O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot
#Saboqlar
Haqni tanib ol, shunda haq ahlini ham tanib olasan
Aqlida zaifligi borlarning odati asli shundaydir. Ular kishilarni haq orqali emas, balki haqni kishilar vositasida bilishga urinadilar, haqni kishilarga bog‘lab qo‘yadilar. Oqil kishi esa bunda oqillar sayyidi Ali roziyallohu anhuning: "Haqni kishilar orqali taniy olmaysan. Sen haqni bilgin, shunda uning ahlini ham bilib olasan", degan hikmatlarini o‘ziga shior qilib oladi.
- Abu Homid G‘azzoliy
📚 @e_kutubxona
Woman Card - Ehtiyojlaringizga boshlanadigan karta
Ipak Yo'li Bankidan Woman Card - bu eksklyuziv imtiyozlarga ega ayollar kartasi✨
Kartaning imkoniyatlari:
✅ Yetkazib berish: bepul
✅ Hamkorlardan imtiyozlar: 55% gacha chegirmalar
✅ Bank ilovasi orqali boshqa kartalarga o'tkazmalar: komissiyasiz
Узнать больше
#reklama 16+
play.google.com
BAHOR
Bahor, bilasanmi, senga yozilgan
She’ru dostonlarning sanog‘i yo‘qdir.
Kuzga rahmim kelar, qishga yig‘layman,
Tarahhum etmagan zig‘ircha taqdir.
Bahor, bilasanmi, sening yutug‘ing --
Asli qishdan keyin kirib kelishing.
Qoru muzliklarda sovqotgan dilni
Bir zumda eritib, go‘zal kulishing.
Negadir armonlar potrab chiqadi,
Yana yuraklarga cho‘mgan nolaman.
Bahor, jim turasan, sen bahonangda
Dardimni birma bir to‘kib olaman.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
📓 "Siz bilgan Dukchi eshon"
✍ Alinazar Egamnazarov
⚙ Hujjatli qissa
⚖ 5.7 MB
📄 144 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Mutolaa
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitob o‘qish haqida tavsiyalari (davomi)
Boshi bu yerda
Hazratning kitob haqida aytgan yana bir gaplari bugun juda ham muhim: «Hozirda odamlar manavi telefon va shunga o‘xshash jihozlarda uzuq-yuluq ma’lumotlarni o‘qishga o‘rganib qolishyapti. To‘g‘ri, bunda ham ancha-muncha ilmga ega bo‘lish mumkin. Ammo kitobning o‘rni boshqa. Kitobda muallif avval muqaddima yozadi. Unda ushbu asarda qaysi mavzuda va nimalar haqida so‘z borishini bayon qiladi. Keyin o‘zi yoritayotgan mavzuning tarixidan gap boshlaydi va asta-sekin asosiy nuqtaga yetib boradi. So‘ng esa kerakli xulosalarni berib, so‘ziga xotima yasaydi. Shu bois, kitobni bir chetdan o‘qigan odam bilan u yer-bu yerdan ma’lumot o‘qib yurgan odamning orasida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi. Hakkam-dukkam ma’lumotlarni o‘qishga o‘rgangan odamning fikrlashi ham hakkam-dukkam bo‘lib qoladi, bir narsani gapirsangiz, atroflicha fikrlay olmaydi».
Hozirgi kunda kitoblarning elektron shakllari ham juda ommalashdi. Bunga xizmat qilayotganlarni Alloh yorlaqasin, ajrlarini mo‘l qilsin. Buning qulayligi, yo‘l-yo‘lakay o‘qishga munosibligi va boshqa manfaatli jihatlari borligi aniq. Ammo har qancha foydali bo‘lmasin, baribir oddiy, qog‘oz kitobning o‘rnini bosa olmas ekan. Qolaversa, kitob ochib o‘qishning fayzi boshqa. Kimga qanaqa bilmadim-u, ammo menga shunaqa tuyuladi. O‘zimning shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytsam, elektron kitobda o‘qigan ma’lumotlarim oddiy kitobda o‘qiganlarimchalik esda qolmaydi. Menimcha, ekrandagi kadrni ko‘rish uchun miyaning ancha qismi band bo‘ladi chog‘i va shu bois, ma’lumotni xotiraga saqlashda sustlik yuzaga keladi.
Ota-ona farzandlarining ko‘z o‘ngida hadeb televizor ko‘rib o‘tiravermay, kitob o‘qib tursa, bolalar ham kitobxon bo‘ladi. Ularga qilinadigan sovg‘alar ichida ham albatta kitob, daftar-qalamlar bo‘lishi kerak. Ularni o‘zlari uchun kiyim tanlashga o‘rgatganimiz kabi kitob olishga ham o‘rgatishimiz darkor. To‘y- ma’raka, bordi-keldilarga qunt qilganimiz kabi bolalarga ham kitob xususida va’dalar berib, ularni amalga oshirishimiz kerak. Ota-ona har kuni ma’lum paytda oila davrasida kitob o‘qishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Bolalarga o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblarni tayinlab berib, keyin undan imtihon olib, kundaligiga baho qo‘yib, muvaffaqiyatlari bilan qutlab, sovg‘alar ulashish juda ham muhim. Bularning barchasida izchillik talab qilinadi.
Yana bir tavsiya. Agar imkon bo‘lsa, farzandlarga «Hadis va Hayot» turkumidan olingan qisqa hadislarning matnlarini yodlatib borilsa ham juda yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, «Aqiydatut-Tahoviya»ning matnini ham yodlatilsa ayni muddao bo‘ladi. Ayniqsa, Qur’onni yod olib bo‘lgan bolalar nima qilishini bilmay, to‘xtalib qoladilar. Qur’on bilan zehni charxlanib turgan tolibi ilm uchun hadis va ilmiy matnlarni yodlash ham ancha oson kechadi. Ular bu matnlarning ma’nolarini to‘liq tushunmasalar ham yodlab olaversalar, keyinroq ma’nosini o‘rganib, to‘ldirib oladilar va bu ilm ularga mulk bo‘lib qoladi.
Xulosa qilib aytganda, shayx hazratlarining asarlarini o‘rganishda muallif rahmatullohi alayhning mazkur ko‘rsatmalariga amal qilib borilsa, inshaalloh, juda ulug‘ ish bo‘ladi. «Toma-toma ko‘l bo‘lur», deganlaridek, hademay ancha katta ilmga, ma’naviy kamolotga yetib qolinadi. Shu bilan birga, kitob o‘qishda qalbni musaffo tutish va o‘qiganlariga amal qilib borish ilmning barakali bo‘lishi uchun asosiy omil ekanini ham unutmaslik kerak.
Alloh taolo Qur’oni Karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birgina narsani ziyoda etishni so‘rab duo qilishni buyurgan. U ham bo‘lsa, ilmdir.
«Robbim! Ilmimni ziyoda qil!» deb ayt» (Toho surasi, 114-oyat).
Alloh hammalarimizning ilmimizni ziyoda qilsin va manfaatli aylasin!
- Hasanxon Yahyo Abdulmajid
📚 @e_kutubxona
Qalam va qadam davri
Misrlik mashhur adib Tavfiq al Hakim Misr futbol terma jamoasidagi o‘yinchilardan biri oladigan maoshni bilgach, quyidagi satrlarni yozdi:
“Qalam davri tugab, oyoq asri boshlandi. Ushbu o‘yinchi atigi bir yil ichida Exnaton davridan beri Misr adiblari olmagan maoshga ega bo‘ldi”.
📚 @e_kutubxona
BeeMarket — biznesingiz uchun rasmiy texnika
BeeMarket — Beeline'ning rasmiy do'koni
💻 Ofis va korxona uchun texnika: noutbuklar, printerlar, telefonlar
✅ Faqat yuridik shaxslar uchun. Barcha mahsulotlar rasmiy, IMEI bilan, kafolatli
🚗 Shartnoma asosida, to'lov — faqat yuridik hisobdan. 24 soatda O'zbekiston bo'ylab yetkazamiz
😊 Tafsilotlar uchun biz bilan Telegram'da bog'laning
Telegramga yozish
#reklama
market.beeline.uz
#Mutolaa
Ibn Rushddan qancha kitob o‘qigani haqida so‘rashganda, shunday degan ekan:
"Ikki kecha kitob o‘qiy olmaganman xolos. Nikoh kecham va otam vafot etgan kechada".
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Abu Xozim rahmatullohi alayh semiz qo‘yning go‘shtini sotib turgan qassobning yonidan o‘tib qoldilar. Qassob unga:
- “Ey, Abu Xozim go‘shtdan oling, juda yaxshi go‘sht” - dedi. Abu Xozim:
- “Yonimda dirhamim yo‘q” - dedilar. Qassob:
- “Pulini keyin bersangiz ham mayli” - dedi. Shunda u zot:
- “Men uchun sizga keyin bergandan ko‘ra, nafsimga keyin berganim yaxshiroqdir” - deb javob berdilar.
📚 @e_kutubxona
AVO platinum kredit kartasini ilovada oching!
✅ AVO platinum — foizsiz kredit karta.
AVO ilovasida kredit karta oching va 50 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%! 💰
Install
#reklama
click.avo.uz
Ayol-qizlar uchun ingliz tilini o'rganish imkoniyati📌
Individual va guruh darslari
💭 Boshlanish vaqti: 14-aprel
💭 Telegram va zoom platformalarida
Sizni nimalar kutmoqda:
🔖 Iliq muhit
🔖 Qulay platforma
🔖 tajribali ustoz (IELTS 7,5)
Darslar sizga faqat grammatika emas, barcha skillarni bir vaqtda rivojlantirish imkonini beradi, yengil (tez singuvchi, hazm qilinuvchi))) qilib tayyorlangan Oxford, Cambridge darsliklari asosida o'tiladi.
Guruhdagi har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanaman. Bu degani, faqat mavzuni so'rab qo'yish emas, holatiga ko'ra vazifalar berib borish ustida ishlayapman. Hammani o'rganish tezligi, sharoiti har xil, shuning hammaga bir xil qolip yo'q.
#Saboqlar
"Baxt – kishi o‘z nafsi ustidan hukmron bo‘la olishidadir, baxtsizlik esa – nafsi uning ustidan hukmron bo‘lishidadir. Siz biror asov jonivorni qo‘lga o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, uni och qoldirmasdan, kuchsizlantirmasdan buning uddasidan sira chiqa olmaysiz, chunki to‘yadigan bo‘lsa, kuchiga kuch qo‘shilib, asovligi yanada oshib ketadi, qo‘lga olishning iloji bo‘lmaydi. Nafs ham shunday".
- Abu Homid Gʻazzoliy, "Ihyou ulumid din"
📚 @e_kutubxona
SAVOL
Hayotingda tutgansan maqsad
To‘ydan boshqa yana nimani?
Eshitgansan boshingni serkab
Kuydan boshqa yana nimani?
Fikr jim-jit, qafasda kuyding,
Borib-borib o‘zingdan to‘yding.
Do‘stim, go‘zal erkiga qo‘yding
O‘ydan boshqa yana nimani?
Ikki dunyo orasi - devor,
Och eshikni, ortidan qo‘yvor.
Osmon qadar qurding ulug‘vor
Uydan boshqa yana nimani?
Xoliq tutgan dunyoga kelding,
Unutding va o‘ynading-kulding.
Alloh uchun qurbonlik qilding
Qo‘ydan boshqa yana nimani?
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
Jonli efirdagi savol-javob dasturiga telefon bo‘lyapti. Bir erkak kishi imomga savol berayapti:
— Hazrat, bemorlik sababli bachadoni olib tashlangan ayol farzand ko‘rishi mumkinmi?
Imom:
— Yo‘q. Endi u farzand ko‘rolmaydi.
— Iya, taqsir, — dedi ensasi qotib, — axir Alloh taolo xohlasa va "bo‘l" desa, tug‘ishi mumkin-ku!
— Ha, u jihatdan qaralsa, sen ham tug‘ishing mumkin, — dedi imom.
📚 @e_kutubxona
Tavallo, Qodiriy, Cho‘lponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Og‘iz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.🪶
🍄@kitobxonadan
#Saboqlar
Bir kuni Muso alayhissalom Allohga duo qildilar:
- Ey Robbim! Meni insonlarning tilidan saqla!
Alloh vahiy qildi:
- Ey Muso! Buni hatto o‘zim uchun ham qilmaganman. Senga qanday qilaman?!
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
"Barcha ixtiloflarda g‘alabani qo‘lga kiritishga harakat qilma. Gohida munosabat (pozitsiya)ni qo‘lga kiritgandan ko‘ra qalblarni ulfat qilgan yaxshiroq. O‘zing qurib, o‘tib turadigan ko‘prikni buzib tashlama. Ehtimol kunlarning birida qaytishga ehtiyoj tug‘ilib qolar. Doim xatoning o‘zini yomon ko‘r, xatokorni emas. Bor vujuding bilan gunohni yomon ko‘r, lekin gunohkorga rahm qilib, afv et. So‘zni tanqid qil, lekin uning aytuvchisini hurmat qil. Chunki, bizning majburiyatimiz kasallikka barham berish, bemorga emas.
- Imom Shofe’iy
📚 @e_kutubxona
Kursiv Uzbekistan bilan yangiliklardan xabardor boling
Klikbeyt, soxta xabarlar va ortiqcha malumotlardan holi asosiy yangiliklardan xabardor bolishni xohlaysizmi?
Kursivga obuna boling — Bu voqeliklarni his qilayotganlar uchun Ozbekistondagi yangiliklari.
Kanalni oz yolini topayotgan, biznes qurayotgan va atrofda nima bolayotganini chuqurroq tushunmoqchi bolganlar oqiydi
Tomosha qilish
#reklama 16+
#Saboqlar
- Dada qarang yulduz uchdi, nima niyat qilsam ekan?
- O'g'lim, biz yulduz uchsa niyat qilib, duo o'qiydigan emas, niyat qilib duo qilsak yulduz uchadigan ummatmiz!
(c)
📚 @e_kutubxona
📚 Kitob – eng yaxshi ustoz!
Sizga moliyaviy savodxonlikni oshiradigan, investitsiyadan daromad topishni o‘rgatadigan BEPUL elektron kitob taqdim etamiz.
Ushbu kitobda:
🧠 Investitsiya nima va qanday ishlaydi?
📈 0 dan boshlayotganlar uchun oddiy va tushunarli izohlar
💰 Ilk daromadga qanday erishish mumkin?
⚖️ Halollik va ishonch ustun bo‘lgan yondashuv
👤 Muallif: Azam Azizov – 10+ yillik tajribaga ega, bilimini ochiqchasiga ulashmoqda.
🎁 BONUS: Kitob bilan birga onlayn trening ham taqdim etiladi – bilimga asoslangan muvaffaqiyat sari tezroq yetishasiz.
📥 Kitob va treningni bepul yuklab olish
📓 "Buyuklik xislati"
✍ G'iyosiddin Xondamir
⚖ 8.0 MB
📄 304 sahifa
📚 @e_kutubxona
#Mutolaa
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitob o‘qish haqida tavsiyalari
Shayx hazratlarining kitob o‘qishdagi tajriba va tavsiyalaridan ham eslab o‘tsak. U kishi kitob o‘qish uchun kundalik daftar tutishni tavsiya qilar edilar. «Har bir kitobni boshlashda o‘sha kunni daftarga qaydlab qo‘yasiz. Kitobda tushuna olmagan, savol tug‘ilgan o‘rinlar uchun ham daftarga ishora qo‘yib borasiz. Biror jumla yoki gapni tushuna olmasangiz, ko‘p o‘ylanib vaqtni ketkazmaslik kerak, vaqti-soati kelib, biror joydan o‘sha gapning sodda ifodalangan shakli chiqib qoladi, jumboq o‘z-o‘zidan yechiladi. Keyin kitobni tugatgan sanangizni belgilaysiz. Shunda qancha va qaysi kitoblarni o‘qiganingiz ko‘z o‘ngingizda bo‘ladi. Bu holat sizga yanada shijoat beradi», degan edilar.
Ba’zan odamlarning «Hazratning kitoblari ilmiy-da, tushuna olmayapmiz», deyayotganini eshitib qolamiz. Bu gap qisman to‘g‘ri, ammo hammasi ham shunday emas. Ularni yuqorida berilgan tartibda o‘qilsa, tushunish qiyin bo‘lgan joyini belgilab borib, keyin ahli ilmlardan so‘rab olinsa yoki «Savol-javob» saytidan so‘ralsa yoxud kitob o‘qishda bardavom bo‘linsa, asta-sekin hamma narsa tushunarli bo‘lib, mutolaa ochilib boraveradi. Shunisi aniqki, musulmon odam dinini o‘rganish uchun ushbu dovonni oshib o‘tishi lozim, boshqacha qilib aytganda, ilm olish uchun biroz mashaqqat tortishi kerak.
Shayx hazratlari har bir ishda tartibli bo‘lib, vazifalarni mahkam tutish lozimligini ham ta’kidlardilar. «Bir ishga o‘zingizni bir muddat majburlasangiz, o‘sha narsa sizga odatga aylanib qoladi, keyin o‘shani bajarmasangiz, uyqungiz kelmaydigan bo‘lib qoladi», der edilar. U zot kitob o‘qish haqida yana «Bugun kitob o‘qigan odam kechagi odam emas-da», deb qo‘yardilar.
Bir kuni hazrat bilan bir joydan kelayotib, «fotochteniye» ‒ tez o‘qish usullaridan biri haqida so‘radim, chunki o‘sha kunlari shu mavzuda bir kitobchani o‘qiyotgandim. Ustoz: «Bu kabi usullar har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi, matn esda qolsa ham, boshqa jihatlarda nuqson bo‘ladi, masalan, fikrlash yetuk bo‘lmaydi. Undan ko‘ra o‘zimizning o‘qishimiz yaxshi», dedilar.
Yana bir kuni hazratga o‘qiyotgan kitoblarimizdagi ko‘p gaplar yoddan chiqib ketayotganidan shikoyat qilgandek bo‘ldim. Shunda ustoz: «O‘zi shunaqa bo‘ladi. Bir ma’lumotni bir kitobda ko‘rib, keyin shu bo‘yi o‘qimasangiz, esingizdan chiqib ketishi oson bo‘ladi. Agar o‘sha ma’lumotni bir safar bu kitobda, keyin boshqa bir kitobda, bir muddat o‘tib, yana qaysidir asarda o‘qisangiz, ana shunda xotirada yaxshi qoladi», dedilar. Shu bois, kitoblarda ayrim ma’lumotlarni takror o‘qishdan malollanmang, bu ham siz uchun foyda. Bir ma’lumotni bitta kitobda takror o‘qigandan ko‘ra, boshqa-boshqa asarlarda o‘qish uning yodda yaxshiroq saqlanishini ta’minlaydi.
Shayx hazratlari: «Bir mavzu haqida qaysi kitobda qanday ma’lumot borligini eslab qolishning o‘zi ham katta yutuq, juda batafsil esda qolmasa ham mayli. Kerak bo‘lganda darrov izlab, topib olasiz», derdilar. U kishi yana: «Bir narsani o‘qisangiz, qanchadir qismi esda qolib, qolgani esdan chiqadi. Agar o‘shani o‘qish bilan birga yozib ham chiqsangiz, ancha ko‘proq qismi yodingizda saqlanib qoladi. Ammo ma’lumotni esda saqlashning eng yuqori darajasi o‘sha mavzuni kimgadir dars qilib o‘tishda ekan. Dars bersangiz, ham yaxshi uqib olasiz, ham esda saqlab qolasiz», degandilar. Shunga ko‘ra, o‘qigan kitoblaringizni farzand-nabiralarga tushuntirib borsangiz, olgan ma’lumotingiz xotiraga mustahkamroq joylashadi.
Davomi bor
- Hasanxon Yahyo Abdulmajid
📚 @e_kutubxona
Woman Card - Ehtiyojlaringizga boshlanadigan karta
Ipak Yo'li Bankidan Woman Card - bu eksklyuziv imtiyozlarga ega ayollar kartasi✨
Kartaning imkoniyatlari:
✅ Yetkazib berish: bepul
✅ Hamkorlardan imtiyozlar: 55% gacha chegirmalar
✅ Bank ilovasi orqali boshqa kartalarga o'tkazmalar: komissiyasiz
Узнать больше
#reklama 16+
play.google.com
#Saboqlar
Tasavvur qiling, bu ikki apelsinni ko‘chadan topib oldingiz. Qay birini olgan bo‘lar edingiz?
Menimcha nima demoqchi ekanimni tushundingiz.
- Ayman Yog‘iy
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
SEZILMAYDIGAN JAZODAN EHTIYOT BO‘LING!
Bir kishi Hasan Basriy rohimahullohning huzuriga kelib dedi:
– Mening eshitishimcha, har bir qilingan gunohning jazosi bor. Men Allohga ko‘p martalab gunohlar qildim, ammo U meni jazolamadi-ku?!
Hasan Basriy rohimahulloh dedi:
- Bolam! Alloh seni bir necha bor jazolagan, ammo sen bilmagansan:
1. U sendan munojot qilish halovatini tortib olmadimi?
2. Bir necha kunlar o‘tsada Qur’onni Alloh uchun ochib o‘qimading. Bu jazo emasmi?
3. Bir qancha kechalar o‘tsada tahajjudga turmading. Bu jazo emasmi?
4. Alloh seni zikridan to‘sib qo‘ymadimi?
5. Seni molni, obro‘ni va shuhratni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘ymadimi?
6. Qalbingga toatni og‘ir bo‘lib qolganini sezmayapsanmi?
7. Gʻiybat, chaqimchilik va yolg‘on gapirish senga oson bo‘lib qolmadimi?
8. Alloh senga oxiratni unuttirib, eng katta g‘amingni dunyo qilib qo‘ymadimi?
9. Ramazon, shavvolning olti kuni, zulhijjaning o‘n kuni kabi savob mavsumlari kelganida sen ularni g‘animat bilmading-ku! Shu jazo emasmi?
Allohning jazolarining eng yengili seziladigan, bilinadigan jazolardir. Jazolarning og‘iri sezilmaydiganidir. Allohning jazosi sezilishdan ancha yuqori turadi. Oxiratni unuttiradigan dunyo ila seni mashg‘ul qilib qo‘yishi uning iqobidir. Oxirat ilmlarini tark qilish evaziga seni dunyo ilmlari ila mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Senga ko‘p mol-dunyo berib ammo toatning lazzatini bermasligi Uning iqobidir. Robbim biz sezmay turib qancha-qancha jazolar ila jazolaydi. Alloh saqlasin!
- “Taqvo ahlining go‘zal qissalari” kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Saboqlar
MENING TO‘RT KUNIM BOR
Xalil ibn Ahmad aytadi:
Mening to‘rt kunim bor.
1. Ko‘chaga chiqib, o‘zimdan ilmliroqqa yo‘liqqan kunim undan nimanidir o‘rganaman. Bu mening foyda topgan, o‘ljani qo‘lga kiritgan kunim.
2. Ko‘chaga chiqib, o‘zimdan ilmsizroqqa yo‘liqqan kunim unga nimanidir o‘rgataman. Bu mening savob ishlagan kunim.
3. Ko‘chaga chiqib, ilm bobida o‘z tengqurimga yo‘liqqan kunim u bilan birga dars qilaman. Bu mening sabog‘imni pishitgan kunim.
4. Ko‘chaga chiqib, o‘zi ilmsiz-u, lekin o‘zini mendan ko‘ra ilmliroq hisoblaydigan kishiga yo‘liqqan kunim u bilan gaplashmay qo‘ya qolaman. Bu mening dam olish kunim.
Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi
📚 @e_kutubxona
📓 "O'zbek hikoyalari antologiyasi"
⚖ 12.6 MB
📄 287 sahifa
Tanlangan hikoyalar to‘plami
📚 @e_kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz
Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
FALSAFA
Ayolning jamoliga hukmronlik qilishni istasangiz unga ko‘zingiz bilan qaramang, aksincha aqlingiz bilan qarang. Ana shunda dekoratsiya ortidagi narsalarni ko‘ra olasiz.
Agar unga tuyg‘u va g‘arizangiz ila boqsangiz birinchi qarashdayoq aqlingizni yo‘qotasiz. U sizga xuddi dengiz qa’ridan chiqib kelayotgan Venera kabi ko‘rinadi. Tuyg‘ular tumanligi ichidan haqiqatni ko‘rish amri muhol. Bunda hayvonot bog‘i jannatga, badbashara maymun farishtaga o‘xshab ko‘rinadi.
Ayol bu kitobdir. Uni avvalo aqlingiz bilan o‘qishingiz lozim. Uning g‘ilofiga qarashdan va mazmuni haqida bir qarorga kelishdan oldin sahifalarini varaqlab chiqishingiz kerak. Sizga yo‘l ko‘rsatadigan narsa oshiqning zavqi emas, tanqidchining zavqidir.
Shuning uchun ayol avvalo sizni aqlingizdan ayrilishingiz uchun o‘z zakovati ila oshiqqa aylantirib olmoqchi bo‘ladi. Aqlingizni yo‘qotsangiz haqiqatni ko‘rmaysiz. Ko‘rsangiz ham vaqt o‘tganidan keyin ko‘rasiz.
Haqiqatni ko‘rganlar faylasufga aylanishadi. Oqibatda ayolni unutib haqiqatga oshiq bo‘lishadi. Go‘zallik haqida, go‘zallik falsafasi haqida kitoblar yozadilar. Go‘zal ayollar haqidagi yozuvlarni unutadilar.
Hatto mana shu faylasufning ustidan kulish uchun ham ayolda hamisha sabab topiladi. Ayol har kuni qo‘ltig‘ida kitob bilan unga ro‘baro‘ bo‘laveradi...!
- Mustafo Mahmud, "Shayton hukm qiladi" kitobidan
📚 @e_kutubxona
#Marketing
«Marketing harajatlarini kutilayotgan daromadga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas. Bunday harakat qilish — aravani otning oldiga qo‘yish bilan barobardir».
- "Marketing A dan Z gacha" kitobidan
📚 @e_kutubxona