“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul
Toshkentda rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya vafot etgan mehmonxona egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Mehmonxona ishchisi va yana ikki kishi 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Halok bo‘lgan jurnalistning qonuniy vakili foydasiga 67 mln 588 ming so‘m undirish belgilandi.
@daryo_live
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi hududlar kesimida
Oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi doimgidek Toshkent shahrida. Eng kami Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida.
@daryo_live
Biz Fransiyani terrorchi davlat deb tan olamiz – Itamar Ben-Gvir
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Parijning Falastin davlatini tan olish qaroridan norozi ekanini bildirdi.
@daryo_live
Bolalar ombudsmani Angrendagi 15 yoshli qiz holidan xabar oldi
Qizdagi o‘tkir artrit, ikki tomonlama bronxopnevmaniya, oqsil energetik yetishmovchilik, anemiya og‘ir darajasi, sepsisni davolash choralari ko‘rilmoqda. Ma’lum qilinishicha, unda qayd etilgan kasalliklar surunkali tusga ega bo‘lib, ularning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan.
Tergovni olib borayotganlarga qizning qo‘shimcha stress va ruhiy travma olishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi bildirildi.
@daryo_live
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashdi
2025-yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik ish haqi 5 million 982 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga o‘sdi.
O‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi doimgidek Toshkent shahrida — 10,1 mln so‘m. O‘qituvchilar va shifokorlar oyligi eng pastligicha qolmoqda.
@daryo_live
O‘zbekistonda dam olish kuni havo sezilarli salqinlashadi
27-iyulda Toshkentda harorat 35-37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
@daryo_live
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuvlardan jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV
“Biz barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiramiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
AQSH Davlat departamenti Ukraina uchun 150 million dollarlik shartnomani ma’qulladi
Pentagonga ko‘ra, u M109 Paladin o‘ziyurar gaubitsalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni nazarda tutadi.
@daryo_live
G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan “Handala” kemasi bilan aloqa uzilgan. Ekipajning maqsadi Isroil tomonidan anklavga o‘rnatilgan qamalni buzish edi
“Biz ekipaj bilan aloqani butunlay yo‘qotdik, kema yaqinida bir nechta dronlar bor edi. Bu esa ular ushlangan yoki hujumga uchragan bo‘lishi mumkinligini anglatadi,” deyiladi Ozodlik flotiliyasi bayonotida.
Toshkentda KHAYning Beshqayrag‘och—Beruniy qismi yana vaqtincha yopiladi
Qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli 25-iyul soat 15:00 dan 28-iyul soat 06:00 gacha transportlar harakati cheklanadi.
@daryo_live
Fransiya Falastin davlatini tan oladi
Emanuel Makron bu haqda sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida e’lon qilmoqchi.
"Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlikka qaratilgan tarixiy ahdga sodiq qolgan holda, men Fransiyaning Falastin davlatini tan olishiga qaror qildim", degan u.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja o‘rtasida yuz berayotgan vaziyatni kuzatib borayotgani va ikki mamlakatni yarashtirish ustida ishlayotganini ma`lum qildi.
"Men Tailand va Kambodjani yarashtirish ustida ishlayapman", - dedi Donald Tramp
Turkiyada Ramzan Qodirovning ahvoli yomonlashgan - OAV
Bodrumda dam olayotgan Checheniston rahbarining ahvoli dengizda cho‘milish paytida yomonlashgan. Bu haqda Turkiya OAV xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov nafas ola olmay qolgan, shundan so‘ng qutqaruvchilar uni tezda suvdan chiqarib olib, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Ta’kidlanishicha, voqeadan so‘ng u kasalxonaga olib borilgan. Hozirgi vaqtda uning sog‘lig‘iga hech qanday xavf tahdid solmayapti.
@daryo_live
Oʻzbekistonliklar qaysi qonunlarni koʻproq oʻqimoqda?
Adliya vazirligi Lex.uz bazasida eng koʻp oʻqilgan qonunlar oʻntaligi eʼlob qildi. Birinchi oʻrinda Konstitutsiya, ikkinchida Jinoyat kodesi joy olgan. Maʼmuriy javobgarlik va Mehnat kodekslari ham nisbatan koʻp koʻrilgan.
@daryo_live
Andijonda naqd puldan eng ko‘p foydalanilmoqda — Markaziy bank
Viloyat aholisi kundalik to‘lovlarining 24 foizini naqd pulda amalga oshiradi. Bu respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. Toshkent shahri aholisi esa naqd puldan eng kam foydalanmoqda (6 foiz).
@daryo_live
O‘zbekistondagi turli sohalarda o‘rtacha oylik ish haqi
Eng yuqori ish haqini bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida ishlaydiganlar olgan. Eng kam ish haqini esa sog‘liqni saqlash xizmatida ishlovchilar olgan.
@daryo_live
Vladimir Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshlarini oshirish uchun Yevropa ittifoqidan moliyaviy yordam so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus
ko‘proq askarlarni yollashga yordam berishi kutilyapti
“Avvalroq yevropaliklar harbiy xizmatchilarimiz maoshlarini moliyalashtirishni rad etishgan, faqat qurollar uchun mablag‘ ajratishgan. Bizning harbiy xizmatchilarimizning o‘zi hammani himoya qiladigan qurol bo‘la oladi”, deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibor keltirgan Bloomberg agentligi.
Surxon qo‘riqxonasida yong‘in davom etayotgani haqidagi xabarlarga FVV munosabati
Ma’lum qilinishicha, yong‘in 24-iyul kuniga o‘tar kechasi soat 00:35 da o‘chirilgan. Ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan hududning ayrim joylarida shox-shabbalar qoldiqlaridan tutun chiqishi holatlari kuzatilmoqda. Ushbu holat yong‘inning qaytadan ro‘y berishiga olib kelmaydi.
@daryo_live
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi "Dunyo sadolari" festivali bo‘yicha qabul qilingan qaror va tuzilgan shartnomalarni o‘rganmoqda
«Holatni o‘rganyapmiz, natijasi bo‘yicha ma’lumot beriladi», — dedi agentlik axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov Daryo'ga bergan izohida.
@daryo_live
Amur viloyatida halokatga uchragan An-24 samolyotining so‘nggi parvoz oldidan yozib olingan videolari e'lon qilindi
Yo‘lovchilar o‘z smartfonlariga tushirgan tasvirlarda havo kemasining qoniqarsiz ahvolini ko‘rish mumkin.
@daryo_live
Fransiyaning Quddusdagi konsuli Falastin ma'muriyatiga maxsus xat yubordi. Unda Parij Falastin davlatini tan olishi haqida xabarnoma bor.
@daryo_live
Videoselektor payti ayolni quchoqlab o‘tirgan mansabdor ishdan olindi
“Xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, dedi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri matbuot kotibi.
Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi
“Mening nomimga yo‘llangan ushbu tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, dunyo hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizga, yorug‘ kelajagimizga ishonch va e’tibor ifodasi sifatida qabul qilaman”, dedi prezident
Prezidentni haqoratlashda gumonlangan o‘zbekistonlik Ozarbayjonda ushlandi
43 yoshli ushbu fuqaro vatanga ekstraditsiya qilindi.
@daryo_live
🌤 Bugun harorat 35-40 daraja, tog‘li hududlarda 28-33 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”
@daryo_live
Filippinda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi
Yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan holati saqlanmoqda.
Filippin fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining xabar berishicha, yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 70 ga yaqin ichki va xalqaro parvozlar bekor qilingan.
@daryo_live
Kambodja va Tailand chegarasi bo‘ylab janglar davom etmoqda
Tasvirlarda Kambodja Qirollik armiyasining RM-70 reaktiv zalp o‘t ochish tizimi Tailanddagi nishonlarga qarata o‘t ochayotgani ko‘rinadi.
@daryo_live
Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar
“Daryo” ushbu festivalga jahon va milliy estrada yulduzlarining konsert berib ketishi uchun qancha gonorar belgilangani va boshqa qilinayotgan sarf-xarajatlarni o‘rgandi.
@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga taʼziya yo‘lladi
Bugun, 24-iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida samolyot halokatga uchrab, bortdagi barcha odam (43 kishi) qurbon bo‘ldi. Fojia munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti marhumlar oilalariga hamdardlik izhor etdi.
@daryo_live
Tailand artilleriyachilari Kambodja armiyasining chegaraoldi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
@daryo_live