axborot_xizmati | Unsorted

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Subscribe to a channel

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda paxta yig‘im-terimi boshlandi

Viloyat hokimi Termiz, Angor va Muzrabot tumanlarida boshlangan terim jarayonlari va dalalardagi hosildorlik bilan tanishdi hamda terimchilarga sovg‘alar topshirdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyatimiz mirishkorlari 2025-yil hosili uchun 62 ming 850 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlab, mo‘l hosil yetishtirishdi. Surxondaryoning issiq iqlimi va unumdor tuproqlari tufayli fermer xo‘jaliklari, oilaviy pudratlar hamda klasterlar tomonidan parvarishlangan paxta hosili pishib yetildi.

Bugundan viloyatning bir qator hududlarida paxta yig‘im-terimi boshlandi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor va Muzrabot tumanlaridagi paxta dalalariga tashrif buyurib, terim jarayonlari hamda terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Terimchilar bilan suhbatlashib, ularning samarali mehnatini rag‘batlantirish maqsadida sovg‘alar topshirdi.

Viloyat rahbari terim jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, terimchilar uchun dalalarda issiq ovqat, toza ichimlik suvi, dam olish maskanlari va zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish uchun viloyatda 1 277 ta terim otryadi tashkil etilgan bo‘lib, ular ixtiyoriga 1 010 ta tashish traktori va 1 965 ta tirkama biriktirilgan. Shuningdek, terim ishlarini tez va samarali yakunlash maqsadida 60 ta yangi paxta terish mashinasi sotib olindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Surxondaryoliklar foydali minerallarga serob suv iste’mol qiladi

Mustaqilligimizning 34 yilligiga

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Sariosiyo tumanidagi "To‘palang" suv omboridan 361 kilometr masofaga magistral quvur yotqizish orqali Surxondaryo viloyatidagi 1 million 700 mingdan ortiq aholini ekologik toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Hozir Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi tumanlarida aholi foydali minerallarga boy obi hayotdan foydalanmoqda.

Joriy yil yakunigacha loyiha to‘liq ishga tushirilib, Termiz shahri va o‘n uchta tumanning ichimlik suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/753038

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimining bir kunlik faoliyati

25.08.2025-yil

➖Termiz tumanida oromgoh, texnopark va yirik loyihalar qurilishi o‘rganildi;

➖Qumqo‘rg‘onda yirik ekoturizm kompleksi qurilishiga start berildi;

➖Sho‘rchi tumanidagi savdo kompleksida yuz bergan yong‘indan zarar ko‘rgan tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda;

➖Denov tumanida turar-joy va infratuzilma loyihalari ko‘rib chiqildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ta’ziya

O‘zbekiston xalq baxshisi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, o‘zbek baxshichilik san’atini dunyoga tanitgan atoqli san’atkor Shoberdi baxshi Boltayev 81 yoshida olamdan o‘tdi.

Shoberdi baxshi Boltayev ibratli umr kechirdi. U baxshichilik san’atini rivojlantirish va uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyarligi, samimiyligi va insoniy fazilatlari bilan yurtdoshlarimiz qalbida mangu yashaydi.

Surxondaryo viloyati hokimligi marhum Shoberdi baxshi Boltayevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezident Farmoni bilan, Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari hamda fuqarolardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor.

🏅 "Do‘stlik" ordeni bilan:
▪️Muxammatova Dilbar Davranovna - Termiz tumanidagi "Namuna" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

▪️Fedin Aleksandr Grigorevich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Oqtepa" ov xo‘jaligi boshlig‘i

🏅 "Jasorat" medali bilan:
▪️Jumayeva Shohida Qulmatovna - Sherobod tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazining "Qorabog‘" o‘quv maskani tikuvchisi

🏅 "Shuhrat" medali bilan (100 yoshdan oshganlar):
▪️Tabarov Ikram - Sho‘rchi tumani

🏅 "Shuhrat" medali bilan:
▪️Avazov Elmurod Ro‘zimurodovich - Jarqo‘rg‘on tumani hokimi

▪️Davlatov Ibadulla Urakovich - Termiz tumanidagi "Qoraxon-Yangiariq" fermer xo‘jaligi boshlig‘i

▪️Mamatmo‘minov Akmal Jaylovovich - Angor tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi

▪️Fazilova Fatima Muradullayevna - "O‘zbekgidrogeologiya" davlat muassasasining G‘arbiy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi gidrogeologiya partiyalari yetakchi gidrogeologi

▪️Ulugov Asrorjon Askaraliyevich - "O‘zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatining "To‘polang GES" filiali direktori

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi jamoasi va voha jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli turar-joy bilan ta’minlash, tadbirkorlikka qulay sharoit yaratish va yangi ishlab chiqarish quvvatlari uchun maxsus zonalar tashkil etish yo‘nalishida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Termiz tumani ham viloyatimizdagi yirik qurilishlar va sanoat loyihalari markazlaridan biriga aylanmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumandagi qator loyihalar ijrosi va yangi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Dastlab "Sabzipoya" mahallasidagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli "Paxtaoy" oromgohida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda "Surxon sendvich" MCHJ tomonidan qiymati 30 million dollarga teng, umumiy maydoni 17 gektarlik va 204 ta lotdan iborat "Texnopark" qurilishi taqdimoti o‘tkazildi. Loyiha 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 1 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Viloyat rahbari qurilish ishlarini jadallashtirish hamda texnopark lotlarida import o‘rnini bosuvchi, mahalliy talab yuqori va logistikasi murakkab bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shu bilan birga, "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida amfiteatr, davlat bayrog‘i maydoni, muzey, ko‘p qavatli uylar, favvora va bog‘ qurilishi bo‘yicha mas’ullar axboroti tinglandi.

Tashrif yakunida o‘tgan haftada tanqid qilingan "Yoshlar va turizm" ko‘chasida boshlangan keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga ishlar sifatini ta’minlash va belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazish vazifasi yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimining bir kunlik ish faoliyati

24.08.2025-yil:
➖Paxta yig‘im-terim mavsumi oldidan ehson tadbiri o‘tkazildi;

➖Qumqo‘rg‘onda 140 mlrd so‘mlik turizm loyihasi taqdimot qilindi;

➖"Sangardak" turizm markazida loyihalar ijrosi o‘rganildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatida tog‘li rekretsion hududlar, suv omborlari, ko‘llar va daryo sohillari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tabiatga ziyon yetkazmagan holda ekoturizmni rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Janubiy Surxon suv ombori" hududida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

Viloyat hokimi taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifalari topshirildi.

Shuningdek, sobiq "Surxon kombinati" MCHJga tegishli, hozirda tijorat banklari balansidan joy olgan foydalanilmayotgan binolarda temir-beton klasteri tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Bo‘sh binolarni aniq loyiha va investitsiya talablari bilan auksionga chiqarish chora-tadbirlari belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimining bir kunlik ish faoliyati

23.08.2025-yil:
➖Kanal rekonstruksiyasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi binosi qurilishi o‘rganildi;

➖Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosi o‘rganildi;

➖Kambag‘allikdan farovonlik sari: Ishsiz fuqarolarga 10 ta “Labo” avtomobili imtiyozli kredit asosida topshirildi;

➖Jahon banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining umumiy strategik rejasi ishlab chiqiladi;

➖Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda;

➖Surxondaryo viloyati hokimi Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorini qabul qildi.

Shuningdek, bugun “Surxon arena”da “Surxon” va “Nasaf” klublarining uchrashuvi o‘tkazildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimizning selektor yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlarga muvofiq, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Termiz tumanidagi Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi balansidagi samarali foydalanilmayotgan bino va inshootlar bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan obyektdan maqsadli foydalanish bo‘yicha tayyorlangan takliflar muhokama qilindi.

Obyekt joylashgan maydon va u yerdagi ko‘p yillik daraxt hamda butalarni saqlash, shuningdek bo‘sh binoga hududga mos va istiqbolli loyiha joylashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimining joriy yil 17-avgust kuni Boysun tumanidagi o‘rganishlarida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan yetarli ish olib borilmayotgani, shu jumladan, qariyb to‘rt oydan buyon imtiyozli kreditlar ajratilmaganligi tanqid qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berilgan edi.

Bugun Termiz shahridagi "Movaro" turar joy majmuasi ofisida o‘tkazilgan tadbirda mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Boysun tumani hokimi va tumanga biriktirilgan loyiha menejerining hisobotlari eshitildi. Shuningdek, aholi bandligiga oid qator loyihalar hamda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Tadbir doirasida 10 nafar ishsiz fuqaroga imtiyozli kreditlar asosida "Labo" avtomobili topshirildi.

Boysun tumanida aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hokim yordamchilariga 12,4 mlrd so‘mlik kredit liniyalari ochildi. Boshqa hududlarda ham mablag‘larni bosqichma-bosqich yo‘naltirish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Termiz shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan tanlab olingan "drayver" loyihalarining ijrosi haqida axborot berildi.

Viloyat rahbari tadbirdan so‘ng, "Movaro" turar joy majmuasi hududida tashkil etilgan 24/7 turizm ko‘chasidagi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyati bilan tanishdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan "Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar" yuzasidan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Blek Plast" MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulot turlarini diversifikatsiya qilishdagi mavjud muammolar o‘rganildi. Muammolarni hal qilish va tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bir qator yangi loyihalar bilan tanishdi. Jumladan, "Ikrom aka baliq markazi" oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan 700 o‘rinli umumiy ovqatlanish nuqtasi loyihasi o‘rganildi. Loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi, mas’ullarga tadbirkorga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, migratsiyadan qaytgan fuqarolar tomonidan xonalar shifti uchun gul qog‘ozlar tayyorlash hamda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tashkil etilgan "Kempo MMA" sport to‘garagi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ularning muammolari tinglanib, hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar doirasida "Jo‘yjangal" mahallasida "Zarbdor" tajribasi asosida amalga oshirilayotgan "Drayver" loyihalari, aholining bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga mo‘ljallangan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda saylgoh qurilish ishlari bilan tanishildi. Loyihalarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston vaqti bilan | Muzrabotlik usta ixtiro qilgan anitiqa avtomobil

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida og‘ir toifaga kiruvchi mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom etmoqda.

Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Kakaydi" va "Neftchilar" mahallalarida ham belgilangan topshiriqlar asosida yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini barqarorlashtirish, ichimlik va oqova suvi tarmoqlarini yaxshilash, shuningdek, aholi dam olishi uchun qulay joylar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallalarga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, nuroniylar va faollari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda aholi muammolariga yechim bo‘ladigan loyihalarni amalga oshirish, saylgohlar barpo etish, yo‘llarni ta’mirlash va kommunal xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Saxovatpesha tadbirkor o‘n nafar ehtiyojmand bolaga madadkor bo‘ldi

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Mustaqilligimizning 34-yillik bayrami shukuhi esayotgan shu kunlarda surxondaryolik saxovatpesha tadbirkor, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Hayitali Allamurodov Muzrabot tumanidagi "Turkiston" tantanalar saroyida ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan oilalarda voyaga yetayotgan o‘n nafar bolajonning sunnat to‘yini o‘tkazib berdi.

Tadbirda to‘y bolalarning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari, mahalla faollari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/753380

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Silk Avia aviakompaniyasi havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan 2025-yil 1-sentyabrdan 24-oktyabrgacha ayrim yo‘nalishlarda parvozlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qiladi.

O‘zgarishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🛫Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida haftasiga rejalashtirilgan 21 ta aviaqatnovdan 3 tasi qisqartiriladi:

➖Dushanba – US753/754,
➖Chorshanba – US757/758,
➖Juma – US753/754.
Qolgan 18 ta aviaqatnov jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

❗️Yo‘lovchilar uchun:
Bekor qilingan aviaqatnovlarga xarid qilingan aviachiptalar qiymati to‘liq qaytarib beriladi yoki yo‘lovchilar xohishiga ko‘ra, aviakompaniyaning shu yo‘nalishlardagi boshqa parvozlariga bepul qayta bron qilish mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda qurilish ishlari hajmi ortmoqda

2025-yilning yanvar–iyul oylarida Surxondaryo viloyatida jami 8 trln 304,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,2 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 762,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 143,6 foizga oshdi. Ularning umumiy hajmdagi ulushi 2,1 foizga ko‘payib, 9,2 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 4 trln 609,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foiz ko‘rsatkichga teng bo‘lib, ular umumiy hajmning 55,5 foizini egalladi.

Norasmiy sektor hissasiga esa 2 trln 933,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri kelib, umumiy hajmning 35,3 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 107,9 foizni tashkil qilgan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimizning Denov tumanini kompleks rivojlantirishga oid qaror va topshiriqlari asosida turar-joylar, infratuzilma va boshqa yirik loyihalar qurilishi jadal davom etmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrif buyurib, mazkur ishlar ijrosini o‘rgandi.

Xususan, "So‘fi Ollayor" mahallasida barpo etilayotgan 9 qavatli 180 xonadonli turar-joylar majmuasida olib borilayotgan pardoz ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tuman markazidagi turar-joylar, infratuzilma obyektlari va yangi loyihalar taqdimotlari muhokama qilindi. Mas’ullar bajarilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Qurilish jarayonlarini jadallashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va taqdim etilgan yangi loyihalar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, oqova suvlarni tozalash inshooti va tarmoqlarni rekonstruksiya qilish ishlari ham ko‘rib chiqildi. Loyihada mavjud muammolarni tegishli vazirliklar ko‘magida bartaraf etish va qurilishni sifatli davom ettirish choralari belgilandi.

Yakunda Denov tumani hokimligida mutasaddilar hamda shahar va tuman hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, davlat dasturlari va loyihalar ijrosi muhokama qilindi. Mas’ullarning axborotlari tinglanib, berilgan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Sho‘rchi tumanida joriy yil 4-avgust kuni sodir bo‘lgan "Asl diyor" savdo kompleksidagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish va obyektni qayta rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov hududda amalga oshirilayotgan tozalash va qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Belgilangan topshiriqlar asosida qayta qurish va moslashtirish jarayonida savdo kompleksi hamda hududdagi bozorni yong‘in xavfsizligi va texnik me’yorlar talablariga to‘liq javob beradigan holatga keltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, viloyat rahbari savdo kompleksida faoliyat yuritgan tadbirkorlar bilan uchrashib, qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga qadar ularni vaqtinchalik boshqa joyga ko‘chirish, faoliyatini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, ehtiyoji borlarga esa kreditlar ajratish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kecha xabar qilinganidek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Janubiy Surxon" suv ombori hududida barpo etiladigan zamonaviy ekoturizm majmuasi loyihasi taqdimoti bilan tanishib, qurilish ishlarini boshlash yuzasidan topshiriq bergan edi.

Bugun qariyb 16 gektar maydonda tabiiy ekologik muhitni saqlagan holda barpo etiladigan mazkur ekoturizm kompleksi qurilishiga start berildi.

Umumiy qiymati 140 milliard so‘mni tashkil etuvchi loyiha doirasida, yangi yashil maydonlar, ekologik talablarga javob beradigan yo‘l va infratuzilmalar, suv tozalash tizimlari, zamonaviy kottej uylari va basseynlar, avtoturargoh va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, suv usti ayvonlari, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari hamda piyodalar yo‘laklari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Majmuaning ishga tushirilishi tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda turizm sohasini rivojlantirishga hamda mahalliy aholi uchun daromadli ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Suv omborida yirik zamonaviy ekoturizm majmuasi quriladi

Surxondaryo viloyatidagi tog‘li rekretsion hududlar, suv omborlari, daryo sohillari va ko‘llarda tabiatga zarar yetkazmagan holda zamonaviy ekoturizm maskanlari barpo etilib, ularning boy sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanishga e’tibor qaratilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Janubiy Surxon suv ombori" hududida ham ekoturizm majmuasini bunyod etish uchun 15,7 gektar maydon ajratilgan. Loyiha qiymati 140 milliard so‘mlik turistik majmuani qurish va foydalanishda tabiiy muhitni avaylab asrash, yangi yashil maydonlar, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilma tashkil etish, oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Batafsil: https://uza.uz/posts/752769

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xabar berib borayotganimizdek, Prezidentimizning qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatida 3 ta yirik turizm markazi barpo etilmoqda. Ularning biri — 615 gektar maydonni qamrab olgan "Sangardak" turizm markazi bo‘lib, loyiha "Turonbank" va xorijiy kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqilgan master-reja asosida amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurib, "Turonbank" ATB boshqaruvi raisi Chori Mirzayev bilan markazdagi qurilish ishlari, kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosini o‘rgandi.

Hududda 9,5 km ichimlik suvi tarmog‘i va suv inshooti, shu miqdordagi oqova suv kollektori hamda tozalash inshooti qurilishi, mavjud ichki yo‘llarni zamonaviy ta’mirlash va avtoturargohni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, loyihalar ijrosini joyida ko‘zdan kechirdi va mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalarni belgilab berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatida klaster va fermer xo‘jaliklari yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish mavsumi arafasida turibdi. Shu munosabat bilan bugun Al-Hakim at-Termiziy majmuasida ehson tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari, nuroniylar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda dalalarda yetishtirilgan paxta hosilini sifatli va qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda texnikalar shayligini yana bir bor ko‘zdan kechirish, terim otryadlari uchun zarur sharoitlarni dalaning o‘zida yaratish, oziq-ovqat, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va boshqa zarur resurslar zaxirasini shakllantirish vazifalari belgilab olindi.

Tadbir yakunida qur’on tilovat qilindi hamda yurt tinchligi, hosilning barakali va mavsumning xayrli bo‘lishi uchun duo qilindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimizning tashabbusi bilan keyingi sakkiz yilda Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim muassasalari soni 6 taga yetdi. Jumladan, kadrlar yetishmovchiligi eng yuqori bo‘lgan tibbiyot sohasida malakali shifokorlar tayyorlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etildi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymuradovni qabul qildi.

Uchrashuvda universitetning Termiz filialida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, zamonaviy sharoit yaratish maqsadida qurilgan yangi o‘quv binolari va ularning jihozlanishi, shuningdek, viloyatda kasalliklar profilaktikasida ilmiy yondashuvlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Rektor viloyatda tibbiyot ta’limiga qaratilgan e’tibor hamda filialda yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida hokim tibbiyot sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash va viloyat ehtiyojlarini qondirishda universitet hamda uning filiali muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Movaro" turar joylar kompleksi sotuv ofisida o‘tkazilgan taqdimotdan so‘ng, Fransiyaning "Group Huit" kompaniyasi delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Jahon banki mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatining umumiy strategik rejasi hamda Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarining master rejalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

"Group Huit" kompaniyasi mutaxassislari loyihaning mazmuni va rejalashtirish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tomonlar loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qilib, keyingi bosqichlardagi harakat rejalarini kelishib oldilar.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💐 Ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritayotgan bir guruh vatandoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezidentimiz Farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to'rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida vohadoshimiz ham bor.

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:
▪️Xalikova Muxabbat Shadiyevna -Termiz shahridagi 2-oilaviy bolalar uyi rahbari.

👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Surxon vohasi-turizm uchburchagi" turistik xaritasi

“Surxon vohasi — turizm uchburchagi” xaritasi Surxondaryo viloyatidagi tarixiy yodgorliklar, muzeylar, ziyoratgohlar, milliy madaniyat markazlari va tabiat manzillarini uch nuqtali yo‘nalishda birlashtirib beradi.

Ushbu xarita Surxondaryoning eng muhim sayyohlik obyektlarini mantiqiy va qulay yo‘nalishda — uchburchak shaklida taqdim etadi. Xaritada qadimiy maqbaralar va qal’alar, mahalliy hunarmandchilik markazlari, tarixiy muzeylar va me’moriy obidalar belgilangan bo‘lib, har bir maskan haqida qisqacha ma’lumotlar mavjud.

Xarita sayohatchilarga oson rejalashtirish va shaharlardan tashqarida ham ommabop bo‘lmagan joylarni kashf etish imkonini beradi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Hashar tadbirlari, bayramga tayyorgarlik, turizm ko‘chasi qurilishi va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash vazifalari bilan tanishildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

Poytaxtning sobiq prokurori Surxondaryo viloyatiga rahbar etib tayinlangandan keyin ilk marotaba ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi.

Batafsil — https://daryo.uz/t7nhhY28

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…
Subscribe to a channel