birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

6-sinf, "Ona tili" darsligidagi ushbu topshiriq yuzasidan tushuntirish

Bu yerda hukmlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini infografikaga asoslangan holda topish lozim. Toʻgʻri javoblar:

1. Toʻgʻri (hukm infografikaga mos)
2. Notoʻgʻri (hukmda berilgan 5,4 hamda 5,5 raqamlari foizda, infografikada esa ular mlrd donada)
3. Notoʻgʻri (hukmda 62,6 hamda 70,3 mln tonnada berilgan, infografikada esa ming tonnada)
4. Toʻgʻri (hukm infografikaga mos)
5. Notoʻgʻri (eng yuqori koʻrsatkich Samarqand viloyatiga tegishli)

P.S. oʻqituvchi kitobida berilganda uchinchisi ham toʻgʻri deyilgan, aslida unday emas ekan. Noqulaylik uchun uzr soʻrayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bolaga stress va tabaqalanish xavfi. Nega repetitorga borish shart bo‘lib qoldi?

Kun.uz dagi suhbat videosi tayyor boʻlibdi.

YouTubeda koʻrish uchun yoʻnaltma.

Saytda matn koʻrinishida oʻqish uchun yoʻnaltma.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kecha kun.uz tahririyatida oʻquvchilar uchun pulli kurslar (umuman xususiy taʼlim)ga boʻlgan yuqori ehtiyojning sabablari, bu ehtiyojning doimiy oshib borishi va davlat tomonidan aqlli yechim qilinmasligi oqibatlari, qanday yechimlar borligi haqida suhbatlashdik. Tez orada eʼlon qilinsa kerak.

Kuting! Nazarimda, qiziq suhbat boʻldi. Ayni shu mavzuda oilamizda doim gaplashadigan gaplarni aytib oldim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Alan Kurdi ukajon, endi sen yolg’iz emassan. Juda ko’plab do’stlaring seni yoninga ketishdi. Bizni yolg’onchi, ikkiyuzlamachi, qo’rqoq va zolim dunyomizdan, qalbi o’lgan bizlardan ham qutuldingiz. Endi BOG’LAR da birga mazza qilib o’ynaysizlar. Qulagan devorlar ostida qolgan do’stlaringni jasadiga qo’shib biz bugun “inson qadri” uchun ham janoza o’qib qo’ydik. Qolgan gaplar safsata…
Iltimos barchangiz bu ishni qiling…

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bir ustoz 7-sinf “Ona tili” darsligining 62-betidagi topshiriq hamda o‘qituvchi kitobi o‘rtasidagi nomutanosiblik yuzasidan yozib qoldi. Darslik va o‘qituvchi kitobini solishtirib ko‘rsam, rostdan bir-biriga mos emas ekan. Bundan tashqari ba’zi ilmiy xatolar ham ketgan. Shuning uchun 7-sinf ona tili oʻqituvchi kitobining 56-bet, yuqori qismidagi "Javob" boʻlimiga e'tibor bermasligingizni iltimos qilaman.

Demak, 7-sinf “Ona tili” darsligining 62-betidagi topshiriqning javoblari yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgandek bo‘ladi. Shu topshiriqdan so‘ng, yana bir topshiriq keladiki, unda “Yuqorida biror ustunga ham mos kelmagan so‘zlar bormi? Nega shunday deb o‘ylaysiz?” deya savol qo‘yilgan. Ha, mos kelmaydigan so‘zlar bor va ular quyidagilar:

singari (o‘xshashlik), sayin (vaqt oralig‘i, birgalik, davomiylik), bilan (birgalik, vosita), birla (birgalik, vosita), yanglig‘ (o‘xshashlik), chog‘li (taxmin, chama), buyon (paytlar oralig‘i).

Yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun mualliflar jamoasi nomidan uzr so‘rayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

“Galaktikada bir kun”ni oʻqirkanman, oʻquvchilarimga bu asarni oʻqitayotganim toʻgʻri ekaniga yana bir bor amin boʻldim.

Bolalar koʻproq shunday asarlarni oʻqishi kerak, bu ilmga, ixtirolarga qiziqish uygʻotadi, yoʻl ochadi.

Masalan, 1985-yillarda chiqqan kino – “Kelajakka qaytib”da oʻsha zamon uchun begona va faqatgina xayoliy boʻlgan ixtirolarning koʻpi hozir yaratildi. Oʻylaymanki, ularning yaratilishida filmning roli katta. “Galaktikada bir kun” ham shunday ilhombaxsh asarlardan biri, deb oʻylayman.

Asarni oʻqish davomida bir nechta “Zakovat”bop savollar tuzib qoʻydim. Muallifni maktabga chorlab, oʻsha kuni maktabda katta musobaqa uyushtirsakmi, deb oʻylayapman. Birinchi shart maʼlum – asar asosida “Zakovat” oʻyini. 2-shart rasmlar asosida asar voqeasini topish, 3-shart ixtirolar tanlovi (oʻquvchilar oʻz ixtirolarining taqdimotini qilishadi, yasashmasa ham loyihasi), 4-shart muallifning savollari.

Bular hozircha oʻylar, yanada pishitish kerak boʻlgan oʻrinlari bor, ammo umumiy konsepsiya aniq.

Asarning audio va matnli nusxalariga yoʻnaltmalar:

Audio

YouTube (audio)

Matn

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Axir oʻqituvchilar majburiy mehnatdan ozod qilindi, maoshi oshdi, jamiyatdagi mavqei yuksaldi. Hech boʻlmasa shuncha imkoniyatga javoban oʻzi ishlayotgan maktab hovlisini gullatib - yashnatib qoʻyishi mumkin-ku".

"Oʻzbekiston 24" jurnalisti majburiy mehnatdan ozod qilingan oʻqituvchilarni majburiy mehnatga qaytarishga chorlamoqda. Zero xodimni uning lavozim majburiyatiga kirmaydigan ishni bajarishga majburlash - majburiy mehnatdir. Pedagog xodimni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash esa BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarimaga sabab boʻladi. Shuni hisobga olib, bilgichlar televideniyeda aytilgan gaplardan ilhomlanmaslikni maslahat berishmoqda.

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Urban Dictionary degan onlayn lugʻat bor, unda xalq orasida mashhur boʻlgan ammo rasmiy lugʻatga kiritilmagan ibora va soʻzlar izohi berib boriladi. Jonli misollar keltiriladi. Oʻsha lugʻatda shu yilning oktyabr oyidan boshlab israeled soʻzi paydo boʻlibdi. Ushbu soʻzga berilgan izohlar va misollarni bir koʻring-da:

Oʻziniki boʻlmagan narsani olib turish va keyinroq qonuniy egasini haydab solish (1-rasm).
– Bir kishi mendan restorandagi stolimni baham koʻrishimni iltimos qildi, keyinroq uning uchrashuvi bor ekanini aytib stolni boʻshatib qoʻyishimni soʻradi
– menimcha siz israeled qilindingiz.

Kimdir sizdan biror narsangizni olib turadi va keyinchalik bu narsaga egalik qilish uchun siz bilan urushadi. Hammaga esa buni siz undan olganingizni iddao qiladi
(2-rasm).

Qiziq-a?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Kitobxonlik maktab darsliklaridan koʻchadi insonga. Maktab darsliklari qiziqarli boʻlsa, maktab darsliklari rang-barang boʻlsa, maktab darsliklari hayotiy boʻlsa, insonda kitobga boʻlgan munosabat ijobiylashadi, bogʻliqlik paydo boʻladi".

Respublika taʼlim markazi rahbari Shuhrat Sattorov.

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻzbekistonda oʻzbek tilining muhim tilga aylana olmayotgani, uni bilmaslik yashashga xalaqit qilmayotgani, omma uni qadrlamayotganiga sabab davlatning notoʻgʻri mafkura yuritishi deb bilaman.

Davlat hamon SSSRdan qolgan doʻstlik, birlik, boshqa xalqlarni oʻta hurmat qilish yoʻlida yuribdi. Millatparvarlikka (millatchilik emas) qaratilgan dastur, loyiha yoʻq. Mafkura mavjud emas.

Intervyuda xalq tilimizni hurmat qilishi, uni eʼzozlash qadriyatga aylanishi kerakligi haqida gapirdik, ammo xalq biror mafkuraga ergashishi uchun u mavjud boʻlishi kerak. Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi:

Soliqlarimiz evaziga yashaydigan tashkilot Maʼnaviyat va maʼrifat markazi nima qilyapti?

Davlat tilning rivojlanishi uchun yetarli sharoitlar yaratib berayotgani yoʻq. Mablagʻ ajratayotgani yoʻq. Davlat tilini rivojlantirish departamentini bir marta yopib ham yubordi (keyin qayta ochdi). Tadbirkorlar, investorlar, ish beruvchilarga qatʼiy talab ham qoʻya olgani yoʻq. Toshkentning eng mashhur restoranlari, fastfud kafelariga kiring, umuman oʻzbek tili mavjud emas. Eʼtiroz qilib boradigan joying ham yoʻq. Eʼtiroz qilib borsang ham, jazo juda kichik.

Masalan, hech boʻlmasa, chet elga ketishga ruhlantirayotgan loyiha - "Oʻzbekistonlik"ka sarflanayotgan pullarni tilni rivojlantirishga, olimlarga sarflasa boʻlardi. Bunday behuda va notoʻgʻri (turli dangʻir-dungʻurlarga) sarflanayotgan pullar esa talaygina.

Xullas, davlatning til siyosatini qoralayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

YouTubedagi eng yaxshi koʻrgan kanallarimdan biri "Alohida mavzu" Oʻzbek tili kuni munosabati bilan suhbatga chaqirgan. Oʻzbek tili uchun jon kuydiradigan doʻstlar bilan ancha suhbatlashdik. Dilimizni ezayotgan masalalarni muhokama qildik.

Oʻsha koʻrsatuv yaqin daqiqalarda premyera qilinadi. Koʻrib, izohlarda fikr qoldirishingiz mumkin, biz ularni oʻqib, keyingi safarlar uchun mavzu izlaymiz. Zero bu mavzu hecham tugamaydi.

https://youtu.be/5HemUCeniGE?si=MpwtB1ew8dNILU6y

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi, oʻzimning eʼtirozim, bosqinchi hamda qiziqarli soʻzlari fonida hech kim bunga diqqat qilmayapti, menimcha.

Darslikda berilgan va yod olinishi talab qilingan qoidaga diqqat qilaylik:

-li, -siz, -dosh, -dor, -xon, -chi, -la – soʻz yasovchi qoʻshimchalar.

Buning nimasi qoida? Qani bu yerda qoʻshimcha qanday qilib soʻz yasashi, u nimani anglatishi haqida gap? Bola yasalgan soʻz qanaqa boʻlishi haqida biror xulosaga kelishi uchun yordam qani? Qoʻshimchalarning roʻyxatini berib mana shu soʻz yasovchi qoʻshimcha deyish bilan ish bitadimi? Bu ham 4K modelining unsurlaridan birimi? Oʻquvchi oʻzi tanqidiy va ijodiy fikrlab topib oladimi qolgan narsani? Yoki yurtimizdagi hamma oʻqituvchi bir xil gapirishi uchun ularga qoʻllanma berilganmi qandaydir?

Soʻz yasovchi qoʻshimchalar roʻyxatini berish emas, ularni vaqti-vaqti bilan qanday qilib soʻz yasashi haqidagi tushuntirish bilan berish oʻquvchi soʻz yasalishi haqida kengroq tasavvur hosil qilishida yordam beradi. Axir bizga yodlagan robotlar emas, tahlil qila oladigan odamlar kerak-ku.

P.S. qoidalarni shunaqa yodlagan bolalar kelajakda qayerda -li koʻrsa uni soʻz yasovchi deb hisoblab, yuqoridagi kabi misollar tuzaveradi keyin

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

1-eʼtiroz. Nega endi 94-mashq uchun tanlangan gapda bosqinchilar hujum qilgani-yu, ularning kitob sotib olgani haqida soʻz ketmoqda. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar mavzusiga kirish uchun bundan yaxshiroq gap tuzish imkonsizmi? Bosqinchilarni yaxshi qilib koʻrsatishmi maqsad?

Javob berilyapti: bu “Oʻqish” darsligidagi matndan tanlangan gaplar. “Ona tili” darsligi “Oʻqish” bilan uygʻunlashtirilgan, “Oʻqish” darsligida berilgan “Kitob va boylik” matnidan olingan bu gaplar.

Shaxsiy fikrim: kechirasizlar-u, bu yerda bir matndan olingan gaplar berilgan boʻlsa ham, oʻqish fanining shu vaqtda oʻtiladigan mavzusi doirasida boʻlsa ham, ular yulib olingan. Yaʼni asl matndan ajratilgan. Til oʻqitishda bunday qilish yaxshi emas. Ayniqsa, gap boshi olmosh bilan boshlanganda. Gaplar biror matnga taalluqli boʻlmay, shu mashq uchun tuzilgan boʻlganda bu muammo emas edi. Mualliflar bu yerda uchta xatoga yoʻl qoʻyishgan:

1) gapni matndan uzib olishgan

2) gapni uzib olayotganda aynan olmoshli gapni tanlashgan (olmoshni almashtirib qoʻyish ham mumkin edi, osmon uzilib, yerga tushmasdi)

3) matnda shuncha yasama soʻzlar turib bosqinchi va talonchi kabi bahs uygʻotadigan, gʻururga tegadigan gaplarni tanlashgan.

Ishoning, matnda boshqa yasama soʻzlar ham bor ekan, masalan, boylik, kafolatlaydi, talabgor, hamdardlik, yomonlik, ezgulik, taʼsirlanmoq kabi. Matnning toʻliq shaklini mana shu yerdan oʻqishingiz mumkin.

Ammo, men bu matndagi yasama soʻzlarni oʻquvchiga soʻz yasovchi qoʻshimchalarni tanishtirish uchun qiyin deb hisoblayman, shuning uchun soddaroq, bola har kuni duch keladigan soʻzlardan foydalangan maʼqul. Agar matn talabga javob bermasa (birinchidan, talabga javob beradigan matn tanlash kerak edi), unda toʻqima gaplardan foydalanish mumkin. Masalan, men darslikda goʻshtli va goʻshtsiz soʻzidan foydalanganman. Bu mualliflar tanlagan bosqinchi ham, talonchi ham juda kam ishlatiladigan va noqulay soʻzlar, deb oʻylayman. Buning ustiga, bu yerda ikkitadan soʻz yasovchi bor: bos + qin + chi, tala + n + chi.

Xullas, metodik va pedagogik xato mana shunday eʼtirozga olib kelyapti va bu eʼtirozni oʻrinli deb bilaman. Tarafdorlar keltirayotgan vaj esa gʻalati, “Ona tili” darsligi “Oʻqish” bilan uygʻunlashtirilgan ekan, normal uygʻunlashtiringlar. Oʻzi ona tili bilan oʻqishni ajratib olib, keyin uni uygʻunlashtirish nega kerak edi, mayli, bu boshqa mavzu endi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

“Yoki” kitobxonlik platformasi

“Akademnashr” yangi loyihani yoʻlga qoʻyibdi. Yoki deb nomlangan ushbu platforma:

🔹 kitobga befarq boʻlmaganlarning fikr almashishlari uchun minbar boʻlishni oʻz zimmasiga olmoqchi;
🔹 kitoblarga taqrizlar, kitobdan olingan hayrat va lazzatni izohlar, iqtiboslar koʻrinishida boshqalar bilan ulashish imkonini yaratmoqchi;
🔹 yozuvchilarni oʻquvchilar bilan yuzlashtirmoqchi, kitobxonlarga yozuvchilarni yaqinlashtirmoqchi;
🔹 nashriyotlar uchun targʻibot va xaridorlarning munosabatini bilish imkoniyatini kengaytirmoqchi;
🔹 noshirlar, muharrirlar, kitob grafikasi ustalari, matbaachilar, kitob blogerlari, kitobsevarlarni bir maydonga jamlamoqchi;
🔹 kitob oʻqiganni ragʻbatlantirmoqchi, sovgʻa bermoqchi, kitobxonlik darajalari taqdim etmoqchi.

👉 yoki.uz

@oriftolib

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#soʻznoma

Koʻpchilik shu soʻzlarning farqi nimada ekanini oʻylab koʻrmagan ekan, lekin toʻgʻri ishlatadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Turmush oʻrtogʻim bilan shu masalada koʻp gaplashamiz.

muvaffaqiyatli = baxtli

degani emas

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yozganingiz uchun pul toʻlanadigan kasbni bilasizmi?

Agar siz:
— ota-onasidan pul soʻrash yoshidan oʻtib borayotgan yigit-qiz;
— oylik maoshiga qoniqmaydigan va qoʻshimcha daromad manbai izlayotgan ishchi;
— ishsizlikdan charchagan bekorchi yoki dekretdagi ayol boʻlsangiz, bu postni oxirigacha oʻqing.

Inson hozirgi holatidan qoniqmasligi bu oʻz kamchiliklarini anglashidan dalolat qiladi va bu yaxshi. Shunday boʻlsa, albatta kopiraytingni oʻrganib, kopirayter boʻling.

Kopirayter kim?
Bu kompaniyalar uchun kuchli sotuv matnlarini yozib, pul ishlaydigan mutaxassis. Hozirgi kunda kopirayterlarga bittagina qisqa sotuv matni uchun bizneslar 40 mingdan 200 ming soʻmgacha toʻlashga tayyor.

Siz ham bu sohaga osongina kirishingiz mumkin, agar:
• Imloviy xatolarsiz yozsangiz
• Koʻp kitob oʻqisangiz va shaxsiy kundalikda maqolalar yozib tursangiz
• Yozish siz uchun kundalik va odatiy ish boʻlsa.

Yozishga moyilligingiz boʻlsa, bu orqali pul ishlashni boshlash fursati kelmadimi?

Kursda oʻqish majburiy emas, ammo hayotingizni oʻzgartirishni istasangiz, oʻqishdan boshqa chora yoʻq.

Kurs asoschisi:
Ustoz Abduazim Rustamxo‘jayev — @xatoliklar kanali asoschisi, matnlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis, bu sohada 8 yildan oshiq tajribaga ega. Kopirayting bilan bir qatorda tarjimonlik, tahrir va tas’hih ishlari bilan shug‘ullanadi. Shu kungacha kompaniyalar uchun 3000+ sotuv matnlarini yozgan.

Guruhga yozilish narxi:
🚀 Standart tarifi: 1 500 000 soʻm
✈️ Hamyonbop tarifi: 1 050 000 soʻm

Chegirmalar yoʻqmi?
Chegirma bilan o‘qishni istasangiz, @Copywriting_Support'ga + belgisini yozing

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va oʻquvchilar!

Hamkasbim Mansur Siddiq bilan esse yozish boʻyicha mufassal qoʻllanma yozishga chog‘landik. Ushbu kitob barcha oʻqituvchilar va oʻquvchilar, xususan, abituriyentlarga ham manfaatli boʻladi, degan umiddamiz.

Qoʻllanmada esselardan namunalar keltirish ham, o‘sha esselarning tahlilini berish ham maqsad qilingan. Ayni shu qism uchun sizlardan esse yozib, bizga yuborishingizni so‘raymiz. Ushbu murojaatimizning muddaosi ham shu.

Oʻzimiz toʻqima xatolar bilan esse yozib, keyin uni tahlil qilsak ham boʻlardi, ammo haqiqiy esselardan foydalanish koʻproq foydali boʻladi, deb oʻyladik. Qolaversa, sizlardan o‘rganadigan jihatlar ham chiqib qolishiga ishonamiz.

Ayrim savollarga javoblar:

1. Esseni xoh Word dasturida, xoh qoʻlyozma shaklida yozish mumkin.

2. Esseni @shtursunreklama_bot ga (qoʻlyozma boʻlsa, rasmga olib; Word dasturida boʻlsa, fayl koʻrinishida) yuborish kerak.

3. Esse ostiga muallifni yozish-yozmaslik (yozsangiz, uni kitobda ko‘rsatish-ko‘rsatmaslik) ixtiyoringizda.

4. Esse uchun haq toʻlanmaydi.

5. Esse qabul qilingani-qilinmagani bo‘yicha izoh berilmaydi.

Esseni quyidagi mavzulardan biriga yozishingiz mumkin:

1. Ayrimlar oʻquvchilarni qobiliyatiga koʻra saralab oʻqitish koʻproq samara beradi degan qarashda, ayrimlar esa bu taʼlim sifatiga katta taʼsir oʻtkazmaydi degan fikrni ilgari surishadi. Har ikki qarashga oʻz munosabatingizni bildiring.

2. Baʼzilar universitet talabalarga oʻz sohasidan tashqari boshqa fanlarni ham oʻqitishi kerakligini taʼkidlasa, ayrimlar talabalar bor diqqat-eʼtiborini oʻz sohasiga oid fanlarga qaratishi lozim deyishadi. Har ikki qarashga oʻz munosabatingizni bildiring.

3. Aksar maktablar oʻquv soatlari vaqtida oʻquvchilarning mobil telefon va boshqa elektron qurilmalarini olib qoʻyadi. Sizningcha, bunday yondashuv toʻgʻrimi?

4. Baʼzilar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash zarur deb hisoblaydi. Mazkur qarashga oʻz munosabatingizni bildiring.

5. Baʼzilar maktabni tugatmasdanoq moliyaviy mustaqil boʻlishni istashadi va ishlashga kirishishadi. Buning ijobiy va salbiy tomonlarini yoriting.

6. Baʼzilar butun dunyo bir tilda soʻzlashishi tarafdori. Buning ijobiy va salbiy tomonlari yoriting.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Hurmatli boshlangʻich (3-) sinf oʻqituvchilari, sizlarga eslatma!

Ushbu rasmdagi masalani ishlashda bankomatning 1 yoki 1,5% ushlab qolishini ham hisobga oling. Shunda yechim quyidagicha:

2 380 000 - 214 000 = 2 166 000

2 166 000 - 350 000 = 1 816 000

1 816 000 - 250 000 = 1 566 000

1 566 000 - (400 000 + 1%) = 1 162 000

Kartada qolgan mablagʻ: 1 162 000
Ishlatilgan mablagʻ: 1 218 000

Koʻpchilik 400 000 naqd pul qildi deganda foizni hisoblamay oʻtib ketishi mumkin, shunga eslatib qoʻyay degandim.

Oʻquvchining "bankomat nega foiz oladi?" degan ehtimoliy savoliga javobni esa bilmayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

O‘zbek tili uchun ilk bor grammatika tekshiruvi!

Endi Tahrirchi grammatik xatoliklarni tekshira olar ekan!

Yangilangan Tahrirchi nafaqat imloviy, balki grammatik, paronimik (ko‘p adashtiriladigan so‘zlar), punktuatsion (tinish belgilari) va boshqa turdagi xatoliklarni topib, to‘g‘rilab beradi.

Grammatika tekshiruvi faqat Premium foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi. Ammo bayram (Oʻzbek tili kuni) munosabati bilan barcha foydalanuvchilar bir oylik Premium obunasiga ega bo‘ladilar!

Hoziroq sinab ko‘ring (Premium obunasini olish uchun ro‘yxatdan o‘tishni unutmang):

https://tahrirchi.uz

Bundan tashqari, Tahrirchini "Microsoft Word", "Telegram" va "Google Chrome"larda ham ishlatsa boʻlar ekan.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kelinglar, oʻqituvchining oyligi oshdi demanglar, uyalinglar bunday deyishga.

2019-yildan boshlab maʼlumotlarni tahlil qilsak, oʻqituvchi va shifokorning oʻrtacha oyligi 1,4 million soʻmga oshgan va har doim mamlakatdagi eng past oʻrtacha oylik sifatida turgan.

Yaʼni aslida oyliklar oshmagan, har doim oʻqituvchilarning oʻrtacha oyligi mamlakatdagi oʻrtacha oylikdan past boʻlgan.

Shuni vaj qilib tozalab qoʻysa boʻlmaydimi degan jurnalistni esa qoralayman. Majburiy mehnatga chorlash bilan shugʻullangani uchun intizomiy jazo qoʻllanishi kerak unga.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Reklamada davlat tilini buzganlik uchun maʼmuriy jarima belgilanishi mumkin degan xabarni oʻqidim-u bir xursand boʻldim.

“Reklama toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.

Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:

- reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy maʼnosini buzib koʻrsatmasligi kerak;

- tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining 40 foizidan oshmasligi kerak;

- reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining oʻlchami davlat tilidagi reklama matni harfining oʻlchamidan kichik boʻlishi kerak;

- tele va radiokanallarda, shuningdek bosma nashrlarda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining 20 foizidan oshmasligi kerak.

Keyinroq bu qaror loyihasi bilan toʻliq tanishib chiqqach hafsalam pir boʻldi.

1. Jarima ancha kichik 1,7 – 2,3 million soʻm oraligʻida.

2. Qonun loyihasida koʻpchilikka bemalol boshqa tilni ishlatish huquqini beradigan qism qoldirib ketilgan. Jumladan, qonun loyihasida quyidagi qism bor. Yuqoridagi talablar:

- faqat chet tillarda eʼlon qilinadigan bosma nashrlarda va noshirlik mahsulotining boshqa turlarida joylashtiriladigan reklamaga;

- koʻrsatuvni (eshittirishni) chet tillarda amalga oshiruvchi ommaviy axborot vositalarining tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarini namoyish etish (eshittirish) jarayonida joylashtiriladigan reklamaga;

- Internet jahon axborot tarmogʻidagi materiallarni faqat chet tillarda joylashtiradigan veb-saytlarning axborot resurslariga joylashtiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Endi savol tugʻiladi, masalan, shu paytgacha oʻzbekistonliklarga xizmat koʻrsatayotgan xususiy firmalar biror hujjatini, reklamasini, saytini oʻzbek tilida yuritmagan. Ular ham chet tilida xizmat koʻrsatadiganlar safida boʻladimi? Yaʼni ular bu talabni bajarishdan avtomatik qutulib qoladimi?

Xullas, sal tish va tirnoq qoʻshish kerak edi bu qonun loyihasiga. Mayli, hozircha, shunisiga ham shukr.

P.S. ushbu qonun loyihasining oʻzi "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida"gi qonunni buzib turganday, nazarimda, chunki uning matni kirill alifbosida ekan, lotin alifbosidagi nusxasini topa olmadim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari yoki matematiklar diqqatiga:

Yordam kerak!

1. 1-masalada nimani soʻrayapti?

2. Yechimi qanday?

3. Masala ostidagi katakchalar nega kerak?

P.S. bu birinchi sinf darsligi emish

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktabimizda 7-8-9-sinflar bilan shu kitobni oʻqishni boshladik.

Bolalarga yoqyapti. Yozuvchiga rahmat.

Til, voqealar ifodasi bolalarga juda mos. Baʼzilar Nyutonning boshiga tushgan olma voqeasiga ishonib ham qolibdi.

Shunaqa yaxshi yozuvchi bilan hammuallif ekanimdan xursandman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻzini oʻzbekman deb hisoblagan barchaga bugungi bayram qutlugʻ boʻlsin.

Tilimiz, millatimiz hali uzoq yashasin.

Oʻzbek tilini har bayramda emas, har kuni hurmat qilish qadriyatimizga aylansin.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan darsliklardan namuna.

1-sinf (chapda), 2-sinf (oʻngda) oʻquvchilari uchun "Ona tili va oʻqish savodxonligi" darsligi. Bunday misollar koʻp bu darslikda.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

2-eʼtiroz. (Bunisi metodik emas, koʻproq ilmiy xato haqida) Nega -li soʻz yasovchi qoʻshimchasiga misol tariqasida qiziqarli soʻzi berilgan? Qiziqarli soʻzida -li soʻz yasovchi emas-ku.

Baʼzilarning fikri: bu yerda -li soʻz yasovchi qoʻshimcha, qiziq sifatiga -ar soʻz yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilib, feʼl yasalgan, keyin, unga -li qoʻshilib, sifat yasalgan.

Shaxsiy fikrim: qiziqarli soʻzi sifat va u qiziqmoq feʼliga –(a)rli qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Bunday misollar tilimizda koʻp, masalan, zerikmoq – zerikarli, arzimoq – arzirli, ishonmoq – ishonarli.

-ar
qoʻshimchasi sifatdan feʼl yasaydi, toʻgʻri, lekin qiziqarli soʻzi qiziq degan sifatdan yasalmagan. Xoʻp, yasalgan ham deylik, qiziqar soʻzi qanday harakat yoki holatni ifodalamoqda? Aslida, -ar qoʻshimchasi oq + ar = oqar, koʻk + ar = koʻkar kabi oʻrinlarda sifatdan feʼl yasaydi. Qiziqar soʻzi bilan bunday boʻlmagan.

Yana oʻsha xato, -li qoʻshimchasi bilan yasalgan shuuuuuncha soʻz turib, aynan eng xato soʻz qiziqarlini tanlashgan.

Haa, bu 4K modelidagi darslik-ku, modelning asosiy unsurlaridan biri tanqidiy fikrlash. Oʻquvchi oʻzi bu soʻzni tahlil qilib qiziqar + li emasligini topishi kerakdir. Axir, yuqoridagi tahlilni qilish hech nima emas-ku, juda oson narsa-ku, bola endi shuniyam qilolmasa, uyat-da.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Koʻpchilik mana shu darsni tanqid qilyapti. Darslik mualliflari yoki ularning tarafdorlari esa eʼtirozlarga oʻz pozitsiyasini bildirmoqda.

Kelinglar, tahlil qilib koʻramiz.

Tahlil keyingi bildirgida...

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu hafta oʻquvchilarga pleonazm haqida oʻrgatyapman. Pleonazm – nutq birliklarining ortiqcha ishlatilishi. Masalan, yaxshi fazilat birikmasidagi yaxshi, kutilmagan syurpriz birikmasidagi kutilmagan soʻzlari hamda novvoychi soʻzidagi -chi qoʻshimchasi. Pleonazm haqida batafsil bu yerda, bu yerda va mana bu yerda oʻqisangiz boʻladi.

Qaysidir sinfga topshiriqni berdim, maʼlum muddat oʻtgach 4 daqiqa vaqtlaring qoldi desam, oʻquvchilar, "ustoz, pleonazm-a?", - deyishdi. Xursand boʻldim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi kechagi turnir haqida ikki ogʻiz

Zakovatning oʻqituvchilar oʻrtasidagi bahslari boshqa soha vakillarinikiga qaraganda qizgʻinroq, murosasizroq va sifotliroq oʻtadi, nazarimda.

Kechagi savollar unchalik ham qiyin emas, hammasini topish mumkin edi. Ayniqsa, humanitarchilar maza qildi kecha.

Turnir tashkilotchilari ham katta mehnat qilishgan, buning uchun tashakkur, maza qildik.

Saviya oʻtgan yilgidan oʻsgan.

Tashkilotchilarga baʼzi takliflar:

1. OTMlar va maktablarni ajratish kerak, deb oʻylayman. Kollej, litseylarni maktablar bilan bir safga qoʻyib, OTMlarni alohida safga qoʻymoq lozim. Eʼtibor bering, oʻtgan yili Toshkentdan bizdan boshqa maktab chiqmagan, finalda ham bizdan boshqa maktab sovrindorlar safida emas edi. Bu yil ham shu takrorlandi. Sezganim, bu yil Toshkent shahri saralashida maktablar soni ancha kamaygan. Chunki oʻtgan yili koʻpchilikning hafsalasi pir boʻlgandi.

2. Oʻtiriladigan stollar orasini kattaroq qilish lozimmikin... Oʻtgan yili ham, bu yil ham qisilib oʻtirdik.

3. Har bir tur orasida "konsert" qoʻyish shart emas, chalgʻitadi, muhitdan chiqaradi. Boshida, oʻrtasida, oxirida boʻlsa yetadi. Oʻrtasida ham shart emas, aslida, chunki, tushlik bor.

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel