Eng kuchli skill: muomala
Z avlod o'zini "introvert" deb atashni o'rganib olgan. Aslida ham shundaymi?
Oxirgi paytdagi kuzatuvlarim asosida menda bir fikr shakllandi. Yangi avlod (2000-yildan keyingilar) odamlar bilan muomala qilishni bilmaydi. Bu ayb emas. Chunki sabablar bor
Oxirgi yillarda internetning tezlashishi, smartfonlarni arzonlashuvi ayni shunga olib keldi. Odamlar ko'proq ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali suhbatlashmoqda.
Xoʻsh, chellenj nima boʻldi?
Bir necha kun avval “100 kun ertalab yugurish” chellenjini boshlagan edim. Natijalar allaqachon koʻrina boshladi
Sayt=Sayt
Yaxshi sayt=Kontent
Zo'r sayt=Kontent+SEO
SEO o'zi nima?
Google yoki Yandexga kirdingiz. "Ingliz tili kursi" deb yozdingiz. Eng birinchi chiqqan saytda SEO yaxshi ishlangan. Demak, SEO qidiruv tizimlarida (Google, Yandex, Safari..) saytingiz yuqoriroqda chiqishini ta'minlash.
O'zi u nega kerak?
Siz biror marta Google'da chiqqan 17-saytga kirganmisiz? Deyarli hamma 1-5 saytlarga kiradi. Shuning uchun saytingiz yuqorida chiqishi juda muhim.
Avval kopirayting haqida bloglar bo'lmas edi. Hozir esa SEO bo'yicha 1 ta blog bor. Qo'shilib olishni tavsiya qilaman
/channel/nodir
Tongda ajoyib fikrlar keladi-da
Tez orada Oliy Majlis, viloyat, shahar, tuman kengashlari deputatligi uchun saylovlar boʻladi
Hojiakbar'dan ajoyib kontent)
Activist ijtimoiy tajriba o'tkazib ko'ribdi. Natijasi esa ajoyib)
Shaxsiy kuztuvlarim natijasi: 50 % holatda pora so'ralsa, qolgan 50 % holatda biz taklif qilamiz.
Bunaqa qilib:
– Bir ilojini qilaylik, rozi qilamiz
– Bitta iltimos bor edi
– Sizniyam tsuhunamiz, bizniyam tushuning
– Falon qarindoshimiz salom aytib yubordi
– Falonchini jiyani edim
– Bitkazsa bo'lar...
Ha, ko'p hollarda biz taklif qilamiz. Keyin ko'chaga chiqib tomoq yirtamiz: Hamma joy korrupsiya
Hamma shunaqa qilayotgani siz ha qilishingiz kerakligini anglatmaydi. Shu joyiga o'qituvchilardan iqtibos: Hamma o'zini tomdan tashlasa, ))
✅️@copirayt
FCB talantlarni izlayapti
Siz "Katta bo'lsam, “креативщик” bo'laman" deb niyat qilgansiz va bu yo'lda haliyam izlanyapsizmi? Bu imkoniyat ayni siz uchun
Biz kreativlar tanlovini o'tkazamiz va ulardan eng yaxshisini ishga olamiz.
Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi
1-bosqich. Onlayn tanlov
Tez orada Bla Bla bank yangi omonat turini taqdim etmoqchi. U boshqa banklardan hech qaysi tarafi bilan ajralib turmaydi. Shunchaki oddiy omonat
Vazifa:
1. Omonat uchun nom va kreativ tashviqot kampaniyasi ishlab chiqish
Ishlarni 8-avgust 23:59 gacha @copirayter manziliga 2 ta tilda yuborish kerak (uzb/rus. faqat rus yoki faqat o'zbek tilidagi ishlar qabul qilinmaydi)
2-bosqich. Praktikum
1-bosqichdan o'tgan 5 kishi FCB Artgroup'da oflayn 1 haftalik praktikumda ishtirok etadi va yakunda 1 kishi FCB'da qoladi
Barcha praktikum ishtirokchilariga sertifikat beriladi
*har qanday savollar bo'yicha avvalo Google, keyin YouTube yoki @copirayter'ga murojaat qilish mumkin
Ha, aytgancha, vaqt ketdi
✅️@copirayt
Mana “ertaga” keldi
Kim kreativ boʻladi oladi?
Koʻproq reklama, kampaniyalar koʻrgan odam. Koʻproq kuzatgan odam. Koʻproq bilgan odam
Bizda boʻsh oʻrindiq bor
FCBga kopirayter, bizga tushlik paytida sherik kerak))
Onlayn yoʻq, oylikni kelishiladi. Ofis Toshkentda
Talablar ham oddiy)
3 ta til bilsin (oʻz, rus, eng)
Savodi ham joyida boʻlsin
Bir narsalar oʻylab topa olsin
Oʻzbeklarni tushunsin
+998901766133 | +998781207475 (10:00–19:00 gacha telefon qiling)
Hozir hamma Ilyaxovni o'qiyaptimi?
Yoz va qisqartir...
Balki bizda hammasi boshqachadir. Moskvada yashagan vaqtimdan misol. Ikkita rus uchrashib qoldi.
- Salom
- Salom, qalaysan?
- Yaxshi, ishlaring qalay?
- Yaxshi, ko'rushguncha
- Sog' bo'l
- Eeee, assalamu alaykum aka, ko'rinmaysiz? Yo'qlay ham demaysiz. O'zingiz tinchmi, yangamlar, jiyanlar hammasi salomatmi...
- Vaalaykum assalom. O'zingizdan so'rasak, uy ichilar yaxshimi? Hamma omonmi? O'tgan oy o'g'ilchangizni ko'rgan edim, polvon qalay hozir?
- Haaaa, Abdullajonmi?...
- ...
- ...
Men qolgan ishimni yig'ishtirib, ishlashim mumkin bo'lgan joylardan biri: Rahimov School
Imkoniyat va vaziyat bo'lishi bilan 3-4 yildan so'ng o'sha yerda ishlayman
Uning hikoyasi ham chiroyli
Uta Abe. Haqiqiy sportchi. Ayi Sesemi, Amandin Bushardan taxtni tortib ololgan. Ammo bugun...
Rosa yig'ladi. Dzyudoni, Yaponiyani sevganidan bo'lsa kerak.
Biznikilar ham yutqazsa, shunaqa yigʻlay olsa edi. Vatandoshlarimizga omad tilab qolaman
Frilansda yoki ofisda (hamma joyda) taym menejment
Boʻlib tashla va hukmronlik qil
Sezar
Cannes Lions'da qatnashgan ishlar ichida 1959-yildagi reklama roligini ko'rib qoldim.
FCB Chicago ushbu ish uchun Grand Prix/Titanium'ga loyiq ko'rilgan ekan
https://www.youtube.com/watch?v=PgIyBaawRAo
Haqiqiy marketing
Sement ishlab chiqaruvchi kompaniya shaharni ko'zi ojizlar uchun qulayroq qilishga yordam bergan
Aslida brendlar "artis"larni chaqirib olingan reklamalar bilan emas, insonlar hayotidagi muammolarga bergan yechimlari bilan kuchliroq bo'ladi
Kurs uchun joy band qilish allaqachon boshlangan.
Endi boʻsh joylar soni 16 ta emas
Batafsil ma’lumot uchun @kopirayting_pro
2-kun
Laqqa baliqlarni koʻrib qoldim. Ertaga yugurishga qarmoq olib chiqaman)))
https://www.instagram.com/reel/C-yr4lhIasr/?igsh=MWxzMW5oZjk3eGNudA==
Intizom…
Ertadan boshlayman…
Avval mikrofon olay…
Shu oy tugasin…
Maoshimni olay, albatta boshlayman…
Rostini aytay: hozir yoki hech qachon
Inson mashgʻulotni odatga aylantirishi uchun 21 kundan 40 kungacha muddat ketadi. Men esa 100 kun sinab koʻrmoqchiman
Marketing…
Avvallari u boʻlmagan, 10 yil avval hech kim marketing haqida gapirmas edi.
Ammo taxminan 5-6 yil avval hammasi oʻzgardi. Bizda birdan marketing paydo boʻldi.
Hozir esa hamma marketing haqida gapiryapti.
Endi Flavis va Royal haqida yozaman yaxshisi
Avvalgi post oʻchirildi.
Sababi: siz “men oʻz fikrimni bildirdim” deyishingiz mumkin. Kanalimdagi har bir izoh uchun men javob beraman. Shunchaki rebrending taraflama baho kutgan edim.
Kopirayting PRO
Darslar 1-oktabrdan boshlanadi va 3,5 oy davom etadi:
Kurs bloglari:
Fundamental kopirayting
Sotuv psixologiyasi
PR va strategiya
Kreativ kopirayting
Digital qism
Brend va sotuv
Faqat 16 kishi olinadi
Kurs narxi: 360/480$
*1-oktabrgacha 300/420$
3 ga bo'lib to'lash mumkin
Kimlar uchun?
- Juniordan yuqoriga chiqmoqchi bo'lgan kopirayterlar
- Yosh jurnalistlar
- PR menejerlar
- Va portfoliosi bor boshqalar
Murojaat uchun: @kopirayting_pro
Bu reklama to'g'risidagi qonun
Raqobat qo'mitasining so'nggi paytdagi faollilgini hisobga olib, o'qib qo'yish foydali
Yana bir jihat:
6-moddada shunaqa bandlar bor
O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.
Reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak.
Sogʻligimda ozroq muammo boʻlgani uchun shaxsiyda koʻpchilikka javob bera olmayapman
Ertadan hammasi joyida boʻladi, nasib
Ikkinchi oʻrin oldinda
Bordi, pistoletni oldi. Bitta qo'lini cho'ntakka tiqvolib, "Mana senlarga" dedi-yu otdi
Yoshligimizda gap bo'lar edi:
– Oyga birinchi kim chiqqan?
– Armstrong.
– Ikkinchi bo'lib-chi?
– Bilmadim
– Ana, ikkinchilarni hech kim eslamaydi. Doim birinchi bo'l
Bizga tarix qiziq, ertaklar qiziq
Storytellingning ahamiyati, brend falsafasida brend afsonasining ahamiyati biz o'ylagandan ancha kuchli
Shoxrux Nizamutdinov tilidan
Ozarbayjon'da ishlaganimizda bir rassom bor edi: Ali Basyak. Doim oyoqyalang yurgani uchun uni Basyak (рус тилида Босиком - oyoqyalang) deyishar edi. Uning rassomchilik ustaxonasi juda mashhur. Bir kuni biz ham do'stim bilan bordik. Ko'zimiz bir rasmga tushdi. Unda ikkita samuray. Bittasi qayiqda, ikkinchisi qirg'oqda edi. Narxini so'rab, 60-70$ ekanligini eshitdik. Bir qaraganda rasm bu narxga arzimas edi. Sababini so'radik
Bir vaqtlar Yaponiyada yengilmas samuray bo'lgan. Uning shogirdi bo'lish sharaf hisoblangan. Kunlarning birida bir yosh shogird maktabni tark etadi. Yillar davomida Yaponiyadagi barcha samuraylardan ustun ekanligini isbotlaydi. Faqatgina ustozi bilan jangga chiqmaydi. Bir necha so'rovlarga ustoz rad javobini beradi.
Ammo shogirdning qoniga qo'shilib, xalq orasida mish-mishlar ham ko'pirib borar edi. Oxir oqibat ustoz jangga rozi bo'ladi. Shartlarni ustoz qo'yadi:
qayiqda jang qilamiz
O'sha kun keldi. Shogird qirg'oqda turar edi. Ustoz qayiqda suzib keladi va shogird ham qayiqqa chiqadi. Shu vaqtda ustoz qirg'oqqa chiqadi va qayiqni daryo oqimiga sekin surib yuboradi.
Endi Shoxrux akaga qaytamiz
Bu tarixni eshitganimizdan keyin rasm haqiqatda o'z narxiga arziydigandek tuyula boshladi
Bilasizmi, nega muvaffaqiyatli insonlar ko'p hollarda yoshligida qiynalganini hikoya qiladi?
Bizga tarix qiziq, bizga ertaklar qiziq.
Marketing Club'da kutyapmiz
14:00 da boshlanishi kerak edi. 14:30 da boshlaymiz, kelayotganlar + qoldirsin
Manzil
#chellenj
Kopiraytingda raqobat bormi?
Yoʻq, raqobatga vaqt ham yoʻq. Mana, dedlaynlarga ulgurmayapmiz. Koʻryapsizlar, blogda ham maqolalar kamaygan. Ammo sizlarga boshqa kopirayterlarning bloglarini ulashmoqchiman
@xatoliklar — Abduazim aka. “Eski boʻri”lardan, deyarli hammani ustozi)
@mirzo_zominiy — Mirzayor aka. Oʻzbek kreativ san’ati namoyondasi
@kopirayterkundaligi — E’zozxon opa, oʻquvchilari koʻpligi boʻyicha 1-oʻrinda
@ozbekchayoz — Said Nazrillayev. Kreativmi, shu yerda
@nodir — Nodirbek aka. Oʻzbekcha SEOda oʻzi faqat shu aka va blogi bor
@copywriter_on — Jamoliddin. Eng “техничный” kopirayter. Tg Ads'da eng kuchlilardan
@Jaydari_kopirayter — Doniyorbek. Shunchaki matn odami, longrid, storytelling ustasi
Bu insonlarning hech biri bilan raqobatda emasmiz. Aksincha, ahilmiz
Iltimos, endi shaxsiyda “Siz kuchlimi, falonchi kuchlimi?” degan savollarni bermanglar
✅️@copirayt