Men ba'zan haqiqatning o‘zi yetarli emasligi va haqiqatni ko‘rsatib berish ham haqiqatning o‘zichalik muhim ekanligini angladim...
Читать полностью…Go'daklarga e'tibor gilganmisiz? Ularni hech qanday to'siqlar chegaralamaydi. Ularning ongi - imkoniyat va qobiliyatlarning ulkan tasviri kabi. Agar bolaning ongi to'g'ri rivojlantirilsa, bu uni buyuklik sari eltishi mumkin. Lekin salbiy fikrlar bilan to'liq bo'lgan ong eng yaxshi holatda o'rtamiyona shaxsni shakllantirishi mumkin.
Aytmoqchimanki, har qanday tajriba, u omma oldida chiqish bo'ladimi, lavozimni ko'tarish bo'yicha rahbar bilan gaplashishmi, quyosh tig'i ostida ko'lda cho'milishmi yoki oy nurida sohil bo'yida sayr gilishmi, insonga yo yoqimli bo'ladimi yoki mashaqqatli - bunda insonning ongi muhim o'rin tutadi.
#kitobdan
t.me/Book1tob
#yangi_mehmon
Fevral oyida o'qib, xulosamni bo'lishaman.
Kitob tanlashda o'zim uchun yangi usul kashf etdim. Avvallari faqat mundarijasini qaragan bo'lsam, endi istalgan kitob betini ochib, o'qib ko'ryapman.
Siz qanday qilib kitob tanlaysiz?
Dildan chiqqan gaplar dilga yetib boradi
✍️ Napaleon Bonapartning ota-onasi ertalab "Seni buyuk ishlar kutyapti" deb uyg'otar ekan. Biznikilar esa...
2 oy birovni mashinasida yurib, yana qaytib kelgandi. Bilaman, u inson o'qimagan)
🙂 Nima bo'lganda ham, yangi stikerlarim joyidaligidan xursandman.
Endi zerikmaysiz men bilan qolgan do'stim:)
Kitobchi qiz katta kuch bilan qaytmoqda, inshaalloh.
📖 Siz kitoblardan qanday maqsadlarda foydalangansiz?
📝 Izohlarda yozib qoldiring 👇🏻
Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o‘tirganlarida ularni ilmga targ‘ib qilib shunday dedilar:
«Kim ilm talab qilish yo‘liga kirsa Alloh unga jannatning yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Farishtalar tolibi ilmdan rozi bo‘lib unga qanotlarini to‘shab turishadi. Olimga samolardagi va yerdagi barcha narsalar, hatto dengizdagi baliqlar ham istig‘for aytadi. Olimning obiddan afzalligi oyning boshqa yulduzlardan afzalligiga o‘xshaydi. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor yoki dirham meros qoldirishmaydi. Ular ilmni meros qoldirishadi. Kim uni olsa, demak to‘liq nasibani olibdi!».
asmar_abdulhakim
Kelajakda kattaroq nimagadir erishish uchun bugun kichik narsadan voz kechish kerak.
Читать полностью…Besh yildan so’ng kim bo’lishingiz 2 narsaga bog’liq:
1) atrofingizdagi odamlar
2) o’qigan kitoblaringiz
Anchadan beri olishni rejalashtirib yurgan kitobimga bugun erishdim 🥳
📖 Abu Homid G’azzoliyning «Ihyou Ulumiddin» kitobi haqida ko’p asarlarda kelar edi. Inshaalloh «Latte omili»dan keyin birgalikda o’qiymiz.
Hayot qisqa. Uni o‘zingni oqlashga urinib, behuda o‘tkazma. Seni yaxshi ko‘radiganlar senda doimo yaxshilikni ko‘rishadi. Seni yomon ko‘radiganlarni esa hech qachon rozi qila olmaysan!
#kitobdan
Chaqmachaqarning ham katta-kichigi bo'lar ekan. Birovning gapini birovga aytsa, bu chaqimchilik, insonning gapini yuqoriga, podsholikka yoki hukumatga yetkazsa, chaquv bo'ladi. Chaquv oldida chaqmachaqarlik xolva bo'lib qoldi. Chaqimchilikdan bir insonga ozor yetsa, chaquvdan yuz minglarning yostig'i qurigan.
"So'z latofati" (Erkin Vohidov)
t.me/book1tob
Bugun talabalikni boshlagan uka va singillarimizga murojaat.
Avvalo seni talaba boʻlganing bilan tabriklayman. Bu sening yoshingda har oʻn kishidan nari borsa ikkitasiga nasib qildi. Bu ham bir omad. Bilaman, seni oʻquv markazlari, maktablar talaba boʻlish uchun tayyorlashgan. Goʻyoki hayotdan maqsad talaba boʻlish.
Lekin, bilginki bu yakun emas, aksincha katta yoʻlning boshlanishidir. Sen endi voyaga yetgan alohida mustaqil shaxssan. Bundan bu yogʻiga hayotingni qanaqa qilib qurish senga bogʻliq boʻladi. Shu uchun ham keyingi toʻrt yil yoki yillar uchun senga bir necha maslahatni bermoqchi edim.
Birinchisi, bilginki bizda Universitet seni professional hayotga tarbiyalamaydi. Asosiy vazifasi kadr yetkazish boʻlsa-da, bugun oliy taʼlim kadr yetkazishdan boshqa hamma narsa bilan shugʻullanadi. Shu uchun ham sen keyingi 4 yilni Universitetda yaxshi baho olish uchun emas, tanlagan sohangda professional boʻlish uchun sarflagin.
Oʻzbekistonda oʻqishga kirolmagan yoshni hayot qozoniga otib yuborishadi. U uylanishi yoki erga tegishi, tezroq ish topishi, topolmasa Rossiya ketishi kerak. Natijada hali endi 25ga kirgan yosh qalban 40 yoshga yetgan oilalik odam boʻladi. Sen boʻlsa 4 yil bonus yutding. Senda shu 4 yilni shaxs sifatida oʻsishga sarflash imkoni bor. Undan tashqari 4 yil seni maʼlum xarajatlaringni ota-ona toʻlab beradi. Shu 4 yildan foydalanib qol.
Oʻzbekistonda hozir professional kadrlar jiddiy muammoga aylandi. Hamma sohada oʻz ishini zoʻr bilgan professionallar yetishmayapti. Natijada haqiqiy professionallar maoshi ham keskin oshib bormoqda. Sen boʻlsa oʻz sohangda professional boʻlishga harakat qil. Universitet seni professional qilishini kutma. Universitet nari borsa sendan soʻzsiz bo'yin egadigan navbatdagi ijrochini chiqarishi mumkin. U berayotgan taʼlim boʻlsa aksar hollarda ishga umuman aloqasi yoʻq. Shu uchun ham keyingi yillarda oʻz sohangdagi professional kitoblarni birma-bir oʻqib chiq, oʻz sohangning professionallari boʻlgan blogerlarni kuzat, sohangdagi Youtubeda qoʻyilgan videolar qolmasin, Googleda sohang boʻyicha koʻrib chiqilmagan maqola qolmasin. Imkoning yetsa, oʻz sohangda eng zoʻr boʻlgan kompaniyalarga borib praktika qilgin. Amaliyot seni har tomondan professional hayotga tayyorlaydi. Koʻpincha, seni rad etishlari yoki umuman ignor qilishlari mumkin. Sen eʼtibor berma, oʻzing uchun kurash. Hozir sening birinchi vazifang shaxs sifatida yuksalishdir.
Shaxs sifatida yuksalishni boʻlsa ertaga qoldirma. Sen bugun yuksalishing kerak. Bugunni yoki mana shu yillarni senga shu uchun berishdi. Sohangda xalqaro darajada mutaxassis boʻlish uchun til oʻrganishga majbursan. Afsuski, haqiqiy professional adabiyotlar, darslar oʻzbek tiliga tarjima qilinmaydi va buni kutmagan ham maʼqul. Shu uchun ham ingliz tilini zoʻr oʻrgan, unda erkin gapiradigan, erkin tushunadigan va erkin yozadigan darajaga tezroq chiqib ol. Kelajaging uchun bu zarur. Sen chet tilini bilishga majbursan. Yaxshi yashamoqchimisan, boshqa tanloving yoʻq.
Yaxshi insonlar bilan doʻst boʻl. Tanish-bilish va netvorkingni butun dunyoda foydasi katta. Shu uchun ham yaxshi insonlar bilan doʻst tutin, ulardan oʻrgan, ular bilan birga boʻl. Talabalikda orttirgan tanishlar butun umr senga kerak boʻladi.
Muhimi gazini bos, seni 25-27 yoshgacha qiladigan harakatlaring qolgan umring qanaqa boʻlishini aniqlab beradi. Oʻsha yoshgacha dunyoqarash shakllanib, professionalga aylanib olsang, seni tabriklayman. Undan keyin oʻrganishing, oʻqishing va shakllanishing qiyin boʻladi.
Oxirgi kichik maslahat, turmush qurishga shoshilma. Bu savolni 25 yoshdan keyin ham yechaverasan.
Shu yo'ldan o'tgan akang,
Firuz Allayev
@allaevuzb
Bundan 3 yarim yillar oldin. Kitobga endi mehrim tushayotgan davrlar.
O‘sha payt TVda kitob va kitobxonlikka oid ko‘rsatuvlar deyarli yo‘q edi.
Faqat UzReport telekanalida "Bitmas xazina" degan ko‘rsatuv bo‘lar edi. Men shuni bilardim.
Kechki payt annam bilan sherik bo‘lib yotardik. Annam yotgan uydagi televizorda shu ko‘rsatuv chiqib qolsa, imkon qadar ko‘rishga harakat qilardim.
Boshlovchi Nigora opa Hasanova (qizlik familiyasi Adhamova)ning kitoblar haqidagi fikrlari, suhbatlarini maroq bilan tinglar edim to‘liq tushunmasam ham.
Lekin shu ko‘rsatuvlari men uchun juda katta foyda bergan.
Nigora opa ham jurnalist, ham kitobxon sifatida hurmatga loyiq va o'rnak bo'ladigan inson.
Ko‘rsatuvning hamma soni bo‘lmasa ham, ko‘plari YouTube’ga joylanib kelingan ekan.
Oydin insonlar bilan qilingan ajoyib suhbatlar bor. Kitoblarni yaxshi ko‘rgan insonlar ancha narsalar olishi mumkin.
🔗 "Bitmas xazina" pley-listi
#Bitmas_xazina
Ong va tanangni takomillashtirish uchun qattiq ishla. Ruhingni tarbiya qil. Qo'rqayotgan ishlaringni amalga oshir. Energiya va cheksiz ishtiyoq bilan yashashga intil. Quyoshning chiqishini tomosha qil. Yomg'ir tomchilari ostida raqsga tush. O'zing xohlagandek inson bo'lishga harakat qil.
#kitobdan
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v aytadilar:
Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil: keksaliging oldidan yoshligingni, kasalliging oldidan salomatligingni, kambag‘alliging oldidan boyligingni, mashg‘ulliging oldidan bo‘shligingni, o‘liming oldidan hayotingni.
t.me/Book1tob
Har birimiz kun oxirida qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni, axloqimizni taroziga tortib ko'rsak, hamma olijanob va yaxshi insonga aylangan bo'lardi. Shunda biz o'zimizga tuhfa etilgan har bir kunni yaxshiroq boshlashga harakat qilib, vaqt o'tishi bilan ko'p narsaga erisha olardik. Ushbu foydali usuldan barcha bemalol foydalanishi mumkin. Har bir kishi «Toza vijdon kuch-qudrat manbayi!» shioriga ishonib, harakat qilishi kerak.
Hurmat bilan Anna Frank
Yaxshilikni tushunish
#mutolaa_vaqti
Dadam rahmatli juda tadbirkor inson edilar. Bolalik paytlarimiz oldimizga bir idishda biror shirinlik yoki meva yo bo’lmasa hamyonlaridan bir nechta tanga pul chiqarib qo’yardilar. Keyin: “Kim hozir shundan olsa, faqat bitta oladi. Lekin nafsini tiyib bir soatdan keyin olsa, ikkita oladi”, derdilar. Biz ham dadamning gaplaridan kelib chiqib, ba’zida sabr qilib ikkita olsak, bazida meva yo shirinlik ko’zimizga chiroyli ko’rinib, o’sha zahoti bitta olib yeb qo’yardik.
Davomi
Yomon odatlardan qutilish uchun ilk qadam
«Atom odatlar» kitobini uchinchi marta qayta takrorlayapman. Kitobni o'zimga kerakli qismlarini stikerlar bilan belgilab chiqqandim, shu sababli hammasini o'qishim shart emas, deb bildim.
Odat o'z nomi bilan qayta-qayta takrorlanish natijasida, o'zingiz bilmagan holatda ham takrorlanadigan "odat"dir. Hayotimizda shunday odatlar borki, gohida ularni yomonligini anglab yetmaymiz.
Hal qiluvchi voqealar odatda undan avval qilingan ko'plab harakatlarning mahsuli bo'ladi.
Читать полностью…Agar sizningcha bilim olish qimmat bo‘lsa, bilimsizlikning qiymatini totib ko‘ring.
Chindan ham olgan bilimlarimiz bizni katta yo‘qotish va asabbuzarliklardan saqlab qoladi, nima dedingiz?
Bir voqea yodimga tushdi, inshaalloh bugun aytib beraman]
Bookitob'da nima gaplar?
Ha do'stlar, ijtimoiy tarmoqlar ham bir kun kelib me'dangizga tegadi, zerikasiz, tabiat qo'ynida dam olgingiz kelib qoladi. Ohirgi paytlarda vaqt taqsimotiga juda qiynalmoqdaman, bu esa bilganingizdek katta stressga sabab bo'ladi. Xo'sh endi nima qilish kerak?
Faqat yurishdan to'xtamaslik lozim, to'xtadingmi tamom, yana o'sha ko'rinmas jarlik tomon ketaverasan. Yozishni juda ham yaxshi ko'raman, gohida sizlarga ichimdagi hamma gaplarni to'kib sochgim keladi, afsuski iloji yo'q. Sababi bu "kitob" maskani, bu yerda ilm olish, o'qish, o'rganish haqida gaplar bo'ladi. Sizni ham, o'zimni ham vaqtimni olgim kelmaydi.
Yil boshida "Bu yil ilm olishim uchun katta investitsiya qilaman" deb niyat qilgandim, niyatlarim ijobati esa sekin-asta bo'lmoqda.
p.s o'chirmasdan turib kanalga joylab qo'yay
#moment
Ilm ham, ijod ham baxs bilan tirik. Ma’rifat izlagan inson xato qilishdan cho’chimaydi. Ma’rifatli inson birovning xatosidan kulmaydi.
Mavlono aytadi: "Bir sham boshqa shamni yoqsa, o'z nuridan hech narsani yo'qotmaydi. Aksincha, zulmatni yoritishga yordam beradi".
Hayotimizda eng kerakli tuyg'ulardan biri "umid" deb bilaman. Umidni Yer yuzida yashashi uchun birgina insonning ishonishi yetarli. Balki, bu inson siz bo'larsiz. Keyin esa yana bir "siz" va yana bir necha "siz" birlashib, "biz"ga aylanadi.
O'zingizda yonib turgan umidni boshqalarga ham ulashing!
Kuzning senga ahamiyati qanday deyishsa: "Yomg'irli havoda qahva ichib kitob o'qishchalik" deb aytar edim📔☕️
Читать полностью…