8235
Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida Hamkorlik: @giglink_admin
Anthropic ($ANT) IPO aksiya narxi $83 ga o'zgardi
Nima uchun?
Chunki, IPO narxini kompaniya va uni birjaga olib chiqayotgan banklar birgalikda belgilaydi. Avval taxminiy oraliq e’lon qilinadi, bu $70–78 edi. Keyin yirik investorlardan buyurtmalar yig’iladi.
Anthropic aksiyalariga talab o'tgan kecha taklifdan ko’p bo’lgan: xabarlarga ko’ra, buyurtmalar sotiladigan aksiyalardan bir necha barobar oshib ketgan. Sequoia, Altimeter kabi mavjud investorlar milliardlab dollarlik aksiya olishni rejalashtirgan. Talab shunchalik kuchli bo’lgani uchun narx oraliqdan yuqoriga, $83 ga ko’tarildi.
Nima deb o'ylaysiz: Birinchi kun yakunida $ANT narxi $83 ga nisbatan qayerda bo’ladi? Ko’tariladimi yoki tushadimi?
TradingView saytining eng pastida shunday belgi turibdi: "Made by humans".
Qidirib ko‘rdim. Bu faqat TradingView emas.
Bloglar, bazi gazetalar uchun "odam qilgan" degan badge'lar chiqa boshlabdi.
Sababini bir marketolog shunaqa qilib tushuntiribdi:
«Hamma narsani AI qila oladi. Shuning uchun 'buni odam qilgan' degan fakt endi o‘zi bir qiymat:
kimdir vaqt sarflagan, kimdir javob beradi »
umuman olganda
xatolar, kamchliklar chiqsa, javob beradigan odam bor deyishmoqchi .
@botirziyatov
Servercore IT-plovi Toshkentda: AI-infratuzilmaning yil yakunlari
24-noyabr | 18:30 | Toshkent
Servercore IT-mutaxassislari va biznes vakillarini yopiq biznes-ziyofatga taklif qiladi.
Tadbirda «Markaziy Osiyoda AI 2026» tadqiqoti natijalari taqdim etiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt uchun yangi GPU quvvatlari, bulutli yechimlar va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda quyidagi mavzular ko‘tariladi:
▪️ Markaziy Osiyo kompaniyalari sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda va uni keng joriy etishga nima to‘sqinlik qilmoqda?
▪️ Servercore bulutida yangi GPU’lar, AI-marketplace va Managed Kubernetes imkoniyatlari.
▪️ Toshkentdagi yangi ma’lumotlar markazi imkoniyatlari va loyihalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
▪️ Biznesda ovozli sun’iy intellektdan foydalanish: HULI loyihasi tajribasi.
Rasmiy taqdimotlardan so‘ng mehmonlarni kechki ovqat va networking kutmoqda. Bu IT sohasi vakillari bilan tanishish, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat.
⚠️ Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng Servercore menejeri siz bilan bog‘lanib, ishtirokingizni tasdiqlaydi va tadbir manzilini yuboradi.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://srv.cr/uxz53
O‘zbekistonda Yandex ML School'ning ikkinchi oqimi uchun darslar boshlandi
Yandex ML School Uzbekistan mashinali o‘rganish bo‘yicha yangi mutaxassislar guruhini tayyorlashni boshladi.
Bu yil dasturda ishtirok etish uchun 2000 dan ortiq ariza kelib tushdi. Saralash natijasida ulardan 31 nafar nomzod qabul qilindi. 🧑💻👩💻
Ta’lim ikki semestr davom etadi va bepul.
📚 Dastur quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• matematik tayyorgarlik;
• statistika va algoritmlar;
• ma’lumotlar tahlili;
• mashinali o‘rganish usullari;
• ML yechimlarini ishlab chiqish va baholash.
Ta’lim davomida talabalar amaliy loyihalar ustida ishlaydi, o‘qituvchilar va mentorlardan fikr-mulohaza hamda tavsiyalar oladi.
🤩 Ishtirokchilarning kasbiy qiziqishlari xilma-xil ekani ham alohida e’tiborga loyiq. Ular mashinali o‘rganish texnologiyalarini biznes, elektronika, tibbiyot, muhandislik va energetika sohalarida qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Birinchi oqim bitiruvchilari allaqachon O‘zbekistondagi texnologik va moliyaviy kompaniyalarda ishlamoqda.
Oldingi paytlar esimga tushib ketdi.
Bitta funksiyani ishlatolmay kechasi bilan o‘tirardim.
Kod to‘la breakpoint, qadam-qadam yuraman, kodga qarayverib ko‘z tinib ketardi.
Stulga yopishib qolardim.
Yechim topilsa, qiyinchiliklar darrov esdan chiqardi
Hozir ham stulda o‘tiribman, lekin boshqacha. Qo‘lda telefon, agentlarga "ishla" deb push qilib turaman.
@botirziyatov
Analitiklar uchun ishda LLM va SI-agentlardan foydalanish
Gipotezalarni tekshirish, maʼlumotlarni tayyorlash, hisobotlar tuzish, natijalarni talqin qilish... Avtomatlashtirish mumkin boʻlgan rutinaga qancha vaqt ketadi? AI Analytics Week intensivida LLM va SI-agentlar bu vazifalarni tezroq va sifat nazoratini yoʻqotmasdan hal qilishga qanday yordam berishini koʻrib chiqamiz.
2026-yil 23–27-noyabrda Yandex ekspertlari bilan birga muhokama qilamiz:
● Analitik ishida SI-vositalar
● LLM bilan maʼlumotlarni tozalash, RAG-payplaynlar
● tajribalarda LLM
● agent tizimlari arxitekturasi, MCP orqali maʼlumotlarga kirish
Ishtirok etish uchun SQL, Python boʻyicha mustahkam baza, statistika va ML asoslari kerak.
👉 2026-yil 22-noyabrgacha (shu kun ham kiradi) roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtish havola orqali.
Muammolar hech qachon tugamaydi, faqat o’zgaradi. Muhimi, sizda hozir qanaqa muammo borligi.
muammolarni ham turi bor ekan:
Past sifatli muammolar - faqat kuchingizni oladi. Ularni hal qilsangiz ham hech narsa yutmaysiz, ertaga yana shunga o’xshashi chiqadi.
Yuqori sifatli muammolar - mustaqillik va kengayish hissini beradi, hal qilsangiz o‘sib borasiz
Oylik va lavozim qachon oshishini kutish ham, yangi loyihani qanday qilishni o’ylash ham bosh og’rig’i.
Lekin birinchisi sizni kutib o’tirishga majbur qiladi chunki bu muammo ni hal qilish boshqalarning qo’lida,
ikkinchisida esa ko’proq o’zingizni qo’lingizda.
@botirziyatov
Yana bir ajoyib gap :
Mening kuchim hech narsani mukammal qila olmasligimda.
@botirziyatov
⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq!
🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda!
Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang:
🛡 Kiberxavfsizlik;
💻 Muhandis-dasturchi;
🤖 Sun'iy intellekt;
🎨 Grafik dizayn va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling!
🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas!
🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin.
Har safar yangi texnologiya chiqqanida, eng tez koʻpayadigan narsa oʻsha texnologiya boʻyicha kurslar.
Hozir ham shunday: AI kurslari koʻpaydi, hamma odamlarga AI'ni qanday ishlatishni oʻrgatyapti.
Atrofimizda bunga qiziqib qolgan tanish-bilishlar bor. Ularga shuni aytib qoʻyish kerak deb oʻylayman:
Kurs oʻrganish zarar qilmaydi, yangi fikr chiqib qolishi mumkin.
Lekin koʻpchilikning hayotiga bu oʻzgarish keltirmaydi.
AI ishlatmaganlar AI ishlatganlarga yutqazadi" degan gaplarga ham ishonavermang. yutish-yutqazish faqat shunga bogʻliq emas.
AI sizga foyda berayotgan boʻlsa albatta ishlating. Hali foyda bermayotgan boʻlsa, zoʻrlab ishlatishning hojati yoʻq.
@botirziyatov
Dasturchilar orasida, ayniqsa hozir, koʻp ish qilgan emas, toʻgʻri ishga vaqt sarflagan yutadi.
@botirziyatov
Claude'ning Usage sahifasida
"This week's usage by product" degan boʻlim paydo boʻlibdi:
* Claude Code
* Chat
* Cowork
* Other
bularni koʻrib limitlarni ham ajratishibdi shekilli deb oʻyladim.
Yoʻq unaqa emas ekan.
Hammasi hali ham bitta umumiy limitdan hisoblanadi. Claude Code limitni toʻldirsa, Chat ham ochilmaydi ilgarigidek.
Oʻzgargani shuki, endi limitni kim yeyayotgani koʻrinadi.
@botirziyayov
Bir tanishim aytadi:
har kuni ertalab uydan chiqayotganda, xuddi bugun nimadir boʻladigandek, hayotim zoʻr tomonga oʻzgarib ketadigandek tuyiladi.
Bugun ishga ketayotib shu orzu havas esimga tushdi. Lekin Ichimda jimlik. har kungi orzu-xayollar ham jim. Nazarimda asta sekin oʻsha rejalarga boʻlgan ishonch kamayishni boshladi.
Chunki men oʻzgarmadim.
Man bunday umid bilan ertalab ishga chiqib ketib , oʻzimni ishontirib yurishni boshlaganimga yaqin 10 yil boʻldi, hech narsa oʻzgarmadi.
Chunki oʻzimni oʻzgartira olmadim.
@botirziyatov
Hali tajribangiz bo‘lmasa, AI/ML sohasida karyerani qanday boshlash mumkin?
Ko‘pchilik Machine Learning sohasiga kirish uchun matematika bo‘yicha juda kuchli bilim, yillar davomida o‘qish va darhol ML-muhandis lavozimiga ishga kirish kerak, deb hisoblaydi.
Ammo bu yo‘l boshqacha bo‘lishi mumkin.
Yandex ML School Uzbekistan bitiruvchilari Shavkat Sadulloyev va Abbos Ibragimov o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Shavkat hozir Ucell’da ML-muhandis bo‘lib ishlaydi. Abbos esa ML sohasiga backend dasturlashdan kirib kelgan va Avo Bank’da tahlilchi-muhandis bo‘lib ishlamoqda.
Ular o‘qish jarayoni, dastlabki ish vazifalari, suhbatlar va eng muhimi nima uchun ideal ML vakansiyasini kutib o‘tirmaslik kerakligi haqida suhbatlashishdi.
Ikki kitob orasida qoldim:
"Yuqori maoshli karyeralar" va "7 xonali biznesni qanday boshlash kerak".
Muammo shundaki, ikkalasining ham muallifi hozir bir xil ish qilyapti - kitob sotyapti.
@botirziyatov
Servercore IT-plovi Toshkentda: AI-infratuzilmaning yil yakunlari
24-noyabr | 18:30 | Toshkent
Servercore IT-mutaxassislari va biznes vakillarini yopiq biznes-ziyofatga taklif qiladi.
Tadbirda «Markaziy Osiyoda AI 2026» tadqiqoti natijalari taqdim etiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt uchun yangi GPU quvvatlari, bulutli yechimlar va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda quyidagi mavzular ko‘tariladi:
▪️ Markaziy Osiyo kompaniyalari sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda va uni keng joriy etishga nima to‘sqinlik qilmoqda?
▪️ Servercore bulutida yangi GPU’lar, AI-marketplace va Managed Kubernetes imkoniyatlari.
▪️ Toshkentdagi yangi ma’lumotlar markazi imkoniyatlari va loyihalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
▪️ Biznesda ovozli sun’iy intellektdan foydalanish: HULI loyihasi tajribasi.
Rasmiy taqdimotlardan so‘ng mehmonlarni kechki ovqat va networking kutmoqda. Bu IT sohasi vakillari bilan tanishish, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat.
⚠️ Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng Servercore menejeri siz bilan bog‘lanib, ishtirokingizni tasdiqlaydi va tadbir manzilini yuboradi.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://srv.cr/uxz53
Intervyu paytida dasturchiga AI ishlatishga ruxsat berilsa, kim tajribali, kim tajribasiz ekani darrov bilinib qolar ekan.
Buni bir intervyu oluvchi yozibdi. U nomzodlarga oddiy masala beradi, AI ishlatish mumkin.
Tajribali dasturchi AI'ga nima qilishni o‘zi aytadi. Oldin savol beradi, vazifani kichraytiradi, keyin yozdiradi.
Tajribasiz dasturchi esa darrov yozdirishga tushadi.
Keragidan ko‘p narsa qurib tashlaydi. AI boshqa tomonga ketib qolsa, qaytarolmaydi.
Yana bir intervyu oluvchining qoidasi: AI yozgan kodni nomzod o‘zi yozgandek tushuntirib berishi kerak. Masala yechildimi, yo‘qmi, bu muhim emas. Kodni tushunganmi, shu muhim.
Ba'zi kompaniyalar intervyuga AI bilan kod yozdiradigan raundlar qo‘shyapti. Lekin ko‘p raundlar avvalgidek AI'siz.
@botirziyatov
Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston viloyatida Ulanqab degan shahar bor,
(bu shaxarni borligni endi bildim, borib ko‘rmaganaman )
qisqasi
Ilgari pekinliklar dam olgani boradigan yaylov edi, hozir u yerda yuzga yaqin data center qurilyapti, Alibaba'dan DeepSeek'gacha hamma shu yerda.
Pekinga yaqin, shamol va quyosh elektri arzon, yillik o‘rtacha harorat 4 daraja, serverlar yilning 10 oyi tashqi havo bilan sovitiladi.
Qurilishni ko‘rgan bir blogger shunday degan:
"Ofis binolari tobora arzonlashadi. Aqliy mahsulot endi shu mashinxonalarda ishlab chiqariladi."
Shahar markazidagi qimmat ofisga ehtiyoj kamayadi.
Ajab emas, bizda ham fermerlarning yerini ijaraga olib data center qurishsa. svet o‘chib qolmasa bo‘ldi.
@botirziyatov
Ilgari intervyularda shunaqa savollar borligini eshitgan edim:
"Ko‘pchilik noto‘g‘ri deb hisoblaydigan, lekin siz to‘g‘ri deb ishonadigan narsa bormi?"
Bu Peter Thiel'ning savoli, "Zero to One" kitobidan.
Bu savol investorlarga ham startap tanlashda yordam beradi:
hamma bilgan narsada raqobat kuchli, hamma noto‘g‘ri deb o‘ylagan narsada esa bo‘sh joy bor.
Yaxshi javob berganlar juda kam bo‘lgan.
Ko‘pchilik yo umumiy gap aytadi, yo o‘ylab jim bo‘lib qoladi.
yaxshi savol ekan: Odam tanlashda ham, startap tanlashda ham
@botirziyatov
Hozir ishda qiziq bir holat bo‘lyapti.
Ko‘p ishni Claude Code bilan qilaman.
Ishlar ko‘p, hammasini eslab qolib bo‘lmaydi, ayniqsa oxirgi qilinganlarini.
Kimdir "bu nima edi?" deb so‘rasa, darrov ayta olmayman. Claude'dan so‘rayman, javobini unga yuboraman.
So‘ragan odam esa mening javobimni o‘z AI'siga tashlaydi.
Uning AI'si ba'zida "rahmat" deydi, ba'zida shubha topib yangi savol beradi.
Savol yana manga keladi, man yana Claude'ga.
Matnni AI yozgani ko‘rinib turadi, biz bir-birimiz bilan unday gaplashmaymiz.
Ya'ni ikkita AI gaplashyapti, ikkimiz o‘rtada xabar tashiymiz.
Ba'zida o'ylayman, uning AI'si bilan menikini ulab qo‘ysam, bo‘ldi, o‘zlari gaplashaversin.
@botirziyatov
IFCB Shariat kengashi:
Iman Invest'ga mablag‘ kiritish shariat nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi.
Islom moliyasi bo‘yicha ilmli ulamolardan biri Mahmud Usmon IFCB Shariat kengashining xulosasini e'lon qildilar.
Videoda aytilgan asosiy gaplar:
- IFCB kengashi Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
- Kengash shu paytgacha kompaniya halolligi bo‘yicha yakuniy xulosa bermagan, faqat o‘rganib kelgan.
- Iyul oyida kompaniyada shubhali tranzaksiyalar borligi haqida hujjatlar kelgan. Shartnomaga ko‘ra har bir bitim kengashga tasdiqqa berilishi shart edi, lekin bu tranzaksiyalar berilmagan.
- Xalqaro moliyachilar, huquqshunos va shariy auditordan iborat komissiya 3,5 oy tekshirdi. Yakuniy natija 15-oktabrda chiqdi.
- Kengash xulosasiga ko‘ra, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad bor: investorlar pulini so‘rasa, hozir hammasini qaytara olmaydi.
- Pullar islom moliyasi mezonlariga, kompaniya ichki hujjatlariga va qonunchilikka zid sarflangan. Kengash aytishicha, rahbariyat bu holatlarning ko‘pini tan olib, tushuntirish xati yozgan.
- Kompaniya mudaraba asosida ishlaydi. Mudarabada investor kapitali yo‘qolgan bo‘lsa, foyda taqsimlash joiz emas.
Video:
https://www.youtube.com/watch?v=PFds7XvqLGM
IMAN kompaniyasi ham rasmiy munosabat bildirdi:
Usmani's kompaniyasi bilan mustaqil shar'iy audit boshlangan, natijasi ochiq e'lon qilinadi. Yangi shariat kengashi tuzilguncha yangi mahsulotlar to‘xtatilgan. Investorlarni esa shoshilinch qaror qilmaslikka chaqirishdi.
Har kuni shu gapni o‘zimga aytib turishim kerak:
Hayotda orqada qolish degan narsa yo‘q, chunki biz hech kim bilan poyga qilayotganimiz yo‘q
@botirziyatov
AI bilimsiz odamni kuchli qilmaydi, bilimli odamni esa bir necha barobar tezlashtiradi.
Ruby on Rails muallifi DHH haqida qiziq ma'lumot oʻqib qoldim.
Bir paytlar Rust'ni "xunuk til" deb tanqid qilgan odam oʻz kompaniyasining bitta servisini Rails'dan Rust'ga koʻchiribdi. Sababi shuki, u endi kodni qo'lda yozmaydi, AI yozadi.
Yana bir misol: GitHub'da bitta dasturchi AI bilan 800 ming qator kodni Rust'ga koʻchiribdi. u ham oddiy dasturchi emas, Microsoft'ning eng tajribali muhandislaridan biri.
Shuning uchun texnik didni oshirib borish, yangi narsalarni sinab koʻrishni ham to'xtamaslik kerak.
@botirziyatov
Atrofdan tez-tez eshitaman.
Biznes boshlagan yoki startap ichida yurganlarning ba'zilari muhitdan noliydi: sharoit yoʻq, resurs yetmaydi, hech kim qo‘llab-quvvatlamaydi deyishadi.
Bir paytlar manda ham shunga o‘xshash his bo‘lgan. keyin fikrm o‘zgargan
Ilon Maskning ham bir gapi bor edi:
agar sizga ragʻbatlanitirish kerak bo‘lsa, biznes boshlamang.
@botirziyatov
Toshkentda biznes-kechki ovqat | 23-sentabr, soat 19:00
O‘zbekistonda biznes uchun AI’ni joriy etish amaliyoti
Servercore kompaniyasi dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi.
Ekspertlar bizneslar bugungi kunda mashinaviy o‘rganish (ML) va AI xizmatlaridan qanday foydalanayotgani haqida so‘zlab berishadi.
➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/bna6v
Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
▪️O‘zbekistondagi kompaniyalarda Servercore imkoniyatlari asosida AI xizmatlarini joriy etish tajribasi
▪️Mahalliy bozor sharoitiga mos IT-arxitekturani tanlash va resurslarni optimallashtirish
▪️AI loyihalarini kengaytirishda uchraydigan muammolar va keng tarqalgan xatolar
Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng IT-networking va kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Servercore’ning ML mutaxassislari bilan Q&A sessiyasi, norasmiy muloqot va tajriba almashish imkoniyati mavjud.
Joylar soni cheklangan! Oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. Ishtirok etish faqat moderatsiyadan o‘tgandan so‘ng tasdiqlanadi.
Bir yil oldin ushbu postni yozgan ekanman.
O‘shanda bu ko‘pchilikka g‘alati tuyulgandi.
Bir yilda AI modellaridan foydalanish kompaniyalarning oddiy ish jarayoniga aylandi.
Kamchiliklari hali bor. Hozircha kimdir kodni tekshirib turishi kerak, dasturchining o‘rni ko‘proq shu qismda bilinib turibdi.
Lekin bir yildan keyin bu kamchiliklar ham yopilsa?
"hech narsa o‘zgarmaydi" deb o‘ylash ham koʻzni yumib qo‘ya qolish bo‘ladi
13.09.2026
@botirziyatov
Bir nechta AI servis o‘rniga bitta platformadan foydalanish mumkinligini bilasizmi?
Bugun ish yoki o‘qish jarayonida turli AI funksiyalar uchun alohida servis va obunalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Toʻgʻrisi har bir servisdan roʻyxatdan oʻt, alohida pul toʻla degan jarayonlar insonni charchatadi. VoiceLab.uz esa shu muammoni bitta platformada hal qilyapti ekan.
Ular VoiceLab Studio ichida bir nechta sun’iy intellekt xizmatlarini bitta obuna orqali ishlatish imkoniyatini qoʻshishibdi. Yaʼni siz bir marotaba pul toʻlaysiz va oʻz kreditlaringizni istasangiz STT, TTS xizmatlari yoxud boshqa platforma taklif etayotgan servislarga ishlatishingiz mumkin
Masalan, VoiceLab Studioda mavjud Meeting AI uchrashuv va suhbatlarni qayta ishlash, muhim fikrlarni ajratish va vaqtni tejashga yordam beradi. Bu ayniqsa dasturchilar, tadbirkorlar va call-markazga ega bizneslar uchun qulay.
Bundan tashqari, VoiceLab Desktop orqali ham kundalik ish jarayonlarini AI yordamida yengillashtirish mumkin. Yaʼni kompyuteringizga yuklab olasiz, oʻrnatasiz va endi siz matn yozishda klaviaturadan foydalanishingiz shart emas. Shunchaki gapirsangiz VoiceLab Desktop uni matnga aylantirib beradi.
Qisqasi, bir Voicelab.uz dan foydalanib koʻring. Servis yangiliklarini esa @voicelabio da kuzatib boring.
Yandex Uzbekistan bepul Dev Camp dasturiga qabul boshladi.
10–31 oktyabr kunlari Toshkentda IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar uchun uch haftalik intensiv bo‘lib o‘tadi.
🧑💻 Dasturda:
• backend dasturlash;
• sun’iy intellekt;
• algoritmlar.
Asosiy ta’limdan tashqari, ishtirokchilar Yandex dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ham ega bo‘ladi.
👍 Eng yaxshi ishtirokchilar uchun yana bir qiziqarli imkoniyat bor: Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish.
Ishtirok etish bepul. Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.
Agar siz O‘zbekistonning boshqa hududidan bo‘lsangiz, saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va poytaxtda yashashi Yandex tomonidan qoplanadi.
👉 Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.
Telegramda startaplar, sun’iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan. Kanaldagi ayrim postlar odamni mutaxassis sifatida oʻylantiradigan ekanligini inobatga olsak, obuna boʻlsangiz zarar qilmaydi.
Kanal havolasi: @hisperspective
Toshkentda biznes-kechki ovqat | 23-sentabr, soat 19:00
O‘zbekistonda biznes uchun AI’ni joriy etish amaliyoti
Servercore kompaniyasi dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi.
Ekspertlar bizneslar bugungi kunda mashinaviy o‘rganish (ML) va AI xizmatlaridan qanday foydalanayotgani haqida so‘zlab berishadi.
➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/bna6v
Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
▪️O‘zbekistondagi kompaniyalarda Servercore imkoniyatlari asosida AI xizmatlarini joriy etish tajribasi
▪️Mahalliy bozor sharoitiga mos IT-arxitekturani tanlash va resurslarni optimallashtirish
▪️AI loyihalarini kengaytirishda uchraydigan muammolar va keng tarqalgan xatolar
Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng IT-networking va kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Servercore’ning ML mutaxassislari bilan Q&A sessiyasi, norasmiy muloqot va tajriba almashish imkoniyati mavjud.
Joylar soni cheklangan! Oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. Ishtirok etish faqat moderatsiyadan o‘tgandan so‘ng tasdiqlanadi.