Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: gov.uz/buxoro Facebook: fb.com/zaripovrasmiy Matbuot kotibi: @olimjuraev Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
⚡️Migratsiyaga ketmoqchi bo'lgan yoshlar va fuqarolar diqqatiga!
✈️Chet elda ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, tartibli va qonuniy migratsiya orqali yo‘lga chiqing!
📌Endilikda siz maxsus bot orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, ruxsat etilgan, ishonchli ish beruvchilar orqali xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniga egasiz.
✅Arizangiz rasmiy tartibda ko‘rib chiqiladi;
✅Ish joyi, yashash va yo‘l xarajatlari haqida oldindan to‘liq ma’lumot beriladi;
✅Firibgarlikdan himoyalanasiz.
📲Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi botga murojaat qiling:
➡️ @BuxoroMigratsiya_Bot
‼️Ruxsatsiz va noqonuniy yo‘llar orqali migratsiyaga ketish hayotingiz uchun xavf tug‘diradi. Xavfsiz yo‘lni tanlang — ruxsat etilgan migratsiya!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Kogon: "Nurafshon" mahallasida zamonaviy sport zali ochildi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Dolzarb90Kun
#Xalqaro_hamkorlik
❇️Buxorolik maktab o‘quvchilari uchun xorijlik professor-o‘qituvchilaг tomonidan onlayn kurslar tashkil qilinadi
🔹”Dolzarb 90-kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Acharya universiteti hamkorligida ingliz tili fanidan onlayn kurslar faoliyati yo’lga qo’yildi.
🔹Kurslar haftaning har seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 09 00 dan 12:00 gacha universitetning xorijlik yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.
🔹O‘quvlarga telegram (/channel/bvmmtb) kanali orqali 🎙ovozli chat xizmatidan foydalangan holda ishtirok etishingiz mumkin.
#Kun_hikmati
Kamchiliklarni ko‘rmaslik – qalb ko‘rligini bildiradi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davom etmoqda: “Xinjiang Lihua Group Co., Ltd” kompaniyasi bilan Buxoroda qishloq xoʻjaligi, jumladan, paxtachilikni rivojlantirishda hamkorlik kengaytiriladi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#YoshlarFestivali #Buxoro_shahri
Ayni vaqtda Buxoro shahridagi “Shahriston maydoni”da “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi shou-konsert dasturi bo'lib o'tmoqda. Festivalning yorqin lahzalari fotojarayonlarda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Yangi davr
Buxoroda shamol elektr stansiyasining ochilish marosimi o‘tkazildi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Afgʻoniston Davlat korporatsiyasi delegatsiyasi—Buxoroda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖥🖥🖥 Axborot 24
Buxoroda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari o‘tkazilmoqda
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Vobkent: “Guliston” va “Rohkent” hududlarida gʻalla oʻrim-yigʻimi avjida
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Buxorolik yoshlar, tayyormisiz?
Buxoroda navbatdagi “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida shou-konsert dasturi ertaga, 14-iyun soat 19:00da Buxoro shahridagi “Shahriston maydoni”da boʻlib oʻtadi.
🔈Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturi barcha buxoroliklarni xursand qilishiga ishonamiz.
#Yoshlaroyligi #Dolzarb90kun #Buxoro
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Shenyan shahrida “II xalqaro birodar shaharlar forumi”da ishtirok etishdi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Kun_hikmati
Inson o‘zini o‘zgartirmas ekan, hayot o‘zgarmaydi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
RADDIYA
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi tomonidan goʻyoki “xususiy bogʻchani buzib tashlash” kerakligi yuzasidan topshiriq berganligi haqidagi video tarqalib, keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.
Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Joriy yilning 22-may kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishini koʻzdan kechirdi.
140 oʻringa moʻljallangan mazkur muassasa 1961-yilda qurilgan va hozirda taʼmirtalab holga kelib qolgan. Oʻtkazilgan xatlovga asosan mahalliy byudjet hisobidan zarur mablagʻlar ajratilib, bogʻchada kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganish chogʻida viloyat hokimi qurilish ishlarini jadallashtirish va qisqa muddatda yakunlash yuzasidan shahar hokimligi va soha masʼullariga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, oʻrganish jarayonida Botir Zaripov davlat bogʻchasi hududi obodonlashtirilmaganligi, bogʻchaga tutash boʻlgan hududdan oʻzboshimchalik bilan egallangan umumiy ovqatlanish obyekti egasi tomonidan bogʻcha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona noqonuniy kirish-chiqish yoʻlagi ochilganligi, bundan tashqari bogʻcha hududining bir qismida yuqori kuchlanishli transformator atrofi temir panjara bilan oʻrab olinmaganligi yuzasidan eʼtirozlarini bildirdi.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, viloyat hokimlari zimmasiga muassasalarning xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, hududlar atrofini oʻrash, ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarni biriktirish, kuzatuv kameralari va yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish choralarini koʻrish, shuningdek, muassasa hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash vazifalari yuklatilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli Qarori)
Videolavhada tilga olingan “buzib tashla” jumlasida aynan oʻsha bogʻcha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona, noqonuniy kirish-chiqish yoʻlagini bartaraf etilishi nazarda tutilgan.
Bunda, viloyat hokimi tomonidan 140 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilarini xavfsizligi, hamda yuz berishi mumkin boʻlgan turli noxush, noqonuniy holatlarni oldini olish - asosiy maqsad boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoq faollari va foydalanuvchilari aynan shu jumlani “hokim xususiy bogʻchalarni buzib tashlash boʻyicha topshiriq berayapti” tarzida muhokama qilishmoqda. Bu esa mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Viloyatning boshqa shahar-tumanlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bu kabi holatlarni oʻrganish va zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Buxoro shahar hokimining tegishli oʻrinbosariga “hayfsan” intizomiy chorasi qoʻllanilgan, noqonuniy yoʻlak bartaraf etilgan hamda oʻrganish olib borilgan 2-son davlat maktabgacha taʼlim taʼlim muassasasidagi jarayon tasvirga olinib, mutasaddilarga yuborilgan va shu tariqa keng tarqalgan.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlamoqchimiz, viloyatda qonun ustuvorligi taʼminlanadi, bironta noqonuniy buzilish qilinmaydi. Ushbu holatda viloyat hokimi tomonidan topshiriq berish paytida ayrim rahbarlarning masʼuliyatini oshirish uchun hissiyotli gapirishga toʻgʻri kelgan.
Shu oʻrinda viloyat hokimligi matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan, blogerlar bilan doimo hamkorlikka tayyorligini bildiradi.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
https://uza.uz/uz/posts/baliqlar-suv-havzalarga-qoyildi_728582
Читать полностью…⚡️Olot: "Gʻanchi Chandir" mahallasida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi qad rostladi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Olot: “Kashtalar jilosi” – olis tuman chevarlari ijodiy koʻrgazmasi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-xizmat-ehtiyozhmandlarga-ishonchdir_730577
Читать полностью…#DIQQAT
⚡️Buxoro viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT
👉Batafsil
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#YoshlarFestivali #Buxoro_shahri
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivalining yorqin lahzalari (fotojarayon).
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
Qishloq xo’jaligi: imkoniyat, izlanish va natija
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Shofirkon: quyosh panellari ekin yerini sugʻorishda ham energiya manbai boʻlmoqda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
‼️TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
Joriy yilning 16–19-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
16–17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40–42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43–44 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#oromgohlar_chorlaydi
📣Hurmatli, ota-onalar!
👋Farzandingiz yozgi ta’tilni maroqli va mazmunli o‘tkazishini xohlaysizmi? Sizlarni Buxoro viloyatidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga taklif etamiz!
✅Viloyatning so‘lim maskanlarida joylashgan oromgohlarimizda bolajonlar uchun kuniga 5 mahal kaloriyaga boy ratsionda ovqatlanish, sifatli oziq-ovqat ta’minoti, 12 kunlik dastur asosida turli madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari, basseynlarda cho‘milish, musobaqalar, intellektual o‘yinlar, turli yo‘nalishlarda to‘garaklar hamda noan’anaviy klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
👍Eng asosiysi ularning xavfsizligi va sog‘ligiga alohida e’tibor qaratiladi!
✅Oromgohlarimizga 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar dam olishlari mumkin.
📒Oromgohlarimizda 4-iyundan 15-avgustgacha tashkil etiladigan smenalar soni 5 ta, smenalar davomiyligi esa
12 kun.
☑️Siz uchun yana bir yangilik va qulaylik! Endilikda yo‘llanmalarni uydan turib www.oromgohlar.uz platformasi orqali 50% li chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.
↪️Murojaat uchun oromgohlar telefon raqamlari:
👉"Buxoro" ☎️ +998903400028 (Buxoro shahar);
👉"Bolalar sayyorasi" - ☎️ +998914123434 (Gʻijduvon tumani);
👉"Romitan" - ☎️ +998936889900 (Romitan tumani);
👉"Peshku" - ☎️ +998971820510 (Peshku tumani);
👉"Quyosh nuri" - ☎️ +998932550401 (Vobkent tumani).
🔘Shoshiling, yo‘llanmalar soni cheklangan!
Bolalarni dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Fakt 24
650 million dollarlik investitsiya va 500 MVt “yashil” quvvat
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Lyaonin
Delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasi tashrifining navbatdagi manzili Shenyan shahridagi “JINCHEN” kompaniyasi boʻldi.
Qayd etish lozimki, mazkur kompaniya nafaqat Lyaonin provinsiyasidagi, balki Xitoydagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi.
Tanishuv chogʻida Buxoro delegatsiyasiga kompaniyaning tashkil topishi, hozirgi kundagi faoliyati, istiqboldagi rejalari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida mazkur kompaniya bilan hamkorlik qilish, Buxoroda sovutish va isitish tizimlari, shuningdek, isitish qozonxonalarini ishlab chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashilib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiya Shenyan shahrida “II xalqaro birodar shaharlar forumi” doirasida tashkil etilgan koʻrgazma bilan ham tanishdi.
Mazkur koʻrgazmada Buxoro viloyati ham oʻzining turizm salohiyatini taqdimot qildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Farovonlik sari
Shofirkon tumanida 1 200 ish o‘rniga ega “Amirtex” yorlig‘i ostidagi “AZTEX” tikuvchilik fabrikasi hamda Buxoro shahridagi “Buxoro Agroklaster DZZ” faoliyati haqida
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️2025-yil 22-may. Buxoro shahrida 2-DMTT dagi oʻrganishlar
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Fakt 24
Buxoroda 650 million dollarlik investitsiya va 500 MVt “yashil” quvvat
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Vobkent: "Azizbek-Eʼzozbek zamini”, “Oʻrinoy Mirzayeva” kabi xoʻjaliklarda gʻalla xirmoni yuksalmoqda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube