Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: gov.uz/buxoro Facebook: fb.com/zaripovrasmiy Matbuot kotibi: @olimjuraev Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
🖥🖥🖥 Axborot 24
Buxoroda “Sogʻlom va xavfsiz yurt” tamoyili amalda
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Axborot 24
Ark qalʼasi muzeyida yangi koʻrgazma ish boshladi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Bitiruvchilar bandligini ta’minlash va “Kelajakka qadam” markazlari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
📄Kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, viloyat hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov, Respublika va viloyat Markaziy bank vakillari, shuningdek, viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda prorektorlari ishtirokida bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda “Kelajakka qadam” markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
💼Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yo‘nalishida ko‘rilgan chora-tadbirlar va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
#Dolzarb90kun #Xizmat_safari #Buxoro
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Kun_hikmati
Do‘stning ishonchli bo'lishi omaddan emas, fazilatdandir.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Buxoro davlat pedagogika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi imzolandi
✅Ushbu anglashuv memorandumi ta’lim, tarbiya va ishlab chiqarish sohalarida texnologiyalar, tajriba almashish, axborot va inson resurslarini almashish orqali tomonlarning oʻzaro manfaatlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan.
❗️Asosiy hamkorlik yo'nalishlari etib:
1. Ta’lim, tarbiya va ishlab chiqarish sohalarida qoʻshma o‘quv, ilmiy, innovatsion va investitsion loyihalar doirasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va hamkorlik tarmoqlarini yaratish;
2. Institut professor-o‘qituvchilari va Prezident maktabi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tezis, maqolalar yozish hamda konferensiyalar o‘tkazish;
3. Bilimlarni uzatish va salohiyatni oshirish bo‘yicha texnik seminarlar o‘tkazish, malaka oshirish va stajirovka dasturlari, mutaxassislar va tadqiqotchilar almashinuvi;
4. Qo‘shma loyihalar doirasida o‘zaro tajriba, texnologiya va innovatsion yechimlar almashish;
5. Konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, kurslar, qo'shma loyihalar ko'rgazmalarini birgalikda tashkil etish kabilar belgilandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Axborot 24
Buxoroda yo‘lsozlik sohasidagi yangilanishlar haqida
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Viloyatimiz diniy soha vakillari o‘rtasida "Viloyat hokimi sovrini" uchun “Zakovat” intellektual o‘yini bo’lib o’tadi
✍️Ushbu tanlov diniy soha vakillari o’rtasida bilimlarni chuqurlashtirish, tafakkur va mulohazalarni rivojlantirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Bellashuvda ishtirokchilar turli mavzular, tarixiy, dunyoviy, huquqiy, mantiqiy va boshqa masalalar yuzasidan bilimlarini sinovdan o’tkazishadi.
‼️Tanlov tafsilotlari:
👥Ishtirokchilar: Viloyatdagi diniy soha vakillari;
📖Musobaqa turi: Intellektual savol-javoblar, mantiqiy vazifalar
🏆Sovrinlar: Viloyat hokimi kubogi hamda qimmatbaho sovg‘alar;
😀Sana: 2025-YIL 31-IYUL
⏰ Soat: 19:00 da.
📍Manzil: Mir Arab Oliy madrasasi.
👤Viloyatimizdagi barcha diniy soha vakillarini faol ishtirok etishga chorlaymiz!
✅Bilimingizni sinab ko‘ring va viloyatdagi eng bilimdon diniy soha vakili bo‘lish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Inson” volontyorlari: ishonch, dalda va yelkadosh
🇺🇿G‘ijduvon tumanidagi "O‘zanon" mahallasida yashovchi 17 yoshli Shaxlo Ibragimova — irodali, bilimga chanqoq va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan qizaloq. U oilaning kenja farzandi. Nogironligi bo‘lishiga qaramay, katta marralarni ko‘zlagan, intiluvchan yoshlar qatoridan joy olgan.
🏃Shaxlo ingliz tiliga juda qiziqadi. U IELTS imtihonidan 7 ball olgan, milliy sertifikat bo‘yicha esa A darajaga ega. Bu natijalar uning chet tillarini chuqur o‘zlashtirganidan dalolat beradi.
🖋Bu yil Shaxlo Buxoro davlat universitetining Xorijiy tillar yo‘nalishiga hujjat topshirdi. Kirish imtihonlariga borish va qaytishda unga “Inson” volontyorlari yaqindan yordam berishdi — uni uyidan olib ketishdi, imtihondan so‘ng kuzatib qo‘yishdi, yo‘l-yo‘riq, tavsiyalar berishdi.
👥Bu kichikdek tuyulgan, ammo muhim qo‘llab-quvvatlov Shaxloga katta kuch va ishonch bag‘ishladi.
❗️Shaxlo kabi bilimli va intiluvchan yoshlar bizga shuni anglatadiki — imkoniyat berilsa, e’tibor qaratilsa, har qanday to‘siqlar yengiladi. Shaxloning harakati, mehnati va atrofidagilarning qo‘llab-quvvatlashi bizga bir haqiqatni yana bir bor eslatadi: yoshlarimizga ishonch bersak, ular kelajakni o‘zlari qurishga qodir.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#hokim_hududlarda
📍Botir Zaripov “Gʻijduvon erkin iqisodiy zonasi”ning Toʻdakoʻl massivida Oʻzbekiston va Eron davlatlari oʻzaro hamkorligi va kapitali asosida tashkil etilgan. "Petrochem sepehr" qoʻshma korxonasida ham bo’ldi.
⬆️Hisob-kitoblarga koʻra, bu loyihaning umumiy qiymati 274 million AQSH dollarini tashkil etadi.
✅Ahamiyatli jihati, mazkur neft kimyo klasterini tashkil etish doirasida bu korxonada oʻndan ortiq biznes loyiha asosida, mutaxassislarni jalb qilgan holda kimyoviy usulda pentan, geksan, benzol, toluol gazlari yoritgichlari, shuningdek, riformat va izomerizat aromatik uglevodorodlari, monometilanilin, dimetil karbonat, ammoniy bikarbonat, kaustik soda va kaliy sulfati kabi jami 13 xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish tajribasi oʻzlashtiriladi.
➡️Muhimi, mazkur loyihaning ishga tushirilishi evaziga yil davomida 240 million AQSH dollariga teng boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilishi, shundan, 82 million AQSH dollariga teng mahsulot eksportga yoʻnaltirilishi, 123 million AQSH dollariga teng import oʻrnini bosuvchi mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi. Iqtisodiy jihati esa bunda yiliga 214 milliard soʻmga teng boʻlgan byudjet tushumiga erishilishi bilan birga, korxonada band boʻladigan 600 nafarga yaqin ishchi-mutaxassisning moddiy manfaatdorligi taʼminlanadi.
💬Botir Zaripov tashabbuskorlar bilan muloqotda loyihani amalga oshirish doirasidagi muammolar bilan qiziqdi. Shunga koʻra, masʼullarga zarur topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Qorovubozor: “Boʻzachi”dagi 20 gektar maydonda tarvuz va qovoq yetishtirilmoqda
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Tadorik
📚Buxoroda 2025–2026-o‘quv yili uchun darsliklar yetkazilishi davom etmoqda
🔝Yangi o‘quv yili arafasida viloyatimizdagi umumta’lim muassasalarini zarur darsliklar bilan ta’minlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
💬Jami 3 534 324 dona darslik va o‘quv-metodik majmualar ta’lim muassasalariga yetkazilishi rejalashtirilgan.
✅Hozirgacha ularning 2 103 716 donasi (82%) allaqachon manzilli ravishda maktablarga yetkazildi.
📍Viloyatimiz maktablarida ta’lim 3 ta tilda olib borilib, har bir maktab o‘z ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha zarur adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich to‘liq ta’minlanadi.
✈️Darsliklar belgilangan tartibda va muddatlarda yetkazib berilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Yangi davr
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Buxoroda tashkil etilayotgan tadbirlar xususida
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#konstitutsiyaviy_burch
🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!
✅Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
📣“Buxara W and D Factory” – G‘ijduvonda ishlab chiqarishning yangi bosqichi
🏘2023-yilda “Buxara W and D Factory” MChJ tomonidan IMZOning umumiy qiymati 2 million dollarlik yangi franshiza ishlab chiqarish fabrikasi tashkil etilgan edi.
👥Yangi fabrikada tayyor oyna-rom va eshik tizimlari ishlab chiqariladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga taxminan 180 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu esa sifatli mahsulotlarga o‘sib borayotgan talabni to‘liq qoplaydi. IMZO franshiza fabrikasining ochilishi natijasida 50 ta yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda kompaniya mijozlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
🚛Korxonada ishlab chiqarilayotgan imzo romlari butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish tizimi orqali xaridorlarga tez va sifatli yetkazib berilmoqda.
✅Bunday loyihalar hududiy rivojlanish, aholi bandligini ta’minlash va mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror o‘sishida muhim o‘rin tutadi.
🚛IMZO franshiza fabrikasi ochilishi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli strategik hamkorlikni nazarda tutadi. Hamkorlik doirasida sherik nafaqat franshiza brendining ijobiy obro‘siga ega bo‘ladi, shu bilan birga keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanadigan biznesni boshqarish bo‘yicha batafsil qo‘llanmalarni, jumladan marketing, IT va HR vositalarini, tayyor hujjatlarni va intellektual mulkni qo‘lga kiritadi.
🚛O‘z tajribasi, bilim va texnologiyalarini ulashayotgan IMZO butun O‘zbekiston bo‘ylab biznes tuzilmasini rivojlantirishni maqsad qilgan. Bu esa mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning turmush darajasini yanada oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥 Zamon
Buxoroda sanoat zonalari faoliyati kengaymoqda
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Kun_hikmati
Ilmsiz ibodat jismsiz ruh kabidir.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📢Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali qabul komissiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining joriy yilda qabul qilingan 214-sonli buyrug‘iga asosan, 7 xil yo‘nalishda klinik ordinaturaga hujjatlarni bevosita qabul qilishni e’lon qiladi
💼Mutaxassislik bo‘yicha yo‘nalishlar:
➡️Anesteziologiya-reanimatologiya;
➡️Umumiy xirurgiya;
➡️Travmatologiya va ortopediya;
➡️Ichki kasalliklar (terapiya) (yo‘nalishlari bo‘yicha);
➡️Pediatriya (yo‘nalishlari bo‘yicha);
➡️Bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi;
➡️Shoshilinch tibbiy yordam.
📄Klinik ordinaturaga kirish uchun talabgorlar SSV ning 2025-yil 18-iyuldagi 214-sonli buyrug‘iga asosan, RSHTYOIM BF ning (400921860064017073102054001) hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining yarim barobari miqdorida to‘lov qilgandan so‘ng ariza qabul qilinadi.
❗️Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilishni ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 21-avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
📌Mas’ul kotib: Kenjayev L.
🤙Murojaat uchun telefon: +998916460304; +998973002430
✈️@LazizRK
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Buxoroda "Askiya va qiziqchilar sayli": Kulgu ustalari bir sahnada!
📍Joriy yilning 29-iyul kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida viloyatimiz aholisi va mehmonlari uchun ajoyib madaniy tadbir – “Askiya va qiziqchilar sayli” gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
✅Tadbir soat 19:00 da boshlanadi. Unda yurtimizning mashhur kulgu ustalari – Mirzabek Xolmedov, Valijon Shamshiyev, Dilshodbek Musabekov, Saydulla Fathullayev, Boltavoy Toshmatov va boshqa taniqli askiyachilar ishtirok etishadi.
🎭Konsert doirasida:
✅xalqona askiya namunalari;
✅zamonaviy sahna ko‘rinishlari;
✅tomoshabinlar bilan interaktiv hazil-mutoyibalar;
✅kulgu va ijobiy his-tuyg‘ularga boy chiqishlar namoyish etiladi.
◀️Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar va aholining bo'sh vaqtini yanada mazmunli tashkil etish, xalq og‘zaki ijodi va askiya san’atini keng targ‘ib qilishdan iborat.
‼️Barchani mazkur kulgu kechasida ishtirok etishga chorlaymiz. Kechani a’lo kayfiyat, quvnoq sahnalar va askiya yulduzlari bilan o‘tkazing!
💙🩵❤️🩵❤️💛 ❤️🧡❤️💙❤️
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj
Buxoroda “Dolzarb 90 kun”: ta’lim, ijod, sport va sog‘lom turmush tarzi sari
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Qorakoʻldagi ijtimoiy yotoqxonada yashayotgan ayollarning muammolari oʻrganilib, ularni tezkor hal etish yuzasidan vazifalar belgilandi
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yigitlar o‘rtasida stritbol sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
✅Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni sportga jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan ushbu musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlaridan yigitlar jamoalari ishtirok etdi.
➡️Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindor deb topildi:
👤16–21 yosh toifasida:
🥇1-o‘rin — Jondor tumani
🥈2-o‘rin — Qorako‘l tumani
🥉3-o‘rin — Kogon shahri
👤22–30 yosh toifasida:
🥇1-o‘rin — Jondor tumani
🥈2-o‘rin — Peshku tumani
🥉3-o‘rin — Qorako‘l tumani
🔫Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
📌Eslatib o‘tamiz, barcha g'olib va sovrindorlar endilikda respublika bosqichida viloyatimiz shanini himoya qilishadi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Buxoro tumani: “Navroʻz” mahallasida “Sohil boʻyi dam olish maskani” qurilmoqda
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Gʻijduvon: Shavkat Aslonov broyler joʻja boqishdan 40 kunda 22 million soʻm foyda oldi
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#hokim_hududlarda
📍Xalqaro ahamiyatdagi A-380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining 208 kilometridagi yo‘l o‘tkazgich 1967-yilda qurilgan bo‘lib, uning uzunligi 100,9 metrni tashkil qiladi. Mavjud yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) kirib-chiqish joylaridagi o‘tish plitalarining mutlaqo talabga javob bermasligi natijasida qoniqarsiz holga kelib qolgandi.
ℹ️Ushbu xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining serqatnovligi e’tiborga olinsa, har ikki tomonga o‘tayotgan yuk tashuvchi mashinalar hisobiga ko‘prikka 200 tonnadan ortiq og‘irlikdagi yuk tushayotgani ham sir emas. Bu esa xavfni yanada oshiradi. Yo‘l o‘tkazgich ustidan o‘tayotganlarning ham, temir yo‘ldagi poyezdlar xizmatidan foydalanayotgan fuqarolarning ham hayotini tahlikaga soladi.
👀Shuni inobatga olib, yo‘l o‘tkazgich O‘zbekiston Prezidentining qaroriga asosan qayta qurish dasturiga kiritilgan. Yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish ishlari uchun bosh pudratchi etib, “Ko‘prikqurilish” AJ belgilangan.
💬Botir Zaripov bugun mazkur yo‘l o‘tkazgichda bo‘lib, Avtomobil yo'llari qo'mitasi va yo‘l o‘tkazgich qurilishiga mas’ul boshqa mutasaddilar bilan qurilish ishlarini jadallashtirishga doir masalalarni muhokama qildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#2025_yil_1_avgustdan
🪙 Qonunchilikka ko'ra, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Bunda:
🔹 mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so'm;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so'm etib belgilanadi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Qorakoʻllik Darmon Qurbonov 25 sotix yerda pavlovniya niholi yetishtirmoqda
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Viloyat hokimining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan oilalar holidan xabar oldi
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Diqqat
❗️Suv ta'minoti vaqtinchalik to'xtatilgan
Buxoro shahrining Ibrohim Moʻminov koʻchasi (17-maktab) boʻylab oʻtuvchi diametri 250mm. li suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni (avariya holati) bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan bugun, 25-iyul soat 19:00ga qadar Ibrohim Moʻminov va Sadriddin Ayniy koʻchalarida vaqtinchalik suv taʼminoti toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.
❗️Yetkazilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
«Buxoro suv ta’minoti» AJ
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Kogon shahrida quyoshdan elektr olinadigan xonadonlar koʻpaymoqda
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
📣Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi
📌Batafsil
📌Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube