Kambag‘al oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiyani avtomatik ravishda kartalariga qabul qiladilar
🔥💡 Ushbu mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qisman yengillashtirishga xizmat qiladi. Davlat tomonidan mazkur kompensatsiyalar uchun 370 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
📅 Yakuniy ro‘yxatlar 2024-yil 27-oktyabr kuni tasdiqlanadi.
👉 Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lganlar va mablag‘larning tushirilish vaqti haqida batafsil ma'lumotni shu yerda topishingiz mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerak, bu kompensatsiya davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yagona yordam turi emas. Isitish mavsumida ijtimoiy me’yordan ortiq elektr energiyasi va gaz sarfiyoti uchun ham ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha kompensatsiyalar beriladi.
@buxoroaokb
ИЧКИ ИШЛАР ТИЗИМИ ХОДИМЛАРИНИ КАСБ БАЙРАМЛАРИ БИЛАН ЧИН ДИЛДАН ҚУТЛАЙМИЗ!
ЮРТ ПОСБОНЛАРИ
Эй, тинчлик посбони, элнинг мардлари,
Сизл-ла тинч юртимнинг кенг сарҳадлари.
Матонат отига минган чавандоз,
Юртига ёв йўлатмас Темурзодлари.
Бор бўлинг, бор бўлинг, юрт посбонлари,
Шерюрак, баҳодир, мард ўғлонлари!
Тунни тонгга улаб хизматга шайсиз,
Ўзингиздан кечиб, эл деб яшайсиз.
Қаҳратон қаҳрию ёз оташида,
Элнинг тинчи дея қадам ташлайсиз.
Бор бўлинг, бор бўлинг, юрт посбонлари,
Шерюрак, баҳодир, мард ўғлонлари!
Она юртим дея кўксингиз қалқон,
Фидосиз эл учун, бергудексиз жон.
Ватану халқимга содиқ бўлай деб,
Юрт байроғин ўпиб онт ичган ўғлон.
Бор бўлинг, бор бўлинг, юрт посбонлари,
Шерюрак, баҳодир, мард ўғлонлари!
Эрлари мард элда алам бўлмагай,
Ғаним пайконидан кўкси куймагай.
Она алласидан уйғонур қуёш, Лочин бор қояга қузғун қўнмагай.
Бор бўлинг, бор бўлинг, юрт посбонлари,
Шерюрак, баҳодир, мард ўғлонлари!
✍ Мунаввара УСМОНОВА.
@buxoroaokb
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
😊😊😊😊😊
Is gazidan ogoh bo‘ling!
Is gazi — hidsiz, ta’msiz va rangsiz. Xonadoningizdagi gaz jihozlari sozligiga va dudburonlar ishchi holatda ekaniga e’tiborli bo‘ling.
@buxoroaokb
Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Ushbu qaror 2024-yil 22-oktabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi.
Mukofot ikki yilda bir marotaba sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. Gʻoliblar mustaqil xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi eʼtirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.
Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.
-
Учреждена международная премия ЮНЕСКО–Узбекистан имени Беруни, направленная на поддержку этических исследований и разработок в области искусственного интеллекта. Это решение было инициировано Президентом Республики Узбекистан и принято единогласно на 220-й сессии Исполнительного совета ЮНЕСКО, состоявшейся 22 октября 2024 года в Париже.
Премия будет вручаться один раз в два года за выдающиеся проекты, способствующие развитию этики и инклюзивности в области ИИ, а также укрепляющие международное научное сотрудничество. Лауреаты, которых выберет независимое международное жюри, получат денежное вознаграждение, сертификат и медаль в знак признания их вклада в мировую науку.
Первая церемония награждения состоится в Самарканде в ноябре 2025 года в рамках 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО, что подчеркнёт важность инициативы в контексте укрепления связей между Узбекистаном и международным сообществом.
#AntiFake_uz_огоҳлантиради
💻Сўнгги кунларда Телеграм мессенжерида онлайн фирибгарликнинг янги усуллари кенг тарқалмоқда. Жиноятчилар фойдаланувчиларни алдаш учун "Салом, бу сенмисан суратда?" каби сохта хабарлар ва вирусли файллар юбормоқда.
⚡️Бириктирилган иловани юклаб олган заҳоти қурилмангиз хавф остида қолади ва шахсий маълумотлар ўғирланиши мумкин.
‼️Фирибгарларга алдовига тушиб қолмаслик учун ҳушёрликни оширинг ва нотаниш аккаунтлардан келган файлларни юклаб олманг!
Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Telegram
#diqqat #tanlov📚
📢Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamkorligida Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovini e’lon qiladi
✅ Nomoddiy madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va talaba-yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
🟠Ilmiy maqolalar quyidagi 5 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:
– o‘zlikni namoyon qilish (folklor)ning og‘zaki an’analari va shakllari;
– ijrochilik san’ati (maqomchilik, sozandachilik, raqs, taqlidchilik, so‘z ustasi, qo‘g‘irchoqbozlik, dorbozlik,..);
– jamiyat urf-odatlari, marosim va bayramlari (oilaviy, xalq, kasbiy va mavsumiy marosimlar);
– tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar (tabobat va koinot bilan bog‘liq marosimlar, an’anaviy tabobat, milliy taomlar);
— an’anaviy hunarmandchilik (qo‘g‘irchoqsozlik, kulolchilik, ganjchkorlik, do‘ppido‘zlik, miniatyura) bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar.
✅Rasmiy sahifalarimiz:
Paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha maxsus vakil sifatida ish boshladi.
22 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida boʼlib oʼtgan tadbirda para yengil atletika boʼyicha paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova Аgentlikning nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.
“Аgentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qoʼshildi. Biz Аsila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Аsila Mirzayorova Аgentlik Maxsus vakili boʼldi. Аgentlik oilasiga xush kelibsiz Аsila! Аsila juda kuchli va aqlli qiz. Аsila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shugʼullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Аsila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli boʼldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!” – dedi Shahnoza Mirziyoyeva
“Men uchun nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʼyicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va masʼuliyat. Bu vazifa menga nogironligi boʼlgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga oʼz hissamni qoʼshish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy toʼsiqlarni qanday yengishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli aʼzosi boʼlishi kerak, deb ishonaman.”- deya taʼkidladi
paralimpiyada chempioni.
Bugun UNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv oʻtkazdik.
Muloqot davomida asosiy e’tibor ta’lim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratildi. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar oʻlimi mavzusini keng muhokama qildik. UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatimizga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
—
Сегодня состоялась встреча с главой представительства ЮНФПА в Узбекистане Нигиной Абасзаде.
Основное внимание было уделено вопросам образования, здравоохранения и развития человеческого капитала. Мы подробно обсудили реализуемую государственную программу по борьбе с раком шейки матки и молочной железы, а также тему материнской и детской смертности. Со стороны ЮНФПА была выражена готовность в оказании экспертной и технической поддержки нашей стране по данным направлениям.
#Parvoz
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Parvoz media jamoasi tayyorlagan videorolik
G‘oya muallifi: Dilrux Rustamova
Tasvirchi: Navro‘z Amonov
Montaj ustasi: Muslimbek Zoitov
🔤🔤🔤🔤🔤🔤media jamoasi rahbari: Dilnavoz To‘xtayeva
BUXORO YOSHLARI
Telegram | Veb-Sayt | Facebook |
#Тилинг_учун_ўзингни_сотгин,
#Лек_тилингни_пуллама_болам
Ночорликдан ухлади ҳориб,
Муҳтож бўлиб тонглари отди.
Сўнг иложсиз, бозорга бориб,
Буйрагининг биттасин сотди.
Еб ётганга чидамас тоғ ҳам,
Етар эди камроқ ошаса.
Энди қалбни пуллади одам,
(Бўларкан-ку қалбсиз яшаса)
Тўхтамади муҳтожлик эсиб,
Ўз уйида кучайди дўқлар.
Сўнгра сотди ўпкани кесиб,
(Юрибди-ку ўпкаси йўқлар)
Не кун бўлди, жигарин инсон,
Бурда нонга алмашиб еса.
Сўрамасмиш бирор тирик жон,
Жиғилдонни сотаман деса.
Энди ҳаёт турушдан-туруш,
Кетиб борар назарга илмай.
Бир кун келиб, у аъзофуруш,
Сотиб қўйди забонин, билмай.
Ортга қайтмоқ энди имконсиз,
Нима топди шунча пул қилиб?
Кўрдилар-ки, махлуқ - забонсиз,
Сўнг сотдилар уни қул қилиб.
Ўз боғингда хас бўлиб қотгин,
Ўзга боғда гуллама, болам.
Тилинг учун ўзингни сотгин,
Лек тилингни пуллама, болам.
Илҳом Иброҳимов
@buxoroaokb
✨Она тилим✨
Менинг жонон тилим, менинг жон тилим,
Менинг султон тилим, менинг хон тилим.
Менинг хирмон тилим, менинг кон тилим,
Сенинг номинг билан сўзим синмагай,
Элим борки менинг тилим ўлмагай.....
✍ Шоира Шамс шеъри
🎙Наргиза Қувончева ўқиди
@buxoroaokb
Saida Mirziyoyeva UZINFOCOMda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdi
@daryo_live
Intervyu 24 | Mehmet Go`rmez – Islom tafakkuri instituti direktori /Turkiya/
#17oct #uzbekiston24
@buxoroaokb
DIQQAT, E`LON‼️
2024-yil 26-oktabr kuni soat 15.00 da Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasi binosida komissiya raisi Muhammadqosim Olimov ishtirokida Buxoro viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan asosiy chora-tadbirlarga bagʻishlangan brifing oʻtkaziladi.
Brifingga viloyatdagi barcha jurnalistlar hamda blogerlarni taklif qilamiz.
Mo`ljal: Yoshlar markazi binosi
Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi
📱 Buxoro.saylov.uz | Telegram |Buxoro_saylov">Youtube |Facebook
❕ Эртага "Сукунат" куни
✔️ Бугун Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайлови бўйича депутатликка номзодлар ва сиёсий партияларлар учун белгиланган сайловолди ташвиқотнинг охирги куни.
❎ Сайлов куни 27 октябрь ва овоз беришга бир кун қолганида 26 октябрь кунлари сайловолди ташвиқотига йўл қўйилмайди.
❎ Шу билан бир қаторда, сайлов куни ва овоз бериш бошланишидан бир кун олдин жамоатчилик фикри сўровлари натижаларини, сайлов натижалари прогнозларини, ўтказилаётган сайлов билан боғлиқ бошқа тадқиқотларни эълон қилиш (ҳаммага маълум қилиш), шу жумладан ахборот тармоқларига, шунингдек Интернет жаҳон ахборот тармоғига жойлаштириш тақиқланади.
💬 Биноларга, иншоотларга ва бошқа жойларга илгари жойлаштирилган сайловолди ташвиқоти материалларини сайлов куни ва овоз беришдан бир кун олдин олиб қўйилиши мажбурий ҳисобланмайди.
🌀 Батафсил:
Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin) | Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
“JONFIDOLAR”
Mashaqqatli xizmatingiz eʼtirofga loyiq!
✍️ Sheʼr muallifi: Kamoliddin Shukur
🔊 Sheʼrni: Salohiddin Fayziyev oʻqigan
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi 25-oktyabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan barcha soha xodimlari va faxriylarini samimiy muborakbod etadi.
Hurmatli iste'molchilar, xavfsizlikni ta'minlash o'z qo'limizda! E'tiborli bo'ling!
———
Уважаемые потребители, обеспечение безопасности в наших руках! Будьте внимательны!
✍️ "Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
@buxoroaokb
✅ Сайловларда ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари тўлиқ таъминланмоқда
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅HURMATLI BUXORO SHAHRI AHLI, OAV VAKILLARI, JURNALIST, BLOGERLAR!
Ertaga Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasida "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali bo‘lib o‘tadi.
Universitet jamoasi shu bilan birga, viloyat, shahar hokimligi va huquq tartibot organlari vakillari, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari, barcha ta’lim muassasalari, viloyat sport boshqarmasi tarkibiga kiruvchi federatsiyalar, sport maktablari va keng jamoatchilikni ushbu sport festivaliga taklif etib qolamiz.
Festival 2024 yil 24-oktyabr kuni soat 11:00da boshlanadi.
Manzil: Buxoro shahri,M.Qalandarov ko‘chasi 709-uy, (mo‘ljal: Sitora istirohat bog‘i qarshisida)
@buxoroaokb
#DIQQAT_TANLOV
#Shoshiling
🇺🇿Mamlakatimizda nomoddiy madaniy meros, maqom va baxshichilik san’atini ilmiy jihatdan o‘rganish, targ‘ib qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yil 25-noyabr kuni Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi o‘tkaziladi.
👉BATAFSIL TANISHING👈
@buxoroaokb
🌐 Медиа макон: дунё янгиликлари
⚡️ Трамп ёш сайловчилар эътиборини жалб қилишга ҳаракат қилганига қарамай, Snapchat'да реклама сотиб олмади, Камала Харрис эса ўз нутқларида эътиборни жалб қилишда иловадан фойдаланган;
⚡️ Яқин йилларда Интернет миллиардлаб ёки ундан кўпроқ фойдаланувчилар билан тўлдирилиши мумкин;
⚡️ Сунъий интеллект тўғрисидаги қонун лойиҳасига Калифорния ветоси технологияни бошқариш билан боғлиқ муаммоларни янада кенгайтиради;
⚡️ Доналд Трамп президентлик сайловларида ғалаба қозонса, Google’га тегмаслигини айтди;
⚡️ Google Ads 11 ёшдан ошганларга маълумотлардан фойдаланишни блоклайди;
⚡️ Электрон китоблар нашрини йўлга қўйган ByteDance компанияси 8th Note Press нашриёти орқали босма нашр форматига ўтмоқда;
⚡️ Meta WhatsApp, Instagram ва Reality Labs’га таъсир кўрсатадиган номаълум миқдордаги қисқартиришларни амалга оширди;
⚡️ Google Chrome машҳур реклама блокловчини ўчириб қўйди.
〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
#AntiFake_uz_огоҳлантиради
💻Сўнгги кунларда Телеграм мессенжерида онлайн фирибгарликнинг янги усуллари кенг тарқалмоқда. Жиноятчилар фойдаланувчиларни алдаш учун "Салом, бу сенмисан суратда?" каби сохта хабарлар ва вирусли файллар юбормоқда.
⚡️Бириктирилган иловани юклаб олган заҳоти қурилмангиз хавф остида қолади ва шахсий маълумотлар ўғирланиши мумкин.
‼️Фирибгарларга алдовига тушиб қолмаслик учун ҳушёрликни оширинг ва нотаниш аккаунтлардан келган файлларни юклаб олманг!
🇺🇿 21 октябрь – Ўзбек тили байрами!
Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги жамоаси ватандошларни ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг 35 йиллиги билан қутлайди!
Ўзбек тилининг қадим тарихи ёрқин келажакка зиё бўлиб, мангу яшнасин!
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
21 октябрь - Ўзбекистонда ўзбек тили байрами куни
Бугун дунёда олти мингга яқин тил ва шева бўлса, улардан бор-йўғи юзга яқини давлат тили мақомига эга. 1400 та тилнинг йўқолиб кетиш хавфи борлигини инобатга олсак, давлат тили мақомини олган шу юзга яқин тил орасида Ўзбек тилининг борлиги ҳар биримиз учун ифтихор демакдир.
Барчани 21 октябрь – ўзбек тилига Давлат тили мақоми берилган сана муносабати билан самимий муборакбод этамиз.
Каналга уланиш👇👇👇
@buxoroaokb
🌱 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda anor mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆
📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”
#infographic #export #anor
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺uzdavkarantin/featured">Youtube ✖️Twitter
❗️Энди ҳоким бир вақтнинг ўзида вакиллик ҳокимиятига бошчилик қилмайди
Президент томонидан имзоланган Қонун билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.
Жумладан, “Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида”ги Қонунидан вилоят, туман, шаҳар ҳокими бир вақтнинг ўзида тегишли ҳудуддаги вакиллик ҳокимиятига бошчилик қилиши ҳақидаги норма чиқариб ташланмоқда.
Ҳокимларга тегишли халқ депутатлари Кенгашлари сессиясига масалалар киритиш, зарурат бўлганда Кенгаш сессияси чақирилишини талаб қилиш ва тегишли халқ депутатлари Кенгашининг қонунчиликка зид бўлган қарорларини бекор қилиш учун Сенатга ёки судга мурожаат қилиш каби қатор янги ваколатлар берилмоқда.
Шунингдек, халқ депутатлари Кенгашларига депутатлар орасидан сайланадиган раис бошчилик қилиши, у ўз фаолиятини жамоатчилик асосида амалга ошириши белгиланмоқда, уни ваколатлари муддати тугагунига қадар лавозимидан озод қилиш тартиби назарда тутилмоқда.
Батафсил
@buxoroaokb
⚫️Саида Мирзиёева: «Ҳар бир аёл учун бахтли оналикни кафолатлайдиган шароит яратишимизга ишонаман»
Президент ёрдамчиси С.Мирзиёева Республика ихтисослаштирилган она ва бола саломатлиги илмий-амалий тиббиёт маркази ташкил топганининг 50 йиллиги муносабати билан соҳа вакилларини қутлади:
«Марказнинг барча ходимларини ушбу муҳим сана билан чин юракдан табриклайман ва уларнинг ҳар кунлик фидокорона меҳнатлари учун чуқур миннатдорлигимни билдираман.
Бачадон бўйни ва кўкрак бези саратони профилактикаси ҳамда уни даволаш бўйича янги Давлат дастури доирасида аёлларни скрининг текширувидан ўтказиш ва қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштирамиз. Она сути билан озиқлантиришни қўллаб-қувватлашга алоҳида эътибор қаратилади.
Биз биргаликдаги саъй-ҳаракатларимиз билан ҳар бир аёл учун бахтли оналикни кафолатлайдиган шароит яратишимизга ишонаман».