Uzum'dagi ilk loyiha
Shu yil yanvarda menga Volodya birinchi marta telefon qilgan edi. U oyoq kiyimlar uchun pataklar sotar va Uzum Market'da ish boshlashni reja qilayotgan ekan.
Biz 10 oy davomida birga ishladik. Ba'zida soat kechgi 12 gacha ishlagan kunlarimiz ham bo'ldi. Bu vaqt ichida men ham ancha narsa o'rganib oldim)
Noto'g'ri tanlangan oyoq kiyim umurtqa churrasi (grija)ga sabab bo'lishi mumkinligi haqida ham
Shunday qilib 10 oy ichida oyoq kiyim pataklari uchun ideal tavsiflar ishlab chiqdik. Har bir patak turiga alohida ta'riflar yozdik, ularni tizimlashtirdik.
Maqtanishim mumkin bo'lgan jihat: aldamadik. Hammasiga "ortopedik" deb yozib chiqmadik, faqat borini yozdik va 1 oy ichida 1591 ta (!) sotuv qildik. Reytingimiz esa 4,9/5. Mijozlar 25,4 % holatda albatta izoh qoldirishdi.
Agar kimdadir oyoq kiyim bilan bog'liq muammo bo'lsa, avval patakni almashtirib ko'ring. Har 2-3 oyda doimiy almashtirib turing.
Do'konga havola: https://uzum.uz/uz/airstep
Ko'ring, ishimizga baho bering. Va oyoqlaringizni asrang
*pataklar qadog'ida promokod ham mavjud)
@copirayt
payme'da 3 ta boʻsh oʻrin(diq) bor
Biz payme&TBC jamoasi uchun kopirayterlar izlayapmiz
Talablar:
- Ijtimoiy tarmoqlar, blog va ilovalar uchun kreativ postlardan tortib PR maqolalargacha “duxi” yetadigan boʻlish
- hali hech qayerda koʻrilmagan e’tiborni tortuvchi push-bildirishnomalarni ishlab chiqish.
- muhim ma’lumotlarni iahlab chiqishda ishtirok etish - voqealar markazida bo‘lish
- bozorda o‘yin qoidalarini o‘zgartirayotgan brendlar bilan hamkorlik qilish.
Oʻzi kimni izlayapmiz?
- murakkab g‘oyalarni tushunarli va jozibador matnlarga aylantira oladigan so‘z ustasi.
- raqamli kontent sohasida o‘xshash lavozimda 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasiga ega bo‘lgan kimdir)
Rus tilini muloqot darajasida bilish kerak
Ish oflayn, Toshkentda
2 nafar rus tili uchun, 1 nafar oʻzbek tili uchun
Agar “yorvoreyshn” kontentlarda ishtirok etishni istasangiz, jamoamizga qo‘shiling!
Diqqat! Rezyume va portfolio bilan murojaat qiling.
Nurbek promokodi bilan yozaveringlar))
@Sayyora_TBCxPayme
22-oktabr, seshanba
Toshkentda ob-havo quyidagicha:
Bitta post narxi 15$ va undan yuqori boʻlishi kutilmoqda
Senariylar 15-300$ (kliplar uchun)
Sloganlar sharqdan gʻarbga qarab, 50-500$ tezlikda esishi taxmin qilinmoqda
Brend pozitsiya va TOVlar 200-1000$ orasida boʻlishi xabar qilinmoqda
Brendlarga oʻzbek tilidagi kontent bilan oʻzbek tilli kopirayterlar bilan ishlash tavsiya qilinadi
TOP menejerlar va “katta boʻlsam, TOP menejer boʻlaman” deganlar diqqatiga)
Men MBA va PhD qilmoqchiman. Universitetda dars berish uchun emas, albatta.
Yaqinda bir kishi bilan tanishib qoldik. Sardor aka Qodirov bilan. Iqtisod boʻyicha PhD yoqlagan ekan.
Va Yandex GR direktori boʻlib ishlarkan (ungacha Wildberries'da ham GR direktor)
Oʻzbek tilida professional bloglar kam, GR haqida umuman yoʻq desa ham boʻladi. Hammada bitta savol paydo boʻlyapti: GR oʻzi nima?
Bu savolga Sardor akani blogida javob olishingiz mumkin: @gryandex
@copirayt
Izohlarda janjal))
Sun’iy ong kopirayterlarni bozordan siqib chiqaradimi?
Bu savolga juda koʻp marta javob berganman: Yo'q.
Ammo insonlarga boshqa javob kerak: Ha, kopirayterlar yo'qolib ketadi kabi
Shu tufayli ham bu savol takrorlanaveradi
Keling, ChatGPT 4 dan buni so'rab ko'ramiz.
Uning javobi:
Sun’iy intellekt (SI) rivojlanishiga qaramay, kopirayterlik kasbi, ehtimol, yo‘qolib ketmaydi. Buning bir nechta sabablari bor:
1. Ijodkorlik va hissiy bog‘lanish: SI matn yaratishi mumkin, biroq u tinglovchilar bilan chuqur aloqa o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan nozik hissiy ohanglar, hazil va madaniy kontekstni yetkazishda qiynaladi. Kopirayterlar odamlarning ehtiyojlari va afzalliklarini ichki his bilan tushunishga ega, buni SI da qayta yaratish mushkul.
2. Strategik fikrlash: Kopirayting ko‘pincha maqsadli auditoriya, bozor tendensiyalari va brendingni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Kopirayterlar uslub va yondashuvni aniq biznes maqsadlariga moslashtirishga qodir, bu esa SI hali bunday darajada taklif eta olmaydigan strategik yondashuv va moslashuvchanlikni talab etadi.
3. O‘ziga xoslik: SI internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga tayanadi, bu esa uning haqiqatan ham noyob kontent yaratish imkoniyatini cheklaydi. Kopirayterlar original g‘oya va tushunchalarni yaratishi, ularni aniq vazifalarga moslashtirishi va individuallashtirishi mumkin.
4. Axloqiy, diniy va madaniy masalalar: SI har doim ham madaniy me’yorlarni tushunmaydi va xatolar qilishi yoki nomaqbul kontent yaratishi mumkin. Inson tushunchasi va axloqiy mas’uliyat kopiraytingda muhim omil bo‘lib qolmoqda.
SI, ehtimol, kopirayterlar samaradorligini oshirish, kundalik vazifalarni avtomatlashtirish va ish sifatini yaxshilash uchun vosita sifatida qo‘llaniladi. Biroq, kopirayterlarning asosiy vazifasi - hissiyotga boy, ijodiy va strategik jihatdan muhim kontent yaratish - talab qilinishda davom etadi.
Shunday qilib, kopirayterlik kasbi rivojlanib boradi, ammo yo‘qolib ketishi ehtimoldan yiroq.
Ustozlar kunida oʻquvchilarga 10 mln.lik sovgʻa beramiz))
Said aka bilan koʻplab oʻquvchilarga kopiraytingni oʻrgatdik. Hozirda kurs oʻtishni toʻxtatganmiz. Lekin buni chiroyliroq qilib yakunlashni istadik
Qaysidir omadli obunachimizga Space Academy uchun 10 mln soʻmlik vaucher taqdim etmoqchimiz
Shartlar juda oddiy:
1. Quyidagi post ostidagi “Qatnashaman” tugmachasini bosish
2. @copirayt va @ozbekchayoz kanallariga obuna boʻlasiz
Tanlov 9 kun davom etadi. Gʻolibni keyingi shanba kuni jonli efirda aniqlaymiz
Tugmacha @ozbekchayoz kanalida
Qani, boshladik unda
✅️@copirayt
Shaha aka zoʻr post yozibdi
Esingizda boʻlsa, Target maktabi haqida yozgan edim. Bilasizmi, maktab huquqshunosidan qanaqa javob olganman:
Uka, bu marketing. Marketing shunaqa ishlaydi. Raqamingni
1. Xodimlar adashib terib yuborgan
2. Kompyuter random asosida telefon qilgan
3. Qayerga borsang, bor. Asoslab bermayman raqamingni qayerdan olganimizni. Bu Oʻzbekiston. Oʻzi sen qayerdan oʻrganib olding bunaqa gaplarni?
Meni ishdan qoldiryapsan
Kreativ qachon kerak bo'ladi?
Hozirgacha men eng ko'p duch kelgan holat: Menda kreativ g'oya bor. Javobim: Xo'sh, keyinchi?
Bu holat menda ham bo'lgan. O'zbekistonning eng kuchli marketologlaridan biriga shunaqa deganimda, shunga o'xshash javob olganman. Keyin esa batafsil tushuntirgan
TAF!24 natijalari
Agentliklar bo'yicha:
605 Agency:🥇🥇🥈🥈🥉🥉🥉
Lokals:🥇🥇🥈🥉🥉
MA'NO Branding:🥇🥈🥉
SNOVA:🥇🥈🥉
Sintez:🥇🥉🥉
We Digital:🥇🥈🥉
Click:🥇
TABOO Branding:🥈🥉🥉
FCB Tashkent:🥈🥉🥉
365 kun (Korzinka): 🥈
Suprematika:🥈
Naked Eye:🥈
Stargazer:🥉🥉
Lunar:🥉
SAG:🥉
Oqtepa Lavash:🥉
Sekta:🥉
Utro Agency:🥉
Yil agentligi: 605 Agency 🥇🥇🥈🥈🥉🥉🥉
Yil mijozi: payme 🥇🥈🥉🥉
*kecha ayrim yo'nalishlarda 🥇,🥈 yoki🥉 berilmadi. Bunga sabab: agar ishlarga baho beruvchi hakamlar orasida ishtirokchi ham bo'lsa, ular topshirgan ish o'rin olmaydi. Hakamlar shunga rozi bo'lgan holda qatnashgan. Betta agentligi TAF! ga 6 ta yo'nalishda 15 ta ish topshirgan. O'sha Betta agentlik rahbari Abdulla aka esa 3 ta yo'nalishda hakamlar hay'ati tarkibida. Ayni shu 3 ta yo'nalishda Betta agentligi o'rin olmaydi. O'rin olsa, "O'zini ishiga oltin berdi" degan gaplar bo'lmasligi uchun
Shu sababdan o'z egasini topmagan medallar:
7x 🥇, 7x🥈, 2x🥉
✔️@copirayt
Maxsus sovrin: Kuchuk-mushuk))
Чайкоф
*hayvonlarga munosabatni oʻzgartirishga chorlagani uchun
Bronze: Oqtepa Lavash
Bronze: Peri&MA’NO branding
Silver: 365 kun (Korzinka)
Gold: no
Bronze: Oʻqiylu&TABOO Branding
Bronze: IROQI&Utro Agnecy
Silver: OQ&Naked Eye
Silver: NRG&MA’NO Branding
Gold: Yangi Toshkent&Sintez
G'olibni ertaga jonli efirda aniqlaymiz. Ulgurib qolinglar.
O'zingiz qatnashing, oilangizdagilar qatnashsin, qarindoshlar, sinfdoshlar, tanishlar
Siz orqali qatnashgan har bir ishtirokchi sizning go'lib bo'lish imkoningizni oshiradi
*bizni paytlarda bunaqa sovg'alar bo'lmas edi))
Brending nega kerak?
Montana nomli brend boʻlgan yoki Diadora kiyim brendi. Lotus avtomobili
Bunaqa brend nomlarini yuzlab topish mumkin
Xoʻsh, ular nega yoʻqolib ketdi?
Javob bitta: oʻz qadriyatlariga ega boʻlmagani uchun
Trendlar oʻzgarib turadi, odatlar oʻzgarib turadi, insonlar oʻzgaradi. Brendlar ham ular qatorida rebrending qiladi. Asosiy qadriyatlardan kechmagan holda, oʻz iste’molchilariga moslashadi
Eng oxirgi rebrending ishiga yaqqol misol: SAG
Koʻring va zavqlaning. SAG hali uzoq yashaydi
#retro
- Так, бу йил ўзбек тили байрами чёткий нишонлансин! Тепадан приказ бор. Пресс-секретарь Курбанова, сиз ответственный!
- Тушунарли, Дильмурат Джураевич!
- Хаджаев, сиз финансовый масалаларини решать қилас!
- Есть, ўртоқ бошлиқ!
- Тилчиладан у-бу кимни топийла! Ходимлани тўплаб, лекция ўқиб берсин! Кстати, ашулачила бўса, яна яхши. Кароче, эртага тадбир нормально бўсин!
- Ясно. Дильмурат Джураевич, ўзиз тадбирни очиб, табриклаворасми?
- А, нет! Вы че?! Замим мастер бунақа нарсалага. Ўзбекчада манга қийинроқ, тилим айланмиди. “Муракобот”, “мукаработ” деган сўзила жа сложно-де! Тем более эртага селекторим бор. Хуллас, всем понтяно, да?!
- Да, да..!
Она тилимиз байрами муборак дўстлар!
© Муслим Мирзажонов
Kopirayter bo'lsangiz, Eminemdek bo'ling!
Eminem faoliyat yo'nalishiga havas qilmayman. Lekin kech u haqdagi hujjatli filmdan keyin kelgan ayrim fikrlar bilan bo'lishmoqchiman
Rep 2 davrga bo'linadi: Eminemgacha va Eminem davri
Eminemgacha
Rep yo'nalishida faqatgina afroamerikaliklar (Grandmaster Flash, frika Bambaataa, Kurtis Blow, Run-D.M.C, LL Cool J, ...) yetakchilik qilgan. Rep go'yoki faqat ular uchun bo'lgan. Oq tanlining rep aytishi qabul qilib bo'lmaydigan ishlardan bo'lgan
Eminem davri
2000-yilda, faoliyati boshlangandan 4 yil o'tib yulduzga aylandi. U "oqlar" ham rep ayta olishini ko'rsatib bermadi, u repni afroamerikaliklardan tortib oldi. Eminemdan keyin ham ko'plab reperlar paydo bo'ldi. Ammo ularning hech biri Eminem darajasiga chiqa olmadi
*Eminemning baxtsiz bolaligi alohida mavzu
Nega Eminem haqida yozdim?
Kopirayter bo'lsangiz, davrni sizgacha va sizdan keyinga bo'lib tashlang. O'zbek kopiraytinggi=Siz nazariyasi paydo bo'lsin. Shunchaki yorib tashlang
✔️@copirayt
#EVENT
TAF! 2024 eng zo‘rlarni tanladi
Bu yilgi TAF! da talab yuqori edi: topshirilgan 238 ta keysdan faqat 41 tasi (17%) mukofot oldi. TAF! 2024 natijalari bilan batafsilroq fotolavhamizda tanishishingiz mumkin.
Quvonarlisi, nominatsiyalar bo‘yicha eng ko‘p yutgan yo‘nalish bu ijtimoiy loyihalardir – 15 ta keys (37%). Ularni hayotga tatbiq etgan AVO bank, payme, Click, GROSS, ЧАЙКОФ kompaniyalari munosib ravishda taqdirlandi.
TAF! 2024 qahramonlari – 605 Agency jamoasi. Haqiqatdan, ular tomonidan taqdim etilgan ishlar eng yorqinlardan biri edi. Hammani lol qoldirgan “Onasini emsin!” keysini olasizmi, yo o‘ziga xos, noyob “TO‘Y” marosimi bo‘ladimi – har bittasi esda qolarli bo‘ldi. Shuning uchun mazkur jamoa eng ko‘p mukofotga va “Yil agentligi” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Lokals jamoasi ham kuchli ishlarni taqdim etdi. Toshkent mozaykalarini himoya qilish loyihasi haqida ko‘pchilik eshitgan, ammo “Nike – True Swoosh Kit” ham diqqatga sazovor. Hakamlar ta’kidlaganidek, bu loyiha konsepsiyasi rostdan ham noldan o‘ylab chiqilgan va o‘g‘irlanmaganligiga ba’zilari ishonmadi. Agarda o‘z ijtimoiy loyihalari bilan dunyoga mashhur Nike Markaziy Osiyoga kirib kelsa, uning uchun bunday keys deyarli tayyor.
Va barchamizni hayratlantirgan keys – “Легкое ретро” kiyim-kechak brendining loyihasi ko‘plar uchun yangilik bo‘ldi. Uning negizida puxta o‘ylab chiqilgan brend konsepsiyasi va strategiyasi bor. 0 so‘m byudjet bilan auditoriya qamrovi 500 mingdan oshdi, ishlab chiqilgan mahsulotning esa 70% o‘n kun ichida sotildi! Barra kalla!
TAF! 2024 da kam bo‘lsa-da, mukofotlar o‘z haqiqiy egasini topdi. Umid qilamiz, kelgusida festivalga topshiriladigan ishlarning sifati yanada oshadi va taqdirlanadi. Bu esa tadbir obro‘sini ko‘tarishga va O‘zbekiston marketing bozorini yanada rivojlanishga turtki bo‘ladi.
Biz, o'z navbatida, bunday tadbirlarni yoritishda va sizlar uchun eksklyuziv ma’lumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatib boring.
📱 Telegram 📱 Instagram
Aytgancha, kurs haqida
Said aka bilan birgalikda boshqa kurs oʻtmaslikka kelishganmiz. Chunki vaqt, energiya yetmay qolyapti
Xoʻsh, kopiraytingni qanday oʻrganish mumkin?
Bozordagi eng yaxshi kurs!
@xatoliklar muallifi Abduazim akamizni kopirayting kurslarini xolis tavsiya qila olaman
/channel/xatoliklar/1813
Bronze: Zira Bakery&Sekta
Silver: Bellissimo Pizza&Suprematika
Gold: QUADRO&MA’NO Branding