‘ring a?
Devid Bax ana shunday mayda va keraksiz xarajatlarni nazoratga olib orzularni ushaltirish, yoqimli xobbilarga imkon topish mumkin ekanini ta’kidlaydi. Umuman olganda "Latte omili" pulga bo‘lgan munosabatingizni qayta o‘ylab ko‘rishga undaydi. Moliyaviy hayotingizni tartiblashga yordam beradi. Hammasi kitobdagi g‘oyalarni hayotingizga qanchalik realizatsiya qilishingizga bog‘liq menimcha…
➡️@qora_yigit
Qaysi to‘plamlar hozir chegirmada? Keling ko‘rib chiqamiz:
1️⃣ Birgalikda arzon! Yashamoq + Yapon zobiti - 129 000 so‘m 99 000 so‘m
2️⃣ Birgalikda arzon! “Har oy oxiri minusdamiz…” to‘plami - 129 000 so‘m 99 000 so‘m
3️⃣ Birgalikda arzon! Siyosiy iqtisodiy mavzudagi 3 jiddiy kitob! - 289 000 so‘m 199 000 so‘m
4️⃣ Aqlli boshqotirmalar to'plami (10 ta kitob) - 249 000 so‘m 225 000 so‘m
5️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (2-6 yosh uchun) - 359 000 so‘m 269 000 so‘m
6️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (6-9 yosh uchun) - 399 000 so‘m 319 000 so‘m
7️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (8-13 yosh uchun) - 445 000 so‘m 349 000 so‘m
8️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (13-18 yosh uchun) - 409 000 so‘m 329 000 so‘m
9️⃣ Super chegirma. Ellikta mashhur kitob - 2 319 000 so‘m 1 199 000 so‘m
🔟 Uchtasi birda va chegirma narxda - 145 000 so‘m 99 000 so‘m
To‘plam nomi ustiga bosib batafsil ma’lumot olishingiz va buyurtma qoldirishingiz mumkin. Buyurtmalar O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi. Chegirmadagi barcha kitoblar ushbu havolada)
@asaxiybooks
🎁 Har 3 kitob - 1 xayrli sovg‘a!
Bugungi yaxshilik va xayr-ehson bayramida kitoblar sovg‘a qilishni niyat qildik va buni siz bilan birga amalga oshiramiz.
Bayram kunlarida xarid qilingan har 3 kitob uchun biz 1 kitobni maktab kutubxonalariga sovg‘a qilamiz. Siz o‘zingiz va yaqinlarga kitoblar xarid qiling, biz ularning soniga moslab maktablarga hadyalar tayyorlaymiz. Shu tariqa siz ham xayriya savobiga sherik bo‘lasiz.
Keling, bayramni birga o‘tkazamiz va bolalarni ham xursand qilamiz🥰
@asaxiybooks
"Kichkina shahzoda" haqida suhbatlashamiz 🌹
Iyun oyi uchun so‘rovnomada "Kichkina shahzoda" kitobi eng ko‘p ovoz to‘pladi. Endi oy yakunida shu kitob haqida suhbat o‘tkazamiz.
Kitobni o‘qimagan bo‘lsangiz iyun oyida mutolaa qiling, o‘qigan bo‘lsangiz yana bir yodga solib oling. U haqidagi fikrlaringiz, xulosalaringiz va olgan saboqlaringizni suhbat payti tinglashga tayyormiz.
Format: onlayn
Sana: 29-iyun
Vaqt: 20:00
Siz ham suhbatda qatnashing va kitobxonlar davrasida fikr almashing✨
@asaxiybooks
Bayram kunlarida ish vaqtimiz 🗓️
Hayit munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida Asaxiy odatiy tartibda faoliyat yuritadi. Doimgidek buyurtmalar qoldirishingiz va do‘konlarimizga tashrif buyurishingiz mumkin.
Onlayn buyurtma: www.asaxiy.uz
Do‘konlar manzili, ish vaqti va raqami: havola
@asaxiybooks
🙅♀️ Bu vaqtlarda kitob o‘qimang:
• Ertaga
• Dushanbada
• Keyingi haftada
• Keyingi oyda
• Qachondir
Mutolaa uchun eng yaxshi vaqt - HOZIR
@asaxiybooks
Oʻqib koʻrishni tavsiya etaman. Juda chuqur maʼnoga ega
Читать полностью…Uni asl holida o‘qimoqchi bo‘lsangiz, bu yerdan topishingiz mumkin: https://asaxiy.uz/u/graf
Qayta tahrir qilingan. To‘liq. Senzurasiz. Premium sifatda.
"Yapon zobiti" - haftaning TOP kitobi!
Yutaro Toda hikoyasi sizni ta’sirlantiradi, tarbiyalaydi va irodangizni mustahkam qiladi.
Sovg‘asiz bayram - bayrammi? 🎁
Asaxiy Books bu bayramni ham sovg‘asiz o‘tkazmaydi. Bugun sovg‘alar - kichik kitobxonlarimiz uchun.
Bayram munosabati bilan bugun 3+1 aksiyasi o‘tkaziladi. Bunda xarid qilingan har 3 kitobga 1 donadan bolalar kitobini sovg‘a qilamiz. Siz o‘zingiz uchun kitoblar oling, biz bolalarga sovg‘a qo‘shib yetkazib beramiz.
Aksiya faqat bugun onlayn va oflayn xaridda amal qiladi:
🧸Onlayn xarid – asaxiy.uz/u/bolalar_kuni
🧸Do‘konlarimiz manzili – manzil, raqam va ish vaqti
Kun oxirigacha taklifdan foydalaning va sovg‘alarga ega bo‘ling!
@asaxiybooks
Asaxiy да янги лойиҳа!
Asaxiy Pro - профессионаллар учун адабиётлар!
Роппа-роса бир йил олдин Asaxiy Books да болалар адабиёти редакциясини ишга туширган эдик ва лойиҳа доирасида чиққан китоблар сони тўққизтага етди.
Бугун кейинги қадамни босмоқдамиз. Янги лойиҳа - Asaxiy Pro!
Ўзингиз ҳам гувоҳ бўлдингиз, 2018 йилдан бери ўзбек китоб бозорида катта тараққиёт бўлди. Ҳозирга келиб нашриётлар сони ошди, китоблар тури ҳам кўпайди. Энг замонавий китоблар ўзбек тилига тажрима қилинмоқда, тажриба ошган сари сифат ҳам яхшиланмоқда. 2018 йилгача классика ва баъзи бир енгил адабиётлардан ташқари деярли танловга эга бўлмаган ўзбек китобхони учун деярли ҳамма мавзуларда ранг-баранг китоблар ҳозир мавжуд. Лойиҳани бошлаганимизда бу кунларни орзу қилгандик.
Қилинган ишларни янада яхшилаб давом этишдан ташқари, энди кейинги қадамни ташлаш ҳам муҳим.
Муаммо: Ўзбекистонда профессионал адабиётлар етишмайди. Кўпчилик кадрлар бўлса хорижий тилни етарли билмайди ёки вақт етишмайди. Билганлар ҳам қайси китобни ўқишни билмасдан, аксар ҳолда мотивацион ёки оммабоп китоблар ўқиб юришибди.
Давлат ва хусусий сектор учун ўзбек тилида сифатли профессионал контент жуда кам. Билим олишни хоҳлаганлар ҳам қайси китобларни ўқиш кераклигини билмайди.
Ушбу бўшлиқни тўлдириш учун Asaxiy Pro лойиҳасини бошладик. Лойиҳадан мақсад бизнес, банк, молия, IT, педагогика, тиббиёт, саноат, машинасозлик, давлат бошқаруви, қишлоқ хўжалиги, мудофаа, қурилиш, авиация ва бошқа соҳалар учун профессионал адабиётлар рўйхатини шакллантириш ва бирма-бир ўзбек тилига таржима қилиш. Лойиҳа муваффақиятли чиқиши учун уни катта компаниялар, вазирликлар, ташкилотлар билан ҳамкорликда қилиш долзарб ҳисобланади.
Лойиҳа бўйича музокараларни бошлаганмиз. Йирик бир соҳа тепасидаги бир ташкилот аллақачон келишув асосида таржима қилиниши керак бўлган китоблар рўйхатини тақдим этди. Яна 2та вазирликда экспертлар зарурий адабиётлар рўйхатини шакллантирмоқда. Умумий ҳисобда 7та ташкилот ва 2та йирик компания билан музокаралар кетмоқда.
Умиқ қиламанки, яқин 5 йилда соҳаларда ишлаётган ҳам профессионаллар учун фойдали, ҳам шу соҳада профессионал бўлмоқчи бўлган талабалар учун фойдали профессионал адабиётларни ўзбек тилида шакллантириб оламиз ва бу катта ютуғимиз бўлади.
Лойиҳа доирасида натижалар узоқ куттирмайди. Июль ойида бизнес учун Asaxiy Pro доирасида илк Элияҳу Голдраттнинг “Мақсад. Узлуксиз такомиллаштириш жараёни” китобини тақдим қиламиз. Шунингдек, “Asaxiy Books”да чоп этилган профессионал китобларнинг кейинги нашри “Asaxiy Pro” доирасида чоп этилади.
Лойиха доирасида ташкилот ва идораларни ҳамкорликка чақириб қоламан. Соҳангиз келажаги учун муҳим қадамни биргаликда босамиз!
#asaxiy #asaxiypro
@allaevuzb
▶️ 100+ ta kitob haqida videolar #4
Aytib qo'yay, qiziqroq ma'lumotlar kitobning 2-qismida boshlanadi. Lekin boshidan o'qimasangiz ko'pgina jumlalarni tushunmay qolishingiz mumkin.
O‘xshashini topolmaysiz, chunki kafolat beramiz, o‘zbek tilida hali bunaqasini o‘qimagansiz)
Anomaliya: asaxiy.uz/u/anomaliya
@asaxiybooks
Bu - ichki olami boy, ammo tashqi dunyo bilan muloqot qilishda qiynalayotgan bir qizchaning yurakdagi ohangi…
Siz ta’riflagandek "muhtasham" asar yana 1-o‘rinda🎉
Iyun oyining ilk haftasi uchun Top kitoblar bilan tanishamiz:
1. Aleksandr Dyuma: Graf Monte-Kristo -199 000 so‘m159 000 so‘m
2. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma - 50 000 so‘m
3. Kleyton M.Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon: Farovonlik paradoksi - 99 000 so‘m
4. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari - 89 000 so‘m
5. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot - 89 000 so‘m
Dolzarb muammoga yechim - Asaxiy Pro loyihasi
Professionallar uchun adabiyotlar
Loyiha nima uchun boshlandi, qanday faoliyat yuritadi, rejalar qanday - barcha savollarga javobni video orqali topishingiz mumkin.
Bu loyihada qaysi kitoblar tarjima qilinishini xohlaysiz? Takliflarni izohlarda yozib qoldiring💬
@asaxiybooks
Samimiy, qiziqarli va ilhomlantiruvchi kitoblar to‘plami📚
"Dunyo daholari" ruknida chop etilgan kitoblar dunyoni chinakamiga o‘zgartirgan insonlar hayoti haqida hikoya qiladi. Bu kitoblar daholarning bolalik davri, qanday katta bo‘lgani va muhim o‘zgarishlarni qanday qilganini ko‘rsatib beradi.
Kitoblar 7-13 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan, ammo kattalar o‘qishi uchun ham mos keladi. Ular kitobxonga yengilmaslikni, noodatiy fikrlashni va orzular tomon qo‘rqmay qadam tashlashni o‘rgatadi.
Bolalar uchun buyurtma bering va birga mutolaa qiling: https://asaxiy.uz/u/dunyo_daholari
@asaxiybooks
Barcha mo‘min-musulmonlarga Qurbon hayiti muborak!
Bugungi hayit ayyomi bilan sizni va barcha yaqinlaringizni tabriklaymiz. Oilaviy baxt, to‘kin-sochinlik va xotirjamlik siz bilan bo‘lishini tilaymiz.
Hurmat bilan,
Asaxiy oilasi
@asaxiybooks
May oyi suhbatida faol bo‘lib, iyun oyi suhbat kitobini yutib olgan kitobxonlarimiz:
- Madina
- Oxunjon Madaminjonov
- Sherbekjon Shomurodov
G‘oliblarni tabriklaymiz, ishtirok va fikrlar uchun rahmat. @asaxiy_marketing profiliga ma’lumot qoldirsangiz, sovg‘angizni yetkazib beramiz.
Hamma narsani bilishni istayman🔎
Bu suratli ensiklopediyalar bolalarning eng ajoyib savollariga oddiy va tushunarli javoblar beradi.
Shu bilar birga, qiziquvchan va juda ko‘p savol beradigan kichik tadqiqotchilarga dunyoni o‘rganishda yo‘l ko‘rsatadi.
Bayram, rag‘batlantirish yoki shunchaki xursand qilish uchun ajoyib sovg‘a bo‘la oladi.
Биз учун яхши янгиликлардан, Кэл Ньюпортнинг "Диққат: Чалғитувчи дунёда муваффақият сирлари" китобига муаллифлик ҳуқуқини яна 5 йилга янгиладик. Шунақа қилиб, китобнинг ўзбек тилида нашр ҳуқуқи 2030 йилгача Asaxiy Books га тегишли бўлади.
Ҳозирда китобнинг қайта таҳрир қилинган лотин алифбосидаги янги нашри тайёрланмоқда.
#kitob
@allaevuzb
Dunyo murakkab narsalarni juda ko‘p hollarda soddalashtiradi. Yorliqlar yopishtiradi, xulosa chiqarishga shoshiladi, shoshiltiradi va ko‘p hollarda chuqurroq nazar solib ko‘rmaydi. O‘ziga xosliklari ko‘pchilikka tushunarsiz bolalar qanday qilib jamiyatga begona bo‘lib qolishini anglatish uchun bu hikoyani yozishga qaror qildim. Ularning hali shakllanmagan dunyolari sovuq so‘zlardan, begonalarning ko‘zga ko‘rinmas, ammo zalvarli umidlari yukidan barbod bo‘ladi. Qo‘llab-quvvatlashi va rivojlantirishi kerak bo‘lgan tizim, aksincha, bostiradi, rad etadi, sindiradi.
Bu hikoya bola qalbining nozikligi, uni jarohatlash osonligi va keyinchalik bu jarohatlarni tuzatish qiyin kechishi haqida. Men ASD (autistik spektr buzilishi yoki autizm) bilan og‘rigan qiz haqida yozyapman, aslida esa bu hikoya o‘zini hech bo‘lmaganda bir marta tushunilmagan deb his qilgan har bir bola haqida, bola qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinmaganda nima bo‘lishi, birgina so‘z yoki birgina xatti-harakat jiddiy iz qoldirishi haqida.
O‘qituvchilar bola uchun ilhom manbayi bo‘lishi, uning ichki dunyosini ochishga yordam berishi mumkin. Ba’zida o‘zlari ham sezmagan holda umid eshigini butunlay yopib qo‘yishlari ham mumkin. Birgina keskin e’tiroz, birgina nopisand harakat bolalarning o‘zlariga va o‘z kuchlariga bo‘lgan mo‘rt ishonchini sindirishi hech gap emas.
Men bolalarga kutilmalar va standartlar prizmasidan emas, balki tushunish istagi bilan qarashlarini xohlayman, toki har bir bolada bir koinot hamda uning rivojlanish jarayonini ko‘rishsin. Hech qursa, katta odamlardan birginasi bu haqda o‘ylasa, hech qursa, bitta bola o‘zini tushunilgan his qilsa, demak, bu hikoya o‘zini oqlagan hisoblanadi.
© "Nozik ohang" kitobi muallifi Diyora Murodxo‘jayeva, 15 yosh
May oyi uchun “Asaxiy Books bestsellerlari” reytingi ma’lum bo‘ldi🎉
Oyning bestseller kitoblari bilan tanishing:
1. Aleksandr Dyuma: Graf Monte-Kristo (Asaxiy Books) (2ta kitob)
2. Marg‘ulan Seysemboy: Uddalasa bo‘ladigan vazifa
3. Sun Szi: Urush san’ati
4. Dunyo daholari: Albert Eynshteyn
5. Dunyo daholari: Stiv Jobs
6. Dunyo daholari: Leonardo da Vinchi
7. Dunyo daholari: Muhammad Ali
8. Dunyo daholari: Mosart
9. Kleyton M.Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon: Farovonlik paradoksi
10. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti
11. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
12. Yuy Xua: Yashamoq
13. Nadejda Kevorkova: Falastin: Agar o‘lishim lozim bo‘lsa…
14. Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi
15. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot
16. Jorj Oruell: 1984
17. Jeyms Klir: Atom odatlar
18. Ibn Xaldun: Muqaddima
19. Jorj Oruell: Molxona
20. Otabek Mahkamov: Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv
Jami: 1 525 000 so‘m
20% chegirma bilan: 1 219 000 so‘m
To‘plam haqida batafsil: asaxiy.uz/u/bestseller
@asaxiybooks
Asaxiy Booksda PREMYERA - 15 yoshli o‘zbek yozuvchisining kitobi sotuvda!
Diyora Murodxo‘jayeva: Nozik ohang
Autizm haqida ko‘pchilikda noto‘g‘ri tushuncha mavjud, jamiyatda bu holat "nuqson" deb qabul qilinadi. Ammo ushbu kitob butunlay boshqa haqiqatni - autizmga chalingan bolalarda ham o‘ziga xos, beg‘ubor va go‘zal bir olam borligini ko‘rsatib beradi.
Muallif yosh va bu kasallikni boshdan kechirmagan bo‘lishiga qaramay, kitobda autist qizchaning ichki dunyosini mahorat bilan tasvirlaydi. "Nozik ohang" - nafaqat autist bolalarning, balki har bir bolaning nozik qalbini tushunishga, ularni e’tibor bilan tinglashga va qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi.
Ushbu kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlikka qo‘shayotgan hissasi uchun bank rahbariyatidan minnatdormiz.
Nashriyot: Asaxiy Books
Muqova: qattiq
Til: o‘zbek / rus
Sahifa: 160 bet
Narxi: 80 000 so‘m
Premyera chegirmasida: 60 000 so‘m
Kitobga buyurtma bering va bolalar ichki dunyosini kashf qiling: asaxiy.uz/u/nozik_ohang
@asaxiybooks
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak 🧡
Bugun dunyoning eng beg‘ubor vakillari - bolajonlar bayrami bilan tabriklaymiz. Ularga va qalbi yosh bo‘lganlarga sog‘lik, baxt va doimiy o‘sish tilaymiz.
Kitoblar, ta’lim, e’tibor va mehr - bolalarga beradigan eng bebaho sovg‘alarimizdir. Bugun bularning barchasini bolalarga ulashing va bayramni chiroyli o‘tkazing.
Hurmat bilan,
@asaxiybooks
Bolalar uchun kitoblar to‘plami - 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun maxsus takliflar
🏖 Yozgi ta’til foydali, qiziqarli va mazmunli o‘tishi uchun kitoblar sizga yordamchi bo‘ladi. Ular bolani telefondan yoki televizordan uzoqlashtiradi, yoshiga mos bilim beradi va tasavvur olamini kengaytiradi.
Qulaylik uchun 4 xil yosh toifasiga mos kitoblar sotuvga chiqarildi:
🔸 2-6 yoshli bolajonlar uchun 10 ta kitobli to‘plam
🔸 6-9 yoshli bolalar uchun 10 ta kitobli to‘plam
🔸 8-13 yoshdagi bolalar uchun 10 ta kitobli to‘plam
🔸 13-18 yoshdagi o‘smirlar uchun 10 ta kitobli to‘plam
Har bir to‘plam bolalarning yoshi, qiziqishlari va rivojlanish darajasiga mos tarzda shakllantirilgan.
To‘plam tarkibi bilan tanishing va buyurtma bering: asaxiy.uz/u/bolalar_uchun
@asaxiybooks
🎙 Yana bir tanlov e’lon qilamiz - g‘olib Asaxiy ovoziga aylanadi!
Chuqur, ta’sirli va chiroyli ovozga egamisiz? So‘zlarni his qilish va tinglovchilarni ovoz orqali jalb qilish sizga yoqadimi? Kitobga muhabbatingizni ovoz orqali tarqatmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat siz uchun!
Asaxiy Books sizni "Asaxiy ovozi" tanloviga chorlaydi. G‘olib ishtirokchi brendimiz ovoziga va jamoamiz a’zosiga aylanadi. 23 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar qatnashishi mumkin.
📌 1-bosqich: Sinov matnini o‘qish va @asaxiy_ovozi profiliga audio yoki video shaklida yuborish
🔗 Sinov matni: asaxiy.uz/u/tanlov_matni
🗓 Muddat: 10-iyun
Tanlovda qatnashing, g‘olib bo‘ling va Asaxiy ovoziga aylaning!
@asaxiybooks
Qayta tahrir qilingan. To‘liq. Senzurasiz. Premium sifatda.
🌊 Agar hali "Graf Monte-Kristo"ni o‘qimagan bo‘lsangiz, bu asar siz uchun hayot, iroda va inson qalbining eng nozik jihatlarini ochib beruvchi hayotiy dars bo‘ladi.
O‘qigan bo‘lsangiz, qayta o‘qishga arziydi - bu safar to‘ldirilgan, izohlar bilan boyitilgan va qayta tahrirlangan shaklda chop etildi.
Havola orqali buyurtma bering, chegirmada oling va asl holida mutolaa qiling: https://asaxiy.uz/u/graf
@asaxiybooks