daryo_live | Unsorted

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

60432

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24

Subscribe to a channel

Daryo — LIVE

Tramp Isroil va Eron kamida bir haftaga o‘t ochishni to‘xtatganini aytdi

“Netanyaxuga zarba berishdi va u javob qaytardi. Men uni bu uchun ayblay olmayman. Lekin unga baribir zarba berilgandi. U javob qaytardi va endi ular to'xtashga kelishib oldi. Shunday qilib, tomonlar bir haftacha vaqt davomida bir-birlarini tinch qo‘yadi”, dedi AQSH prezidenti.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Afg‘onistonda amaldorlarga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

Taqiqni buzganlar harbiy sud oldida javob beradi. Ularga aynan qanday jazo qo‘llanishi noma’lum.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida AQSHning Apache vertolyoti halokatga uchradi — NYT

Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, hozircha vertolyot Eron kuchlari tomonidan urib tushirilganmi yoki texnik nosozlik sabab qulaganmi, noma’lum. Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Oʻzbekistonda Harbiy-havo kuchlari jangovar qoʻmondonligi tashkil etiladi

Yuqori aniqlikdagi qurollarga ega aviatsiya texnikalari, uchuvchisiz aviatsiya komplekslari bilan qurollangan yangi boʻlinmalarni tashkil etish orqali harbiy havo kuchlarining jangovar qobiliyati va imkoniyatlari oshiriladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Bizga pullaringiz kerak”. Zelenskiy Abramovichdan “Chelsi” sotuvidan tushgan mablag‘ni so‘radi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvda rossiyalik biznesmen Roman Abramovich tomonidan “Chelsi” futbol klubining sotilishidan tushgan mablag‘dan foydalanish masalasini ko‘tardi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish qonunchilikka zidligini eslatdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida bukmekerlik xizmatlari, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi reklama materiallari tarqalishi faollashgan.

Qo‘mita bunday reklamalarga duch kelganda vakolatli organlarga ma’lum qilishga chaqirdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda ikki soliq inspektori pora bilan ushlandi

Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi ikki nafar inspektori tadbirkorga “Chilonzor buyum bozori kompleksi”dan 3 ta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berish evaziga 5 ming dollar olgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Farg‘ona viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 mlrd so‘m mablag‘ “Keshbek” sifatida talon-toroj qilingani fosh etildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🔥 Qarshidagi portlash videosi

Kuzatuv kamerasiga muhrlangan tasvirlardan suyultirilgan gaz quyish shoxobchasidagi portlash kuchli bo‘lgani, atrof bir zumda alanga ichida qolganini ko‘rish mumkin. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev Filippindagi zilzila yuzasidan mamlakat prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qizil kartochka va Sergeyevdan gol. O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi

Fabio Kannavaro jamoasi Jahon chempionati oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇺🇿 Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Niderlandiyaga qarshi oʻyin uchun boshlangʻich tarkibi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Filippinda kuchli zilzila oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi

Zilzila ortidan Filippin, Indoneziya va Malayziyaning ayrim hududlarida sunami xavfi e’lon qilinib, aholi evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 134 kishi jarohat olgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi

Taqdimotda sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimini joriy etish taklifi ham koʻrib chiqildi. Bu xodimlar masʼuliyati, xizmat intizomi va etika madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Bitiruvchilar bandligini taʼminlashda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, yirik xoʻjalik birlashmalari masʼuliyatini oshirish muhimligi qayd etildi

Barcha jarayonlar bandlikka koʻmaklashuvchi “career.edu.uz” platformasi orqali monitoring qilinib, bandlikni taʼminlash masalasi mahalliy hokimliklar darajasigacha tushiriladi. Natijada bitiruvchilar bilan ishlashning vertikal tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkent metrosida elektron panduslar ishlamayotganiga izoh berildi

Metropoliten ma’muriyati ularni o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish davom etayotganini bildirdi.

“Ayni paytda ushbu elektron panduslar “Toshkent metropoliteni” DUK balansiga qabul qilib olinmagan. Ular barcha qurilish-montaj ishlari yakunlanib, belgilangan texnik talablar hamda qabul qilish tartib-taomillari to‘liq bajarilgandan so‘nggina metropoliten tasarrufiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.


Ayrim texnik nosozliklar, xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilmayotgani ham aniqlangan. Xususan, 3 ta bekat tashqi zinapoyalariga o‘rnatilgan maxsus liftlarning boshqaruv qutilari ochiq muhitda joylashtirilgani sababli namlik vaqtida tok urishi xavfi bor.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda sudyalar daromadlari, mol-mulkini deklaratsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi

🔹Sudyalar oliy kengashi sudyalar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyani kengashga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini 2026-yil 1-sentyabrgacha ishga tushiradi.

🔹 Oliy sud sud apparati xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyani Oliy sudga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini 2027-yil 1-maygacha ishga tushiradi.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O’zbekistonda mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ish haqi 2026-yil 1-iyuldan 20 foizga, 2027-yil 1-yanvardan yana 50 foizga oshiriladi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil Livandagi harbiy harakatlarini davom ettirmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqandda ayol 7 nafar nevarasiga zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

61 yoshli ayol nevalariga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazib kelgani sabab vasiyligi bekor qilinib, ular oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Italiyada Isroil vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan tergov boshlandi

Tergov G‘azoga yo‘l olgan gumanitar flotiliya faollarining qo‘lga olinishi va ularga nisbatan munosabat bilan bog‘liq. Rim prokuraturasi olib borayotgan surishtiruv Ben-Gvirning faollar Isroilning Ashdod portida saqlangan paytdagi harakatlariga qaratilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Dunyoning eng farovon mamlakatlari reytingi: AQSH top 15 talikka ham kira olmadi

HelloSafe tashkiloti 2026-yil uchun Farovonlik indeksini (HelloSafe Prosperity Index 2026) ishlab chiqdi. Unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlari tahlil qilinadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi

1-iyuldan boshlab yangi obyektlar bo‘yicha loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari bir vaqtda amalga oshirilmaydi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Isroil Eronga qarshi yolg‘iz qolishi mumkin” — Tramp Netanyaxuni ogohlantirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Eronga nisbatan harakatlarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, agar vaziyat keskinlashsa, Isroil AQSH yordamisiz qolishi mumkin.

“Bibi, harakatlaringda juda ehtiyot bo‘lishing kerak, chunki yaqin orada Eronga qarshi yolg‘iz qolib ketishing mumkin’”, degan AQSH prezidenti.


Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan besh davlat undan Netanyaxuga bosim o‘tkazishni so‘ragan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🌤 Bugun Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 30-35 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Yaponiyaning Utsunomiya shahrida ayiq sabab 94 ta maktab faoliyati to‘xtatildi

Shahar ko‘chalarida ayiq paydo bo‘lgani sababli mahalliy hokimiyat xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. U so‘nggi marta o‘rta maktabdan yarim km uzoqlikda ko‘rinish bergan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

Prezident qoʻshinlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirish, harbiy boshqaruv va taʼlim tizimiga ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

@daryo_livr

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyevga mis sanoatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning borishi va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi

Mutasaddilarga 4-mis boyitish fabrikasi uchun zarur yer maydonlarini ajratish, qurilish maydonida tayyorgarlik ishlarini davom ettirish, bazaviy injiniring hujjatlarini belgilangan muddatda yakunlash va loyihani bosqichma-bosqich ishga tushirish rejasini aniqlashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab barcha oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Yangi fan talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirishga maqsadida joriy etilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev mamlakat oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

Prezident mutasaddilarga bitiruvchilar bilan ishlashni samarali tashkil etish, bildirilgan tashabbuslarni puxta ishlab chiqish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

@daryo_live

Читать полностью…
Subscribe to a channel