#yangilik
❗️ Pivo va pivo ichimliklari chakana savdosi bo‘yicha yangilik!
Endi pivo va pivo ichimliklari chakana savdosini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma berish xizmatini “Litsenziya” AT orqali amalga oshirishingiz mumkin.
🔹 Xizmat bir zumda ko‘rsatiladi
🔹 Cheklanmagan muddat amal qiladi
📲 Arizalarni elektron tarzda topshiring va savdo faoliyatingizni osongina rasmiylashtiring!
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi
Urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha xulosa berish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: Jismoniy va yuridik shaxslar.
🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.
📑Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
➖ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), nav namunasi saqlanayotgan manzil, nav namunasining navi, avlodi va soni;
jismoniy shaxslar uchun — FIO, JShShIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
➖faoliyatni amalga oshirish manzili, nav namunasining navi, avlodi va soni;
➖nav namunalari hujjatlari.
💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 4,5 baravari.
🗓Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.
❕Izoh: O‘zagroinspeksiya navdorlikni baholash ishlari bo‘yicha buyurtma berish muddati 1-martga qadar etib belgilanganligi haqida o‘zining rasmiy veb-saytida yanvar oyining birinchi o‘n kunligida e’lon beradi. Nav namunalarida nav tozaligi har yili avgust oyida nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida aniqlanadi. Nav namunalarining tahlil natijalariga ko‘ra O‘zagroinspeksiya tomonidan ijobiy yoki salbiy xulosalar rasmiylashtiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
#yangilik
🔔 Farg'onada yangi davlat xizmatlari eksperiment qilinadi:
🔸Fеrmеr xo‘jaliklarini ko‘p tarmoqli fеrmеr xo‘jaliklari rеyеstriga kiritish
🔸Arxеologiya ashyosini davlat katalogiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot bеrish
🔸Moddiy madaniy mеros obyektini moddiy madaniy mеros obyektlarining davlat kadastriga kiritish
🔸Moddiy madaniy mеros obyеktini davlat kadastriga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot
🔸Milliy muzеy fondining davlat katalogida muzеy ashyolari va muzеy kolleksiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma bеrish
🔸Nomoddiy madaniy mеros obyektlarini nomoddiy madaniy mеros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish (chiqarish)
🔸Nomoddiy madaniy mеros obyektini nomoddiy madaniy mеros obyekti ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot bеrish
🔸Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat rеyеstriga kiritish
🔰Ma'lumot uchun, eksperiment 6 oygacha davom etadi hamda natijasi bo‘yicha yangi tartibdagi davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xtatiladi yoki uni butun respublikada joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
🔔 Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi bo‘yicha yangilik!
Endi pivo va pivo ichimliklari (tabiiy vinodan tashqari) ulgurji savdosini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma berish xizmatini “Litsenziya” AT orqali amalga oshirishingiz mumkin.
✔️ Hozirda arizalar soni ortib bormoqda, bu esa xizmatga bo‘lgan yuqori talabni ko‘rsatadi.
🔹 Xizmat bir zumda ko‘rsatiladi
🔹 Cheklanmagan muddat amal qiladi
📲 Arizalarni elektron tarzda topshiring va savdo faoliyatingizni osongina rasmiylashtiring!
Talab va shartlar bilan tanishish
#Yangilik
📍Endilikda Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar.
🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari;
Davlat tashkilotlari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 11 ish kuni.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha turar joy uchun order taqdim etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Yangilik
📍Endilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar.
🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari;
Davlat tashkilotlari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha mulk huquqini beruvchi davlat orderi taqdim etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Bilasizmi
📃Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish
👫O‘zbekiston Respublikasida davlat ko‘chmas mulk obyektlari yoki davlat ulushlari xususiylashtirilganda, shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan) olish uchun ariza beruvchi (xaridor) o‘zlariga qulay bo‘lgan hududdagi davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilgan holda yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari).
🏛Vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul
📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
7 ish kuni
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori
Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
#Bilasizmi
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Davlat xizmatlari markazlari.
🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.
📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨💼Litsenziat, litsenziar yoki ularning vakili.
🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning uchdan bir miqdori.
🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 1 ish kuni.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
📃Mehmonxonalarga subsidiya ajratish
🔹Xizmat nomi:
Mehmonxona qurish, jihozlash va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi
🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bepul
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 ish kuni, qo'shimcha o'rganish talab etilganda 20 ish kuni.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 218-sonli qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi "Qoraqalpog‘Iston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 287-sonli qarori
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Diqqat_muhim
📣 Adliya vazirligining davlat xizmatlari yoʻnalishidagi 1148 “ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.
Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.
Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Davlat xizmatlari orqali “Ijtimoiy nafaqa tayinlash” to‘g‘risida ariza topshirish tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videorolikda....
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Xorazm viloyatida adliya organlari va “mahalla yettilik”lari faoliyati bilan tanishdi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh hududiy adliya organlarining faoliyati hamda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.
Xususan, adliya vaziri oʻrinbosari Gurlan tumanidagi “Eshimjiron” mahallasida boʻlib, MFY “yettiligi” bilan uchrashdi. Asosiy eʼtibor aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar, ularni hal etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligi taʼminlash, yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, oilaviy zoʻravonlikni oldini olish kabi masalalarga qaratildi. “Mahalla yettiligi” faoliyatini yaxshilash boʻyicha xodimlarining taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.
Vazir oʻrinbosari tuman markazida joylashgan “Gurlan sport majmuasi”da boʻlib, unda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sportni rivojlantirish imkoniyatlari koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, X.Meliyev Gurlan tumanida davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markaz va adliya boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Adliya vaziri oʻrinbosari Urganch shahrida “Thermo Plus” Khorezm insulation Group tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorga sohaga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berildi, uning muammolari oʻrganilib, takliflar tinglandi.
@davxizmat
#Davlat_xizmatlari_onlayn
Hurmatli talabalar, yagona portal orqali o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz?
Batafsil videoda…
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
❗️Сиз малакали иқтисодчи ёки ҳуқуқшуносмисиз?
#bilasizmi?
EHM uchun yaratilgan dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videoda…
Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
#Davlat_xizmatlari
❗️ Nomingizga rasmiylashtirilgan kreditlar haqida ma'lumotlarni (o‘z kredit tarixingizni) onlayn tekshirib boring va firibgarlardan ogoh bo'ling
Batafsil 👉videorolikda
📌 Kanalga ulanish
#Adliya_statistika
📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan hududlar:
1. Farg‘ona viloyati – 97%
2. Toshkent viloyati – 96 %
3. Samarqand viloyati – 95%
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 94 %
5. Surxondaryo viloyati – 94 %
🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Nurafshon shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %
2. Farg‘ona shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %
3. Samarqand shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %
📉 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan hududlar:
1. Andijon viloyati – 55 %
2. Jizzax viloyati – 60 %
3. Qashqadaryo viloyati – 69 %
🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Marhamat tumani davlat xizmatlari markazi
2. Jizzax shahri davlat xizmatlari markazi
3. Qarshi shahri davlat xizmatlari markazi
📌 Kanalga ulanish
#men_bilgan_adliya
/channel/yuldasheva_shoxidaxon
#Bilasizmi
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Yagona reyestrga kiritish tartibidan xabardormisiz?
✅Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazlari;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar.
🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 6 ish kuni.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Yangilik
📍Endilikda Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar.
🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari;
Davlat tashkilotlari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 11 ish kuni.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha turar joy uchun order taqdim etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Adliya_aralashgach
Adliya vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan undirilgan ortiqcha toʻlovlar oʻz egalariga qaytarilishi ta’minlandi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish va Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq, davlat xizmatlari koʻrsatilishi monitoring qilindi.
▪️Monitoring jarayonida bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan nashrlar uchun berilgan so‘rovnoma to‘lovlari miqdoriga 50% imtiyoz qo‘llanilishi belgilangan bo‘lsa-da, kutubxona tarafidan mazkur imtiyozni qo‘llamasdan 38 ta yuridik shaxslardan 146 marotaba ortiqcha to‘lovlar undirilgani aniqlandi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi hamda ortiqcha undirilgan to‘lovlarni fuqarolarga tegishli tartibda qaytarish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, natijada ortiqcha undirilgan to‘lovlar o‘z egalariga qaytarilishi ta’minlandi.
Hududiy adliya boshqarmalari hamda DXM xodimlari bilan onlayn seminar-tadbirlari o'tkazildi
Davlat xizmatlari ko'rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining aholiga davlat xizmatlari ko'rsatilishini nazorat qilish bo'yicha joriy yilning 16-sentabrdan 4-oktabrgacha har bir hududiy adliya boshqarmasi, tuman adliya bo'limlari va DXM xodimlari ishtirokida "ZOOM" platformasi orqali muloqot o'tkazilib, tadbir ishtirokchilariga soha faoliyati yuzasidan uslubiy va amaliy maslahat hamda tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar o‘rtasida davlat xizmatlari ko'rsatilishini nazorat qilish sohasida tajriba almashinuvi o‘tkazilib, bu yo‘nalishda mavjud muammo va takliflar muhokama qilinib, aholining davlat xizmatlaridan ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz foydalanishini ta'minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
📃Turar joyni xususiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnoma
🔹Xizmat nomi:
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga bergan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotnoma berish
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar
🏢Vakolatli organ(lar):
Mahalliy hokimiyat organlari
🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bepul
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
5 ish kuni.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 180-son qarori
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Muhim_eslatma
Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Notariusga duch kelishingiz mumkin boʻlgan muammolarning oldini oling.
Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
@davxizmat
Davlat xizmatlari orqali “Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish” tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videorolikda....
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
Navbatsiz davlat xizmatlaridan foydalaning
Poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan Navbatsiz xizmat maskani orqali fuqarolarimiz 300dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari hamda bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha qulayliklardan bahra olishlari mumkin.
/channel/yuldasheva_shoxidaxon
#Davlat_xizmatlari_onlayn
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini my.gov.uz orqali tez va oson olish tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videoda…
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
#Davlat_xizmatlari_onlayn
Bu yil talaba bo‘ldingizmi? Unda hoziroq my.gov.uz portalida yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshiring.
Batafsil videoda…
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat
⚡️Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish davlat xizmati ishga tushirildi.
💻Endilikda xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga borish orqali bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berishlari mumkin.
👉Ariza berishda ulardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
✅Tegishli davlat qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tqazilgan xorijiy tijorat tashkilotining taʼsis hujjatlari (ustavi, taʼsis shartnomasi)
✅Xorijiy tijorat tashkilotining joylashgan mamlakatda rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjat (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki savdo reyestridan ko‘chirma, savdo litsenziyasi)
✅Xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan vakolatxona rahbarining pasporti (ID-karta) maʼlumotlari va unga taqdim etiladigan vakolatlarning to‘liq ko‘rsatilgan holda berilgan ishonchnoma
✅Xorijiy tijorat tashkiloti rahbarining shaxsiy imzosi va tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan vakillik to'g'risidagi Nizom (agar mavjud bo'lsa)
⏰Xizmat ko‘rsatilish muddati: 5 ish kuni.
📌Arizani ko‘rib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
💵Akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
😄Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/davxizmat