buxorouz_official | Unsorted

Telegram-канал buxorouz_official - BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

25637

Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: gov.uz/buxoro Facebook: fb.com/zaripovrasmiy Matbuot kotibi: @olimjuraev Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.

Subscribe to a channel

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Viloyat hokimining oʻrinbosari gʻijduvonlik yoshlar bilan muloqot qildi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#Xushxabar

⚡️Buxorolik o'quvchilar Al-Xorazmiy xalqaro olimpiadasida 4 ta kumush, va 5 ta bronza medalni qo'lga kiritishdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 8-12-may kunlari poytaxtimizda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur olimpiadada dunyoning 9 ta mamlakati vakillari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Quvonarlisi, olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan bilimdonlar qatorida buxorolik o‘quvchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Gʻoliblar bilan tanishing:
👉Kamronbek Kamolov - Buxoro shahar 35-maktabning 7-sinf o‘quvchisi – Kumush medal;
👉Baxtiyor Ostonov - Qorako‘l tumani ixtisoslashgan maktab internatining 8-sinf o‘quvchisi – Kumush medal;
👉Nurbek Umarov - Qorako‘l tumani ixtisoslashgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi – Kumush medal;
👉Javohir Mamatqulov - Qorako‘l tumani ixtisoslashgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi – Kumush medal;
👉Muhammadshoh Mardonov - Qorako‘l tumani ixtisoslashgan maktab internatining 7-sinf - Bronza medal;
👉Ulug‘bek Olimjonov - Buxoro shahar 35-maktabning 7-sinf o‘quvchisi - Bronza medal;
👉Behruz Asrorov - Qorako‘l tumani ixtisoslashgan maktab internatining 8-sinf o‘quvchisi - Bronza medal;
👉Mehmonbek Amonov - Qorako‘l tumani ixtisoslashgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - Bronza medal;
👉Farhodjon Ergashov - Olot tumani ixtisoslashgan maktab internatining 8-sinf o‘quvchisi - Bronza medal;

Iqtidorli o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#hokim_hududlarda
#Gazli_shaharchasi

Gazli shahri Romitan tumani tarkibiga kiruvchi kichik shaharcha bo‘lib, viloyat markazidan 106 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bugun ushbu olis hududda 1 ming 300 dan ortiq xonadonda 6 ming 500 ta aholi istiqomat qiladi. Ikkita – “Baynalminal” va “Gazli” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan iborat mazkur shaharchada asosan qozoq millatiga mansub aholi yashaydi.

Bugun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov mazkur shaharda bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, mavjud muammolarni o‘rgandi. Viloyat rahbari dastlab 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

Mazkur muassasa 1985-yilda qurilgan bo‘lib, 140 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda 98 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda.

Botir Zaripov guruh xonalarining holatini ko‘zdan kechirdi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini, mashg‘ulotlarni kuzatdi. Bolajonlarga o‘yinchoqlar, mashg‘ulotlar jarayonida zarur bo‘ladigan bosh Tarbiyachi-pedagoglar bilan muloqot qilib, muammolar haqida so‘radi.

O‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, muassasa kapital ta’mirga muhtoj. Botir Zaripov muammoning yechimi yuzasidan mutasaddilarning takliflarini eshitdi. Shunga ko‘ra, vazifalarni belgilab berdi.

Xususan, bog‘chaning bo‘sh turgan hududida 120 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi quriladigan bo‘ldi.

Yangi loyiha bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Buxoro tumani: Navroʻz mahallasida “Sohilboʻyi” dam olish maskani qurilmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Romitan tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Romitan tumani Gazli shaharchasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar oila a’zolari salomatligini tekshirish maqsadida viloyat hamda Romitan tumanidan jalb qilingan mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan tibbiy ko‘rik ishlari olib borilmoqda.

Tibbiy ko‘rikda 15 dan ortiq tor doiradagi tibbiyot mutaxassislari ishtirok etib, aholiga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatmoqda.

Ko‘rik davomida quyidagi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan:
✅Mobil poliklinika;
✅Mobil o‘pka salomatligi bo‘yicha tekshiruvlar;
✅Mobil oftalmologiya xizmati;
✅Ko‘chma UZI va EKG apparatlari orqali diagnostika
.

Mazkur tibbiy ko‘rikning asosiy maqsadi – aholining salomatligini erta bosqichda aniqlash, kasalliklarning oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Facebook dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

👉 http://fb.com/zaripovrasmiy

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#Kun_hikmati

Xohish qanchalik kuchli bo‘lmasin, harakat qilinmasa erishib bo‘lmaydi. Harakat bizning o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni oshiradi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Yangi davr

Ark qalʼasi yangi eksponatlar bilan boyitilmoqda

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Gaz ta’minotida raqamlashtirish va tejamkorlik ishlarining borishi Buxoro viloyati misolida

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Olot: tomorqachilikda Hayitgul Saidova koʻplarga oʻrnak boʻlmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:


🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Turkiya bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va zamonaviy tibbiy bilimlar bilan tanishish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ana shunday maqsadda joriy yil may oyida Turkiya Respublikasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikxan boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan uchrashuvda qator muhim kelishuvlarga erishildi. Uchrashuvda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali rahbari Muxsin Rajabov ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning yanvar oyida Buxoro viloyatidan bir qator shifokor-mutaxassislar Turkiyaga xizmat safari bilan tashrif buyurib, u yerda yetakchi tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan foydali muloqotlar olib borgan edilar. Ushbu hamkorlik asosida yaqin kunlarda yana 10 nafar yuqori malakali shifokor Turkiyada malaka oshirish dasturlarida ishtirok etadi. Yil yakuniga qadar esa ushbu imkoniyat 100 nafardan ziyod tibbiyot xodimiga yaratilishi rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2024-yil dekabr oyida Sog‘liq bilimlari universiteti (SBU) hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida hamkorlikka oid memorandum imzolangan edi. Hujjat tibbiyot kadrlarini tayyorlash, malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati va klinik amaliyotda tajriba almashishni ko‘zda tutadi.

Bu kabi tashriflar va kelishuvlar Buxoro viloyatida tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni hayotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Buxoroda bolalarga yurak operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar tufayli Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu nafaqat viloyat, balki butun mintaqa tibbiyotidagi muhim yangilik sanaladi.

Bunday operatsiyalar Respublika bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari va mahalliy shifokorlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ilgari bunday bemorlar boshqa viloyatlarga yoki chet davlatlarga borishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda mazkur markazda davolanish imkoni yaratilgan.

Markazda kardioxirurgiya bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda kardiojarrohlar, anesteziologlar, perfuziologlar faoliyat yuritmoqda. Bu yerda xalqaro standartlarga mos yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda 5 000 dan ortiq bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘iladi, shundan 700 nafarga yaqini Buxoro viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirgacha markazda 120 dan ortiq murakkab operatsiya muvaffaqiyatli bajarilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Majburiy ijro byurosi yangi binoda ish boshladi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

@BotirZaripov

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Botir Zaripov Gazlida aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini oʻrgandi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#hokim_hududlarda
#Gazli_shaharchasi

O‘rganishlar shahardagi 37-umumta’lim maktabida davom etdi. Botir Zaripov o‘quv jarayonlarini kuzatdi.

Suhbatlar jarayonida viloyat rahbari farzandlarimizning bilim saviyasi, kelajakdagi orzu-intilishlari, kitobxonlik darajalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv yakunida ta’lim muassasasiga zamonaviy kitob jamlanmalari hamda chaqiriqqacha tayyorlov xonasi uchun zarur jihozlar sovg‘a qilindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Ахborot 24

Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Turkiyaning sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlik qilmoqda


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Gazli shaharchasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikda ishtirok etdi. Ulardan 10 nafarining holati alohida e’tiborga olinib, shifokorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning uyiga borib ko‘rik o‘tkazishdi.

Ko‘rik davomida bemorlarning xonadoniga quyidagi xizmatlar
✅EKG (elektrokardiogramma)
✅UZI (ultratovushli tekshiruvlar) ko'rsatildi.


Mazkur tadbir aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, erta tashxis va kasalliklarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bepul va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Buxorodagi yangi sayyohlik manzillari


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Ахborot 24

Buxoroda sog‘lomlashtirish oyligi: ommaviy tibbiy ko‘riklar, raqamlashtirish jarayonlari va marafonlar


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#hokim_hududlarda

Botir Zaripov hududlarda qurilish-bunyodkorlik, shuningdek, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Joriy ishlar tanqidiy tahlil qilinib, istiqboldagi muhim vazifalar belgilandi.


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Shofirkon: obodonlashtirish boshqarmasiga yangi maxsus texnikalar topshirildi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Qorakoʻl: Qoʻziboyevlar tomorqasida ertangi oshqovoq yetilmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Tadbirkorlar diqqatiga!

Sport sohasida yirik loyihalarda ishtirok etishni xohlaysizmi?

Sizni davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida quyidagi sport obyektlarini barpo etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikka taklif qilamiz!

Taklif etilayotgan loyihalar:
Gimnastika markazlari – Zamonaviy texnologiyalar asosida quriladigan sport obyektlari,
Boks zallari – Qulay infratuzilmaga ega, ixtisoslashtirilgan sport maskanlari,
Ot sporti bazalari – Ot sporti uchun zamonaviy infratuzilma,
Muz maydonchalari – Yengil konstruksiyali yopiq muzli sport inshootlari.

Shuningdek, quyidagi mavjud suzish havzalarini to‘liq ta’mirlash va DXSH asosida qayta faoliyatga tushirish rejalashtirilmoqda:

Buxoro shahar “Semurg‘” yopiq suzish havzasi,

G‘ijduvon tumani yopiq suzish havzasi,

Qorako‘l tumani yopiq suzish havzasi,

Olot tumani yopiq suzish havzasi.

Agar sizni ushbu loyihalar qiziqtirsa, hoziroq bog‘laning:
📞 +998(65)221-02-58
📞 +998(97)300-41-11

⚡️ Tadbirkorlar uchun katta imkoniyat!

Sport infratuzilmasi rivojiga hissa qo‘shing – biz bilan hamkorlik qiling!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#Kun_hikmati

Yaxshi niyatlar yaxshi amallarni keltiradi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Axborot 24

Qorovulbozor tumanida Xotira xiyobon ochildi


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Axborot 24

Botir Zaripov buxorolik urush faxriylariga Prezident tabrigi va pul mukofotlarini yetkazdi


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Buxoroda ham Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi (video)

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#xotira_abadiy
#qadr_muqaddas

9-may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ham xotira va ehtirom tadbirlari tantanali ravishda o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan viloyat hokimi boshchiligida boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va mas’ullari, mehnat faxriylari, tibbiyot, oliy, o‘rta maxsus, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar Buxoro shahrida joylashgan Xotira maydoniga yig‘ildi.

Yig‘ilganlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ularning xotirasi yana bir bor ehtirom bilan yodga olindi. Hozir bo‘lganlar tinchlik va osoyishtalik, erkin hayot uchun o‘z hayotini qurbon qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasi uchun sukut saqlab, yurakdan chiqqan minnatdorlik tuyg‘usini izhor etdilar.

9-may – Xotira va qadrlash kuni tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida, qishloq va mahallarida, tashkilot, idora va muassasalarida keng nishonlanmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel