Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida Hamkorlik: @giglink_admin
AI bilan kod yozish: Canva CTOsining soʻzlari:
Gap shundaki: "Vibe Coding" (AI bilan kod yozish) hozircha faqat sinov loyihalari uchun. Haqiqiy, katta loyihalarga tayyor emas!
Canva tajribasi nimani koʻrsatdi?
- AI yozgan kod har doim "qoʻlbola" - xatolar, xavfsizlik kamchiliklari, tushunarsiz joylar koʻp
- Har bir AI-kod real loyihaga kiritilishidan oldin tajribali dasturchi tomonidan tekshirilishi shart
- AI-kod professional review jarayonini buzadi
Qayerda ishlatsa boʻladi?
Faqat prototiplar va tez sinovlar uchun - bu kodning umri qisqa boʻladi, keyinroq bari bir qayta yoziladi.
Xulosa:
Bizning asosiy tamoyilimiz oʻzgarmaydi - tajribali dasturchilar AI-generatsiya qilgan kodni ishlatishda hal qiluvchi rol oʻynashlari zarur.
@botirziyatov
Agent rejimi
Hozirda dastur kodlarini yozishda Sun'iy intelektdan foydalanib, chat Bot sifatida emas, Agent sifatida ishlatish ommalashib boryapdi.
Agent rejimining afzalliklari:
- Loyihani mustaqil tahlil qiladi
- Kod bazasidagi bog'liqliklarni tushunadi
- Foydalanuvchi odatlarini eslab qoladi
- Murakkab vazifalarni bo'laklarga ajratadi
- Fayllarni avtomatik o'zgartira oladi
Agent rejimi ajoyib, lekin har doim ham emas:
- Narxi qimmat (ko'p token ishlatadi)
- ChatBotga nisbatan sekin, vaqt talab qiladi
- Har doim ham mukammal emas (tekshirish kerak)
Agent rejimidan foydanib kelyapman, Asosan Claude Code dan foydalandim. 2 xaftada 50$ dan koʻproq pul sarfladim.
@botirziyatov
329 000 dollarga sotilgan Telegram bot haqida.
Botni ishlab chiqgan dasturchi shunday deydi:
Voqealar 2017-yildan boshlangan, Bot esa 2018-yilda ishga tushirilgan.
Shieldy - bu Telegram guruhlarida spamga qarshi kurashadigan bot.
Nima uchun Shieldyni ishlab chiqdim:
Hammasi ogʻriq bilan boshlandi.
Telegram dagi ochiq guruhlarim spam hujumlaridan doimiy azob chekadigan boʻlib qoldi. Guruhga qarab turadigan Moderatorlar ola boshladim, lekin ular ham charchadi. Keyin
Ushbu Shieldyni ishlab chuqishga qarror qildim.
Shieldy 2018-yil 8-noyabrda ishga tushirilgan.
Birinchu versiyasi oddiy tugma bosish orqali tasdiqlash tizimi mavjud edi. Bu juda oddiy koʻringan boʻlsa-da, ishladi!
Yillar davomida spam yaratuvchilar Shieldy'ni aylanib oʻtish usullarini topishdi, men esa ularga qarshi yangi himoya usullarini ishlab chiqishda davom etdim.
Har bir yangi himoya usuli spam yaratuvchilarga qarshi 6-9 oy ishladi.
Telegramda va turli joylarda bu Bot haqida boshqalarga ham aytib oʻtdim, reklamalar berdin. va 20 mln foydalanuvchiga ega boʻldim
Orada bu botni sotub oluvchilardan takliflar kela boshladi.
Va 2021 yil Shieldy 1inch Network tomonidan sotib olindi.
Hozirda ushbu bot ochiq kodli Githubda joylashgan
Men uchun keyingi qadam nima?
Men yaqin vaqt ichida bu barcha Internet narsalaridan qisqa tanaffus olaman, dam olaman. Keyin men yuritayotgan va xayolimdagi bir nechta boshqa loyihalarga diqqatimni qarataman. Garchi bu kelishuv mening umumiy boyligimni sezilarli darajada oshirmagan boʻlsa-da, men barcha gʻalabalarni, qanchalik kichik boʻlmasin, nishonlashni yoqtiraman.
@botirziyatov
Biror joyda ishlasam oʻz startapimni qilish hayajonini sogʻinaman.
Startap qurganimda, pulim boʻlgan kunlarni sogʻinaman.
bir kam dunyo...
@botirziyatov
Koʻpchlik aytadi: aslida pul topish oson (faqatga menga qiyin), uni yanada bitta misoli:
Yoshi kattalarga texnologiyani oʻrgatish uchun soatiga 50 dollar oladigan 27 yoshlik yigit haqida.
Startap gʻoyasi: Yoshi kattalarga texnologiyani oʻrgatish :
- Asosiy kompyuter va telefon koʻnikmalari - emaillar yuborish, internetda qidirish, va boshqa kundalik texnologik vazifalar
- YouTube'dan foydalanish boʻyicha maslahatlar
- Amazondan hisobini ochish va undan xarid qilish
- Ijtimoiy tarmoqlar - masalan va X (Twitter) haqida ma'lumotlar
Uning oyiga uchta doimiy mijozi bo'lgan va haftasiga 4-12 soat atrofida bu ish bilan shugʻullangan.
@botirziyatov
Standart savolga aniq javob
Intervyu jarayonida nomzod haqida so‘raladigan deyarli hamma savollar - standart savollar deb o‘ylayman. Nomzodning topshirilayotgan kasbga nisbatan nimalarni bilishi, qaysi tillarda so‘zlasha olishi, avval qayerda o‘qiganligi yoki ishlaganligi, shu kasbga aloqador nima qiziqarli ishlar qilganligi, umumiy qilib aytganda nomzodning background’i. Xuddi shu kabi texnik standart savollar ham mavjud. Masalan dasturchilar bilishi kerak bo‘lgan va faktlar bilan javob bersa bo‘ladigan savollar: Internet, brauzerning qanday ishlashi, HTTP, WS, REST, DNS, ma’lumotlar omborxonalari, topshirilayotgan dasturlash tili yoki tillari, caching, yo‘nalishga qarab kod yozish patternlari(OOP, SOLID, DRY), testing, claud, hosting, server. Menimcha yana davam etsa ancha chiqadi. Bu standart savollarni yo‘nalishga qarab google qilsa bo‘ladi. Lekin intervyuga borayotgan har bir nomzod kamida shu standart savollarga tabiiy javob bera olishni bilishi kerak. Har bir savolga uzoq va faktlar bilan javob bersa bo‘ladi. Bular bo‘yicha ko‘proq dokumentatsiya o‘qish foydali deb o‘ylayman. Shularning o‘zi ham u nomzodni boshqalaridan ancha ajratib qo‘yadi.
@javlonbek_mi
Gumroad - bu kontent ishlab chiquvchilar uchun o‘z bilmi yoki ijodini onlayn tarzda sotishga moʻljallangan platforma.
Ushbu platformaning asoschisi 2011-yil 4-aprel kuni Internetga loyihani ishga tushganini e'lon qilgan.
Hozirgi kungacha bu platforma ijodkorlarga 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi.
2023-yil sof foydasi 20,7 million dollar bo‘lganini o‘qigan edim.
Bugun esa Gumroad platformasini open source qilib Githubga joylashganini ko‘rdim.
Uning asosida Ruby va MySQL texnologiyalari yotadi.
Gumroad asoschisi Sahil Lavingia kitob yozgan:
“Kichik, ammo go‘zal: Doimiy foydali biznes qoidalari” (asl nomi: “The Minimalist Entrepreneur: How Great Founders Do More with Less”
Kitobda:
- “Minimalistik tadbirkor: kamroq resurslar bilan ko'proq natija olish”
- yakka tartibdagi tadbirkorlar va mikrokorxonalar uchun biznes strategiyalari
– mahsulot, ishlab chiqish, marketing va mijozlarga xizmat ko‘rsatish
haqida gap ketgan
@botirziyatov
👩💻🧑🏻💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmoqda. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, dunyodagi yetakchi ekspertlar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajarish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin:
• O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari,
• O‘zbekistonda ishlaydigan IT-mutaxassislari.
Ishtirok etish uchun talablar: Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi.
Tanlov formati:
• Ikki onlayn bosqich — dasturlash va matematika bo‘yicha har biri 6-10 ta vazifadan iborat.
• Til: inglizcha.
• Ishtirok: bepul.
• Final: oflayn mukofotlash marosimi, Yandex Uzbekistan tomonidan sovg‘alar va mukofotlar.
Nega ishtirok etish kerak?
• O‘zingizni sinovdan o‘tkazing — vazifalar xalqaro olimpiadalar va ICPC darajasidagi topshiriqlarga teng.
• Tan olinish va mukofotlar olish — 65 mln so‘mlik mukofot fondi 8 ta eng yaxshi ishtirokchi orasida taqsimlanadi, qolgan ishtirokchilar esa qimmatbag‘o sovg‘alarga ega bo‘lishadi.
• Hamjamiyatga qo‘shiling — tanlov dasturlash va matematikadan ishtiyoqi baland talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish: 18 aprelga qadar havola orqali.
Hamkorlar: New Uzbekistan University, ML Community (INHA University), Yandex ma’lumotlarni tahlil qilish maktabi.
O‘z mahoratingizni sinovdan o‘tkazing, intellektual hamjamiyatga qo‘shiling va Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest'da g‘olib bo‘ling!💥
💥Eslatib oʻtamiz, Yandex Uzbekistan Dev Meetup #2 tadbiri 10-aprel kuni boʻlib oʻtadi! Hali roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar uchun shoshilishni maslahat beramiz!
Yandex mutaxassislari backend-dasturlash bo‘yicha amaliy holatlarni tahlil qiladilar.
Unda nimalar muhokama qilinadi:
✅Yandex Pro mahsulotlari qanday kengaytiriladi?
✅ Nega C++ + userver = mukammal tandem
✅Yaxshi product engineer nimalarni bilishi kerak?
Tadbir foydali va qiziqarli bo‘ladi!
📲Batafsil ma’lumot uchun havolaga o‘ting.
🌅Assalomu alaykum!
🎉 RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR
◈━━◈━━◈
@botirziyatov
Internetda savol berildi:
g‘oya paydo bo‘ladi, katta orzu qilaman,
bir necha haftalar davomida mehnat qilib, "ishga tushiraman".
ishga tushirish deganda - shunchaki serverga joylashtirib, hech qanday reklama qilmasdan ishga tushirishni nazarda tutdim.
keyin zerikib, uni reklama qilishga bo‘lgan motivatsiyamni yo‘qotaman.
Keyin yangi g‘oyalarni izlay boshlayman.
Bu faqat mendami, yoki boshqalar ham shunga o‘xshash narsalarga duch keladimi?
@botirziyatov
Oyiga ~100 000$ topadigan tadbirkor dasturchi Damon Chen shunday deydi:
🔵Mustaqil dasturchilik (indie hacking) hayotni yaxshi oʻtkazishning eng zoʻr yoʻli ekan.
🔵Bizda "mana, pensiyaga chiqdim, pulim bor, lekin qiladigan ishim yoʻq" degan chegara yoʻq.
🔵 Indie hacker boʻlish faqat pul orqasidan quvish emas.
Oilamizni boqish uchun yetarli pul ishlab topamiz, ba'zan biznesimizni yaxshi narxga sotib ham yuboramiz.
Bu million dollar boʻlishi shart emas, lekin bir necha yil bemalol yashashimiz uchun yetadi.
🔵Hech qachon "hayotda maqsadim yoʻq" deb oʻylamaymiz. Har doim biror narsa ustida ishlash imkoniyati bor, va u paydo boʻlganda, ishtiyoq bilan ishga kirishamiz.
🔵Bizda pensiya tushunchasi yoʻq - 20 yoshli yigitdek hayotimizni davom ettiraveramiz.
Bu zoʻr-ku!
@botirziyatov
«Agar qilgan loyihangiz $ daromad keltirmasa, bu sevimli mashgʻulot...»
Gʻoyangiz qanchalik yaxshiligini, undan keladigan birinchi summani topmaguningizcha bila olmaysiz.
👉 @botirziyatov
1 daqiqalik Micro SaaS yangiliklari:
• AIdeaFlow Podcast - Bu har qanday matnni bir nechta tillarda sun'iy intellekt yordamida podkastlariga aylantirish uchun vosita.
Daromadi oyiga ~$3 700
• Blitzit - foydalanuvchilarga vazifalarni tartibga solish va ish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi ilova.
Daromadi oyiga ~$92 000
• Editorninja - Bu kontent tahrirlash xizmati.
Daromadi oyiga ~$29 000
• Chatbotsplace - Bu ChatGPT, Claude va boshqa chatbotlarni bir joyda ishlatish va rasm yaratish imkonini beradigan platforma.
Daromadi oyiga ~$3 000
@botirziyatov
💵 Dasturchilar qonli pulni yaxshi koʻradi.
Dasturchilarga pul qiziq emas, ularga topshiriqlarni yechish qiziq
Dasturchilar dofaminni topshiriq bajarilsa ushanda oladi.
qiziq suhbat boʻlibdi.
@botirziyatov
soʻnggi 1 oy ichida:
🟢 Airbnb 18 oylik migratsiyani 6 haftada amalga oshirdi
🟢 Shopify CEO'si "Siz AI-dan foydalanishingiz kerak" deya e'lon qildi
🟢 Bir nechta yangi model va vositalar chiqdi
Bular hammasi AI orqali
"Vibe Coding" nima?
Bu termin juda ommalashib ketdi
"Vibe Coding" tushunchasi sobiq OpenAI ham-asoschisi Andrej Karpathy tomonidan taklif qilingan boʻlib, u AI yordamida dasturlash usulini anglatadi:
masalan, ChatGPT, claude yordamida kod yozish usuli boʻlib, unda asosiy eʼtibor promptlar (buyruqlar) ni yozishga qaratiladi.
Dasturchi oʻzi kerakli kodni qoʻlda yozmasdan, balki AIga tushunarli koʻrsatma berib, natijani tezda olishga harakat qiladi.
@botirziyatov
Dasturchilarga kerakli bo‘lgan bilmlardan biri bu:
Loyihani serverga to‘g‘ri chiqarish va deploy qilishni avotmatlashtirish, Dockerlardan foydalanish, monitoring...
Aynan shu yo‘nalishda hozirda Fintech Hub’da DevOps Kursi ga qabul boshlangan.
u yerda o‘rgatiladi :
🔵 Docker
🔵 CI/CD
🔵 Monitoring
🔵 DBMS
🔵 Kubernetes (K8s)
🔵...
Haftada 2 kun, 2 soat topa oladigan bo‘lsangiz maslahat beraman kurga qo‘shilishni
👉 Kurs haqida batafsil malumot olish
SEO ga qizuquvchilar uchun.
SEO sohasidagi dunyodagi yirik tadbir — koʻp yillardan beri Tailandning Chiang May shahrida oʻtkazilib kelinadi
Ushbu tadbirda SEO strategiyalari va usullari bo‘yicha taqdimotlar, mashg‘ulotlar va networking tadbirlari o‘tkaziladi.
@botirziyatov
Keng qamrovli IT xavfsizlik: tashkilotni tahdidlardan qanday himoya qilish mumkin?
30-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentda IT-infratuzilma provayderi @servercorenews tomonidan yopiq IT-kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Tadbirda kompaniya mutaxassislari O‘zbekiston IT-bozor yetakchilari bilan birgalikda har bir biznesni tashvishga solayotgan asosiy mavzu – xavfsizlikni muhokama qiladi.
Havola orqali bepul ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/bqh00
Servercore - Toshkent, Olmaota va Nayrobida mavjud bo‘lgan xalqaro IT-infratuzilma provayderi. Kompaniya biznes uchun IT- infratuzilmasini — bulutli yechimlarni, shuningdek ijara uchun mahsus serverlarni taqdim etadi.
Koʻpgina startup qiluvchilar haqida:
- Man aslida odamlarga nima kerakligini juda yaxshi tushunmayapman.
- SEOni tushunmayman.
faqat ba'zi texnologiyani tushunaman.
- Domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish
- logotip dizaynini qilish
- serverni qayerdan sotib olish
- yangi chiqgan texnologiyalar ustida ishlash
Biznes uchun 3 kun oʻylagandan koʻra, 3 kunni texnik detallarini ustida ishlashni afzal koʻraman.
@botirziyatov
WordPress to‘xtab qolmadi, u o‘sishda davom etyapdi.
WordPress bepul veb-sahifalar generatorini chiqardi.
- Shaxsiy blogdan professional biznes saytgacha bo‘lgan saytlarni tezda ishlab chiqadi.
- Hech qanday murakkab sozlashlar qilish shart emas.
- Faqat g‘oya aytiladi va bir daqiqada tayyor saytni ko‘rish mumkin.
Bu yerda uni sinab ko‘rish mumkin
@botirziyatov
Bir dasturchining hikoyasi.
man ishimdan tashqari ham boshqa loyihalar bilan parallel ishlayman. Umuman olganda tinimsizman.
Lekin biznesimda daromad kam, chunki unga e'tibor kam.
Mani Avgustda ishdan boʻshatishdi, tayyor emasligim uchun biroz sarosimaga tushdim.
Endi nima qilishim kerak ?
Ammo, bu safar bir haqiqatni angladim:
Ishda muvaffaqiyat topish mumkin emas, oylik maosh xuddi shakar bilan bir xil,
ikkalasi ham tark etilishi kerak.
Bu barchasi yaxshilikka.
Rivojlanish boʻyicha ish qidirishni davom ettirishim kerakmi yoki
Doʻstim bilan biznes boshlashim kerakmi? Yoki blogger boʻlsammi va hokazo.
Miyamda son-sanoqsiz gʻoyalar bor, lekin hech biriga ishonchim komil emas.
Yarim yillik mashaqqatli mehnatdan soʻng, uyquda ham daromad keltiruvchi mahsulotlarim bor.
ulardan biri :
table-to-figma - Bu Figma uchun plaginidir.
Lekin bir narsa ham borki juda koʻp ishlarim muvaffaqiyatsiz boʻlgan.
Agar yakuniy natija muvaffaqiyatsiz boʻlsa va siz kutganingizdan uzoq boʻlsa ham,
bu vaqtni behuda sarflashdan yaxshiroqdir
@botirziyatov
Shoshilmang.
Tadbirkorlik sprint emas; bu marafon.
Tadbirkorlik tez yugurib g‘alaba qozinadigan qisqa poyga emas; bu marafon.
Mahsulot ishlab chiqishga shoshilmang, Orqaga qadam tashlang, o‘ylang, rejalashtiring va o‘rganing.
Kuniga 16 soat kod yozish sizga foyda keltirmaydi - odamlar istamagan narsani ishlab chiqishingiz mumkin.
Avval bozorni tushunib, keyin ishlab chiqgan ma'qul.
@botirziyatov
Kompaniyaga ishga kirayotganda intervyu oladigan mutaxassislar oʻzidan aqilli odamni topishga xarakt qiladi.
Lekin ular uni topa olmaydi, chunki ulardan aqllisi yoʻq
@botirziyatov
Million Dollarlik Bosh sahifa
Aleks Tew 21 yoshida veb-saytda piksel sotish orqali
4 oy ichida $1 million+ ishlab topgan.
Bu statik web sahifa boʻlgan.
Kontseptsiya juda oddiy edi:
kamida $100 evaziga reklama beruvchi 100 pikselli blokni (10 x 10 grid) sotib olishi va oʻzi tanlagan rasm yoki logotipni link bilan namoyish qilishi mumkin edi.
Bu saytni qilish uchun 2 kun vaqt ketgan va domen uchun 50$ pul sarflagan.
@botirziyatov
Man koʻrgan eng zoʻr dasturchilar - bu dam olish kunlarida bir necha soat vaqtini mavjud dasturlarni oʻzi qaytadan yozishga ajratadigan odamlar.
Yangilik va rivojlanishga erishish yoʻli ham xuddi shu. Agar san tizimning qanday ishlashini tushunmasang, uni yaxshilash yoʻllarini topa olmaysan.
«AI dasturchilarni ahmoq qilmoqda» maqolasidan
@botirziyatov
endi endi sun'iy intellekt bilan qilingan loyihalardagi kamchiliklar koʻrina boshlayapdi.
Bu xababrda shunday deydi:
Mening Firebase xarajatim oyiga 50$ kamroq edi.
so'nggi 2 kun ichida xarajatim $121,000 koʻtarilib ketdi.
Bunga sabab, yangi tajriba sifatida tarjima xizmatidan foydalangan edim va
koddagi xato tufayli bu funksiya millionlab marta ishga tushib ketgan
ps:
Agar AI bilan biror loyiha qilayotgan boʻlsangiz, kodlarni yaxshilab tekshirib chiqing.
@botirziyatov
10-aprel kuni Toshkentda Yandex Uzbekistan tomonidan ikkinchi Dev Meetup o‘tkaziladi, unda dasturchilar amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashib, dolzarb texnik yechimlarni muhokama qiladilar.
Uchta asosiy mavzu: Yandex Pro arxitekturasining qayta qurilishi, C++ shablonlarining userverda qo‘llanilishi va product engineer uchun asosiy ko‘nikmalar muhokama qilinadi. Agar bilimlaringizni oshirib, hamkasblaringiz bilan tajriba almashishni va mutaxassislar bilan suhbatlashishni xohlasangiz, ushbu mitapni o‘tkazib yubormang!
📲Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga bosing.
Odamlarning fikricha, agar hozir koʻp ishlamasa, kelajakda och qolishlari mumkin.
Dam olganda, oʻzlari gunoh qilgandek yoki nimanidir notoʻg'ri qilgandek his qilishadi.
Chunki miyaga shunday qoʻrquv singib ketgan:
"Ishlamasang, ovqat ham yoʻq, pul ham yoʻq".
Mana shu holatda odamlar tinch dam ololmaydi, doim biror narsa qilishni oʻylaydi.
Bu aslida, odamlarni charchatadi va siqiltiradi.
@botirziyatov
Sun'iy intellekt bilan gaplashish.
Agar siz har bir soʻrovning oxirida "don't make any mistakes" deb qoʻysangiz.
AI har safar yaxshi javob berishga xarakat qiladi
@botirziyatov