daryo_live | Unsorted

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Subscribe to a channel

Daryo — LIVE

PUBG o‘yini tufayli oilasini o‘ldirgan pokistonlik o‘smir 100 yilga qamaldi

Qotillik payti Zayn Ali 14 yoshda bo‘lgan. U o‘yinga mukkasidan ketgani uchun onasidan tez-tez dakki eshitgan. Ali odatda o‘yin vazifalarini bajara olmaganida jahldorligi kuchaygan. Shunday holatlardan birida u onasi, akasi va singillarini otib o‘ldirgan.

Hozirda Ali 17 yoshda, o‘lim jazosi o‘rniga unga har bir qotillik uchun 25 yildan berilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqandda chiqindilarni yer ostida saqlovchi konteynerlar o‘rnatildi

Maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olish maqsad qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Odam savdosida ayblanib, qidiruvda bo‘lgan yana ikki o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deportatsiya qilindi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇺🇸 Tramp Vashingtonda o‘lim jazosini qo‘llash haqidagi farmonni imzoladi

AQSH bosh prokurori esa butun mamlakat bo‘ylab o‘lim jazosiga ruxsat berishni xohlayotganini aytdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🌤 Bugun tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 26-31 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkent viloyatidagi davlat bog‘chalarida ovqatdan zaharlangan 109 nafar bola shifokorlar nazoratiga olingan — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya endi "qog‘oz yo‘lbars" emas — Tramp

Yaqinda Putin haqida keskin bayonotlar bergan Tramp bundan buyon "qog‘oz yo‘lbars" iborasini ishlatmasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, u Putindan hafsalasi pir bo‘lganini ham bildirgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil husiylar hujumiga javoban Yaman poytaxtiga aviazarbalar berdi

Yahudiy armiyasiga ko’ra, husiylar lageri nishonga olingan, o‘nlab jangchilar, dronlar va qurol-yarog‘ zaxiralari yo‘q qilingan.

“Va’da qilganimdek, kim bizga yomonlik qilsa, yetti barobar azoblanur”, dedi mudofaa vaziri Isroil Kats.


Yaman manbalari Sana shahriga 15 dan ortiq havo hujumlari uyushtirilganini xabar qilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

⛔️"Tramp o‘tayotganda hamma to'xtab turishi kerak"

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonning mashinasi Nyu-Yorkda Amerika huquq-tartibot idoralari tomonidan to'xtatildi. Amerika prezidentining korteji o‘tayotgani uchun yo‘l to‘sib qo‘yilgan.

Avvalroq xuddi shu sabab bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mashinalari to‘xtatilgan edi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Nikolya Sarkozi shartli ravishda 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bu haqda Fransiyaning BFMTV teleradiokanali xabar qildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Rossiya rasmiylari eng yaqin bombapanoh qayerda ekanini bilishiga ishonch hosil qilishi kerak. Agar ular urushni to‘xtatmasa, bunday boshpanaga muhtoj bo‘ladi”, dedi Zelenskiy.


Shuningdek, u Ukraina Vashingtondan qo‘shimcha uzoq masofaga uchuvchi qurollar olsa, ulardan foydalanishini aytdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi 2007-yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun Liviyaning o‘sha paytdagi rahbari Muammar Qazzofiydan pul olganlikda aybdor deb topildi.

Sud Fransiya sobiq prezidentini jinoiy tashkilot tuzishda aybdor deb topdi. Jazo chorasi hali aniqlanmagan. Sarkoziga o‘n yilgacha qamoq jazosi va katta jarima tahdid solmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇺🇦 Zelenskiy urush tugaganidan so‘ng lavozimini tark etishga tayyorligini aytdi

“Mening maqsadim — urushni tugatish”, dedi Ukraina prezidenti.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Oʻzbek xalqi aytadi va qiladi. Shunga biz ishontirdik” — Shavkat Mirziyoyev Tramp bilan suhbati haqida

Davlat rahbari AQSH prezidenti bilan suhbatda juda koʻp masalalar kelishib olinganini taʼkidladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasi hududida noma’lum shaxslar tomonidan 6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar qoldirib ketilgani aniqlandi.

Dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev BMTdagi nutqida qaysi so‘zlarni eng ko‘p ishlatgani tahlil qilindi

Soʻzlarning mavzular boʻyicha tahlili davlat rahbari nutqida asosiy urgʻuni Markaziy Osiyoda hamkorlikka hamda transport va ekologik masalalarga qaratganini koʻrsatdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

Qozog‘iston prezidenti 2020-2023 yillarda Rossiyada elchi bo‘lib ishlagan Yermek Kosherbayevni mamlakat tashqi ishlar vaziri etib tayinladi.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu esa prezident yordamchisi bo‘ldi. Bu haqda To‘qayev matbuot xizmati xabar berdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Turkiya Boeing bilan 200 dan ortiq yo‘lovchi samolyotlari xaridi bo‘yicha ko‘p milliard dollarlik bitim tuzdi — Bloomberg

Bundan tashqari, Turkiya AQSH bilan 43 mlrd dollarlik suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha 20 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma 2026-yildan boshlab har yili 4 mlrd kub metr suyultirilgan tabiiy gazni import qilishni nazarda tutadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇺🇿🇺🇦 Ukraina va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Vazirlar savdo, investitsiya, ta’lim va madaniy hamkorlikni muhokama qilgan.

“Uchrashuvimiz O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi muloqotni yanada chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash hamda xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochish borasidagi qat’iy intilishimizni tasdiqladi”, deya ta’kidladi Baxtiyor Saidov.


Ukraina TIV rahbari bayonoti:

“Siyosiy muloqotni qayta tiklash, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldik. Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish va Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlash tarafdori”, dedi Andrey Sibiga.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Oʻzbekiston oltin eksporti boʻyicha rekordini yangiladi

Mamlakat joriy yil yanvar-avgust oylarida xorijga 8,42 mlrd dollarlik oltin sotdi. Bu respublika jami eksportining 36,7 foiziga teng. Oʻtgan davrlarda hatto yillik sotuvlar ham ushbu sakkiz oylik qiymatga yetmagandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Tramp Erdo‘g‘onning Ukrainadagi urushga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini bildirdi

"Putin ham, Zelenskiy ham Erdo‘g‘onga hurmat bilan qarashadi. Hamma unga hurmat ko‘rsatadi. Men ham Erdo‘g‘onga chindan hurmat bildirishimni ta’kidlayman.

U istasa, Ukrainadagi urushga katta ta’sir ko‘rsata oladi, ammo betaraf qolishni ma’qul ko‘rmoqda", dedi AQSH prezidenti.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Tramp Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda Turkiyaning Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishni talab qildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qoʻqonda maktab oldida drift qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Mazkur fuqaroning haydovchilik guvohnomasi ham boʻlmagan. Unga qamoq jazosidan tashqari, 2 mln 60 ming soʻm miqdorida jarima ham tayinlandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Farg‘onada gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi.

Ulardan biri avval ham sudlangan. Har ikki holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

🇺🇸 dollar 12 199,71 soʻm (-19,37)
🇪🇺 yevro 14 328,56 soʻm (-50,85)
🇷🇺 rubl 146,09 soʻm (+0,12)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Zamonaviy ta’limsiz bomba, samolyot va raketalar qanday yasaladi?” — “Tolibon” ta’lim vaziri

Vazir Habibulla Og‘a o‘quvchilarni zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishga chaqirdi. U bu bilimlarsiz Afg‘oniston havo hududi xavfsiz emasligini aytdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Piskent, Bo‘ka va Oqqo‘rg‘ondagi bir nechta bog‘chada bolalar zaharlangani yuzasidan jinoiy ish ochildi.

Bolalar ombudsmani bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq har qanday vaziyat mutasaddi idoralarning alohida nazoratida o‘rganilishini ta’kidladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston IQ darajasi bo‘yicha dunyoda 70-o‘rinni egalladi

2025-yilgi reytingdan 126 ta mamlakat o‘rin olgan. Eng yuqori IQ darajasi Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Singapurda qayd etilgan. Eng pasti esa Benin, Angola, Gabonda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Yaman husiylari Isroilga dronlar bilan hujum qildi

Isroil janubidagi Eylat shahriga qilingan hujumda kamida 22 kishi jarohat oldi. Netanyaxu hujumga javob qaytarilishini ta’kidladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Eronning chegara hududida mina portlab, afg‘onistonlik er-xotin halok bo‘ldi

Ular ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilmagan chegara yo‘llarini kesib o‘tayotganda minalashtirilgan hududga kirib qolgan.

Minalar Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan o‘rnatilgan, qurbonlarning shaxsi o‘rganilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…
Subscribe to a channel