birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

Kecha uyga ancha kech qaytganim sabab mana bu mavzu haqida aytarlarimni yozishga ulgurmagandim. Bugun shuni ulashib qoʻymoqchiman.

Hamma fikrlar mana shu rasmdagi mavzu haqida boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Biror haydovchi qoidani buzgani haqida internetda xabar tarqalsa, darrov oborib jarimasini toʻlatamiz. Oʻzining ijtimoiy tarmogʻida tarqatgan videosini asos qilib, javobgarlik ilamiz. Kimgadir layk bosganlarni, ma'nosini tushunmay bir qoʻshiqni eshitib qoʻyganlarni qamaymiz...

Mana, 5 oy boʻlyaptiki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining ishi – darsliklarni chop etish va amaliyotga joriy etishga asos boʻlgan ta’lim standartlari, oʻquv dasturlarini (ish rejani emas) soʻraymiz. Jar solamiz. Darsliklardagi kamchiliklarni tez-tez tilga olamiz. Xoʻsh, vazirlikni hamda Markazni tartibga chaqirib qoʻyadigan hech kim yoʻqmi? Kim ularning qilmishlari uchun javobgarlikka tortadi? Dodimizni kimga aytishimiz kerak?

Toʻgʻrisi, “Novda edutainment” hamda hozirda Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi direktori oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan Yuliya Risyukova bizni aldagandan soʻng koʻp narsaga qoʻl siltagandim. Ularning darsliklarini tuzukroq varaqlab ham koʻrmadim. Ammo bugun 3-sinf uchun “Oʻqish” hamda “Ona tili” darsliklari parchasini koʻrdim-u, oʻkirib yuborgim keldi. Bolalarga, oʻqituvchilarga rahmim keldi.

Vazirlik bu darsliklarni qaysi mezon asosida tasdiqlagan? Qaysi standartlar asosida yozilgan bu darslik?

Masalan, biz yozgan darsliklarning qat’iy belgilangan dasturi hamda standartlari bor edi. Har bir topshiriq oʻsha standart talablarini bajarish tomon yoʻnaltirilgan boʻlardi. “Novda”ning darsliklari nimaning ustiga qurilgani noma’lum. Qayerga ketayotganimizni ham koʻra olmaymiz.

Qaytaraman, “Novda”ning darsliklariga asos boʻlgan standart va oʻquv dasturlari qani? Ularni kim (vijdoniga qoʻshib) yeb qoʻydi?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻquvchilar berilgan hikoyani bir-birlariga aytib berishyapti.

Vazifa shunday:

Oʻzingizga berilgan hikoyani oʻqib, sherigingizga aytib bering.

Sinfning yarmiga bir hikoya, boshqa yarmiga boshqa hikoya berilgan.

Yuqorida tashlangan "Diydor" hamda "Gʻaroyib haykal" hikoyalari tanlangan.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#imlochi

Oʻquvchilarimga shunday qilib "X" va "H"li soʻzlar berib turaman. Avval 30 ta bergan edim. Har ikki darsda soʻrayverdim, oʻsha 30 tani yodlashdi. Endi avvalgi 30 ta soʻzdan 20 ta olib, unga yana 20 ta yangi soʻz qoʻshib, berdim. Buyogʻiga shularni takrorlaymiz.

"X" va "H"ni farqlashning universal formulasi yoʻq, shuning uchun yodlash yagona yechim, deb oʻylayman. Bu yil jami 100 ta soʻzni yodlashni reja qilganmiz.

Bular qatnashgan oʻyinlar ham yasayman, sizlarga ham ulashishga vaʼda beraman.

Bu topshiriqda oʻquvchilar avval oʻzlari toʻgʻri deb bilganlarini aylanaga oladi. Siz tekshirib berasiz. Oʻquvchilar oʻsha tekshirilgan nusxa asosida yodlashadi. Har darsda soʻrab turish bilan esdan chiqmaydigan qilib yodlatsa boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ustozlar shu topshiriqni nima qildinglar?

Masalan, choy soʻzining harflari oʻrnini almashtirib qanday soʻz yasasa boʻladi? Boʻlishi mumkin boʻlgan kombinatsiyalar:

ochy
oych
chyo

Pilladanchi? Nima yasash mumkin?

Izohlarda nima usul qoʻllaganingizni yozib ketsangiz xursand boʻlamiz.

Shaxsan men tashlab ketib qoʻya qolardim. Chunki topshiriq mavzuga aloqador ham emas ekan.

Aytganday, "kompyuterchi akalarning xatosi" sabab 26-mashqdagi koʻm-koʻk soʻzida chiziqcha qolib ketibdi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

“Ismi sharif”ning “sharif”i

Ismi sharif – izofali birikma. Dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, adoyi tamom, shahri azim kabilar izofali birikmalardir. Forsiy izofalarda oldin ot, keyin sifat keladi, o‘zbekchada buning teskarisi. Solishtiring: shahri azim – azim shahar, dardi bedavo – davosiz dard.

Ismi sharif birikmasi tarkibidigi ism shaxsiy nomni bildiradi. Sharif so‘zi arab tilidan kirgan, o‘zbekchada muqaddas, aziz; tabarruk maʼnolarida qo‘llanadi. Ismi sharif – aziz ism, tabarruk ism degani:

Menkim, Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi, o‘z hukmimni xoqon ibn xoqon janobi oliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshittiraman.

A. Qodiriy, “O‘tkan kunlar”.

Bu birikma ko‘pincha ism-familiya, ismi va familiyasi yoki ismi va otaismi maʼnosida qo‘llanadi. Lekin bu – xato. Chunki sharif so‘zining familiya yoki otaism degan maʼnosi yo‘q. Bu xato shunchalik ommalashib ketganidan hatto qonunlar tiliga ham ko‘chib o‘tgan. Ruscha otchestvo so‘zini o‘zbek tilida otaism so‘zi ifodalaydi. Ayni shakldagi so‘z lug‘atlarimizga endi kirdi. Oldin ota ismi, otasining ismi, ota oti, otasining oti kabi birikmalardan foydalanilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqsak, FIO qisqartmasi o‘rnida FISH qisqartmasini ishlatish ham xato.

daryo">Manba

Muallif: Orif Tolib

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Nahotki oʻqituvchi boʻlib ishlash va bir vaqtning oʻzida sogʻlom va baxtli boʻlib qola olish mumkin boʻlsa?
Timoti Uoker, “Finlandiya ta’lim moʻjizasi” kitobidan

Yaxshi ta’lim tizimi deyilganda koʻz oldimga oʻqituvchi va oʻquvchining baxtli, ortiqcha stresslarsiz, darsdan boshqa narsani oʻylamaydigan tizim keladi. Ana shundagina nimagadir erishish mumkin. Agar inson baxtni har daqiqa his etib turmasa, uning muvaffaqiyatli bir pul, deb hisoblayman.

Timoti Uoker ham “Finlandiya ta’lim moʻjizasi” kitobida fin ta’limi yutuqlarining negizida tenglik, malakali (kamida magistr boʻlgan va ilmiy ish yozgan) oʻqituvchilar, pedagogikani yaxshi tushunadigan rahbarlar, bolalarning jismoniy sogʻlomligidan bir qatorda jamiyatning baxtli hayot kechirishini ham aytib oʻtadi.

Biz ta’limda yaxshi natijaga erishish uchun eng birinchi navbatda jamiyatning stresslarsiz (yoki kamroq stress bilan) hayot kechirishini ta’minlashimiz zarur. Ana shunda ta’lim ishtirokchilarida oʻrganish ishtiyoqi tugʻiladi. Ta’lim jarayoni quvnoq va “toza” boʻlgandan keyin ta’lim ham samarali kechadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bugun sizlarga bir kanalni tavsiya qilmoqchiman. Muallifning aytishicha,

Ushbu kanal faqatgina oʻganish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va kitob tahliliga bagʻishlangan boʻladi. Aql oʻrgatish, hech kim amal qilmaydigan qoidalar-u, siqilganlar uchun motivatsiya emas.

Bu kanalni koʻproq oʻquvchilarga tavsiya qilaman. Kanalimni kuzatadigan oʻquvchilarim, sizlar qoʻshilib olishingiz shart, deb oʻylayman.

Kanal egasining xulosalaridan biri:

Marafonga tayyorgarlik koʻrishni musobaqadan bir kun oldin boshlasangiz, oyoq mushaklaringiz qanchalik azob chekishini tasavvur qiling. Shuning singari, matematika va tabiiy fanlarni oxirgi daqiqada yodlab olib, imtihondan yaxshi oʻtib boʻlmaydi.

Tavsiya qilaman.

Kanal manzili: @nurhayotiysblog

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bugun 9-sinflar bilan shu ikki hikoyani oʻqiyapmiz.

Sinfning yarmiga "Diydor"ni, qolgan yarmiga "Gʻaroyib haykal"ni berdim.

Oʻquvchilar hikoyani oʻqib, sinfdoshlariga quyidagilar asosida gapirib berishi kerak.

1. Hikoyaning syujeti
2. Hikoya nima haqida (asoslari bilan)
3. Hayotda ham shunaqasiga guvoh boʻlishganmi, qanday?

Sinfni ikkiga boʻlib qoʻyish ham mumkin, "Diydor"chilar va "Gʻaroyib haykal"chilar. Jamoaviy javob berib, bir-birlarini toʻldirsa ham boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻzi mana bu testdan qon bosimim oshib turganda dard ustiga chipqon boʻlgan yana bir test.

Qanday muammolari borligini yozib qoldiring. Tahlil qilamiz.

P.S. shuncha paytdan beri bu tizimda malaka oshirganlarga rahmim kelmoqda. Bu tizimda sertifikat olishgacha yetib bora olganlar - sizlar qahramonsiz, azizlar!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

onlinedu.uz platformasida malaka oshirar ekansiz, dastlab diagnostik testdan oʻtishingiz kerak ekan. Bunaqa bosqich borligi juda yaxshi, xursandman. Ammo muammo boshqa narsalarda.

Birinchidan, diagnostik testlar umuman talabga javob bermaydi. U testlar mening oʻqituvchilik malakamda qanday muammolar borligini toʻgʻri oʻlchab bera olmaydi.

Ikkinchidan, diagnostik testlar tugab, natijalar chiqqach, tizim hech qanday kurs taklif qilmadi. Men oʻylagandimki, diagnostik testdan soʻng boʻshliqlarimni toʻldiradigan kurslar taklif qilinadi. Oʻsha kurslarni oʻqishim kerak boʻladi (oʻzi diagnostik testning maqsadi shu boʻlmogʻi kerak). Afsuski, hech nima boʻlmadi. Shunchaki natijalarni koʻrsatib qoʻya qolishdi. Bundan tashqari, nimani toʻgʻri, nimani xato yechganimni ham koʻra olmas ekanman - naqadar adolatsizlik.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktabdagi darslarimni #imlochi, #soʻzlovchi, #yozuvchi, #tinglovchi, #oʻquvchi deb nomlangan 5 qismga boʻlib oldim. Har darsimni shulardan biri yoki ikkisiga bagʻishlayman. Har biri uchun alohida topshiriqlar ishlab chiqaman.

Kanalda shularni ham ulashib borishga qaror qildim.

Vaqti kelib bularni alohida kitob holida ham nashr qildirmoqchiman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Koʻchirmakashlikka qarshi kurashda oʻquvchilarni alohida oʻtqazish, hamma uchun alohida variantlar ishlab chiqish, koʻchirganlarni bahosiz qoldirish kabi texnik usullar foyda bermaydi.

Koʻchirmakashlik gunoh ekani, oʻzini hurmat qilmaslik, gadoylik ekanini qonga singdirmoq lozim. Millatning katta-yu kichigi ongida koʻchirish eng katta uyatlar roʻyxatida turishi kerak (masalan, koʻchaga ishtonsiz chiqish kabi).

P.S. rasm nomi: Yosh dasturchilarni tarbiyalash usuli

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

6-sinf oʻqituvchilari diqqatiga

"Raqamlashgan dunyo" mavzusida audiomatn yoʻq.

120-betdagi audiomatn belgisini qoʻyilgan topshiriq quyidagicha bajariladi:

1. Oʻqituvchi oʻzi ushbu soʻzlarning talaffuzi qanday boʻlishini koʻrsatib beradi.
2. Oʻquvchilar oʻqituvchining talaffuzi asosida soʻzni toʻgʻri aytishni oʻrganadi.
3. Soʻzlar va berilgan mazmunlar oʻzaro moslashtiriladi.

Audiomatn belgisining qoʻyilishi sababi - oʻquvchilar bu soʻzlarning talaffuzini eshitib oʻrganishlari kerak boʻlgani.


@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Marhamat, qanday darslik yozmaslik kerakligi boʻyicha masterklass.

Uyga borvolay, shu dars haqida aytarlarim bor.

Komil aka ancha ayab yozibdi.

P.S. rasmda 3-sinf "Oʻqish" darsligidan parcha.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xususiy maktablarda oʻquvchilar turli sabablarga koʻra ketib qolishi kuzatilib turadi. Bu aksar hollarda moliyaviy sabab boʻladi. Ammo shaxsan men har bir ketadigan oʻquvchining ketishida oʻzimni aybdorday his qilaveraman. Balkim men yaxshi dars oʻtmaganim uchun bezib qolgandir, balkim uni ortiqcha qiynab yuborgandirman, balkim fanimga qiziqtira olmagandirman, balkim... Undan keyin oʻsha oʻquvchi qayerga ketdi ekan, u yerda nimalarni oʻqitisharkin, ona tilidan qaysi qoidalarni oʻrgatisharkin-u, adabiyotdan qaysi asarni oʻqitisharkin, deya oʻylab ketaman.

Xullas, nima sabab bilan boʻlsin ketgan har bir oʻquvchi men uchun qiynoq. Bundan yaxshiroq oʻqituvchi boʻla olganimda balkim ketmasdi, men oʻzimni yaxshi koʻrdira olmaganmanki, ketib qoldi, deb oʻylayveraman.

Bular balandparvoz gaplar emas, kimdir maktabimizdan ketsa doim ichimda nimadir uziladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Shu kunlarda oʻzbek blogosferasida rus psevdo tarixchisining oʻzbek degan millat 1917-yilgacha mavjud emas edi degan ahmoqona iddaosi muhokama qilinmoqda. Oʻzbek rasmiylaridan jiddiyroq chora soʻralmoqda. Men jiddiy hech narsa kutmayapman. Chunki ahvolimizni koʻrdim, ta’lim boʻyicha boʻlayotgan oʻzbek-xitoy hamkorligi konferensiyasidan olingan rasmga qarang, xitoycha va ruscha yozuvlar. Nega xitoycha va oʻzbekcha emas? Faqat xitoycha boʻlganda ham tushunardim. Nimaga oʻzbekchaning oʻrnida ruscha turibdi? Xulosam, biz siyosiy elitamizni ruslarga yutqizib boʻlganmiz.

Hurmatli blogerlar, ruslarga nisbatan nimadir chora koʻrilishini kutishdan oldin oʻzimizning oʻzimizga munosabatimizni aniqlab berishlarini soʻrasangiz toʻgʻri boʻlardi. Biz oʻzimizni hurmat qilamizmi? Biz oʻzimizni millat sifatida tan olamizmi?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Izohlarda yaxshi variant keldi:

Sharti xato berilgan. Birinchi harflarni almashtirib yangi soʻz yasang boʻlishi kerak. Shunda pilla - tilla, palla - salla, choy - loy boʻladi.

Menga yoqdi bu izoh.

Avval ham bir ikki xatolarni aytsak, kompyuterchi akalarga agʻdarishgandi. Bu safar ham shunday boʻlgandir. Matnni kompyuterda terayotgan aka xato yozvorgan. Aslida bunaqa boʻlmagan shart.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#soʻzchi

Koʻpchilik "shaʼma" degan soʻz bor, deb oʻylaydi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bir voqea esimga tushdi

Namangan viloyatiga tajriba-sinov oʻtkazish uchun ketyapmiz. Yonimda abituriyentlar tayyorlash bilan mashhur boʻlgan ikki ustoz (Ahror akani Alloh rahmat qilsin!). Ahror aka davlat maktabidan dars olgani, oʻzini oʻrganishni istamaydiganlar orasida ham sinab koʻrgisi kelganini aytib qoldi.

Shokir, oʻquvchilar oʻqishni istamaydi deymiz-u, oʻzimizda ham ayb bormi deyman-da. Mana, men ishlayotgan maktabda hamma bezor boʻlgan sinfda dars oʻtyapman, natijalar koʻrina boshladi. Qolgan oʻqituvchilar nuqul noliydi shu sinfdan. Men eplayapman-ku, demak ayb bolalarda emas.

Men javob bergandim, ustoz siz hayotingizdan mamnunsiz, maktabdagi ishingiz oʻzingizni sinash uchun, u ish sizning bor yoʻgʻingiz emas. Shuning uchun ham sizda motivlar boshqacha. Siz maktabdagi boshqa ustozlarda baxtliroq (ham oilada, ham ishda) boʻlganingiz uchun ham bolalar darslaringizga qiziqadi. Bundan tashqari, siz hech kimga nimanidir isbotlashga majbur emassiz, chunki shuncha yilda minglab oʻquvchilaringiz OTMlarga kirishgan, bu tomondan ham koʻnglingiz toʻq.

Haaa, yana qaytaraman, baxtiyor ustozlar mavjud boʻlmas ekan, yaxshi ta’lim ham mavjud boʻlmaydi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#imlochi

Boʻgʻin koʻchirish qoidalarini oʻrgatgandan keyin ushbu topshiriqlarni berib, oʻquvchilarning oʻzlashtirgan yoki oʻzlashtirmaganini aniqlab olsa boʻladi. Bu topshiriqlardan mashq qilish maqsadida ham foydalansa boʻladi.

P.S. izohlarda kalitni ham tashlab qoʻyaman

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Uyga vazifaga mana bu hikoyani berib yubordim.

Oʻquvchilar hikoyani oʻqib, oʻzlari asarning mohiyatini ochib berishga moʻljallangan savollar tuzib kelishlari kerak boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Test, test deganda esimga tushib ketdi - PIIMA tizimidagi maktablarga qabulning test spetsifikatsiyalarini e'lon qilishni oʻylab koʻramiz deyishgandi. Shu masala nima boʻldi ekan? Hali oʻylab oʻylariga yetishmadimikan. Test spetsifikatsiyasining muhimligi haqida mana bu, mana bu va mana bu yerda yozganman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

onlinedu.uz platformasidagi mana bu testga diqqat qiling. Sizningcha, bu test nimasi bilan qon bosimimni oshirmoqda?

P.S. testda belgilangan javob notoʻgʻri

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Avloniy instituti onlinedu.uz saytidagi "Elektron portfolio" boʻlimini nima maqsadda qoʻshganini umuman tushuna olmayapman. Faylni yuklaganimga bir oycha boʻlib qoldi. Hamon koʻrib chiqish bosqichida. Agar koʻrib chiqmasalaring nima qilasizlar bunaqa boʻlim qoʻshib, odamni umidvor qilib.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#soʻzlovchi

Oʻzi haqida gapirishning ayrim mavzulari.

Qogʻozni oʻquvchi soniga qarab chiqardim, kesdim, teskari qilib qoʻyib hamma kelib bittadan olib ketishini aytdim.

Tayyorlanish uchun 5 daqiqa berdim.

Har bir oʻquvchini eshitdim, xatolarini tushuntirib ketdim.

Hech kimga baho qoʻymadim, hamma bir-biridan va mendan oʻrgandi. Keyingi safar xuddi shu mavzuda qayta soʻzlab berishlarini, oʻshanda baho qoʻyishimni aytdim.

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻquvchilar oʻzlarini militsiya, ota-ona yoki yomon baho bilan qoʻrtiqishlarini istashmaydi. Ular bundan stress his qilishadi. Buning oqibatida turli yomon ishlarga qoʻl urishlari ham mumkin.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu hafta oʻquvchilar bilan oʻzi haqida gapirishni mashq qilyapmiz. Savollar orasida maktabi haqida gapirish ham bor. Bugun eshitganim va meni ta'sirlantirgan ikki gapni sizlarga ham aytib qoʻyay dedim:

- bu maktabda ustozlar boʻlar-boʻlmasga baqirmaydi, urishsa ham baqirmasdan urishadi;

- ustozlar bahoni doim haqqoniy qoʻyadi, toʻpolonchilar ham yaxshi baho olishi mumkin
.

P.S. men "Sodiq School" xususiy maktabida ishlayman

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel