dargomakm | Unsorted

Telegram-канал dargomakm - ...

-

Pastdarg'om tuman Axborot - kutubxona markazining elektron kitoblar kanali

Subscribe to a channel

...

#Onlayn_mutolaa

Anton Chexov. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi (hikoya)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​#Tafakkur
🔘 Nima uchun balo keladi?

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​🎊 Asaxiy books дўконида яна бир ажойиб асар премьераси. Мич Элбом: Моррининг сешанба дарслари

📚 Китоб инсонни умрнинг ҳар лаҳзасидан унумли фойдаланишга, ўзгаларга меҳр улашишга, ҳар бир ўзгариш ва хатти-ҳаракатданмҳикмат қидиришга, бир сўз билан айтганда, шунчаки яшамасликка ўргатади.

Асар 2000 йилда New York Times нашри томонидан бадиий бўлмаган асарлар бўийча энг кўп сотилган китоб деб топилган.

✍️ Адибнинг “Моррининг сешанба дарслари” асари реал воқелик асосларига қурилган бўлиб, унинг университетдаги “мураббийи” Морри Счвартзнинг ҳаёт ва ўлим ҳақидаги фикрларини ривожлантирган ҳолда ягона тизимга келтириш орқали яратилган. Ёзувчи ёзиқлари орқали руҳ тетиклиги ҳар нарсага қодирлигини, руҳият кучли бўлса, инсон табиатини ҳам гўзаллаштириб боришини кўрсатиб ўтади.

📌 Мазкур асар орқали китобхон яқинларининг қадрини, соғликнинг нақадар зарурлигини, умрнинг қанчалик бебаҳолигини англайди ва ҳаётига ўзгача кўз билан қарай бошлайди.

Таржимонлар: Мақсуд Саломов, Гулсанам Розиқова
Нархи: 19 000 сўм
Муқова: Юмшоқ

* Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш текин. (3 ва ундан ошиқ китобларга) 🚕

Буюртма:👉
https://u.to/ZMczGw

📲Тел: +998 71 200 01 05

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​#Onlayn_mutolaa

Ahmad A’zam. Tiqin (hikoya)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Jaloliddin Rumiy. "Yetti majlis"

31-oktabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Jaloliddin Rumiyning "Yetti majlis" asari uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Frans Kafka. "Jarayon"

24-oktabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Frans Kafkaning "Jarayon" romani uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Sadriddin Ayniy. "Sudxo‘rning o‘limi"

10-oktabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Sadriddin Ayniyning "Sudxo‘rning o‘limi" qissasi uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

- Hozir bir martalik “ijod namunalari” ko‘payib ketyapti...

– Haqiqatan ham, bir marta o‘qiladigan kitob, bir marta ko‘rishga arziydigan kino, bir marta eshitishga yaraydigan qo‘shiq oz emas. Bular bir marta ishlatiladigan ninaga o‘xshaydi. Ninaning-ku foydasi bor. Biz aytayotgan asarlar odamni kasal qiladi, ma’naviyatini siyqalashtiradi. “Ijod erkinligi” degan tushuncha bor. Ammo ijod erkinligi ekan deb hamma narsaga qarsak chalaverish ham to‘g‘ri kelmaydi.
Ilgari televideniyeda bitta qo‘shiq efirga ketadigan bo‘lsa, ham matni, ham musiqasi, ham ijrosi sinovdan o‘tkazilardi. Maxsus badiiy kengash ko‘rib chiqardi (bu senzura ma’nosida emas). O‘sha qo‘shiqni millionlab odamlar eshitadi-ku! Hozir ayrim qo‘shiqchilar musiqasiniyam, so‘ziniyam o‘zi yozadi; kerak bo‘lsa, o‘ynab ham beradi. San’atmi shu? Xudo unga shunday qobiliyatlarning hammasini ato etgan bo‘lsa, barchasini qoyil qilsa-ku, haloli bo‘lsin. Bir vaqtlar buyuk ijodkor Visoskiyda shunday iqtidor bor edi. Ammo hammayam Visoskiy bo‘lavermaydi. Shuni aytsangiz, xafa bo‘lishadi. “Buning oti “shou”, bozor iqtisodining talabi shu”, deydilar. Bozor iqtisodi degani she’riyatni, musiqani, san’atni chayqov bozoriga solish degani emas-ku! Jillaqursa, ma’naviyatning eng nozik quroli – so‘zni, otabobolarimiz asrlar davomida avaylab, boyitib kelgan tilni hurmat qilaylik!
Bugun ekranga chiqayotgan filmlarning ko‘pchiligida akademik ham, talaba va farrosh ham shevada gapiradi. Buning oti shevani bilish emas, tilni bilmaslik deb ataladi.
Bunga o‘xshash ko‘ngilsiz holatlarni adabiyotda ham kuzatish mumkin.


- O‘tkir Hoshimov. "Yarim asr daftari"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

#Kitobdan_parchalar

Mixail Lermontov. "Vadim" romanidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (3)

Eng ulug‘ yaxshilik nimayu eng ulug‘ yovuzlik nima? Bular ko‘z ilg‘amas zanjirning bir-biridan uzoqlashgan sari bir-biriga yaqinlashib topishadigan ikki uchidir.

✓ Pastkash qalblar har narsaga, hatto boshliqlarining bir qadar e’tiborini ko‘rsatuvchi xo‘rlashlarga ham hasad qiladilar.

✓ Shunday maxluqlar ham borki, ular avji baxtsizlik chog‘larida badbaxt qalblarining illatini qirqib tashlab, uni shu qadar ustalik bilan charxlab oladilarki, bu qalb barcha qobiliyatini yo‘qotib, birinchi va oxirgi qobiliyatini, ya’ni yashash qobiliyatini saqlab qoladi!

✓ Sochning oqini bolalarcha qiliqlar bilan yashirishning nima hojati bor? O‘lim to‘shagida yotgan kishining yiqilib tushib, polda jon berishi uchun sakrashining nima keragi bor?

✓ Endilikda yoshlarning hayoti boshqacha — ular harakat qilishdan ko‘ra ko‘proq fikr qiladilar; qajramonlar yo‘q, kuzatuvchilar esa haddan ziyoda ko‘payib ketgan va ular ilgarigi sho‘xligi, o‘zi ishtirok etgan katta bazmlarni eslash bilan so‘ngan kuchlarini tiklamoqchi bo‘lgan shahvatparast cholga o‘xshaydilar. Bu behuda xayolparastlik odamzotning sha’niga juda katta dog‘ bo‘lib tushadi; odamzot o‘z nihoyasiga yaqinlashdi...

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi (№57) mutolaa uchun Sadriddin Ayniyning "Sudxo‘rning o‘limi" qissasi tanlangan edi. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxon"iga hamkorimiz Asaxiy.uz tomonidan taqdim etiluvchi quyidagi kitoblardan birini sovg‘a qilamiz:
Margaret Mitchell: Shamollarda qolgan hislarim
✓ Oybek: Navoiy
✓ Jek London: Martin Iden
✓ Deniel Kiz: Eljernonga atalgan gullar
✓ Uolter Ayzekson: Stiv Jobs


Muhokama sanasi: 10-oktabr, shanba (20.00 dan 24.00 gacha)

Muhokama va tanlov tartib qoidalari haqida batafsil bu yerda tanishing

Читать полностью…

...

#Kitobdan_parchalar

Bolaligimdan beri taqdirim shunaqa! Hamma odam yuzimdan yomon alomatlar topardi, - aslida esa yuzimda unday alomatlar yo‘q edi, ammo odamlar bor deyaverganidan keyin paydo bo‘ldi. Men juda kamtar edim, meni mug‘ambirlikda aybladilar, shundan keyin pismiq bo‘lib qoldim. Yaxshilik bilan yomonlikni juda yaxshi ajrata bilardim; meni hech kim erkalatmasdi, silab-siypamasdi, aksincha, hamma meni xo‘rlardi, men kekchi bo‘lib qoldim; boshqa bolalar hamisha xushvaqt va sergap bo‘lsa, men kamgap, qovog‘im soliq yurardim, men o‘zimni ulardan afzalman deb his qilardim, ammo meni ulardan past qo‘yishardi -- natijada baxil bo‘lib qoldim. Men butun olamni sevishga tayyor edim, ammo men hech kim anglamadi, shundan keyin hamma narsani yomon ko‘rishga o‘rgandim. Mening shum yoshligim o‘zim va butun muhitga qarshi kurash bilan o‘tdi, masxara bo‘lishdan qo‘rqib, o‘zimning eng asl tuyg‘u va hislarimni qalbimning eng chuqur joylariga yashirdim, ular
o‘sha yerda halok bo‘lib ketdi. Men to‘gri gapirsam, menga ishonishmasdi: shundan keyin aldamchi bo‘ldim, dunyoning bordi keldisini va jamiyatning sirlarini bilib olib, turmush degan ilmning tagiga yetdim, ammo bu ilmdan sira xabarlari bo‘lmagan odamlarning men o‘lib-tirilib erishmoqchi bo‘lgan manfaatlardan bekorga foydalanib, baxtli bo‘lib yurganlarini ko‘rdim. Men ruhan nogiron bo‘lib qoldim: ko‘nglimning yarmi qurib xazon bo‘lgan edi, uni kesib tashladim ana shundan keyin ikkinchi yarmi tebrandi, har kimsaning xizmati uchun jonlandi, biroq buni hech kim sezmadi, chunki uning yarmining halok bo‘lib ketganidan hech kimning xabari yo‘q edi.

- M. Lermontov. "Zamonamiz qahramoni"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz

Abdulla Qahhor. "Muhabbat"

12-sentabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Abdulla Qahhorning "Muhabbat" qissasi uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​#Kitobdan_parcha

TOLSTOYNING E’TIQODI

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

MARK TVEN.

Uning asl ismi Semyuel Klemensdir. Biz uni Mark Tven nomi bilan taniganmiz. Mark Tven Amerikalik yozuvchi bo‘lgan. U yumor va kulguga moyil bo‘lgan ekan.
Bir kuni Mark Tven katta ishlarda ishlaydigan o‘nta kishiga "Bizni bilib qolishibdi. Qochinglar!", deb maktub yozadi. Ertasi o‘sha o‘nta amaldor Amerikani tark qilishgan ekan.

Mark Tven uyqu va dam olishni yaxshi ko‘rar ekan. U karavotida yotib yozar, o‘qir va ovqatlanar ekan. Bir kuni xotini kirib bir jurnalist kelganini aytadi. Mark Tven: "Uni uyga olib kir!", deydi. Xotini: "Sen to‘shakda yotib jurnalist bilan suhbatlashmoqchisan?! Bu bo‘lmaydi!", deydi. Shunda Mark Tven xotiniga: "To‘g‘ri aytasan. Mayli yonimda unga ham joy hozirlab beraqol!", deydi.

Mark Tvenning qiziq gaplari juda ko‘p:
1. Haqiqat to kalishini kiygunicha mish-mish yer yuzini aylanib bo‘ladi.
2. Yaxshi do‘st, yaxshi kitob va uyqudagi vijdon ideal hayotdir.
3. Chekishni tashlash juda oson. Men ellik marta tashlaganman!
4. Dunyodagi eng xatarli joy to‘shakdir. 99% inson to‘shakda o‘ladi!
5. Amerikaning kashf etilishi juda ajoyib ish bo‘lgan. Agar u kashf qilinmaganida bundan ham ajoyib bo‘lar edi!
6. Biror-bir hayratli gap aytsa "buni mendan oldin hech kim aytmagan" deb o‘ylaydigan yagona maxluq insondir!
7. O‘zingni ko‘pchilikning orasida ko‘rayapsanmi, demak o‘zgarish vaqti kelibdi! ©

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

"Qaysi davraga kirsam, ijod o‘rniga g‘iybat, men bunaqa davralardan o‘zimni chetga olib yuradigan bo‘lib qoldim. G‘animlarimning da’vosicha, go‘yo men etnograf, shunchaki baxshi qalamkash emishman. «Denovdan nariga chiqolmaysan, naryoqda nimalar bo‘layotganini ko‘rmaysan, jahon adabiyotidan bexabarsan, modernizm nima, absurd, ong oqimi nima — bilmaysan, Nitshe, Freyd, Kafka, Joys, Kamyuga tishing o‘tmaydi», deya tashlansalar bo‘ladimi menga, bu «bilag‘on» nodonlar. Ishoning, Umarali aka, men Nitsheni, Freydni, Kafka, Joys, Kamyularni, modernizm adabiyotini ulardan kam emas, ortiqroq bilaman. Nitshe «Zardusht»ini, Kafka «Jarayon»ini, Kamyu «Begona»si bilan «Vabo»sini bir emas, bir necha bor o‘qib chiqqanman, Joysning «Uliss»ini ham «Inostrannaya literatura»da ruscha tarjimasi chiqmasdan burun qo‘lyozmasini topib o‘qiganman, hatto uni o‘zbekchaga tarjima qilishni ko‘nglimga tugib qo‘yganman. Bu oliftalarning moderncha mashqlari taqliddan nariga o‘tmaydi, yozganlari tarjimaga o‘xshaydi. Men ularga haqiqiy «o‘zbekona modern», «o‘zbekona absurd», «o‘zbekona ong oqimi» qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman..."

Tog‘ay Murod
Umarali Normatovning "Sokin ko‘ngil rozlari" maqolasidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

#Onlayn_mutolaa

Jan Pol Sartr. Devor (hikoya)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

#Onlayn_mutolaa

Nosir Fozilov. Robinzonlar (hikoya)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​#Onlayn_mutolaa

Edogava Rampo. "Kursi odam" (hikoya)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Edogava Rampo. "Kursi odam"

7-noyabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Edogava Ramponing "Kursi odam" hikoyasi uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

Kelin

Bitta bolali bo‘lguncha qaynonasini "oyijon" dedi.
Ikkita bolali bo‘lgach, "oyi" dedi.
Uchta bolali bo‘lganda "anavi" dedi,
Bolasi to‘rtta bo‘lgandan keyin "oting o‘chgur" deydigan bo‘ldi.
Uning to‘rtta o‘g‘li bor. Xudo xohlasa, to‘rtta kelin ko‘radi.


- O‘tkir HOSHIMOV


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Anton Chexov. "Garov"

17-oktabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Anton Chexovning "Garov" hikoyasi uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

"Ateist"

Ateizm – xudosizlik targ‘iboti juda kuchaygan kezlar edi. Hatto o‘z akasining tobutini ko‘tarib qabristonga olib borgani va janoza o‘qitgani uchun bir kommunistni partiyadan o‘chirishgacha borib yetishdi. “Jonajon partiya”dan o‘chirilish esa qamalish, juda bo‘lmaganda, ishdan haydalish degani edi...
Shunday kunlardan birida olisroq viloyatga to‘yga bordik. Meni mehmon sifatida siylashdi, shekilli, davra to‘riga – tuman partiya rahbarlaridan birining yoniga o‘tqazib qo‘yishdi.
Oradan bir oz o‘tgach, yoshi ulug‘ bir mehmon kelib, davraga qo‘shildi. Kelin-kuyovni duo qilib dedi:
– Ikki yosh qo‘sha qarisin! Uvali-juvali bo‘lib, uzoq umr ko‘rsin. Ollohu akbar!
Hammamiz fotihaga qo‘l ochdik. Faqat yonimdagi “rahbarcha” o‘shshayib o‘tiraverdi. Hayron bo‘lib qaraganimni ko‘rib, izoh berdi:
– Men Xudoga ishonmayman: ateistman!
Rostini aytsam, ensam qotdi. Xayolimga bir “shumlik” keldi.
- Uzr, – dedim ateistga. — Gapga chalg‘ib, Siz bilan tuzukquruq so‘rasholmadim ham. Eshik-ellar tinchmi? Bola-chaqalar chopqillab yurishibdimi? Planlar yuzmi?
Savollarim shu qadar tabiiy, samimiy ediki, “ateist” qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Xudoga shukur! Xudoga shukur! – deya boshladi.
Nariroqda o‘tirgan mehmon “piq” etib kulib yubordi. Ateist avvaliga nima bo‘lganini tushunmadi, shekilli, bir zum alang-jalang bo‘pturdi-da, so‘ng zarda bilan o‘rnidan turib, jo‘nab qoldi.


- O‘tkir Hoshimov. "Yarim asr daftari"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Richard Bax. "Oqcharloq Jonatan Livingston

3-oktabr kuni "Kitobxonlar klubi"da bo‘lib o‘tgan Richard Baxning "Oqcharloq Jonatan Livingston" qissasi uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

#Kitobdan_parchalar

Mixail Lermontov. "Zamonamiz qahramoni" romanidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (davomi)

✓ Kishi ruhining tarixi, hatto eng pastkash kishi ruhining tarixi, agar bu tarix yetuk aqlning o‘z-o‘zini kuzatishi natijasida yozilgan bo‘lsa va birovlarda rag‘bat va hayrat uyg‘otish uchun yozilmagan bo‘lsa, bu tarix butun boshli bir xalqning tarixidan ham qiziqroq va foydaliroq bo‘ladi.

✓ Nahotki mening bu dunyodagi birdan-bir vazifam — o‘zgalarni umiddan mahrum qilish bo‘lsa? Dunyoga kelganimdan beri taqdir meni o‘zgalarning savdosini hal qilishga chorlaydi: go‘yo hech kim mensiz bo‘lolmaydigan, mensiz umidsizlana olmaydiganday! Men beshinchi pardada ishtirok etuvchi siymo bo‘lib qoldim; men ixtiyorsiz ravishda jallod yoki xoin rolini o‘ynab kelaman. Taqdirning maqsadi nima?

✓ Menchalik o‘tmishning quli bo‘lgan kishi dunyoda topilmasa kerak. O‘tmishning qayg‘uli, shirin damlari esimga tushsa, ko‘nglim ozor topadi va yana o‘sha faryodlarni qo‘zg‘atadi... Men ahmoqona yaratilgan bo‘lsam kerak, hech narsani unutmayman, hech narsani!

✓ Xotinlar! Ularni kim tushuna oladi? Xotinlarning tabassumlari bir narsa deb tursa, ko‘zlari uning aksini aytib turadi, gaplari va’da bersa, o‘ziga tortsa, tovushlari ko‘kragingdan itarib turadi... Ba’zan eng sir saqlagan fikrlarimizni birpasda bilib oladilar, gohida esa eng ravshan ishoralarimizga tushunmaydilar.

✓ Odamlarni qarang! Hammasi shunaqa: qiladigan ishlarining hamma yomon tomonlarini oldindan bila turib, senga yordam qilishadi, maslahatlar berishadi, hatto boshqa iloj yo‘qligini bilib, ma’qullashadi ham, ish bitgandan keyin esa qo‘llarini yuvib qo‘ltiqqa urishadi, butun mas’uliyatni o‘z ustiga olgan kishidan yuzlarini teskari o‘girib ketishadi. Hamma odamlar, hatto eng mehribonlari ham, eng donolari ham shunaqa!

✓ "Hayot bo‘ronidan men faqat bir necha g‘oyagina olib chiqdim, ammo bironta his topmadim, qalbim bilan emas, balki aqlim bilan yashay boshlaganimga ancha bo‘ldi. Men o‘z qilmish va extiroslarimni qiziqish bilan tahlil etamanu, ammo aslida ular bilan o‘zim qiziqmayman. Menda ikki shaxs bor, biri yashaydi, turadi, ikkinchisi esa o‘ylaydi, birinchisini tahlil qiladi".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Mixail Lermontov. "Zamonamiz qahramoni"

26-sentabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Mixail Lermontovning "Zamonamiz qahramoni" romani uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​​​​​#Taqriz
Said Ahmad. "Qorako‘z Majnun"

19-sentabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Said Ahmadning "Qorako‘z Majnun" hikoyasi uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​​​#Taqriz

Stanislav Stratiyev. "Shaxsiy fikrim qani?"

5-sentabr kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Stanislav Stratiyevning "Shaxsiy fikrim qani?" hikoyasi uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​#Onlayn_mutolaa

Stanislav Stratiyev. Shaxsiy fikrim qani? (hikoya)

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

​​​​​​​​​​#Taqriz

Jon Boyn. "Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay"

22-avgust kuni Kitobxonlar klubida bo‘lib o‘tgan Jon Boynning "Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay" romani uchun yozilgan taqrizlar.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

...

Kitobsiz yashab bo‘ladi, ammo bu yashash yovvoyi yashash bo‘ladi.

Kitobga birov ermak, birov ovunchoq, birov bilim va birov hayotning hikoyasi deb qaraydi. Kitoblarda yolg‘on gaplar yoziladi deb o‘ylashadi. Yolg‘onlikka yolg‘on, lekin bir farqi kitoblarning yolg‘oni rostdan yaxshi. Men kitob o‘qish maqtanarli bir narsa deb bilmayman. Odam non yeyishi, suv ichishi, havo olishi bilan hech qachon maqtanmaydi-ku, to‘g‘rimi? Ammo men urush va ayniqsa, urushdan keyingi elliginchi yillarda nonni avval ko‘ziga surib, qancha och bo‘lmasin, uni nihoyatda avaylab, bir ushog‘ini ham yerga tushirmay yegan, yeydigan odamlarni ko‘rganman. Bu hollarni garchi tushunmasam ham, lekin bu narsada tushunib bo‘lmaydigan muqaddaslik yashirinib yotganligini yurakdan tuyganman. Kitoblar ham odam uchun shunday: nonday, suvday, havoday, o‘tday zarurat. Odam shu to‘rt unsur bo‘lmasa yasholmaydi. Hayot yo‘qoladi. Kitob esa beshinchi unsur. Kitobsiz yashab bo‘ladi, ammo bu yashash yovvoyi yashash bo‘ladi. 

- Ibrohim G‘afurov 
“Yoshlik” jurnali, 2011-yil 2-son

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel