copirayt | Unsorted

Telegram-канал copirayt - Kopirayting

6571

Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi muallif: @copirayter

Subscribe to a channel

Kopirayting

Izohlarda janjal))

Sun’iy ong kopirayterlarni bozordan siqib chiqaradimi?

Bu savolga juda koʻp marta javob berganman: Yo'q.

Ammo insonlarga boshqa javob kerak: Ha, kopirayterlar yo'qolib ketadi kabi
Shu tufayli ham bu savol takrorlanaveradi

Keling, ChatGPT 4 dan buni so'rab ko'ramiz.
Uning javobi:

Sun’iy intellekt (SI) rivojlanishiga qaramay, kopirayterlik kasbi, ehtimol, yo‘qolib ketmaydi. Buning bir nechta sabablari bor:

1. Ijodkorlik va hissiy bog‘lanish: SI matn yaratishi mumkin, biroq u tinglovchilar bilan chuqur aloqa o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan nozik hissiy ohanglar, hazil va madaniy kontekstni yetkazishda qiynaladi. Kopirayterlar odamlarning ehtiyojlari va afzalliklarini ichki his bilan tushunishga ega, buni SI da qayta yaratish mushkul.
2. Strategik fikrlash: Kopirayting ko‘pincha maqsadli auditoriya, bozor tendensiyalari va brendingni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Kopirayterlar uslub va yondashuvni aniq biznes maqsadlariga moslashtirishga qodir, bu esa SI hali bunday darajada taklif eta olmaydigan strategik yondashuv va moslashuvchanlikni talab etadi.
3. O‘ziga xoslik: SI internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga tayanadi, bu esa uning haqiqatan ham noyob kontent yaratish imkoniyatini cheklaydi. Kopirayterlar original g‘oya va tushunchalarni yaratishi, ularni aniq vazifalarga moslashtirishi va individuallashtirishi mumkin.
4. Axloqiy, diniy va madaniy masalalar: SI har doim ham madaniy me’yorlarni tushunmaydi va xatolar qilishi yoki nomaqbul kontent yaratishi mumkin. Inson tushunchasi va axloqiy mas’uliyat kopiraytingda muhim omil bo‘lib qolmoqda.

SI, ehtimol, kopirayterlar samaradorligini oshirish, kundalik vazifalarni avtomatlashtirish va ish sifatini yaxshilash uchun vosita sifatida qo‘llaniladi. Biroq, kopirayterlarning asosiy vazifasi - hissiyotga boy, ijodiy va strategik jihatdan muhim kontent yaratish - talab qilinishda davom etadi.

Shunday qilib, kopirayterlik kasbi rivojlanib boradi, ammo yo‘qolib ketishi ehtimoldan yiroq.

ChatGPT aldayapti. Yaqinda kopirayting yo'qolib ketadi. Men ham qishloqqa qaytish yoki Rossiyaga ketish haqida o'ylab yuribman))

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Ustozlar kunida oʻquvchilarga 10 mln.lik sovgʻa beramiz))

Said aka bilan koʻplab oʻquvchilarga kopiraytingni oʻrgatdik. Hozirda kurs oʻtishni toʻxtatganmiz. Lekin buni chiroyliroq qilib yakunlashni istadik

Qaysidir omadli obunachimizga Space Academy uchun 10 mln soʻmlik vaucher taqdim etmoqchimiz

Shartlar juda oddiy:
1. Quyidagi post ostidagi “Qatnashaman” tugmachasini bosish
2. @copirayt va @ozbekchayoz kanallariga obuna boʻlasiz

Tanlov 9 kun davom etadi. Gʻolibni keyingi shanba kuni jonli efirda aniqlaymiz

Tugmacha @ozbekchayoz kanalida

Qani, boshladik unda

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Shaha aka zoʻr post yozibdi

Esingizda boʻlsa, Target maktabi haqida yozgan edim. Bilasizmi, maktab huquqshunosidan qanaqa javob olganman:

Uka, bu marketing. Marketing shunaqa ishlaydi. Raqamingni
1. Xodimlar adashib terib yuborgan
2. Kompyuter random asosida telefon qilgan
3. Qayerga borsang, bor. Asoslab bermayman raqamingni qayerdan olganimizni. Bu Oʻzbekiston. Oʻzi sen qayerdan oʻrganib olding bunaqa gaplarni?
Meni ishdan qoldiryapsan


Shunaqa azizlar)
Eng qizigʻi, Targetdan yana telefon qilishdi)

Bolalaringni bunaqa maktabga qoʻyish haqida oʻylab koʻringlar yana bir marta

*Shaha aka “kir marketing” deb yozibdi, bu kir emas, “iflos marketing”)

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Kreativ qachon kerak bo'ladi?

Hozirgacha men eng ko'p duch kelgan holat: Menda kreativ g'oya bor. Javobim: Xo'sh, keyinchi?
Bu holat menda ham bo'lgan. O'zbekistonning eng kuchli marketologlaridan biriga shunaqa deganimda, shunga o'xshash javob olganman. Keyin esa batafsil tushuntirgan


G'oya hammada bor. Ko'chadagi istalgan odamni to'xtatib so'rang, g'oyasi bor. Ammo o'sha g'oya qaysi muammoni hal qiladi? Jamiyatga qanday yordam beradi. Bilasiz, g'oyani amalga oshirish uchun ma'lum mablag', ishchi kuchi kerak.
Demak, bu uchun pul to'lashga tayyor mijoz kerak. Mijoz qachon paydo bo'ladi? Muammo paydo bo'lganda

Shunaqa, g'oyangiz ayni kimgadir foydali bo'lishi kerak. 0 $ budjet bilan ham PR qilish mumkin. Ammo o'sha vaziyat paydo bo'lmasa-chi?
Ko'chadagi 6x3 m bannerning 1 oylik ijarasi 1,5-2 mln. Unga mablag'ni qayerdan olamiz?)

Menda ajoyib g'oya bor: Moskvada yashagan paytlarim shamollab qolgan edim. Shifokorga borganimda "Nega dori ichasan? Yaxshiroq ovqatlan, o'tib ketadi" degan. Ayni shundan kreativ qilsa bo'ladi. Ammo bu kimga kerak?
O'zbek tilini rivojlantirish uchun kreativlar bor, lekin hech kimga kerak emas.

Ijtimoiy loyihalar ham toqqa chiqishga oʻxshaydi. Hamma ma’qullaydi. Boradigan kuni esa hech kimni topa olmaysiz)
Shunaqa azizlar))

✅️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

TAF!24 natijalari

Agentliklar bo'yicha:
605 Agency:🥇🥇🥈🥈🥉🥉🥉
Lokals:🥇🥇🥈🥉🥉
MA'NO Branding:🥇🥈🥉
SNOVA:🥇🥈🥉
Sintez:🥇🥉🥉
We Digital:🥇🥈🥉
Click:🥇
TABOO Branding:🥈🥉🥉
FCB Tashkent:🥈🥉🥉
365 kun (Korzinka): 🥈
Suprematika:🥈
Naked Eye:🥈
Stargazer:🥉🥉
Lunar:🥉
SAG:🥉
Oqtepa Lavash:🥉
Sekta:🥉
Utro Agency:🥉

Yil agentligi: 605 Agency 🥇🥇🥈🥈🥉🥉🥉
Yil mijozi: payme 🥇🥈🥉🥉

*kecha ayrim yo'nalishlarda 🥇,🥈 yoki🥉 berilmadi. Bunga sabab: agar ishlarga baho beruvchi hakamlar orasida ishtirokchi ham bo'lsa, ular topshirgan ish o'rin olmaydi. Hakamlar shunga rozi bo'lgan holda qatnashgan. Betta agentligi TAF! ga 6 ta yo'nalishda 15 ta ish topshirgan. O'sha Betta agentlik rahbari Abdulla aka esa 3 ta yo'nalishda hakamlar hay'ati tarkibida. Ayni shu 3 ta yo'nalishda Betta agentligi o'rin olmaydi. O'rin olsa, "O'zini ishiga oltin berdi" degan gaplar bo'lmasligi uchun

Shu sababdan o'z egasini topmagan medallar:
7x 🥇, 7x🥈, 2x🥉

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

Maxsus sovrin: Kuchuk-mushuk))
Чайкоф

*hayvonlarga munosabatni oʻzgartirishga chorlagani uchun

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: SAG
Silver: no
Gold: Click
Gold: We Digital&AVO bank

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: Oqtepa Lavash
Bronze: Peri&MA’NO branding
Silver: 365 kun (Korzinka)
Gold: no

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: Oʻqiylu&TABOO Branding
Bronze: IROQI&Utro Agnecy
Silver: OQ&Naked Eye
Silver: NRG&MA’NO Branding
Gold: Yangi Toshkent&Sintez

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: FCB Tashkent
Silver: no
Gold: no

Читать полностью…

Kopirayting

Silver: no
Gold: no

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: Baxt&Lokals

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: TBC&Stargazer

Читать полностью…

Kopirayting

Silver: Lokals&payme

Читать полностью…

Kopirayting

Gold: Lokals&payme🔥🔥🔥

Читать полностью…

Kopirayting

Kopirayter bo'lsangiz, Eminemdek bo'ling!

Eminem faoliyat yo'nalishiga havas qilmayman. Lekin kech u haqdagi hujjatli filmdan keyin kelgan ayrim fikrlar bilan bo'lishmoqchiman

Rep 2 davrga bo'linadi: Eminemgacha va Eminem davri

Eminemgacha
Rep yo'nalishida faqatgina afroamerikaliklar (Grandmaster Flash, frika Bambaataa, Kurtis Blow, Run-D.M.C, LL Cool J, ...) yetakchilik qilgan. Rep go'yoki faqat ular uchun bo'lgan. Oq tanlining rep aytishi qabul qilib bo'lmaydigan ishlardan bo'lgan

Eminem davri
2000-yilda, faoliyati boshlangandan 4 yil o'tib yulduzga aylandi. U "oqlar" ham rep ayta olishini ko'rsatib bermadi, u repni afroamerikaliklardan tortib oldi. Eminemdan keyin ham ko'plab reperlar paydo bo'ldi. Ammo ularning hech biri Eminem darajasiga chiqa olmadi
*Eminemning baxtsiz bolaligi alohida mavzu

Nega Eminem haqida yozdim?
Kopirayter bo'lsangiz, davrni sizgacha va sizdan keyinga bo'lib tashlang. O'zbek kopiraytinggi=Siz nazariyasi paydo bo'lsin. Shunchaki yorib tashlang

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

O'zbekistonda Telegram statistikalari

✔️@copirayt

Читать полностью…

Kopirayting

#EVENT

TAF! 2024 eng zo‘rlarni tanladi

Bu yilgi TAF! da talab yuqori edi: topshirilgan 238 ta keysdan faqat 41 tasi (17%) mukofot oldi. TAF! 2024 natijalari bilan batafsilroq fotolavhamizda tanishishingiz mumkin.

Quvonarlisi, nominatsiyalar bo‘yicha eng ko‘p yutgan yo‘nalish bu ijtimoiy loyihalardir – 15 ta keys (37%). Ularni hayotga tatbiq etgan AVO bank, payme, Click, GROSS, ЧАЙКОФ kompaniyalari munosib ravishda taqdirlandi.

TAF! 2024 qahramonlari – 605 Agency jamoasi. Haqiqatdan, ular tomonidan taqdim etilgan ishlar eng yorqinlardan biri edi. Hammani lol qoldirgan “Onasini emsin!” keysini olasizmi, yo o‘ziga xos, noyob “TO‘Y” marosimi bo‘ladimi – har bittasi esda qolarli bo‘ldi. Shuning uchun mazkur jamoa eng ko‘p mukofotga va “Yil agentligi” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Lokals jamoasi ham kuchli ishlarni taqdim etdi. Toshkent mozaykalarini himoya qilish loyihasi haqida ko‘pchilik eshitgan, ammo “Nike – True Swoosh Kit” ham diqqatga sazovor. Hakamlar ta’kidlaganidek, bu loyiha konsepsiyasi rostdan ham noldan o‘ylab chiqilgan va o‘g‘irlanmaganligiga ba’zilari ishonmadi. Agarda o‘z ijtimoiy loyihalari bilan dunyoga mashhur Nike Markaziy Osiyoga kirib kelsa, uning uchun bunday keys deyarli tayyor.

Va barchamizni hayratlantirgan keys – “Легкое ретро” kiyim-kechak brendining loyihasi ko‘plar uchun yangilik bo‘ldi. Uning negizida puxta o‘ylab chiqilgan brend konsepsiyasi va strategiyasi bor. 0 so‘m byudjet bilan auditoriya qamrovi 500 mingdan oshdi, ishlab chiqilgan mahsulotning esa 70% o‘n kun ichida sotildi! Barra kalla!

TAF! 2024 da kam bo‘lsa-da, mukofotlar o‘z haqiqiy egasini topdi. Umid qilamiz, kelgusida festivalga topshiriladigan ishlarning sifati yanada oshadi va taqdirlanadi. Bu esa tadbir obro‘sini ko‘tarishga va O‘zbekiston marketing bozorini yanada rivojlanishga turtki bo‘ladi.

Biz, o'z navbatida, bunday tadbirlarni yoritishda va sizlar uchun eksklyuziv ma’lumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatib boring.

📱 Telegram    📱 Instagram

Читать полностью…

Kopirayting

Aytgancha, kurs haqida

Said aka bilan birgalikda boshqa kurs oʻtmaslikka kelishganmiz. Chunki vaqt, energiya yetmay qolyapti

Xoʻsh, kopiraytingni qanday oʻrganish mumkin?

Bozordagi eng yaxshi kurs!
@xatoliklar muallifi Abduazim akamizni kopirayting kurslarini xolis tavsiya qila olaman

/channel/xatoliklar/1813

Читать полностью…

Kopirayting

Yil agentligi: 605 Agency

Otabek aka va jamoani tabriklayman

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: TABOO branding
Silver: TABOO branding
Gold: Lokals

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: Sintez
Bronze: Lokals&payme

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: Zira Bakery&Sekta
Silver: Bellissimo Pizza&Suprematika
Gold: QUADRO&MA’NO Branding

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: 605 Agency
Silver: no
Gold: no

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: no
Silver: no

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: payme&lunar

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: AnorBank&Stargazer

Читать полностью…

Kopirayting

Silver: no
Gold: no

Читать полностью…

Kopirayting

Bronze: FCB Tashkent

Читать полностью…

Kopirayting

Silver: FCB Tashkent

Читать полностью…
Subscribe to a channel