birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

Oʻqituvchilarni attestatsiyadan oʻtkazishga moʻljallangan testlarning spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi. Kirib koʻrdim. Savollarim quyidagicha:

1. Men universitetga kirayotganimda ham deyarli shu spetsifikatsiyada koʻrsatilgan sohalardan test topshirgan edim. Olti yil oʻqidim, pedagogikani oʻrgandim. Bir necha yil oʻqituvchilik ham qildim. Shulardan keyin malakamni isbotlash uchun abituriyentligimda yechgan testlarim berilishi qanchalik toʻgri? Agar shunaqa boʻladigan boʻlsa, oʻqishga kirishda yechgan testlarim natijasini hisoblab qoʻyaveringlar.

2. Foydalaniladigan adabiyotlar maktabdagi ona tili va adabiyot darsliklaridan iborat. Shunda men universitetda oʻqigan shuncha bilim keraksizmi? Menga maktab bitiruvchisiga beriladigan testni berish qanchalik toʻgʻri?

3. Spetsifikatsiyaga qarasak, mening faqatgina grammatika, adabiyot nazariyasi va oʻqib tushunish sohalari boʻyicha koʻnikmam tekshirilar ekan. Pedagogika nazariyasi boʻyicha bilimlarim-chi? Oʻqituvchilik qilishim uchun eng muhimi grammatika, adabiyot nazariyasi yoki matnni oʻqib tushuna olishim emas, oʻquvchilarga nimani, qanday oʻrgatish maʼqul ekanini bilishim emasmi?

Xullas, yana xotirani tekshiradigan testlardan iborat imtihon ekan (ozgina oʻqib tushunishni aytmasa). Men bunday test bilan oʻqituvchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni qoralayman.

P.S. bu yerda "Otamdan qolgan dalalar"dagi Jamoliddinning koʻp aytadigan gapi bor

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Shu kunlarda kimnidir qaysidir tuman hokimligidan ozod qilingani haqida koʻp oʻqiyapman.

Jumla juda ajoyib: "hokimlik lavozimidan ozod qilindi"

Ha, aynan ozod qilindi. Hokimlik shunday lavozimki, sen hech qachon ozod emassan. Hokimlikdan ketsang ozod boʻlasan deyilmoqchiday goʻyo.

"Boʻshatildi" deyishsa nima qilarkin, deb oʻylayman. Ortidan yana oʻy keladi, odatda hayvonlarning arqoni boʻshatiladi. Hokimlar kuchuk yoki hoʻkiz emas-ku boʻshatib yuborilsa.

Xullas, nima deyilsa toʻgʻri, sizningcha?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kirill va lotin yovudagi qoʻllanmalarda sananing shaklidagi oʻzgarish bilan birga hujjatlarda sananing joylashuvida ham oʻzgarish boʻlibdi.

Sananing shakliy oʻzgarishini tushungan edim, lekin joyi nega oʻzgarganini tushuna olmadim. Ammo oʻquvchilarimga bu oʻzgarish haqida yetkazib qoʻydim.

Endi hujjatlarda sanani pastki chap tomonga yozmaslik kerak ekan.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Tarqatilgan xabarlarga koʻra endi maktablarda ikkinchi xorijiy til ham oʻqitilar ekan.

Qiziq, shu paytgacha nechta til oʻqitilayotgan edi? 1 ta boʻlsa u ingliz tilimi? Rus tili-chi? U xorijiy til emasmi?

Oʻzi shu rus tilining maqomini hech aniq qilmadik-da. U xorijiy til boʻlmasa, davlat tili boʻlmasa, qardosh til boʻlmasa, qanday til? Ogʻalar tilimi?

Yana bir savol, nega roʻyxatda koreys, xitoy, nemis, yapon, fransuz tillari bor-u koʻpchilik istayotgan arab tili yoʻq. Arab tilini oʻrgatishni davlat oʻz nazoratiga olgani yaxshi emasmi? Arab davlatlarida yaxshi ishlar koʻp. Masalan, hindlar arab davlatlarida juda koʻp ishlashadi.

Demak savollar ikkita:

1. Rus tili xorijiy tilmi?
2. Arab tili nega roʻyxatda yoʻq.

Bilaman, javob berilmaydi, savol bermay turolmasam nima qilay?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻquvchilarimga koʻp aytaman, internetdan oʻrganma, ustozdan oʻrgan.

Internetdagi ustozdan ham oʻrganma, aksar hollarda ularning kallasi boʻm-boʻsh boʻladi.

Mana bu ham oʻzicha aqlli gap yozgan-da.

Elmurod Haqnazarov aytganday, bunaqalar maktab ixtiro qilinganiniyam bilmasa kerak.

Yana 5500 dan ortiq odam yoqdi degan tugmani bosgan.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boʻlmagan voqea

Davomi, boshi bu yer va bu yerda

Hokimiyat binosi:

- Hokim buva, maktabdagi murabbiy pedagoglarga qoʻshimcha haq toʻlashda qoʻllab yuborsangiz, xursand boʻlardik.

- Nima? Yana qanaqa qoʻshimcha haq?

- "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi qonun boʻyicha deyman.

- Hozir, qonunni bir oʻqiy-chi... Hmm, ha bu yerda "toʻlansin" demabdi-ku, "toʻlanishi mumkin" debdi, majbur emas ekanmiz. Bundan tashqari, oʻzi hokimligimiz byudjetining tagi koʻrinib qoldi, yaqinda futbol jamoamizga 4-5 mlrd. berdik, qiynalib qolishibdi, chempion boʻlgan bokschiga uy bilan moshin oberdik. Endi ustozlar shunaqa payt tixirlik qilmay tursa boʻlardi...

- Tushundim, hokim buva!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Sud binosida:

- Assalomu alaykum, men pedagogman. Koʻchada ketayotganimda falon odam meni haqoratladi, yuzimga musht tushirdi. Ustidan arz qilmoqchiman.

- Yaxshi, marhamat, davlat bojini toʻlab qoʻying.

- Axir men pedagogman, mendan boj olinmasligi kerak.

- Hurmat(siz)li pedagog, qonunda "oʻzining kasbiy faoliyatini amalga oshirayotganda" deyilgan, siz koʻchada kaltak yebsiz, demak bojni toʻlaysiz.

- Haa, tushunarli...

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Davlat tilini rivojlantirish departamentiga tezkor munosabat uchun katta rahmat! Sanalgan muammolar deyarli hal etilgan. Endi rasmiy saytdan quyidagilarni yuklab olsangiz boʻladi:

O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati

O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati

O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati

Kimyo atamalari izohli lug‘ati

O‘zbek tili frazeologik lug‘ati

O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati

O‘zbek xalq so‘zlari

Yuridik terminlarning ruscha-o‘zbekcha lug‘ati

Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati kitobi

Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati

Diplomatik terminlar izohli lugʻati

Tibbiy atamalar lugʻati

Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati

O‘zbek tilining imlo lug‘ati (kirill)

Davlat tilida ish yuritish (lotin)

O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish metodikasi

"Jadid" gazetasi sonlari

Ana sizlarga shuncha boylik.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Qiziq, Davlat tilini rivojlantirish departamentining rasmiy saytida "Oʻzbek tilining imlo lugʻati", "Davlat tili ish yuritish" amaliy qoʻllanmasi kabi kitoblarning faqatgina kirill alifbosidagi nusxasi qoʻyilgan. Ularning lotin yozuvidagi nusxalari ham bor-ku! Nega departament buni qoʻymagan? Unga mablagʻ ajratishmaganmi?

Davlat tilini rivojlantirish departamenti oʻtgan yili ancha sermahsul ishladi. Koʻplab lugʻatlar, qoʻllanmalar nashr etildi. Ammo ular faqat qogʻoz koʻrinishida qolmoqda. Departament kitoblarni davlat ajratgan pullar hisobidan tayyorlaydi, chop etadi. Kitoblarga ketadigan mablagʻ soliq toʻlovchilarniki ekan, kitoblar har bir soliq toʻlovchiga yetib borishi uchun harakat qilmoq kerak. Buning eng osoni ularning PDF nusxasini saytga joylab borishdir. Agar nusxa koʻchirish imkoni boʻlgan PDF nusxalar rasmiy sayt orqali tarqatilsa, turli dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilari shu lugʻatlarni elektronlashtirish, undagi ma'lumotlarni platformaga joylash (masalan, onlayn lugʻatlar yaratish) ishlarini oʻzlari qilishadi. Ulardagi asosiy muammo - ma'lumot kamligi.

Oʻylaymizki, departament xodimlari bu muammoga yechim topishadi. Ularga saytni normal yuritish uchun mablagʻ ajratmayotganlar ham bir qur oʻylab koʻradi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Alisher Qodirov 3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun taʼlim va televideniyada rus tili nomutanosib darajada koʻp ekanini taʼkidlar ekan yechim sifatida boshlangʻich taʼlimni ona tilida oʻqitish boʻyicha norma qonunga kiritilishi mumkinligini aytadi.

Shu fikrlari haqida oʻzimning shaxsiy qarashlarimni yozdim:

Maqolani toʻliq oʻqish

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Koʻpchilik sana yozganda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyadi:

1. Sana soʻzini notoʻgʻri qoʻllash
Aksar odamlar sana deganda faqatgina kunning oʻzini tushunar ekan. Menimcha, sana bu – yilning qaysi kuni ekanligi. Yil, kun oy birgalikda sanani tashkil etadi.

2. Sanani xato yozish
Aksar oʻzbeklar sanani kun, oy, yil tartibida yozib qoʻyadi – 29-yanvar 2024-yil tarzida. Bu usul oʻzbek tilining uslubiga xos emas. Oʻzbek tilida sana aytilganda avval yil, keyin kun, keyin oy aytiladi. Shuning uchun 2024-yil 29-yanvar, deya yozish toʻgʻri boʻladi.

3. Sanani xato qisqartirish
Koʻpchilik sanani kun, oy, yil tarzida qisqartirar ekan – 29.01.2024. Bu Britaniya ingliz tilisi yoxud rus tili uslubi hisoblanadi. Ularning ogʻzaki nutqida ham avval kun, keyin oy, keyin yil aytiladi. Qisqartirishlari ham shunga hamohang. 01.29.2024. deya qisqartiradiganlar esa Amerika ingliz tilisi qoidasiga amal qilishlarini bilishmasa kerak.

Oʻzbek tilida avval yil, keyin kun, keyin oy aytilar ekan, qisqartirish ham shunga mos boʻlishi kerak – 2024.29.01. Bunday qisqartirish usuli amalda ekanini Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2020-yilda chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasidan bilib olsa boʻladi. Istalgan hujjat ostiga qoʻyilgan sanan yil, kun, oy tartibida.

Koʻpchilik ona tili darslarida sanani soʻz bilan yozish majburiymi deb soʻraydi, shaxsan men bunday tartibga duch kelmaganman. Oʻqituvchi nimani istasa shuni qilaveradi. Soʻz bilan yozilsin, degan tartib biror hujjatda koʻrsatilmagan. Tavsiya etilgan boʻlishi mumkin (fan xususiyatidan kelib chiqib). Lekin men har doim qisqartmasidan foydalanaman va buni fojia deb hisoblamayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Mana bu gaplar rost boʻlsa, ChSB va BSB degan baholash tizimi barcha maktablarga kirib boradi. Katta ehtimol, butun taʼlim tizimining oyogʻi osmondan boʻlib ketadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqoridagi postlarning (1, 2, 3, 4, 5) davomi

Endi hurmatli oʻquvchi, oʻzingiz xolisona ayting, mana shugina bilan 45 daqiqani toʻldirish mumkinmi?

Yana oʻsha xolisligingizni ishga solib ayting-chi, bu dars bilan oʻquvchida doston haqida tasavvur hosil qilish mumkinmi?

Aksincha, unda savollarni koʻpaytirib tashlamayapmizmi?

Oʻquvchining 45 daqiqasini havoga uchirmayapmizmi?

Uni fandan bezdirib qoʻymayapmizmi?


Mutaxassis sifatida aytamanki, bu dars hech qanday pedagogik, metodik talablarga javob bermaydi. Na oʻquvchining yoshi hisobga olingan, na metodik yondashuv toʻgʻri tanlangan, na topshiriqlar samarali.

Bu darslikni “Qanday darslik yozmaslik kerak” nomli kursda bemalol qoʻllasa boʻladi, shedevr mahsulot boʻladi.

Oxirida, shu darslikni yozganlarga, taqrizlaganlarga, tasdiqlaganlarga yana bir savol bermoqchiman:

U Y A L M A Y S I Z M I ?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqoridagi postlarning (1, 2, 3) davomi

Eng qizigʻi shundaki, ushbu taʼrif shunchalik universalki, uni boshqa janrlar uchun ham qoʻllasa boʻladi:

Roman – epik turga mansub badiiy asar. Oʻzbek adabiyotida keng tarqalgan. Romanda muayyan voqea hikoya qilinadi. Undagi voqea keng koʻlamda boʻlib, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi.

Xuddi shuni sheʼriy romanning taʼrifiga aylantirish uchun epik soʻzini liro-epik bilan almashtirish kifoya.

Hamma janrni yozib oʻtirmadim, qolganlarini oʻzingiz moslab olarsiz.

Qiziq, nega mualliflarimiz 3-sinfga dostonni berishgan-u, romanni berishmagan? Berish kerak edi.

Yana ham qizigʻini aytaymi, dostonga berilgan taʼrif darslikda berilgan doston parchasiga mos emas.

Taʼrifga koʻra dostonda muayyan voqea hikoya qilinardi. Xoʻsh, berilgan parchada qaysi voqea hikoya qilindi?

Dostondagi voqea keng koʻlamli boʻlishi va unda bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etishi kerak edi. Qani keng koʻlamli voqea? Hamid Olimjonning buvisi aytib bergan ertaklarning eng esda qolgan joylarini bir-bir eslagani keng koʻlamli voqeami? Qani dostondagi bosh qahramon. Ha-ya, uzr, axir Hamid Olimjon va uning buvisi bor-ku. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoning bosh qahramonlari shular-ku. Toʻgʻri-da, Hamid Olimjon boʻlmaganda bu doston ham boʻlmasdi, buvisi boʻlmaganda Hamid Olimjon ham boʻlmasdi.

Taʼrifda aytiladiki, dostonda personajlar koʻp boʻladi. Qani bu parchada personajlar? Yoki muallif eslab oʻtgan turli ertaklarning bosh qahramonlari bu dostonning personajlarimi?

Shunda mualliflar oʻziga oʻzi qarshi chiqyaptimi?

Buvim biror ishni toʻgʻri qila olmasam, “qayering bilan oʻylading”, – derdi, rahmatli.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqoridagi postning davomi

Mayli, hamma qarshi faktorlarga qaramay 3-sinfda oʻquvchiga dostonni tushuntirmoqchi boʻlishibdi. Darsning strukturasiga diqqat qilamiz:

1. “Oygul bilan Baxtiyor” dostonidan parcha.
2. Matn asosida 6 ta savol.
3. Doston atamasiga taʼrif.
4. Topshiriq.
5. Uyga vazifa.


Birinchi asabimga buzgan nuqta – tanlangan dostonning eng dostonmas qismi parcha sifatida berilgan. Bu qismda hech qanday doston elementlari mavjud emas. Hamid Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini yozishiga sabab boʻlgan xotiralarni eslayapti xolos. Haqiqiy doston hali boshlangani yoʻq. Qaysi buyuk tafakkur bilan shunday qilingan? Bu parchada dostonning qaysi elementi mavjud? Kamida qul Tarlon Oygulni qochirib, sandiqqa solib oqizib yuborgan joyigacha berish kerak edi (aslida doston shunday janrki, uni toʻliq bermasa foydasi yoʻq).

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Mezonlarga asoslangan baholash boʻyicha soʻrovnoma boʻlayotgan ekan.

Sal savodli odamga yozdirmabsizlar-da.

Tutuq belgisi va teskari tirnoqni belgilamay qoʻya qoldim.

Oʻzbek tili (umuman, oʻzbek) degan soʻz qanday yozilishini bilmaydiganlar taʼlimda ishlashga haqli emas, deb oʻylayman. Mafkuraga zid bunday shaxslar.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻqituvchilar oyligi haqida yana bir ma’lumot:

5 yil avval oʻqituvchilarning maoshi respublika boʻyicha oʻrtacha maoshning 79 foizini tashkil etgan. 2023-yilda esa bu koʻrsatkich 69 foizni tashkil etgan. Ya’ni 5 yilda oʻqituvchining moliyaviy holati yomonlashgan xolos.

Oʻqituvchining real oyligi oshmaganini, oʻqituvchining oyligini oshirdik degan barcha gaplar manipulyatsiya ekanini avval ham aytgan edim.

P.S. ikki marta aytgan ekanman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bir necha kun oldin “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining o‘zbek-lotin yozuvidagi nusxasi borligi, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tayyorlangani, ammo ochiq manbalarda elektron shaklda yo‘qligi haqida yozgandim. Keyinroq departament men aytgan qo‘llanmaning elektron nusxasini o‘zining rasmiy saytiga joyladi.

Qo‘llanma bilan tanishib o‘tirib, bir nuqtaga diqqat qildim:

Kirill yozuvidagi qo‘llanmada:
«Сана». Имзо чекилиш санаси, тасдиқлаш санаси, розилик санаси, шунингдек, матн ичидаги саналар рақам усулида расмийлаштирилади. Саналар араб рақамларида алоҳида сатрда кўрсатилади. Масалан: 2012.25.01; 2014.21.12.
Молиявий маълумотлардан иборат бўлган ҳужжатлар матнида сана кўрсатилганда, сўз билан ифодаланган сана қўйилади. Масалан: 2012 йил 25 январь; 2013 йил 20 декабрь


Lotin yozuvidagi qo‘llanmada:
«Sana». Imzo chekilish sanasi, tasdiqlash sanasi, rozilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar so‘z bilan ifodalangan sana usulida rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqamlarida alohida satrda ko‘rsatiladi. Masalan: 2018-yil 25-oktyabr; 2019-yil 21-dekabr.
Moliyaviy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hujjatlar matnida sana ko‘rsatilganda ham so‘z bilan ifodalangan sana qo‘yiladi. Masalan: 2018-yil 25-yanvar; 2019-yil 20-dekabr.


Farqni ko‘rdingiz-a? Hujjatlarda sanani faqatgina raqam bilan yozish (2024.05.02) bekor qilinyapti. Buni turli chalkashliklarni oldini olish uchun bo‘lsa kerak deb tushundim (kitobda bunga hech qanday tushuntirish berilmagan). Masalan, 2024.05.02. deb yozilganda 5-oy 2-kunmi, 2-oy, 5-kunmi aniqlash qiyin bo‘ladi. Hamma ham to‘g‘risi qanday ekanini bilmaydi. Buning oldini olishning eng zo‘r usuli 2024-yil 5-fevral ko‘rinishida yozishdir.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Telegramning "Premium" tarifini ishlatadigan kuzatuvchilardan iltimos, shu yoʻnaltma orqali oʻtib, qoʻllab yuborsangiz, kanalda yangi, qiziq-qiziq imkoniyatlar paydo boʻlarmish.

Diqqat! "Premium" ishlatmasangiz bosgandan foyda yoʻq.

/channel/birgap?boost

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Matbuotimiz boʻm-boʻsh. Bankrotmi deyman.

Boʻsh boʻlgandan keyin boʻm-boʻsh boʻladi-da.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boʻlmagan voqea

Davomi, boshi bu yerda

Maktab direktorining xonasi:
- Marketjon Indamaybajardiyevich, xabaringiz bor, universitetni bu yil bitirib kelgan hamkasbimizga murabbiylik qilyapman. "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida"gi qonun boʻyicha menga qoʻshimcha haq toʻlanishi kerak ekan, bolamni Prezident maktabida oʻqitmoqchiydim, shunga repititorga ozroq qiynalib qoldik, shu huquqimdan foydalansam...

- Ustozjon, men tepadagilar bilan bir gaplashay, natijasini aytvoraman.

Shahar MMTB binosi:

- Befarq Ustozmasov, oʻzingizdan qolar gap yoʻq, bizdagi pedagoglarga murabbiylik qilayotgan xodimlar yangi qonun boʻyicha qoʻshimcha haq soʻrashyapti, shuni nima qilaylik?

- Bilasiz-ku, davlatimiz puli ancha kamaygan, byudjet tanqisligi haqida oʻqiyotgandirsiz, buning ustiga katta-katta anjumanlar oʻtkazdik, oʻzimas bir kishiga bitta somsani 70.000 dan olib berish. Bundan tashqari, yangi "fincha" darsliklarga ham ancha-muncha pul ketdi. Oʻqituvchilar shunaqa payt davlatga yordam bermasa qachon beradi. Qoʻllab yuborishsin, chidashsin, yotigʻi bilan tushuntiring, tushunishadi, shuncha yildan beri tushunishyapti-ku. Axir qonunda ham "toʻlansin" deyilmagan, "toʻlanishi mumkin" deyilgan.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Qiziq, bu hujjatda pedagoglarga (boʻlib ham davlat taʼlim tashkilotlarida ishlasa) majburiy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtish, farzandlarini maktabgacha taʼlim muassasalariga navbatsiz joylash hamda oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik qobiliyatini himoya qilib sudga murojaat qilganda boj toʻlamaslikdan boshqa hech qanday ijtimoiy himoya imkoniyati berilmagan-ku. Nima keragi bor edi alohida qonun qabul qilib, bular shunchaki VM qarori bilan ham yurib ketadigan narsalar edi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Yana 1 000 та maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy qilinadi", deya xabar bermoqda "Xalq ta'limi info" kanali. Xabarda qo'shimcha qilinishicha, "fanlardagi amaliy mashg'ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish reja qilinmoqda".

Darhaqiqat, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Prezident farmoni loyihasining 11-bandiga mazkur chora-tadbir ham kiritilgan.

"Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tajribasi" deya joriy qilinayotgan mazkur tizim ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Masalan, bu tizim haqida Gazeta.uz nashridagi ruscha material tagida qoldirilgan aksar izohlar, ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalarning va o'qituvchilarning fikrlari, e'tirozlari "yangi tizim"ni joriy qilayotganlar tomonidan inobatga olinayotgani yo'q. Endi bu tizim yana 1000ta maktabga joriy qilinadi, demak, yana 1000ta maktabda "ta'limning oyog'i osmondan bo'lib ketadi".

Yangi tizim haqida, uning afzalliklari va kamchiliklari haqida tahliliy material tayyorlash haqida o'ylayapman. Bu materialda o'zimning ham tizim haqidagi fikrlarim, tahlillarim bo'ladi, lekin sizning fikrlaringiz ham juda muhim. Hurmatli pedagoglar, ota-onalar, agar tizim bo'yicha fikrlaringiz bilan bo'lishishni istasangiz, iltimos, @qaydlar_aloqa_bot orqali bog'laning yoki shu post tagida izoh qoldiring.

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oliy ma’lumotli insonlar ishlaydigan davlat ta’lim muassasalari o‘quvchilar deyarli har kuni ko‘zi tushadigan plakatlarni shunchalik e’tiborsizlik bilan tayyorlab, ilib qo‘yaversa, boshqalardan nima kutamiz?

Undan tashqari, nahotki bir ta’lim muassasasida tire bilan chiziqchaning farqiga boradigan o‘zbek tili mutaxassisi topilmasa?

Tanch ❌
Tinch ✅

Manbai ❌
Manbayi ✅

Mirziyoev ❌
Mirziyoyev ✅

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻquvchilarim topshirgan ishlarni (uy vazifasi, sinfda bajarilgan ishlar) tekshirganimda ayrimlariga atay past yoki baland baho qoʻyaman. Men tekshirib qaytarib berganimdan keyin oʻzi ham koʻrib chiqsin deyman. Aksar hollarda ball qoʻshilib qolgan oʻquvchi ham, balli kamayib qolgani ham kelib, appelyatsiya beradi, oʻz ishini himoya qiladi. Bu ham bir koʻnikma, deb oʻylayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ellik yilda el yangi,
Qirq yilda qir.


Shomirza Turdimov ustozimiz "Qurultoy" podkastida juda qiziq narsalarni aytib beribdi.

Yuqoridagi naql ham bejiz emasligini aytar ekan, ustoz, hozir biz ikkinchi avlodni koʻryapmiz, chin maʼnoda mustaqil, qullikni unutgan avlod kelishi uchun yana 20-25 yil bor, deydi.

Kattalarni, oʻzim tengilarni va yoshlarni kuzatib, naql naqadar rost ekaniga ishonch hosil qildim. Men ham qulligini butkul unutgan avlod emas ekanman, xulosada.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Namangan va Toshkentdagi hamma maktablarda kompyuter toʻlib-toshib ketdimi?

Kutubxonalarda kitoblar bormi?

Maktablar bir smenali ta'limga oʻtib boʻldimi?

Hamma maktabklarda isitish-sovitish, havo aylantirish tizimi joyidami?

Hamma maktabning hojatxonasi foydalanishga yaroqlimi?

Hamma maktablarda proyektorlar oʻrnatilganmi?

Mana shu ikki hokim hamda mahalliy deputatlarga 6-sinf "Ona tili" darsligidagi mana shu topshiriqni oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.

Xalq pulidan futbolga, boksga, tennisga, umuman, har qanday sportga milyardlarni sochishga qarshiman, buni qoralayman va la'natlayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqorida postlarning (1, 2, 3, 4) davomi

Dostonga berilgan taʼrifdan keyin “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni bir yumalab hikoyaga aylanib qoladi. Topshiriqni oʻqiysiz-u, “mantiqsiz bir topshiriq shuncha boʻlurmu, xay-xay”, – deb yuborasiz.

Hikoyani qismlarga boʻling.

“Oygul bilan Baxtiyor”dan olingan parcha nazarda tutilgan boʻlsa, nega u hikoya boʻlib qoldi. Agar u boʻlmasa, qaysi hikoyani qismlarga boʻlish kerak?

Mayli, kompyuterchi aka dostondan parcha soʻzini adashtirib hikoya deb yozib yuboribdi deylik, lekin bu parchani qanday qismlarga boʻlish mumkin? Oʻzi bu “Oygul bilan Baxtiyor” dostonining birinchi qismi boʻlsa. Unda biror voqea-hodisa boʻlmasa. Dostonning kirish qismini kirish, kulminatsiya, tushish, yakun, xulosa kabi qismlarga boʻlib chiqishi kerakmi bechora 3-sinflar?

Muallifning qiziqishi bayon etilgan gaplarni oʻqing.

Xoʻp, keyin nima qilaylik u gaplarni, axir hozirgina parchani oʻqidik-ku. Bundan tashqari, muallifning qiziqishi deganda nima nazarda tutilmoqda? Matnga diqqat qilinsa, Hamid Olimjonning birorta ham qiziqishi haqida soʻz ketmaydi-ku. Shu savoldan keyin haligi, “samolyotda joy yoʻq deb qoʻyavering”, – degan latifa esimga tushdi.

Hurmatli mualliflar, siz ham bolada oʻqish savodxonligi koʻnikmalarini shakllantirishni istamasangiz, shunchaki xohlamaymiz deb ayting, uni buncha qiynash nega kerak?

Hikoyadan uning asosiy gʻoyasi ochib berilgan qismni topib oʻqing.

Yana oʻqing. Hozirgina oʻqidik-ku. Yana nimaga oʻqiymiz uni. Eng dahshati, bu hikoyada (aslida dostondan parchada) asosiy gʻoyaning oʻzi yoʻq. Chunki doston hali boshlanmadi, doston boshlangandan keyin uning asosiy gʻoyasi ochiladi. Dostoning bir parchasi (boʻlib ham faqatgina kirish qismi) asosida uning asosiy gʻoyasini chiqarish mumkin emas.

Bolaga boʻm-boʻsh idishni berib, ichidagilardan eng keraklisini olib koʻrsat deyish bilan bir xil-da bu.

Uyga vazifa ham juda KREATIV – sheʼrni ifodali yod olish.

Iye, bu dostondan parcha yoki hikoya emasmidi? Bir aylanib sheʼr boʻlib qoldimi? Uni yodlashdan nima naf? Na bir voqea boʻlsa, na bir ibrat oladigan joyi boʻlsa. Kelajakda nevaralarga men “Oygul bilan Baxtiyor” dostonining kirish qismini ifodali yodlaganman deb maqtanish uchun kerakmi bu?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqoridagi postlarning (1, 2) davomi

Matn ostidan berilgan savol va topshiriqlarning yarmi eksplitsit (ochiq-oydin berilgan) maʼlumotni aytib berishga qaratilgan. 4-savol esa oʻqish savodxonligi koʻnikmalariga qaratilgan yagona savol. Ammo shu savolda misra soʻzi xato qoʻllangan, misra sheʼriy asarning bir satri, bir qatori hisoblanadi. Ular soʻragan “Seza olardim kuchin, Koʻpi yolgʻon, koʻpi chin” esa ikki qatordir.

5- va 6-savollar oʻqish savodxonligi koʻnikmalariga taalluqli emas. Bunday savollar odatda, ogʻzaki nutqni oʻstirish uchun beriladi. Hurmatli “Novda” esa ona tili hamda oʻqish fanlarini ikkiga ajratib tashlagan edi.

Mualliflar dostonning eng dostonmas qismini berib qovun tushirganlari yetmaganday savol va topshiriqlar ostida katta qilib dostonning dunyodagi eng qiyin taʼrifini berib oʻtishgan. Taʼrif sifatida berilgan matn Oʻzbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasidagi doston, poema degan maqolaning birozgina oʻzgartirilgan nusxasi xolos. Ushbu taʼrifda 10 yoshli bola tushunishi deyarli imkonsiz boʻlgan koʻplab birliklar bor: liro-epik, xalq ogʻzaki ijodi, mumtoz adabiyot, muayyan voqea, keng koʻlam.

Shu joyida ustoz Omonulla Madayevning, “bu testni bolasi yoʻq odam tuzgan”, – degan gapi yodimga tushadi. Dostonning bunday qiyin va mavhum taʼrifini 3-sinf darsligiga kiritish uchun odamning farzandi boʻlmasligi kerak. Yoki oʻsha odam bolalarni juda ham yomon koʻrishi, ularni qiynashni xushlashi lozim.

Toʻgʻrisini ayting, siz 10 yosh bolangizga shu taʼrifni bergan boʻlarmidingiz?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

– Dostonmisiz, hikoyamisiz, sheʼrmisiz?
– Aytganingizman...


Shunga oʻxshash jumlalar bilan boshlanadigan askiyabop hazillar yodingizga tushdimi? Men ham darslikning mana bu sahifasini koʻrdim-u oʻsha askiya esimga tushdi.

Oldindan aytaman, mening bu darslik mualliflariga, noshirlariga shaxsiy adovatim yoʻq. Aytadigan hamma gaplarimni pedagog, taʼlim boʻyicha mutaxassis va darslik yozishda oz boʻlsa-da tajribasi bor odamning qarashlari deb qabul qilasiz.

Endi 3-sinf “Oʻqish” kitobining 13-mavzusini tahlil qilishga kirishamiz.

Ushbu mavzu doston janriga bagʻishlangan ekan. Men doston janrining maktablarda oʻqitilishiga butkul qarshi emasman, ammo meni baʼzi savollar qiynaydi:

1. Doston atamasini 3-sinfdayoq berib nimaga erishamiz? Chunki doston shunday janrki, uni boshqa janrlardan ajrata olish uchun chuqurroq adabiy koʻnikmalar lozim.

2. 3-sinf bolasi doston, sheʼr, sheʼriy roman, sheʼriy qissa, ballada, oda, masalni bir-biridan farqlashi uchun qanday usul qoʻllash mumkin? Chunki bularni universitet filologiya fakulteti talabalarining aksari ham aniq tushuntirib bera olmaydi.

3. Xoʻp, dostonni beryapmiz ekan, 3-sinf oʻquvchisi uchun qaysi dostonni tanlagan maʼqul?

4. Doston hajman yirik janr, tanlangan dostonning parchasini berish kerak boʻladi, bu yetarli boʻlarmikin?

5. Umuman doston mavzusini necha soat oʻqitish mumkin? Necha soatda 3-sinf bolasi doston haqida birlamchi tasavvurlarni hosil qila oladi?


Muallif boʻlganimda shu savollarni oʻzimga bergan boʻlardim. Katta ehtimolki, doston janri haqidagi maʼlumotni kitobdan chiqarib tashlab, bolalarbop biror dostonni kiritgan boʻlardim. Yaʼni doston janriga taʼrif berib oʻtirmasdim, baribir hali tushuna olishmaydi. Yuqoridagi savollarga aql bilan javob berilganda shunday xulosa kelib chiqadi. Afsuski, mualliflar, bu darslikni tasdiqlaganlar, unga taqriz yozganlarning birortasi shu savollarni oʻziga berib koʻrmagan koʻrinadi.

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel