409850
“Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском — @daryo_central_asia Global — @daryo_global
Gretsiyada migrantlar qayig‘i cho‘kib ketdi: 14 nafar misrlik halok bo‘ldi
Bortida turli millatlarga mansub 34 nafar shaxs bo‘lgan qayiq 7-dekabr kuni Gretsiyaga qarab yo‘lga chiqqan edi.
Batafsil — https://daryo.uz/2-PvrPGvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Avstraliyadagi otishmada qahramonlik ko‘rsatgan erkakka 1 million dollar xayriya yig‘ildi
Suriyalik 43 yoshli Ahmad al Ahmad Bondi plyajida terakt uyushtirgan hujumchilardan birini qurolsizlantirgan edi.
Batafsil — https://daryo.uz/OnZebPGDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Starlink sun’iy yo‘ldoshlari orbitada Xitoy yo‘ldoshlari bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi
SpaceX’ga tegishli yo‘ldoshlar Xitoyning texnikalariga halokatli darajada yaqinlashdi, orada atigi 200 metr masofa qoldi.
Batafsil — https://daryo.uz/Kudz0PGvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekistonda savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari qancha soliq toʻlagani maʼlum qilindi
Ular toʻlagan soliq turlari orasida qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz va foyda soligʻi yetakchilik qilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/kBf-FPMvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida Qoʻshma deklaratsiya qabul qilindi
Muloqotda kelgusida parlament diplomatiyasini kuchaytirish, qonunchilik bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan almashish va muloqot maydonlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Batafsil — senat.uz
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Hindiston Pokistonning ikkita jangari guruhini Pahalgam voqealarida aybladi
26 kishi halok bo‘lgan aprel oyidagi terakt bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilindi.
Batafsil — https://daryo.uz/Js-0NEMvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
AQSHdagi o‘zbekistonlik yoshlar o‘limi: Muhammadaziz Umurzoqov birinchi qurbon emas
Braun universitetidagi otishma qurboni Muhammadaziz Umurzoqovning opasi ukasining oliygohga o‘qishga kirishini “hayotidagi eng zo‘r yil” deya tariflaganini esga oldi. “Daryo” bu o‘zbek talabasi qurbon bo‘lgan Amerikadagi ilk fojia emasligiga e’tibor qaratdi. Tahlilchi Jamshid Muslimov esa qo‘shma shtatlarda qurol erkin tarqalganidan kelib chiqib, o‘zbeklarni hushyorlikka chaqirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/MgrI8YMvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Toshkentga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga ko‘chadi
Bu hududlarda 3,5 mingta yuk va 5,5 mingta yengil avtomobil turargohlari hamda kempinglar barpo etiladi. Jamoat transporti ularga ulanib, shaharga keluvchilar mashinasini shu yerda qoldirib, tez va xavfsiz harakatlana oladi.
Batafsil — https://daryo.uz/ii8N0EGvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Toshkentda aholi jon boshiga daromad 4,4 ming dollardan 8,6 ming dollarga ko‘paydi
Poytaxt iqtisodiyoti oxirgi to‘qqiz yilda 2,5 barobar o‘sib, joriy yil 27 milliard dollarga yetadi. Natijada kambag‘allik darajasi yil boshidagi 7,3 foizdan 1 foizga, ishsizlik esa 4,5 foizdan 3,5 foizga pasayadi. Ya’ni Toshkent shahrida kambag‘allik va ishsizlik tabiiy darajaga tushadi.
Batafsil — https://daryo.uz/_PgH2PGDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Prezident Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalar bilan muloqot qildi
Akademiyada 10 ta ixtisoslik boʻyicha ilmiy darajalarini beruvchi kengash faoliyat olib boradi. Shundan “Korrupsiya muammolari” ixtisosligi boʻyicha ilmiy kengash mamlakatimizda yagona boʻlib hisoblanadi. Akademiyaning ilmiy salohiyati uch yil ichida 26 foizdan 67 foizga yetkazildi.
Batafsil — https://daryo.uz/y8jTtPGvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Prezident savdo markazida poytaxt faollari, nuroniylar va yoshlar bilan suhbatlashdi
“Birdamlikda gap ko‘p. Uning ildizi, eng avvalo, mahallalarimizda. Adolatli bahoni ham xalqning o‘zi, shu mahalla beradi. Shuning uchun odamlarni rozi qilishga qaratilgan ishlarimizni eng quyi bo‘g‘indan boshladik”, dedi davlat rahbari.
Batafsil — https://daryo.uz/b851OEMDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Italiyadagi shaharga ko‘chib kelganlarga 30 ming dollar beriladi
Ko‘chib kelganlarning ilk ikki yillik ijara to‘lovining yarmi qoplanadi. Shahar Florensiyadan, taxminan, bir soatlik masofada joylashgan.
Batafsil — https://daryo.uz/4NXhWEGDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi mumkin
“O‘zgidromet” 17—22-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/9JsS7PGDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Ukraina Germaniyada jangovar dronlar ishlab chiqaradi
Bu dronlar Rossiyaga qarshi urushda qoʻllanadi. Yiliga o‘n minglab dronlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/9ZKUrYGvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Namanganda erkak 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgani aniqlandi
Noqonuniy hujra tashkil qilgan shaxs hech qanday diniy maʼlumotga ega boʻlmagan. U yerda o‘qiyotgan bolalar maktabga bormay yurgan.
Batafsil — https://daryo.uz/7K2WwLMDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Haydovchilarning aksari chorrahaga qanday tezlikda kirib kelishni bilmaydi” — “Vatanparvar” tashkiloti rahbari
“Vatanparvar” tashkiloti rahbari Husan Botirovning ta’kidlashicha, yashil chiroqda yoki uning yonib-o‘chayotgan holatida ham tez oʻtib ketaman, deb boshqa transport vositalari yoki undan ham yomoni fuqarolarni urib ketayotgan holatlar koʻp kuzatilmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/Uk0nYPGDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Poytaxtga avtomobilda kirish cheklanmaydi
Prezident matbuot xizmatining “poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shaharga kirishda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin boʻladi”, degan xabari ayrim OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinmoqda. “Daryo” aniqlik kiritishicha, ushbu turargohlar faqat qo‘shimcha ixtiyoriy qulaylik uchun bo‘ladi.
Batafsil — https://daryo.uz/mJWl_PGDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston–Yaponiyaning tog‘-kon va geologiya yo‘nalishidagi hamkorligi: so‘nggi yillardagi asosiy natijalar va istiqboldagi rejalar
Batafsil — https://daryo.uz/-gG_hEGDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Jahon banki O‘zbekistonda 100 mln dollar kredit va 5 mln dollar grant ajratdi
Mazkur loyiha Jahon banki guruhining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan 4 milliard dollarlik mintaqaviy dasturning bir qismi hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkiya ushbu dastur doirasida yordam olgan mintaqadagi dastlabki davlatlar bo‘ldi.
Batafsil — https://daryo.uz/1tn67EGvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Sherzod Asadov Soliq qoʻmitasida tashkil etilgan media studiya faoliyati bilan tanishdi
Uchrashuv doirasida Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati tomonidan 2026-yilda soliq siyosatini jamoatchilikka keng targʻib etishga qaratilgan yirik media loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Batafsil — https://daryo.uz/BM9SBEMvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
HUAWEI kompaniyasi yangi HUAWEI nova 14 va HUAWEI nova 14 Pro smartfonlarini taqdim etdi
Batafsil — https://daryo.uz/Huawei
Reklama
TBC Suhbat: CX – yangi yondashuvlar
Konferensiya tajriba almashish, g‘oyalar va amaliy misollarni taqdim etish maydoniga aylanmoqda. Mijoz tajribasi va uning transformatsiyasiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbirda soha mutaxassislari bir yerga jamlandi.
“TBC Uzbekistan’da mijoz tajribasi – bu mahsulot yaratilishi, qarorlar qabul qilinish va jamoa ish jarayoni shakllanishining poydevoridir. Biznes kengaygani sari mijozga yagin bo‘lish shuncha ahamiyatli bo‘ladi”, – deydi Sergey Chekalkin.
Reklama
Yevropa Ukraina uchun urush zararini qoplovchi xalqaro komissiya tuzadi
Xalqaro da’volar komissiyasi deb nomlangan tashkilot qarorgohi Niderlandiyada joylashadi va Rossiya keltirgan zararlarni qoplash bilan shug‘ullanadi.
Batafsil — https://daryo.uz/MUzuVEGDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi” — Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari 2026-yil Toshkent shahri uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘lishini qayd etdi. Bu g‘oyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi.
Batafsil — https://daryo.uz/-gG_hEGDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Qurilish hamda Transport vazirliklarining binolari auksionda sotildi
Qurilish vazirligi binosini 182,4 mlrd so‘mga “O‘zshahar Qurilish Invest” MCHJ , Transport vazirligi binosi esa 187,7 mlrd so‘mga “Samarador” MCHJ xarid qildi.
Batafsil — https://daryo.uz/AulCVPMvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Alisher Sultonov prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi
U mazkur lavozimga 2025-yilning iyul oyida tayinlangan edi. Sultonov 2019-yil fevraldan 2022-yil aprelgacha energetika vaziri lavozimida ishlagan.
Batafsil — https://daryo.uz/7p-pvPGvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi
Ushbu valyuta kursi 4-dekabrdan buyon tushmay kelayotgandi. Markaziy bank 17-dekabrda xorijiy valyutalarning qiymati qancha bo‘lishini eʼlon qildi.
Batafsil — https://daryo.uz/1soP4PGvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi
Prezident Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Endilikda poytaxtdagi 1 846 ta obyekt doimiy issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi.
Batafsil — https://daryo.uz/eludWEMvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekistonda 9,2 mlrd soʻmlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
Savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar maʼlum boʻlgan.
Batafsil — https://daryo.uz/XqgCPLMDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Eronda qoʻlga olingan Nobel mukofoti sovrindori kasalxonaga yotqizildi
Nargis Muhammadiy qoʻlga olinishi chogʻida bosh va bo‘yin qismidan tayoq bilan qattiq zarbalar olgan. Inson huquqlari faoli ikki marta shoshilinch tibbiy yordamga olib ketilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/dD7ePYGDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo